Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch tushunchalar: Mixail VIII, Duklar, «Angor faloqati» ,
Adrianopol, Solun (Fessalonika), Gerakleya, Sulton Murod, Stambul,”Avliyo Sofiya”, Gabsburglar. 1261-yildan keyin Vizantiyaning sotsial-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti. 1261- yilda grek Vizantiya imperiyasining qaytadan tiklanishi buyuk davlat bo’lgan Vizantiyaning o’tmishdagi kuch qudratini qayta tiklash degan so’z emas edi. Mixail VIII Paleologning mulklari faqat Kichik Osiyoning shimoli-g’arbiy burchagidan, Bolqon yarim orolidagi Frakiya va Makedoniyadan, Moreyaning bir qismidan va Egey dengizining shimoliy qismidagi ba’zi bir orollardan iborat edi. Konstantinopol talangan va qisman vayron qilingan edi. Uning savdo sohasidagi ahamiyati yo’qoldi. Venetsiyaliklar va genuyaliklar Egey dengizida ham, Bosforning o’zida ham, shuningdek, Qora dengizda ham savdo-sotiq ishlarini o’z qo’llariga kiritib olgan edilar. Laginlarning hukmronligi Vizantiyaning urushi savdo aloqalarini yemirib tashladi. Ammo u, ayni zamonda, Vizantiya davlati idorasining eski mexanizmini ham vayron qildi. Qayta tiklangan Vizantiya iqtisodiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham bir-birovlari bilan bog’lanmagan hamda markazga uncha itoat qilmagan, o’ziga mustaqil okruglarga tobora ko’proq bo’linib borgan viloyatlar yig’indisigina edi. Kichik Osiyo feodallari Sharqda «mustaqil siyosat» yurgizib, turk amirlari bilan o’zlaricha shartnoma va bitimlar tuzar edilar. Bolkon yarim orolida Duklar, Angellar, Kantakuzenlarning aristokratik xonadonlari Paleologlar bilan raqiblashib yurardilar. XIV asrda Kantakuzenlar Paleologlarni taxtdan 71 ancha vaqtlargacha chetlatib, imperatorlik hokimiyatini bosib olishga muyassar bo’ldilar. Vizantiya tarixining so’nggi davrini xarakterlab beruvchi o’zaro feodal urushlari uning siyosiy hayotini izdan chiqardi, bu esa Vizantiyaning ichki iqtisodiy aloqalari zaiflashganligini bilvosita ko’rsatib berdi. Vizantiyaning keyinroq davrida natural xo’jalikka va ishlab berish (otrabotka) rentasiga qaytishdek ochiqdan-ochiq orqaga ketish (regress) paydo bo’ldi. Qashshoqlashgan aholining davlat talab etgan og’ir soliqlarni to’lashga qurbi yetmay qoldi, xolbuki, davlat o’zining hududi kamaygan bo’lishiga qaramay, nomunosib katta byurokratik apparatni saqlab qolgan edi. Faqat krepostnoy dehqonlar (pariklar) gina emas, balki shahar plebey elementlari ham g’oyat pochor ahvolda yashardilar. Sanoat, savdo-sotiq, dengizchilikning orqaga ketishi shahar kambag’allari uchun va xatto shaharliklarning o’rta tabaqasi uchun ham kelgusida ishsizlik, ochlik va batamom qashshoqlanish xavfi tug’ilgan edi. Sotsial munosabatlar tobora keskinlashdi. XIV asrning 40-yillarida imperiya bo’ylab shaharliklarning kutilmagan g’oyat zo’r harakatlari avj oldi. Bu harakatlar Adrianopol, Solun (Fessalonika), Gerakleya va boshqa shaharlarda yuz berdi. Solundagi yetti yil (1342—1349) davom etgan harakat ayniqsa kuchli harakat bo’ldi. Zilotlar qo’zg’oloni nomi bilan mashxur bo’lgan bu harakat natijasida qo’zg’olonchilar mahalliy patritsiy zodagonlarning vakillarini qatl etdilar, bu zodagonlarning molu-mulkini musodara qildilar, Italiya shahar respublikalari tipidagi Solun (Fessalonika) shahrini mustaqil respublika deb e’lon qildilar. Turklarning Maritsa daryosi bo’yidagi (1371 y.) va Kosovo maydonidagi (1389 y.), shuningdek, Nikopol yonidagi (1396 y.), g’alabalari Konstantinopolning qulashini muqarrar qilib qo’ydi. Boyazid tezda Vizantiyani zabt qilish haqidagi rejasini hech kimdan yashirmadi. Vizantiya imperatori Manuil II 1399— 1402 yillarda g’arbiy Yevropaga ketib, u yerda Italiyaning turli hukumatlaridan, shuningdek, Angliya va Fransiya qirollaridan yordam olishga urinishi behuda bo’lib chiqdi. Manuil Parijda turgan paytida, unga mugullar Boyazidni tormor qilib tashladi, degan xabar yetdi. Imperator dahshatli dushmandan batamom qutulibman degan umidda Konstantinopolga qaytib keldi. «Angor 72 falokati» tufayli Vizantiyaning halokati haqiqatan yana ellik yil orqaga surildi. Imperiya xatto Solun shahrini bir oz vaqt o‘ziga qaytarib oldi.XV asr boshlarida Turkiya davlatining inqirozi . Mugullar bilan to‘qnashish. Turkiya davlatining kengayishi Temur hujumi munosabati bilan vaqtincha to‘xtab qoldi. O‘rta Osiyoda ulkan imperiya tuzgan Temur (Temurlang) Yaqin Sharqni ham o’ziga bo’ysundirgan edi. 1402-yil yozida Temur g’oyat katta qo’shin bilan Kichik Osiyoga kirdi. Boyazidning ham katta harbiy kuchlari (120 mingga yaqin kishi) bor edi, lekin Kichik Osiyolik turk amirlari sultonga xiyonat qilib, Temur tomoniga o’tdilar. 1402-yil 28-iyulda Anger (hozirgi Anqara) yonida qat’iy jang bo’lib, turklar batamom yengildilar. Boyazid qochib borayotgan mahalida qo’lga olinib, temir kafasga solindi va tez orada asirlikda vafot etdi. Temurlang Turkiya davlatini yo’q qilib yubormadi. Uning floti bo‘lmaganligi uchun Yevropaga bormay, O‘rta Osiyoga qaytib keldi. 1405-yilda Temur vafot qildi, shundan keyin uning imperiyasi tezda tarqalib keta boshladi. Angor mag‘lubiyati natijasida turk feodallarining uzoqqa cho‘zilgan o’zaro urushlar boshlandi. Uzoq vaqtgacha sultonning yagona hokimiyati bo‘lmadi. Boyazidning o’g‘illari o‘rtasida sultonlik taxti uchun qurolli kurash bo’ldi. 1415— 1418 yillarda Kichik Osiyoda (Anatoliyada) turk dehqonlarining qo’zg’olonlari yuz berdi. Bularning hammasi turklar e’tiborini Vizantiyadan chetga tortdi. Ammo Turkiya davlatining siyosiy inqirozi muvaqqat inqiroz edi. Turklarda biror-bir jiddiy yangi tashqi dushman yo’q edi. Vizantiya avvalgidek kuchsiz davlat bo’lib qolaverdi. XV asrning 20-yillarida turklar yana qaddilarini rostlab oldilar. Ulardagi ichki nizolar barxam topdi. Kichik osiyolik dexqonlar xarakati bostirildi. Turkiya harbiy tashkiloti yana ancha kuchaytirildi, jumladan, turklar bu vaqtda o‘zlarining harbiy sistemalariga artilleriya joriy etgan edilar. O’z raqiblarini yenggan sulton Murod II (1421 —1451) 20-yillarning boshlarida istilolarni yana qaytadan boshladi. 1422-yilda u Konstantinopolni uch marta qamal qilsada, lekin uni qo’lga ololmadi. 1430-yilda Solun olinib, uning barcha aholisi qullarga aylantirildi. Florensiya (uniyasi) ittifoqi. Vizantiya mulklari faqat Konstantinopol shahri va unga tutashgan kichik okrug bilan 73 chegaralangan edi. Turkiya mulklari halok bo’lib borayotgan imperiyani zich halqa bilan o’rab olgan edi. Vizantiya hukumati turklarga qarshi zo’r berib katoliklar Yevropasidan yordam axtardi. Imperatorlar grek cherkovini papa hokimiyatiga bo’ysundirishga tayyor edilar. Papalar bu taklifga qattiq yopishib oldilar. 1439-yilda Florensiya soborida papa hokimiyati ostida sharqiy va g’arbiy cherkovlar ittifoqi e’lon qilindi. Ammo greklarning o’zlari ittifoqqa keskin qarshilik ko’rsatdi. Grek flotining boshlig’i Luka Notara, Konstantinopolda papa bosh kiyimidan ko’ra, turk sallasini ko’rishni a’loroq ko’raman, deb oshkora aytgan edi. Shu sababli uning fikriga yuqori tabaqa sinflar orasida ham, quyi grek aholi ommasi ichida ham ko’plar qo’shilgan edi. quyi grek aholi ommasi salib yurishlari va Lotin imperiyasi zamonlaridan boshlaboq g’arbiy Yevropa feodallariga nafrat ko’zi bilan qarardi. 1444 yilda turklarga qarshi yangi salib yurishi uyushtirilib, unda polyaklar, chexlar, vengrlar, nemislar, qisman fransuzlar va boshqa g’arbiy yevropalik ritsarlar qatnashgan edi. Ammo salibchilarning bu safargi yurishi ham muvaffaqiyatsiz bo’lib chiqdi. Varna yonidagi jangda (1444 y. 10 noyabr) ritsarlar yakson qilindi. Shuning o’zi bilan Konstantinopolning halokati oldindan hal qilib qo’yildi. Konstantinopolning qulashi. Konstantinopol 1453 yil 29 mayda quladi. So‘nggi Vizantiya imperatori Konstantin XI (1448—1453) edi. Sulton Murod III ning taxt vorisi — sulton Muxammad (Mexmed II) (1451 —1481) Konstantinopolni zabt etdi. Konstantin XI ixtiyorida arzimagan miqdorda harbiy kuchlar 10 mingdan kamroq kishi bo’lib, bu kuchlar ham yollangan askarlardan, ko’proq genuyalik soldatlardan tashkil topgan edi. Muxammadning 200 ming askari bo’lib, uning 15 mingini tanlangan yanicharlar tashkil qilardi. Konstaitinopol qamali ikki oycha davom etdi. Qamalda qolganlar dengiz orqali bir oz vaqt madad qo’shinlari, qurol-yarog’ va oziq-ovqat olib turdilar. Konstantinopolni quruqlikdan ham, dengizdan ham o’rab olish uchun Muxammad II yollangan maxsus yog’och to’shamalar yordamida turk kemalarini Oltin Shoxga sudrab olib o’tishni buyurdi, chunki gavanga kirish yo’li ulkan zanjirlar bilan to’sib qo’yilganligi sababli, unga boshqacha yo’l bilan 74 o’tib kirishning iloji yo’q edi. Imperator Konstantin o’ldirildi, shahar himoyachilarining ko’pchiligi kirib tashlandi. Istilochilar Vizantiya poytaxtini bearmon taladilar. Ammo Konstantinopolni Turkiya imperiyasining poytaxti qilishga qaror berilgani uchun, sulton shahar binolariga ziyon-zaxmat yetkazilmasin, deb buyruq berdi. Yustinian zamonidan qolgan mashxur yodgorlik, ya’ni avliyo Sofiya sobori saqlab qoldirildi, lekin keyin u «Avliyo Sofiya» nomi ostida sultonning asosiy masjidiga aylantirildi. Konstantinopol yangi nom — Istanbul nomini oldi. Shu tariqa eski Rim qulagandan keyin, oradan ming yil o’tgach, ikkinchi (Yangi Rim), ya’ni Konstantinopol ham quladi. Janubi-Sharqiy Yevropada uzoq vaqtgacha oshkora mustabid harbiy feodal zulmi va eng og’ir milliy zulm tizimi o’rnatildi. Konstantinopolni istilo qilishning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari. Vizantiyani turklar tomonidan istilo qilinishi Yevropa xalqlari uchun g’oyat katta oqibatlarga sabab bo’ldi. Konstantinopolning qulashi bilan Levantiyadagi savdo-sotiq ishlari orqaga ketdi. Turklar bosib olgan Mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilish sharoitlari keskin yomonlashdi. Turklar osiyolik va yevropalik savdogarlardan juda katta haq undirib oladigan bo’ldilar. Savdo yo’llari xavfli bo’lib qoldi. Turklarning beto’xtov olib borgan urushlari O’rta dengiz bo’yida muntazam savdo- sotiq ishlarini olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. Bundan shu holni ko’ramizki, turk istilosi yevropalik savdogarlarni va dengizchilarni Turkiya mulklarini chetlab o’tib Sharqqa, Hindistonga boradigan yangi dengiz yo’llarini axtarib topish harakatini kuchaytirdi. Turklarning Konstantinopolni istilo qilishi Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun, shu jumladan, slavyan Mamlakatlari uchun ham ayniqsa katta siyosiy ahamiyatga ega bo’ldi. XVI asrda Turkiya Polsha, Chexiya, Vengryya, Avstrnya, Ukrainaga qarshi agressiya qildi. Turklar 1526 yilda Moxach yonidagi jangda g’arbiy Yevropa salibchilari ustidan yangi g’alaba qozonganlaridan keyin, Turkiya Vengriyaning katta bir qismini egalladi va Gabsburglarning mulklariga bevosita xavf-xatar soldi. Turkiya solgan xavf-xatar, pirovardida, Gabsburglar boshchiligida O’rta Dunay bo’yida 75 yashagan xalqlardan iborat ko’p millatli Avstriya davlatining vujudga kelishiga imkon berdi. Ammo turklar g’arbiy Yevropaga ham ma’lum darajada xavf solmoqda edilar. XVI asr boshlarida Yevropa va Osiyo tutashgan joyda o’zining tarkibiga Misrdan tortib to Ispaniyagacha barcha shimoliy Afrika sohilini ham kiritgan g’oyat katta tajovuzkor davlatning tashkil topishi butun Yevropani turklarning bostirib kirish va payhon qilib tashlashdek jiddiy xavf-xatar ostida qoldirdi. Lekin Yevropa Turkiya masalasida bir fikrga kelolmadi. Yevropa davlatlarining bir qismi turklar tomoniga o’tdi. Ba’zi bir g’arbiy Yevropa hukumatlari, Yevropadagi o’z raqiblari bo’lgan boshqa davlatlarga qarshi kurashda Turkiya imperiyasiga yangi ittifoqchi maydonga keldi, deb qaradilar. Yevropada avvalo Fransiya Turkiya masalasida ana shunday do’stona mavqeni egalladi, chunki Fransiya Gabsburglarga qarshi kurashda Turkiyadek bir ittifoqchiga muhtoj edi. XVI asrning ikkinchi yarmida Yaqin Sharq bozorlarini bosib olishga intilayotgan Angliya ham Turkiya bilan yaqinlashmoqchi bo’ldi. Nazorat savollar: 1. 1261 yildan keyin Vizantiyaning sotsial, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti qaysi sohalarda ayniqsa yaqqol ifoda etiladi? 2. Qanday sabab va omillar Turkiya davlatining inqiroziga olib keldi? 3. Florensiya (uniyasi) ittifoqi qanday maqsadda va qay tariqa tashkil etildi? 4. Konstantinopolning qulashiga nimalar sabab bo’ldi? 5. Konstantinopolni istilo qilishning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari nimalardan iborat bo’ldi? 76 7-MAVZU : XII-XV ASRLARDA RUS DAVLATI. Reja: 1. Rusda feodal tarqoqlik. 2. Kiyev Rusidan mustaqil knyazliklar: 3. Mo`g`ul tatar istilosi hamda nemis va shved bosqinchilariga qarshi kurash. 4. Rus yerlarining Moskva tevaragida birlashuvi Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling