Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


-modda. Urush holati, harbiy davr


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet391/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

13-modda. Urush holati, harbiy davr
Urush holati O`zbekiston Respublikasiga harbiy hujum qlingan 
taqdirda e`lon qilinadi va bu holat bir-biriga qarshi urushayotgan tomonlar 
sulh tuzganlaridan keyingina bekor qilinadi.
Urush holati e`lon qilinishi bilanoq yoki harbiy harakatlar amalda 
boshlab yuborilgan daqiqadan e`tiboran harbiy davr amal qiladi hamda u 
qarbiy qarakatlar amalda to`xtatilgan kunda va soatda tugaydi.
Respublika hududiga qo`shinlar yoki qurolli guruhlar qo`qqisdan 
hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy boshqaruvning mahalliy 
idoralari urush e`lon qilinishini kutmay hujumni qaytarishning barcha 
choralarini ko`rishlari shart.
14-modda. Harbiy holat
Harbiy xuruj xavfi bo`lganida respublikaning ayrim erlarida yoki 
butun hududida harbiy holat joriy etiladi.
Oliy Bosh ko`mondonning vazifalari harbiy holat e`lon qilinishi 
bilanoq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklanadi. Uning 
huzurida Mudofaa Kengashi tuziladi, Kengash harbiy davrda Qurolli 
Kuchlarga va xalq xo`jaligiga rahbarlik qiladi.
Harbiy holat tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
15-modda. Safarbarlik
Urush holati e`lon qilinishi yoki harbiy holat joriy etilishi bilanoq 
Qurolli Kuchlarni safarbar etib joylarga tarqatish va iqtisodiyotni urush 
davri ish tartibiga o`tkazish maqsadida umumiy yoki qisman safarbarlik 
e`lon qilinadi.
Safarbarlikni o`tkazish tartibi qonunlar bilan belgilanadi.


715 
16-modda. Hududiy mudofaa
Hududiy mudofaa davlat chegaralarini, harbiy ob`ektlar va 
inshootlarni dushman hujumidan himoya qilish, dushmanning desantchi va 
qo`poruvchi kuchlariga qarshi kurash, shuningdek harbiy holat tartibini 
saqlab turish maqsadida tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Hududiy mudofaani ta`minlashga jalb etilayotgan kuchlarning 
vazifalari, ularni tashkil etish va hamkorlikda harakat qilish tartibi Qurolli 
Kuchlarning safarbarlik rejasida belgilab qo`yiladi.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling