Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch
tushunchalar: rekonkista, Kordova xalifaligi, Rekonkistaning asosiy bosqichlari, Alfons VI, Kastiliya, Navarra, Aragon, Sant-Yago, Alkantara va Kalatrava ordenlari, «muqaddas ermandada». Ispaniya rekonkistasining mohiyati. Ispan xalqining arablar bilan uzoq davom etgan, ko’p asrlik kurashi Ispaniya davlatining tashkil topishida juda katta rol o’ynadi. Pireneya yarim orolining arablardan qaytarib olinishi tarixiy adabiyotda rekonkista deb nom olgan. Ispan xalqlarining arab mavrlarga qarshi olib borgan ozodlik kurashi bo’lgan keng ma’nodagi rekonkista VIII asrdan boshlab, arablar yarim orolni istilo qilganlaridan keyinoq, ya’ni VIII asrdan, to XV asr oxirigacha davom qildi. XV asr oxirida arablarning Ispaniyadagi so’nggi yirik mulki hisoblangan Granada qo’ldan boy berildi. Eng tor ma’noda rekonkista so’zidan odatda, XI—XIII asrlar davri tushuniladi. XI—XIII asrlar davrida ispan xalqlari zo’r berib yarim orolning janubiga tomon siljib borgan edilar. Arablar Ispaniyada. X asr boshlarida Ispaniyada arablar hukmronligi eng kuchli edi, bu vaqtda Kordova amirligi Kordova xalifaligiga aylangan edi. Ispan arablariga — mavrlariga Pireneya yarim orolidan tashqari, yana qo’shni Shimoliy Afrikadagi ko’p sonli varvar qabilalari ham bo’ysunar edilar. Arablar davrida Pireneya yarim orolida ishlab chiqaruvchi kuchlar zo’r berib rivojlangan edi. Sharqning yuksak madaniyati bilan bog’langan arablar Ispaniyada sun’iy sug’orish sistemasini keng qo’lladilar. Ular Pireneya yarim orolida bir qancha 61 yangi va qimmatli qishloq xo’jalik ekinlarini joriy qildilar, ular orasida sholi, shakar qamishi, tut daraxti, apelsin, limon va boshqalar bor edi. Arablar davrida turli hunarmandchilik juda ham yuksalgan edi. Metall, charm, jun, ipak, oyna va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yuksak darajada takomillashgan edi. Kordova xalifaligi Shimoliy Afrika orqali Sharqdagi butun musulmonlar mamlakati bilan savdo-aloqalari bog’lagan edi. Ispan arablari Yevropaping Mamlakatlari bilan, ayniqsa qo’shni Fransiya va uning turli xil sinflari: feodallar ham, shaharliklar ham, dehqonlar ham qatnashdilar. Rekonkista ispan xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot shart-sharoitlari taqozosi bilan kelib chiqqan zaruriy qonuniy jihati edi. Tog’-toshlarga surib chiqarilgan, dehqonchilik uchun zarur bo’lgan yer maydonlardan mahrum etilgan, O’rta dengizdan kesib qo’yilgan ispanlar bir zamonlar o’z ota-bobolari istiqomat qilib, keyin arablar tomonidan istilo etilgan va siqib chiqarilgan janubga tomon siljib borishlari kerak edi yoki bo’lmasa, o’z ishlab chiqaruvchi kuchlarining bundan buyog’i o’sishidan va o’z millatlarining ravnaq topishidan voz kechishlari lozim edi. Rekonkistaning asosiy bosqichlari. Rekonkistaning asosiy bosqichlari quyidagichadir. Asturiya qirolligi VIII—IX asrlarda yarim orolning butun shimoliga va shimoli-g’arbiga o’z ta’sirini yoydi. X asr boshlarida asturiyaliklar janubga ham siljib bordilar, Leon shahri esa ularning asosiy markazi bo’lib qoldi va butun Asturiya qirolligi Leon nomi bilan Leon qirolligi deb atala boshladi. X asrning ikkinchi yarmi— XI asr boshlarida Leon janubgacha kengayib, Duero daryosi havzasigacha cho’zilib ketadi. Bu yerda juda ko’p qasrlar qal’alar — burglari bo’lgan chegara viloyat tashkil topadi. Ana shu qasrlar nomidan olinib, yangi mamlakat Kastiliya deb ataldi. Burgos shahri Kastiliyaning asosiy shahri hisoblanardi. 1037 yilda Leon qiroli Kastiliyaning ham qiroli deb atala boshladi. XI asrning ikkinchi yarmida Kastiliyaliklar Taxo daryosi havzasini bosib oldilar. 1085 yili qirol Alfons VI Toledo shahrini istilo qildi. Bu yangidan istilo qilingan hudud, ya’ni Taxo havzasi Yangi Kastiliya deb atala boshladi. Biroq XI asrda Yangi Kastiliyaning ahvoli hali ancha nomustahkam edi. 1086 yili, ya’ni Toledo istilo qilingandan keyingi yili 62 Alfons VI ning o’zi Zallak shahriga yaqin joyda arablardan qattiq zarba yedi. Shimoli-sharqda joylashgan Navarra qirolligi IX asrda juda katta ahamiyatga ega edi. Bundan keyingi asrlarda u uncha kengaymadi. Ammo uning janubida ancha-muncha siyosiy o’zgarishlar bo’lib o’tdi. IX asr oxirida Ispaniya markasidan yangi mustaqil mulk, Aragon grafligi ajralib chiqib, so’ng XI asrda qirollikka aylandi. 1118-yili aragonliklar arablardan Saragosa shahrini tortib olib, uni Aragonning poytaxti qildilar. 1137 yili Aragon Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispaniya markasi bu vaqtda Kataloniya yoki Barselona grafligi degan yangi nom bilan yurardi. Portugaliya janubga tomon cho’zilib ketgan edi. Dastlab bu ham graflik edi (taxminan 1095 yillarda tashkil topgan edi), 1116-yilga kelib u ham qirollik bo’lib oldi. Portugaliyaning poytaxti boshda Duero daryosining Oporto shahri edi, keyin 1147 yildan — Taxo daryosining mansafadagi Lissabon shahri poytaxt bo’lib qoldi. Leon qiroli hokimiyatidan xalos bo’lgan Portugaliya qiroli Rim papasiga qaram bo’lib qoldi. Ammo bu qaramlik nomigagina bo’lib, aslida boshqacha edi. Shunday qilib, XII asr boshlariga kelganda Pireneya yarim orolida uning taxminan yarmisini egallagan to’rtta xristian davlati: Kastiliya, Navarra, Aragon va Portugaliya bor edi. XI asrning oxiri va XII asrning hammasi rekonkistaning eng avjga chiqqan davri edi. Kastiliya xalq eposida xuddi ana shu davr o’z aksini topgan, xalq eposining qahramoni mashxur Sid Kampeador edi. Sharqdagi salib yurishlari singari, Pireneya yarim orolida mavrlar bilan olib borilgan kurashga ham muqaddas urush tusi berilgan edi. Xristianlar bilan musulmonlar ilgarigi paytlarda diniy masalada ba’zan bir-birlari bilan ishlari bo’lmasdi, rekonkista jatumanida ular bir-birovlariga nafrat ko’zi bilan qaraydigan bo’ldilar. Mavrlar Shimoliy afrikaliklarni, varvarlarni va boshqa musulmon qabilalarni o’zlariga yordamga chaqirdilar. 1086 yili Ispaniyaga G’arbiy Saxroyi Kabirdan almuraviylar, 1125 yili Atlas tog’laridan (Sharqiy Morokkoda) almugalar keldilar. Ispaniyaliklarga yordam berish uchun Fransiya, Angliya, Germaniya va Italiyadan ritsarlar kelishdi. Sharqdagi 63 singari, Ispaniyada ham mavrlar bilan kurashish uchun bir qancha maxsus diniy-ritsarlik ordenlari Sant-Yago, Alkantara va Kalatrava ordenlari barpo etildi. XII asr mobaynida kastiliyaliklar arablar Andaluziyasiga bir necha marta bostirib kirib, uni payhon qildilar. 1212 yili Las Navas de Tolos yonida har ikkala tomon o’rtasida eng katta hal qiluvchi jang bo’ldi. Bu jangda Kastiliya (Alfons VIII), Navarra va Aragon qirollari ittifoqchilar sifatida birgalikda urush qildilar. varvarlar, negrlar va Shimoli-g’arbiy Afrikaning boshqa ko’pgina qabilalari mavrlar tomonidan turib janglarda qatnashdilar, Arablar qattiq mag’lubiyatga uchrab, o’zlarining barcha boy lagerlarini g’oliblarga o’lja qilib qoldirib chiqib ketdilar. Shundan keyin Kastiliya tez orada Andaluziya bilan Mursiyani egalladi. 1236-yili u Kordovani, 1248 yili — Sevilyani qo’lga kiritdi. 30 va 40-yillarda Aragon Valensiyani va Balear orollarini bosib oldi. Portugaliya janubga tomon tog’ va Sidning tarixiy timsoli chinakam shaxs — Kastiliya qiroliga xizmat etgan yirik ritsar Rodrigo Dias bo’lgan (1106-yilda vafot etgan). Sid arablardan katta shahar Valensiyani vaqtincha bosib olishga muyassar bo’ladi. Mavrlar ixtiyorida birgina janubi Granada qirolligi (yoki Granada amirligi) saqlanib qolgan edi. Granada qirolligi mustaqil davlat sifatida uzoq vaqt, ya’ni 1492 yilgacha yashab keldi. XIII—XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlar. Navarra va Portugaliya. Yarim oroldagi to’rtta xristian davlatlaridan Navarra va Portugaliya alohida-alohida rivojlandilar. Navarrada fransuzlar ta’siri juda kuchli edi. Atrofni tog’lar o’rab olgan bu kichik mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi sekinlik bilan bordi. Shu sababli XIII-XV asrlar davrida Navarra, umuman, katta rol o’ynagani yo’q. Atlantika okeani sohili bo’ylab uzun tor bo’lib joylashgan Portugaliya jadalroq rivojlandi. XV asrga kelganda Portugaliya katta Dengiz flotiga ega bo’lgan savdo-sotiq qiladigan mamlakatga aylandi. Yarim oroldagi mavrlar bilan olib borilgan kurash uni Shimoliy Afrikadagi arablar bilan urushlar qilishga ham tortdi. Portugaliyaliklarning Shimoliy Afrikadagi mulki bo’lmish Seuta, keyin portugaliyaliklarning lV asrdagi geografik kashfiyotlarida katta rol 64 o’ynadi. Ammo o’rta dengiz sohilidagi Mamlakatlar bilan, Angliya, Niderlandiya va boshqa Mamlakatlar bilan zo’r berib olib borilgan tashqi savdo-sotiq aloqalari Portugaliyani Pireneya yarim orolidagi boshqa davlatlardan ajratib qo’ydi. Rekonkista Portugaliyani qo’shni Kastiliya bilan bog’lashi lozimdek ko’rinsada, lekin Portugaliya o’zining mustaqilligini rashk bilan saqlab keldi. Kastiliya qirolligi. Kastiliya va Aragon Pireneya yarim orolining ikkita asosiy davlati bo’lib, pirovardida ular yagona qirollikka birlashdilar. Bu birlashgan davlatlarning o’rta asrlar davridagi tarix o’zining bir qancha xususiyatlariga egadir. Kastiliya qirolligi yarim orolda eng katta hududni egallagan edi. Yarim oroldagi hududning deyarli beshdan uch qismi uning hissasiga tushar edi. Rekonkistada ham Kastiliya eng faol qatnashgan edi. Kastiliya tili keyinchalik ispan milliy adabiy tiliga asos bo’ldi. O’rta asr davridagi Kastiliyaning ijtimoiy tuzumi o’ziga xos ko’pgina xususiyatlarga ega edi. Kastiliyaning urushqoq dvoryanlari mamlakatda katta ta’sirga ega edilar. Arablar bilan kurashda qatnashish dvoryanlarning ertaroq toifa bo’lib tarkib topishiga va dvoryanlar ko’pchiligining bevosita qirol bilan aloqa o’rnatishiga yordam berdi. Kastiliyada katolik cherkovi ham juda katta ta’sirga ega edi, rekonkista natijasida katolik cherkovi ko’p yer oldi. Kastiliyada rekonkistaning butun og’irligini o’z zimmasiga olgan o’nlab erkin shahar-kommunalar bor edi. Hunarmandlar va mayda savdogarlardan iborat bo’lgan shaharliklar butun asrlar davomida muntazam harbiy xizmat utadilar. Kastiliya shaharlari shaharlarning alohida harbiy ittifoqlariga — ervdandilarga birlashdilar. Kastiliya dehqonlari ham rekonkistada juda faol qatnashganliklari dehqonlari ham rekonkistada juda faol qatnashganliklari sababli krepostnoy qaramlikdan ertaroq xalos bo’ldilar. Kastiliya feodallari dehqonlar bilan hisoblashishga va ularga jiddiy yon berishga majbur bo’ldilar. Eski va yangi Kastiliyaiing ko’pchilik dehqonlari erkin jamoatchilardan iborat (byegetriyalar) bo’lib, feodallar homiyligida kun ko’rardilar va ularga odat bo’yicha bitim bilan belgilangan kichik miqdorda obrok tulardilar. 65 Kastiliya shahar va qishloq jamoalarining siyosiy ahamiyati Kastiliyada umumtoifa vakilligi, ya’ni korteslarning ertaroq vujudga kelishida ochiq-oydin namoyon bo’ldi. Korteslar o’z faoliyatini 1188 yildayoq (ingliz parlamenti va fransuz General shtatlaridan ancha oldin) boshlagan edi, shu bilan birga uchinchi toifa vakillari tarkibiga shaharliklar bilan birgalikda dehqonlarning ham ba’zi bir vakillari kirgan edi. Kastiliyadagi qirol hokimiyati shaharlarga tayanib turib,obro- e’tiborini kuchaytirishga harakat qildi va yirik feodallar bilan qattiq kurash olib bordi. XIII asrning ikkinchi yarmida qirol Alfons X (1252— 1284) qonunlar to’plami («Yetti qism» deb ataladigan) qonunlar to’plami (chiqardi), bu qonunlar to’plami Rim huquqi g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lib, o’rta asr Yevropasidagi qonunlarning birinchi umumlashtiruvchi to’plami edi. Alfons X o’zidan sal oldin Salamanka shahrida ta’sis etilgan universitetga homiylik qilib, davlat mablag’lari hisobiga shu shaharda observatoriya (rasadxona) qurdirdi. Uning davrida qirol hokimiyatining obrosi ancha ortdi. Ammo feodallar hali tinib- tinchimagan va o’zlarining imtiyozlariga qattiq yopishib olgan edilar. Yuz yillik urushda inglizlarning ittifoqchisi bo’lgan qirol Pedro I Zolim (1350—1369) XIV asrda feodallar bilan qattiq kurash olib borib, ko’pdan-ko’p feodallarni qatl ettirdi va ularning molu-mulklarini musodara qildirdi. Kastiliya grandalari fransuz feodallarining ko’magiga tayanib, Pedroni yengdilar va taxtga uning raqibi Genrix II Trastamarani o’tkazdilar. Genrix II Trastamara 1369-yildan boshlab yangi dinastiyaga asos soldi. XV asr o’rtalariga kelganda Kastiliyadagi qirol hokimiyati erishgan yutuqlar, umuman olganda, hali u qadar katta emas edi. Korteslarning qo’llab-quvvatlashiga qaramay, qirollar qudratli grandalarning kuch- qudratiga shikast yetkaza olmadilar. XV asrlarda korteslarning o’zi onda-sonda yig’iladigan bo’lib qoldi. Kastiliya qirollari ko’pincha feodallarning dushman guruhlarini shu feodallarning saroy bilan aloqador boshqa qismi yordamida, shuningdek, katolik cherkovi ko’magida yengishga umid boglab, shaharlar bilan har doim ittifoq bo’lishni izchil amalga oshiravermasdilar. Buning natijasida 66 qirol hokimiyatining o’zi turli feodal to’dalarining kurash quroliga aylanib qolardi. XV asrning ikkinchi yarmida Kastiliyadagi qirol hokimiyatining nochor ahvoliga yaqqol misol qilib qirol Genrix IV (1454—1474) ni ko’rsatish mumkin. Genrix IV ning butun hukmronligi davri feodal o’zaro urush-janjallari bilan to’lib-toshgan edi. Zodagonlar qirolning qizi Xuananing taxt vorisligi huquqini tan olmay, qirolning singlisi — malika Izobellaning nomzodini qo’ydilar. Zodagonlar kelajakda Izobellani o’zlariga rom qilib olib, undan itoatli qurol sifatida foydalanmoqchi edilar. Aragon federatsiyasi. Aragon, oz-o’zicha Pireneya yarim orolida (agar hatto Aragonning Kataloniya bilan birlashganligini qo’shib hisoblaganda ham) kichik bir hududni egallar edi. Ammo O’rta dengizda uning ko’pdan-ko’p mulklari: Sitsiliya,. Sardiniya, Neapol qirolligi, Balear orollari va boshqalar bor edi. Kastiliyaning aksicha, Aragon katta dengiz davlati edi. Lekin bu yerda qirol hokimiyati zaif edi. Shaharlarning zaif o’sganligidan (Aragonda), dvoryanlar butun hokimiyatni o’z qo’llarida saqlab qolgan edilar. Aragon dehqonlari eng og’ir krepostnoy qaramlikda yashardilar. Aragon feodallari o’z krepostnoylariga hatto o’lim jazosi berish huquqiga ham ega edilar. Ko’proq feodallardan iborat bo’lgan Aragon korteslari qirolni to’la nazorat qilardi, korteslar dam olgan paytlarida qirolning ishlarini kuzatib borish uchun «deputatsiya» nomi ostida alohida komissiya belgilab qo’yilardi. Aragon dvoryanlarini maxsus saylab qo’yiladigan sudya, ya’ni Buyuk yustitsiya sud qilardi. Uni o’rnidan bekor qilishga qirolning haqqi yo’q edi. Dvoryanlar qirolga qarshi urush e’lon qilib, u bilan urush olib borar va chet el fuqaroligiga o’tib keta olardilar va h. k. Aragon zodagonlarining erkinligi «Uniya imtiyozlari» (1287 y.) degan alohida muboraknomada yozib qo’yilgan edi. Kataloniyada dehqonlarning qo’zg’olonlari. Aragondagi dehqonlardan tashqari, Kataloniyadagi dehqonlar ham ayniqsa og’ir ahvolda kun kechirardilar. Kataloniyada ham, «yaramas odatlar» deb atalgan narsa mavjud bo’lib, krepostnoylarni mutlaqo chidab bo’lmaydigan ahvolga solib qo’yar edi. Farzandsiz dehqon vafot qilguday bo’lsa, pomeshchiklar uning barcha molu mulkini tortib olar va 67 bordiyu, vafot etgan dehqonning bolasi bo’lsa, unga qarashli molu mulkning anchagina qismini bosib olardilar. Birinchi kecha huquqi hukm surardi. Dehqonlarni yersiz qul qilib sotib yuborardilar. Biroq Aragonning aksi o’laroq Kataloniya shahar mamlakati edi. Dehqonlar bu yerda ko’proq bozor bilan aloqador edilar. Bu dehqonlarning ko’pi krepostnoy chiriklikdan Barselonaga va boshqa shaharlarga qochib ketgan edi. Pirovardida Kataloniya dehqonlari birlashib, feodallarga qarshi qattiq kurash boshlaganlar va bu kurash uzoq davom etgan dehqonlar urushi harakterini olgan. Kataloniya dehqonlarining qo’zg’olonlari o’n yilga cho’zilgan ya’ni 1462- yildan 1472-yilgacha davom etgan. qo’zg’olonlar Shimoliy Kataloniya tumanini (Barselonaning shimolidan to Pireneyagacha bo’lgan joylarni) o’z ichiga olgan edi. Dehqonlar qo’zg’oloniga mayda dvoryan (idalgo) Verntalyat boshchilik qildi. Feodallar qo’zg’olonni bostira olmadilar. Dehqonlarning feodallar bilan olib borgan kurashiga Aragon qiroli Xuan II aralashdi. Qirol Xuan II bu mahalda Aragon va Kataloniya feodallari bilan hamda mustaqil bo’lib ajralib chiqqan Barselona bilan jang qilayotgan edi. Xuan II Verntalyat bilan muzokaraga kirishdi va qo’zg’olonchilarga yordam beraman, deb katta va’dalar qildi. Isyonchi feodallarga qarshi dehqonlarning kuchlaridan foydalangan va Barselonani o’ziga tobe qilib olgan Xuan II 1472 yilda krepostnoy huquqni qisman yengillashtirish yo’li bilan dehqonlarni feodallar bilan «yarashtirmoqchi» bo’ldi. Shunda Verntalyat Xuandan vikont unvoni va ko’pdan-ko’p yer-mulklar oldi. Ammo Kataloniya dehqonlari Verntalyatning qirol bilan qilgan bitimidan qanoatlanmay, 1484-yilda ikkinchi marta qo’zg’olon qildilar. Bu safar qo’zg’olonchilarga dehqon Pedro XuanSala boshchilik qildi. Dehqonlarning ikkinchi qo’zg’oloni g’oyat darajada shiddatli qo’zg’olon bo’ldi. Feodallar Salani asir qilib olib, uni qatl etdilar, lekin dehqonlar Salaning vafotidan keyin ham partizan urushini davom qildirdilar. Nihoyat, 1486-yili Aragonning yangi qiroli Ferdinand farmon chiqarib, haq to’lab qutulish sharti bilan barcha «yaramas odatlar»ni bekor qildi. Dehqonlar o’zlariga qarashli uchastkalarning merosxo’r ijarachilariga aylandilar. Krepostnoy huquqni bekor qilish 68 haqidagi farmonni qirol tez orada Aragonga ham yoydi, Kataloniya dehqonlarn singari Aragon dehqonlari ham qo’zg’olon ko’tarish xavfini solmoqda edilar. Kastiliyada va Aragonda keskinlashgan sinfiy kurash, shuningdek, rekonkistaning tamom bo’lmaganligi (yarim orol janubidagi Granada qirolligi) har ikkala mamlakat feodallarini ikki qirollikni yagona Ispaniya davlatiga birlashtirish to’g’risida bir bitimga kelishga majbur etdi. Ikkala qo’shni davlat o’rtasidagi uniya (ittifoq) dinastiya nikoh qilish yo’li bilan amalga oshirildi. Malika Izabella Kastilskaya 1469-yili shaxzoda Ferdinand Aragonskiyga turmushga chiqdi. 1474- yili Izabella Kastiliya qirolichasi bo’lib oldi, 1479-yili Ferdinand Aragon taxtiga o’tirdi. Birlashgan ikkala mamlakatning har biri o’zining qonunlari, urf- odatlari va alohida-alohida korteslarini saqlab qoldi. Shunday qilib, mamlakatni boshqarish hali ikki tusdaligicha qolaverdi. Shunday bo’lsa ham, yagona Ispaniyani vujudga keltirish uchun asos solingan edi. Kastiliyada ham, Aragonda ham qirol hokimiyati mustahkamlana boshladi. Birlashish Ferdinand bilan Izabellaning ichki va tashqi siyosatlarida ijobiy aks etdi. Shahar kommunalarining ko’magiga tayanib ish ko’rgan Izabella Kastiliya feodallari oppozitsiyasini tinchitdi. Izabella yordamida «muqaddas ermandada» nomi ostida tashkil etilgan shahar ittifoqchi militsiyasi talonchilik qilib yuruvchi ritsarlarga qaqshatgich zarbalar berdi. Katolik cherkovi Ferdinand bilan Izabellaga katta yordam ko’rsatdi. Katolik qirollar (papa Ferdinand bilan Izabellaga ana shunday unvon bergan edi) o’zlariga qarashli dahshatli inkvizitsiyani katolik cherkovi manfaatlariga xizmat qildirar edi. Cho’qintirilgan mavrlar (motiskalar)ning ishlarini nazorat qilish maqsadida 1477-yil Ispaniyada vujudga keltirilgan inkvizitsiya amalda, oliy siyosiy sudga aylangan edi. Kastiliya yoki Aragondagi birorta feodalning davlatga xiyonat qilganligi gumon qilingan taqdirda, u inkvizitsiyaning qahr-g’azabidan hech qayoqqa qochib qutula olmasdi, albatta. Izabella Kastiliyadagi savdo-sotiq va sanoatni jonlantirib yuborgan bir qancha iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. Mamlakatdagi qimmatbaho metallarni saqlab qolish maqsadida hamda mamlakat 69 ichkarisida faol savdo balansini ta’minlashga (ya’ni tashqaridan mol keltirishga qaraganda mol chiqarishni ko’paytirishga) intilib, qirolicha merkantilizm g’oyalarini amalga oshira boshladi. Izabella chet ellarga oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyo (galla, jun va boshqalar) chiqarishni man qildi, jun Ispaniyaning o’zida qayta ishlanmog’i kerak, deb buyruq qildi. Izabella mashxur Xristofor Kolumbga homiylik ko’rsatdi, Xristofor Kolumb Hindistonga boriladigan «g’arbiy yo’l»ni axtarib, Ispaniya kemalarida sayohatga jo’nab ketdi. Ferdinand va Izabella Ispaniyasi tez orada buyuk davlatga aylandi. 1492-yili ular Granadani istilo qildilar. 1512-yili Ispapiya Navarrani o’ziga qo’shib oldi. Shunday qilib, Portugaliyadan tashqari, barcha Pireneya yarim oroli Ispaniyaga birlashtirildi. Kolumbniig sayohatlari Ispaniya uchun yangi Dunyodagi juda ko’p mustamlaka mulklarni bosib olish imkonini yaratib berdi. Ferdinand va Izabella Ispaniyani Yevropaning eng yirik davlatlari bilan siyosiy ittifoqlar bog’lashiga sababchi bo’lgan muhim dinastiya nikohlarini amalga oshirdilar. Ularning to’ng’ich qizi Yekaterina Tyudorlar xonadoniga mansub ingliz shaxzodasiga turmushga chiqdi. Kichik malika Xuana Gabsburglarning astrogerman xonadoniga mansub shaxzodalarning biriga xotin bo’ldi. Ispaniya Yevropa xalqaro siyosatining muhim omili bo’la bordi. Nazorat savollari: 1. Ispaniya rekonkistasining mohiyati nimalardan iborat? 2. XIII—XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlarda ijtimoiy-siyosiy ahvol qanday edi? 3. Kastiliya qirolligi qanday tashkil topdi? 4. Kataloniyada dehqonlar qo’zgolonlari qanday sabablarga ko’ra boshlandi va qanday trugadi? 70 6-MAVZU: XI-XV ASRLARDA VIZANTIYA Reja 1. 1261-yildan keyin Vizantiyaning sotsial iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti. 2. XV asr boshlarida Turkiya davlatining inqirozi. 3. Florensiya (uniyasi) ittifoqi. 4. Konstantinopolning qulashi. 5. Konstantinopolni istilo qilishning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling