Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: Benifitsiy -imperator
tomonidan Cherkovga in'om etiladigan yer.Arxiyepiskop-monastr boshlig'i.Monastr-xristian Cherkovi talabigaj avob beradigan kuchli tashkilot. XII-XII asrlarda Germaniya taraqqiyotining iqtisodiy va siyosiy xususiyatlari. XI asrdan boshlab Yevropada ro'y bergan iqtisodiy, siyosiy o'zgarishlar Germaniya, Italiya taraqqiyotiga ham ta'sir qildi. XII-XIII asrlarda Germaniyada ham ishlab chiqarish kuchlari ko'zga ko'rinarli darajada rivojlandi. Qishloq xo'jaligi va cherkovlik rivojlanib, nafaqat aholini ehtiyojini balki, qisman hunarmandchilik va sexlarni ham xom ashyo bilan ta'minlaydigan bo'ldi. Xuddi shu davrda Germaniyada shaharlar ham ancha rivoj topdi. Reyn va Dunay daryolari bo'ylaridagi eski va yangi shaharlar gavjum sanoat markazlariga aylandi.Fransiya, Niderlandiya, Italiya va Vengriya, Bolqon mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarini olib bordilar. Germaniya hunarmandchiligi, sexlarida movut, surp, metallsozlik mahsulotlari, mo'ynachilik, qurol-yarog' ishlab chiqarilardi. Keln, Vorms, Frankfurt, Ulm, Nuyurenberg, Augsburg shaharlari sanoati rivojlangan, savdo markazlari edi. Germaniyaning taraqqiy qilishiga qaramay, mamalakat hali feodal tarqoqlikni o'z boshidan kechirayotgan edi. Gersogliklar va boshqa dunyoviy va ruhoniy knyazlar ancha ko'p bo'lib ,ular o'zlarini erkin his qilardi. Imperator bular orasida ancha ta'sirli bo'lib, senorlikni o'z qo'liga olgan edi. Ammo, markaziy korollik-imperatorlik hokimiyati esa shaharlar bilan bo'sh bog’langan 36 edi. Germaniyada xuddi Fransiya, Angliyada bo'lgani singari imperatorlikning shaharlar bilan aloqasi mustahkam emas edi. shaharliklar feodallarga qarshi kurash olib borganlarida korol hokimiyati betaraflik siyosatini tutdi. Chunki bu davrda Germaniya ichki shaharlarning rivojlanishiga emas,tashqi shaharlarning savdo-sotiq ishlariga e'tibor bergan edi. Germaniya imperatorlari agressiv tashqi siyosat olib borishgan edi. Italiyadagi urushlar ,boy italyan shaharlarning eksplutatsiya qilinishi, dunyoga hokim bo'lish planlari, Sharqiy yevropadagi va Yaqin Sharqdagi bosqinchiliklar- mana bularning hammasi korollar-imperatorlarni Germaniyadagi ichki siyosat vazifalaridan chetga chalg'itib, ularni nemis shaharlari taqdiriga befarq qaraydigan qilib qo'yardi. Shtaufenlar uchinchi german dinastiyasining tarixi (l138-1254 yillar) german imperatorlari yurgizgan tashqi bosqinchilik siyosati Germaniyaning ichki siyosati bobida naqadar halokatli oqibatlarga olib kelganligini ayniqsa yaqqol ko'rsatib beradi. Shtaufenlarning idora qila boshlashi. Lotar Saksoniyskiy (1125- 1137y) boshqargan, kuchsiz imperator edi. Shu bois Shtaufenlar xonadoni bilan Velflar xonadoni o’rtasida hiyla ishlatishga majbur bo'ldi, chunki Shtaufenlar Shvabya gersoglari bo'lish bilan birga, Fransiyada ham kuchli ta'sirga ega edilar va Bavariya Gersoglari esa Velflar xonadoniga mansub kishilar edilar. Litar Bovariya gersogi Genrix Mag'rur bilan yaqinlashib unga o'z qizini nikohlab berdi. Velflarning kuchayib ketishidan qo'rqqan knyazlar Konrad Shtaufenni imperator qilib sayladilar. Konrad III (1138-1152) ikkinchi salib yurishda qatnashgan edi. U Velflarga qarshi kurash olib bordi. konrad Velflardan Bovariyani tortib olib, ularga faqat Saksoniyani qoldirdi.Konradning taxt vorisi Fredrix I Barbarossa davrida Shtaufenlar dinastiyasi eng zo'r qudratga ega bo'ldi. Fredrix I Barbarossa va uning Italiyaga qilgan yurishlari. Fredrix I Barbarossa (sariq soqol) 38 yil imperatorlik qildi (1152-1190). U shavqatsiz tajovuzlar, g'oyat shuhratsiz va makkor siyosatchi edi. Fredrix Bovariyani Velflarga qaytarib berib, ularni tinchitgach, salib yurishlari natijasida boyigan Italiya o'zining diqqat-e'tiborini qaratdi. 37 Fredrix Rimda toj kiyish paytidayoq (1154-1155) Italyan shaharlarning boyib ketganligiga va ayni zamonda Italyaning siyosiy jihatdan zaiflanib feodal territorial knyazlar, Shahar -Pespublikalar bir- biroviga dushmanlik munosabatida edilar. Fredrix I Rim papasi bilan yaxshi munosabatlar o'rnatib, Rim pespublikasiga asos solishga harakat qilgan (1143yilda) Arnold Berishianskiyni papa zindoniga tashlandi, uning jasadi esa Gulxanda kuydirildi (l155y). Rim Respublikasi tugatildi. Ammo oradan ko'p o'tmay imperatorlarining papa bilan munosabatlari yomonlashdi. Papa kuriyasida, Rim imperator papa boshidan "benifitsiy" tarzida toj kiydi va shu sababdan u papa aytganlariga quloq solmog'i lozim, deb bayon qilingan edi. 1157-yili Bezansondagi reyxstagda papa vakili (legati) ana shu haqda ochiqdan-ochiq gapirgan edi. Ikkinchi tomondan, Fredrix I Barbarossaning o'zida Italiyani batamom tobe qilish va uni quloq qoqmay bo'ysunadigan viloyatga aylantirish plani vujudga keldi. 1158-yilda Fredrix I Barbarossa Italiyaga bostirib kirdi. Taxminan 100 ming qo'shin bilan 1158-yilning noyabrida Rankal vodiysida (Pechensa shahriga yaqin joyda) katta seym chaqirib, unga Italiyaning barcha eng yirik feodallarini va Italiya shaharlarining vakillarini taklif etdi. Ana shu Rankal qarorlarida, imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan hokimiyatiga aylantirdi. Jinoiy ishlar sudi, tanga-chaqa zarb etish huquqi, yer-mulklarni taqsimlash, shahar podestalarini (imperator noibi) tayinlash va hokazolar tamomila Fredrix I Barbarossa qo'liga o'tdi. Imperator xizmatiga o'tgan yuristlar uning hokimiyati mutlaq hokimiyat deb topdilar traitatlarda imperatorni "yerdagi jonli qonundir" deb yozdilar. O'zini doimiy mustaqil deb his qilgan Lambardiya shaharlari Fredrix I Barbarossaga qarshi bosh ko'tardilar. Milan shahri bu harakatlarda gegemonlik rolini o'ynadi. 1162-yilda Fredrix I Barbarossa bu qo'zg'olonni shavqatsizlarcha bostirdi. Milan shahri yer bilan yakson qilindi. Shahar aholisiga sakkiz kun mobaynida shaharni tashlab chiqib, qishloqlarga ko'chib borib joylashish taklif qilindi. Shahar markazi qo'sh bilan haydalib, so'ngra uning pushtalariga tuz sepildi. Nemis ritsarlari 38 Milan yonidagi o'z lagerlarida qatl etilgan lambardiyalarning kesilgan kallalarini koptok qilib o'ynadilar. Albatta, bu ishlar lambardiyaliklarning qaddini bukadi. Ular tez orada Lambardiya ligasi nomi ostida nemislarga qarshi Lambardiya shaharlarining ittifoqini tashkil etdilar. Bu ittifoqga 15 ta shahar kirdi. 60-yillardan boshlab bu ittifoq Milan shahri yana asosiy rol o'ynadi. Shtaufenlarning yutuqlaridan qo'rqqan papa Aleksandr III (1159-1181) ham ligaga a'zo bo'lib kirdi. 1167-yilda Fredrix I Barbarossa Italiyaga yana katta qo'shin bilan hujum qilib, Rimni egalladi. Papa Aleksandr III qochib ketishga majbur bo'ldi. O'lat kasali oqibatida (25 ming kishi o'ldi)imperator Germaniyaga qaytishga majbur bo'ldi. 1174-1176 yillarda Fredrix I Barbarossa yana Italiyaga yurish boshladi, lekin bu gal uning yurishi foydasiz bo'ldi. 1176-yilda bahorida Lenyano degan joyda (Milandan sal uzoqroqda) u liga qo'shinlari tomonidan batamom mag'lubiyatga uchratildi. Bu harakatda shaharliklar, hunarmandlar, xalfalar va boshqalar ishtirok etgan edilar. Lenyano yonidagi mag'lubiyat Fredrix I Barbarossani Lambardiya shaharlariga yon berishga majbur etdi.Shaharlar erkin kommuna huquqini oldilar. Ayni vaqtda Fredrix I Barbarossa papa davlatining ishlariga har qanaqangi aralashuvidan voz kechib, papaga hamyon berishga majbur bo'ldi. Fredrix I Barbarossa va Velflar. Fredrix I Barbarossa mag'lubiyatining asosiy sabablaridan biri 1176-yili imperatorning eng yirik vassali Genrix Sher Velflarning Italiyaga yordam qo'shin olib borishi haqidagi iltimosni qondirmagani bo'ldi .Bu ishi uchun Genrix Velfl feodal sudiga tortilgan edi. Ammo Genrix Velf o'z fikriga qolib, imperatorga bosh eggan knyazlarga qarshi kurash boshladi. Knyazlarning o'zaro urushi ikki yil (1178-1180) davom qilib Velflarning yengilishi bilan tamom bo'ldi. Knyazlar sudi Genrix Sherni Germaniyadan haydab yuborishi va uni barcha tanho yerlardan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Keyinchalik imperator uni kechirib Genrix Sher Germaniyaga qatib keldi va imperator unga Saksoniya yerlarining bir qismi (Braunvey Gersogligi) qaytarib berildi. Shunday qilib, Fredrix 39 I Barbarossaning Velflar ustidan g'alaba qozonishi uning katta yutug'i edi. Bu narsa feodallarning imperatorga yanada qarshiligini kuchaytirdi.Barbarossa bu siyosati bilan shaharlarni birlashtirish va mustahkamlash emas, balki feodal tarqoqlik tarafdorlari bo'lib chiqdi. Bu holatni Saksoniyani taqsimlash va uni bir nechta yirik feodallarga o'tkazishida ifodalash mumkin. Fredrix I Barbarossaning Sitsiliyaga nisbatan to’tgan siyosati. Fredrix I Barbarossa Italiya masalasida bu gal boshqacha siyosat tutdi. 1186-yili o'z o'gli Genrix VI ni Sitsiliya taxtinning voris malikasi Konstantinga uylantirdi.Shuning o'zi bilan Shtaufenlar Sitsiliya orollaridan tashqari Italiyaning butun Janubiy qismini ham o'z ichiga olgan kuchli korollikni qo'lga kiritdilar. Barbarossa buni diplomatik faoliyatidagi eng yirik yutuq deb bildi. Bu ish Lambardiyaliklarga va papaliklarga ma'qul bo'lmadi, aksincha ularni g'azablantirdi. Mahalliy aholi Genrix VI va uning odamlariga bosqinchi zolimlar sifatida qaradi. Fredrix I Barbarossa 1190-yilda o'zi qatnashgan uchinchi Salib yurishi vaqtida vafot etdi.Keyinchalik Fredrix I Barbarossa nemis millatchilik adabiyotlarida o'ta darajada ideallashtirdi (1940 18-dekabrda Fredrix I Barbarossa plani tasdiqlandi). Innokentiy III davrida papalik Papa Innokentiy III davrida (1198- 1216) papa hokimiyati zo'r qudratga ega bo'ldi. Uning davrida "Yerdagi hokimiyat-xoqonlariga, samodagi hokimiyat-ruhoniylarga berilgan va tanalar ustidan korollar, jon ustidan ruhoniylar qo'shilgan", Oy quyoshdan yorug'lik olganidek, imperatorlar ham o'z hokimiyatlari papadan oladilar degan teokratiya hukumronlik qilar edi. Papa sudi katta tribunalga aylangan edi, hamma masalalarni ko'rib chiqish va hal etish huquqlari berilgan edi. Shu va boshqa yo'llar bilan papa xazinasi istagan korol xazinasidan boyroq edi. Ko'pgina korollar papaning vassali deb tan olgan edilar. Shular orasida Angliya, Aragaon, Portugalya, Balgariya, Shvesiya, Daniya, Polsha, Armaniston korollari bor edi. Innokentiy III ixtiyorida monaxlarning urushqoq ordenlari bor edi, va’zxonlik ishlariga ixtisoslashgan orraniiskanlar va universitetlarga kirib, ularda inkvizitsiya ishlarini olib borgan dominikanlar ordenlarga 40 endigina asos solinayotgan edi. Innokentiy davrida bunday invizitsiyalar Fransiyaning Janubida keng tarqalgan edi, keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham tarqaldi. Fredrix II Shtaufen. Fredrix II Shtaufen ( 1212-1250) Shtaufenlar xonadoning ikkinchi eng ko'zga ko'ringan vakili edi. Yarim nemis, yarim italyan bo'lgan Fredrix II Shtaufen turli-tuman madaniy ta'sirlarga berilgan edi. Arab-Vizantiya ta'siri unda ayniqsa kuchli edi. U arab va yunon tillarini yaxshi bilar edi, saroyda arab-yahudiy,Vizantiyalik olimlar doimo to'planishar edi. Uning Palermodagi saroyi sharqona uslubda qurilgan bo'lib u sharq musiqasi va raqslari, Sharq adabiyoti va poeziyasi, Sharq arxitekturasini har taraflama rag'batlantirib turardi. Fredrix II Sharq arab-turk hokimlari bilan do'stlik munosabatlarini yaxshi yo'lga qo’ydi. Fredrix II Shtaufenning siyosati avvalo Sitsiliya korolligini markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirishdan iborat edi. Bu sohada o'ziga qarshi chiqqan feodallar harakatini bostirdi. Uning harbiy qo'shinlari musulmonlardan tuzilgan yollanma otryadlar edi. 1231-yilda Fredrix II Shtaufen Sitsiliya korolligining konistitutsiyasini e'lon qildi. Bu konistitutsiyaga: Mahaliy feodallarning.huquqlari; Janubiy Italiya shaharlarining erkinligi yanada ko'proq qirildi. Qirollik bir nechta ma'muriy oqruglarga bo'linib, uni gubernatorlar boshqarardi. Yer solig'i Innokentiy III va boshqa xil soliqlar ko'paytirildi. Fredrix II Germaniyadan uzoqda bo'lganligi sababli u German feodallarning ko’pchilik shartlariga ko'nishga majbur bo'lardi . Masalan: Germaniyadagi dunyoviy va ruhoniy knyazlarning ma'muriy sud bobidagi huquqlarini kengaytirish to'g’risida Fredrix II Shtaufen rozilik berdi. Fredrix II shaharlarga nisbatdan feodal knyazlarni qo'llab quvvatladi. 1232-yilda xuddi shunday bo'ldi. Italiyada Fredrix II Shtaufen Lambardiya Shaharlariga qarshi dushmanlik harakatlarini boshlab yubordi, ammo Lambardiyalilar bu safar ham papalik bilan birlashdilar. Fredrix II zamonida imperatorlik bilan papalik o’rtasidagi kurash nihoyatda qattiq bo'ldi. 41 Papalik bilan kurashning yangidan boshlanib ketishi. XIII asrning 20 yillaridan ayniqsa papa Grigoriy IX davrida (1227-124l) imperator bilan papa o’rtasidagi munosabatlar ancha keskinlashdi. Papa imperatorlardan Salib yurishiga chiqishni talab qilgan edi. Fridrix II 1228 -1229 yillarda shunday yurishlarni (oltinchi Salib yurish) tashkil qilgan edi. Lekin Fredrix II Shtaufenning Turk-Misr sultonlari bilan yaxshi munosabatda bo'lishi papa kuriyasini ranjitib qo'ygan edi. XIII asrning 30-yillarining yarmidan e'tiboran imperatorning papalar va ayni zamonda Lambardiya shaharlari bilan o'n besh yillik shiddatli urush boshlandi. 1332-yilidayoq papa ishtirokida Lambardiya megasi yana ishga tushdi. 30- yillar o’rtasida Fredrix II Shtaufen Lambardiyaga hujum boshladi, Rimga kirdi, Genrix IX u yerdan qochib ketishga majbur bo'ldi.Bunga javoban Genrix IX Fredrix II Shtaufenni dinsizlikda ayblab barcha knyazlarga yangi imperator saylashni taklif etdi. Papa Innokentiy IV (1243-1254) davrida bu kurash keskin tus oldi. Innokentiy IV Rimda istiqomat qilishdan xavfsirab, Genuyaga ko'chib ketdi. Papa Genuyadan turib fransuz va ingliz korollarini imperatorga qarshi kurashga davat etdi. 1245- yilda Lionda cherkov yig'ilishida imperator "kofirlik” va "shakkoklikda" ayblandi. Ammo, fransuz va ingliz korollari bu janjallarga aralashishni istamadilar. Germaniyada Fredrix II Shtaufenning Genrix Sher Konrad IV german feodallarining bir qismini o'ziga og'dirishga erishdi. Ikki to'da ,ya'ni papa tarafdorlari bo'lgan gvelflar bilan imperator tarafdorlari bo'lgan gibellinlar o’rtasidagi shiddatli kurash Italiyaning ko'p shaharlarini qamrab oldi. Shtaufenlar dinastiyasining tugashi. Germaniyada imperator hokimiyatining tushkunlikka ketishi. Fredrix II Shtaufen vafotidan keyin uning o'gli Konrad IV imperator qilib saylandi. Ammo oradan ko'p o'tmay 1254-yilda Konrad IV vafot etadi. German knyazlari uning go'dak o'gli Konradinni imperator qilib saylashga rozilik bermadilar. Konradin amakisi Fredrix II Shtaufenning ikkinchi o'gli Manfred huzuriga ketib qoldi. Sitsilya korolligi Monfred qo'liga o'tgan edi. Biroq papalar Shtaufenlarning Janubiy Italiyaga ham hukmronlik qilishni 42 istamadilar. Papalar Karya Anjuysqiy (fransuz koroli Lyudovik IX ning ukasi) boshliq fransuz feodallarini Italiyaga taklif qildilar. 1266-yili Benevent shahari yonida fransuzlar Manfred qo'shinlarini yengdilar. Bu jangda Manfred o'ldirildi. 1268 yili Konradin o'z tarafdorlari bilan fransuzlarni Janubiy Italiyadan siqib chiqarmoqchi bo'ldi, ammo udallay olmadi.Asir olingan Konradin Neapol shahrida boshi tanasidan judo qilindi (1268 y). Shunday qilib, Germaniyada Shtaufenlar dinastiyasi tugatildi. 1254-1273 yillar davomida Germaniyada butunlay imperator bo'lmadi. Feodallarning o'zaro urushlari mamlakat taraqqiyotiga kuchli zarba bo'lib tushdi, uni xarob qildi. Mamlakat uzoq yillar davomida tanazzulga yuz tutdi. Nazorat topshiriqlari: 1. XII-XIII asrlarda Germaniya taraqqiyotining asosiy xususiyati nimada? 2. F.Barbarossa tashqi siyosatining asosiy yo'nalishi qanday maqsadga qaratilgan 3. Imperator va Papalik o’rtasidagi ziddiyatning sabablari nimada ? 43 4-MAVZU: X1-XV ASRLARDA CHEXIYA REJA: 1. XII-XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. 2. Chexiyada nemislar mustamlakasi. 3. Chexiya qirollari va imperiyasi. 4. Lyuksemburglar sulolasining hokimiyatga kelishi. 5.Ijtimoiy va milliy ziddiyatlarining keskinlashishi. 6.Yan Gus va uning ta’limoti. Guschilar urushi ahamiyati. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling