Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
-modda.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-modda.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
5-modda.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti: O`zbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qurolli xuruj qilingan taqdirda respublika mudofaasini ta`minlash, uning mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, erkinligini himoyalashning zarur chora-tadbirlarini ko`radi; O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirini tayinlab, so`ngra uni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdig’iga taqdim etadi; muayyan muddatga Qurolli Kuchlar tuzish, ularning strategik vazifalari rejasini, shuningdek safarbarlik rejasini tasdiqlaydi; davlat idoralarining mudofaa sohasidagi faoliyatini tartibga solib turadi; harbiy masalaga doir umumiy ko`lamda muzokaralar olib boradi va xalqaro shartnomalarni imzolaydi; O`zbekiston Respublikasiga qurolli hujum qilingan taqdirda umumiy yoki qismaн safarbarlik, urush holati e`lon qiladi, ayrim hududlarda harbiy holat joriy etadi, harbiy vaqtning normativ hujjatlarini 710 amalga kiritadi va ularning amal qilishini to`xtatadi. qabul qilgan qarorlarini O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdig’iga kiritadi; qarorlar qabul qiladi va O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga jangovar harakatlar yuritish to`g’risida, shuningdek favqulodda hollarda ulardan foydalanish haqida buyruq beradi; yuqori ofitserlar sostavini lavozimlarga tayinlaydi, ularga harbiy hamda maxsus unvonlar beradi, shuningdek ularning lavozimlari va unvonlarini pasaytiradi. 6-modda.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: o`ziga bo`ysunadigan tuzilmalarning mudofaani ta`minlash, Qurolli Kuchlarni qurol-yaroq, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalar bilan ta`min etish borasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi; mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun zarur bo`ladigan moddiy-texnika resurslari, oziq-ovqat, buyum va boshqa ashyolar me`yori va hajmini, harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo`ladigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining miqdorini hamda ularning harbiy xizmatni va muqobil xizmatni o`tashi tartibini, harbiy xizmat yoshidagilar va chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishini yuritish tartibini belgilab beradi; harbiy xizmatchilarni muddatli haqiqiy harbiy xizmatga chaqirish hamda harbiy xizmatdan zaxiraga bo`shatish va harbiy xizmat yoshidagilarni yig’inga chaqirish, urush davrida safarbar etish va safarbarlikdan bo`shatish to`g’risida qarorlar qabul qiladi; davlat va safarbarlik zaxiralarining moddiy boyliklarini to`plash rejalarini tasdiqlaydi; xalq xo`jaligini safarbarlikka tayyorlash, safarbarlikni kuchaytirish va uni urush holati sharoitidagi ish tartibiga o`tkazishga rahbarlik qiladi; harbiy xizmatchilar, iste`fodagi harbiy xizmat yoshidagilar va ular oilalarining, shuningdek xizmat burchini o`tayotganda halok bo`lgan, vafot etgan, bedarak yo`qolgan yoki asirlikka tushib qolgan harbiy xizmatchilar oilalarining ijtimoiy-huquqiy kafolatlari, ularning moddiy, maishiy va pensiya ta`minoti masalalarini hal etadi; mudofaa sohasidagi xalqaro shartnomalar bajarilishini ta`minlaydi; harbiy-hunar ta`limiga ixtisoslashgan oliy va o`rta harbiy-o`quv yurtlarini tuzadi va ularni tugatadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling