Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:1) “Nayazdu” 
nazariyasi; 2) Vikinglar bosqinchiligi; 3) Pyasitlar sulolasi; 4) Feodal 
tarqoqlik; 5) Nemis kolonizatsiyasi; 6) “Krevo uniyasi”; 7) Gryunvald 
jangi; 8) Torun sulhi; 9) Rech Pospolitaya; 10) Seym; 11) Lyublin 
uniyasi; 12) Shlyaxta; 13) neshav statutlari; 14) Koshina imtiyozlari; 
15) Tenrix artikullari; 16) Rodom konistitutsiyasi; 17) “Liberum veto”; 
18) “Shlyaxtaning oltin sari”; 19) Rakosh; 20) Dissidantlar masalasi; 
21) Dars maqsadi:
Tarixiy adabiyotlarda Polsha davlatining paydo bo’lishi 
masalalarinig o’rganilishi. Polsh feodal davlatining shakillanishi 
to’g’risida tarixiy adabiyotlarda turli qarashlar mavjuddir. Bu 
qarashlarning hozirga qadar keng tarqalagan tuelaridan biri bu Polsha 
davlatining Skandinaviya tomonidan bosqinchilik bilan kirib kelgan 
Vikinglarning yurishi natijasida Polsha feodal davlati paydo bo’ldi 
degan qarashlar. 
Bu qarashning tarafdorlar Polyak tarixchilaridan Lennik 
Narushevich, Moteyavskiy, Shaynoxa, Pekosenskiy va boshqalardir. 
Polyak tarixshunosligida bu nazariy “Nayazudu” yoki “bosqinchilik” 
nazariyasi deb ataladi. Bu nazariya tarafdorlari Polyaklarning o’zlari, o’z 
feodal davlatlariga asos solgan emaslar deb hisoblaydilar. Qadimgi 
Polsha shaxar davlatinig paydo bo’lishidagi ikkinchi nazarya bu 


183 
evalyutsion nazariya bo’lib, unig tarafdorlari Polyak tarixchilaridan 
Shuyiski, Bogjansqiy, Smolka va boshqalardir. Ularning fikricha 
qadimgi Polsha davlati chet el bosqinchiligi natijasida emas, balki shu 
xalqning evalutsiyasi natijasida paydo bo’lgandir. Rus tarixshunosligida 
qadimgi Polsha davlatining paydo bo’lishi masalalarini tarixchilardan 
Pechita, Kerelyukya va boshqalar o’z ilmiy izlanishlarining obyekti qilib 
olganlar. Rus tarixshunoslaridagi deyarli ko’pchilik adabiyotlarida 
qadimgi polsha davlatining paydo bo’lishi masalasida evalyutsion yo’l 
tan olinadi.
Tarixchilar o’rtasida Polshadagi birinchi hukmron dinastiya 
Pepelinlar dinastiyasi bo’lgan degan fikr mavjuddir. Ammo tarixiy 
jihatan hukumronlik yillari aniq bo’lgan. Polshaning birinchi 
hukumdori Meshko I, Mechislov uning hukmronlik qilgan yillari 960-
992. MeshkoI Pyastlar dinastiyasidan bo’lgani uchun ham bu 
dunastiyaning hukmronlik qilgan davri Pyastlar Polshasi / Piastowska 
Polska deb atalgan edi. Meshko hukumronligi ostidagi yerlar Kuyaviya, 
Mozaviya, Legnisa, seroz yerlari, Siliziya va Boltiq dengizi bo’yi 
yerlaridan iborat edi. Pyastlar davridagi Polshaning birinchi poytaxti 
Gnezno shaxri bo’lgan. Meshko I davrida Polsha bilan Chexiya o’rtasida 
yaqinlashish bo’ldi. Bu yaqinlashish keyinchalik 966- yilda Meshko I 
ning Chexiyada qirol Boleslav I ning qizi bo’lgan Dubrovkaga uylanish 
bilan yana yaqinlanashi. 
966-yilda Meshko I va uning yaqinlari xristian dinini qabul 
qiladilar. Xristian dini Chexiyadan qabul qilinganligi uchun polyaklar 
ham xristian dinini katolog masxabini qabul qiladilar. Keyinchalik 
katolik masxabida qabul qilgan Polshaning madaniyati Sharqiy 
slavyanlaga nisbatan uzoqlashib, g’arbdagi katoloklar bilan yaqinlashib 
boraveradi. IX-X asrlada Polshaning ichki taraqqiyotiga kelganimizda 
esa bu yerda feodallashish jarayonining davom etayotganligi, ammo 
G’arbiy yevropadagi Italya, Fransiya mamlakatlariga nisbatan ancha 
sekinlik bilan borayotganini ko’ramiz. Garchi xristian didnini qabul 
qilgan bo’lsada dastlabki polyak hukmronlarining xristian diniga to’liq 
amal qiladigan kishilar deb bo’lmas edilar. Buni Meshko I ning 
manastirdagi Odis ismli qizni o’ziga xotin qilib olganligidan ko’rish 


184 
mumkin. Meshko I vafotidan keyin hokimiyatga o’g’li Boleslav Jasur 
o’tirdi. 992-1025- yillar Boleslav Jasur davrida Polsha yerlarini yagona 
davlat atrofida birlashtirish jarayoni tugallanadi. 999-yilda Boleslav I 
Krakov va uning atrofidagi yerlarni hukumronligi ostiga birlashtirdiki u 
feodal mustahkam davlat tashkil etishda juda katta ahamiyatga ega 
bo’ldi Boleslav I Jasur Polsha tarixidagi xizmatlari faqatgina Polsha 
hududlarini kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan balki o’sha vaqtda 
boshlanagn nemis agressiyasiga qarshi muvaffaqiyat bilan olib borgan 
kurashi hamdir. Boleslav I Jasurning nemislar uchun ko’ngilsiz 
bo’lganligi o’sha davrda yaratilgan barcha nemis yilnomachilarining 
asarlarida ko’rish mumkin. Titmar Mazburskiy Boleslav I Jasur qo’pol 
beso’naqay va ayyor davlat arbobi sifatida ko’rsatishga harakat qildi. 
Umuman mustaqil feodal davlatining paydo bo’lganidan boshlab unga 
nisbatan nemis bosqinchilari siyosati hamisha uyushtirilib turilgan. 
Boleslav I Jasur Polsha tarixidagi eng buyuk xizmatlaridan yana biri bu 
uning doimiy armiyaga asos solishi bo’ldi. Uning davrida 20 ming 
kishidan iborat durjinasi deb atalgan otaliq armiya tashkil etiladi 
Boleslav I Jasur yana bir xizmatlaridan biri markaziy va ma’muriy 
boshqarish tizimining joriy etilishi bo’ldi. Uning davrida davlatni 
boshqarish bilan mashg’ul bo’lgan mansabdorlik vazifalari joriy etiladi 
hayotining oxirgi yillarida Boleslav I Jasur qirol degan unvonga 
bo’ldikim, undan keyin Polsha davlati, Polsha qirollgi nomi bilan tilga 
olina boshladi. Polyak hukmdorlarining qirollik unvoniga ega bo’lishi 
bu davlatning xalqaro obro’si kuchayganligidan dalolat beradi. 
Polsha feodal tarqoqlik davrida. Boleslav vafotidan keyin uning 
vorislari Polsha davlatining qudratini saqlab qola olmadilar. Mamlakatda 
feodal tarqoqlik davri boshlanadikim bu davr Polsha tarixida rasmiy 
ravishda 1138-yilda Boleslav III og’ziqiyshiqning Polshani o’z vorislari 
o’rtasida bo’lib berish aktiga qo’l qo’yib bergandan 1295-yiliga qadar 
ya’ni Peshemaslov II tomonidan Polsha yerlarining birlashtirilishi 
davom etadi. Polshadagi feodal tarqoqlik davrida quydagi muhim tarixiy 
o’zgarishlar va voqealar sodir bo’ladi.
Nemis kolonizatsiyasi boshlanadi. Nemis kolonizatsiyasi XII asrda 
boshlangan bo’lib, uning asosiy tashabbuskorligi polyak feodallarning 


185 
o’zi edi. Ular mehnat intizomi yuqori bo’lgan va qishloq xo’jaligi 
texnikasi rivojlangan nemislarni katta foyda olish maqsadida polshaning 
g’arbiy hududlariga, xuxusan Selezyaga taklif qildilar. Kelgan nemis 
feodallari va dehqonlarning “Nemiskoy pravo” ya’ni nemislar huquqi 
degan imtiyozni beradi. Nemislar huquqiga ko’ra ularning axvoli 
polyak dexqonlariga nisbatan yengil bo’ladi va ularning to’laydigan 
majburyati ancha kam bo’ladi. Keyinchalik nemislarning ommaviy 
ravishda Polshanin g’arbiy qismiga ko’chib kelishi amalda Polshaning 
g’arbiy yerlarini tinchlik yo’li bilan nemislar kolonizatsiasiga olib keldi. 
Bundan tashqari Shimoliy Polsha knyazlari tomonidan Polshaning 
shimoliy hududlarida va Boltiq bo’yi yerlarida xristian dinini tarqatish 
uchun chaqirilgan diniy ritserlik ordeni faoliyati polyak va nemis 
munosabatlarinig borishida va Polyak feodal davlatining xavfsizligini 
ta’minlashda ko’ngilsiz oqibatlarga olib keldi. 
II Feodal tarqoqlik davridagi Polsha tarixidagi eng muhum va yirik 
voqealardan bniri bu G’arbiy Yevroppa mamlakatlarida ta’qib qilingan 
yaxudiylarning ommaviy ravishda Polsha xudidiga ko’chib kelishi 
bo’ldi. Polshaga Ko’chib kelgan yaxudiylar keyinchalik Polshaning 
iqtisodiy hayotida sezilarli rol o’ynaydilar. Ular yaxudiylar uchun 
an’anaviy bo’lgan mashg’ulotlar bilan ya’ni savdo bilan, nodir 
metallardan taqinchoqlar yasash bilan, sudxo’rlik bilan, kishilarni 
davolash 
bilan, 
turli 
o’simliklardan 
dorilar 
tayorlash 
bilan 
shug’ulanadilar, eslatib o’tish lozimki boshqa Yevropa mamlakatlarida 
bo’lgani singari Polshada ham yaxudiylar qirol yoki knyazlar 
tomonidan hech qanday himoyaga ega bo’lmaydi. Polsha hududida 
yaxudiylarning xuquqi bilan tanishtirish haqidagi farmon XIV asrning 
ikkinchi yarniga kelibgina paydo bo’ladi. 
III Feodal tarqoqlik davridagi Polshada Cherkovning kuchayishi 
holati kuzatiladi. XII asirning 80-yillaridan boshlab to XIII asirning 70-
yillariga qadar Cherkov hokimyatining mustahkamlashga qaratilgan 
qonunlar paydo bo’lishi va tadbirlar o’tkazilishi natijasida Cherkov 
ruhoniylari va hodimlari uchun o’zini sudiga ega bo’ldi. Bu davr ichida 
Cherkov mulki dunyoviy hokimyat tomonidan soliqlardan ozod etiladi. 
IV Feodal tarqoqlik davridagi Polsha uchun eng tashvishli voqea yoki 


186 
holat bu Mo’g’il tatarlarining Yevropaga shu jumladan Polsha hududiga 
yurishi bo’ldi polyaklarning birlashgan harbiy kuchlari bilan Mo’gil 
tatarlarining harbiy kuchlari o’rtasidagi eng yirik harbiy to’qnashuv 
1241-yilda Degnissa yonida bo’lib, bu yerda polyaklarning 40 ming 
kishilik qo’shini mag’lubiyatga uchradilar va mo’g’ullar 20 ming kishini 
asirga oldilar. Bir necha o’n yillar davomida Polshaning ko’p yerlari 
Mo’g’ul tatarlarining vassaliga aylanadi. Tashqi dushmanlar xujumining 
kuchayishi Polsha yerlarining ko’p qismining bir tomonidan Germaniya 
ta’siriga, ikkinchi tomondan Chexiya va Rossiya ta’siriga o’tib qolishi 
mamlakatni mustaqil davlat sifatida yashashini xavf ostiga qo’ydi. 
Shunday holatning yuzaga kelishi Polsha yerlarini yagona markaz osiga 
birlashtirish zaruruyatini tug’dirdi. Polsha yerlarini birlashtirishning 
tashabbuskori bo’lib Pshemislav II chiqadi. Pishemislav II 1295yilda 
Polsha hukumdorlariga qaytadan qirollik unvonini qaytardi. Polsha yana 
qaytadan qirollik deb atala boshladi. Polsha yerlarini siyosiy islohotda 
birlashtirish sohasida ayniqsa Vladeslov Lakotek 91306-1333) 
xizmatlari kattadir. O’zining mamalakatini birlashtiruvchilik siyosati 
bilan butun polyak xalqining muhabbatiga sazovor bo’lgan. Vladeslov 
Lakotek Polsha davlatining Yevropadagi chegarasi Boltiq dengizidan 
Qora dengizga qadar cho’zilgan hududini o’z ichiga oladigan yirik 
feodal davlatiga aylantiradi. Yilnomachilarning yozishicha Vladeslov 
Lakotekning xurmati shunchalik baland bo’lganki uning o’limi 
Polshaning har bir oilasida shaxsiy fojea sifatida qabul qilingan. 
Vladeslov Lakotek vafotidan keyin 1333-yildan 1370-yilda qadar Polsha 
davlatini Kazemir Buyuk boshqardi.
Kazemir Buyuk hukumronlik qilgan yillarda feodal munosabatlar 
taraqiyotida jiddiy o’zgarishlar yuz berib dexqonlarni asoratga solish 
yanada tezlashdi dexqonning shaxs erkinligi cheklanadi va 1 yil 
davomida feodalning xo’jalikdan faqat 1 yoki 3 kishigina shaxsiy 
erkinlika chiqish imkonyatiga ega bo’ladi xolos Kazemir buyuk 
davridagi eng yirik o’zgarishlardan biri shunda bo’ladiki bu davirda 
harbiy reforma o’tkaziladi reformaga o’tkaziladi reformaga muvofiq 
harbiy xizmatni faqatgina otliq risarlar yani shilyaxda o’taydigan bo’ldi


187 
Polsha qurollanish soxasiga xam bir hecha yutuqlarga erishdi 
Krakof shaxrida to’plar va zambaraklar qo’yiladi XIV asr oxirlarida 
polyaklar armiyasida artilerya paydo bo’ladi. Shuningdek kazemir
buyuk davrida polshaning barcha xududlari uchun yagona bo’lgan pul 
birligi joriy yilda Kazimir buyukning o’tkazgan reformalari ichida 
mamlakatning barcha xududlari uchun yagona qonunlarning joriy 
etilishi yirik voqelik bo’ladi Kazimir buyuk maxsus qonun bo’ladi 
mamlakatdagi barcha aholining qaysi xalqida tegishli bo’lishida qa’tiy 
nazar bir xilda qonun ximoyasiga olinganligini e’lon qiladi Kazemir 
mamlakatning ichki va tashqi siyosatini davlat nuqtayi nazarida emas 
balki jamiyatning bir tabaqasining manvati nuqtai nazarida qarashiga 
olib keladi liberum beto huquqining joriy etilishi polsha davlatini 
boshqarishda anarxiyaga olib keldi so’zsiz shlyaxtaga ega bo’lgan 
huquqqa ega bo’lmaslik jamiyatning o’sishiga turtki bo’ladi va 
kelgusida ijtimoiy guuhlar o’rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirar va 
polsha mamalakati fuqarolarining ko’tarilishiga olib keladi. 
1496 yilda qabul qilingan qonun (statut) tirikchilik uchun pul topish 
maqsadida bir dehqon oilasidan faqat bir kishinigng chetga ketib ishlashi 
mumkin deb, dehqonlarning chetga chiqib ketishlarini cheklab kuygan 
edi. 1520 yilda qabul qilingan qonun ilgari barshchina bilan sira aloqasi 
bo`lmagan dexqonlarni ham xaftada bir kun barshchina ishlab berishga 
majbur etar edi. 1543 yilda qabul qilingan qonunda pomeshchik 
yerlarida yashagan dexqonlar uchun («Papani xoxish-irodasi bilan) 
cheksiz barshchina o’rnatildi.
Sigizmund II Avgust vaqtida (1548-1572) Polsha o’z yerlarini 
ancha kengaytirdi. 1561 yilda Ivan Grozniyga qarshi olib borilgan 
Livoniya urushi davomida Liflantiya Polshaga qo’shib olindi. Shundan 
bir necha yil keyin o’sha Livoniya urushi tufayli Polsha Litva bilan 
Yangi ittifoq tuzdi. 1569 yilda polyak va litva feodallarining Lyublinda 
bo`lib o`tgan qo’shma seymida umumiy polyak-litva seymiga ega 
bo`lgan va umumiy tashqi siyosat olib boradigan birlashgan Litva – 
Polsha davlati tuzilganligi e’lon qilindi. Keng litva – rus yerlarining 
qo’shib olinishiga va kolonizatsiya qilishiga keng imkon berdi. 


188 
Rech Pospalitiyaning tashqi yuritgan siyosati masalasini o’rganish 
uning Rossiyaga nisbatan va umuman Sharqiy slavyanlarga nisbatan 
harbiy yurishlar uyushtirish yo’li bilan munosabatlarni aiqlash yo’liga 
o’tganligini ko’rsatadi. 
1572 yilda Yagellolar sulolsi tugadi. Bu sulolaning so’nggi 
namoyandasi bo`lgan Sigizmund II Avgustdan farzand qolmadi. 
Saylovlarda (yeleksiyada) panlar Polshaning toji-taxtini fransuz 
shaxzodasi va keyinchalik Genrix III nomi bilan Fransiyaning qiroli 
bo`lgan Genrix Valuaga taklif qildilar. Genrix atigi bir necha oygina 
Polshaning qiroli bo`lib turdi. U akasi Karl IX o’lganligi to`g`risidagi 
xabarni eshitishi bilanoq Polshadan jo’nab ketdi. Ammo uning nomi 
Polsha qirollarining huquqini yana ham cheklab qo’yish bilan 
mashxurdir. 1573 yilda Genrix «artiqo’llar» (moddalar) ni imzolashi 
kerak edi; bu «arti qo’llar» qirolga taxt vorisi belgilashni man qilgan, 
seymlar chiqargan qarorlarni tasdiqlash yoki rad qilish, sulx tuzish va 
lashkar to’plash (pospolit qulashi) huquqlaridan qirolni mahrum qilar 
edi.
XVI asrda Polsha katta davlat edi. Buyuk Polsha, Moraviya, Kichik 
Polsha, Litva, Galisiya, Janubi-G’arbiy Rus, G’arbiy va Sharqiy 
Prussiya (bu o’lka qaram, vassal mamlakat sifatida), Livoniyaning bir 
qismi (Liflandiya) Polsha davlati sostaviga kirgan edi. XVI asr 
boshlarida Polshaning besh millionga yaqin axolisi bor edi (o’sha 
davrdagi angliya yoki Niderlandiyadagiga qaraganda ancha ortiq edi).
Stefan Batoriyning vorislari bo`lgan va shved qiroli Vaza 
xonadonidan chiqqan qirol Sigizmund III (1587-1632) hamda uning 
o’gli Vladislav IV (1632-1648) zamonida qirol hokimiyatining obro’si 
birmuncha ko’tarildi. Shu bilan birga yangi sulolaning qo’shni xalqlarga 
nisbatan tutgan agressiv, bosqinchilik siyosati oqibatida Polsha 
davlatiningn mustaxkamlanishiga emas, balki aksincha, uning ochiqdan-
ochiq zaiflashishiga olib keldi. Polsha XVII asrning birinchi yarmida 
o’zining tashqi siyosatida bir necha marta jiddiy muvaffaqiyasizlikka 
uchradi. Sigizmund III shved yerlarini o’z hukmronligi ostida 
birlashtirish uchun juda ko`p kuch sarf etdi. Ammo u buning uddasidan 
chiqa olmadi. Shvetsiyada Vaza sulolasining boshqa bir protestant nasl-


189 
nasabi (butog’i) mustaxkamlanib olgan edi. Sigizmund III va Vladislav 
IV ning Moskva davlatiga nisbatan olib borgan agressiv siyosati ham 
muvaffaqiyatsiz bo`lib chiqdi.
1609-yilda Polyak qo’shinlari hatto Maskvani ham bosib olishga 
muvaffaq bo’ladi. Minin va Pojariski boshliq xalq lashkarlarining 
to’planishi rus davlatini muqarrar halokatidan qutqarib qoladi.
XVII asirning 50-yillari boshida Ukraina yerlarining polyaklar 
qo’liga taslim bo’lishini B. Xmilensqiy boshchiligidagi ukrainlarning 
polyaklarga qarshi kurash emas balki Ukrainanaing Rossiya bilan qayta 
qo’shilishi natijasida Rossiyaning yordami asrab qoldi afsuski 
mamlakatning ichki taraqqiyotini rivojlantirishga kam e’tibor berib 
tashqi siyosatdagi aktivlik yo’li bilan davlatni kuchaytirish siyosatini 
tutgan polyak hukumdorining tutgan siyosiy yo’li xato bo’lib chiqdi. 
To’xtovsiz harbiy yurishlarning tashkil etish mamlakatning iqtisodini 
yemirdi, odam resursini kamaytirdi va natijada XVIII asr boshiga kelib 
Rech Pospolitaya G’arbiy Yevroppaning iqtisodiy taraqqiyotida orqaga 
qolgan eng zaif malakatlardan biriga aylanib qoldi. Bu esa Rech 
Pospolitayaning tarixda o’zining turli davlatlarda zarba yegani uchun 
unga vassalik holatida bo’lgan davlatlar tomonidan agressiya obyektiga 
aylanib qolishiga olib keladi. 
Rech Pospolitayaning inqirozi. Rech pospolitayaning inqirozi 
XVIII asr boshlaridagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy holati jamiyati 
so’g’lomlashtirish yo’lida radikal reformatsiyalar o’tkazish talab qilar 
edi. Bu reforma talabgorlari bo’lib birinchi navbatda chet el hayoti 
yuzasidan safarlar yuzasidan tez-tez tanishib turgan polyak magnatlari 
vakillari bo’ladilar. Ular o’zlarining safarlaridan G’arbiy Yevropa 
mamlakatlari hayoti bilan tanishar ekanlar, siyosiy va iqtisodiy 
taraqqiyoti jihatidan Polshaning orqada qolganini anglab yetadilar. 
Tug’ulib kelayotgan Yangi burjua vakillari suhbatlarida ular mansub 
bo’lgan toifadagi adabiyotchilar va industriya valillarining asarlarida 
XVIII asrning boshlaridayoq Polshaning reforma qilishning turli 
loyihalari to’g’risida avval ehtiyotkorona so’ngra esa ochiq Yangi fkirlar 
tashlana boshladi. Polshani reforma qilish masalasi hamisha “Liberum 
veto” huquqi va bu huquqga ega bo’lgan shlyaxtaning qarshiligiga duch 


190 
kelib uncha rivojlanmay qolgan edi. Ana shunday bir Polsha davlatinig 
zayiflashgan ayni vaqtda uni kuchaytirishga qaratilgan reformalarining 
davrida uning qo’shinlari tomonidan Polshaning bo’lib olishni turli xil 
masalalari muhokama etila boshladi. Polshaning bo’lib olishning asosiy 
davogarlari Avstriya-Vengriya, Prussiya va Rossiya edilar. Aytish 
lozimki Rossiya dastlab Avstriya-Vengriya va Prusiya tomonidan 
oldinga surilga Polshani bosib olish g’oyasiga qarshi chiqadi. Rossiya 
o’zining chegarasigda kuchli va xavf solib turadigan Avstriya-Vengriya 
va Prussiyani qo’shib turadigan Polshaga o’xshagan zaif mamlakat bilan 
qo’shnichilik qilishni afzal ko’rar edi. Ammo Rus Turk urushidan 
zaiflashib chiqqan Rossiyaning ishtirokisiz ham Avstra-Vengrya va 
Prussiya tomonidan Polshaning bo’lib olinish xavfini mavjudligi 
kelgusida Yevropadagi Rossiyaning birdan qulay strategik maydondan 
mahrum qilar edi. Ikkinchida, esa Rossiya bir vaqtlar Polsha tarkibiga 
o’tib kelgan o’zining g’arbiy hududlaridan voz kecha olmas edi. Ya’ni 
bu yerda Rech Pospolitayani taqsimlab olishida qatnashish jarayoninig 
Rossiyaning ham bosqinchilik, ham Buyuk davlatchilik, strategik 
manfatlari uyg’unlashib ketdi. Yuqoridagi davlatlar o’z bosqinchilik 
rejalarini amalgam oshirish maqsadida va unga qonuniy tus berish 
maqsadida Polshaning ichki ishlariga aralasha boshladilar. 
Desedentlar masalasi Rossiya tomonidan Polsha va Rossiya 
o’rtasidagi munosabatlarni ataylab yomonlashtirish va Polshaning ichki 
ishlariga aralashib uni Rossiya, Avstriya-Vengriya, Prussiya bilan 
konfedratsiyaga borishga majbur qilish edi. Yangi desidentlar masalasi 
katolik bo’lmaganganlarni katoliklar bilan huquqini tenglashtirish 
masalasi edi. Bu masalaning ko’rsatilishiga sabab shundan iborat ediki 
XVIII asirning 60-yillariga kelganda Rech Pospolitayada Polshaning 
qirol faqat katolik bo’lishi mumkin degan qoida bor edi.
Katolik bo’lmaganlar saylash va saylanish borasida teng huquqga 
ega emas edilar. Katolik bo’lganlar bilan katoliklar o’rtasida nikoh
mumkin emas edi. Bu masalaning ijobiy hal qilinishi “Libirum veto” 
huquqi amalda bo’lgan vaqtda deyarli mumkin emas edi. Katolik 
bo’lmaganlarning katoliklar bilan huquqini tenglashtirilishi bir 
tomondan qirol hokimyatini shlyaxta bilan to’qnashtiradigan bo’lsa, 


191 
ikkinchi tomondan katolik bo’lmaganlarning katoliklar bilan nikohdan 
o’tishiga qarshi bo’lgan katolik Cherkovining qarshiligiga duch kelishi 
muqarrar edi. Bu masalaning hal qilinmasligi esa Rossiya hukumatining 
Polsha ichki ishlariga aralashish sohasida keng yo’l ochib bergan bo’lar 
edi. Demak Rossiya tomonidan bajarilishi qiyin talablarning Rech 
Pospolitaya oldiga qo’yilishi, u bilan ataylab to’qnashish yo’lini axtarish 
edi deb baholash mumkin. Bu masala ya’ni desedensiya masalasi ijobiy 
hal qilingan taqdirda Rossiya Polsha kordinal huquqlar deb atalgan 
Polsha davlatining chegaralarining dahlsizligini ta’minlaydigan kafolat 
va’da qiladi. 1764-yilda taxtga o’tirgan va Polsha tarixida “Refarmator 
qirol” nom olgan. Stanislav Avgust Ponyatovsqiy Polshani Rossiya bilan 
to’qnashuvidan saqlab qolish uchun Rossiya beradigan “kordinal 
huquqlari” ning qabul qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Xristian 
bo’lmaganlarning xristianlar bilan tenglashishi Polshaning deyarli 
barcha tabaqalari o’rtasida katta norozichilikning ko’tarilishiga sababchi 
bo’ldi. Bunda norozi kuchlar shlyaxta vakillari boshchiligida 1768-yilda 
Bar shaxrida “Bar konfrensiyasi” tashkil etdilar aytish mimkinki “Bar 
konfrensiyasi”ning 
Rossiyaga 
qarshi 
keyin 
Stanislov 
Avgust 
Ponyatoviskiyning taslimchilik yo’liga kirishi olib brogan borgan 
faoliyati 1772-yilda Rech Pospolitayaning bir bo’linishiga olib keldi. 
Rech Pospolitaya 1-avgust Vengriya Rossiya o’rtasida bo’lidi.
Rech Pospolitayani bo’lish to’g’risidagi akt Peterburgda imzolandi. 
Rech Pospolitayaning bo’linishi to’g’risidagi aktning Peterburgda 
imzolanishi Rossiya deplomatiyasining eng katta xatosi edi. Sababi 
Polyaklarda Rossiya Polsha davlatini yo’qotishning tashabbuskori va 
aktiv ishtirokchisi degan tushuncha qoldi. Ikkinchidan ular Rossiya agar 
Rech Pospolitayaning bo’lib yuborish to’g’risidagi hujjatiga imzo 
chekmaganida, Avsto-Vengrya va Rossiya Rech Pospolitayani bo’li 
olmasdilar degan fikrini aytdilar. Rech Pospolitayaning birinchi 
bo’linishi natijasida ya’ni tarixiy polyaklar yerlari asosan Avstrya-
Vengrya va Rossiya qo’li ostiga o’tadi. Rossiya esa tarixiy hujjatdan 
Rossiya davo qilib kelgan yerlar o’tadi.
Rech Pospolitaya hududlarining tarixiy jihatdan kimga tegishli yoki 
tegishli emasligidan qatiy nazar Avstya-Vengraya, Prussiya va Rossiya 


192 
tomonidan zo’rlik yo’li bilan bo’linishi bu bosqinchilik siyosatning 
natijasi bo’lib kelgusida Polsha davlatining navbatdagi bo’linishlariga 
keng yo’l ochib beradi. Rech Pospolitaya birinchi bo’linishdan keyin 
Polsha davlati mamalakatning qolgan hududlarini mustaqil saqlash 
maqsadida mustahkamlash maqsadida ilojo bo’lsa Polshaning oldingi 
qudratini tiklash maqsadida reformalar o’tkazishga kirishdi. Bu 
reformalar birinchilar qatoridan davlatni boshqarish siyosatdagi reforma 
hisoblanadi. Bunga muvofiq davlat ishlari bilab shug’ullanadigan 
“doimiy kengash” tashkil etildi. Bu kengash ministrlar sovetini eslatar 
edi. Ikkinchi pul reformasi bo’lib unung o’tkazilishi mamalakatning 
moliyaviy hayotini yaxshilashga qaratildi, uchinchi ma’orif sohasidagi 
reformadir: uni amalga oshirishda Edugatsiya komissiyasi deb atalgan. 
Komissiyaning tuzilishi bo’ldi, bu termin “tarbiyalamoq va o’qttirmoq” 
degan ma’noni anglatadi. Edukatsiya komisyasining asosiy faoliyati 
maktablardagi ta’lim tizimi diniy fanlar o’rniga matematika, kimyo, 
fizika kabi fanlar kiritishga qaratiladi. Rech Pospolitaya Tarixidagi 
reformatsiyalar o’ttkazish borasida eng maqsuldor davr 1788 va 1791-
yillarda faoliyat ko’rsatgan “4 yillik seym” yopiladi deb atalad. 4 yillik 
Seym faoliyatida ayniqsa Gukko Kolyontay, Stashin, Fransiyalik 
Ezerskiy faoliyatiga alohida etibor berishimiz zarur. Ular o’zlarining 
seym yig’ilishlarida, chiqishlarida e’lon qilgan sublisistik maqolalarida 
Polshani halokatga olib kelgan sabablariga to’xtab o’tadilar. Uning 
orqasiga qolib ketish sabablarini izlaydilar va uning qanday tadbirlarini 
o’tkazish orqali yaxshi bilish choralarini axtaradilar. 
Garbiy Yevropa boshqa mamlakatlar bilan Rech Pospolitayaning 
tarixiy rivojlanishining jarayonini solishtirar ekan F. Ezerski boshqa 
mamlakatlar taraqqiyoti XVIII asrda bo’lsa, Polsha XVI asrda deb 
ko’rsatadi. Ular o’zlarining chiqishlarida va asarlarida Polshaning 
kasalligini hamma biladi, lekin hech kim uni davolashga urinmayotgan 
organizm deb ko’rsatadilar. Polsha davlatining oldingi qudratini 
saqlashning asosiy yo’li deb hisoblaydi. Seym deputatlari bu qirol 
hokimyatining merosiy ko’rinishini tiklashda, shlyaxta ega bo’lgan 
“Liberum veto” huquqini bekor qilish va dehqonlarni krepastnoylikdan 
ozod qilishdan iborat. 


193 
4-yillik seymning faolyati 1791-yilda 3- may Konstitutsiyasining 
qabul qilinishi bilan yakunlanadi. 3-may 1791-yil qabul qilingan 
Konstitutsiyaga muvofiq Rech Pospolitayaning ichki va tashqi hayotiga 
doir bo’lgan quyidagi muhim o’zgarishlar amalgam oshirildi:
a) Monarx hokimyati avloddan-avlodga o’tadigan bo’ldi, ya’ni 
merosiy tus oldi.
b) “Liberum veto” huquqi bekor qilindi.
v) Rossiya maslahati bilan joriy etilgan “Doimiy kengash” deb 
atalgan kengash tarqatib yuborildi. 
Afsuski, Konistitutsiyada dehqonlar to’g’risida “g’amxo’rlik qilish 
kerak” degan umumiy so’zlar o’rin olgan bo’lsada, ammo ularning 
krepastnoylikdan ozod qilish to’g’risida hech narsa deyilmadi. 4 yillik 
seym tomonidan shunday konistitutsiyaning qabul qilinishi Rossiya 
tomonidan juda katta norozilik bilan qabul qilindi. Torgovitsey degan 
joyda “Torgovitsey konfederatsiyasi” ni 1792-yilda Rossiya tarafdorlari 
tuzdilar. Bu konfederatsiyani Rossiya tomonidan mablag’ bilan 
taminlab turilgan Braniskiy, Potoskiy va boshqalar boshqardilar. 
Konfederatsiya faoliyati boshlanishi bilan bir vaqtda Rus armiyasi 
Polsha hududiga yurish boshladi. Rossiyaning bu harakatlari Prisiya 
tomonidan quvvatlanadi. Natijada 1793-yilda Gradno shaxrida Rech 
Pospolitaya ikki marotaba bo’lindi. Polshaning ikki marotaba bo’linisha 
Avstrya-Vengrya qatnashmasdan Prusiya va Rossiya qatnashdilar.
Polshani ikki marotaba taqsimlash to’g’risidagi akt tarixda 
“Indamaslar seymi” akti deb ham yuritiladi. Sababi Gradnoda bo’lgan 
va Rech Pospolitayaning ikki marotaba taqsimlash haqidagi masalada 
birorta seym deputati kim rozi yoki norozi degan savolga javob 
bermadilar. Polsha ikki marotaba taqsimlangandan keyin Rossiya 
hukumati Polsha erkinligini big’ish va unung Rossiya irodasiga 
bo’ysundirishning to’liq ta’minlash maqsadida bir qancha radikal 
o’zgarishlar o’tkazildi. Ulardan biri 1793-yil oktabr oyida Grednoda 
imzolangan “Polsha- Rossiya munosabatlari traktati” dir. Bu xujjatlarga 
ko’ra belgilanib qo’yildiki, bundan keyin agar Polsha boshqa davlatlar 
bilan agar shartnomalar tuzadigan bo’lsa, Rossiyaning roziligiga ega 
bo’lishi kerak, bundan tashqari agarda Polshaga birorta davlat hujum 


194 
qiladigan bolsa Rossiya va Polsha harbiylari birgalikda hujumni 
qaytarishi kerak, lekin qo’mondonlik qaysi tomon ko’proq kishini 
beradigan bo’lsa o’sha tomondan qo’yiladi. Bundan tashqari bu traktatga 
ko’ra Polyaklar armiyasi 100 ming kishidan to 15 ming kishigacha 
qisqartiladi. So’zsiz bunday hisobda harbiy to’qnashuvlarda kim ko’proq 
qo’shin berishi va qo’mondonlik kimning qo’lida bo’lishi ayondir. Rech 
Pospolitaya ikki marotaba bo’lingandan keyin rus hukumati tomonidan 
o’tkazilgan ayrim tadbirlar polyaklarning milliy g’ururini toptadi va 
ularning milliy ozolik xarakatiga ko’tarilib chiqishiga turtki bo’ldi. Bu 
so’zsiz 3-may 1791-yil Konistitutsiyasining bekor qilinishi edi. Bu 
so’zsiz Polsha bilan Litvya o’rtasidagi “Lyublin uniyasi” bekor qilinishi 
ham edi. Rossiyaning mana shunday shovinistik va buyuk davlatchilik 
ruhidagi siyosati 1794-yil mart oyida polyak xalqining milliy ozodlik 
kurashiga otlanib chiqishga va qurolliy qo’zg’alon boshlanishiga olib 
keldi. 
1794-yil mart oyida qo’zg’alon tarixiy adabiyotlarda “Tadeshu 
kastyushko qo’zg’aloni ham deb yuritiladi. Qo’zg’alon raxbari bo’lgan 
T. Kastuyushko polyaklardan chiqqan eng talantli generalaridan bo’lib, 
u Yevropa mamlakatlarining qator harbiy maktablarida ta’lim olgan va 
AQSH dagi fuqarolar urushida qatnashib jangavor shuhratga sazovor 
bo’lgan kishi edi. Hozirgi kunda uni ikki xalqning ham, polyak, ham 
amerika xalqining milliy qahramoni deb tilga oladilar. T. Kostyushko 
boshchiligidagi qo’zg’alonda asosiy rolni polyak shlyaxtasi o’ynadi. Shu 
yerda shuni aytish joizki, Rech Pospolitaya qulagandan boshlab to 1863-
yildagi Polsha qo’zg’alonida ham polyak xalqining milliy ozodlik 
harakatidagi asosiy rolni shlyaxta o’ynagan. Bu davrdagi milliy ozodlik 
harakatlarida Polshadagi boshqa ijtimoiy tabaqalarning vakillari ishtirok 
etsada, lekin ularning ulushi unchalik ham sezilarli bo’lgani emas. 
Ko’pchilik hollarda milliy ozodlik harakatlari kuchaygan davrda ya’ni 
qurolli chiqishlar kuchaygan davrda polyak dehqonlarining va yirik yer 
egalarining asosiy vazifasi qo’zg’alonlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash 
belgilangan. T. Kostiyushkoning dunyoqarashi va jamiyating turli 
tabaqalariga qo’zg’alon jarayonida ajratgan roli shlyaxtaning bu 
sohadagi qarashlaridan bir muncha farq qilar edi. Ya’ni Kostyushko 


195 
dehqonlarni qo’zg’alonlar orasiga jalb qilish maqsadida ularga 
beriladigan shaxsiy erkinlikni kengaytirish fikrini bildirdi. Qo’zg’alon 
davomida Kostiyushko tomonidan qabul qilingan “Polonse unversallari” 
deb atagan hujjatda dehqonlarga shaxsiy erkinlik ya’ni ularni krepastnoy 
qaramlikdan ozod etilishi to’g’risida so’z yuritilgan edi. Afsuski 
shlyaxta tomonidan bu rejalarning amalga oshirishiga yo’l berilmasligi 
T. Kostiyushkoning o’zi tomonidan esa shlyaxta fikri bilan 
hisoblashmaslik imkoni yo’qligi natijasida dehqonlarning siyosiy va 
huquqiy aholida yangilik bo’lmadi. Natijada ko’p sonli dehqonlar 1794-
yilgdagi milliy ozodlik harakatida aktiv qatnashmadilar. T. Kostiyushko 
boshchiligidagi qo’zg’alonni bo’stirishga yuborilgan qo’shinlar ichida 
ayniqsa, Suvorov boshchiligidagi qo’shinlarng qo’zg’aloni bostirishdagi 
o’ta qonxo’rlik va qattiq qo’llikni ko’rsatib o’tish zarurdir. 
Qo’zg’alonchilarga dars berib qo’yish maqsadida Suvorov Varshava 
yonidagi Praga shahrini deyarli vayron qildi. Qo’zg’alon bostirligandan 
keyin qo’zg’alon raxbarlari va uning aktiv qatnashchilarini, ya’ni 
harbiylarni shu jumladan Tadeush Kostiyushkoni ham Rossiyaga olib 
ketishib, Petsopavlovsk qal’asidagi turmaga tashladilar. T. Kostiyushko 
boshchiligidagi 
polyaklarning 
milliy-ozodlik 
harakati 
qonga 
botirilgandan keyin Avstra-Vengrya, Prussya va Rossiya ishtirokida 
Polsha davlati 3 marotaba taqsimlandi. Bu 1795-yilda yuz berildi. 
Shunday qilib Posha o’zining milliy mustaqqilligini yo’qotadi va 
haqiqiy 150 yil mobaynida o’zining milliy taraqqiyotini, ma’daniyatini 
va davlatini rivojlanish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Polsha uchun bu 
tarixiy halokatning eng og’ir tomoni shundan iborat ediki, Rech 
Pospolitayani bo’lib olgan davlatlar bir vaqtlar unga yo vassallik 
holatida bo’lgan yoki u tomonidan bo’ysundirilgan davlatlar edi. 
1795-1815-yillarda Polsha yerlari. Milliy mustaqilligini yo’qotgan 
Rech Pospolitaya yerlari 1795-yillardan 1815-yillargacha qadar Yevropa 
tarixidagi yirik va keskin tarixiy voqealarining girdobida bo’ldi. Eng 
avvalo shuni aytib o’tish zarurki, milliy mustaqilligini yo’qotgan Polsha 
yerlarini unu bo’lib olishiga ishtirok etgan davlatlar o’z siyosatini 
izchillik bilan amalgam oshira boshladilar va birinchi navbatda polyak 


196 
xalqlarining milliy g’ururini toptagan holda buyuk davlatchilik va 
millatchilik siyostini yuritdi.
Nazorat topshiriqlari: 
1. Ilk feodal Polsha davlati qachon tashkil topgan? 
2. Polsha Feodal davlatining birinchi hukumdorlari qaysi dinastiya 
vakillari edi? 
3. Vladislav Lakodsning Polsha tarixidagi xizmati nimadan iborat? 
4. Krevo uniyasi qachon imzolangan? 
5. Yuplik uniyasi qachon imzolandi? Rech Pospolitaya- qanday 
ma’noni anglatadi? 
6. Koshisa, Neshol intiyozlari kimlarning manfaatiga xizmat qilgan 
edi? 
7. “Rodom konistututsiyasi” qachon qabul qilingan va unda 
shlyaxtaga qanday imtiyozlar berilgan? 


197 
18- MAVZU: X1-XV ASRLARDA VENGRIYA. 
REJA: 
1. Vengriya davlatining tashkil topishi va feodallashish jarayoni
2. 1222 yilgi Oltin bulla hamda mo`g`ul-tatarlar bosqini oqibatlari 
3. XIV-XV asrlarda Vengriya ijtimoiy-siyosiy ahvoli. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling