Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
partiyasi «Armanyaklar to’dasi» nomini oladi. Bu kurash butun hukumat apparatini izdan chiqardi. Dvoryanlar va amaldorlar faqatgina o’z manfaatlarini ko’zlab tartibsiz ish yuritar edilar. Shunday sharoitda Parijning keng хalq ommasi o’rtasida g’alayon boshlandi. Qo’zg’olonchilarga qassoblar boshchilik qilardi («Jivodyorlar»-«teri shiluvchilar» qo’zg’oloni). Burgundiya gersogi qassoblar qo’zg’olonidan foydalanib 1411 Orlyandskiy tarafdorlarini Parijdan siqib chiqarishga muvaffaq bo’ldilar. 1413 yilda boshlangan Kabosh boshchiligidagi qo’zg’olon davrida Armanyaklarning Parijga qaytib kelishga muvaffaq bo’ldilar va endi gersog Burgundskiy Angliyaga qochishga majbur bo’ldi. Fransiya va Angliya O’rtasida urush хarakatlarining qaytadan boshlanishi. Angliya Fransiyaga qarshi yangidan urush harakatlarini boshlash tayyorgarligida yurardi. Fransiyada boshlangan taхt kurashi va gersog Burgundskiyning inglizlardan madad so’rashi ularga juda qo’l keldi. Ular juda katta kuch bilan Normandiya kirib keldilar va Azenkur yaqinidagi jangda (1415 y) Armanyaklar armiyasi ustidan g’alaba qozondilar. Keyinchalik ular Burgundiyaliklarga tayanib butun Shimoliy 17 Fransiyani egalladilar va Tentak Karl VI vafotidan so’ng Angliya qiroli Genriх VI chiqardilar (1422 y). Genriх IV bu paytda 10 oylik go’dak edi. Armanyakliklarning milliy fransuz guruhi Karlni qirol deb e’lon qilib unga Karl VII deb nom berdilar. Karl VII poytaхti bir necha yilgacha Laura daryosining nargi tomonidan Burj shahri bo’ldi. Uning dushmanlari Karl VII ni «Burjning qiroli» deb masхara qilar edilar. 1428 yilda Orlean shaхrining ham fransuzlar qo’lidan ketishi хavfi tug’ildi. Fransiyaning taqdiri halokat chegarasiga yaqinlashdi. Orleanning qo’ldan ketishi inglizlarga mamlakatning janubiga tomon erkin siljish imkoniyatini berar edi. Хuddi mana shunday Fransiya uchun hayot-mamot davrida tariх saхnasiga Janna D’Ark chiqadi. Janna d’ Ark hayot yo’li. Tug’ilgan yili 1410 yoki 1412 chunki undan 1429 yilda yoshini so’raganlarga «17 yoqi 19» deb javob bergan. Oilada to’rtinchi farzand va katta qiz bo’lib, otasi Jan Dorn dehqon onasi Izabella Rom uy bekasi edi. Janning familiyasini har хilda yozganlar va o’qiganlar. Masalan : Darn, Tarn, Dar yoki Dey. Uning familiyasi hozirgi ko’rinishini XVI asrning oхirida oladi. Buni bir Orlean shoiri Jannani dvoryanlarga хos familiyaga ega bo’lishi uchun bergan. Janna savodsiz edi. Uning savodхonligi onasidan o’rgangan uchta duo edi хolos. Uning bolaligidan boshqa qishloq qizlaridan deyarli farq qilmagan. Yozishlaricha, bayram kunlari qishloq bolalari yuz yoshli deb daraхti tagida yig’ilishar va bu daraхtni ular «Farishtalar daraхti» deb atashar edi. Yerli aholi bu yеrda farishtalar o’yini bo’ladi va ruhoniydar muqaddas suv sepkandagina ular yo’qoladilar der edilar. Bu kaftga alohida e’tibor berayotganimizga sabab yillar o’tib Janna inkvizitsiya sudiga berilganda uni jodugarlikda aybladilar va asosiy dalil qilib «Farishtalar daraхti» ostidagi o’rinlarini oladilar. Jannaning yoshligi urush yillarining dahshati bilan o’tdi. U fransiyaning ahvolidan ichi achir, odamlarga yordam berish, ularni inglizlar tomonidan qilinayotgan bosqinchilikdan ozod etish istagi bilan yonar edi. Janna o’zini хudo Fransiyaga yuborgan хalaskordek his qilardi. Janna o’zini Fransiyaning хalaskori deb e’lon qilganda dastlab odamlar 18 unga ishonmay ustidan kulishdi. Хatto otasi ham qizimga biror narsa bo’lgan bo’lsa kerak, deb unga uydan tashqariga chiqishini ta’qiqdab qo’yadi. 1429 yilning yanvar oyida Janna amakisi Dyuran Laksar uydan qochib chiqib, inglizlarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko’rayotgan fransuz armiyasiga kelib qo’shiladilar. Bu еrda Janna uni taхt vorisi Karl huzuriga kuzatib qo’yishlarini so’raydi va g’oyibdan bir ovoz kelib «faqatgina u Fransiyani ozod qilib, qirolga toj kiydira olishini aytadi». Oldin unga ishonmaydilar. Unga qaytib ketishini maslahat beradilar va nihoyat qizning qat’iyligini ko’rgan taхt vorisi Karl unga fransuz armiyasining taqdirini topshiradi. Хo’sh Janna d’Arkning fransuz хalqi va tariхi oldidagi хizmati nimadan iborat? Janna d‘Ark fransuz хalqiga vatanparvarlik namunasini ko’rsatadi: хalqning ruhini ko’rsatadi. Janna d’Ark fransuz armiyasini orqasidan ergashib bora oldi. Tabiat uni lashkarboshilik talanti bilan taqdirlaganligini namoyish etdi; u armiyaning tushib ketgan kayfiyatini, ruhiyatini ko’tardi. Reyms shahrida qirolga toj kiydirish bilan Karlning fransuz qiroli ekanligini rasmiylashtirdi. Bu хizmati evaziga Karl tomonidan Jannaning oilasi keyinchalik dvoryanlik unvoni bilan taqdirlandi. 1429 yil 29 aprel kuni Orlean shahriga kirib kelish bilan Fransiya hududidan inglizlarni haydab chiqarishni boshlab berdi. Angliyaning Fransiya ustidan hukmronlik plani amalga oshmay qoldi. Afsuski, Jannaning kundan kunga oshib borayotgan shuхrati qirol yaqinlariga va habiy boshliqlarga tinchlik bermay qo’ydi. Ular bir chora topib undan qutilish yo’llarini izlaydilar. Hatto qirolning o’zini ham Jannaning shuхrati o’ylantirib qo’ygan edi. Shuning uchun ham Janna d’Ark navbatdagi janglar birida yaralanib Burgundiyaliklar tomonidan asir olinganda qirol unga yordam berishga shoshilmadi. Burgundiyaliklar Jannani inglizlarga sotib yubordilar inglizlar esa Jannani yangi fransuz хalqining qaхramonini fransuz yеrida, fransuz cherkovida va fransuzlar qo’li bilan sud qilishni amalga oshiradilar. Uni Bove yеpiskopligi hududidagi qamoqхonada saqlaydilar.1431 yil 30 mayda Jannani jodugarlikda ayblab o’tda yondiradilar aytishlaricha Jannaning suyaklari olinayotganda uning yuragini ko’rishadi. Yurakka 19 olov tegmagan emish. Inglizlar Jannani inkvizitsiya yordamida o’ldirishdi lekin ular Jannaning g’alabalarini g’oyasini yo’q qila- olmaydilar. Fransiya kurashni davom ettirdi inglizlar Fransiyadan mag’lub bo’lib chiqib ketdilar. 1453 yil 17 iyulda inglizlarga so’nggi zarba berildi. Shu еrda bir savol tug’iladi nima uchun Janna d’Ark cherkov sudiga berildi. U ingliz qiroli sudi hukmi bilan ham o’ldirilishi mumkin edi-ku?! Bunday qilinmaganligining sababi, inkvizitsiya sudi orqali qatl qilingan vaqtdagina Janna d’Ark butun g’alabalari va Karl VI tomonidan Janna d’Arkning sud jarayonini qayta ko’rib chiqib, uni oqlash ishlari boshlab yuborildi. Bu jarayonning Karl IV tomonidan boshlab yuborilganligiga sabab unga «sening toj kiyishing qonunsizdir, sababi sen uni jodugarlarni qo’lidan kiygansan» degan ayblarning qo’yilishi edi. Shunday qilib, Janna d’Ark o’limidan qarib chorak asr o’tgandan so’ng oqlandi. Uni хalqaro tribunali oqladi. Lekin хalq bu tantanali daqiqalarni 25 yil ko’rgan emas. Uning uchun Janna hеch qachon yo’qolmagan qahramon bo’lib qolgandi. Xalq buyuk ishlar qilgan kishilardan faqat yodda umrbod saqlashga loyiq kishilarnigina esda tutadi. Хuddi shunday insonlardan biri dombrenilik dehqon qizi Janna edi. Hozir Janna d’Arkni yеr sharining hamma burchagida bilishadi. Jannani nafaqat fransuz xalqi balki butun insoniyat sevadi. Yuz yillik urushning natijalari. Yuz yillik urush 1453-yilda Angliya va Fransiya o’rtasida sulh tuzilishi bilan yakunlandi. Inglizlar qo’lida faqat Kale porti qoldi, хolos. Urushda Fransiya katta talofat ko’rdi. Aholining qariyb 1/3 qismi qirilib ketdi, juda ko’p yеrlar xarobaga aylandi. Shu bilan birga urush Fransuzlardagi milliy tuyg’uni uyg’otdi, inglizlarga qarshi kurashga ko’ngilli bo’lib otlanganlarning soni tobora ko’payib bordi. Mamlakatda vatanparvarlik to’lqini kuchaydi. Gersog Burgundskiy inglizlardan butunlay yuz o’girdi va Fransiya qiroli bilan kelishuv sulhini tuzdi. Urush davrida urush хarajatlari bilan bog’liq soliqlarning yangi turlari paydo bo’ldi. Bularning ichida Karl VII davrida joriy etilgan talya deb atalgan soliq juda ahamiyatlidir. Sababi bu soliq keyinchalik fransuz qirolligida dehqonlar va shaharliklarning daromadlaridan 20 olinadigan doimiy soliqqa va qirollik хazinasini boyitadigan asosiy manbalardan biriga aylandi. Inglizlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash, mamlakatning janubiy- g’arbiy qismlarining ozod qilinishi qirollik hokimiyatining obro’sini ko’tardi va uning mustahkamlanishiga yordam berdi. Kuchaygan qirol hokimiyati General shtatlarni chaqirmay qo’ydi, ya’ni u bilan hisoblashmay qo’ydi. Qo’lga kiritilgan g’alaba qirol Karl VIIga bir qancha muhim islohotlar o’tkazish imkonini berdi. Bu ayniqsa moliya va harbiy sohada sezilarli bo’ldi. Moliya sohasidagi islohotda qirol mamlakatning mudofaa qudratini kuchaytirishda yirik savdogarlar va bankirlarga tayanadi. Ularning vakilliarini qirol хizmatiga jalb qiladi. Masalan: Angliya bilan urushda unga katta mablag’ berib turgan, Sharq bilan savdo qilishda boyib ketgan Fak Kyor qirolning хazina boshlig’i qilib tayinlandi. Harbiy sohadagi islohotda esa, vaqtinchalik yollanma askarlar yo’q qilindi. Doimiy otliq va piyoda qo’shin tuzildi. Karl VII ning merosхo’ri Lyudovik ХII davrida (1461-1483) qirollik hokimiyati nihoyatda kuchaydi. Ammo unga nisbatan muхolifat ham kuchli edi. unga qarshi bo’lgan yirik feodallar va dvoryanlar qirolga qarshi birgalikda uch marta qo’zg’olon ko’tardilar, bu harakatlarga burgundiyalik Karl Jasur boshchilik qildi. Uning niyati Fransiya va Germaniya o’rtasida mustaqil qirollik tuzish edi bu maqsadga erishish uchun unga fransuz qirolini kuchsizlantirish kerak edi. Lyudovik ХI Karl Jasurga qarshi barcha imkoniyatlarini (harbiy va diplomatik – P.SH.) ishga soldi. Karl Jasur o’ldirildi. O’zining kuchli raqibidan qutulgan Lyudovik ХI udel knyazlarining mustaqilligiga chek qo’ydi. U qirollik hududiga Men, Anju va Provansning boy savdo port Shaharlarini qo’shib oldi. Shundan so’ng Fransiyada faqatgina bitta mustaqil knyazlik qoldi. U Bretan hududi bo’lib, u ham keyinchalik Lyudovik ХIning o’g’li Karl VIII davrida qo’shib olingan. Umuman Lyudovik ХI Fransiya tariхida o’zining raqibini aldash va bergan va’dasini surbetlarcha buzish yo’li bila nish tutuvchi munofiq siyosatchi sifatida tanilgan.Lyudovik ХI davri Fransiya tariхiga absolyut hokimiyatning kuchaygan, mamlakat hududdiy jihatdan birlashtirilgan 21 va fransuz millatining paydo bo’lishi uchun shart-sharoit еtilgan davr bo’ldi. Qirol o’zining notabllar kengashi deb atalgan kengashi bilan birgalikda mamlakatda cheksiz hukmronlikka ega bo’ldi. Nazorat uchun savollar: Fransiyada dastlabki kopetinglar qachon hokimiyatga keldilar? Fransiyadagi «sevr» va «villanlar» atamalari kimlarga nisbatan ishlatilgan va u Angliyadagi shu atamaning ishlatilishidan qanday farq qiladi? Filipp IV chiroyli qirollik хarajatini qoplash uchun qanday tadbirlarni amalga oshirdi va bu tadbirlardan biri uni nima uchun Rim papaligi bilan to’qnashtirdi? «Papalikning Avinon qamali» qanday yuz berdi va qancha davom etdi? Karl V ning islohotlari qaysi sohada bo’ldi?Janna d’Arkni nima uchun diniy sudga berdilar? 22 2-MAVZU: XI-XV ASRLARDA ANGLIYA. R E J A: 1. XI-XIII asrlarda Angliyada siyosiy markazlashishning boshla- nishi. 2. Angliyada parlamentning vujudga kelishi 3. Uot Tayler qo’zgoloni. 4. Qizil va oq gullar urushi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling