Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
-modda.Fuqarolarning burchi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-modda. O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari
11-modda.Fuqarolarning burchi
O`zbekiston Respublikasi, uning hududiy yaxlitligini, mustaqilligini himoya qilish respublika fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Boshqa davlatlarning O`zbekistonda doimiy yashab turgan yoki vaqtincha turgan fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasida harbiy xizmatga va harbiy tayyorgarlik ko`rishga majbur emas. 713 12-modda. O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari 1.O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari respublika manfaatlarini, aholining tinch turmushini, O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun barpo etiladi. 2.O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari: qonunning ustunligi; markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik; doimiy jangovar tayyorgarlik va safarbarlikka shaylik; fuqarolarning umumiy harbiy majburiyati; umumiy xavfsizlik tizimini yaratish; harbiy intizomga rioya etish; partiyadan holilik; harbiy xizmatchilar va ular oila a`zolarining ijtimoiy va huquqiy himoyalanishini ta`min etish asosida quriladi va o`z faoliyatini amalga oshiradi. 3.O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo`shinlar, harbiy-havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va maxsus qo`shinlardan iborat bo`ladi. Urush bo`lgan taqdirda Qurolli Kuchlar o`z vazifalarini Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo`shinlari bilan, Ichki ishlar vazirligining ichki qo`shinlari bilan hamkorlikda bajaradilar. 4.Qurolli Kuchlarni joylashtirish O`zbekiston Respublikasi hududini, chegaralarini va havo tegralarini ishonchli himoya qilinishini ta`minlashdek strategik rejalar asosida belgilanadi va harbiy doktrina talablariga, strategik va operativ rejalar asosida, shuningdek qo`shinlarni safarbar etib joylashtirish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. 5.Qurolli Kuchlarni tuzish "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida"gi O`zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarni tuzish - harbiy xizmatga shu hududdan va hudud tashqarisidan chaqirishni uyg’un holda bajarish orqali amalga oshiriladi. 6.Qurolli Kuchlarni moddiy-texnikaviy jihatdan ta`minlash davlat tomonidan amalga oshiriladi. Harbiy ob`ektlar va inshootlar, qurol-yaroqlarning, harbiy texnikaning va boshqa harbiy mol-mulkning barcha turlari davlat mulki hisoblanadi, Qurolli Kuchlar tasarrufida bo`ladi, ular qonunlarda belgilangan asoslarga binoan va vakolatlari doirasida bu narsalarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar va ularni tasarruf etadilar. Qurol-yaroqni, harbiy texnikani, butlovchi buyumlarni va boshqa 714 mol-mulkni ishlab chiqarish, etkazib berish va ta`mirlash, mudofaa ehtiyojlari uchun oziq-ovqatni etkazib berish, shuningdek mudofaa manfaatlari yo`lida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va qurilish ishlarini bajarish, davlat safarbarlik zaxiralarida safarbarlik boyliklarini yaratish, rivojlantirish va saqlab qolish to`la hajmda davlaт buyurtmasiga kiritiladi. Mudofaa ehtiyojlari uchun davlat buyurtmalarining bajarilishi soliq, ijara imtiyozlari va boshqa imtiyozlar bilan rahbatlantiriladi. Qurolli Kuchlarning binolari, inshootlari, harbiy texnikasi, qurol- yaroqlari va boshqa mol-mulki davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling