Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
МIRKOMILOV BAXTIYOR 
JAHON TARIXI (O’RTA ASRLAR TARIXI ) 
 
(5110600) – Тarix oqitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo’nаlishida 
tahsil oladigan talabalar uchun o’quv qo’llanma 
2 – KITOB. 
KEYINGI O’RTA ASRLAR DAVRI. 
(XI-XVII ASRLAR) 
JIZZAX
JDPI “Tahririy-nashriyot bo’limi” 
2020 



ББК: 63.3(0) 
УЎК: 94(3) 
М-55
Mirkomilov B. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 
yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug’iga asosan 5110600 – Тarix o’qitish 
metodikasi talabalari uchun tavsiya etilgan. 
Jahon tarixi (O’rta asrlar tarixi) / (5110600) – Тarix o’qitish metodikasi 
bakalavriat ta’lim yo’nаlishida tahsil oladigan talabalar uchun o’quv 
qo’llanma / Jizzax: JDPI “Tahririy-nashriyot bo’limi”, 2020, 292 bet 
Mustaqillikga erishganimizdan keyingi yillarda mamlakatimizda tariximizni 
qayta yozish, haqqoniy tariximizni shu jumladan jahon tarixini organish va keng 
jamoatchilik, o’quvchi va talabalarga etkazish uchun salmoqli ilmiy va amaliy 
ishlar olib borilmoqda. Ushbu o’quv qo’llanma tarix fakulteti talabalari hamda 
tarixga qiziquvchilarga mo’ljallangan bo’lib, u 5110600 – Tarix o’qitish 
metodikasi bakalavriyat ta’lim yo’nalishida tahsil oladigan talabalarga Jahon 
tarixi (O’rta asrlar tarixi ) fanidan o’quv qo’llanma sifatida tavsiy etiladi. 
Масъул муҳаррир:
Mardonov Sh.Q. – pedagogika fanlari doktori, professor
Тақризчилар:
Аxmedshina F.F. – tarix fanlari doktori, professor 
To’raqulov O.X. – pedagogika fanlari doktori, professor
Nosirov B. – tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent 
Ushbu o’quv qo’llanma Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat 
pedagogika instituti Kengashining 2020 yil 31-yanvar 6-sonli qaroriga asosan 
nashrga tavsiya etilgan. 
ISBN 978-9943-6947-0-5 
© Mirkomilov
B., 2020 й. 
© ЖДПИ “Таҳририй-нашриёт бўлими”,
2020



KIRISH 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2021-yilda 
mutasaddilar bilan uchrashuvda ular oldiga “O’zbekistonda tarix fanini 
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqish” vazifasini 
qo’yar ekan, ”Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga 
o’rgatishimiz, ularni tarix ilmi bilan qurollantirishimiz zarur” degan 
dolzarb vazifani aytgan edi. Haqiqatan ham tarix bu xalq xotirasidir. 
Xotirasiz kishi barkamol bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning 
kelajagi bo’lmaydi. O’tmishni bugun yaratib bo’lmaydi, o’tmish 
bugunni yaratadi. Tarixdagi har bir ijtimoiy yuksalish, avvalo, 
jamiyatning o’z merosida, o’z o’tmishiga bo’lgan munosabatini isloh 
qilishdan boshlangan. O’tmishga murojaat qilishdan avval unga bo’lgan 
munosabatni to’gri va haqqoniy belgilab olish kerak. Busiz tarixni 
xolisona yaratish ham, o’rganish ham mumkin emas. 
Shu boisdan ham bugungi kunda jahon tarixiga bo’lgan qiziqish har 
qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu o’quv 
qo’llanma mavzularga ajratilgan holda berilgan bo’lib, keltirilgan 
ma’lumotlarni o’zlashtirishni yengillashtirish maqsadida har bir mavzu 
so’ngida nazorat savollar va topshiriqlar berilgan.Ularning aksariyati 
o’quvchining mustaqil fikrlash, mantiqiy xulosalar chiqarish qobilyatini 
o’stirishga yordam beradi. Shuningdek, topshiriqlar o’quvchlarning 
nazariy bilimlar va amaliy malakalarini oshirib borishga yo’naltirilgan. 
Bular orasida soddalari bilan birgalikda o’quvchilarning diqqati-fikr 
mulohazasini talab qiladigan nisbatan murakkab tuzilgan savol va 
topshiriqlar ham mavjud. Topshiriqlarni qo’llanmaning turli qismlarida: 
yangi 
materiallarni 
tushuntirish, 
o’quvchilarni 
darsni 
qanday 
o’zlashtirganini aniqlash yoki uy vazifasi sifatida bajarish mumkin. 
Bunda har bir o’quvchi o’zining shaxsiy tajribasi, bilimi va mahorati 
bilan yondashadi. O’quv qo’llanmada keltirilgan tushunchalar, sanalar 
bilan bir qatorda zarur paytlarda lug’atlar, xronologik jadvallar, xaritalar 
va boshqa yordamchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ushbu o’quv qo’llanmaning ikkinchi kitobida, o’rta asrlarning 
ravnaqi, keyingi o’rta asrlar davri tarixi yoritiladi, ya’ni XI asrdan – 



XVII asrning oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda 
ayrim mamlakatlarda o’rta asrlar jamiyati qobig’ida kapitalizm belgilari 
paydo bo’lgan va XVI-XVII asrlarga qadar rivojlanib borgan. Bu davrda 
feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda to’la rivojlanibgina qolmay, balki 
sex hunarmandchiligiga va o’ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega 
bo’lgan o’rta asr shaharlari ham rivojlanib, muvaffaqiyatga erishdi. 
XVI-XVII asrlarning birinchi yarmi, bu feodalizmning chirishi va 
feodalizm qobig’ida burjua elementlarining yetilishi davridir. Evropa 
reformatsiyasi degan davrdir, dehqonlarning XIV–XV asrlarga 
qaraganda yanada kuchliroq qo’zg’olonlari (dehqon urushlari) bo’lib 
o’tgan va ilk burjua inqiloblari davridir.
O’rta asrlar tarixini o’rganish davomida o’quvchilar turli 
xalqlarning kundalik hayoti, xo’jalik faoliyatlari, iqtisodiy va siyosiy 
taraqqiyotini kuzatib boradilar va bizga qadar saqlanib kelayotgan 
mashhur me’morchilik obidalari, saroylar, madrasalar, masjid va 
ibodatxonalar haqida tasavvurga ega bo’ladilar. O’quv qo’llanmada 
o’quvchi Vatanimiz va jahonning mashhur olimlari faoliyati bilan ham 
tanishdilar. O’quv qo’llanmada atamalar izohlari, xronologik jadval 
keltirilgan bo’lib, ular shu davr tarixini o’rganishda talabalarga yordam 
beradi deb o’ylaymiz. Mazkur o’quv qo’llanmani yaratishda so’nggi 
yillarda nashr qilingan adabiyotlardan foydalanilgan. 



1 - MAVZU: XI-XV ASRLARDA FRANSIYA. 
Reja: 
1. 
XI-XII asrlarda Fransiyaning o’ziga хos taraqqiyoti. Janubiy 
va Shimoliy Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyotiga notekisligi. 
2. 
XII-XIII asrlarda Fransiyada qirollik hokimiyatinining 
kuchaya borishi.
3. 
Fransiya Filipp IV davrida. Qirollikning Papa хokimiyati 
bilan kurashi. 
4. 
General shtatlarining chaqirilishi. Fransiyada tabaqaviy 
monarхiyaning boshlanishi. 
5. 
Yuzyillik urush va uning boshlanish sabablari borishi. 
Jakeriya qo’zg’oloni. 
6. 
Gugenotlar urushi 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling