Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

 
Tayanch tushunchalar:Laroshel, Nant, Gavr, Dyepp, Lion birjasi
Fransisk I, Paviya yonidagi jang, Katoambrezi, Genrix II, «yeres», 
Fransua Giz , Vestfaliya sulhi. 
Fransuz bosmaxonalarida (Etyen firmasi va boshqalarda) bosilgan 
kitoblar Fransiyaning o’zidagina emas, balki Yevropaning boshqa 
Mamlakatlariga dam tarqalar edi. Fransuzlar yasagan zambaraklar XV 
asrdayok butun Yevropadagi eng yaxshi to’plar deb disoblanar edi. 
Fransiya ilgarigidek O’rta dengiz orqali qizgin savdo-sotiq ishlari 
olib borardi. Marsel mamlakatning eng katta porti bo’lib qolgan edi. 
Ammo shu bilan birga Atlantika okeani bilan bog’langan g’arbiy va 
shimoliy portlarning dam ahamiyati oshib bormoqda edi. Bordo, 
Laroshel, Nant, Gavr, Dyepp shaharlari dam katta portlarga aylanib 
bormoqda edi. Lion shahrida olib boriladigan savdo-sotiq ishlari xalqaro 
ahamiyatga ega bo’lish bilan birga, bu shahar g’oyat katta pul bozori 
dam edi. Lion birjasi Antverpen bilan raqobat qilardi. 
Ammo shunday bo’lsa dam, Fransiya iqtisodiy jihatdan Angliya 
bilan 
Niderlandiyaga 
qaraganda 
sekinroq 
rivojlanmoqda 
edi. 
Fransiyaning manufakturalari mazkur ikki mamlakat manufakturalari 
kabi keng (milliy) tus olmagan edi. Adolinnng ko’pchiligi qishloq 
xo’jaligi bilan shug’ullanar edi. Shu bilan birta fransuz qishloqlari 
o’zining tipik feodal qiyofasini saqlab kelmoqda edi. Fransiyada XVI 
asrda 
dam 
ishlab 
chiqarishdagi 
feodal 
usulnnng 
traditsion 
munosabatlarida buzilish hali boshlanmagan edi desa bo’ladi, holbuki 
Angliyada bunday munosabatlarning buzilib borayotganligini yuqorida 
ko’rib o’tgan edik. 


149 
XVI asrdagi fransuz qishlog’ining tuzumi. XVI asr Fransiyada 
servaj formasidagi shaxsiy-krepostnoylik munosabatlari kamdan-kam 
uchraydigan bo’lib qolgan edi. Dehqonlarning juda ko’pchiligi 
chinsheviklardan, ya’ni meros yerlarga egalik qiluvchilardan iborat edi, 
ular umuman olganda odat huquqiga muvofiq, yerga egalik qiluvchi 
ingliz dehqonlariga (kopigoyaderlarga) o’xshardi. Dehqonlar to’laydigan 
senz, ya’ni pul rentasi doim bir tarzda, bir me’yorda bo’lar edi. Fransuz 
dvoryanlari ingliz dvoryanlaridan shu bilan farq qilardikn, ularning 
dehqonlar qo’lidagi yerlarni tortib olishlari uchun biron muhim bahona 
yo’q edi, chunki Fransiyada yirik-tovar qishloq xo’jaligini tashkil etishni 
taqozo qiluvchi ichki dam. tashqi dam sabablar yo’q edi. Shunday qilib, 
fransuz dehqoni yersiz qolish xavfi ostida emas edi. Bu jihatdan fransuz 
dehqonining ahvoli birodari ingliz dehqonining ahvolidan durustroq edi. 
Ammo fransuz dehqonining boshqa mushkulliklari bor edi. 
Avvalo, Fransiyada qishloq xo’jaligi texnikasining umumiy darajasi 
juda 
past 
edi. 
Mayda 
dexqonlar 
yerni 
ishlash 
usullarini 
takomillashtirishda xech qanday yangilik kirgizolmas edilar. Ekinlarning 
hosili avvalgidek juda past edi. Ammo feodallar dexqonlardan juda ko’p 
soliqlar olardi. Odatda, Fransiyadagi chinsh (senz) Angliyaning 
«odat»dagi Rentasidan ko’p bo’lardi. Fransuz dexqoni o’z senorlariga 
chinshdan tashqari yana qo’shimcha xar xil katta va kichik to’lovlar 
berishga majbur edi. So’ngra, fransuz dehqoni davlatga xam katta-katta 
soliqlar tulardi. Dexqonlardan olinadigan soliqlar markazlashgan 
Fransiyaning juda tez o’sib ketgan davlat idoralarini ta’minlab turuvchi 
asosiy manba edi. Qirol saroyi, byurokratiya, armiya va cherkoz g’oyat 
ko’p mablag’ talab etardi. Davlat olgan soliqlarning bir qismi 
keyinchalik har xil pensiyalar, hadyalar va hokazolar tarzida yana o’sha 
dvoryanlarga kelib tushardi. Fransuz dehqoni pomeshchiklarga feodal 
rentasini aslda ikki marta to’lardi: bir marta chinsh tariqasida va u bilan 
bog’liq bo’lgan dar xil to’lovlar shaklida o’zining mahalliy yer egasi-
senoriga to’lar, ikkinchi marta esa davlat soliqlari tariqasida umuman 
bututs feodallar sinfiga (o’ziga xos markazlashtan feodal rentasi qilib) 
to’lar edi. Katolik cherkovi foydasiga ushr (desyatina) dan saqlanib 
qolgan edi. Biroq fransuz dehqoni bulardan boshqa yana bir «senz» 


150 
to’lashga majbur edi. Fransuz dehqonlarining juda ko’pchiligi 
sudxo’rlardan qarzdor bo’lib qolgan edi. O’rta asrlar Fransiyasida 
dehqonlar katta to’lov berib ozod bo’lgan edilar, ana shu shart bilan 
ozod bo’lish o’sha vaqtdayoq dehqonlarni qarzga botirib qo’ygan edi. 
Keyinchalik Yuz yillik urush davridagi xonavayronlik natijasida 
dehqonlarning sudxo’rlarga qaramligi yana kuchayib ketdi. Nidoyat, bu 
qaramlik davlat soliqlarining tinmay oshib borganligi tufayli yanada 
kuchayib, mustahkamlanib ketdi. Bunday sharoitda fransuz dehqonining 
qarzdan qutulishiga hech qanday imkoniyat yo’q edi. Oqibat natijada 
sudxo’r o’ziga tegishli protsentlarni dehqonning yeri ustiga qo’yib, uni 
abadiy qarzdor qilar edi. Shunday qilib, dehqon yer uchun aslda yana bir 
renta to’lashga majbur edi, bu renta esa sudxo’rga to’lanar edi. Bu 
rentaning senzdan tashqari to’lov yoki qonunlashtirilgan renta degan 
maxsus nomi bor edi. Qarz olardi. Burjuaziya bilan davlat xo’jaligi 
o’rtasidagi aloqaning yana bir formasi — otko’p (ijaraxo’rlik) sistemasi 
edi. 
Deyarli 
damma 
bilvosita 
soliqlarni 
to’plash 
moliyachi-
kapitalistlarga topshirilardi, ular esa aholidan soliq pullarini o’z 
agentlarining yordami bilan o’zlari yigib olar va "bunda davlatga 
ijaraxo’rlarning odatda «oldin» to’lagan pullari summasidan ancha 
ko’proq qilib yigib olar edilar. Fransiyada otko’p sistemasi dastlabki 
kapital jamgarilishining o’ziga xos formasi edi. Buning ustiga 
burjuaziya feodallar davlati apparatidan yana o’ziga xos bir tarzda dam 
foydalanardi. O’rta asrlar oxiridan boshlab, Fransiyada davlat 
mansablarini pulga sotish va sotib olish tartibi mahkam o’rnashib qolgan 
edi. Burjuaziya bunga foyda keltiruvchi savdo muomalasining bir xili 
deb qarardi. Mansabni sotib olish uchun sarf qilingan kapital 
keyinchalik, burjua amaldorlarga yumushi tushib turadigan xalq 
ommasidan keladigan daromad hisobiga ortig’i bilan mansab egasiga 
qaytib kelishi shart edi. Sudlardagi har xil mansablar ayniqsa ko’p 
daromad keltirardi.Yirik fransuz burjuaziyasining ko’pchiligi o’z 
manfaatlari jihatidan absolyutizm bilan chambarchas bog’langan edi va 
xonavayron bo’lgan dvoryanlarning mol-mulklarigina emas, balki 
ularning titullari va unvonlarini dam egallab olib, sekin-asta 
dvoryanlashmoqda edi. Mayda burjuaziyaga kelganda, uning o’zi 


151 
davlatning og’ir moliyaviy zulmi dastidan azoblanmoqda edi. Dehqonlar 
bilan birga shahar mayda burjuaziyasining dam davlat soliqlari tufayli 
tinkasi qurimoqda edi. Moliyachi boylar va ularning bir to’da agentlari 
bo’lgan soliq to’plovchilarga shaharlardagi mehnatkashlar ommasi dam, 
xuddi qishloq mehnatkashlar ommasi singari juda nafrat bilan qarardi. 
Soliq to’plash munosabati bilan ko’tarilib turgan qo’zg’olonlar XVI va 
XVII asrlardagi fransuz shaharlari va fransuz viloyatlari tarixida eng 
mudim 
ijtimoiysiyosiy 
hodisalardan 
biridir.Fransisk 

davrida 
absolyutizmning muvaffaqiyatlari. qirol Fransisk I davrida (1515—
1547) qirol hokimiyati g’oyat zo’r qudratga ega bo’lgan edi. Fransisk I 
(Fransua I) dastavval cherkovni tamomila o’ziga buysundirdi. Papa Lev 
X bilan Bolonda tuzilgan konkordatga ko’ra, fransuz qiroli barcha 
Fransuz yepiskoplarini vazifalarga o’zi tayinlaydigan bo’ldi. Shu bilan 
birga papa fransuz cherkovidan Fransisk I qonun chiqaruvchi xokimiyat 
tanxo o’z qo’limda bo’lishil lozim, deb bilar va bu xokimiyatni vakillar 
yig’ini bilan o’rtoqlashishni sira istamas edi. Uning yuristlari xaloyiq 
oldida ochiqdan-ochiq: qirol xokimiyatini xech kim va xech narsa 
cheklab qo’yolmaydi, deb e’lon qilardilar. 1527 yilda Parij 
parlamentining prezidenti majlisda xozir bo’lgan qirolga murojaat qilib: 
«Siz qonundan yuqori turasiz, sizni qonunlar va ordonanslar xech 
narsaga majbur etolmaydi va umuman sizni biron-bir narsaga majbur 
qila oladigan xokimiyatning o’zi yo’q» degan edi.Durust, Bosh Parij 
shtatlari bo’lmaganligidan, parlament qirol edikt (farmon)larini 
ro’yxatga olish huquqiga asoslanib, qirol hokimiyatini cheklovchi organ 
bo’lib olishga urinib ko’rgan edi. Ammo u bunga muyassar bulolmadi. 
Fransisk 1 faqat oliy sud palatasi sifatida parlamentga taalluqli bo’lgan 
sud ishlaridan tashqari, davlatning boshqa ishlariga uning aralashishini 
man qildi. qirol davlat boshqarmasining mayda-chuydalariga xam 
shaxsan o’zi aralashardi. Butun markaziy boshqarma ishi qirol kengashi 
qo’lida edi. Bu kengash turli nomdagi bo’limlarga: Katta va Kichik 
kengashlar (Kichik kengash odatda qirol ishtirokida bo’lardi), Moliya 
kengashi, Xat aloqalari kengashi, Siyosiy yoki Davlat kengashi (bu 
kengash tashqi ishlar bilan shug’ullanardi) va -boshqalarga bo’lingan 
edi. Bu bo’limlar umuman markaziy organlar bo’lib, keyinchalik paydo 


152 
bo’lgan bosh ministrliklar: ichki ishlar, moliya, yustitsiyadashki ishlar 
va xokazo ministrliklarga mos kelardi. 
Italyan urushlari. O’zining o’tmishdoshlari qirol Karl VIII va 
Lyudovik XII ga uxshab, Fransisk I xam italyan urushlarini davom 
ettirdi. U Karl V Gabsburg bilan to’rt marta: 1521— 1525, 1527—1529, 
1536—1538 va 1542—1544 yillarda urush qildi. Fransisk I urushlarda 
ayrim muvaffaqiyatlarga erishgan va diplomatiya soxasida katta iste’dod 
egasi bo’lib, Gabsburglarga qarshi kurashda o’ziga juda ko’p (shu 
jumladan turk sultonini xam) ittifoqchi qilib olgan bo’lsa-da, Italiyadagi 
urushlar fransuz feodallari uchun muvaffaqiyatsiz tugagan edi. 1525 
yilda Paviya yonidagi jangda mag’lubiyatga uchraganida Fransisk I 
xatto o’zining qudratli dushmani qo’liga asir bo’lib xam tushib qolgan 
edi. So’nggi urush vaqtida Karl V Fransiya territoriyasiga bostirib kirib, 
Parijga xujum boshladi. Ammo axoli ommasi, xususan dexqonlar 
bosqinchilarga juda qattiq qarshilik ko’rsatdilar. German protestans 
knyazlarining 
imperatorga 
qarshi 
qo’zg’olon 
ko’tarishiga 
tayyorlanayotganliklaridan xabardor bo’lib koltan Karl V Fransiyada 
urush xarakatlarini davom ettirishdan voz kechishga majbur bo’ldi. 
Fransisk I o’lgandan keyin uning vorisi Genrix II davrida (1547—1559) 
italyan urushlari yana boshlanib ketdi. Bu urushlar 1559 yilda 
Katoambrezi shahrida tuzilgan sulh bilan tugadi. Bu sulh bitimiga 
muvofiq Genrix II Italiyadan tamomila voz kechdi. Ammo Filipp II 
Ispanskiy dam o’z tomonidan muxim bir masalada yon berdi: Fransiya 
Mets, Tul va Verden shaharlari bilan birlikda Lotaringiyaga (yuqori 
Lotaringiya deb atalgan yerlarga) ega bo’lib qoldi. Bu bilan Fransiya 
davlati o’zining damma yerlarini tamomila "birlashtirib, deyarli hozirgi 
chegaralarigacha bo’lgan yerlarga ega bo’ldi 
Fransiyadagi 
Uyg’onish. 
Italiyaga 
qilingan 
yurishlarning 
oqibatlaridan biri shu bo’ldiki, fransuz jamiyati o’sha zamon 
Yevropasida eng go’zal va nafis madaniyat bo’lgan italyan madaniyatini 
o’zlashtirib 
oldi. 
Italiyaga 
borib 
kelgan 
fransuz 
dvoryanlari 
italyanlarning rasm-odatlari, odob-qoidalari va kiyimlarini o’zlashtirib 
oldilar. Fransiyada juda ko’p kishilar italyan ilm-fani, san’ati va 
adabiyotini sevib, unga taqlid qila boshladilar. Qirol saroyi uyg’onish 


153 
davr yangi madaniyatining asosiy markazi bo’lib qoldi. Qirolning 
parijdagi g‘oyat go’zal Luvr saroyi italyan arxitekturasi uslubida qurildi, 
xuddi shu uslubda shahar tashqarisida bir qancha qasrlar dam solindi. 
Qirolning singlisi — malika Margarita Navarrskaya iste’dodli shoira 
bo’lib, bir qancha gumanist adiblar, shoirlar va rassomlarni o’z atrofiga 
to’plagan edi. Germaniyadagi singari, Fransiyada dam antik avtorlarning 
ijodlarini zo’r berib o’rgana boshladilar. Atokli filolog Giyom Byude 
(1460—1540) qadimgi grek tilini g’oyat yaxshi bilishi bilan mashhur 
edi. Uni mashdur nemis gumanist filologiga o’xshatib «fransuzlarning 
Reyxlini» deb atardilar. Jak Lefevr d' Etapl (1455—1537) atoqli 
gumanist, faylasuf, geograf va matematik bo’lib, uning nomi xam 
fransuzlar reformatsiyasining boshlanishi bilan bog’liqdir. Sxolastik 
traditsiyalarga mahkam yopishib olgan eski Parij universiteti 
(Sorbonna)ga qarama-qarshi ularoq, yangi tashkil topgan Fransuz kolleji 
gumanizmning ilmiy markazi.bo’lib kolgap ediq bu kolledj uziga xos 
gumanistik akademiya edi. Jahonga dong’i ketgan Fransua Rable (1494-
1553) fransuz gumanizmining eng katta namoyandasi edi. Buyuk 
fransuz satirigi Rable yozgan «Gargantyua va Pantagryuel» Degan 
roman feodallar jamiyatining sharmandasini chiqargan, O’tkir fikrlar va 
achchiq kinoyalarga to’lib-toshgan G’oyat zo’r va kuchli satirik 
asardir.'Rable bu asarida xalq yaratgan sodda. romanlar formasidan 
foydalannb, feodallarni beso’naqay,Kambreziy shartnomasida bu 
shartnoma tuzilishdan avval Frantya bilan urush holatida bo’lgan 
Angliya dam ishtirok etgan edi. Fransiya '559 yilgi shartnomaga binoan 
Kale shahrini qaytarib olishga erishdi. Bu qadar Yuz yillik urush 
vaqtidan (1347 yildan beri) inglizlar qo’lida edi.yeb to’ymas, 
ichkilikboz, janjalkash kishilar qilib oliy va farosatli motivlardan 
mutlaqo maxrum xayvonlardek xayot kechiradigan kishilar qilib 
ko’rsatadi 
Shu bilan birga, Rable o’z romanida, gumanistik ilm-ma’rifat va 
tarbiya uchun kurashchi, tabiat va kishini o’rganadigan yangi fanni joriy 
qiluvchi tashabbuskor, sxolastikaning dushmani sifatida maydonga 
chiqdi, u sxolastikani insoniyatdan yorug’likni vaqtincha to’sib turuvchi 
“gotik va varvarlar tumani”deb atagan edi. 


154 
Fransiyada reformatsiya. Fransiyada reformatsiya xam gumanistlar 
doirasida boshlandi. Lefevr d' Etapl 1512 yildayoq «Apostol Pavelning 
maktublari» xaqida degan kitobi bilan maydonga chiqqan edi. U 
o’zining bu kitobida Lyuterga o’xshab, «najot yo’li — hindir» degan 
goyani ilgari surgan edi. Lefevr 20-yillarda tavrot (bibliya)ni fransuz 
tiliga tarjima qila boshlagan edi. Ammo Lefevr reformatsiyani tayyorlab 
bergan bo’lsa-da, protestant bo’lmagan edi. U hayotining oxirigacha 
rasman katolik bo’lib kolaverdi. Lefevrning shogirdi va Mo 
shaharchasining yepiskopi Brisone ustozidan ancha o’tib ketib, Mo 
shahrida Fransiyadagi birinchi protestantlar jamoasini tuzdi, lekin bu 
jamoa keng yoyila olmadi. Fransiyaga Lyuterning ko’pgina izdoshlari 
ko’chib kelishi munosabati bilan bu mamlakatga Lyuter Foyalarining 
kiritilishi protestantizmnipg yoyilishiga ko’proq ta’sir ko’rsatdi. Avval 
boshda Kalvinning o’zi xam Lyuterning izdoshi edi, u faqat keyin, 30-
yillarga kelib, bu ta’limotni chuqurlashtirdi va radikallashtirdi. Ammo 
Fransiyada yangi protestantlik dinining sotsial negizi keng emas edi. 
Mamlakatning shimolidagi shu jumladan, Parijning yirik burjuaziyasi 
xam katolik diniga maxkam yopishib olgan edi, chunki qirol singari 
katolitsizm xam Fransiyadagi milliy birlikning simvoli edi. Fransiyada 
katolik cherkovi Germaniyadagi singari papaga tobe emas edi. Bu 
cherkov 
tamomila 
qirolga 
buysunardi. 
Fransiyada 
dexqonlar 
katolitsizmga juda berilgan edi. Bunga sabab fransuz agrar 
munosabatlari konservativ xarakterda bo’lganligi va bu vaqtlarda 
Fransiya qishloqlarida ijtimoiy ziddiyatlar Germaniya bilan Angliyadagi 
singari juda keskin tusga kirmaganligidir Nixoyat, fransuz dvoryanlari 
xam avval boshda reformatsiya bilan u qadar qiziqmagan edilar. Fransuz 
dvoryanlarining eng faol qismi Italiyadagi urushlar bilan band edi. 
Fransisk I bir oz vaqt mamlakatda reformatsion g’oyalarning 
yoyilishiga chidab, indamay keldi, chunki u Karl V ga qarshi olib 
borayotgan kurashida german protestant knyazlaridan madad olib turar 
edi. Ammo 30 yil o’rtalarida qirol xukumati «yeretiklar»ni juda qattiq 
ta’qib qila boshladi. 1535 yilda lyuteranlardan 35 kishi o’tda qo’ydirildi 
va 300 kishi qamoqqa olindi. 1540-yilda Fransiyada inkvizitsiya joriy 
qilindi. Yoyilib borayotgan kalvinizm ma’murlarni ayniqsa katta 


155 
tashvishga solib qo’ydi. Genrix II davrida, yangi qirolning mamlakatni 
idora qila boshlagan birinchi yildayoq kalvinistlarni jazolash uchun 
favqulodda tribunal tuzildi. Yangi sud dabdabali nom bilan «O’tli 
palata» deb ataldi. 
1547 yildan to 1550 yilgacha o’tgan uch yil mobaynida «O’tli 
palata» 500 tacha hukm chiqardi, bundan 60 tasi o’lim jazosi 
tug’risidagi hukm edi. 
Lekin shunga qaramasdan Fransiyada reformatsiya rivojlana bordi. 
Garchi dehqonlar «yeres»ga beparvo munosabatda bulib, burjuaziyaning 
yuqori qatlami va saroyga yaqin dvoryanlar eski katolik cherkovini bor 
kuchlari bilan himoya qilgan bo’lsalar-da, shaharlarda kalvinizmga 
tarafdor bo’lganlar anchagina topilar edi. Janubiy va g’arbi-janubiy 
shaharlar, sobiq albegoychilar harakatining markazlari kalvinizmga 
ayniqsa moyil edilar. Kalvinistlar, yoki — Fransiyada ularni 
ataganlaricha — gugenotlar Fransiyaning janubida 30-va 40-yillarda 
ayniqsa ko’payib ketishdi. Ayni zamonda janubiy fransuz dvoryanlari 
ham zo’r berib kalvinizmga qutila boshladilar. Bularning ko’pchiligi 
Fransiyaning janubi va janubig’arbiy qismidagi o’rta va mayda 
dvoryanlar edilar. Mahalliy shaharlar bilan bog’liq bo’lgan, tor 
provinsial kayfiyatdagi va qisman hali patriarxal sharoitdan chiqmagan 
shu dvoryanlar kalvinizmni o’zlarining «sof dini» deb bilar, 
markazlashgan katolitsizm ideologiyasiga qarama-qarshi o’laroq, 
ideologik jihatdan o’zlarining mahalliy partikulyarizmini aks ettiruvchi 
din deb bilardi, chunki ular katolik dinini qirol va Parij dini deb, XVI 
asrda dam janubliklar uchun yot bo’lib qola bergan Shimoliy Fransiya 
dini deb bilardilar. 
Ammo vaqt o’tishi bilan siyosiy mulohazalarga ko’ra, janubdagina 
emas, balki Fransiyaning boshqa viloyatlaridagi yirik feodal aristokratlar 
ham gugenotlarga qo’shildilar. Chunki gugenotlarning cherkov 
tashkiloti damda gugenot dvoryanlar bilan shaharliklar ommasi qirol 
hokimiyatiga qarshi kurashda protestantlar uchun kuchli dastak bo’lishi 
mumkin edi. 
Gugenotlar urushi 


156 
XVI asr o’rtalarida fransuz monarxiyasining inqirozi . 50—60-
yillarda fransuz monarxiyasi og’ir inqirozni boshidan kechirmoqda edi. 
Italyan urushlari muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Fransuz feodallarining 
harbiy o’ljalar olamiz, Italiyada yer va mansablarga ega bo’lamiz deb 
kuttgan umidlari puchga chiqdi. Dvoryanlar, shu jumladan ularning 
yuqori qatlami bo’lgan aristokratiya dam, bu muvaffaqiyatsizlikdan juda 
g’azabga kelib, buning uchun qirol bilan saroyni aybladi. Urushdan 
keiyin aristokrat dvoryanlarning iqtisodiy ahvoli juda yomonlashib, 
xonavayronlikka yaqinlashib qoldi Aristokratiyaning harajati doim 
ko’paya borganligidan, ularning yeridan keladigan daromadi bu 
xarajatlarni qoplay olmaydigan bo’lib qoldi. Boshlanib ketgan narxlar 
revolyutsiyasi umuman fransuz dvoryanlari axvoliga og’ir ta’sir 
ko’rsatdi". Bu dvoryanlar dehqonlardan traditsion belgilangan shaklda 
pul to’lovlari olardilar. Cherkov yerlarini sekulyarizatsiya qilish 
masalasi endilikda dvoryanlar uchun aktual masala bo’lib qoldi. 
Dvoryanilar siyosiy sohada xam markaziy hokimiyatning yon berishiga 
erishmoq uchun gugenotlarning tashkilotlari va gugenotlar xarakatidan 
darxol foydalanish payiga tushdilar. Genrix II vorislarining zaif 
bo’lganligi feodallar oppozisiyasining ularga qarshi chiqishini 
osonlashtirdi. 
Fransiyada shu tarzda uzoq davom etgan o’zaro urush boshlanib 
ketdi. Gugenotlar urushi (Fransiyadagi kalvinistlar nomidan yoki 
fuqarolar urushi degan nom bilan mashxur bo’lgan bu urush xammasi 
bo’lib o’ttiz yildan ko’proq davom etib, Fransiyaning shundan keyingi 
tarixiga g’oyat katta ta’sir ko’rsatdi. 
Keyingi Valualar. 60yillar boshida gugenotlar va katoliklar. Genrix 
II dan keyin ketma-ket uning uch o’gli: Fransisk II (1559—1560), Karl 
IX (1560—1574) va Genrix III (1574—1589) qirollik qildi. Ular kam 
qobiliyatli xukmronlar edi, ba’zi xollarda esa, xatto balog’atga 
yetmasdanoq mamlakatni idora qila boshlab, saroydagi xar xil feodal 
guruxlarining fitna-nayranglari uchun osongina qurol bo’lib kolardilar. 
Fransisk II davrida saroyda lotaringiyalik feodal Gizlar oilasi yetakchilik 
qildi. 10 yoshda qirollik qila boshlagan Karl IX vaqtida esa uning onasi 
— kelib chiqishi jixatidan italyan bo’lgan Yekaterina Medichi qirollikda 


157 
regentlik qilgan edi. U o’z favoritlari bilan birlikda hokimiyatni 
boshqarib turdi. 60-yillar boshida eng yirik feodallar ikkita diniy siyosiy 
guruhga ayniqsa keskin bo’linib ketdilar. Feodallarning bir qismi Gizlar 
boshchiligidagi katolitsizm tomonida edi. Yekaterina Medichi ularning 
xaddan tashqari mansab parastligidan cho’chisa xam, ularga qo’shilgan 
edi. Boshqa bir oppozitsion kalvinchi-gugenotlar partiyasiga Burbonlar 
bilan Kolinlar boshchilik qildilar.Burbonlar xonadonining boshlig’i 
Antuan 
Burbon 
kichkinagina 
vassal 
davlat 
bo’lgan 
fransuz 
Navarrasining qiroli edi. Burbonlar ayniqsa Fransiyaning janubida 
mashxur edilar. Kolini admiral edi va uning (o’rta Fransiyadagi) 
aristokratik Shatilonlar familiyasidan qarindoshlari juda ko’p edi. 
Saroyda «siyosatchilarning» mo’tadil partiyasi xam bo’lib, bu partiya 
xar ikki chekkadagi partiyani yarashtirishga urinardi. Bu partiyaning 
namoyandasi gugenotlarga bir qadar diniy huquqlar berilishining 
tarafdori bo’lgan kansler Lopital edi. uning tashabbusi bilan 1 yilda 
Orleanda bitishuvga kelishish maqsadida Bosh shtatlar chaqirilgan edi 
(Bosh shtatlar 1484 yildan buyon chaqirilmay turgan edi). Shtatda 
Burbonlarnnng tarafdorlari ko’p bo’lib chiqdi, ular Fransiyada 
sekulyarizatsiya o’tkazishni yoqlab chiqdilar. Umuman esa, sosloviyelar 
o’rtasida yakdillik bo’lmadi. qisqagina sessiyadan so’ng shtatlar tarqa 
tib yuborildi. Shunday bo’lsa-da, 1562 yilda hukumat edikt chiqardi 
(yanvar edikti), bu ediktda kalvinistlarga ko’pdan ko’p cheklashlar bnlan 
o’z kultlarini ado etishga ruxsat berildi. Bu edikt gugenotlarni dam, 
katoliklarni dam qanoatlantirmadi. Joylarda dar ikkala diniy partiya 
tarafdorlari o’rtasida qurolli to’qnashuvlar bo’lib turdi. Katoliklar dam, 
gugenotlar dam zo’r berib fuqarolar urushiga tayyorlana boshladilar. 
Gugenotlar urushlarining boshlanishi. Gugenotlarning urushi 36 yil 
davom etdi (1562—1598). Bu urush 1562 yil 1 martda Vassi shahridagi 
ur-yiqitlar bilan boshlanib ketdi. Shahar gugenotlarining ibodat 
qilayotgan vaqtda gersog Giz o’zining qurollangan odamlari bilan ularga 
hujum qildi. Gugenotlarning qurollangan bir qismi hujum kelganlarga 
zarba berdi. Ikki dushman guruhining dastlabki qurolli to’qnashuvi ana 
shu tarzda ro’y berdi. Shundan keyin ko’p o’tmay, har ikki tomon 
feodallarining qurolli kuchlari chinakam urush harakatlarini boshlab 


158 
yubordilar. Ahyon-ahyonda urush daraklari to’xtatilib, yarash sulhi 
tuzilardi. Dastlabki o’n yil mobaynida uch marta ana shunday urush 
bo’ldi.har ikkala lagerga rahbarlik qiluvchi xonadonlarning katta 
namoyandalari bu urushlar davomida yo’q bo’lib ketdi: katoliklarning 
rahbar Fransua Giz bilan gugenotlar rahbari Antuan Burbon o’ldirildi. 
1572 yilda saroyda bir plan paydo bo’ldi, bu planda tashqi siyosat 
vosntasn orqali katolnklarnn gugenotlar bilan yarashtirish mo’ljallangan 
edi. Kolnnn Nnderlandnyaga yordam bahonasi bilan Ispaniyaga qarshi 
urush loyihasini ishlab chiqdi, Nnderlandnyani Ispaniya qo’lidan ozod 
qilish bilanoq fransuz yerlariga qo’shish ko’zda tutilgan edi. 
Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling