Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:Uyg`onish (renessans), 
insonparvarlik, 
neoplatonizm, 
san’at, 
madaniyat, 
dunyoqarash, 
arxitektura, badiiy fikrlar va h.k. tushunchasi. 
G’arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlar tarixida 
renessansning yuzaga kelish muammolari. XIV – XV asrlarda 
Italiyada shaharlarning yuksalishi, sanoatning taraqqiy etishi va 
dastlabki manufakturalarning paydo bo`lishi Italiyaning Yevropa va 
Sharq mamlakatlari bilan umumiy aloqalarining natijasi edi. Italiya 
shaharlarida bank, kredit xalqaro kredit operatsiyalarining bo`lishi 
boshqa davlatlarga nisbatan Italiyada ilk kapitalistik munosabatlarining 
yuzaga kelishiga zamin tayyorlaydi. 
Italiyada oldinroq ilk burjuaziya madaniyati yuzaga keldi. Bu 
madaniyatning nomi Uyg`onish (renessans) davri madaniyati deb 
nomlanadi. Ilk burjuaziya Italiyasi uchun o’z sanoati, savdo-sotig’i 
uchun Italiya shaharlariga o’z faoliyatlarini yuksaltirishlari uchun aniq 
fanlar, jumladan matematikaning zarurligi ko`rinib qoldi. Italiya 
burjuaziyasi o’z turmush darajasini yaxshilash, chiroyli va hashamatli 
uylarda hamda did bilan yashash uchun san’ati ham o’zlariga qabul 
qilishlari zaruriyati tugildi. Shuning uchun Italiya burjuaziyasi ichidan


87 
dastlabki adabiyotchilar, filosoflar, tarixchilar, shoirlar, musiqachilar, 
arxitekturalar, rassomlar va boshqalar vujudga kela boshladi. 
Bularning hammasi Italiyada yangi g`oyalarning vujudga kelishiga 
asosiy omil bo`lib xizmat qildi. Tarkib topayotgan g`oyatda boy italyan 
burjuaziya sinfi bilan bir qatorda Italiya shaharlarida aqliy mehnat 
vakillarining hamda adabiyot va san’at bilan shug’ullangan kishilarning 
ko`pdan-ko`p guruhi: ko`pdan-ko`p adabiyotchilar, shoirlar, publisistlar, 
vrachlar, o’qituvchilar, injenerlar, erkin kasb ustalari, rassomlar, 
haykaltaroshlar, arxitekturlar va boshqalar o’sib bormoqda edi. 
Yangidan tug’ilib kelayotgan ijtimoiy tabaqaning – intelegensiyaning bu 
barcha vakillari Uyg`onish madaniyati yoki gumanizm deb nom olgan 
Yangi madaniyatning bevosita arboblariga aylandilar. 
Italiya xalq ommasi yangi progressiv, ilgor madaniyatning 
ravnaqiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Xalq ommasining kundalik qattiq 
mehnati, hali o’z ahamiyatini yo’qotmagan yuksak darajadagi 
hunarmandlik, xalq ommasining hokim (plutokratiya) boylarga qarshi 
juda qattiq ba’zan jon-jaxdi bilan olib borgan kurashi, umumiy hayotiy 
optimizm va birdamlik uyg`onish madaniyatining eng yaxshi vakillarini 
ruxlantirib yubordi, gumanistlar ijodiga shunday chuqur xalq-
demokratik xususiyatlarni kiritdiki, bu xususiyatlar pirovardida ularning 
asarlarini juda ham jozibador qilib yubordi. 
Uyg`onish termini (fransuzcha «Renessans») Yangi madaniyatning 
antik madaniyat bilan aloqadorligini ko`rsatadi. Sharq bilan, xususan 
Vizantiya bilan tanishish, salib yurishlari davrida Levant bilan 
muntazam aloqadorligini ko`rsatadi.
Uyg`onish davrining boshlanishiga asosan turtki bo`lgan shart- 
sharoitlar. Ilk italyan Uyg`onishi.Sharq bilan, xususan Vizantiya bilan 
tanishish, salib yurishlari davrida va undan keyingi davrda Levant bilan 
muntazam aloqa qilish natijasida italyanlar qadimgi grek qo’l yozmalari, 
antik tasviriy san’ati va arxitekturasining turli xil yodgorliklari bilan 
tanishadilar. Bu barcha qadimiy yodgorliklarni qisman Italiyaga olib 
kela boshladilar, bu yerda ular kolleksiya qilindi va o`rganildi. Ammo 
Italiyaning o’zida ham ancha-muncha antik Rim yodgorliklari bo`lib, 
Italiya shahar intelligensiyasining vakillari ularni ham sinchkovlik bilan 


88 
o`rgana boshladilar. Italiya jamiyatida qadimiy klassik tillarga, qadimiy 
falsafa, tarix va adabiyotga chuqur qiziqish paydo bo’ldi. Florensiya 
shahri bu harakatda ayniqsa katta rol o’ynadi. Florensiya shahridan 
Yangi madaniyatning bir qancha atoqli arboblari yetishib chiqdi. 
Qachonlardir iqtisodiy jihatdan eng gavjum va o’zining siyosiy 
tuzumi jihatidan eng demokratik bo`lgan qadimiy Shaharlarda vujudga 
kelgan antik ideologiyadan foydalanib, tug’ilib kelayotgan yangi 
burjuaziya qadimiy madaniyatni oddiy passivlik bilan o’zlashtirmay, 
balki uni o’zicha qaytadan ishlab chiqdi. Yangi italyan madaniyatining 
ikkinchi nomi, ya’ni g u m a n i z m ham xuddi shundan dalolat beradi. 
O’rta asr ideologiyasi diqqat markaziga ilohiyni, oxiratni kuygan bo`lsa, 
gumanizm madaniyati insonning o’zini o’z dunyoqarashining diqqat 
markaziga ko’ydi. Gumanistik dunyoqarashda asketizmga ega endi o`rin 
qolmadi. Inson tanasi, uning zavq-shavqi va extiyoji gumanistlar 
tomonidan bostirish yoki azoblash kerak bo`lgan qandaydir gunoh bir 
narsa deb emas, balki hayotdagi eng asosiy muddaodir, deb tan olindi. 
Tabiat bilan insonni e’tirof yetish fanning mohiyatidir, deb e’lon qilindi. 
O’rta asr sxolastlari va mistiklarining dunyoqarashida hukm surgan 
pessimistik ohanglarga zid o`laroq, Uyg`onish davri kishilarning 
dunyoqarashi va kayfiyatida optimistik ohanglar ustunlik qilardi, bu 
kishilar uchun insonga, insoniyatning yorug’ kelajagi, nson aql-zakovati 
va ma’rifatning kelgusida tantana qilishga ishonish xarakterli bir hol edi. 
Bu yangi buyuk aqliy harakatda atoqli shoirlar va yozuvchilar, olimlar 
va har xil san’at arboblari guruhi qatnashdi. O’rta asr bilan Yangi zamon 
zamon chegarasida turgan eng yirik siymo («O’rta asrning so’ngi shoiri 
va shu bilan birga yangi zamonning birinchi shoiri») Florensiyalik 
Dantiye Aligeri 1265-1321 yil) edi. Dante zamonidagi boshqa hech 
qanday asar uning ilohiy kamediyasidagidek O’rta asrlarning butun 
ideologiyasini aks ettirmagan edi.
XIV-XV asrlardagi boshqa tarixchi-gumanistlardan flaviya Bionodo 
(1388-1463) eng ko`p nom qozongan bo`lib, u «Rim imperiyasining 
qulashidan 
boshlanadigan 
tarix» 
(410-1410 
davr) 
nomli 
umumlashtiruvchi xarakterda katta asar yozdi.


89 
Uyg`onish davrida inson shaxsining o`rni va ilk uyg`onish davri 
san’ati.Davrning iqtisodiy-siyosiy hayoti inson shaxsiyatining oldingi 
o`ringa qo`yadi. Endilikda inson Cherkov feodal tabaqachilik 
munosabatlari torlik qila boshlaydi. Endilikda dunyoviy fikrlovchi 
yangi dunyoqarash namoyondalari turli kasbdagi va turli ijtimoiy 
mavqeyga ega bo`lgan kishilar – shoirlar, filologlar, rassomlar 
o’zlarining tadqiqot obyektlari deb insonni hisoblaydilar o’z-o’zidan 
savol kelib chiqadi. Gumanistlar kimlar? 
Gumanistlar yangi dunyoga ko’z tashlashda o`tmish antik dunyodan 
andoza olgan holda yangi ma’rifiy g`oyaning kelishida asosida rol 
o’ynaydilar. IX-XII asrlarda yuzaga kelgan Sharq ilmiy falsafasi va 
sharq madaniyati mutafakkirlari Roziy, Farobiy, ibn sino, Ibn Rashid
asarlari Yevropadagi yangi davr mutafakkirlarini yuzaga kelishida asos 
bo’ldi. 
Uyg`onish davri madaniyati tarqalishi XIII-XIV asrlardayoq 
Italiyadan boshlandi. Bunga sabab Italiyada qadimdan antik davr 
madaniyati va san’ati kuchli rivojlanganligidir. Bunga Sharq ilmiy-
ma’rifiy ta’sirini g’arbiy o’lkalariga borishidir. G’arbiy va Markaziy 
Yevropada Uyg`onish davri quyidagi bosqichlar bilan ifodalanadi: 
1. XIII-XIV asrlar ilk davr-tasviriy san’at va arxitekturaning 
rivojlanishi. 
2. XV asr yuksak uyg`onish – adabiyotni rivoji. 
3. XVI 
asr 
so’nggi 
uyg`onish 
davri-sinfiy 
kurashlarning 
keskinlashuvi bilan xarakterlanadi. 
XV asrning ikkinchi yarmiga kelganda Yevropaning barcha 
mamlakatlarida gumanizm keng tarqaldi. Qadimgi avtorlar, ya’ni 
Siseron, Seneka, Tasit va boshqalarning uslubida "qaytadan tiklangan" 
internasional lotin tilidan foydalangan gumanist yozuvchilar, rassomlar 
va olimlar Yevrolpada o’ziga xos birodarlik tashkil yetdilar, bu 
birodarlik turli mamlakatlarning olimlari o’rtasida qizg`in 
yozishmalar olib bordi. Feodal - krepostnoylik munosabatlarining 
keskinlashishi gumanizmning anti-feodal yo’lga tushib qolishiga sabab 
bo`lgan. Italiyaning o’zida, XV asrda, Florensiyadan tashqari yana 
Rimda, Neopolda, Milanda va Venesiyada Uyg`onishning boshqa 


90 
markazlari bor edi. Uyg`onish san’ati, shuningdek, gumanistik falsafa, 
adabiyot siyosiy fikr bundan keyingi, XVI asrda, so’nggi Italiya yoki 
yuksak Renessans davri deb atalgan davri zo’r rivoj topdi. 
XVI asrda gumanizm uzil-kesil umumyevropa madaniy harakatiga 
aylanib, o’rta asr sxolastikasiga juda qattiq zarba yetkazdi. 
Sharqda Uyg`onish davrining o’ziga xosligi, Yevropada 
gumanizmning yoyilishi. Ilm fan va madaniyatni rivojlanishi o’rta 
asrlarda G’arbiy va Markaziy Yevropaga xos bo`libgina qolmasdan 
Jahon xalqlari tarixida Sharq xalqlari tarixiga ham bog`liqdir.
Akademik N.I. Kondrat VIII-XII asrlarda Uyg`onish Xitoyda 
boshlangan deyishi bilan A. Xayitmetov, M.M. Xayrullayev va 
boshqalar O’rta Osiyoda IX-XII asrlarda uyg`onish davri boshlandi deb 
ko’rsatadi. 
Sharq uyg`onish davri bilan G’arb uyg`onish o’rtasidagi farq va 
o’xshashlik. O’rtasidagi o’xshashlik va farq asosan ijtimoiy - iqtisodiy 
tuzum o’zgarishi 
mazmunida 
yechiladi. Yevropada 
feodalizm 
munosabatlaridan kapitalizm yoki yangi ishlab chiqarish bosqichiga 
qadam qo’yish bilan bog’lansa sharqda esa xalifalikning savdo 
maydonlarining kengayishi va shaharlar tarmog’ining o’sishiga bo`lgan 
ehtiyoji bilan bog’lanadi. 
Sharq uyg`onish davri mutafakkirlari. Sharqda IX - XII asrlarda fan 
rivojlanishi uchun imkoniyat yuzaga keldi. Fan va ma’rifiy 
ta’limotchilar qatorida "Qur’on" mazmunini xalqqa yetkazib beruvchi 
ma’rifat egalari hadisiy ta’limotchilar yuzaga keldi. Diniy dunyoqarash 
va dunyoviy dunyoqarashlar negizida o’ziga xos renessans yuz berdiki 
natijada xalqaro tarixda Arab falsafasi degan ibora yuzaga keldi. Yirik 
allomalar qatorida Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Muso Al Xorazmiy 
adabiyotda Rudaqiy, Firdavsiy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy 
hadis ilmi vakillaridan At - Termiziy, Axmad Yassaviy, Imom Buxoriy 
va boshqalar. Rassomlikda Behzod kabilar Sharq va O’rta Osiyoda Ilmiy 
va insonparvarlik g`oyalari himoyachisi bo’ldi.
Mavzuni o’zlashtirishda identiv maqsad va reproduktiv bilishni 
aniqlash uchun berilgan. 


91 
Kitob bosishning ixtiro qilinishi Yangi, burjua madaniyatining 
rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. XV asr boshlaridayoq 
G’arbiy Yevropada diniy ommaviy adabiyotni (ibodat va duolar 
to’plami hamda boshqalarni) tarqatish uchun alohida ksilografik usuldan 
foydalanildi. Taxtaga rasm va yozuvlarni o’yib yozib, keyin ularni
qog’ozga bosardilar (XIV asrdan e`tiboran Yevropada yozuv qog’ozi 
qo’llaniladigan bo’ldi). Ish keskinlik bilan bordi, taxtadan o’yib yozilgan 
do’ng harflar, kitob teksti qog’ozga bosib bo’lingandan keyin keraksiz 
bo`lib qolardi. Maynsda tug’ilib, keyin Strasburgga ko’chib kelgan 
Ioann Gutenberg (1400-1468) ning kitob bosish ishini ixtiro qilishda 
ko’rsatgan xizmati shundaki, u, harakatlanadigan harflar ixtiro qilib, ular 
boshda yogochdan yasaldi, keyin esa bu harflar metall harflar bilan 
almashtirildi. Bundan tashqari, Getenberg qog’ozning ikkala tomoniga 
teks bosish imkoniyatini beradigan alohida press-dastgox ixtiro yetdi. 
Bu ixtiro, taxminan, 1445 yilda qilingan bo`lib, dastlabki paytda u qattiq 
sir tutildi. Ammo, oradan 15 yil o’tgach, bu ixtiro oshkora bo`lib. U 
germaniyadan boshqa mamlakatlarga yoyildi. 
1490 yilda o’z bosmaxonasini ko`rgan venetsiyalik nashriyotchi 
gumanist 
Ald 
Manusiy 
(1448-1515) 
falsafa, 
matematika 
va 
astronomiyaga doir 120 asar nashr yetdi, bu asarlar asosan lotin tilida, 
qisman fransuz tilida bosib chiqarildi. 
Kitob bosishning ixtiro qilinishi juda katta ahamiyat kasb etdi. 
Kitob bosish kitob tayyorlashni ko`p marta tezlashtirdi va ayni zamonda 
ularning narxini arzonlashtirdi. Shuning o’zi bilan, Yangi zamondagi 
burjua maorifini ravnaq toptirish uchun na qadimgi dunyoda, na o’rta asr 
davrida sira qurilmagan juda qulay texnika shart-sharoitlari vujudga 
keltirdi.
Nazorat topshiriqlari: 
1. Uyg`onish davrini madaniyati rivojlanishi qaysi o`tmish davrini 
takrorladi. 
2. Sharqda Uyg`onish davri asosan qaysi asrlarni o’z ichiga oladi? 
3. Italiyada Shaharlarning yuksalishi qaysi davrga to`g`ri keladi? 
4. XV asrdaYevropadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat qanday edi? 


92 
9 – MAVZU:BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR. 
R E J A: 
1. Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari va boshlanishi. 
2. IX-XVII asrlarda Sharq mamlakatlariga geografik sayohatlar. 
3. Jahon ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida jug’rofik kashfiyotlarning 
ahamiyati va oqibatlari. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling