Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: «O’ttiz yillik urush», 
sekulyarizatsiya, krepostnoy, absolyutizm, partikulyarizm, «yeres», 
gersog, «Chex birodarlari», ritsar, meshchan, seym, Mayestat, 
arxiyepiskop, «defenestrasiya», Turn, pfals, kurfyursti, Transilvaniya, 
Osnabryuk, Myunster, yepiskop, gersog, Lujis yerlari, protestant, 
yeksport, pfalsgraf, lyuteran, kalvinist
XVI asr oxirida Germaniyaning iqtisodiy tushkunligi natijasida 
siyosiy 
tarqoqlikning 
vujudga 
kelishi 
va 
gabsburglarning 
Yevropadagi rejalari. Buyuk geografik kashfiyotlar va bu kashfiyotlar 
bilan bog`liq tarzda savdo yo’llarining o’zgarib ketishi Germaniyaning 
iqtisodiy taraqqiyotiga yomon ta’sir qildi. XVI asrning ikkinchi yarmida 
buning oqibati shu bo’ldiki, nemis savdo sotig’i tushkunlikka yuz tutdi. 
Ammo ularning roli shu qadar past ediki, ularni Amsterdamga ham, 
Londonga ham sira taqqoslab bo’lmas edi. Butun Germaniya tobora 
agrar mamlakatga aylanib borar, unda yetishtirilgan qishloq xo’jalik 
maxsulotlari sanoati ko`proq taraqqiy qilgan mamlakatlarga chiqarilar 
edi. Gollandiya, Shvetsiya, Angliya ko`proq germaniyaning Shimoliy – 
Sharqiy viloyatlaridan mahsulotlar sotib olar edi. Germaniyaning siyosiy 
tarqoqligi saqlanibgina qolmay, balki asr davomida yana ham avj oldi. 
Knyazlar Cherkov mulklarini musodara (sekulyarizatsiya) qilish 
hisobiga o’z yerlarini ko`paytirdilar. Ular ichki va tashqi (yeksport) 
savdodan o’z daromadlarini oshirish yo’lida foydalanib, o’zlarining 


110 
mahalliy knyazlik absolyutizmini o’rnatdilar. Lyuteran cherkovining 
mahalliy hokimlarga batamom bo’ysundirilishi munosabati bilan
mahalliy knyazlarning siyosiy hokimiyati kuchaydi. Diniy nizolar 
knyazlarning imperatorga qarshi olib borgan kurashlarini ham nikohlab 
turaveradi. Imperator avvalgidek mamlakatdagi katoliklar partiyasiga 
rahbarlik qilar va papalik bilan mahkam ittifoqda edi. Eng yirik 
knyazlarning ko`pchiligi protestant edi, ulardan ko`pi lyuteran, bir qismi 
(pfalsgraf Reynskiy) edi. Imperator knyazlari o’ziga bo’ysundirishga 
harakat qilar va bunga «yeres»ning kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, 
cheklab qo’yish istagini vaj qilib ko’rsatardi. Knyazlar kuchayib,
natijada knyazlik absolyutizmi joriy qilinganiga qaramay, imperator 
hokimiyatining kuchi hali ozmuncha emas edi. Ammo gabsburgalar 
faqat Germaniyadagina hukmronlik qilib qolmadilar. Gabsburglarning 
urug’lari Ispaniyani ham idora qildilar. Ispaniyadagi Gabsburglar 
avstriya – german Gabsburgalarini qo’llab-quvvatlar edi. Karl Vning 
dunyoga hokim bo`lish ishtiyoqi Filipp II ga ham meros bo`lib o`tgan 
edi. Filipp III zamonida Ispaniya zaiflashib qoldi. Shu sababdan u 
vaqtda boshqa mamlakatlarga va ichki dushmanlarga qarshi kurashda 
ispan Gabsburglari bilan Avstriya Gabsburglarining kuchlarini 
birlashtirish g`oyat kuchli masala bo`lib qolgan edi. Germaniyani 
birlashgan, markazlashgan davlatga aylantirilishini mo’ljallar edi.
Ammo bu vazifaning uddasidan chiqib bo’lmadi. Mamlakat iqtisodiy 
tushkunlikni boshidan kechirayotgan, Shaharlar iqtisodiy jixatdan 
zaiflashib qolganligi tufayli ularning ijtimoiy va siyosiy roli pasayib 
ketgan, krepostnoylikning o’sishi tufayli feodalarning ta’siri kuchaygan 
bir sharoitda mamlakatni birlashtirish ishi ayniqsa qiyin va murakkab 
vazifa edi. Bundan tashqari, Gabsburglar faqat Germaniyani o’zlariga 
bo’ysundirish masalasi bilangina mashg’ul emas edilar. Ular XVI asr 
oxirida ham, XVII asr boshida ham o’zlariga qo’shni mamlakatlarga 
nisbatan agressiv siyosatni davom ettirdilar. Ular XVII asrda sanoat va 
savdo-sotig’i taraqqiy qilgan bir qancha yevropa mamlakatlarini, shu 
jumladan. Gollandiya, Angliya, Fransiya, Daniya, Shvetsiyani o’zlariga 
qarshi qilib ko’ydilar. Nemi protestant knyazlarining o’zlari ham 
imperatorga qarshi kurashda Germaniyadan tashqari ittifoqchilar qidira 


111 
boshladilar. Ichki ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar g`oyat murakkab bo`lgan 
tashqi xalqaro munosabatlar bilan chirmashib ketganligi tufayli 
germaniya vayron qiluvchi o’ttiz yillik urush maydoni bo`lib qoldi. Bu 
urushuning mavjud siyosiy tarqoqligini yanada ko`proq mustahkamladi. 
Germaniya katoliklar reaksiyasi Karlning dastlabki taxt vorislari – 
Ferdinand I (1555-1564) va Maksimilian II (1564-1576) davridayoq 
katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ammo Karl V dan keyin uchinchi 
bo`lib hukmronlik qilgan imperator Rudolf II (1576-1612) vaqtida 
reaksiya ayniqsa kuchayib ketdi. Katoliklar Bovariyasida ham ular uya 
qurgan 
edilar. 
Katoliklar 
protestantlarini 
Reyn 
viloyatlaridan 
muvaffaqiyat bilan siqib chiqara boshladilar. Katoliklar reaksiyasi
G’arbiy-Shimoliy Germaniyaga kirib bordilar. To`g`ri, Gabsburglar 
yirik va mayda feodal yerlarining german konfederatsiyasigagina 
boshchilik qilar edi. Ularning avvalgidek hozir ham umumimperiya 
boshqarma organlari va sudlari, umumimperiya moliyasi (soliqlar) yo’q 
edi. Germaniyani aslida idora qiluvchi ular emas edilar. Lekin 
Gabsburglarning kuchi o’zlariga meros qolgan juda keng yerlarga egalik 
qilishda edi. Bu yerlarda qisman nemislar, ko`proq esa slavyanlar, 
vengerlar, italyanlar va boshqa xalqlar yashardi.
Ittifoq va liga tuzilishi bilan bu ikki lagerning bir-biriga dushmanlik 
munosabati shu qadar keskinlashdiki, ular o’rtasida 1610 yildayoq urush 
boshlanishi mumkin bo`lib qoldi. Biroq. Genrix IV Fransuzskiy o’limi 
tufayli urush bu O’rtada boshlanmay qoldi, chunki ittifoq a’zolari
undan yordam olish umidida edilar.. Urush Rudolf II ning taxt vorisi 
imperator Matvey (1612-1619) davrida boshlandi. Chexiyada yuz 
bergan voqealar urushning boshlanib ketishida katta rol o’ynadi. 
1526 yildan keyingi Chexiyaning gabsburgalar tomnidan istilo 
qilinishi va Daniya bilan Shvetsiyaning urushga krishi. Rus 
davlatining pozitsiyasi.Chexiya 1526 yilda yana imperiya sostaviga 
kirdi va u Gabsburglar xonadonining meros yeri deb hisoblana 
boshlandi. Chexiya Gabsburglar sostaviga kirayotganida chexlarga 
ularning avtonomiyasini, chex seymini, davlat tili sifatida chex tilini va 
milliy Cherkov sifatida chexlarning isloh qilingan Cherkovini saqlab 


112 
qolish va’da qilingan edi. Amalda esa Gabsburglar behayolik qilib, o’z 
va’dalarini bajarmadilar. Vena hukumati chexlarning davlat idorasi 
ishlariga bevosita aralashadigan bo’ldi. Chexiyaga nemis amaldorlari 
yuborilardi. Nemis dvoryanlari chexlarning yerlarini sotib olardilar. 
Chexiyaga iyezuitlarning suqulib kirishi natijasida bu yerda 
kotolisizmning tiklanish masalasi ko’ndalang bo`lib qolgan edi. «Chex 
birodarlari» jamoalarinii ayniqsa kisar va uning faoliyatini har qanday 
yo’llar bilan cheklardilar. Guschilikning eng jiddiy ta’siri XVI asr 
Chexiyasida ana shu jamoalarda saqlanib qolgan edi.
1547 yilda seymning oppozitsion tarzdagi chiqishidan keyin uning 
huquqlari yana ham kamaytirilgan edi. Jumladan, Shaharlik, 
(meshchan)larning vakillari seymga butunlay deyarli kiritilmay 
qo’yilgan edi. Chexiyada yuz bergan jiddiy ahvol 1609 yilda qo’zg’olon 
ko’tarilishiga olib keldi. Pragada Gabsburglarga qarshi namoyishlar 
bo`lib o’tdi. Seym chex sosloviyelari nomidan, agar Rudolf II 
chexlarning siyosiy va diniy huquqlarini e’tirof qilmasa, uni o’zlarining 
qiroli deb tanimasliklarini aytgan edi.XVII asrning yigirmanchi yillari 
oxiriga kelganda Chexiya iqtisodiy jixatdan juda og`ir ahvolda qolgan 
edi. Savdo-sotiq va sanoat orqaga qarab ketmoqda edi. Bu tushukunlik 
qisman shu vaqtlarda markaziy va sharqiy Yevropa boshidan 
kechirayotgan 
og`ir 
ahvolni 
aks 
ettirsa, 
qisman 
Chexiyada 
Gabsburglarning idora qilish siyosatining chex millatiga qarshi 
qaratilganligi oqibati edi. Shunday qilib, Gabsburglarning siyosiy va 
diniy zulmi Chexiyadagi inqirozning umumiy manzarasini yanada 
yomonlashtirirar 
edi. 
Qo’zgolon 
1618 
yilning 
23 
mayida 
«defenestrasiya» deb atalgan narsadan boshlanib ketdi.
1621 yil 21 iyunda Pragada qo’zgolon rahbarlaridan 27 kishi, shu 
jumladan, uchta Shaharlik umum oldida jazolab o’ldirildi. 1627 yilda 
Praga seymida Mayestat tagatilishi rasman e’lon qilindi. Chexiyada 
katoliklar cherkovi tamomila tiklandi. Nemis tili birdan-bir davlat tiliga 
aylandi. Hamma yerda chex amaldorlari o`rniga nemis amaldorlari 
o’tirib oldi. Ko`plab chex yerlari musodara qilindi. Avstriya 
Gabsburglarining Chexiyaning tor-mor qilishi va ispanlarning Pfalsni 
bosib olishi O’ttiz yillik urushning «chexiya-pfals davri» deb atalgan 


113 
birinchi davrining oqibatlari edi. Katoliklarning g’alabasi musodara 
qilingan cherkov yerlaridan tashkil topgan pretestant knyazlar mulkini 
xavf ostiga qo’ydi. Imperatorning g’alabasi 1624 yildan beri boshida 
kordinal Rishel’e turgan Fransiyani ham tashvishga solib qo’ydi. 
Shunday qilib, imperator bilan knyazlar o’rtasidagi, katoliklar bilan 
protestantlar o’rtasidagi, gabsburglar bilan Chexiya o’rtasidagi 
munosabatlariga doir ichki masala chet ellarga ham katta ta’sir ko’rsatdi. 
Daniyaliklarga qarshi o’z qo’shinini tashkil etish uchun Ferdinand 
II ning yetarli mablag’i yo’q edi katoliklar ligasining qo’shini ozgina 
bo`lib, uni ham to’ldirish kerak edi. Shundan keyin imperator qo’shin 
tashkil etish to`g`risida boy dvoryan Alberx Vallenshteyn (1583-1634) 
ga murojaat qildi. Vallenshteyn asli chex bo`lsa ham, batamom 
nemislashib ketgan va chex dvoryanlarining yerlari musodara qilingan 
vaqtda ko`p yer, o’rmon, kon va shu kabilarni sotib olgan edi. Biroq 
katoliklar lagerining g’alabasi bu lager rahbarlari o’rtasidagi nizo-
janjallar tufayli bo’shashib ketdi. Liganing yo’lboshchisi Maksimilian 
Bavarskiy va boshqalar Vallenshteynni yomon ko’rar edilar. Ularning 
talabiga muvofiq 1630 yilda Vallenshteynni iste’foga chiqartishga va 
uning qo’shinini tarqatish to`g`risida buyruq berishga majbur bo’ldi. 
Gabsburglarning Yangi g’alabasi Fransiyani imperatorga qarshi 
kurashda Yangi ittifoqchi qidirishga majbur etdi. Shvedlar qiroli Gustav 
Adolf (1611-1632) Fransiyaga ana shunday ittifoqchi bo’ldi. Rishele 
shved qiroliga katta subsidiya berdi. Ammo urushga aralashish uchun 
Gustav, Adolfning o’zida ham ancha vaj bor edi. Imperatorning Daniya 
ustidan qozongan galabasi va Vallenshteyn bilan Vena saroyining 
Shimoliy va Baltika dengizlarida kuchli german floti barpo qilish 
to`g`risidagi rejasi Gustav Avgustni jiddiy tashvishga solib qo’ydi. 
Bundan tashqari, shved feodallari allaqachonlardan beri Yangi yerlar 
bosib olishni niyat qilib yurardilar. Fransiya o’z tomonida ko`pgina 
ittifoqchilarga ega bo`lgani holda Germaniya bilan Ispaniyaga qarshi 
urush boshladi. Urushni davom ettirayotgan Shvetsiyadan tashqari, 
Gollandi, Savoyya, Venesiya, Vengriya, Fransiya tomonida edi. Polsha 
Fransiyaga do’stona xayrixoh bo`lib, betaraflik saqlashni bildirdi. Urush 
harakatlari fakt Germaniya territoriyasidagina emas, balki Ispaniyada, 


114 
ispaniya Niderlandiyasida, Italiyada va Reynnning har ikki qirg’og’ida 
olib borildi. Shunday bo`lsa ham birinchi davrda ittifoqchilar 
muvaffaqiyat qozona boshlanadilar. Ittifoqning o’zi sostavi jihatidan 
uncha mustahkam emas edi.
Ittifoqchilar bir-birlari bilan yaxshi kelishib olib harakat qilmadilar. 
Faqat 40 yillar boshida, Rishele ham o’lgandan keyin, Fransiya bilan 
Shvetsiyaning quli aniq baland bo`lib qoldi. Fransuz qo’shinlari 1643 
yilda g’arbda Roqrua (Sharqiy fransiya) nidagi jangda ispan piyodalarini 
g`oyat katta mag’lubiyatga uchratdilar. Shundan keyin fransuz 
qo’shinlari butun Elzani bosib olishdi. 1645 yilda shvedlar Sharqda, 
Chexiyaning yankovisi shahri yonida imperiya qo’shinlarini tor-mor 
keltirdilar. Daniyaning endi bu safar Gabsburglar tomonini olib, urushga 
kirishishi ham imperatorga yordam bera olmadi. (1643-1645) yillardagi 
Daniya-Shvetsiya urushi. Fransuzlar va shvedlarning birlashgan 
armiyasi 
1646 
yilda 
Bavariyaga 
bostirib 
kirdi. 
Urushning 
yutqazilayotganligi Vena saroyi uchun ayon bo`lib bormoqda edi. 
Ferdinand II dan keyin 1637 yilda taxtga o’tirgan imperator Ferdinand 
III hukumati sulh muzokaralarini boshlashga majbur bo’ldi. 
Vestfaliya sulhi va Germaniyaning vayron bo`lishi. Aslida 1645 
yilning iyunidayoq boshlangan sulh muzokaralari Vestfaliyaning ikki 
shahrida olib borilmoqda edi. Osnabryukda imperator elchilari shved 
hukumati elchilari hamda german protestant knyazlari bilan Myunsterda 
imperator elchilari fransuz hukumati bilan muzokaralar olib bormoqda 
edilar. Muzokaralar 1648 yil kuzidagina tamom bo’ldi. Vestfaliya sulhi 
natijasida g’oliblar ancha hududini o’zlariga qo’shib oldilar. Shvetsiya 
G’arbiy Pomeraniyani va Sharqiy Pomeraning bir qismini, shu 
jumladan, Shtettin shahri va Ryugen orolini, Vismar shahrini va uning 
portini, Breayen arxiyepiskopligini (ammo Breayen shaxridan tashqari) 
va Verden yepiskopligini o’ziga qo’shib oldi. Shu bilan birga 
Shvetsiyaga 5 million teler tovon to`landi. Fransiya Yelzasini (Strasburg 
shaxridan tashqari) egalladi va yuqori Lotaringiya (Mes, Tul va Verden 
Shaharlari) ga bo`lgan huquqi uzil – kesil tasdiqlandi. Germaniyaning 
o’z ichida Sharqiy pomeraniyani, Magdeburg arxiyepiskopligini va 
boshqa bir qancha viloyatlarni o’ziga qo’shib olgan Brandenburg; 


115 
Luzasiya (Lujis yeri)ni o’ziga qo’shib olgan Saksoni, Shimoli – g’arbda
ba’zi bir qo’shni viloyatlarning yerlari ham qo`liga o`tgan Braunshveyg 
va yuqori Pfalsni egallagan Bavariya o’zlarining yerlarini kengaytirdilar 
(bunga Bavariya gersogi hatto kurfyuristlik unvonini olishga muyassar 
bo’ldi, bu-sakkizinchi kurfyuristlik edi. Vestfaliya kongressi imperiya 
knyazlarning boshqa mamlakatlar bilan mustaqil diplomatik aloqalar 
o’rnatish huquqlarini tan oldi. Shu tariqa Yevropa diplomatiyasi 
Germaniyaning siyosiy jixatdan bo’linib ketishini maqullaydi. Vestfaliy 
kongressining bu yerda eslatib o`tish lozim bo`lgan muhim diplomatik 
aktlardan yana biri shuki, Yevropada allaqachonlardan beri mavjud 
bo`lgan, lekin shu vaqtgacha rasmiy ravishda tanilmagan ikki davlatning 
mustaqilligi e’tirof etildi. Bu davlatlar Shvesariya ittifoqi bilan 
Gollandiya edi. Fransiya bilan Ispaniya o’rtasidagi urush Vestfaliya 
kongressidan keyin ham davom etdi va u faqat 1659 yilda Pireneya 
sulhidan keyingina tamom bo’ldi. 
Lyusen yonidagi jangdan keyin Vallenshteyn Chexiyaga chekindi, u 
bundan oldin shu yerdan saksoniyaliklarni surib chiqargan edi. 
Valenshteyn endi Saksoniya kurfyurstini sulh tuzishga majbur yetib, 
keyin shvedlarga qarshi hujum boshlamoqchi edi. Katoliklar ligasi 
Valenshteynning 
ko’zga 
ko`rinarli 
muvaffaqiyatlariga 
erisha 
olmaganiligidan foydalanib, imperatorni yana unga qarshi qilib qo’ydi. 
1634-yil boshida Valenshteyn qo’mondonlik vazifasidan olindi, so’ngra 
davlatga xiyonat qilishda ayblandi va nihoyat, 1634-yilning 25 fevralida 
Liganing ko’rsatmasi bilan ish ko`rgan bir guruh ofitserlar tomonidan 
Yeger qal’asida o’ldirildi. («Yeger faloqati»). Imperiya armiyasi 
shvedlar orasida intizom bo’shashib ketayotganligidan foydalanib, 
ularga 1634 yil 6 sentyabrda Nordligen yonida qattiq zarba berdi. 
Buning natijasida shvedlar Janubiy Germaniyadan surib chiqarildi. 
1635 yil bahorida imperator saksoniya kurfyursti bilan sul tuzishga 
muvaffak bo’ldi. Yana Gabsburglarning omadi kelganday bo`lib 
ko`rindi. Ammo Rishele endi Germaniyaga qarshi ochiqdan-ochiq 
urushga kirishishga qaror qildi. Fransiyaning urushga kirishishi (1635) 
Gabsburglar koalitsiyasining ahvolini qiyinlashtirib yubordi va bu 
koalitsiyani tamomila mag’lubiyatga uchratdi. 


116 
O’ttiz yillik urushda Fransiya bilan Shvetsiya g’olib chiqdi. Ular 
bu urushdan keyin XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida 
Yevropa diplomatiyasida yetakchi rol o’ynadi. Germaniya esa, 
aksincha, urush natijasida g`oyatda zaiflashib qolgan edi. Germaniya 
ancha territoriyasidan mahrum bo`lish bilan birga, uzoq davom etgan 
urushda nihoyat darajada vayron bo`lgan edi, chunki urush asosan 
Germaniya territoriyasida olib borilgan edi. Mamalakat g`oyatda katta 
moddiy zarar ko’rdi. Urush keltirgan vayronalik tufayli Germaniya bir 
necha o’n yillargacha o’zini o’nglab olomadi. Ba’zi oblastlarda, 
chunonchi, Saksoniya, Brandenburg, Pfals, Vyurtembergda aholining 
yarmi va xatto bundan ham ko`prog’i qirilib ketgan edi. Chexiyada 
1618 yildagi 2,5 million aholidan 1650-yilga kelib atigi 700 ming kishi 
qolgan edi. Juda ko`p ekin yerlari huvillab qoldi va o’rmonlar bilan 
qoplandi. Yuzlab qishloqlar yo’q bo`lib ketdi. Shvedlar Saksoniya va 
Chexiyadagi juda ko`p konlarni ishdan chiqardilar, bu konlar ko`p 
yillargacha ishga solinmay keldi. German Shaharlaridagi savdo va 
sanoat urush vaqtida yana ham qattiqroq oqsay boshladi. 
Boshpanasiz qolgan va tirikchilik vositalaridan mahrum bo`lgan 
dehqonlar yordam so’rab feodallarga murojaat qilishga majbur 
bo’ldilar.Bunday sharoitda krepostnoy huquq urushdan avvalgidan ko’ra 
ham tezroq avj olib ketdi. Sharqiy Germaniya asoratga tushgan 
dehqonlar mamlakatiga aylandi, ular iqtisodiy va siyosiy jihatdan 
tamomila o’z pomeshchik-yunkerlariga qaram bo`lib qoldilar. 
«Endilikda pomeshchik-dvoryanlar qishloqning tanho xo’jayini bo`lib 
qoldi… Dehqonlarning eng so’nggi kuchlari ham sindirildi… Yana 
cheklanmagan holati endi umumiy hol bo`lib qoldi; endilikda erkin
dehqonlar oq qarag’aydek kamdan-kam uchraydigan bo`lib qoldi». 
Nazorat topshiriqlari: 
1. Vestfaliya sulhi qachondan boshlandi?
2. O’ttiz yillik urushda qaysi davlatlar g’olib chiqishdi? 
3. Vestfaliyaning sulh muzokaralari nechanchi yilda yakunlandi? 
4. O’ttiz yiliik urushning oxir-oqibatlari nimalar bilan yakunlandi? 
5. Buyuk geografik kashfiyotlarni esga tushiring? 


117 
12-MAVZU: NIDERLANDIYA BURJUA INQILOBI VA 
UNING XALQARO AHAMIYATI. 
Reja: 
1. 
XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Niderlandiyaning 
iqtisodiy taraqqiyoti. 
2. 
Niderlandiyaning siyosiy tuzumi. 
3. 
Niderlandiya revolyutsiyasining boshlanishi. 
4. 
Niderlandiya 
revolyutsiyasining 
tarixiy 
ahamiyati 
va 
xarakteri. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling