Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KONTSEPTSIYASI
- I. UMUMIY QOIDALAR
Nizomga
ILOVA 657 Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi TUZILMASI Sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarin i akkreditatsiy a qilish bo`yicha vakolatli organ "Sanoatge okontexna zorat" davlat inspektsiy asi Sanoat xavfsizligi bo`yicha idoralararo kengash Muvofiqlashtiruvchi- maslahat organi"Sanoatgeokonte xnazorat" davlat inspektsiyasining "Sanoat xavfsizligi" ko`maklashish markazi Normativ hujjatlar bilan ta`minlas h komissiy asi Metodik kengash Akkredit atsiya qilingan ekspert tashkilotl ari 658 Sanoat xavfsizlig i sohasida attestatsiy adan o`tkazilga n ekspertlar Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlar 659 Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi 271-son qaroriga 3-ILOVA Hujjatning rus tilidagi matniga qarang O`zbekiston Respublikasida putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish KONTSEPTSIYASI I. Umumiy qoidalar II. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish kontseptsiyasining asosiy vazifalari III. Mahsulot sifatini ta`minlashda putur etkazmaydigan nazoratning roli IV. Sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlashda putur etkazmaydigan nazoratning roli V. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini qurish VI. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini boshqarish VII. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari VIII. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirishning ustuvor chora-tadbirlari Ilova. Putur etkazmaydigan nazorat tizimi Tuzilmasi I. UMUMIY QOIDALAR Sanoat ishlab chiqarishi sohalaridagi ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishining sezilarli sur`atlari hamda ishlab chiqarish obyektlarining yuqori foydalanish ishonchliligini qo`llab-quvvatlash vazifalarini hal etish zarurligi nazoratning putur etkazmaydigan usullarini takomillashtirish va yanada keng qo`llashni talab etadi. Putur etkazmaydigan usullar 660 kompleksidan oqilona foydalanish mahsulotning ishonchliligi va sifatini oshirish imkonini beradi, murakkab agregatlarning texnogen avariyalari va halokatlarining oldini oladi hamda ishlab chiqarishga juda katta iqtisodiy afzallik beradi. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish kontseptsiyasi putur etkazmaydigan nazorat sohasidagi faoliyatni tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik ta`minlashni doimiy ravishda takomillashtirib borish asosida uning yo`nalishlarini asosli belgilash, xodimlar malakasini, laboratoriyalar vakolatliligini, putur etkazmaydigan nazoratning metodik hujjatlari va vositalari texnik darajasini oshirish, putur etkazmaydigan nazorat tizimi qoidalari va tartib-qoidalarini putur etkazmaydigan nazorat bo`yicha jahon standartlari talablari va mezonlariga uyg’unlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish kontseptsiyasi putur etkazmaydigan nazorat sohasida normativ-huquqiy, normativ va texnik hujjatlarni ishlab chiqish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining texnik, sanoat va radiatsion xavfsizligini, shu jumladan fuqarolarning hayoti va sog’ligi, ularning mol-mulki, atrof muhitning xavfsizligini ta`minlash, shuningdek ishlab chiqarish obyektlaridan chiqadigan texnogen xavflardan sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlash bo`yicha putur etkazmaydigan nazorat sohasida maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish kontseptsiyasining huquqiy asosini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya, er osti boyliklarini muhofaza qilish, sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlari, putur etkazmaydigan nazorat sohasida texnik siyosat va munosabatlar masalalarini tartibga soladigan xalqaro shartnomalar va bitimlar, sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlash sohasidagi normativ hujjatlar va hokazolar tashkil etadi. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish putur etkazmaydigan nazorat natijalarining eng ko`p darajada samaraliligi va ishonchliligini belgilab beradigan omil sifatida putur etkazmaydigan nazoratni tashkil etishga kompleks yondashish zarurligi bilan belgilanadi. Mahsulotlarning sifati va ishonchliligi darajasini, shu jumladan ishlab chiqarish obyektlarida qo`llaniladigan va ishlatiladigan texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning foydalanish xavfsizligini oshirish putur etkazmaydigan nazorat tizimining maqsadi hisoblanadi. Bunga putur etkazmaydigan nazoratning ishonchliligi, takrorlanishi, qiyoslanishini 661 ta`minlash hamda sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlash bo`yicha o`z vaqtida va muqobil qarorlar qabul qilish hisobiga erishiladi. Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish kontseptsiyasi putur etkazmaydigan nazorat tizimining asosiy maqsadlari va vazifalarini, tuzilmasini, shuningdek uni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling