Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


MPR II bo’yicha monitorlarning ko’rish parametrlarini


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

MPR II bo’yicha monitorlarning ko’rish parametrlarini 
tekshirish ro’yxati (Parametrlarga talablar va ularning o’zaro 
bog’liqligi) 
Fonnning yoki belgining rangi 
Ko’rinish diapazonida spektr taqsimotining egri chizig’i iloji 
boricha ko’proq nuqtalarga ega va to’lqin diapazonning barcha uzunligida 
bir xilda tarqalgan bo’lishi kerak. 
Oq rangni honada ilg’ash uchun fon honaning umumiy yoritilganligi 
bilan muvofiqlashgan, ya`ni yumshoq rangli fon bo’lishi kerak. Oq rang 
ko’kimtir tus mavjud bo’lgan ekranda yanada sof ko’rinadi.
Rangli fon past yoritilganlikda spektrning ko’k yoki ko’kimtir-
yashil qismiga suriladi. 
 
Ekran yoki kursor yorqinligi 
 
Tasvirni qabul qilishda yorqinlik muxim axamiyatga egadir. Negativ 
tasvirni qabul qilishga, pozitiv tasvirdagidan kamroq yorqinlik ishlatiladi. 
Maksimal yorqinlik 100 kd/m2 dan oshmasligi kerak. Past yoritilganlikda 
rangli fon normal yoki balanddagidan spektrning ko’k yoki ko’kimtir-
yashil qismiga suriladi. Ko’pgina monitorlarda yorqinlikning sozlanishi 
aks etuvchi belgilarning o’lchamlariga bog’liq bo’ladi. 
 
O’rtacha yorqinlik 
Negativ tasviri mavjud displeylarda o’rtacha yorqinlik pozitiv tasvir 
uchun o’rnatilganining 70 %ini tashkil etishi kerak. O’lchov natijalari 
sinov protokoliga kiritilmaydi va faqat lipillashning kritik chastotasini 
hisoblashga xizmat qiladi. 
O’rtacha yorqinlik o’rnatilgan tekshiruv yorqinligiga, aks etishning 
diffuziya koeffitsientiga, belgi o’lchamiga bog’liqdir. 
 
Yorqinlikning bir tekisligi 


532 
Ekran markazidan uzoqlashgandagi yorqinlik markazdagisining 80 
%, maksimali-120 % tashkil etishi kerak. Bu o’zgarishlar xayajonlanish 
sezilishining boshlanishidan darak beradi. Pozitiv tasvirda yorqinlikni 
o’zgarishi negativ tasvirdagidan sezilarlidir. Belgilar matritsasining 
xoxlagan qismidagi yorqinlikning maksimalini normaliga nisbati 1,5:1 dan 
oshmasligi kerak. 
Ekrandagi yorqinlikning keskin o’zgarishi ishchi ekranining turli 
qismlarida turlicha bo’lgan belgi o’lchamlariga, ranglar jilosiga, tashqi, 
ichki yorqinlik modulyatsiyasiga ta`sir qilishi mumkin. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling