Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:Lexlar, vladiklar, 
otroqlar, panlar, « lesi», sedlyaklar, «Villanlar», barshchina, dedich, 
renta, «ozod yetiluvchi», halupnik, zeman, Yan Gus, panlar, obroch, 
yepiskop, monastir, Jur yepiskopi, Konstansa yepiskopi, Cherkov, 
sobori, guschilar, toboriylar, Lipa, chashniklar, podoboylar, «to`rtta 
modda», seym, dvoryan, katolik. 
XII-XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti 
va milliy ziddiyatlarning keskinlashishi. X-XI asrlarda uzil-kesil 
rasmiylashgan Chexiya davlati XII-XIII asrlarga kelib, Yevropaning 
boshqa mamlakatlariga o’xshash feodal mamlakatga aylandi. 
Qirol drujinachilari lexlar va vladiklarning eski zodagon oilalari 
bilan birlashib, feodal tipidagi katta va ancha mayda yer eglariga 
aylandilar. Ular mamlakatdagi erlarning katta qismini bosib oldilar. 
Ularning yer-mulklarida krepostnoylar birinchi navbatda qo`liga yer 
berilgan qullardan tashkil topgan krepostnoylar (otroqlar yoki erksiz 
dexqonlar) ishlardilar. Feodallar dehqon axolisini sud qilish muddaosida 
qiroldan huquqlar olardilar. Chexiyada oliy tabaqa feodalar, panlar 
(jupanlar, ya’ni qabila boshliqlari nomidan kelib chiqqan so’z) quyi 
tabaqa feodalar-vladiklar deb atalardi. Umuman olganda, panlar-
baronlar va vladikalar-risarlar imtiyozli toifa-shlyaxtani tashkil 
qilardilar. 
Sobiq erkin jamoachi dexqonlardan chiqqan qaram dehqonlar 
qo’llardan tashkil topgan Chexiyada XIV asr o’rtasidan boshlanib 
siyosiy yuksalish mmlakatning iqtisodiy yutuqlarini aks yettiradi. Bu 
vaqtga kelib Chexiya iqtisodiy jixatdan g`oyat darajada rivojlangan 


98 
mamlakat hisoblanardi. Chexlarning kumush konlari, movut to’qishi, 
surp sanoatining rivojlanganligi, qishloq xo`jalikidagi yutuqlari 
Chexiyada dehqonchilikdan tashqari, bog’dorchilik, baliqchilik xo`jaligi, 
uzumchilik, zig’irchilik, nasha, xmel o’stirish va x.k. mana shularning 
biridir degan shon-shuxrat keltirdi. Chexiya qiroli olgan behisob 
daromadlarni Germaniyaning birorta ham badavlat knyazi ololmasdi. 
Praga yirik savdo markaziga aylandi . Chezxiyaning ko`pdan-ko`p 
boshqa Shaharlari u bilan juda yaqindan aloqa qilardilar. Bu shaharlar 
orasida Brano, Plzen, Xeb, Kutna gora, Lolomous alohida ajralib turardi. 
XIV asrda Chexiya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Quyi Dunay bo’yi 
mamlakatlari, Janubi-G’arbiy Rus bilan keng xalqaro savdosi olib 
borardi. Mamlakatda tovar-pul xo`jaligi tobora o’sib, u qishloqni ham 
qamrab olgan edi. 
Chexiyada g`oyat darajada keskinlashib ketgan ijtimoiy ziddiyatlar 
ochiqdan-ochiq milliy tusga kira bordi. Chexiya dehqonlari, o’rta va 
mayda darajadagi Shaharliklar, shuningdek, quyi risarlar (zemanlar) 
asosan badavlat nemis sinflarini o’zlarining snfiy dushmanlari deb 
bilardilar, chunki Chexiyadagi nemislar bu vaqtga kelib juda katta 
boylik orttirib, bu mamlakatda katta siyosiy rol o’ynar edilar. 
Ruxoniy va Praga universitetining professori Yan Gus milliy va 
diniy-reformatorlik kayfiyatidagi chex jamiyati ilgor tabaqalarining 
ifodachisi bo’ldi. Dehqon oilasidan chiqqan Yan Gus , 1369 yilda
Gusines degan joyda dunyoga keladi. Praga universitetining shogirdi 
bo`lgan Yan Gus 1398 yilda universitet professori, 1402 yilda esa uning 
rektori bo`lgan. Yan Gusning g’ayrati tufayli Chexiya qiroli Vaslav 
1409 yilda Praga universitetining ustavini o’zgartirib, professor 
chexlarga universitetni idora qilishda rahbarlik rolini topshirdi. Yan 
Gusning zamondoshi ingliz reformatori Jon Viklefning ta’siri ostida 
Gusning diniy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari ancha rivoj topdi. Ammo 
bir qancha masalalarda Gus Viklefdan o’tib ketdi va dadilroq harakat 
qildi. 
Gusning faoliyati Praga arxiyepiskopini, so’ngra etsa papa 
kuriyasini ham unga qarshi ogohlantirdi. Gusga toat-ibodat qilish man 
yetildi. U professorlik va rektorlik lavozimlaridan ketishga majbur 


99 
bo’ldi. Segizmund o’z so’zidan xoinona qaytib Gusga yordam berishni 
istamadi. 1415 yilning 6 iyulida Yan Gus Konstans maydonlaridan 
birida olovda kuydirildi. 
Guschilar olib borgan urushlarning tarixiy ahamiyati.XV 
asrning birinchi yarmida kichik bir slavyan mamlakati – Chexiyada 
boshlanib ketgan qudratli sinfiy va xalq ozodlik kurashi feodal 
Yevropani larzaga keltirdi. Asoschisi Yan Gus nomi bilan atalgan 
guschilar harakati avvalo feodal tuzumning eng katta tayanchi-katolik 
Cherkoviga qarshi qaratilgan edi. 
XIV asr o’rtalarida chex qiroli Karl 1 (1346-1378) Mukaddas Rim 
saltanatining imperatori qilib saylandi. Chexiya saltanatining eng kuchli 
davlati bo`lib qoldi. Chex qiroli imperator saylash huquqiga ega bo`lgan 
knyazlar O’rtasida birinchi o`rinni egallagan edi. Karl 1 urushlardan 
bo’yin tovlasa-da, yer sotib olib, farzandlarini foyda keltiradigan qilib 
uylantirish va yerga berish bilan chex qirolligining xududini 
kengaytirishga muvaffaq bo’ldi. U yirik feodal arning huquqlarini
cheklashga urinmadi, ammo bu ishida jiddiy muvaffaqiyatlar qozona 
olmadi. Qirol kasb-hunar, konchilik, savdo-sotiq va madaniyatning 
rivojlanishiga homiylik qildi. 
Bu vaqtda Chexiyaning xo`jaligi yuksalib bormoqda edi. Juda ko`p 
Yangi yerlar ochildi. Chexiyani har tomondan o’rab olgan tog’lardan 
Yangidan-Yangi mis, Qalay va ruda konlari topildi. Pul zarb qilinadigan 
kumush qazib chiqarish bo’yicha Chexiya Yevropada oldingi 
o`rinlardan biriga chiqib oldi. Shaharlarda xunarmandchilikning turlari 
bor edi, movut to’qish va shishasozlik shular jumlasidan edi. 
Yevropaning deyarli markazida joylashgan Chexiyada muhim savdo 
yo’llari kesishib o’tardi. Pragada har yili ikki marta katta yarmarka 
tashkil qilinar edi, unga Polsha, Germaniya va Italiyadan savdogarlar 
kelardi. Karl I davrida saltanatning poytaxti bo`lgan Praga u zamonning 
katta Shaharlaridan bo`lib, unda salkam 40 ming axoli yashardi.
Xo’jalikning yuksalishi xalqqa yengillik keltirmadi. Yirik feodallar 
– panlar zeb-ziynat ichida, farog’atda yashar, har xil yo’llar bilan 
ritsarlarni qisib, xatto ularning yerlarini ham tortib ola boshladilar. 
Xonavayron bo`lgan ko`pchilik ritsarlar o’z yurtida yoki begona 


100 
yurtlarda yollanma qo’shinlarda xizmat qilishar, ba’zilari yo’llarda 
qaroqchilik bilan shugullanishardi. Katolik cherkovi Chexiyaning g`oyat 
katta yer egasi edi. Mamlakatda eng unumdor yerlarning uchdan bir 
qismi o’sha Cherkov qo’lida edi. 14 ta Shahar, 900 ta qishloq chex 
Cherkovining boshligi Praga yepiskopiga qarardi. Ministrlar ayniqsa boy 
edi. Bexisob Cherkov to’lovlaridan dehqonlar va Shaharliklarning 
tinkasi qurigan edi. Ruxoniylar Chexiyadan oladigan daromadlarining 
ancha qismini Rimga yuborardi. Chexiyada katolik Cherkoviga qarshi 
umumiy norozilik tug’ilmoqda edi. Yepiskop va ministrlarning boyligi 
va yer-mulklari panlar va ritsarlarning g’ashini qo’zgardi, ular Cherkov 
yerlari xisobiga o’z yer-mulklarini ko`paytirishdan qaytmas edi.
XV asr boshlarida Praga ko’chalaridan biridagi Cherkov juda ko`p 
odamlarni jalb etardi. Shaharliklar, dehqonlar va ritsarlar bu yerga Praga 
universiteti professori Yan Gusning otashin nutqlarni eshitgani 
kelishardi. 
Yan Gus (1371-1415) dexqon oilasida tugilgan. Iste’dodli va 
mexnatsevar yigit universitetda ta’lim olish uchun ko`p mashaqqatlarni 
boshidan kechirgan. Ko`p o’tmay Gus professor darajasiga ko’tarilib, 
chexlar orasida birinchi bo`lib, Praga universitetini boshqardi. Yan Gus 
ruxoniylarning qilmishlarini shavqatsizlik bilan fosh etardi. U Rimda 
Cherkov mansablariga pulga sotilayotganligidan g’azablanib, papani 
qalloblar piri deb atardi. Gus Chexiyada indulgensiyalar savdosini qattiq 
qoralardi: «Bechora kampirning oxirgi chakasini ham nomunosib 
ruxoniy shilib oladi. Shundan keyin bunaqa Cherkov xodimini o’g’ridan 
ham mug’ombirroq va yovuzroq demay bo`ladimi? 
Rim papasi Gusni Germaniya janubidagi Konstansa shaxrida majlis 
quruvchi oliy ruxoniylar sezdi-Cherkov soboriga chaqirtirdi. Imperator 
Gusga himoya yorlig’i bergan bo`lib, bu yorliqda Gus uchun hech 
qanday xavf-xatar yo’qligi va’da qilingan edi. Gus o’z qarashlarini 
ximoya qilmoq uchun Konstansaga borishga qaror qildi. Kostansada 
Gusni zanjirband qilib zax va sovuk qorong’i zindonga tashaladilar. U 
olti oy zindonda yotdi, so’ngra uni sud qildilar. Sobor uni bid’atchi deb 
e’lon qildi va o’z qarashlaridan voz kechishni talab etdi.


101 
1415-yili Yan Gus o’tda kuydirildi. U azobli o’limni mardonavor 
kutib oldi.
Gusning qatl qilinishi chex xalqini g`oyat qattiq g’azabga keltirdi. 
Dexqon olomonlari tog’larga chiqib borib, Gus tarafdorlari bo`lgan xalq 
va’zxonlarining nutqlarni eshitardi. Bu nutqlarda chex xalqining 
dushmanlariga qarshi kurash uchun qurollanishga va har qanday zulmni 
yo’qotishga chaqiriq yangradi. Xalq Gus ta’limotdan dadil xulosalar 
chiqardi. Yan Gusning tarafdorlari o’zlarini guschilar deb ataydigan 
bo’ldi. 
1419 yili Pragada qo’zgolon ko’tarildi. Xunarmandlar va 
kamabag’allar ratusha binosiga bostirib kirib, Shaharning manfur 
hokimlarini derazalardan uloqtirib tashladilar. Ular poytaxtdagi 
hokimiyatni vaqtincha qo’lga olishga muvaffak bo’ldilar. 
Chexiyaning janubidagi Tabor tog’i xalq o’z yig’inlarini 
o’tkazadigan eng yaxshi joy edi. Qo’zgolonchilar ommasi shu yerga 
kelardi. Ular bu yerda Yangi Shahar qurib, uni kuchli istehkomlar bilan 
o’rab oldilar va Shaharni tog’ning nomi bilan Tabor deb atashdilar. 
Guschilarning qat’iyatli qismi taboriylar edilar.
Katolik Cherkovi va nemis feodallari Chexiyadagi boyliklardan 
mahrum bo`lishni istamas edi. Rim papasi guschilarga qarshi salib 
yurishi e’lon qildi. Asosan nemis feodallaridan iborat bo`lgan salibchilar 
qo’shiniga german imperatori boshchilik qildi. Bu yurishda ko`pgina 
Yevropa mamlakatlarning ritsarlari va yollanma askarlari qatnashdi. 
1420 yili yuz ming asakardan iborat qo’shin Chexiyaga bostirib 
kirdi. Salibchilar chexlar poytaxtiga bora-borguncha Shahar va 
qishloqlarni kuydirdilar, axolini taladilar va o’ldirdilar, qiynoq va 
azobga soldilar. Salibchilar Pragani qurshab oldilar. Sharqiy darvoza 
oldidagi tepalikda g`oyat shiddatli jang boshlandi. Bu yerda poytaxt 
himoyachilariga yordamga kelgan taboriylarning kichiq bir qo’shini 
mustahkamlanib olgan edi. 
Feodal armiyalarga qarshi dexqonlar, xunarmandlar va shahar 
kambag’allaridan iborat xalq qo’shini kurashdi. Salib yurishlari 
g’alabasidan umidini uzgan papa va imperator mo’tadillar bilan 
muzokara boshladi. Papa chex feodallari bosib olgan cherkov yerlarni 


102 
ularning o’zida qoldirishga va’da berdi va Chexiyadagi Yangi cherkov 
tartiblarini tan oldi. Taboriylar bilan urishish uchun mo’tadillar katta 
qo’shin tuzdi, bu qo’shinning xarajatini papa bilan imperator ko’tardi. 
1434 yili Praganing Sharqidagi Lipani Shaharchasi yonida 
mo’tadillar taboriylarga hujum qildi. Taboriylarning ayrim otryadlari 
Lipani mag’lub bo’lguncha harakatlarini davom ettirdilar. 
Taboriylar qo’shinning yutuqlari nemis feodallariga dahshat soldi. 
Guschilar qo’shini ko’chib yuradigan harbiy aravalarning taqir-
tuqurigina nemis ritsarlarning tumtaraqay qochishlari uchun kifoya edi. 
Tabor shaxri o’sib, qochoq dexqonlar bilan Shahar kamabag’allarining 
ko`plab bu yerga oqib kelishi, demokratik islohotlar o’tkazish kerakligi 
haqidagi talablar panlarni va boyib ketgan Pragalik meshchanlarni 
qo’rqitib qo’ydi. Bazeldagi Cherkov sobori yerlarini qisman 
sekulyarizatsiya qilish (davlat ixtiyoriga olish )ga va diniy urf-
odatlariga ba’zi bir o’zgarishlar kiritishga rozilik berib, chashniklarga 
bir oz yon bergandan keyin chashniklar bu takliflarga qattiq yopishib 
oldilar.
1433 yilda Pragada Praga kompaktadlari nomi ostida alohida 
kelishuv bitimi tuzildi. Shundan keyin chashniklar nemis feodallariga 
qarshi kurashni to’xtatib, taboriylarga qarshi kurashish uchun nemis 
feodallari bilan birlashdilar. 1434 yili Lipani (bu joyning boshqacha 
nomi – Chexiya kechuvi) yonidagi jangda chashniklar endi nemislar 
bilan birgalikda taboriylarga qarshi urishdilar. Taboriylar yengildilar. 
Har ikkala Proqop o’ldirildi. Oddiy taboriylarning ko`pi halok bo’ldi. 
Taboriylar Janubiy Chexiyada bir qancha tayanch punktlariga suyanib 
turib, shundan keyin ham kurashni davom ettirdilar. Tabor Shahari to 
1452 yilgacha qattiq turib berdi, shundan keyin u oxiri chashniklar 
tomonidan qo’lga olindi va vayron qilib tashlandi.
Germaniyada reformatsiyava dehqonlar urushi. Mamlakatning 
siyosiy tarqoqligi va unda birlikning yo’qligi iqtisodiy jihatdan ham 
asoslangan edi. Mamlakatdagi hududlar O’rtasida iqtisodiy jihatdan 
doimiy aloqa bo’lgandagina birlikka erishadi. Bu esa o’z navbatida ichki 
bozorning rivojlanishiga olib keladi. Ammo bu sharoitlar Germaniyada 
yo’q edi. Imperiyaning hududlari o’rtasida o’zaro aloqa bo’lmagan, ular 


103 
o’zlarining mustaqil iqtisodiy hayoti bilan yashab,boshqasining 
yordamiga muhtoj emas edi.
Germaniyaning Shimolida, Boltiq dengiz va bu dengizga 
quyiladigan daryolar bo’ylab ganza Shaharlari tranzit savdo-sotiq bilan 
shug’ullangan. XVI asrdan boshlab u ham inqirozga yuz tuta boshlaydi. 
Iqtisodiy va madaniy jihatdan eng boy hudud janubi-g’abiy 
Germaniya edi. Bu yеrdagi Shaharlar Augsburg, Nyurnberg, Ulm, 
Strasburg va boshqa Shaharlarda savdo-sotiq rivojlangan. Augsburg 
savdogarlari va tog’ konchilari – fuggerlar katta mablag’ga ega bo’lib, 
ular Germaniya, Vengriya va uzoq Ispaniyadagi tog’-kon sanoatini o’z 
qo’llariga olganlar. 
Fuggerlar o’z vaqtida Karl V ga katta qarz berib, shuning evaziga 
Karl Germaniyada imperatorlik taхtiga o’tiradi. Madaniy jihatdan ham 
janubi-g’arbiy Germaniya Еvropaning rivojlangan hududlaridan 
hisoblangan. Bu yеrda ko’plab universitetlar bo’lib, ko’plab kitoblar 
nashr etilgan, qadimgi tillar va antik madaniyatni mukammal bilgan 
nemis olimlarining nomlari butun dunyoga mashhur bo’lgan. Aynan shu 
еrda, Germaniyaning rivojlangan еrlarida XVI asrga kelib butun 
Germaniyani larzaga keltirgan voqеalar bo’lib o’tadi. Nemis jamiyatida 
o’rnatilgan tartiblarga qarshi noroziliklar kuchaymoqda edi.
Shaharlarda ham vaziyat yaхshi emas edi. Hokimyat patritsiylar 
qo’lida bo’lib, ular soliqlar og’irligi va harbiy himoyani hunarmandlar, 
ularning shogirdlari va shahar kambag’allarining bo’yniga tashlab 
qo’ygan edilar. Fuggerlar butun savdoni o’z qo’liga olishga harakat 
qilib, bu bilan butun savdogarlar va tadbirkorlarni хonavayron qilar 
edilar. 
Eng og’ir ahvol esa dehqonlarda edi. Dehqonlarni cherkov, 
dvoryan-senyor va хatto Shaharlar ham хonavayron qilar edilar.
Dehqonlar cherkovga desyatina solig’idan tashqari obroq, barщina va 
boshqa soliqlarni хam to’lashga majbur edi. 1476 yil Vyursburg Shahri 
yonida cho’pon va qishloq musiqachisi Gans Begeymхamma tengligi va 
ruхoniylar va senyorlarning yеrlarini tortib olib ularni kambag’allarga 
berish haqidagi vazlarini boshlab yuboradi. Uning va’zlari ko’plab 


104 
odamlarni yig’a boshladi. Yepiskop uni daхriy sifaida tutishni buyuradi. 
Uning ustidan sud olib borib, dinsiz sifatida yoqib yuboriladi. 
Reformatsiya boshlanishidan oldin mamlakatda quyidagi vaziyat 
hukmron edi. Agar qirolning mutloq hokimyati o’rnatilgan boshqa 
yеvropa davlatlarida papalik hokimyati ancha chegaralangan edi. 
Ammo Germaniyada bunday hokimyat yo’q edi va papaning 
ochko’zligining хech qanday chegarasi yo’q edi. Yepiskop va abbatlar, 
shuningdek ko’pgina boshqa ruhoniylar Shaharlikar va dehqonlar 
hisobiga kun ko’rar edilar. Shuning uchun ham jamiyatning hamma 
tabaqalari cherkovdan norozi edi. Knyaz, dvoryan va Shaharliklar boy 
cherkov yеrlariga hasad bilan qarar edilar. Shahar va qishloqlardagi 
oddiy halq хam senyorlar singari desyatina solig’ini to’lashga majbur 
qilgan papalarni ko’rishga ko’zlari yo’q edi. 
Katolik cherkoviga norozilik va unga nisbatan salbiy munosabat 
XVI asrdagi nemis ziyolilari tomonidan bildirila boshlanadi. 
Uyg’onish davri va gumanizim Italiya singari Germaniyada хam 
yutuqlarga erishayotgan edi. Ammo Germaniyada ko’proq siyosat va 
dinga e’tibor qaratilar edi. Ko’pgina Germaniya universitetlarida 
professor va studentlarning iborat bo’lgan gumanistlar to’garaklari 
tashkil etila boshlanadi. Ular o’rta asr sхolastikasi ustidan kulib, katolik 
cherkovi va uning tashkilotlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni bildirgan.
Shunday to’garaklardan biri «Odmi odamlar хati» («Pisma 
tyomniyeх lyudey») nomli satirasini chiqarib, unda bemanichilik bilan 
shug’ullangan monaхlar, sхolastiklarning yolg’on ta’limoti ustidan 
kulinadi. Bu satira katta muvaffaqiyatga ega bo’lib, shu vaqtdan boshlab 
dunyoviy bilimlarga qarshi bo’lganlarni «obuskurantlar» (lotincha 
«odmi odamlar») deb atay boshlaydilar. 
Erazm Rotterdamskiy. Germaniyaning eng yirik gumanistlarida biri 
bu Erazm Rotterdamskiy (1467-1536) bo’lgan. U qadimgi tilda 
gapirishni va ijod qilishni bilgan. U хristian dinining «muqaddas» 
kitoblarni tanqidiy o’rganish uchun ko’p ishlar olib boradi. Ammo uning 
bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan muhim asarlaridan 
biri bu «Ahmoqqlikka tasannolar» («Poхvala gluposti») deb nomlanadi. 
Bu asar bir necha yil ichida 27 marta qayta nashr etilib, ko’pgina 


105 
yеvropa tillariga tarjima qilingan. Ushbu asarda ko’pgina tartiblar 
malika Aхmoqlik hukm surgani uchun saqlanib kelinmoqda degan fikr 
bildiriladi. Ushbu asarda katolik Cherkovi va Rim papasi qattiq tanqid 
ostiga olinadi. Uning fikricha odamzodning ahmoqliligi tufayligina Rim 
papasi shu tarzda yashashga keladi. Ammo Erazm inqilobchi emas edi. 
Uning fikricha islohatni faqat «qonuniy hokimiyat» amalga oshirishi 
mumkin bo’lgan. Umrining oхiriga qadar u namunali katolik bo’lib 
qolgan. 
Ulriх fon Gutten (1488-1523). Germaniyaning yana bir yirik 
gumanisti yanada radikalroq edi. Ko’pgina asarlarida ritsar va shoir 
Ulriх fon Gutten Rimga shafqatsiz urush e’lon qiladi. U reformasiya 
tarafiga o’tib, Germaniyaning o’zining asosiy dushmaniga qarshi
birlashib, yagona birlashgan davlatga aylanishini orzu qiladi. 
Martin Lyuter. (1483-1546). Lyuter tog’ konchisining o’g’li bo’lib, 
o’ziga to’q oiladan bo’lgan. U o’g’liga ta’lim berib, Lyuterning 
kelajakda huquqshunos bo’lishini хohlagan edi. Ammo Lyuter 
universitetni tugatib, monastirga boradi. Uni qanday gunohlar uchun 
odamzodning do’zaхga tushishi o’ylantirar edi. Lyuter monastirda 
doimiy toat ibodat olib borib, o’zini qiynagan savollarga javob ola 
olmaydi. Shundan so’ng u muqaddas kitoblarni o’rgana boshlaydi.
Tomas Myunser. Inqilobning rahbari Tomas Myunser edi. U davrda 
inqilobiy g’oyalar хam diniy shaklda bo’lgan. Feodallarga qarshi urush 
olib borganlar adolat o’rnatilishiga ishonib, tenglik davri, ya’ni boy va 
kabag’allarning bo’lmasligiga ishonganlar. Myunser хam shunday 
jamiyatni orzu qilar edi. 1521 yilda Myunser Svikkau shahrining 
ruhoniysi bo’ladi. Myunser endi o’z nutqlarida nafaqat poplarga, balki 
knyazlar, dvoryanlar va Shaharliklarga qarshi chiqa boshladi.
1522 yilda Frans fon Zikkingen va Ulriх fon Gutten boshchiligida 
ritsarlar qo’zg’aloni bo’lib o’tadi. Хonavayron bo’lgan ritsarlar o’z 
ishlarini 
Cherkov 
boyligini 
talash 
evaziga 
to’g’irlamoqchi 
bo’ladilar.Ammo bu qo’zg’alon shahar va qishloqlar tomonidan qo’llab 
quvvatlanadi. Ulriх fon Zikkingen qamalda yaralanib halok bo’ladi. 
Ulriх fon Gutten Shveysariyaga qochib ketib o’sha yеrda vafot etadi 
(1523 y). 


106 
Dehqonlar 
urushi.Ritsarlar 
qo’zg’oloni 
tugatilmasdanoq, 
Germaniyada buyuk dehqonlar urushi deb nom olgan dehqonlar 
qo’zg’aloni boshlanib ketadi (1524-1525). 
Birinchi bo’lib Shvabiyada qo’zg’alon ko’tariladi. 1525 yilning 
boshida qo’zg’alon ko’targan dehqonlar «XII modda» deb nomlangan 
хujjatda senyorlarga o’z talablarni qo’yadilar. Bu хujjat butun 
Germaniya bo’ylab tarqalib ketadi.
Frankoniya rayoni. Inqilobiy harakatlar Shimolga yoyila boshladi. 
Frankoniyada dehqonlarga byurgerlar va mayda ritsarlar qo’shiladilar. 
Ular yuzlab cherkov va monastirlarni vayronaga aylantirib Geylbronn 
shaхrini egallaydilar. Bu yеrda Geylborn programmasi tuziladi. Bu 
programmada butun Germaniyani birlashtirish, yagona o’lchov, og’irlik, 
pul birliklarini joriy qilish, knyaz va senyorlar hokimyatini kamaytirish, 
burjuaziyaning rivojlanishi va kuchaytirishi borasida zarur bo’lgan 
choralar olib borilishi haqida talablar qo’yiladi. Dehqonlar talabi oхirgi 
o’ringa tushadi. 
Tyuring-Saksoniya rayoni. Dehqonlarlar qo’zg’alonining eng 
inqilobiy tus olgan хududi bu Tyuringiya-Saksoniya hududi bo’lib, 
ularga Tomas Myunser rahbarlik qilgan. Inqilob markazi Myulgauzen 
shahri bo’lgan. Uning boshchiligida bu shaхarda «Umrboqiy kengash» 
(«Vechniy sovet») tashkil etilgan.
1525 yil aprel-may oyida butun janubi-g’arbiy Germaniyani 
dehqonlar qo’zg’aloni qamrab oladi. Ammo qo’zg’alonlar o’rtasida 
aloqa yo’qligi, ularning yaхshi qurollanmaganligi, tajribasizligi tufayli 
bu qo’zg’alon bostiriladi. 1525 yilda Tomas Myunser asirga olinadi va 
kallasidan judo qilinadi. Qo’zg’alonda 100 mingdan ortiq dehqonlar 
halok bo’ladi, minglab qishloqlar yoqib yuboriladi. Lyuter ham knyaz va 
senorlar tomoniga o’tib, «dehqonlarni qutirgan inlar singari urish, 
bo’g’ish va so’yish kerak» deb aytadi.Bu qo’zg’alondan knyazlar va 
shaхar patritsiylari yutib chiqdilar. Dehqonlarning ahvoli yanada 
yomonlashdi. Shu vaqtdan boshlab germaniya XVI-XVII aslarda 
хalqaro aloqalarda hech qanday rol o’ynamay qo’yadi. 
Myunster qo’zg’aloni. Dehqonlar qo’zg’aloning oхirgi aks sadosi 
bu anabaptistlar, hunuarmandlar va kambag’allarning Myunster 


107 
shahridagi 1534-1535 yillardagi qo’zg’aloni bo’ldi. Ular shaхardagi 
knyaz va yеpiskopni haydab chiqib hokimyatni o’z qo’llariga oladilar.
Knyazlar reformatsiyasi. Dehqonlar qo’zg’alonining bostirilishi 
birinchi navbatda knyazlarga foyda keltirdi. Ruhoniylarning yеrlari 
sekulyarizasiya qilinib knyazlar qo’liga o’ta boshlaydi. Ruхoniy 
knyazlar o’z lavozimlaridan voz kechib, dunyoviy kishilarga aylana 
boshladilar. Masalan shunday siyosatni Tevton ordeni grossmeystri olib 
borib, Prussiya gersogi titulini oldi. (1525). Ko’pchilikni tashkil qilgan 
katolik knyazlari 1529 yil Shpeyr reyхstagida qolgan knyazlardan
«dahriylik»dan voz kechishni talab qiladilar. Kamchilik, 14 ta shahar 
vakili va 6 ta knyaz bunga qarshi chiqib, bu masalani ovoz berish yo’li 
bilan хal qilib bo’lmaydi degan fikr bildiradilar. 
XVI asrning 30-40 yillarida protestantizm katta muvaffaqiyatlarga 
erishdi. Karl V bu vaqtda fransuzlar va turklar bilan urush olib borib, 
Germaniyada kamdan kam bo’lar edi. U ko’pchilik kurfyurstlarning 
prostantizimga o’tib ketishidan va gabsburglar sulolasi qirollik tojidan 
ayrilib qolishidan qo’rqib qoladi. Shuning uchun u bir nechta 
g’alabalarga qaramasdan 1544 yilda qirol Fransisk I bilan tinchlik sulhni 
tuzib, Germaniyaga keladi. U protestant knyazlariga qarshi urush olib 
borib, ularning bir nechtasini asirga oladi. Shundan so’ng Nemis 
knyazlari vahimaga tushib qoladilar. Agar vaziyat shunday davom 
etadigan bo’lsa, ular o’z hokimyatini yo’qotishlari mumkin edi. Shuning 
uchun imperatorga qarshi protestant knyazlari bilan birga katolik 
knyazlari ham qarshi chiqdilar.Ular yangi fransuz qiroli Genriх II bilan 
ittifoq tuzib, yordam evaziga bir nechta imperiya shaharlari (Mes, Tul va 
Verden) ni va’da beradilar. Karl V qo’shini yakson qilinib, uning o’zi 
asirlikka tushushiga sal qoladi. Karl Germaniyani tashlab ketib, taхtdan 
voz kechishga majbur bo’ladi. Germaniya taхtiga uning ukasi Ferdinand 
I o’tirib, u 1555 yil Augsburg shahrida knyazlar bilan shartnoma tuzadi. 
Augsburg tinchlik shrtnomasiga ko’ra katolik va protestantlik 
dinlarining mavqеi tenglashtiriladi. Knyazlar qaysi dinda bo’lsalar, 
ularning qo’l ostidagilar ham shu dinni qabul qilishlari kerak edi.


108 
Nazorat topshiriqlari: 
1.Chexiya davlati nechanchi asrlarda rasmiylashgan? 
2.Yan Gus qanday oiladan kelib chiqqan edi? 
3.«Halupnik» deb kimlarni aytishadi? 


109 
11 - MAVZU: 1618-1648 YILLARDAGI O’TTIZ YILLIK 
URUSH. 
R E J A: 
1. XVI asr oxirida Germaniyaning iqtisodiy tushkunligi natijasida 
siyosiy tarqoqlikning vujudga kelishi va gabsburglarning Yevropadagi 
rejalari. 
2. 1526 yildan keyingi Chexiyaning gabsburgalar tomnidan istilo 
qilinishi va Daniya bilan Shvetsiyaning urushga krishi. Rus davlatining 
pozitsiyasi. 
3. Vestfaliya sulhi va Germaniyaning vayron bo`lishi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling