Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: «O’ttiz yillik urush»,
sekulyarizatsiya, krepostnoy, absolyutizm, partikulyarizm, «yeres», gersog, «Chex birodarlari», ritsar, meshchan, seym, Mayestat, arxiyepiskop, «defenestrasiya», Turn, pfals, kurfyursti, Transilvaniya, Osnabryuk, Myunster, yepiskop, gersog, Lujis yerlari, protestant, yeksport, pfalsgraf, lyuteran, kalvinist. XVI asr oxirida Germaniyaning iqtisodiy tushkunligi natijasida siyosiy tarqoqlikning vujudga kelishi va gabsburglarning Yevropadagi rejalari. Buyuk geografik kashfiyotlar va bu kashfiyotlar bilan bog`liq tarzda savdo yo’llarining o’zgarib ketishi Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyotiga yomon ta’sir qildi. XVI asrning ikkinchi yarmida buning oqibati shu bo’ldiki, nemis savdo sotig’i tushkunlikka yuz tutdi. Ammo ularning roli shu qadar past ediki, ularni Amsterdamga ham, Londonga ham sira taqqoslab bo’lmas edi. Butun Germaniya tobora agrar mamlakatga aylanib borar, unda yetishtirilgan qishloq xo’jalik maxsulotlari sanoati ko`proq taraqqiy qilgan mamlakatlarga chiqarilar edi. Gollandiya, Shvetsiya, Angliya ko`proq germaniyaning Shimoliy – Sharqiy viloyatlaridan mahsulotlar sotib olar edi. Germaniyaning siyosiy tarqoqligi saqlanibgina qolmay, balki asr davomida yana ham avj oldi. Knyazlar Cherkov mulklarini musodara (sekulyarizatsiya) qilish hisobiga o’z yerlarini ko`paytirdilar. Ular ichki va tashqi (yeksport) savdodan o’z daromadlarini oshirish yo’lida foydalanib, o’zlarining 110 mahalliy knyazlik absolyutizmini o’rnatdilar. Lyuteran cherkovining mahalliy hokimlarga batamom bo’ysundirilishi munosabati bilan mahalliy knyazlarning siyosiy hokimiyati kuchaydi. Diniy nizolar knyazlarning imperatorga qarshi olib borgan kurashlarini ham nikohlab turaveradi. Imperator avvalgidek mamlakatdagi katoliklar partiyasiga rahbarlik qilar va papalik bilan mahkam ittifoqda edi. Eng yirik knyazlarning ko`pchiligi protestant edi, ulardan ko`pi lyuteran, bir qismi (pfalsgraf Reynskiy) edi. Imperator knyazlari o’ziga bo’ysundirishga harakat qilar va bunga «yeres»ning kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, cheklab qo’yish istagini vaj qilib ko’rsatardi. Knyazlar kuchayib, natijada knyazlik absolyutizmi joriy qilinganiga qaramay, imperator hokimiyatining kuchi hali ozmuncha emas edi. Ammo gabsburgalar faqat Germaniyadagina hukmronlik qilib qolmadilar. Gabsburglarning urug’lari Ispaniyani ham idora qildilar. Ispaniyadagi Gabsburglar avstriya – german Gabsburgalarini qo’llab-quvvatlar edi. Karl Vning dunyoga hokim bo`lish ishtiyoqi Filipp II ga ham meros bo`lib o`tgan edi. Filipp III zamonida Ispaniya zaiflashib qoldi. Shu sababdan u vaqtda boshqa mamlakatlarga va ichki dushmanlarga qarshi kurashda ispan Gabsburglari bilan Avstriya Gabsburglarining kuchlarini birlashtirish g`oyat kuchli masala bo`lib qolgan edi. Germaniyani birlashgan, markazlashgan davlatga aylantirilishini mo’ljallar edi. Ammo bu vazifaning uddasidan chiqib bo’lmadi. Mamlakat iqtisodiy tushkunlikni boshidan kechirayotgan, Shaharlar iqtisodiy jixatdan zaiflashib qolganligi tufayli ularning ijtimoiy va siyosiy roli pasayib ketgan, krepostnoylikning o’sishi tufayli feodalarning ta’siri kuchaygan bir sharoitda mamlakatni birlashtirish ishi ayniqsa qiyin va murakkab vazifa edi. Bundan tashqari, Gabsburglar faqat Germaniyani o’zlariga bo’ysundirish masalasi bilangina mashg’ul emas edilar. Ular XVI asr oxirida ham, XVII asr boshida ham o’zlariga qo’shni mamlakatlarga nisbatan agressiv siyosatni davom ettirdilar. Ular XVII asrda sanoat va savdo-sotig’i taraqqiy qilgan bir qancha yevropa mamlakatlarini, shu jumladan. Gollandiya, Angliya, Fransiya, Daniya, Shvetsiyani o’zlariga qarshi qilib ko’ydilar. Nemi protestant knyazlarining o’zlari ham imperatorga qarshi kurashda Germaniyadan tashqari ittifoqchilar qidira 111 boshladilar. Ichki ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar g`oyat murakkab bo`lgan tashqi xalqaro munosabatlar bilan chirmashib ketganligi tufayli germaniya vayron qiluvchi o’ttiz yillik urush maydoni bo`lib qoldi. Bu urushuning mavjud siyosiy tarqoqligini yanada ko`proq mustahkamladi. Germaniya katoliklar reaksiyasi Karlning dastlabki taxt vorislari – Ferdinand I (1555-1564) va Maksimilian II (1564-1576) davridayoq katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ammo Karl V dan keyin uchinchi bo`lib hukmronlik qilgan imperator Rudolf II (1576-1612) vaqtida reaksiya ayniqsa kuchayib ketdi. Katoliklar Bovariyasida ham ular uya qurgan edilar. Katoliklar protestantlarini Reyn viloyatlaridan muvaffaqiyat bilan siqib chiqara boshladilar. Katoliklar reaksiyasi G’arbiy-Shimoliy Germaniyaga kirib bordilar. To`g`ri, Gabsburglar yirik va mayda feodal yerlarining german konfederatsiyasigagina boshchilik qilar edi. Ularning avvalgidek hozir ham umumimperiya boshqarma organlari va sudlari, umumimperiya moliyasi (soliqlar) yo’q edi. Germaniyani aslida idora qiluvchi ular emas edilar. Lekin Gabsburglarning kuchi o’zlariga meros qolgan juda keng yerlarga egalik qilishda edi. Bu yerlarda qisman nemislar, ko`proq esa slavyanlar, vengerlar, italyanlar va boshqa xalqlar yashardi. Ittifoq va liga tuzilishi bilan bu ikki lagerning bir-biriga dushmanlik munosabati shu qadar keskinlashdiki, ular o’rtasida 1610 yildayoq urush boshlanishi mumkin bo`lib qoldi. Biroq. Genrix IV Fransuzskiy o’limi tufayli urush bu O’rtada boshlanmay qoldi, chunki ittifoq a’zolari undan yordam olish umidida edilar.. Urush Rudolf II ning taxt vorisi imperator Matvey (1612-1619) davrida boshlandi. Chexiyada yuz bergan voqealar urushning boshlanib ketishida katta rol o’ynadi. 1526 yildan keyingi Chexiyaning gabsburgalar tomnidan istilo qilinishi va Daniya bilan Shvetsiyaning urushga krishi. Rus davlatining pozitsiyasi.Chexiya 1526 yilda yana imperiya sostaviga kirdi va u Gabsburglar xonadonining meros yeri deb hisoblana boshlandi. Chexiya Gabsburglar sostaviga kirayotganida chexlarga ularning avtonomiyasini, chex seymini, davlat tili sifatida chex tilini va milliy Cherkov sifatida chexlarning isloh qilingan Cherkovini saqlab 112 qolish va’da qilingan edi. Amalda esa Gabsburglar behayolik qilib, o’z va’dalarini bajarmadilar. Vena hukumati chexlarning davlat idorasi ishlariga bevosita aralashadigan bo’ldi. Chexiyaga nemis amaldorlari yuborilardi. Nemis dvoryanlari chexlarning yerlarini sotib olardilar. Chexiyaga iyezuitlarning suqulib kirishi natijasida bu yerda kotolisizmning tiklanish masalasi ko’ndalang bo`lib qolgan edi. «Chex birodarlari» jamoalarinii ayniqsa kisar va uning faoliyatini har qanday yo’llar bilan cheklardilar. Guschilikning eng jiddiy ta’siri XVI asr Chexiyasida ana shu jamoalarda saqlanib qolgan edi. 1547 yilda seymning oppozitsion tarzdagi chiqishidan keyin uning huquqlari yana ham kamaytirilgan edi. Jumladan, Shaharlik, (meshchan)larning vakillari seymga butunlay deyarli kiritilmay qo’yilgan edi. Chexiyada yuz bergan jiddiy ahvol 1609 yilda qo’zg’olon ko’tarilishiga olib keldi. Pragada Gabsburglarga qarshi namoyishlar bo`lib o’tdi. Seym chex sosloviyelari nomidan, agar Rudolf II chexlarning siyosiy va diniy huquqlarini e’tirof qilmasa, uni o’zlarining qiroli deb tanimasliklarini aytgan edi.XVII asrning yigirmanchi yillari oxiriga kelganda Chexiya iqtisodiy jixatdan juda og`ir ahvolda qolgan edi. Savdo-sotiq va sanoat orqaga qarab ketmoqda edi. Bu tushukunlik qisman shu vaqtlarda markaziy va sharqiy Yevropa boshidan kechirayotgan og`ir ahvolni aks ettirsa, qisman Chexiyada Gabsburglarning idora qilish siyosatining chex millatiga qarshi qaratilganligi oqibati edi. Shunday qilib, Gabsburglarning siyosiy va diniy zulmi Chexiyadagi inqirozning umumiy manzarasini yanada yomonlashtirirar edi. Qo’zgolon 1618 yilning 23 mayida «defenestrasiya» deb atalgan narsadan boshlanib ketdi. 1621 yil 21 iyunda Pragada qo’zgolon rahbarlaridan 27 kishi, shu jumladan, uchta Shaharlik umum oldida jazolab o’ldirildi. 1627 yilda Praga seymida Mayestat tagatilishi rasman e’lon qilindi. Chexiyada katoliklar cherkovi tamomila tiklandi. Nemis tili birdan-bir davlat tiliga aylandi. Hamma yerda chex amaldorlari o`rniga nemis amaldorlari o’tirib oldi. Ko`plab chex yerlari musodara qilindi. Avstriya Gabsburglarining Chexiyaning tor-mor qilishi va ispanlarning Pfalsni bosib olishi O’ttiz yillik urushning «chexiya-pfals davri» deb atalgan 113 birinchi davrining oqibatlari edi. Katoliklarning g’alabasi musodara qilingan cherkov yerlaridan tashkil topgan pretestant knyazlar mulkini xavf ostiga qo’ydi. Imperatorning g’alabasi 1624 yildan beri boshida kordinal Rishel’e turgan Fransiyani ham tashvishga solib qo’ydi. Shunday qilib, imperator bilan knyazlar o’rtasidagi, katoliklar bilan protestantlar o’rtasidagi, gabsburglar bilan Chexiya o’rtasidagi munosabatlariga doir ichki masala chet ellarga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Daniyaliklarga qarshi o’z qo’shinini tashkil etish uchun Ferdinand II ning yetarli mablag’i yo’q edi katoliklar ligasining qo’shini ozgina bo`lib, uni ham to’ldirish kerak edi. Shundan keyin imperator qo’shin tashkil etish to`g`risida boy dvoryan Alberx Vallenshteyn (1583-1634) ga murojaat qildi. Vallenshteyn asli chex bo`lsa ham, batamom nemislashib ketgan va chex dvoryanlarining yerlari musodara qilingan vaqtda ko`p yer, o’rmon, kon va shu kabilarni sotib olgan edi. Biroq katoliklar lagerining g’alabasi bu lager rahbarlari o’rtasidagi nizo- janjallar tufayli bo’shashib ketdi. Liganing yo’lboshchisi Maksimilian Bavarskiy va boshqalar Vallenshteynni yomon ko’rar edilar. Ularning talabiga muvofiq 1630 yilda Vallenshteynni iste’foga chiqartishga va uning qo’shinini tarqatish to`g`risida buyruq berishga majbur bo’ldi. Gabsburglarning Yangi g’alabasi Fransiyani imperatorga qarshi kurashda Yangi ittifoqchi qidirishga majbur etdi. Shvedlar qiroli Gustav Adolf (1611-1632) Fransiyaga ana shunday ittifoqchi bo’ldi. Rishele shved qiroliga katta subsidiya berdi. Ammo urushga aralashish uchun Gustav, Adolfning o’zida ham ancha vaj bor edi. Imperatorning Daniya ustidan qozongan galabasi va Vallenshteyn bilan Vena saroyining Shimoliy va Baltika dengizlarida kuchli german floti barpo qilish to`g`risidagi rejasi Gustav Avgustni jiddiy tashvishga solib qo’ydi. Bundan tashqari, shved feodallari allaqachonlardan beri Yangi yerlar bosib olishni niyat qilib yurardilar. Fransiya o’z tomonida ko`pgina ittifoqchilarga ega bo`lgani holda Germaniya bilan Ispaniyaga qarshi urush boshladi. Urushni davom ettirayotgan Shvetsiyadan tashqari, Gollandi, Savoyya, Venesiya, Vengriya, Fransiya tomonida edi. Polsha Fransiyaga do’stona xayrixoh bo`lib, betaraflik saqlashni bildirdi. Urush harakatlari fakt Germaniya territoriyasidagina emas, balki Ispaniyada, 114 ispaniya Niderlandiyasida, Italiyada va Reynnning har ikki qirg’og’ida olib borildi. Shunday bo`lsa ham birinchi davrda ittifoqchilar muvaffaqiyat qozona boshlanadilar. Ittifoqning o’zi sostavi jihatidan uncha mustahkam emas edi. Ittifoqchilar bir-birlari bilan yaxshi kelishib olib harakat qilmadilar. Faqat 40 yillar boshida, Rishele ham o’lgandan keyin, Fransiya bilan Shvetsiyaning quli aniq baland bo`lib qoldi. Fransuz qo’shinlari 1643 yilda g’arbda Roqrua (Sharqiy fransiya) nidagi jangda ispan piyodalarini g`oyat katta mag’lubiyatga uchratdilar. Shundan keyin fransuz qo’shinlari butun Elzani bosib olishdi. 1645 yilda shvedlar Sharqda, Chexiyaning yankovisi shahri yonida imperiya qo’shinlarini tor-mor keltirdilar. Daniyaning endi bu safar Gabsburglar tomonini olib, urushga kirishishi ham imperatorga yordam bera olmadi. (1643-1645) yillardagi Daniya-Shvetsiya urushi. Fransuzlar va shvedlarning birlashgan armiyasi 1646 yilda Bavariyaga bostirib kirdi. Urushning yutqazilayotganligi Vena saroyi uchun ayon bo`lib bormoqda edi. Ferdinand II dan keyin 1637 yilda taxtga o’tirgan imperator Ferdinand III hukumati sulh muzokaralarini boshlashga majbur bo’ldi. Vestfaliya sulhi va Germaniyaning vayron bo`lishi. Aslida 1645 yilning iyunidayoq boshlangan sulh muzokaralari Vestfaliyaning ikki shahrida olib borilmoqda edi. Osnabryukda imperator elchilari shved hukumati elchilari hamda german protestant knyazlari bilan Myunsterda imperator elchilari fransuz hukumati bilan muzokaralar olib bormoqda edilar. Muzokaralar 1648 yil kuzidagina tamom bo’ldi. Vestfaliya sulhi natijasida g’oliblar ancha hududini o’zlariga qo’shib oldilar. Shvetsiya G’arbiy Pomeraniyani va Sharqiy Pomeraning bir qismini, shu jumladan, Shtettin shahri va Ryugen orolini, Vismar shahrini va uning portini, Breayen arxiyepiskopligini (ammo Breayen shaxridan tashqari) va Verden yepiskopligini o’ziga qo’shib oldi. Shu bilan birga Shvetsiyaga 5 million teler tovon to`landi. Fransiya Yelzasini (Strasburg shaxridan tashqari) egalladi va yuqori Lotaringiya (Mes, Tul va Verden Shaharlari) ga bo`lgan huquqi uzil – kesil tasdiqlandi. Germaniyaning o’z ichida Sharqiy pomeraniyani, Magdeburg arxiyepiskopligini va boshqa bir qancha viloyatlarni o’ziga qo’shib olgan Brandenburg; 115 Luzasiya (Lujis yeri)ni o’ziga qo’shib olgan Saksoni, Shimoli – g’arbda ba’zi bir qo’shni viloyatlarning yerlari ham qo`liga o`tgan Braunshveyg va yuqori Pfalsni egallagan Bavariya o’zlarining yerlarini kengaytirdilar (bunga Bavariya gersogi hatto kurfyuristlik unvonini olishga muyassar bo’ldi, bu-sakkizinchi kurfyuristlik edi. Vestfaliya kongressi imperiya knyazlarning boshqa mamlakatlar bilan mustaqil diplomatik aloqalar o’rnatish huquqlarini tan oldi. Shu tariqa Yevropa diplomatiyasi Germaniyaning siyosiy jixatdan bo’linib ketishini maqullaydi. Vestfaliy kongressining bu yerda eslatib o`tish lozim bo`lgan muhim diplomatik aktlardan yana biri shuki, Yevropada allaqachonlardan beri mavjud bo`lgan, lekin shu vaqtgacha rasmiy ravishda tanilmagan ikki davlatning mustaqilligi e’tirof etildi. Bu davlatlar Shvesariya ittifoqi bilan Gollandiya edi. Fransiya bilan Ispaniya o’rtasidagi urush Vestfaliya kongressidan keyin ham davom etdi va u faqat 1659 yilda Pireneya sulhidan keyingina tamom bo’ldi. Lyusen yonidagi jangdan keyin Vallenshteyn Chexiyaga chekindi, u bundan oldin shu yerdan saksoniyaliklarni surib chiqargan edi. Valenshteyn endi Saksoniya kurfyurstini sulh tuzishga majbur yetib, keyin shvedlarga qarshi hujum boshlamoqchi edi. Katoliklar ligasi Valenshteynning ko’zga ko`rinarli muvaffaqiyatlariga erisha olmaganiligidan foydalanib, imperatorni yana unga qarshi qilib qo’ydi. 1634-yil boshida Valenshteyn qo’mondonlik vazifasidan olindi, so’ngra davlatga xiyonat qilishda ayblandi va nihoyat, 1634-yilning 25 fevralida Liganing ko’rsatmasi bilan ish ko`rgan bir guruh ofitserlar tomonidan Yeger qal’asida o’ldirildi. («Yeger faloqati»). Imperiya armiyasi shvedlar orasida intizom bo’shashib ketayotganligidan foydalanib, ularga 1634 yil 6 sentyabrda Nordligen yonida qattiq zarba berdi. Buning natijasida shvedlar Janubiy Germaniyadan surib chiqarildi. 1635 yil bahorida imperator saksoniya kurfyursti bilan sul tuzishga muvaffak bo’ldi. Yana Gabsburglarning omadi kelganday bo`lib ko`rindi. Ammo Rishele endi Germaniyaga qarshi ochiqdan-ochiq urushga kirishishga qaror qildi. Fransiyaning urushga kirishishi (1635) Gabsburglar koalitsiyasining ahvolini qiyinlashtirib yubordi va bu koalitsiyani tamomila mag’lubiyatga uchratdi. 116 O’ttiz yillik urushda Fransiya bilan Shvetsiya g’olib chiqdi. Ular bu urushdan keyin XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida Yevropa diplomatiyasida yetakchi rol o’ynadi. Germaniya esa, aksincha, urush natijasida g`oyatda zaiflashib qolgan edi. Germaniya ancha territoriyasidan mahrum bo`lish bilan birga, uzoq davom etgan urushda nihoyat darajada vayron bo`lgan edi, chunki urush asosan Germaniya territoriyasida olib borilgan edi. Mamalakat g`oyatda katta moddiy zarar ko’rdi. Urush keltirgan vayronalik tufayli Germaniya bir necha o’n yillargacha o’zini o’nglab olomadi. Ba’zi oblastlarda, chunonchi, Saksoniya, Brandenburg, Pfals, Vyurtembergda aholining yarmi va xatto bundan ham ko`prog’i qirilib ketgan edi. Chexiyada 1618 yildagi 2,5 million aholidan 1650-yilga kelib atigi 700 ming kishi qolgan edi. Juda ko`p ekin yerlari huvillab qoldi va o’rmonlar bilan qoplandi. Yuzlab qishloqlar yo’q bo`lib ketdi. Shvedlar Saksoniya va Chexiyadagi juda ko`p konlarni ishdan chiqardilar, bu konlar ko`p yillargacha ishga solinmay keldi. German Shaharlaridagi savdo va sanoat urush vaqtida yana ham qattiqroq oqsay boshladi. Boshpanasiz qolgan va tirikchilik vositalaridan mahrum bo`lgan dehqonlar yordam so’rab feodallarga murojaat qilishga majbur bo’ldilar.Bunday sharoitda krepostnoy huquq urushdan avvalgidan ko’ra ham tezroq avj olib ketdi. Sharqiy Germaniya asoratga tushgan dehqonlar mamlakatiga aylandi, ular iqtisodiy va siyosiy jihatdan tamomila o’z pomeshchik-yunkerlariga qaram bo`lib qoldilar. «Endilikda pomeshchik-dvoryanlar qishloqning tanho xo’jayini bo`lib qoldi… Dehqonlarning eng so’nggi kuchlari ham sindirildi… Yana cheklanmagan holati endi umumiy hol bo`lib qoldi; endilikda erkin dehqonlar oq qarag’aydek kamdan-kam uchraydigan bo`lib qoldi». Nazorat topshiriqlari: 1. Vestfaliya sulhi qachondan boshlandi? 2. O’ttiz yillik urushda qaysi davlatlar g’olib chiqishdi? 3. Vestfaliyaning sulh muzokaralari nechanchi yilda yakunlandi? 4. O’ttiz yiliik urushning oxir-oqibatlari nimalar bilan yakunlandi? 5. Buyuk geografik kashfiyotlarni esga tushiring? 117 12-MAVZU: NIDERLANDIYA BURJUA INQILOBI VA UNING XALQARO AHAMIYATI. Reja: 1. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Niderlandiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. 2. Niderlandiyaning siyosiy tuzumi. 3. Niderlandiya revolyutsiyasining boshlanishi. 4. Niderlandiya revolyutsiyasining tarixiy ahamiyati va xarakteri. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling