Keyingi o’rta asrlar davri
Partizanlar tog’lik joylar sharoitidan foydalanib va dexqon jamoalari
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Partizanlar tog’lik joylar sharoitidan foydalanib va dexqon jamoalari madadiga tayanib yarim orolda turk hukmronligining asoslariga putur yetkazdilar, zabtchi turklar obro’sini tushirdilar, hamda turk ma’muriyati va turk mahalliy feodallarining eng yozuv vakillariga qarshi xalq qasoschilari bo`lib chiqdilar. Partizanlar turli nomlarga ega edilar; bolgarlar va serblarda - gayduklar, Gresiyada - kleftlar, Dalmasiyada- usqoqlar va hokazo deb atalardilar. Partizanlarning qaxramonona kurashi Bolqondagi barcha xalqlarning turklar hukmronligi davridagi xalq qo’shiqlarida yaqqol aks ettirildi. Ammo partizanlik har holda Turkiya hukmronligiga qarshi kurashning yetarli metodi emas edi, u tarqoq, va parokanda edi. Turkiya ma’murlari partizanlarning 178 chiqishlariga qarshi kurashning o’zlariga xos terroristik metodlarini qidirib topdilar. Har holda partizanlar Bolqon yarim orolidagi turklar hokimiyatini o’z kuchlari bilan tugata olmadilar. Turklar zulmiga qarshi mazlum xalqlar tomonidan olib borilgan kurashning yana bir formasi – ayrim joylarda, ko`pincha eng yirik Shahar punktlarida tez-tez fitnalar va qo’zg’olon ko’tarishga bo`lgan urinishlardan iborat bo’ldi. Odatda bu fitnalar va qo’zgolonlar chetdan bo`ladigan madadga, ya’ni Yevropadagi biror davlatning madadiga umid bog’lar edi. Avstriya qo’shinlarining madadidan umidvor bo`lgan 1598- yilda Ikkinchi Bolqon saltanatining poytaxti Tirnovoda mitropoliti Dionisiy qo’zgolon qo’shni Transilvaniya va Valaxiya feodallari tomonidan madad olishni mo’ljallab ko’tarilgan edi. Ammo 1594 yilgi Banata qo’zgoloni ham, 1598 yilgi Tirnovo qo’zgoloni ham yetarli tayyorlanmagan bo`lib, muvaffaqiyasiz tugadi. XVII asrning boshlarida ayrim turk qo’shinlariga talofat yetkazgan serblar va chernogoriyaliklar (1603 yildan Kris shaxri rayonidagi serblar qo’zgoloni, 1604-yilgi chernogoriyaliklar harakati) ba’zi muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. Turklarga qarshi kurash jarayonida slavyan mamlakatlarining vatanparvarlari bir dindagi va qarindosh bo`lgan xalq-ruslar madadiga tobora ko`proq umid bog’lay boshladilar. XVI va XVII asrlarda rus davlati qudratining o’sishi bu umidni ayniqsa rag’batlantrirardi. Bolgarlarda va Bolqondagi boshqa xalqlarda ruslar ertami-kechmi jafo chekayotgan Bolqon xalqlariga madad ko`rsatadilar va ularni turk zulmidan ozod qiladilar, degan qat’iy ishonch oshib bordi. Bolqondagi mazlum xalqlar orasida «dyadyo Ivan» (ya’ni Ivan bobo) haqida afsona vujudga keldi. Bu obrazda ular o’zlarini turklarning og`ir zulmidan ozod qiladigan ulug’ rus xalqi va kuchli Rus davlatini mujassamlashtirgan edilar. Turkiya imperiyasining tushkunlikka yuz tutishi. Milliy zulm, mazlum millatlarni doimo bostirib turish rejimi juda katta Turkiya imperiyasining aslida zaif ekanini va beqarorligini ko’rsatardi. Turkiya imperiyasining siyosiy tuzumi, idora qilish sistemasining o’zi ham uning ziddiyatlar va ichidan zaifligini XVIasrdayoq namoyon etgan edi. 179 Fuqarolarning butun hayot-momotini o’z qo’lida tutib turgan sulton mustabid hokimiyati Sulaymon 1 ning taxt vorislari vaqtida saroydagi har xil feudal partiya va guruhlarning fitnachilik quroliga aylandi. Yangi sulton taxtga o’tirar ekan, toji-taxtga davo qiluvchi raqiblari qolmasin uchun o’zining barcha aka-ukalarini qirib tashlardi. Saroy hayotida fitna ustiga fitna avjiga chiqib ketar va odatda bu fitnalarda yanicharlar ham ishtirok qilardi. Tinmay davom etgan urushlar juda katta harajatlarni talab etardi. Juda ko`p haramxonalari, maxramlari, bexisob xizmatkorlari, juda katta soqchi otryadlari va boshqalari bo`lgan sulton saroyiga ham ozmuncha mablag soliqlar hamisha oshib borar, ammo axolining ishlab chiqaruvchi kuchlari yetsa juda sekin taraqqiy etar edi. Shu narsa xarakterlidirki, Turkiyadagi savdo va sanoat ishlari bilan turklarning o’zlari emas, balki sultondan imtiyozli yorliqlar olgan g’arbiy ajnabiylar (asosan fransuz savdogarlari, XVI asr oxirlaridan boshlab ingliz savdogarlari ham) mashgul bular, yoqi turklar istilosigacha sanoat taraqqiy etgan va xalqaro savdo-sotiq ishlarida qatnashagan, savdo ishlariga moxir bo`lgan yaqin Osiyo xalqlari-greklar, armanlar va suriyaliklar mashgul bo’lardi. Ko`proq urushlar bilan, axolini siqib, undan soliq to`latish bilan band bo`lgan turk xukumati savdo va sanoatning rivojlanishiga hamda qishloq xo`jalikining yuksalishiga mutlaqo yordam bermas edi.. Turklarning hukmron sinfi urushni yuz bergan mushkul ahvoldan qutilishning birdan-bir yo’li deb bilardi. Bu sinf fikricha, Yangi urushlar Yangi xiroj va Yangi soliqlar olinadigan Yangi territoriyalarni ko`paytirib berishi lozim edi ammo Turkiyaning iqtisodiy qoloqligi, uning sosial va siyosiy tuzumidagi ziddiyatlar zamon o`tishi bilan urushlarni uning o’zi uchun xavfli va natijasiz bir narsa qilib qo’ydi. Turklar XV asrda va XVI asrning birinchi yarmida bir qancha g’alabalarga erishgandan keyin, XVI asrning oxirida boshlab, ayniqsa XVII asrda o’zlari katta-katta mag’lubiyatlarga uchray boshladilar va bu mag’lubiyatlar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Turkiya imperiyasi territoriyasining anchagina torayib qolishiga sabab bo’ldi. Yevropaliklar bilan bo`lgan urushlarda turklar birinchi marta 1571 yilda Lepanto yonida katta mag’lubiyatga uchradilar. Bu yerga 180 turklarning juda katta flotini Ispaniya, Venetsiya va Rim papasining birlashgan floti tor-mor qilgan edi (birlashgan flotning boshligi Filipp II ning ukasi shaxzoda Don-Xuan Avstriyskiy edi). Durust, bundan keyin Turkiya Venesiyaliklardan Kipr orolini tortib olgan edi. Ammo shunday bo`lsa ham, bu mag’lubiyat malakatning ichki ahvoliga qattiq ta’sir qildi. XVI asrning 70, 80 va 90 yillarida Turkiya keskin ijtimoiy-siyosiy inqirozni boshidan kechirdi. Mamlakatda davlat soliqlarining ortishi va feodal to’lovlarining ko`paytirilishi munosabati bilan dehqonlarning bir necha qo’zgoloni bo`lib o’tdi. 1591 yil ayniqsa «olag’ovur» yil bo’ldi, bu yili ko`pchilik viloyatlar sulton Murod III ga (1574-1595) qarshi bosh ko’tardilar. Muhammad III podsholik qilgan davrda (1595-1603) doim xalq qo’zgolonlari, sipoxiylar va yanicharlarning g’alayonlari bo`lib turdi. Pirovard natijada saroyda bo`lib o`tgan to’ntarish oqibatida sultonning o’zi ham o’ldirildi. Turkiya Eronga qarshi kurashda bir qator talofatlar ko’rdi. Erron shoxi Abbos I Ozarboyjonni, Armanistonni, Sharqiy Gruziyani, Kurdistonni, shuningdek, Mosul va Bogdon Shaharlari bilan Mesopatamiyani bosib oldi. 1619 yilda Istanbul sulxiga binoan, turk sultoni Zakavkaze va Mesopatamiyadagi deyarli hamma yerlarining bir qismi 1639 yilda kaytarib olindi. Ammo bunga Turkiyaning o’zi kuchayganligi bilan emas, balki ko`proq Eronnning zaiflashganligi sabab bo’ldi. Rossiya bilan Turkiya O’rtasida birinchi marta to’qnashuv XVI asrning ikkinchi yarmidayoq bo`lgan edi. Sulton hukumati Tanu (Azov)ni bosib olganidan keyin Astraxanni ham bosib olmoqchi edi. Sulton hukmati bu yerdan Kaspiy dengizi bo’ylab Yeronga qarshi qo’shin tortib borishni mo’ljallagan edi. Ammo hujum qilib kelgan turklarning qamaliga Astraxan bardosh berdi (1568). Turklar katta talofatlar berib chekinishga majbur bo’ldi. Turklar bilan ruslar O’rtasida ikkinchi marta jiddiy to’nashuv XVII asrning 30-yillarida oxiri va 40 yillari boshida bo`lgan edi. Bu vaqtda Zaporoje kazaklari Azovni (1637 yil) olib, uni bir necha yilgacha o’z qo’llarida tutib turdilar. XVII asrning ikkinchi yarmida Turkiyaning Avstriyaga, Venesiyaga va Rossiyaga qarshi olib borgan urushlarida 181 mag’lubiyatga uchrashi Usmon imperiyasining ichidan zaifligi va harbiy jixatdan qoloqligini butun Yevropaga namoyon qildi. Yevropa davlatlari orasidagi raqobat, ularning sulton bilan separat bitim tuzishga intilishlari tufayligina Turkiya o’zining haqiqiy siyosiy qudratiga mutlaqo mos kelmaydigan keng territoriyada uzoq vaqtlargacha yashab turish imkoniyatiga ega bo’ldi. Yevropaning «buyuk davlatlari» (birinchi navbatda Angliya bilan Fransiya) Turkiya imperiyasining chirib ketgan rejimini tugatish va turklar zulmi ostida ezilib yotgan slavyan xalqlarini ozod qilish o`rniga, Turkiyani asoratga solishni, o’zlarining yarim mustamlakalariga va siyosatlarining quroliga aylantirishni nazarda tutib, iqtisodiy jixatdan qoloq, siyosiy jixatdan zaif Turkiya imperiyasini saqlab qolishni afzal ko’rdilar. Nazorat topshiriqlar: 1. Turklar Yevropaliklar bilan bo`lgan to’qnashuv qayerda sodir bo’ldi. 2. Muhammad III podsholik qilgan yillarni aniqlang.A) 1595-15603 yillarV) 1592-1600 yillar. S) 1591-1600 yillar.D) 1585-1590 yillar 3. Rossiya bilan Turkiya O’rtasidagi to’qnashuv qachon bo’ldi. A) XV asrning boshida V) XVI asrning ikkinchi yarmida D) XIV asning oxiri,E) XVII asrda 4. XV – XVI asrda Turklar Albaniyani necha marta istilo qildi? 5.Sulaymoniy “Qonunnomai Sulaymoniy”qonunlar to’plamini qachon yozib tugatdi? 6. XVI asr o’rtalarida Osiyo, Afrika va Yevropaning Usmoniylar saltanati tarkibiga kirgan hududlarni xaritadan toping 182 17- MAVZU: O’RTA ASRLARDA POLSHA. REJA: 1. Tarixiy adabiyotlarda Polsha davlatining paydo bo’lishi masalalarinig o’rganilishi. 2. Boleslav Jasur tomonidan Polsha yerlaning birlashtirilishi va qirollik deb e’lon qilinishi. 3. Polsha feodal tarqoqlik davri. 4. Pishemisliv II va Vladislav Lapotekning Polsha yerlarini birlashtirish siyosati. 5. Polsha Kazimir Buyuk davrida. 6. Ko’p millatli Polsha davlatining paydo bo’lishi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling