Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch tushunchalar: «etak yerlar», Antverpen sanoati, Utrext, 
Leyden, Lyuksemburg, Lyej, Namyur, Gennegau, Leyden, Artua , 
Brabant, Lyudovik XI, Karl V, yeretiklar, Yeres, Filipp II, “Savdogarlar 
bitimi”. 
XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Niderlandiyaning iqtisodiy 
taraqqiyoti. O’rta asrlarda Niderlandiya to’g’risida gapirilganda Reyn, 
Maas va Shelda daryolarining quyi oqimidagi va Shimoliy dengiz 
bo’ylaridagi «etak yerlar» (Niderlandiya so’zining asl tarjimasi 
shundaydir) nazarda tutilar edi. Bundan ilgariroq bu yerlar (Yuqori 
Lotaringiyadan va uning Mets, Giul, Verden va shuning singari boshqa 
shaharlaridan farq qilib) Quyi Lotaringiya deb ham atalar edi. Bu 
o’lkaning sanoat jihatidan oldinroq taraqqiy qilishi uning xarakterli 
xususiyati edi. Friz movutlari Karl Buyuk zamonidayoq dong chiqargan 
edi. XIII—XIV asrlarda Flandriya (Flamand) movut sanoati bilan faqat
Florensiya movut sanoati raqobat qilar edi, xolos. «Flandriyaning eski 
obod shaharlari» bo’lmish Bryugge, Ipr, Gent shaharlariga ingliz, 
fransuz va nemis shaharlari ning uzoq vaqtgacha havasi kelib yurdi, 
chunki ular yuqori sifatli movut ishlab chiqarolmas edi. XV asrda 
Flandriyada Antverpen degan yangi sanoat va savdo markazi o’sib 
chiqdi, bu shahar Shelda daryosining dengizga quyiladigan joyidan sal 
nariroqda edi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Angverpen 
Hindiston va Amerikadagi mustamlakalar bilan bog’langan jahon 
portiga aylandi. Ammo Antverpen sanoat markazi sifatida ham taraqqiy 


118 
qildi, shu bilan birga, Flandriyaning eski shaharlaridan farq qilib, 
Antverpenda ishlab chiqarishning sex formasi emas, balki manufaktura 
formasi rivojlandi, manufaktura formasi esa qishloqdagi xonaki, 
kapitalistik kustar sanoatiga asoslangan edi. Flandriya bilan qo’shni 
bo’lgan Brabantda XV—XVI asrlarda Bryussel kattagina sanoat 
markazi hisoblanar edi, bunda ham movut ishlab chiqarish sanoatining 
bir qismi sex sanoati xarakterida, bir qismi manufaktura sanoati 
xarakterida edi. Flandriya bilan Brabant Janubiy Niderlandiyaning 
asosiy viloyatlari bo’lib, ular iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy qilgan 
edi. Niderlandiyaning janubida — Namyur, Lyej, Lyuksemburgda boy 
temir konlari bo’lib, bu yerda metallurgiya sanoati keng ko‘lamda 
rivojlangan edi. Niderlandiyaning janubidagi Fransiyaga yondosh 
bo’lgan janubi-g’arbiy viloyatlar — Gennegau, Artua aksincha, asosan 
dehqonchilik viloyatlari edi. 
Niderlandiyaning shimolida eng taraqqiy qilgan viloyatlar 
Zelandiya, Gollandiya va Utrext edi. Bu yerda (Leyden va Utrext 
shaharlarida) ham movut sanoati rivojlanayotgan edi. Bu viloyatlarda 
movut sanoatidan tashqari, zig’ir tolasidan gazlama to‘qish, surp va 
shoyi to‘qish sanoati ancha taraqqiy qildi. Ko’proq savdo viloyati 
bo’lgan Gollandiya kemasozlik, paroxodchilik va baliq ovlashning 
markazi edi. XVI asrda tez rivojlangan Amsterdam shahri okean orqali 
savdo, kredit operatsiyalari va birja bitimlari jihatidan Antverpenning 
jiddiy raqobatchisi bo’lib qoldi. Niderlandiyaning chekka shimoli-
sharqiy viloyatlari Geldern, Ovyorissel chekka janubi-g’arbiy viloyatlar 
singari sof dehqonchilik tumanlari edi. XVI asrda Niderlandiyada 
shaxsiy krepostnoy huquq hamma joyda yo‘qotilgan edi desa bo‘ladi. 
(Asosan sharqiy viloyatlar — Gelzern va Overissel bundan 
mustasnodir). Dvoryanlarning burjualashgan qismining vakillari botqoq 
yerlarni quritish uchun ancha mablag’ sarf qilardilar, dengiz bo‘yidagi 
yerlarni quritib qo’lga kiritish maqsadida to‘g’onlar qurishda 
qatnashardilar, bozorga chiqarib sotish uchun chorvani (qoramol, qo‘y-
echki va boshqalarni) ko’paytirardilar va shunday qilib, yollanma 
mehnatdan foydalanuvchi sohibkorlar tipidagi qishloq xo‘jayinlariga 
aylanardilar. 


119 
Flandriya, Brabant, Gollandiya dehqonlari orasidan mahalliy bozor 
bilan boglangan va kambag’al dehqonlar orasidagi batraklar mehnatini 
ekspluatatsiya qiluvchi badavlat elementlar ajralib chiqardi ko’pincha 
dehqonlarning 
yuqori 
tabaqalari 
jamoa 
chek 
yerlarining 
va 
yaylovlarning katta qismini o‘z qo’llariga to‘plab olardilar. 
Fransiya bilan chegaradosh bo’lgan janubi-g‘arbiy viloyatlardagi 
pomeshchiklar juda orqada qolgan bo’lib, ular faqat feodal rentasi 
hisobidan tushgan daromad hisobiga kun kechirar edilar. Germaniya 
bilan chegaradosh bo’lgan shimoli-sharqiy viloyatlar haqida ham shuni 
aytish mumkin. 
Niderlandiya viloyatlarining iqtisodiy jihatdan ko’proq rivojlangan 
shaharlarida plebey elementlar ko’p edi. Xonavayron bo’lgan 
hunarmandlar, xalfalar, manufaktura va port ishchilari har bir yirik 
shahar aholisining yarmini, ba’zan esa uning ko’pchiligini tashkil qilar 
edi. Shunday qilib, XVI asrda Niderlandiyaning ijtimoiy strukturasi 
feodalizmga xos bo’lgan xususiyatlarni ancha yo’qotdi va maydonga 
kelayotgan kapitalistik jamiyatda burjuaziya faqat iqtisodiy 
sohasidagina emas balki ijtimoiy-siyosiy hayotda ham yetakchi rol 
o‘ynadi. 
Niderlandiyaning siyosiy tuzumi. O‘rta asrlar davrida Niderlandiya 
bir necha o’nlab mayda feodal davlatlardan — gersogliklar, grafliklar, 
yepiskopliklardan va boshqa shuning singarilardan iborat edi. Ularning 
bir qismi fransuz feodal monarxiyasi sistemasiga kirgan edi (Flandriya, 
Artua va boshqa G’ARBiy viloyatlar), bir qismi (Brabant, Gollandiya va 
boshqa sharqiy tumanlar) Germaniya imperiyasi tarkibida hisoblanar 
edi. 
XIV—XV asrlar davomida Burgundiya gersoglari Niderlandiyaning 
turli yerlarini o‘z qo’l ostlarida birlashtira oldilar. 1477 yilda 
Burgundiya gersogligining o‘zi fransuz qiroli Lyudovik XI ning qo‘liga 
o‘tgandan keyin Niderlandiya yerlari Mariya Burgundskayaning (Karl 
Jasurning kizi) eri bo’lmish Maksimilian Gabsburgga tegdi. XVI asr 
boshlarida boshqa bir dinastiyaning nikoxi natijasida, yani filipp I ning 
Xuanaga uylanishi Ferdinand Aragonskiy bilan Izabella edi. 


120 
Niderlandiya Isianiyaga utdi. Filipp I bilan Xuananing o’g’li Karl I (V) 
Gent shahrida tugildi. Glamand tili uning ona tili edi. 
Karl V zamonida Niderlandiyaning siyosiy tuzumi o’ziga xos bir 
o’tkinchi xarakterda edi. Gabsburglar xonadonidan chiqqan qirol-
imperatorning oliy hokimiyati ostidagi Niderlandiya xali uz-uzini idora 
qilish elementlarini saqlab qolgan edi. Niderlandiyadagi o’n yetti 
viloyatning xar birida o’z provinsial shtatlari, aloxida sudlari, mahalliy 
sosloviyechilik imtiyozlari, qisman shaharlarning o’ziga xos ko’pdan-
ko’p yengilliklari bor edi. 1464 yildan, ya’ni Burgundiya gersoglari 
zamonidayok Bosh shtatlar majlis ko’ra boshlagan edi. Bosh shtatlar 
viloyat shtatlarining vakillaridan iborat bo’lar edi. Burgundiya ger 
soglari davrida bo’lgani kabi, Gabsburglar davrida ham soliqlar joriy 
qilish masalalarini Bosh shtatlar hal qilardi. Bu vaqtga kelib har qanday 
ahamiyatini 
yo’qotgan 
fransuz 
Bosh. 
shtatlarining 
aksicha, 
Niderlandiyaning Bosh shtatlari sosloviyeli vakillar majlisi sifatida 
muntazam suratda chaqirilib turar edi, lekin shuni aytish kerakki. Bosh 
shtatlarni chaqirish endi qirol ixtiyorida edi. Ikkinchi tomondan, 
mustabidlik bilan ish ko’ruvchi Karl V ayrim viloyat va shaharlarning 
imtiyozlarini doim buzib kelardi. 1539-yilda xalqqa soliqlar solish bilan 
uni qo’rqitmoqchi bo’lganda qirol tug’ilib o’sgan Gent shahrida 
qo’zg’olon chiqdi, imperator buning uchun jazo tariqasida shaharni 
hamma eski xartiyalardan maxrum qildi va undan katta jarima to’latirdi. 
Niderlandiyada Karl V undirgan jami soliqlar 2 million oltin pulga yetdi, 
xolbuki, Karl V ning o’ziga qarashli barcha yerlaridan uning xazinasiga 
tushadigan daromad 5 million oltinga baravar edi. 
Durust, Niderlandiyani idora qilishni markazlashtirish masalasida 
Karl V ba’zi bir ishlar qildi. U Niderlandiyaning chegarasini 
kengaytirdi, barcha viloyatlar uchun umumiy bir hukumat va ikkita 
markaziy kengash — sud va moliya kengashlari (Bryusselda) tashkil 
qildi. Karlning homiyligida yirik burjuaziya, ayniqsa Antverpen 
shahridagi yirik burjuaziya Ispaniya va Germaniya bilan olib borilgan 
savdo-sotiqdan katta foyda olar edi. Ammo Niderlandiya yerlarining 
Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kirganligidan keladigan bu va shunga 
o’xshash ba’zi bir boshqa foydalardan ko’ra Gabsburglar davlat 


121 
xazinasini behad talashi natijasida kelgan zarar ancha ortib ketar edi. 
Karl V qirollik qilgan zamonda Niderlandiya amalda Ispaniyaning bir 
viloyatiga aylana bordi va agar Niderlandiya gullab-yashnagan ekan, 
bundan faqat Ispaniya baxramand bular edi. Karl V ning 
Niderlandiyadan undirgan katta-katta soliqlari qirol tomonidan olib 
borilgan, ammo Niderlandiyaning umumiy manfaatlariga mutlaqo 
aloqasi bo’lmagan urushlarga sarf qilinar edi. Niderlandiya jamiyatining 
burjuaziyasi va boshqa sinflari bilan absolyutizm o’rtasidagi ziddiyat tez 
orada yangi formada ham namoyon bo’ldi. Boy va strategik jihatdan 
juda muhim bo’lgan mamlakat ustidan o’z nazoratlarini kuchaytirishga 
harakat qilgan Karl shu maqsadni ko’zda tutib, absolyutizmning eng 
muhim qurollaridan biri bo’lgan katolik cherkoviga murojaat qildi. 
Ammo iqtisodiy jihatdan taraqqiy qilgan ilgor Niderlandiyada axoli 
protestantizmning juda xilma-xil formalariga oldinroq e’tiqod qo’ygan 
edi. 
Yirik dvoryanlar mu’tadil lyuteranlikni afzal ko’rardilar, o’rta va 
mayda dvoryanlar va ayniqsa shaharliklar kalvinizmni afzal ko’rardilar, 
boy dehqonlar ham kalvinizmga moyil edilar. 
Shaharlardagi plebey 
elementlar orasida hammadan ko’ra anabaptizm shuxrat qozondi. 
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, XVI asrning 30-yillarida gollandiyalik 
anabaptistlar hatto anabaptizmning vatani bo’lgan Germaniyada ham 
yetakchilik rolini o’ynadilar. Niderlandiyadagi protestantizmning 
xamma oqimlarini Karl V vaxshiyona suratda bostirdi. «Yeres»larni 
qidirib topish va yo’qotish uchun niderlandiyalik yepiskoplarga 
inkvizitorlik huquqlari berildi. Imperator «yeretiklar»ga qarshi bir 
qancha maxsus farmon (plakat)lar chikardi. 1550-yilgi plakat ayniqsa 
daxshatli edi, bu plakatda aytilishicha, faqat «yeretiklar»gina emas, 
balki ularga biror xil yordam ko’rsatgan ularning yotar-turari uchun o’z 
uyidan joy bergan yoki ular bilan do’stlarcha gaplashgan xar bir 
erkakning boshi qilich bilan kesilar, ayol kishi bo’lsa, tiriklayin yerga 
ko’milar va ularning mol-mulki musodara qilinar edi. 
Filipp II davrida absolyutizmga qarshi oppozitsiyaning o’sib 
borishi. Karl V ning vorisi bo’lgan Filipp II zamonida Niderlandiya 
burjuaziyasi bilan (shuningdek unga yaqin turgan boshqa sinflar bilan 


122 
ham) absolyutizm o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Filipp II o’z 
hukmronligining dastlabki yillarida Bryusselda yashadi. Filipp II bilan 
birga Niderlandiyada Ispaniya ning ko’p sonli qo’shini ham turar edi. 
Ispan qo’shinlari Niderlandiyadan turib Fransiyaga hujum qilardi. Ispan 
qo’shinlari amalda Niderlandiyani okkupatsiya qilib, uning butun 
janubiy viloyatlariga tig’iz joylashib olgan edi. Ispan qo’shinlarini 
boqish bu viloyatlardagi aholi zimmasiga og’ir yo’q bo’lib tushardi. 
Filipp II protestantlarga qarshi chiqarilgan farmonlarni Karl V ga 
qaraganda raxmsizlik bilan turmushga oshirdi. Uning davrida 
Niderlandiyadagi katolik cherkovi qo’shimcha yana bir qancha 
yepiskoplarni olib keldi, ilgari vaqtlarda Niderlandiyaning mahalliy 
dvoryanlari qisman foydalanib kelgan monastir yerlari endilikda 
yepiskoplarni boqish uchun ajratib berildi. 1559 yilda Filipp II 
Ispaniyaga ketib, o’z singlisi Margarita Parmskayani Niderlandiyaning 
noibi, gabsburglik chinovnik (asli esa Fransh-Kontedan chiqqan 
burgundiyalik) kardinal Granvellani Margarita huzurida birinchi ministr 
qilib qoldirdi. Ispan qo’shinlari faqat 1561 yilda Niderlandiyadan olib 
ketildi. 
Filipp II «yereslik kasaliga mubtalo bo’lgan» bu mamlakatga, uning 
siyosiy imtiyozlariga, Niderlandiya shaharlaridagi plebeylarning 
shovqin-suronlariga u juda qattiq nafrat ko’zi bilan qarar edi. Filipp II 
Niderlandiyaga soliqlar undirish mumkin bo’lgan rezervuar deb qarardi 
va bu masalada o’z otasidan ham o’tib tushgan edi. Karl V tashqi savdo 
masalasida Niderlandiya burjuaziyasiga har holda bir qadar yordam 
ko’rsatgan edi. Ammo Filipp II buni ham qilmadi. Germaniyani u endi 
idora qilmas edi. Ispaniyada u ispan savdogarlariga katta yo’l ochib 
berib, Niderlandiya savdogarlarining Sevilyaga va Pireneyadagi boshqa 
portlarga kirishlarini cheklab qo’ydi. Niderlandiyaga ko’plab miqdorda 
olib chiqiladigan ispan juniga 1560 yilda poshlina keskin oshirildi. Bu 
esa Niderlandiya sanoati uchun ayniqsa zarur bo’lgan ana shu hom 
ashyoning Niderlandiyaga import qilinishining ancha kamayishiga olib 
keldi. Filipp II ning Angliya bilan munosabatlarining keskinlashuvi 
Niderlandiya savdosiga g’oyat yomon ta’sir ko’rsatdi. Angliya-
Niderlandiya savdosining qisqarishi natijasida Niderlandiya savdogarlari 


123 
va manufakturachilari ko’plab bankrot bo’ldilar, eksport uchun mahsulot 
ishlab chiqaruvchi mehnatkashlar ommasi orasida ishsizlik avj oldi. 
Issan absolyutizmidan Niderlandiya burjuaziyasininggina emas, balki 
keng aholining ham noroziligi tobora keskin va yaqqol milliy tus ola 
boshladi. 
Niderlandiya revolyutsiyasining boshlanishi. Ispan hukmronligidan 
norozilikning 
tobora 
chuqurlashib 
borishi 
tez 
kunda 
ispan 
absolyutizmiga qarshi oppozitsion chiqishlarda o’z ifodasini topdi. 
Hukmdor Margarita huzuridagi davlat kengashining a’zolari bo’lgan va 
Niderlandiyaning eng yirik aristokratlaridan Vilgelm Oranskiy, graf E g 
m o n t va admi« ral G o o r n Filipp II hukumatiga birinchi bo’lib qarshi 
chiqdilar. Aristokratik oppozitsiyaning chiqishi batamom loyyal 
xarakterdagi chiqish edi. Ispaniyadan ajralib chiqish yoki Filipp II ga 
qarshi bosh ko’tarish aristokratlarning hayoliga ham kelgani yo’q. 
Shunday bo’lsa xam, 60-yillarning boshlarida aristokratlarning hukmdor 
Margarntaga qo’ygan talablarida qisman Umum milliy talablar ham yo’q 
emas edi. Shu sababli Niderlandiya burjuaziyasi orasida bu talablar keng 
ko’lamda 
qo’llab 
quvvatlandi. 
Oranskiy 
va 
uning 
do’stlari 
Niderlandiyada yepiskoplar sonining oshirilishiga va ularning 
inkvizitorlik hokimiyatiga qarshi norozilik bildirdilar. Granvellani 
ishdan bo’shatishni, «yeretiklar»ga qarshi qaratilgan «plakatlarni» 
yumshatishni, Bosh shtatlarning chaqirilishini talab qildilar. 
Aristokratlardan iborat olib, dvoryanlarning keng doiralari 
absolyutizmga qarshi harakat boshladilar. 1565 yilda “Dvornlar bitimi» 
degan nom ostida dvoryanlar ittifoqi tashkil bo’ldi.” Vilgelm Oranskiy 
bu ittifoqni tashkil etishda bevosita ishtirok qildi. Ittifoqka 
dvoryanlardan 2 mingga yaqin kishi a’zo bo’lib kirdi, ularning bir qismi 
kalvinistlardan bir qismi esa kalvinizm bilan kelishishga moyil bo’lgan 
katoliklardan iborat edi. 
Birlashgan dvoryanlar delegatsiyasi 1566-yil 5-aprelda hukmdor 
Margarita Parmskayaga petitsiya topshirdi, bu petitsiyada bir tomondan, 
«Ispaniyaning hazrati oliy qiroliga» bo’lgan sadoqat izxor qilingan 
bulsa, ikkinchi tomondan, inkvizitsiyani bekor qilish va darxol Bosh 
shtatlarni chaqirish talab qilingan edi. 


124 
Delegatsiyaning ko’pchilik bo’lib kelishidan hukmdor qo’rqib 
qolgan edi, ammo Margarita atrofidagi ispan va italyan amaldorlar 
niderlandiyalik oliy dvoryanlarga nafrat bilan qaradilar. Saroy axllaridan 
biri xatto ularni «gadoylar» (fransuzcha — «gyozlar») deb atashdan ham 
tortinmadi. 
Hukmdor petitsiya egalarining istaklarini qirolga ma’lum qilishga 
va’da berdi. Oradan bir necha kun o’tgandan keyin hukmdor farmon 
chiqarib, 1550 yilgi plakatni bir qadar yengillashtirdi. Ammo Filipp II 
ning talabiga ko’ra hukmdor bergan farmonni tezda bekor qildi. 
Dvoryanlar ittifoqining a’zolari o’z muzokaralarining natijasidan 
juda norozi bo’ldilar. Ular o’z partiyalarini «gyozlar» degan laqab bilan 
atay boshladilar. Dvoryanlar 5 apreldagi muvaffaqiyatsiz chiqqan 
iltimosni eslatib va shu bilan birga ularning mamlakatini ispanlar 
talayotganligini ko’rsatish uchun ular atayin o’z kostyumlariga gadoylik 
to’rvasining tasvirini tiktirib yuradigan bo’ldilar. 
Shu orada, absolyutizmga qarshi harakat tobora kengayib bordi. 
Dvoryanlardan ibrat olgan kalvinchi burjuaziya «Savdogarlar bitimi» 
degan nom ostida o’z ittifoqini tuzdi. Kalvinizm tez yoyila boshladi. 
Amalda esa, hukumat kalvinistlarni ta’qib qilishga endi botinolmay 
qoldi. Mamlakatda revolyusiya boshlandi. Ispan absolyutizmiga va 
katolik cherkoviga qarshi harakatga shahar va qishloqlarning keng xalq 
ommasi qo’shildi. 
Niderlandiyaning siyosiy poytaxti — Bryusselda qo’zg’olon 
kutarildi. Bu yerda 1576 yil 4 sentyabrda oranskiychilar boshchiligidagi 
mahalliy shahar militsiyasi davlat kengashi a’zolarini qamoqqa oldi, 
Davlat kengashi esa Rekezans vafotidan keyin mamlakatda oliy 
hokimiyat hisoblanardi. Endi bu hokimiyat tezda shu Bryusselda 
to’plangan Bosh shtatlar qo’liga o’tdi. Ammo Bosh shtatlar keskin 
choralar ko’rmadi. Uning shimoldagi revolyutsion hukumat bilan 
muzokaralari cho’zilib ketdi. Shu paytda ispan armiyasida tamomila 
anarxiya boshlandi. Ispaniyadan pul o’z vaqtida kelib turmas edi. 
(Niderlandiyaning o’zidan keladigan daromadlar «isyonchilarga» qarshi 
urush xarajatlarini allaqachonoq qoplay olmay qolgan edi.) Armiyada 
intizom butunlay bo’shashib ketdi. Ispan soldatlari tinch axolini talash 


125 
va zo’rlash yo’li bilangina o’zlariga mablag’ topadigan bo’lib qoldilar. 
Ayrim talon-tarojlar asta-sekin butun-butun shaxarlarni pogrom qilishga 
aylanib ketdi. Niderlandiyaning iqtisodiy poytaxti bo’lgan Antverpen 
shahriga 1576 yil 4 noyabrda ispanlar tomonidan ana shu tariqada o’t 
qo’yilib, bu shahar talangan edi. Yong’in va qirg’in vaqtida shahar 
xalqidan 8 mingga yaqin kishi halok bo’ldi. Ispanlar behisob xazinalarni 
taladilar. Endi Antverpen savdo-sanoat markazi bo’lmay qoldi. Bundan 
keyin chet el kontoralari boshqa joylarga — London, Amsterdam, 
Gamburgga kuchirildi. 
«Ispanlar vaxshati» (Niderlandiyada 1576 yil 4 noyabr voqeasi 
shunday deb atalgan edi) natijasida janubiy viloyatlar Shimoliy 
Niderlandiya tomoniga o’tdilar. Bryussel Bosh shtatlarning shimoliy 
viloyatlar bilan muzokaralari Antverpenning halok qilinishi bilan 
tezlashib ketdi. 1576 yil 8 noyabrda Gent shahrida «Gent yarashi» 
axdnomasiga ko’l qo’yildi. Bu axdnomaga muvofik, Gollandiya va 
Zelandiya shtatlari bilan janubiy viloyatlarning Bosh shtatlari ispanlarga 
qarshi birlikda kurash olib borish to’g’risida kelishdilar. Axdnoma 
janubda katolitsizmni saqlashni ko’zda tutgan, ammo shu bilan birga 
kalvinizmning erkinligini va shimolda cherkov mulklarining davlat 
ixtiyoriga olinganligi faktini (sekulyarizatsiyani) tan olgan edi. Bu 
axdnoma aslida sulh tuzish haqida gap shunchaki shartnoma emas, balki 
butun 
mamlakatni 
ispanlar 
zulmidan 
ozod 
qilish 
uchun 
Niderlandiyaning shimoliy va janubiy viloyatlarning uniyasi yoki ittifoqi 
haqidagi shartnoma edi. 
Shimoliy va janubiy viloyatlar o’z kuchlarini birlashtirdilar, bu hol 
bir qancha vaqt davom etdi. Ispaniya butun Niderlandiya ustidan 
nazoratlik yurgizolmay qoldi. Filipp II ning ukasi, Lepanto yonidagi 
jangda turklar ustidan galaba qozonib dong chiqargan Don-Xuan 
Avstriyskiyni 1576-yil oxirida Niderlandiyaning yangi hokimi qilib 
tayinladi, 
ammo 

Niderlandiyada 
o’zini 
xuddi 
dushman 
mamlakatdagidek his qilar edi 
Bosh shtatlar Don-Xuan «Gent yarashi» dagi moddalarni qabul 
qilgan takdirdagina, uni Niderlandiyaning hokimi deb tanishga rozi 
bo’ldi. Don-Xuan «Gent-yarashi»ni yolg’ondan maqullab, go’yo buning 


126 
dalili uchun (1577 yil 12 fevralda) «abadiy edikt» deb atalgan xujjatga 
ko’l qo’ydi. Don-Xuan Bryusselga kirdi, ispan qo’shinlarini 
Niderlandiyadan olib ketish to’g’risida buyruq berdi, ammo oradan bir 
oz vaqt q’tgandan keyin shtatlar bilan aloqasini uzdi va Bryusselni 
tashlab chiqib ketdi. Niderlandiyaga qarshi yana urush boshlash niyati 
borligini deyarli yashirmadi. Namyur qal’asini qo’lga olgandan keyin 
Don-Xuan Bosh shtatlarga qarshi hujum boshlash uchun yangi qo’shin 
tayyorlay boshladi. 1578 yil yanvarida Bosh shtatlarning qo’shinlariga 
zarba berishga muvaffaq bo’ldi. Ammo shu yilning oktyabrida Don-
Xuan o’zidan avvalgi hokim Rekenzensga o’xshab to’satdan vafot etdi. 
Niderlandiyaliklarning ispan absolyutizmiga qarshi kurashi endi katta 
muvaffaqiyat bilan avj olib ketishi mumkinday bo’lib ko’rinardi. 
1577—1578 yillarda janubda sinfiy kurashning keskinlashuvi. 
Biroq janubiy viloyatlarning shimoliy viloyatlar bilan olib borgan 
munosabatida ko’pgina ziddiyatlar bor edi. Artua va Gennegau degan 
janubi-g’arbiy viloyatlarda katolizmga ixlos qo’ygan va ispan qiroli 
hokimiyatini qayta tiklash tarafdori bo’lgan kuchli feodal dvoryanlar bor 
edi. Bu dvoryanlar Bryussel Bosh shtatlarining shimoldagi «isyonchilar» 
bilan bitishuvidan avval boshdanoq norozi edilar. Bir qancha 
shaharlarda yuqori tabaqa patritsiylarni (savdogarlarni) hokimiyatdan 
siqib chiqargan demokratik elementlar Flandriya, Brabant va Artuaning 
o’zida kuchaygandan keyin dvoryanlarning revolyutsiyaga dushmanligi 
yana ham kuchaydi. 1577 yil kuzda Bryusselda tashkil topgan 
demokratik «18 lar komiteti» Gent, Ipr, Bryugge, Arras va boshqa 
shaharlarda xuddi shunga o’xshash komitetlarning maydonga kelishi 
uchun o’rnak bo’ldi. Rasmiy jixatdan bu komitetlar ispanlarning xujum 
qilish extimoliga qarshi shahar istexkomlari ko’rish ishlari ustidan 
nazorat qilish uchun deb ta’sis etilgan edi. Amalda esa komitetlar shahar 
boshqarmalarnning 
ishlariga 
aralashardilar, 
kambag’allarning 
manfaatlarini ko’zda tutib, soliq siyosatini o’zgartirishga majbur edilar, 
kontrrevolyutsiya homiylarini tutib qamardilar va xokazo. 
Komitetlar xoin Don-Xuanga qarshi qat’iy kurash olib borishni 
talab qildilar, xalqni yoppasiga qurollantirishni taklif etdilar, hamda 
ispanlar bilan har qanday kelishuvga qarshi qat’iy norozilik bildirdilar. 


127 
Gent shahrining komiteti ayniqsa g’ayrat bilan harakat qildi. Bu yerda 
1577 yil oktyabrda shahar plebey elementlarining maxalliy dvoryan 
kontrrevolyutsionerlarga qarshi qo’zg’oloni ro’y berdi. 
Demokratiyaning faol xarakatlariga javoban Gennegau. lRtua, 
shuningdek Flandriya va Brabant dvoryanlari 1577 yil Genrix IV 
Burbon qirol bo’lib olgan edi) diplomatik yordam»Ga tayanib, Bosh 
shtatlar 1609 yilda Ispaniya bilan 12 yil muddatga yarash shartnomasi 
tuzdi. Bu shartnomaga muvofik Ispaniya Shimoliy Niderlandiyaning 
mustaqilligini amalda tan olib, faqat Janubiy Niderlandiyani (yoki ispan 
Niderlandiyasini)gina o’zida qoldirdi. Shu bilan birga Gollandiyaning 
qattiq qistashiga ko’ra Shelda daryosining dengizga qo’shiladigan joyi 
tashqi savdo kemalari uchun yopib qo’yildi, bu bilan Amsterdamning 
eski raqibi bo’lgan Antverpen shahriga so’nggi zarba berildi. 1621 yilda 
Ispaniya Gollandiya bilan urushni yana boshlab yubordi. Ammo bu 
urush XVII asr boshlarida yuz bergan axvolni o’zgartirmadi. 1648 yilgi 
Vestfal kongressida Ispaniya shimoliy Birlashgan viloyatlarning 
mustaqilligini batamom e’tirof qildi. 
Niderlandiya revolyutsiyasining tarixiy axamiyati va xarakteri. XVI 
asrdagi Niderlandiya revolyutsiyasi katta tarixiy axamiyatga ega bo’ldi. 
Bu revolyutsiya milliy-ozodlik kurashi bayrog’i ostida nisbatan kichik 
bir territoriyada avj olgan bo’lsa-da, lekin u Yevropa miqyosida birinchi 
marta g’alaba qilgan burjua revolyutsiyasi edi. Revolyutsiya natijasida 
yangi burjua davlati — Birlashgan viloyatlar respublikasi yoki 
Gollandiya 
respublikasi 
tashkil 
topdi, 
ammo 
bu 
respublika 
monarxiyaning ba’zi bir atributlaridan xoli emas edi, biz buni xali 
quyida ko’ramiz. 
Revolyutsiya anjumanida unda keng axoli ommasi—dehqonlar va 
ayniqsa shaharlarning plebey elementlari faol qatnashdilar. Biroq 
absolyutizm va feodalizm bilan ko’rashda rahbarlik roli xamma vaqt 
burjuaziya qo’lida bo’lib keldi, burjuaziya esa bu kurashda 
burjualashgan dvoryan vakillari bilan 'birgalikda harakat qildi. Xalq 
ommasining — o’zlarining tor sinfiy manfaatlariga putur yetkazishi 
mumkin bo’lgan mayda shaharliklar va dexqonlarning faollashib 
ketishidan qo’rqqan burjuaziya va dvoryanlar shu xalq ommasining 


128 
revolyutsion g’ayratidan yetarlicha foydalanmadilar. Shu sababdan 
burjua revolyutsiyasining natijalari juda ham cheklangan bo’lib chiqdi. 
Niderlandiya revolyutsiyasi hokimiyatni burjuaziya qo’liga topshirib, 
mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida uning to’la xukmronlik 
qilishini ta’min etdi. Niderlandiya revolyusiyasi Niderlandiya burjua 
jamiyatining taraqqiyotini bo’gib turgan feudal absolyut kishanlaridan 
uni ozod qildi, katolik reaksiyasiga zarba berdi, cherkov mulklarini 
sekulyarizatsiya qildi va mamlakatda diniy erkinlik o’rnatdi. 
Revolyutsiya natijasida Niderlandiya milliy mustaqillik oldi. Biroq 
Shimolning bir o’zigina ozod qilindi. janub esa Ispaniya hukmronligi 
ostida qoldi. Niderlandiyaning siyosiy tuzumi hatto burjua ma’nodagi 
demokratlashgan mamlakat xam bo’lmay qoldi.Gollandiyaning bosh va 
provinsiya shtatlari xam, va boshqa birlashgan provinsiyalar shtatlari 
xam bir hovuch boylarning manfaatlarini — savdol manufaktura 
burjuaziyasi, moliya sudxo’r burju aziyaning va u bilan bog’langan 
yuqori tabaqa dvoryanlarning manfaatlarini aks ettirar edi. Yangi burjua-
dvoryanlar davlatida mehnatkash xalq ommasi idora organlariga kirib 
ishlay olmaganidek, vakillik muassasalariga xam ularning kirishi uchun 
yo’l batamom berk edi. Niderlandiya revolyutsiyasi pomeshchiklarning 
senorlik 
huquqlarini 
bekor 
qilmadi. 
Burjua-demokratik 
revolyutsiyasining asosiy vazifasini bajarmadi, ya’ni feodalizmni 
oxirigacha tozalamadi. 
Nazorat savollari: 
1. 
XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Niderlandiyaning 
iqtisodiy taraqqiyoti nimalarga asoslangan edi? 
2. 
Niderlandiyada siyosiy tuzumi qanday edi?. 
3. 
Niderlandiya 
revolyutsiyasining 
boshlanishiga 
qanday 
omillar xizmat qildi? 
4. 
Niderlandiya revolyutsiyasining tarixiy ahamiyati nimadan 
iborat? 


129 
13-MAVZU: XVI-XVII ASR BOSHLARIDA ANGLIYA. 
REJA: 
1. 
XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishi omillari
2. 
Tashqi savdoning rivojlanishi
3. 
G’ov tutishlarga qarshi Tyudorlar qonuni 
4. 
XVI asrning ikkinchi yarmida Angliyaning umumiy ichki va 
tashsi siyosati 
5. 
Yelizaveta I podsholik qilishining tugashi. Styuartlar sulolasi 
hukmronligining boshlanishi. 
6. 
XVI asrda ingliz madaniyati. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling