Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch tushunchalar: vladikalar, “villanlar”, Dedich huquqi,
“faterlandi”, indulgensiya, Pshemislar dinastiyasi ,Lyuksemburglar dinastiyasi ,Karl I, Pshemisl II, Kenigsberg (“Qirol togi”). XII-XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. X-XI asrlarda uzil-kesil rasmiylashgan Chexiya davlati, XII-XIII asrlarga kelib, Yevropaning boshqa Mamlakatlariga o’xshash feodal mamlakatga aylandi. Qirol drujinachilari lexlar va vladiklarning eski zodagon sulolalari bilan birlashib, feodal tipidagi katta va ancha mayda yer egalariga aylandilar. Ular mamlakatdagi yerlarning katta bir qismini bosib oldilar. Ularning yer-mulklarida krepostnoylar birinchi navbatda qo’liga yer berilgan qullardan tashkil topgan krepostnoylar (otroklar yoki erksiz dehqonlar) ishlardilar. Feodallar dehqonlar aholisini sud qilish muddaosida qiroldan juda katta jinoyatlardan tashqari jinoyat uchun immunitet huquqlar olardilar. Chexiyada oliy tabaqa feodallar, panlar (jupanlar, ya’ni qabila boshliqlari nomidan kelib chiqqan so’z) quyi tabaqa feodallar vladikalar (dastlabki paytlarda vladika deb, katta patriarxal oilalarni aytilardi) deb atalardi. Umuman olganda, panlar- baronlar va vladikalar-ritsarlar imtiyozli toifa-shlyaxtani tashkil qilardilar (shlyaxta “lexi” – ”zodagon urug`lar” so’zidan kelib chiqqan). Sobiq erkin jamoachi dehqonlardan chiqqan qaram dehqonlar qullardan tashkil topgan krepostnoylarga asta-sekin kelib qo’shildilar. Bunday qaram dehqonlar boshqacha nom syedlyaklar degan nom bilan atalardi, bu nom esa fransuzcha “villanlar” degan so’zga to’g’ri keladi. Vaqt o’tishi bilan sedlyaklar pomestyeni tashlab ketish huquqidan 44 mahrum edilar. Ular muayyan (kesib qo’yilgan) barshchinani ado etib, oldindan belgilab qo’yilgan obrok haqi to’lardilar. Ammo XIII asrning to oxirigacha va qisman hatto XIV asrda ham Chexiyada erkin dehqonlar dyedichlar tabaqasi hali ancha-muncha saqlanib qolgan edi. Dedichlar eski vorislik (dedich) huquqiga ko’ra, o’zlarining jamoachilik tartib qoidalarini tamomila saqlab qolgan va asosan sud bo’yicha feodallarga qaram edilar (lekin bu sudga ularning qilgan barcha ikir- chikir gunohlari va ayb ishlari kirmasdi, albatta). Dehqonlar o’zlariga qarashli yer uchastkalarining merosxo’rlar hisoblanardilar. Feodal muayyan miqdorda haq to’lamay turib, ularni o’tirgan yerlaridan haydab yubora olmasdi. Bu kategoriyadagi dehqonlarning majburiyatlari muhim bo’lib, ular urf-odat bo’yicha belgilanib berilardi, hamda chinakam krepostnoylar dehqonlar o’taydigan majburiyatlarga nisbatan ancha- muncha yengil edi. Biroq XIII-XIV asrlarda dedichlar soni tezda kamaydi. Yirik dunyoviy va ruhoniy yer egalari dedichlarning jamoa yerlarini ham tortib olib qo’ydilar. Nemis kolonizatsiyasi. O’rta asr Chexiyasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida nemis kolonizatsiyasi juda katta rol o’ynadi. XII va ayniqsa XIII asrda Chexiya qirollari va chex panlari o’z daromadlarini ko’tarish maqsadida german kolonistlarini, ya’ni nemis dehqonlari bilan hunarmandlarini o’z mulklariga keng jalb etdilar. Ayni vaqtda Chexiya qirollari xizmatga taklif etgan va ulardan yirik yer-mulklari olgan ko’pgina german feodallar ham Chexiyaga kirib kelaverdilar. Nemis monastirlarida Chexiyada katta kolonizatorlik faoliyatini olib bordilar. Chexiyadagi nemis kolonizatsiyasi, o’z harakteri jihatdan boshqa slavyan yerlaridagi nemis kolonizatsiyasidan ancha farq qilardi. Chexlarning rivojlangan feodal davlatiga to’qnash kelgan nemislar bu yerga asta-sekin, “tinch” yo’l bilan kirdilar va, asosan, shaharlarga suqilib kirdilar. Ammo ko’p nemis dehqonlari Chexiya qishloqlariga ham qo’shib kelib joylashdi. Nemis kolonizatsiyasi natijasida chex panlarning daromadlari ancha oshdi. Chexiyadagi nemis kolonistlarining o’zlari bir qancha joylarga eng yaxshi yerlarni olib, katta boylikka ega bo’ldilar. Qisman kolonistlar o’zlari bilan birga ma’lum xo’jalik tajribaga ega bo’lgan va takkomillashgan texnikani olib keldilar, bu 45 texnikani kelajakda mahalliy aholi ham o’rganib oldi. Nemis hunarmandlari va konchilari, Chexiyaga qo’shib kelib, mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini o’stirishga, jumladan konchilik ishni rivojlantirishga ham yordam berdilar. Ammo, xullas qilib aytganda, nemis kolonizatsiyasi iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarida chex xalqi boshiga katta mushkullik keltirdi. Ajnabiy kolonizatsiya oqibatida Chexiyada milliy zulm avj oldiki, bundan chex aholi ommasi (shaharliklar va dehqonlar) azob-uqubat chekdi. Kolonizatsiya mamlakatda kelgindi, begona va hatto o’z “faterlandi” Germaniyaga ko’ngil qo’ygan dushman aholi istiqomat qiluvchi shaharni vujudga keltirdi. Shaharlardagi kelgindi nemis savdogarlari va hunarmandlari mahalliy chex aholisiga, ya’ni chex hunarmandlari va mayda savdogarlariga qaraganda imtiyozliroq holatda kun kechirardilar.Nemis kolonistlarining qishloqlarga quyundek oqib kelishi kam yerli chex dehqonlari sonining o’sishiga va pomeshchiklarga to’lanadigan feodal to’lovlarning ko’payishiga sababchi bo’ldi. Pomeshchiklar krepostnoylar tasarruf qiladigan yerlaridan undiriladigan daromadlarini kolonnistlarning yerlaridan unadigan daromadlar darajasiga yetkizishga intilardilar. Tili va urf-odatlari jihatidan yerli aholiga begona bo’lgan kelgindi nemis feodallarning mahalliy pomeshchiklar bilan qo’shilishi, chex dehqoni uchun feodal-krepostnoylik og’ir zulmini yanada kuchaytirib yubordi. Chexiyadagi kolonizatsiya jatumani natijasida ikki xalq vujudga keldi, bular orasida kelgindi nemis xalqi maxalliy chexlarga qaraganda ancha imtiyozli ahvolda kun kechirardi. Ravshanki, bunday ziddiyatli ahvol chexlar noroziligini og’dirmay iloji yo’q edi. Mamlakatda feodalizm yanada rivojlanishi va tovar-pul munosabatlari o’sishi bilan, Chexiya shaharlarida milliy chex elementlari tarkib topishi va Chexiya qishloqlarida ijtimoiy munosabatlari keskinlashishibilan bu norozilik tobora ortdi. Chexiya qirollari va imperiya. Germaniya imperiyasi sistemasidagi Chexiya (Bogemiya) qirolligi ham ziddiyatli bir ahvolni boshidan kechirardi. Chexiya qirollari imperatorning vassallari edilar. Durust, Germaniyada imperatorlik hokimiyati tushkunlikka uchrashi bilan 46 Chexiya qirollari imperiyaning boshqa yirik knyazlariga o’xshash, aslida mustaqil hokimlarga aylandilar. Fridrix II Shtaufen zamonida va XIII asrning ikkinchi yarmidagi hokimiyatsizlik davrida Bogemiya qirollarining ahvoli ayniqsa qulay bo’ldi. Bu vaqtda Chexiya qiroli knyaz kurfyurst huquqini oldi. Uning o’zi chex panlari seymi tomonidan saylanib, ichki idora ishlarida to’la mustaqillikka ega bo’ldi. Ammo, ikkinchi tomondan, Chexiya qirolining imperiya bilan aloqasi ham, german kolonizatsiyasining Chexiya milliy manfaatlari uchun, axir pirovardi, g’oyat darajada zararli bo’lib chiqishiga sabab bo’ldi. Chexiya qiroli saroyining o’zida va chex panlarining saroylarida ochiqdan-ochiq germanlashish alomatlari ko’rildi. Chex feodallari va saroy a’yonlari nemis tilini o’rganib oldilar, nemis kiyimini kiyib yuradigan bo’ldilar va hokazo, chex feodallari va saroy a’yonlari chex xalqidan shu qadar begonalashdilarki, XIII asrda Chexiyaga kelib ketgan anjabiylar Chexiya to’g’risida u ikki millatli mamlakatlar, deb yozdilar. Zodagonlar saroy a’yonlari va feodallar nemis tilida so’zlashib, hamma narsada nemislarga taqlid qilardilar shaharliklar-meshchanlar va dehqonlardan iborat oddiy xalq chex tilida gaplashib, o’zining eski urf-odatlari va milliy qiyofasini saqlab qoldi. Ammo Chexiya bilan Germaniya ittifoqi (uniyasi)ning yana bir salbiy tomoni ham bor edi. Chexiya qirollari ichki german o’zoro urushlari va fitnalarga tortilgan edilar. Chexiya qirollarining o’zlari imperatorlik toj-taxtiga da’vogarlik qilardilar, ba’zan ular boshqa german feodallari bilan birgalikda slavyan xalqlariga qarshi uyushtirilgan yurishlarda shaxsan qatnashardilar. O’rta asr Chexiyasining eng yirik qirollaridan biri bo’lgan Pshemisl II (1253- 1278) ning hukmronlik qilishi bu jihatdan harakterli misoldir. Pshemisl II Chexya qirolligini ko’p qabilali juda keng davlatga aylantirdi. U Chexiyaning o’zidan tashqari, yana Avstriya, Shtiriya, Karintiya va Kraynani egallab, to Adriyatika dengizining janubigacha siljib borgan edi. Bu yerlarning bir qismi slavyanlarga, bir qismi nemislarga qarashli edi. U boshqa german feodallari bilan birgalikda 1254 yilda prusslar bilan litvaliklarga qarshi salib yurishida qatnashdi. Shu sababli keyinchalik Prussiya poytaxti bo’lib qolgan Kenigsberg (“Qirol togi”) shahri qirol Pshemisl II sharafiga ana shunday deb atalgan edi. Pshemisl 47 II german imperatorligiga o’z nomzodini qo’ygan edi. Imperiya knyazlari boshqa nomzodi – Rudolf Gabsburgni imperator qilib saylaganlaridan keyin Pshemisl II imperatorga len kasami berishdan bosh tortdi. Bu esa uni gabsburglar va boshqa german knyazlari bilan urush qilishga olib keldi. Urush natijasida Pshemisl II Chexiyadan tashqaridagi barcha mulklarini qo’ldan boy berdi, ana shu vaqtdan boshlab bu mulklar Gabsburglar qo’liga tushdi va bu hol Chexiyaning o’zidagi qirol hokimiyatining obro-e’tiborini zaiflashtirib qo’ydi. Lyuksemburglar dinastiyasining idora qilishi. Karl I (IY). 1306-yilda Pshemislar dinastiyasi barham topdi. Uch yil davom etgan to’s- to’polondan keyin panlar nemis knyazi Ioann (chexcha-Yan) Lyuksmnburgskiyni qirol qilib sayladilar. Yangi qirol panlarga ularning toifaviy imtiyozlarini garantiyalovchi yorliq berdi.1310-yildan e’tiboran Chexiyada yepiskoplar, panlar va ritsarlar shlyaxtasidan iborat seym (chexcha snem) muntazam suratda chaqirilib turiladigan bo’ldi. Shaharliklar (meshchan)larning vakillari s’yezdlarga har doim ham taklif qilinavermasdi. Shaharliklarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilingandagina shaharliklar (meshchanlar)ning vakillari seymga qo’yilardi. Qirol Yan Lyuksemburgskiy Chexiyada ham yashaydi. Yan Lyuksenburgskiy Fransiya manfaatlarini ko’zlab (o’zining Lyuksenburg knyazligi bo’yicha albatta), fransuz feodallari bilan birgalikda inglizlarga qarshi Kresi shahri yonida jang qilgan paytida 1346 yilda halok bo’ldi. Shunday qilib, yangi ajnabiy dinastiya qirolining idorasi Chexiyaning siyosiy jihatdan markazlashuvini mustahkamlashda hech narsa bermadi. Aksincha, panlar oligarxiyasi kuchaydi, g’arbiy german knyazning chex xalqi manfaatlariga tamomila yot bo’lgan siyosati uchun ana shu xalqqa esa qon yutishga to’g’ri keldi. Yan Lyuksenburgskiyning o’g’li va ayni zamonida german imperatori Karl I (1346-1378) Chexiyada qirol hokimiyatining obro-e’tiborini ko’tara bildi. Imperator sifatida german knyazlariga qaram bo’lgan Karl Chexiyada o’zining vorislik mulklarini mumkin qadar kengaytirishga harakat qildi. Karl davrida Chexiya tarkibiga, Chexiya (yoki Bogemiya) ning o’zidan tashqari, Sileziya, Brandenburg, Saksoniyaning bir qismi (Lujitsiya) va 48 ba’zi bir qo’shni yerlar kirar edi.Karl Chexiyada toj-taxtning vorisi sifatida yashagan chog’idayoq, u chex feodallari va chex shaharliklari, ko’proq Praga shahari bilan yaqinlashdi. Karl qirol bo’lib olgandan so’ng o’sib borayotgan chex sanoati va savdosini rag’batlantirib, ilgari faqat nemislar foydalanib kelgan imtiyozlarni chexlarga ham tadbiq qildi. Uning davrida Praga juda o’sdi, asosan Pragaga ko’chib kelib joylashgan chex hunarmandlari hisobiga Praga atrofida Novaya Mesto degan yangi joy o’sdi. Pragaga o’zini-o’zi idora qilish huquqi berildi. Poytaxt ko’pgina hashamatli binolar bilan boyidi, Karl I qurdirgan binolardan ba’zilari Karl shteyn qasri, Yeltava daryosi chetiga solingan katta tosh ko’prik (Karlov most) va boshqalar hanuzgacha saqlanib kelmokda. 1348 yilda Karl I Praga universitetini ta’sis etdi, bu universitet Yevropadagi eng qadimiy universitetlarning biri hisoblanadi. Sotsial va milliy ziddiyatlarning keskinlashishi. Chexiyada XIV asr o’rtasidan boshlangan siyosiy yuqsalish mamlakatning iqtisodiy yutiqlarni aks ettirardi. Bu vaqtga kelib Chexiya iqtisodiy jihatdan g’oyat darajada rivojlangan mamlakat hisoblanardi. Chexlarning kumush konlari, movut to’kishi, surp sanoatining rivojlanganligi, qishloq xo’jaligidagi yutuqlar Chexiyada dehqonchilikdan tashqari, bog’dorchilik, baliqchilik xo’jaligi, uzumchilik, zig’irkorlik, va h.k. mana shularning hammasi Chexiyada Yevropadagi eng boy Mamlakatlaridan biridir degan shon-shuhrat keltirdi. Chexiya qiroli olgan behisob daromadlarni Germaniyaning birorta ham badavlat knyazi ololmasdi. Praga yirik savdo markaziga aylandi. Chexiyaning ko’pdan-ko’p boshqa shaharlari u bilan juda yaqindan aloqa qilardilar. Bu shaharlar orasida Brno, Plven, Xeb, Kutnagora, Lolomouts alohida ajralib turardi. XIV asrda Chexiya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Quyi Dunay bo’yi Mamlakatlari, Janubiy-G’arbiy Rus bilan keng xalqaro savdosi olib borardi. Mamlakatda tovar-pul xo’jaligi tobora o’sib, u qishloqni ham qamrab olgan edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va tovar aloqalarining kengayishi Chexiya jamiyatida eski feodal xo’jalik formalarini yemirib, o’tkir ijtimoiy ziddiyatlarining avj olishiga olib keldi. Chex feodallari o’z ixtiyorlaridagi krepostnoy sedlyaklarni nemis 49 huquqi deb ataluvchi huquqqa ko’chirdilar. Nemis huquqiga ko’ra, dehqonlar oshirilgan pul rentasi to’lashlari lozim edi, chunki dehqon rentani ozgina kechikib to’laydigan bo’lsa, katta yer egasi feodal uni har doim aldab yubora olardi. Panlarning siquvi ostida dehqon-dedichlar ham nemis huquqiga ko’chirildi. Dehqon-dedichlarning chex huquqi o’rniga nemis huquqiga ko’chirilishi ularning ahvolini battar yomonlashtirdi, chunki ular voris yer egalaridan (deyarli xususiy yer egalaridan) “ozod etiluvchi” sedlyaklarga o’xshash, darxol huquqsiz arendatorlarga aylanib qoldilar. O’sha vaqtda pul xo’jaligi sharoitlarida XIV asrdagi Chexiya kishlog’i endi juda tabaqalashgan qishloq edi. Qishloqni kam yerli dehqonlarning ko’pchiligi (ya’ni podsosyedka deb ataluvchi dehqonlar) to’ldirib yuborgan edi, ularning ba’zilaridan qisman batraklar sifatida foydalanilardi, boshqalari hech qanaqa ish topolmay, qashshoqlikda kun kechirardilar ba’zi bir kambag’allargina shaharlarda ishga joylashishga muyassar bo’ldilar. Shunday qilib, chex dehqonlarning ahvoli, ayniqsa XIV asrning ikkinchi yarmida va XV asr boshlarida tobora og’irlashdi. Krepostniklik, sudxo’rlik, og’ir arenda, dehqonlarning qisman yersizligi bularning hammasi umuman chatishib ketib, chex dehqon ommasini g’oyatda mushkul ahvolga solib qo’ydi. Ammo shaharda ham ijtimoiy ziddiyatlar tobora keskinlashdi. Ko’proq nemislardan iborat bo’lgan shahar patritsiati sanoatning asosiy tarmoqlarini va savdoni, shuningdek shahar idorasini (Chexiya poytaxti Pragani ham) o’z qo’liga kiritib oldi. Sexlarga qismangina birlashgan, qisman yolg’iz o’zi kosiblik qiluvchi o’rta darajadagi hunarmand- chexning mustahkam oyoqqa boskan nemis masteri yoki boy nemis savdogari bilan ana shunday sharoitda raqobat qilishi juda qiyin edi. Chex qishloqlaridagi singari Chexiya shaharlarida ham eng kambag’al hunarmandlar, qora ishchilar, qishloqlradan kelgan turli- tuman kelgindilar va hokazolardan iborat juda ko’p faqir-fuqaro to’da- to’da bo’lib daydib yurardi. Bu odamlar o’z xo’jayinlari bo’lgan ekspluatatorlardan nafratlanib, dahshatli muhtojlik va och- yalong’ochlikda hamon kun kechirardilar. Chexiyada g’oyat darajada keskinlashib ketgan ijtimoiy ziddiyatlar ochiqdan ochiq milliy tusga kira bordi. Chexiya dehqonlari, o’rta va mayda darajadagi shaharliklar, 50 shuningdek, quyi ritsarlar (zemanlar) asosan badavlat nemis sinflarni o’zlarining sinfiy dushmanlari deb bilardilar, chunki Chexiyadagi nemislar bu vaqtga kelib juda katta boylik orttirdi, bu mamlakatda katta siyosiy rol o’ynar edilar. Chexiya va papalik. Ammo bu davrda Chexiyada yana bir ziddiyat keskin sezilib turardi, bu ziddiyat katolik cherkovining o’sib borishi zulmi va ekspluatatsiyasi edi. Yuz yillik urush mahalida papalik o’z yig’imlarining asosiy og’irligini Sharqiy Yevropaga, Germaniya, Chexiya, Polsha va Vengriyaga o’tkazgan edi. Papa saroyiga turli formalardagi to’lovlarni Chexiya ayniqsa ko’p miqdorda to’lashi lozim edi. Papaning indulgensiya sotib yuruvchi odamlari Chexiyada to’lib ketgan edi, oliy tabaqa chex ruhoniy shaxslarini tayinlab qo’yganligi uchun papa juda ko’p miqdorda pul olardi. Chexiyadan yig’ilgan cherkov desyatinalarining katta qismini papa xazinasiga kelib tushardi. Ayni zamonda Chexiyadagi ruhoniylarning anchagina qismini chexlardan chiqqan odamlar emas, balki Chexiyada yer mulklarga egalik qiluvchi kelgindi nemis rouhoniylari va monaxlari tashkil qilardi. XIV asr oxiri va XV asrda chexlar tomonidan olib borilgan navbatdagi revolyutsion kurashning o’ziga hos va murakkab harakteri ana shundan kelib chiqqan edi. Eng demokratik chex ijtimoiy kuchlarining, ya’ni shaharliklar, dehqonlar va qisman ritsarlarning nafrati ayni vaqtda ham chex feodal- krepostnoylik tuzumiga qarshi qaratilgan edi. G’oyaviy jihatdan bu ziddiyatlar keng reformatsion harakatda o’z ifodasini topdi. Bu reformatsion harakat Chexiyada anjabiy zulmning ko’p darajada mujassam timsoli bo’lgan o’rta asr katolik cherkoviga ham qarshi qaratilgan edi. Yan Gus. Ruhoniy va Praga universitetining professori Yan Gus milliy va diniy-reformatorlik kayfiyatidagi chex jamiyati ilg’or tabaqalarining ifodachisi bo’ldi. Dehqon oilasidan kelib chiqqan Yan Gus, 1369 yilda Gusinets degan joyda dunyoga kelgan edi. Praga universitetning shogirdi bo’lgan Yan Gus 1398-yilda univesitet professori, 1402-yilda esa uning rektori bo’ldi. Yan Gusning g’ayrati tufayli Chexiya qiroli Vatslav 1409 yilda Praga univesitetining ustavini 51 o’zgartib, professor chexlarga universitetni idora qilishda rahbarlik rolini topshirdi. Yan Gusning zamandoshi ingliz reformatori Jon Viklefning ta’siri ostida Gusning diniy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari ancha rivoj topdi. Ammo bir qancha masalalarda Gus Viklefdan o’tib ketdi va dadilroq harakat qildi. Gusning papalik bilan munosabatlari keskinlashib, murosasiz tus oldi. Indulgensiyalar bilan savdo qilishga qarshi, cherkov yer egaligining gocht darajada tomir yoyishiga qarshi, ruhoniylarning turli-tuman xurofiy urf-odatlari ijro etganliklari uchun tobora ko’proq pul undirilishlariga qarshi Gus keskin tanqid bilan maydonga chiqadigan bo’ldi. Gus toat-ibodatni ona tilida, chex tilida odat etishini talab qildi. Eng yaqin vaqt ichidagi reforma sifatida Gus cherkov yerlarini tortib olib, ulardan davlat ehtiyojlari uchun foydalanishni hukumatga tavsiya etdi. Gus ruhoniylarni alohida, imtiyozli toifaga (dinga ishonuvchi oddiy odamlarga nisbatan) aylantirishga qarshi norozilik bildirib, ruhoniylarni ham, shuningdek, shahar xalqini xam “har ikkala noz-ne’mat bilan” (non va vino bilan) dilini poklashni (cho’qintirishni) qattiq turib talab qildiki keyinchalik bu Gus muxlislarining shiorlaridan biri bo’lib qoldi. Qisman Gus ijtimoiy masalalarga ham tegib o’tdi. Biroq Gus revolyutsioner emas edi va shu vajdan u mavjud feudal tuzumini yemirib tashlashga da’vat etmadi, asosan krepostnoylikning eng og’ir formalarini yumshatishga chaqirish bilangina cheklandi. Shu tariqa, Gus panlari o’z hukmronliklarini suiste’mol qilmay, “kambag’allarga mehr-shafqatli bo’lish va ularni adolat bilan idora qilishga da’vat etdi”. U qirollik sudlarida beva- bechoralarga zulm qilishga va ularning ko’ngillarining vayron qilishga narozilik bildirdi. Gus o’zining bir qancha og’zaki gaplari va yozma nutqlarida panlar tomoniga o’tib ketgan dehqonlarning molu- mulkini bosib olish (o’lgandan keying yig’im) hodisalarini qoralagan edi. “Haqqoniyat yengadi!”,degan iborani Gus juda yaxshi ko’rardi. Bu so’zlar bilan Gus mehnatkashlar ommasining porloq kelajagiga bo’lgan o’z ishonchini ifodalardi. Dehqonlar hayotini yaxshi bilgan, o’zi shu dehqonlar orasidan kelib chiqqan Gus o’z umrining to oxirigacha deyarli qishloq bilan shaxsan bog’langan edi. Gusning chex tilida qiladigan va’zxonligida eng sodda, xatto xat-savodsiz erkak va ayol dehqonlarning 52 kundalik hayotidan olingan va ular bemalol tushunadigan misollar juda ko’p bo’lardi. Erkak va ayol dehqonlar “mister Gus”ning gaplarini zavq- shavq bilan inglardilar.Gusning faoliyati Praga arxiyepiskopni, so’ngra esa papa kuriyasini ham unga qarshi ogohlantirdi. Gusga toat-ibodat qilish man etildi. U professorlik va rektorlik lavozimlaridan mahrum etilib, 1412-yilda poytaxtni tashlab ketishga majbur bo’ldi. Gus yereslik (shakkoklik) da ayblanib, 1414-yilda Konstans sobori sudiga chaqirildi. Imperator Sigizmund Gusning shaxsini muhofaza qilib, unga qo’riqlov yorlig’i berdi. Gus o’zi aytganidek, “haloyiq oldida haqiqatni ochib bermoq uchun”, ya’ni cherkov sobori oldida o’z ta’limotining haq ta’limot ekanligini himoya qilmoq uchun Konstatsga jo’nadi. Bu vaqtda Gusning obro-e’tibori papanikidan balandroq edi. Ammo Konstansiga kelishi bilanoq Gus tez orada qamoqqa olindi. Yepiskoplar sobori ayblanuvchining xatto gapini ham eshitishni xohlamay, uni yeretik sifatida o’tda kuydirish to’g’risida hukm chiqardi. Sigizmund o’z so’zidan xoinona qaytib Gusga yordam berishni istamadi. 1415-yilning 6-iyulida Yan Gus Konstans maydonlaridan birida olovda kuydirildi. Guschilarning urushlari. Yan Gusning o’limi Chexiyada chuqur g’azab uyg’otdi. Gusning o’limi to’g’risida Chexiya va Moraviya ruhoniylari yozma norozilik bildirdilar. Shaharliklar va dehqonlar Gus behuda jafo chekdi va azoblandi, dedilar. Chexiyada katolitsizmdan ommaviy ravishda qaytish hodisalari yuz berdi. Vujudga kelgan “yeretiklar jamoatlari” Gusning cherkov va jamiyatni reforma qilish haqidagi g’oyalarini amalga oshirishga da’vat etib, shu bilan Gus ta’limotini chukurlashtira va revolyutsionlashtira bordilar. Guschilarga qarshi hukumat tomonidan jazo choralari qo’llanila boshlashi munosabati bilan 1419-yil 30-iyulda Pragada shaharliklarning qo’zg’oloni bo’ldi. Praga va uning atrofidagi shaharlarning plebeylar ommasi 1419-yilga Praga qo’zg’olonining eng faol kuchi bo’ldi, bu qo’zg’olonga kambag’allar orasida nom chiqargan Praga ruhoniysi Yan jelivskiy boshchilik qildi. Qo’zg’olon natijasida qirol Vatslav amalda taxtdan agdarib tashlandi. Vatslav Pragadan qochib ketdi va tez orada, o’sha yiliyoq vafot etdi. Vatslav o’rniga uning ukasi imperator Sigizmund Chexiya taxtiga vorislik qilishi lozim edi. Gusning 53 o’ldirilishida Sigizmundning qabix yo’l tutganligi va Gusni ochiqdan- ochiq yomon ko’rganligi hamda Sigizmundning nemis feodallari bilan aloqa qilganligi tufayli chexlar hatto uning nomini ham eshitgilari kelmadi. Na panlar, na shlyaxta, na shaharliklar Sigizmundka itoat etishni istamasdilar. Qishloqlarda cherkov va dunyoviy (nemis) katta yer egalariga qarshi harakat boshlanib ketdi. Chexiya 1419-yilning avgustidan e’tiboran haqiqatda Germaniya bilan aloqasini uzib, mustaqil davlat bo’lib oldi. Odatda guschilarning urushlari degan nom bilan atalgan Buyuk Chexiya dehqonlar urushining harakatga keltiruvchi kuchlari juda keng va turli-tuman edi. Eng boshidan boshlab guschilar harakatida bir-birovga ochiqdan-ochiq qarama-qarshi ikki qanot paydo bo’ldi: 1) chashniklar yoki podoboylarning mo’tadil partiyasi (guschilarning shiorlaridan biri har ikkala noz-ne’mat, ya’ni non va vino bilan dilni poklash) bo’lib, bunga panlarning, yirik ritsarlarning va shaharliklarning (asosan Praga shaharining) vakillari kirgan edi va 2) taboriylarning (ularning Tabor yoki Favoradagi harbiy lageri nomidan olingan) radikal demokratik partiyasi bo’lib, uni xonavayron bo’lgan ritsarlar, eng kambag’al hunarmandlar va dehqonalar tashkil qilardilar. Chashliklarning “to’rtta modda” deb atalgan programmasi Chexiyada toat-ibodat chex tilida ado etiladigan milliy guschilar cherkovini qaror toptirishni va cherkov molu-mulkini tortib olish va hukumat ixtiyoriga berilishini talab qilardi. Chashniklar boshqa hech qanaqa ijtimoiy va siyosiy reforma qilishini ilgari surmadilar. Siyosiy jihatdan olganda chashniklar monarxiyani saqlab kolish tarafdorlari edilar. Chashniklar Lyuksenburglar dinastiyasi bilan aloqani uzib, ular Polsha Litva valiahdi Sigizmund (yoki Jigimont)ni Chexiya qirolligining regenta sifatida Pragaga taklif etdilar. Keyinroq chashniklarning eng yirik rahbarlaridan biri bo’lgan boy pan Yuriy (chexcha Yirji) Podebrad qirol regenta bo’lib oldi. XV asrning 20-yillari boshlarida chashniklar Praga plebeylari oppozitsiyasi bilan qattiq janjallashib qolishdi. Poytaxtda oppozitsion demokratik harakatning o’sib borishidan cho’chigan chashniklar Praga demokratiyasining rahbari Yan Jelivskiy halok etishga shoshildilar, 1422-yilning 9-mart kuni Jelivskiyni aldab ratushaga chaqirib, so’ng uni qamoqqa oldilar va o’sha yerning o’zidayoq o’limga hukm qildilar 54 hamda ratusha binosida qatl etildilar. Aslida bu chinakam siyosiy qotillik edi, shahar kengashining a’zolari (konshelashlar) xalq ommasidan qo’rqqanlari vajidan bu qotillikni zimdan va juda tez amalga oshirgan edilar. Guschilarning boshqa lagerlari, ya’ni taboriylar Sigizmund bilan, nemis feodallari, eng yirik papalik va katolik cherkovi bilan olib borgan kurashlaridan ancha revolyutsion, eng qat’iy va izchil edilar. Taboriylar ham o’z programmalarida “Praganing to’rtta moddasi”ni tan olib, bu moddalarning mazmunini kengroq talqin etdilar va ularga o’zlarining antifeodal talablarini kiritdilar. Diniy sohada taboriylar hech qanaqa oliy cherkov iyerarxiyasiz cherkov jamoalarini bemalol barpo etish va tamomila erkin targ’ibot olib borishga erishish talabini yoqlab chiqdilar. Siyosiy sohada taboriylar “qirolsiz davlat ko’rish”, ya’ni respublika tarafdori edilar. Taboriylarning asosiy ijtimoiy talabi – krepostnoy huquqni bekor qilish va yerni jamoa mulkiga aylantirish, ya’ni uni mehnatkash dehqonlarga berishdan iborat edi. Feodal-pomeshchiklarning krepostnoylik zulmiga taboriylar katta gunohlardan (“o’lim darajasidagi gunohlar”dan) biri deb qarardilar. 1410-yilgi Gryunvald jangining qatnashchisi, g’oyat zo’r sarkardalik qobiliyatiga ega bo’lgan ritsar Yan Jijka (1360-1424) taboriylarning rahbari edi. 1424- yilda Jijka vafot etgandan keyin sobik ruhoniy Prokop (Velikiy) (katta) uning vorisi bo’lib qoldi. Boshqa Prokop yoki Prokop (Maliy) (Kichkina) uning yordamchisi edi. O’ta taboriylar yoki pikartlar to’liq molu-mulk tengligiga va davlatni yo’qotishga da’vat etardilar, ularning ba’zilari hatto ateizmga yaqinlashib qolgan edilar. O’ta taboriylar Isoni oddiy odam deb hisoblardilar, xudoi taolo haqida ular, xudo aql-idrok va vijdon singari kishilarning dilidagina mavjuddir, deb ta’lim berardilar. O’ta taboriylarga va’zxon Martin Guska boshchilik qilardi. Biroq Jijka o’ta siktantlarning faoliyati umumiy ishga zarar beradi deb hisoblab, ularni 1421-yildayoq Tabordan uzoqlashtirgan edi. Jijkaning bu tadbiri albatta, revolyutsion lager kuchlarini zaiflashtirib qo’ygan edi. Dastlabki paytda chashniklar bilan taboriylar Sigizmund va nemis feodallariga qarshi birgalashib harakat qilgan edilar. Yan Jijka rahbarligida ozgina qismi 55 ritsarlardan, ko’pchilik qismi esa dehqonlardan (piyoda) tashkil etilgan guschilarning doimiy qo’shini xalq qo’shini hisoblanardi. Bu doimiy qo’shin dushmanga nafrat ko’zi bilan qarardi va u yuksak intizomli qo’shin edi. Jijka harbiy ishda yangi usullar qo’lladi. U aravalarda bemalol ortib olib uriladigan yengil zambaraklarni ishga soldi. Uning piyoda askarlari g’oyat chaqqan va tez harakat qilardi. Piyoda askarlarni odatda (urush paytlarida) aravalarda ortib yurilardi, aravalar esa o’ziga xos istehkom xizmatni ham o’tardi. Buning uchun yo’lda ma’lum joyga kelib to’xtalgan mahalda shu yo’qli aravalarni zanjir bilan mustahkamlanardi, ular o’rtasidagi bo’sh joylar esa taxtalar bilan to’silardi, shunday qilib, dushman otliq askarlari hujum qila olmaydigan mustahkam lager paydo bo’lardiki, uni bunyodga keltirish va buzib tashlash asosan edi. Guschilar nemis ritsarlariga to’satdan bir qancha qaqshatqich zarbalar bera oldilar. 1420-1431-yillar davrida imperator bilan papa guschilarga qarshi besh marta salib yurishi uyushtirgan bo’lsa-da, lekin bu yurishlarning hammasi muvaffaqiyatsiz bo’lib chiqdi. 1420-yilning 14-iyulida Yan Jijka Praganing yonginasidagi Vitkova (hozirgi Jijka) tog’i etagidagi jangda salib yurishi qo’shinlar tor-mor keltirdi. Jijkaning Praga yonidagi g’alabasi butun mamlakatni qoplagan revolyutsion harakatning yanada yuksalishiga sababchi bo’ldi. 1421-yilda Chexiya seymi Sigizmund Chexiya toj-taxtidan mahrum qilinadi, deb e’lon qildi. Guschilar 1422 yil boshida Nemis kechuvi yonidagi jangda salibchilar ustidan ayniqsa katta g’alaba qozondilar (bu salibchilarning ikkinchi yurishi edi). 1424 yil yozida Jijka Malishova shahri yonida salibchilarni yengib, muhim punkti Kutenburg (chexcha Kutnagora) shahrini bosib oldi. Kutenburg shahri Chexiyadagi nemis kolonizatsiyaning asosiy markazi hisoblanardi. Bu jangda Yan Jijka kuzi ko’r holda qo’shinlarga qo’mondonlik qildi va shunga qaramay, ajoyib g’alabaga erishdi. Salibchilarning uchinchi yurishi daf etilgandan keyin, tez orada Jijka Moraviyaga ketib qoldi va shu yerda o’lat kassaligidan vafot etdi. Uning vorisi Prokop Katta kurashni muvaffaqiyat bilan davom qildirib, 1426 yilda Ust-Laba shahari yonidagi nemis ritsar qo’shini yakson qildi (bu salibchilarning guschilarga qarshi olib borgan to’rtinchi yurishi edi). 56 Ana shu jangda nemis ritsarlaridan 15 mingga yaqin kishi o’ldirildi. Taboriylar qo’shinining yutuqlari nemis feodallariga dahshat solardi. Guschilar qo’shini ko’chib yuradigan harbiy aravalarning taqir-tuqurini nemis ritsarlarning tumtaraqay qochishlari uchun kifoya etdi. Masalan, Texov shahri yonida hatto dushmanning aft-angorini ko’rmasdan ham salibchilar 1427 yilda yoppasiga qochdilar. Taboriylarning o’zlari nemis feodallarining hujumini daf etib, ularga qarshi hujumga o’tdilar va Saksoniya, Brandenburgga va hatto Boltiq bo’yi Prussiyasiga (1427 y.) kirib bordilar. 1431-yili Damojlits shahri yonidagi (Plzen shahrining janubiy-g’arbida) jangda salibchilar beshinchi brishining daf etilishi guschilarning nemis feodallar ustidan qozongan oxirgi g’alabasi edi. Papa Yevgeniy IV bilan imperator Sigizmund guschilarga qarshi ro’para qilinadigan yangi ataka planidan voz kechib, taktikani o’zgartirishga qaror qildilar. Ular guschilar orasiga nizo solib, chashniklarni o’z tamonlariga qaratib olishni maqsad qilib qo’ygan edilar. Ular bu maqsadlariga erishdilar. Chashniklar taboriylarning erishgan yutuqlariga havas bilan qarasalar- da, lekin revolyutsiyaning bundan buyon chuqurlasha borishidan xavfsirardilar. Tabor shahri o’sib, qochoq dehqonlar bilan shahar kambag’allarining ko’plab bu yerga oqib kelishi, demokratik reformalar o’tkazish kerakligi haqidagi talabalar panlarni va boyib ketgan pragalik meshchanlarni qo’rqitib qo’ydi. Bazeldagi cherkov sobori cherkov yerlarini qisman sekulyarizatsiya qilish (davlat ixtiyoriga olish) ga va diniy urf-odatlarga ba’zi bir o’zgarishlar kiritishga rozilik berib, chashniklarga bir oz yon bergandan keyin chashniklar bu takliflarga qattiq yopishib oldilar. 1433 yilda Pragada Praga kompaktatlari nomi ostida alohida kelishuv bitimi tuzildi. Shundan keyin chashniklar nemis feodallariga qarshi kurashni to’xtatib, taboriylarga qarshi kurashish uchun nemis feodallari bilan birlashdilar. 1434 yili Lipani (bu joyning boshqa nomi – Chexiya kechuvi) yonidagi jangda chashniklar endi nemislar bilan birgalikda taboriylarga qarshi urushdilar. Taboriylar yengildilar. Har ikkala Prokop o’ldirildi. Oddiy taboriylarning ko’pi halok bo’ldi. Taboriylar Janubiy Chexiyada bir qancha tayanch punktlarga suyanib turib, shundan keyin ham kurashni davom ettirdilar. 57 Tabor shahari to 1452 yilgacha qattiq turib berdi, shundan keyin u oxiri chashniklar tomonidan qo’lga olindi va vayron qilib tashlandi. Chashniklar imperatorlar Sigizmundni qirol deb tan oldilar. Sigizmund vafot etgach (1446 y.) Chexiya taxti Gabsburglardan birining o’g’liga erga tekkan qizining o’g’li (Sigizmundning nevarasi) qo’liga o’tdi. Bu yosh qirol bo’lganligi uchun butun hokimiyat panlar qo’lida edi. Keyinroq 1458-1471 yillar davrida, Chexiya taxtni chashniklar to’dasining liderlaridan biri bo’lgan Yuriy (yirji) Podebrad egalladi. Podebrad o’lgandan keyin chexlarni Yagellanlarning polyak dinastiyasiga mansub odamlar bir oz vaqt idora qilib turdi. Bu dinastiyaning so’ngi vakili 1526 yilda qazo qildi. Bu vaqtda g’oyat katta kuch-qudratga ega bo’lgan turklar Chexiyaga xavf-hatar solayotganligi uchun chex panlari toj-taxtni yana Gabsburglar qo’liga topshirishga qaror berdilar. Shunday qilib, Chexiya va Germaniya imperyasi tarkibiga kirdi. Guschilar olib borgan urushlarning tarixiy ahamiyati. Guschilar mag’lubiyatga uchrashlariga qaramay, guschilarning urushlari Chexiya tarixida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. O’rta asrlar oxiridagi eng yirik dehqonlar harakati, ajnabiy nemis hukmronligiga qarshi keng avj olgan milliy harakat va nihoyat,ilk cherkov reformatsiyasi o’rta asr katolik cherkoviga qarshi qaratilgan qo’zg’olon guschilarning urushlarida bir butun bo’lib chirmashib ketdi. Guschilarning urushlari Chexiyada nemislar zo’ravonligiga zarba berib, ularning bundan keyin mamlakatga kirib chiqishlarini to’xtatdi. Bu urushlar Chexiyaning Germaniya imperiyasidan uzoq muddatgacha (100 yildan ortiq) tamomila mustaqil siyosiy ahvolga erishuvini ta’minladi. Durust, Chexiya keyin imperiyaga qaytadan kirdi. XVII asrning birinchi yarmida O’ttiz yillik urushgina Chexiyani uzoq vaqtgacha istilo etilgan viloyatga aylantirib qo’ydi. Guschilarning bo’lib o’tgan urushlari davri, shu tariqa Chexiyaning milliy ozodlik davri bo’ldi, shuning uchun u chex madaniyatining yuksalish zamoni ham edi.XV va XVI asrlarda chex tili hamda chex adabiyoti katta yutuqlarga erishdi. Yan Gus chex grammatikasini yozdi va chex tili orfografiyasini yaratdi, chex xalqi hozirgacha shu 58 grammatika va orfografiyadan foydalanib kelmoqda. Gusning chex tilida bosilib chiqqan asarlari hozirgi zamon chex adabiy tiliga asos qilib olindi. Guschilarning urushlari davri ko’pgina adabiy-siyosiy yodgorliklar: pamfletlar, satiralar,harbiy-revolyutsion gimnlar, qo’shiqlar va boshqalar qoldirgan. XV va XVI asrlarda Chexiyada tarixiy xronikalar tuzish borasidagi ishlar yaxshi avj olib, davrning ulkan voqealari ana shunday tarixiy xronikalar tuzish uchun boy va drammatik materiallar bergan edi. XV asrning 50 yillarida, revolyutsion to’lqin pasaygandan keyin guschilar orasida “chex birodorlari”, deb atalgan xiyla osoyishta bir oqim paydo bo’ldi. “Chex birodorlari” oqimining ideologi yirik yozuvchi Pyotr Xyelchiskiy (1339- 1460) edi. Xelchitskiyning yozgan asarlarida katolik Cherkovi va butun feudal krepostnoylik tuzumi chuqur tanqid qilinsa-da, lekin avtor endi revolyutsion kurashdan voz kechgan edi. Xelchitskiy har qanday davlatni “gunoh”deb hisoblab, zo’rlikni rad etgan, urushni, sudda qatnashishni, soliqlar to’lashi qoralagan edi. Ayni zamonda Xelchitskiy va uning muxlislari xalq orasida maorifni taraqqiy qildirishga ko’p e’tibor berar edilar. “Chex birodorlari”ning bu oqartiruvchilik an’analari bundan keyin ham saqlanib qolgan edi. Ular maktablar tashkil ettilar, pedagogika masalalari bilan shugullandilar. Shular orasidan keyinchalik mashxur chex pedagogi, yangi pedogogikaning yaratuvchisi Yan Amos Komyenskiy (1592-1670) yetishib chiqqan edi. Milliy harakat sifatida muvaffaqiyat qozongan guschilar harakati dehqonlar qo’zg’oloni sifatida mag’lubiyatga uchradi. Dehqonlar bilan boshqa demokratik tabaqalarning manfaatlarni ifodalagan taboriylar yer bilan yakson qilindi. Shuning natijasida Chexiyada feudal krepostnoylik rejimi tugatish masalasi ham hal etilmay qolib ketdi. Chex panlar siyosiy hokimiyatdan o’zlarining sinfiy manfaatlari yo’lida foydalanib, XV asrning ikkinchi yarmida xatto krepostnoy huquqni kuchaytirib yubordilar. 1474 va 1487 yillardagi seymlar panlarning roziligini olmay turib, dehqonlarning pomestelardan “chiqib ketishi”ni man qiluvchi qonunlar qabul qildi. Qochib ketgan krepostnoylarga va ularni yangi joylarda qabul qilganlarga eng qattiq jazo choralari belgilandi. Panlar shaharliklarga nisbatan ham tor 59 ma’nodagi toifaviy siyosat yurgizildi. 1497 yilgi seymda Chexiyadagi oliy davlat mansablarini faqat dvoryanlar toifasiga mansub shaxslargina egallashlari mumkin degan qaror qabul qilindi. XV asr oxiridan boshlab meshchanlarning seymdagi vakillari kamaytirildi va birgina Praga shahari deputatlarigina kiradigan bo’lib qoldi. Nazorat savollari: 1. XII-XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti nimalarda aks etar edi? 2. Chexiyada nemislar mustamlakasi qanday oqibatlarga olib keldi? 3. Chexiya qirollari va imperiyasi 4. Lyuksemburglar sulolasining hokimiyatga kelishi tarixiy jihatlari qanday edi? 5.Ijtimoiy va milliy ziddiyatlarining keskinlashishi qanday oqibatlarga olib keldi? 6.Yan Gus va uning ta’limotining asosiy jihatlari 7. Guschilar urushi ahamiyati nimalardan iborat edi? 60 5-MAVZU: XI-XV ASRLARDA ISPANIYA VA PORTUGALIYA Reja: 1. Ispaniya rekonkistasining mohiyati. Arablar Ispaniyada. 2. XIII—XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlar. Na- varra va Portugaliya. 3. Kastiliya qirolligi. Aragon federatsiyasi. 4. Kataloniyada dehqonlar qo’zg’olonlari. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling