Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
VII.4. O'lchov asboblari Ish joylaridagi elektromagnit maydoni intensivligini jbaholash uchun elektromagnit maydoni hosil qilayotgan manba yaqinida maydonning elektr va magnit kuchlanishlari ayrim-ayrim o'lchash bilan belgilanadi. Chunki elektromagnit maydoni zonadagi elektr va magnet maydonlarining umumiy ta'siri ostida vujudga keladi (29 - rasm). Elektromagnit maydonining kuchlanishini o'lchaydigan asosiy asbob IEMP - bva uning birmecha modiflkatsiyalari mavjud. Bu asbob yordamida elektr maydonining 50 Gs-100 kGs va 100 kGs-30 MGs, shuningdek, magnit maydonining 100kGs -1,5 MGs diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini o'lchash imkoniyatini beradi. Umumiy ushchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati elektr tarkibi bo'yicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi bo'yicha 0,5-300 A/m bo'lganda aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi. 138 Asbob komplektiga kuchlantiruvchi blok, elektr kuchlanish maydonini o'lchash uchun dipol antenna. va magnit maydoni kuchlanishini o'lchash uchun ramasimon antenna va kuchlanish taqsimlagich kiradi. O'lchash davrida asbobning antennasi o'lchanishi maydonga o'rnatiladi va uning holati asbob strelkasi shkalada maksimal miqdorni ko'rsatguncha harakatlantiriladi. UVCh-SVCh diapazonidagi kuchlanish oqimi ko'pincha PO-1 (29-rasm, a, b) asbobi bilan o'lchanadi. 29-rasm. Magnit maydonining kuchlanish oqimi zichligini o'lchash asbobi. VII.5. Lazer nurlaridan saqlanish Ko'z hujayralarida yog'simon qavat mutlaqo yo'q, shuning uchun lazer ko'z uchun nihoyatda xavfli. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziriigi tomonidan optik kvant generatorlari bilan ishlayotgan kishilar uchun vaqtinchalik sanitariya normalarini belgilashda ko'z qobig'ining intensiv nurlangandagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegarasi, shuningdek, birmuncha nozik bo'lgan ko'z qorachig'i uchun chegara miqdorlar belgilangan. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan oqim zichligi rubinli lazerlar uchun 10 -8 - 2; 10 -2 Dj/sm 2 , neodimli lazerlar uchun 10-7 - 2; 10~7 Dj/sm2 (bularning ikkalasi impulsli rejimga bog'liq) Geliy neon uchun 10-6 Dj/sm2 (uzluksiz rejim) miqdorida belgilangan. Lazer nurlaridan saqlanish uchun to'siqlardan va xavfsizlik belgilaridan foydalaniladi. To'siq qurilmalari va belgilar xavfli zonada odam bo'lmasligini ta'minlaydi. Lazer ustanovkalari o'rnatiladigan xonalar alohida va maxsus jihozlangan bo'lishi kerak. 139 Bunda lazer nuri asosiy o'tga chidamli devorga qarab yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bu devor va shuningdek, xonaning boshqa devorlari ham nur qaytarish koeffitsiyenti juda oz bo'lgan materiallardan bo'lishi kerak. Jihozlarning ustki qoplamalari va detallari yarqirash xususiyatiga ega bo'lmasligi kerak. Xonaning yoritilishi maksimal miqdorda bo'lishi kerak, chunki bu holda ko'z qorachig'i minimal kengaygan bo'ladi. Lazer ustanovkalarini ma'lum masofadan turib boshqarishni ta'minlash va avtomatlashtirish yaxshi natija beradi. Shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida yorug'lik flltrli muhofaza ko'zoynagi, muhofaza to'siqlari sifatida xalat va qo'lqoplarni tavsiya qilish mumkin. Nazorat o'lchovlari maxsus usullar bilan tegishli apparaturalarni qo'llab olib boriladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling