Keyingi o’rta asrlar davri
Partugallar va Golandlar Afrikaning G’arbiy qirg’oqlarini asta-sekin
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Partugallar va Golandlar Afrikaning G’arbiy qirg’oqlarini asta-sekin o’zlashtira boshladilar. Afrika orqali Hindistonga borish uchun otlangan sayyox Bartolemeo Diash 1487-1488 yillarda Afrikaning G’arbiy qirgoqlari bo’ylab Xind okeanigacha bo`lgan yo’lni aniqlab bergan. Vasko da Gama (1469-1524) boshchiligida to`rtta kemadan iborat kichik bir flotiliya 1497 yil yozida Lissabondan chiqib, 1498 yil bahorida Hindistonning g’arbiy qirgoqlariga borib yetdi va Kalikutta shahriga tushdi. 1499 yilning avgustida sayyoxlar kemalarga oltin va hind ziravorlarini ortib qaytib keldilar. Ikki yil davom etgan mashaqqatli dengiz sayoxati vaqtida komandaning 168 a’zosidan faqat 55 kishi tirik qoldi. Vasko da Gama kashfiyoti Portugaliyada g`oyat katta ta’sir qoldirdi. Bu kashfiyot munosabati bilan Portugaliya qiroli Monoyelga (1495 - 1521) «Baxtiyor» laqabi berildi va «Hindiston hokimi» degan unvon oldi. Portugaliyaliklar Hindistonga Afrikaning g’arbiy qirgoqlari bo’ylab siljib borayotgan bir paytda, qo’shni Ispaniyada xuddi o’sha Hindistonga borish yo’lining boshqa bir varianti chiqib qoldi. Genuyalik Xristofor Kolumb (1451-1506) 1492 yilda Ispaniyaning Ferdinand va Izabella hukumatiga Xindistonga g’arb tomondan boradigan sayoxat loyixasini taklif qildi. Kolumb Yerning sharsimonligi haqidagi ta’limotiga asoslanib ish ko’rdi. 1492 yil 12 oktyabrda Kolumb Qarib dengizida Markaziy Amerikaga yaqin joydagi Bagama orollaridan birini topdi. Tezda u katta qo’shni orollar – Gaiti va Kuba orollarini kashf etdi. Shundan keyingi sayoxatlaridan birida Kolumb Janubiy Amerika (Orinoqo daryosining qo’yar joyi yaqinidagi) qirg’oqlarni topdi. Jahon ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida jug’rofik kashfiyotlarning ahamiyati va oqibatlari. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini jahon xalqlari tarixida XV-XVI asrlar va undan keyingi davrlarda ham davom etganini ko’ramiz. Yangi o’lkalarning topilishi jug’rofiy sayoxatlar tarixiga e`tibor bersak, insoniyat qadimdan yangi yerlarni o’zlashtirish uchun harakat qilishganlari ma’lum bo`ladi. Yangi o’lkalarni o’zlashtirish bilan bir qatorda Yer yuzasini turli 95 iqlimlarida yashagan yerli axolini yashash turmush, ularni rivojlanish bosqichlarini turlicha darajada ekanligini ko’ramiz. Insoniyat asosan davlatchilik sivilizasiyasiga qadam qo’yar ekan, yaqin atrofdagi davlatlar bilan qiziqa boshlaganlar. Ko`pchilik holatda har bir o’lkada ishlab chiqarish xo`jalikini turlicha bo`lishi iqtisodiy extiyoj ta’minotidagi tengsizlikka olib kelgan. Ayniqsa davlatlar o’rtasidagi bog’lanishlar, savdo aloqalari rivojlanishi, ularni o’zaro bog’lanishiga asos bo`lgan. Shu sababdan insoniyat dunyoning sirini Yer sharidagi o’zgarishlar, tabiat va iqlim o’zgarishlarini, tun va kun. Quyosh harakatini kuzatishga qiziqa boshlaganlar. Ularni quruqlikda va suvda yurishi. Bir joydan ikkinchi joyga borish muommolari orqasidan tabiat sirlarini ochishga urinish paydo bo’ldi. Yer kurrasini o’rganish., ya’ni xaritalar tuzish, bu maqsadda insonlarni o’zga yurtlarga borishga bo`lgan harakatlarini yuzaga kelishidan buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha bo`lgan ilmiy izlanishlar bosqichini ko’rib chiqib, shundan xulosaga kelgan edik: Birinchidan, quldorlik davri tarixida yuz bergan kashfiyotlar davri. Bunga misol qilib, dastlabki Somiy qabilalarini Sharqqa yurish Misrliklarni Old Osiyo , Finikiyaliklarni O’rta Yer dengiziga uyushtitrgan sayohatlari. Yangi mustamlaka yerlarining yuzaga kelishi, qadimgi davrida yirik mustamlaka o’lkalari uchun qilingan harakatlar yunonlar va rimliklarda uchragan. Dunyoni yoki Yer yuzasini qiyofasini tasvirlash, antik davri sayohatchilari, savdogarlar va davlatlar uchun zaruriyat tugilgan. Antik dunyo kashfiyotchilari qatorida Ptolomey, Erotosfen "Geografiya" asarida yer tuzilishini tasavvur yetishni dastlabki xaritasi yuzaga keldi. "Geografiya" fanining rivojlanishi keyingi davri O’rta asrlardagi X- XI asrlarga to`g`ri keladi. Bu davrda ilmiy markazlar, Sharqqa ko’chish munosabati bilan Bog’dod, Aleksandriya, Kudus,Damashk va O’rta Osiyoda , O`rganch va marvda olimlar to’planadigan Markazlar vujudga keldi. 96 Nazorat topshiriqlari: 1. Amerika kim tomonidan kashf yetildi? 2. Xristofor Kolumb kashf etgan yerlar xaritada qanday nom bilan ko`rsatilgan? 3. Tinch okeanidagi geografik kashfiyotlar haqida gapirib bering?. 4. Hindistonga boradigan dengiz yo’llarini ochilishiga hissa qo`shgan sayyohlarni ayting?. 5. Marko Poloning dunyo sayohati. Afanasiy Nikitin sayoxati. Vasko da Gama sayohati. 6. Xristofor Kolumb dunyo sayohati. 97 10-MAVZU: YEVROPADA REFORMATSIYA. GERMANIYADA DEHQONLAR URUSHI. REJA: 1. XII-XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti va milliy ziddiyatlarning keskinlashishi. 2. Guschilar olib borgan urushlarning tarixiy ahamiyati. 3. Germaniyada reformatsiya va dehqonlar urushi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling