Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
527 XULOSA Kompyuterizatsiyalash davrining boshlaridanoq amerikalik "Taym" jurnali xazilsiz quyidagilarni yozgan edi: "Yozuv stolida ishlash xavfsiz deb fikrlanadi. Xech kim birorta yozuvni yozish uchun kaska kiymaydi, Qog’ozlarni u yerdan bu yerga olish uchun Muhofaza ko’zoynagini taqmaydi. Lekin ishchi kuchi sexlardan korxona bosh qaruviga qarab ko’chib o’tmoqda, utaxassislarning fikricha, xar yerda xoziru-nozir videoterminallar millionlab odamlarning sog’lig’iga yangi xavf tug’dirayotir" Bu yerda gap displey ekrani oldida uzoq ishlash natijasida bosh og’rig’i, ko’z charchashi, yelkada va qo’l bilaklarida og’riqlar, xomilani tashlash xollari xaqida borayapti. Ommabop adabiyotlarda "Displeyda ishlash oson, lekin xavfli?", "Makkor yordamchi", "Komp’yuter – do’stmi yoki dushman?" kabi maqolalar paydo bo’ldi. Lekin chet ellardagi kabi, bizning mamlakatimizdagi ko’p sonli kompyuterlardan foydalanish tajribasidan, xamda ushbu qo’llanmada berilgan ma`lumotlardan bir qator inson organizmiga negativ faktolar bilan birga, displey ekrani oldida ishlash chog’ida berilgan ko’rsatmalar, takliflar, Muhofazalash choralariga amal qilinsa, insonning ishlash qobiliyatini ko’tarilishiga va sog’lig’i saqlanishiga yordam beradi degan xulosaga kelish mumkin. Xozirgi paytda hisoblash texnikasining rivoji juda xam ilgarilab ketdi, xar 3-4 yilda yangi, yanada sifatli modellar paydo bo’lmoqda. Axborotni aks ettirish uchun yangi texnologiyalar- suyuq kristal va plazmali monitorlar, yangi ichiga Muhofazalash qurilmasi o’rnatilgan, ENT yanada takomillashgan, yassi va "o’ta yassi" ekranli, "to’la muhofaza" sinfli, modifikatsiyalangan qurilmali Muhofaza filtrli, 1600x1200 nuqtalari yuqori ko’rinish qobiliyatli monitorlar, va nixoyat ishchi joylari uchun ergonomik omillarga asosan ishlab chiqilgan maxsus uskunalar, "sichqoncha" turdagi manipulyatorlar va x.k. paydo bo’ldi. Ekranlar 1999 yili planetamizda 112,7 mln zamonaviy talablarga javob beradigan kompyuterlar ishlab chiqarildi. Yaqindagina matbuotda bolalarga, o’smirlarga xamda intensiv mexnat bilan band bo’luvchilarga eng yangi WaveTer texnologiyasi tatbiq etilgan, inson uchun eng zararli hisoblangan ko’ndalang tarqaluvchi elektromagnit to’lqinlar minimumgacha keltirilgan "BELINEA" monitorlarini tavsiyasi e`lon 528 qilindi. Butun dunyo o’rgimchak uyasi sanalmish - Internet tarmog’i yaratilib, 1999 yil boshida 214 mamlakatda joylashgan 43 mln kompyuterlar ulandi. Deyarli barcha davlatlarda faydalanuvchilarni sog’lig’ini va xavfsizligini kafolatlovchi xujjatlar yaratildi, lekin eng ommaviy bo’lib, mashxur TSO va MPR II deb sanalmish Shvetsiyada yaratilgan standartlar hisoblanadi. Me`yoriy xujjatlar sifatida dinamik rivojlanayotgan TSO standarti to’g’risida qisqacha to’xtab o’tamiz. Monitor ishlab chiqaruvchilari tomonidan foydalanuvchi sog’lig’i uchun yanada xavfsiz bo’lgan sifatli maxsulotlar ishlab chiqarishda TSO tavsiyanomalaridan foydalaniladi. TSO tavsiyanomalarining moxiyati nafaqat turli xildagi nurlanishlarning yo’l qo’yilgan darajalarini aniqlashdan, balki lyuminoforni yoritilganligining intensivligi, yorqinlik zaxirasi,energiya sarfi, shovqinlik kabi monitorning maqbul minimal parametrlarini hisoblashdan iboratdir. Agar TSO 92 standarti faqat monitorlarga va elektr va magnit maydonini, energiya ta`minoti tartibini, yong’in va elektr xavfsizligini xarakteristikalariga hisoblashga nisbatan qo’llansa ,TSO 95 butun shaxsiy kompyuterga, ya`ni monitoriga, tizim blokiga, klaviaturaga, ularning ergonomik xossalari, nurlanishlar (elektr va magnit maydoni, shovqin va issiqlik), energiya ta`minoti va ekologiyaga taalluqlidir. Yangi TSO 99 TSO 95 nisbatan quyidagi soxalarga yanada qattiqroq talablarni qo’yadi, ya`ni: ergonomika (foydalanishning fizikaviy, ko’rish va qulayligi), energiya, nurlanish (elektr va magnit maydoni), atrof-muhit va ekologiya, xamda yong’in va elektr xavfsizligi. Ekologik talablar o’z ichiga og’ir metallar, brominadlar, xlorinadlar, freonlar, metallar tarkibidagi xlorlangan moddalarning mavjudligini kiritadi. Xar qanday maxsulot qayta ishlanadigan tarzda tayyorlanib, ishlab chiqaruchi unday foydalanish siyosatini kompaniya faoliyat ko’rsatayotgan xar bir davlatda qo’llashi zarur. Xozirgi paytda O’zbekistonda xali juda ko’p MPR II, TSO talablariga javob bermaydigan eski hisoblash texnikasi ishlatilmoqda. Ularda ishlagandagi xavfni kamaytirish borasida ushbu qo’llanmada xavfsizlik choralari va ishlash qulayliklari ko’rib chiqildi. Agar kompyuterlar sertifikatlanib, zamonaviy talablarga javob beradigan bo’lsa,bunday choralarga extiyoj bo’lmaydi. Xulosa qilib, shuni eslatib qo’yish darkorki, tayyorlanmagan foydalanuvchi qo’lida xatto ultra 529 zamonaviy kompyuter xam zararsiz o’yinchoq bo’lmaydi. Shuning uchun ushbu "erkatoy qora qutidan" foydalanganda uncha qiyin bo’lmagan qoidalarga rioya qilinsa, u bilan muloqotda sog’lig’ingizga zarar keltirmay bir jaxon lazzat va foyda olishingiz mumkin. Mazza qilib ishlashingizni tilab qolamiz! 530 ILOVALAR 1- ilova Termin Aniqlik 1. Piksel' Eng kichik adreslanuvchi tasvirlash elementi.Ko’pgina rangli displeylar uchun eng kichik adreslanuvchi xar qanday rangni tasvirlashga qodir element 2.Displey yorqinligi Nurlanish yorqinligi bilan ekrandan qaytgan yorqinligining yig’indisi bo’lgan tasvir yorqinligi 3.Nurlanish yorqinligi Negativ yoki pozitiv kontrastlilagidagi fonning yorqinligi kontrastliligi belgining yorqinligi 4. Tasvirning Pozitiv kontrastligi Yorug’ fondagi qora belgilarni tasviri 5. Tasvirning negativ kontrastligi Yorug’ belgilarni qora fondagi tasviri 6.Tasvirni buzulishi Belgilarni gorizontal yoki vertikal surilishi va ekranning ishchi maydonning to’rtburchaklik shaklidan o’zgarishi 7. Yorqinlik profili Tasvirni razvertka chizig’i bo’ylab yoki ko’ndalang tarqalishi 8. Fazoviy Tasvir yorqinligini doimiy oldindan o’ylanmagan o’zgarishi 9. Vaqtinchalik barqa-rorsizlik (lipillash) Tasvir bo’laklarini yoki belgini ekrandagi joylashuvini vaqti-vaqti bilan doimiy oldindan o’ylanmagan o’zgarishi 10.Belgi konturini Vertikal va gorizontal 531 chizig’ining eni yo’nalishlardagi kontur chizig’iga perpendikulyar ravishda olingan 50 % yorqinlik profil chizig’ining eni 2 ilova Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling