Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Tana og’irligini qayta guruxlash


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
Tana og’irligini qayta guruxlash 
B.x.: ish xolati. 
1. Tana og’irligini chap qismga qayta guruxlash- nafas chiqarish. 
2. B.x.: muskullarni bo’shatish- nafas olish. 
3. Tana og’irligini o’ng qismga qayta guruxlash- nafas chiqarish. 
3. B.x.: muskullarni bo’shatish- nafas olish. Sekin tempda 3-4 marta 
takrorlash, chuqur nafas olish. 
Tayanch-xarakat apparatining toliqishini oldini olish va 
yo’qotishga mo’ljallangan mashqlar to’plami quyidagichadir: 
1. B.x. stulda o’tirib, qo’l panjalarini yelkaga qo’yish. 1-3 tirsakni 
orqaga olib, engashish-nafas olish; 4 deganda bo’shagan qo’llarni tashlab 
yuborish-nafas chiqarish. Sekin tempda 3-4 marta takrorlash. 
2. B.x.:1qo’llarni pastga tushirib o’tirish. 1-4 gacha sanagungacha 
yelkalar bilan orqaga qarab aylanma xarakatlar qilish. Xuddi shunday 
oldinga qilish. Nafas olish-xoxishicha. Xar tarafga 2-3-martadan 
takrorlanadi. 
3. B.x.: utirib, barmoqlarni bir-biriga chalishtirib, kaftlarni 
peshonaga qo’yish, Bosh bilan qo’llarni 5-6 sekund bosish. Qo’llarni
bo’shatib, qo’yib yuborish. 5-6 marta takrorlanadi. 
4. B.x.: stulda yelkalarni tirab, qo’llarni pastga tushirib, o’tirish. 1-3 
gacha sanagungacha boshni ungga oxirigacha burib, shu xolatda 5-6 


526 
sekund ushlab turish; 4 deganda b.x.ga sekin qaytish. Xuddi shunday 
chapga, Nafas bir tekisda olinadi. Xar tarafga sekin tempda 2-3 marta 
takrorlanadi. 
5. B.x.: boshni pastga tushirib, o’tirish. Boshni o’ngga, chapga 
bo’yin muskullarini bo’shatib, egish. So’ng boshni orqaga olish va xuddi 
shunday takrorlash. 2 marta sekin tempda takrorlash. 
6. B.x.: tik turib qo’llarni ko’krakda bukish. 1-3gacha 
sanagungacha- kuraklarni bir-biriga yaqinlashganini (keskin emas) sezgan 
xolda bukilgan qo’llar bilan uchta marta orqaga sapchish; 4 deganda 
qo’llarni to’g’rilab, orqaga sapchish. 6-8 marta sekin tempda takrorlash. 
7. Qo’llarni belga qo’yib, turish. 1-3gacha sanagungacha-
tirsaklarni orqaga burib, umurtqani to’g’rilash, kuchanganlikni 5-6 sekund 
ushlab turib, shipga qarab cho’zilish; 4 deganda b.x.ga qaytish, 
bo’shashish. 5-6 marta sekin tempda takrorlash. 
8. B.x.: Qo’llarni yelkaga, oyoqlarni yelka kengligida qo’yib, 
o’tirish. 1 deganda –o’ngga qayilib, 2-3 degungacha nafasni ushlab turish; 
4 da b.x.ga qaytib, nafasni chikarish. Xuddi shunday chapga. Xar tarafga 
sekin tempda 3-4 marta takrorlanadi. 
9. B.x.: Qo’llar yonda. 1 deganda- qo’llar orqaga, barmoqlar 
chatishtiriladi, 2-3 deganda qo’llarni yelka orqasidan silkitib-silkitib 
boshni orqaga tashlab ko’tarish, engashish, 4 deganda- b.x.ga qaytish. 6-8 
marta takrorlanadi. 
10.Quvvatni oshiruvchi "Qarqara" mashqi. Charchoq sezilganida, 
lekin ishlash zarur bo’lganida bajariladi. B.x. tik turish. Oyoq; kaftini 
boshqasining tizzasi orqasiga o’tkazish, qo’llarni birlashtirib, tepaga 
ko’tarish, ko’zlarni yumish. 15-20 sekund turish. Xuddi shunday boshqa 
oyoq bilan bajarish. 
Shuni e`tiborga olish kerakki, 3-5 mashqlar miyadagi qon 
aylanishini yaxshilashga yordam beradi, chunki boshni pastga va yonga 
engashtirish bo’yindagi qon tomirlariga mexanik ta`sir ko’rsatadi, ularni 
egiluvchanligini oshiradi, vestibulyar apparatini qo’zg’atadi, miyadagi qon 
tomirlarini kengaytiradi. Nafas olish mashqlari, xususan burundan olingan 
nafas , ularni qon aylanishini o’zgartiradi. Bularni xammasi miyadagi qon 
aylanishini kuchaytiradi, faoliyatini ko’taradi va aqliy faoliyatini 
yengillashtiradi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling