Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch tushunchalar: Qobil, Peshavor, Dekan davlati, jagirdor,
Patriarxal, Bengalnya, Orissa, Gujarat, Guberpator, Jahongir, Shohjaxon, Ramacharitamanasa. Mo’g’ullar davrida Hindistonning iqtisodiy taraqqiyoti. 1526 yilda tashkil topgan Hindiston Mug’ul yoki Mug’ullar imperiyasi qisman . XVI asrda va ayniqsa XVII asrda juda katta davlatga aylandi. Shimolda uning chegarasi Ximolay tog’igacha yetar va Afg’onistonning katta qismini (Qobil va Peshavor shaharlari bilan) o’z ichiga olar edi. Yarim orolning o’rtasida Mo’g’ullar imperiyasi Dekan davlatining katta qismini nazorat qilar, hamda janubiy Hind davlatlari — Bidar, Golkondu va Bijapurga bir qadar ta’sir ko’rsatib turardi. Ammo Mo’g’ullar imperiyasining asosiy territoriyasi ilgarigidek uning shimoliy viloyatlari — hind va Gang daryolari oralig’idan iborat bo’lib qolaverdi. Mo’g’ullar imperiyasining asosiy diniy belgi jihatidan ilgarigiga qaraganda yanam yanada ko’proq keskinlik bilan ikki guruhga — musulmonlar (Mug’ullarning o’zlari dam shu guruhga mansub edilar) hamda hindlar, ya’ni mahalliy hind dinining izdoshlariga bo’linardilar. Agrar munosabatlar ilgari Dehli sultonligida qanday rivojlangan bo’lsa, Mug’ullar davrida dam xuddi shu yo’nalishda rivojlanaverdi, ammo Hindistonning yangi yerlarni bosib olishi natijasida yerga davlatning feodalu sulida egalik qilishi yanada kuchaydi. Imperator yoki Buyuk Mo’g’ul hamma yerlarning oliy egasi deb hisoblanardi. Aslida buyuk Mo’g’ul yerlarning bir qismigagina egalik qilardi. Ammo bu qism ancha katta yerlarni tashkil qilardi. Rim iperatorga tegishli yerlar mamlakatdagi ekin ekiladigan hamma yerlarning taxminan sakkizdan bir qismiga teng edi. Ana shu yerlardan olinadigan daromad shoh saroyi va 217 shoh qo’shinlari xarajatlari uchun asosiy manba bo’lib xizmat qilardi. Qolgan yerlari Buyuk Mo’g’ul asosan feodal zodagonlariga, ko’proq musulmonlarga jogirl a r sifatida bo’lib berar edi. Jagirning ma’nosi harbiy xizmat o’talayotgan muddatga beriladigan va meros bo’lib qoladigan yer demakdir. Jagir egasi — j a g i r d o r rasman o’ziga qarashli yerlarda yashovchi aholidan feodal rentasi yig’ish huquqinigina olardi. Amalda esa jagirdor mehnatkash aholi ustidan muvaqqat bo’lsa dam cheksiz hokimiyatga ega bo’lar, aholiga o’zi xohlagancha turli soliqlar solar va har xil ishlarni bajarishga majbur qilardilar. Jagirlarning hajmi dar xil bo’lardi ularning ko’pchilik qismi juda katta bo’lib, bir yo’la o’n minglarcha dehqonlar jagirdorga qaram bo’lib qolardilar.Feodal yer egaligining asosiy formasi bo’lgan jagir bilan bir qatorda mamlakatda yerga egalik qilishning ilgarq tarkib topgan va yangidan rivojlanayotgan boshqa formalari ham bor edi. Jumladan, Mug’ullar davlatida hind feodallaribosib oluvchilarga bo’ysunish va ularga muntazam boj to’lash sharti bilan yerga egalik kishni saqlab kolgap edilar. Mahalliy beklar va qabilalarning rahbarlari — zamindorlar kelgindi zabtchilar uchun aholidan soliq to’plash huquqini olgan edilar. Zamindorlar vazifasi meros bo’lib o’tadi deb e’lon qilinganligi sababli, zamindorlar vaqt o’tishi bilan soliq yig’iladigan ana shu yerlarni xam o’z yer mulklarining bir turi deb xisoblay boshladilar. Yer mulki. asosan, musulmonlar qo’liga o’tgan bo’lsa, savdo, sudxo’rlik operatsiyalari va ayniqsa xunarmandchilik maxalliy xind axolisi qo’lida qoldi. Musulmon savdogarlari qadimdan beri O’rta Osiyo va Yaqin Sharq bilan savdo aloqalari qilib kelayotganliklari sababli quruqlikda va qisman dengiz orqali tashqi savdodagina xindlardan ustun turardilar. Axolining asosiy qismini dexqonlar ommasi tashkil qilib, Mug’ullar davrida kuchaygan feodal zulmning butun og’irligi shular zimmasiga tushardi. qisman natura tarzida, qisman pul rentasi tarzida soliq to’laydigan jamoachi dexqonlarning axvoli asosan ilgarigi asrlardagidek qolavergan bo’lsa xam, Mug’ullar davrida xar xolda Hindistonda muxim iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berib, bu o’zgarishlar eski jamoa sistemasining buzila boshlaganidan dalolat berar edi. Buning asosiy sababi mamlakatda tovar-pul munosabatlarining rivojlainishi bo’ldi. 218 Mug’ullar davrida Hindistonning ayrim viloyatlari bir-birlari bilan muntazamroq aloqalar bog’ladilar. Ho’kiz qo’shilgan aravalarning juda katta karvonlari ko’plab tovarlarni janubdan shimolga tashib berar edi. Tovarlar ortilgan juda ko’plab sollar daryo orqali G’ARBiy va sharqiy tomonlarga yuborilardi. Mug’ullarning juda katta imperiyasi vujudga kelishi natijasida mamlakatda qaror topgan nisbatan tinch vaziyat o’z tabiati va xo’jaligi jixatdan xilma-xil bo’lgan Foyat katta mamlakat ichidagi iqtisodiy aloqalarning mustaxkamlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ayni vaqtda Hindistonda shaharlar rivojlandi, sanoat ishlab chiqarishi o’sdi. rivojlanayotgan shaharlar qishloq xo’jalik maxsulotlariga tobora ko’proq extiyoj sezardilar. Bularning xammasi mayda qishloqlarning biqiqligini ko’p jixatdan yo’qotgani edi. Dexqon jamoalari tobora ko’proq bozor munosabatlariga jalb qilindilar. Shuning natijasida jamoalar ichida dexqonlarning turli guruxlari o’rtasida tengsizlik kelib chiqdi. Jamoa zodagonlari (oqsoqol, mirza, maxalliy do’konchi va boshqalar) jamoaning chek yerlarga ega bo’lgan a’zolari bilan birgalikda dexqon kambag’allariga qarama-qarshi turardilar. Kambag’allarining katta qismi «moxov» kastalari deb ataladigan past tabaqa vakillaridan iborat edi. Bu kambag’allar batraklar sifatida eks- pluatatsiya qilinardilar. Kambag’al dexqonlar, shuningdek, odatda ip yigirish va gazlama to’qish bilan shug’ullanardilar. Ularning maxsuloti keng bozorga odatda olib sotarlar orqali chiqar edi. Patriarxal-jamoa tartiblarining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va feodal ekspluatatsiyasining o’sishi sharoitida xind kishlog’ining qashshoqlashuvi keyinchalik ko’plab keng xalq xaraqatlarini keltirib chikardiki, bu xaraqatlar Akbarning idora qilishi. Mug’ullar davlati shod Akbar (1556—1605) hukmronlik qilgan davrda juda ravnad topgan edi. Shoh Akbar Bobirning nevarasi edi. Akbar idora qilgan davrda mamlakatning Sharq va janub tomonidagi bir qancha viloyatlar: Bengaliya, Orissa, Gujarat va Kashmir v'iloyatlari damda Xandeshi va Admadnagar sultonliklari qo’shib olinib, Mug’ullar davlatining chegaralari xiyla kengaytirilgan edi. Shimolda Eronga qarashli muhim karvon savdosi punkti bo’lgan Qandahor shahri bosib olinib, Hindistonga qo’shilgan edi. Akbar o’zidan oldin o’tgan shodlardan 219 boshqacha yo’l tutib, hind feodallarini o’z xizmatiga tortishga harakat qilgan edi. Shuningdek, u hind savdogarlariga doim domiylik qilib kelgan edi. Induizmga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan diniy ta’qiblar dam Akbar davrida to’xtatildi. Hind aholisi jiz’yadan, ya’ni hindlarni kamsituvchi, jon boshiga solinadigan og’ir soliqdan ozod qilingan edi, bundan oldin esa bu soliqdan faqat musulmonlargina ozod edi. 1593 yilda (Fransiyada Nant edikti qabul qilinishidan besh yil avval) Akbar din erkinligi to’g’risida farmon chiqarib , avvallari majburiy ravishda islom diniga kiritilgan hindlarga o’zlarining ilgarigi dinlariga bemalol qaytishga ruxsat etgan edi. Akbar podsholigi davrida Mug’ullarning juda katta imperiyasi 15 viloyatga bulinib, har bir viloyatga shoh noibi — gubernator hokim qilib qo’yilgan edi. Akbar ko’pgina yangi kanallar qazitib, eskilarini tiklab, Hindistonning irrigatsiya sistemasini ancha kengaytirgan edi. Akbar davrida Mug’ullar poytaxti bo’lgan Dehli shahrida katta-katta saroylar va har xil hukumat binolari qurilib, uning zamonida bu shahar «o’sha davrda jadondagi barcha shaharlarning eng kattasi va gullab yashnayotgan»shahariga aylangan edi. Mug’ullar davrida Akbar va uning vorislarining sobiq bosh rezidensiyasi bo’lgan Agra Akbar podsholigi davrida Mug’ullarning juda katta imperiyasi 15 viloyatga bo’linib, har bir viloyatga shoh noibi — gubernator hokim qilib qo’yilgan edi. Akbar ko’pgina yangi kanallar qazitib, eskilarini tiklab, Hindistonning irrigatsiya sistemasini ancha kengaytirgan edi. Akbar davrida Mug’ullar poytaxti bo’lgan Dehli shahrida katta-katta saroylar va dar xil hukumat binolari qurilib, uning zamonida bu shahar «o’sha davrda jadondagi barcha shaharlarning eng kattasi va gullab yashnayotgan»shahariga aylangan edi. Mug’ullar davrida Akbar va uning vorislarining sobiq bosh rezidensiyasi bo’lgan Agra shahri (Dehlidan keyin) Hindistonning ikkinchi poytaxti edi. XVII asrda Mug’ullar imperiyasi. Akbar podsholik qilgan davr dar ikkala lager — musulmon va hind feodallari muayyan darajada jipslashgan davr bo’ldi. Ayni vaqtda Akbarning bir qancha sotsial- iqtisodiy tadbirlari ochiqdan-ochiq xalq dehqonlar ommasi noroziligini bosib turish damda Mug’ullarga qarshi xalq harakatlari vujudga kelishi 220 xavfining oldini olishni ko’zda tutar edi. Akbarning bu yo’ldagi siyosatini uning vorislari — o’g’li Jahongir (1605—1627) va nabirasi ShohJaxon (1627—1658) davom ettirishga harakat qilishdi. ShohJaxon Hindiston janubidagi yerlarni ancha kengaytirishga muvaffak bo’ldi. 1632 yilda u Admadnagarni bosib oldi, 1636 yilda Golkonda va Bijapur Mug’ul imperiyasiga qaram ekanliklarini tan olishdi. Maratxlar o’lkasi — Maxarashtra muayyan davr ichida buyuk Mug’ullarga tegishli yerlar tarkibiga tamomila kirgan edi. Tashqaridan qaraganda ShohJaxon davrida Mug’ullar imperiyasi eng gullab yashnagan darajaga yetgandek tuyulardi. Ammo Mug’ullar imperiyasining ichki zaifligi uning davrida tobora ravshan bo’la boshladi. Feodallarning tez-tez bo’lib turgan g’alayonlari davlat markazlashuviga putur yetkazar edi. Eng yirik jagirdorlar mustaqil davlat bo’lishga intilardilar. Dekanni egallash uchun olib borilgan og’ir janglar davlatdan juda katta kuch sarflashni talab qilardi, damda dushman qo’shinlari o’tgan tumanlarda qishloq xo’jaligiga putur yetkazardi. Akbar vorislari pulga tobora ko’proq muhtojlik sezib otko’p sistemasiga qaytdilar. Vaholanki, bu sistemaning yaramasligi hukumatning uziga yaxshi ma’lum edi. Ko’pincha jagirdorlarning o’zlari haq to’lab, soliq yig’uvchi bo’lib olardilar. Bu esa amalda shunga olib kelardiki, jagirdorlar tobora boyib, ularning mahalliy aholi ustidan hukmronligi tobora tularok va mutlaqo nazoratsiz bo’lib qolardi. Buyuk Mug’ullarning, ularning saroydagi kanizaklarining, eng yirik musulmon jagirdorlar va mahalliy hind knyaz-feodallarining zebi-ziynati va isrofgarchiligi cheksiz bo’lib, ayni vaqtda butun XVII asr davomida mamlakatda umuman xo’jalik jonlanganiga qaramay, xalq ommasi qashshoqlashib borardi. Birmuncha uddaburronlik bilan Mug’ullar Hindistoniga hukmronlik qilgan imperatorlardan so’nggisi Avrangzeb (1658—1707) edi. U imperiya chegarasini janub tomonga qarab kengaytirishga ham muvaffaq bo’lgan edi. (Bijapur va Golkondani uzil- kesil bosib oldi). Shuningdek, u inglizlar Ost Indiya kompaniyasining 1688—1689 yillardagi hujumiga qarshi zarba bera olgan edi. Kompaniya unga juda katta tovon to’lashga majbur bo’lgan edi. Ammo Avrangzebning olib borgan siyosati tor kastachilikka asoslangan bo’lib, 221 Akbar siyosatidan butunlay boshqacha edi. Yevropa mustamlakachilarining ochiqdan-ochiq tahdid qilib turgan xavfiga qarshi X,Hindistonning milliy kuchlarini birlashtirish o’rniga Avrangzeb buning aksini qilib, bu kuchlarni parchalab yubordi. U hindlarni yana diniy ta’qib ostiga oldi, juzya solig’ini qaytadan tikladi, hindlarning ibodatxonalarini doim talab turdi, musulmon feodallarga hindlardan olgan qarzlarini to’lamaslikka yo’l qo’yib berdi. Avrangzeb Hindistonning janubidagi istilolarini dam musulmon feodallarning manfaatlarini ko’zlab qilgan edi. Bu urushlar esa mamlakatdan ko’p kuch va mablag’ talab qilar edi. Urush xarajatlari ko’payib ketib, davlatning irrigatsiya ishlariga qilinadigan sarflari kamaytirildi. Avrangzeb davrida ayniqsa ko’p va og’ir soliqlar to’lashga majbur etilgan adoli ommasi xonavayron bo’lib qashshoqlasha bordi. Viloyatlardagi noiblar va istilo qilingan viloyatlarning rojalari mustaqil bo’lib olishga harakat qila boshladilar. Avrangzeb hukmronlik qilgan davrda feodallar isyoni va dehqonlar qo’zg’oloni juda ko’p bo’lgan edi. Maratxlar harakati. Yearbiy Dekan toglarida yashovchi maratx qabilalaridan bo’lgan dehqonlarning harakati ayniqsa zo’r bo’lgan edi. Maratx hindlarining musulmon Buyuk Mug’ulga qarshi olib borgan urushi g’azovot tusini olgan edi. Qo’zg’olon ko’targan qabilalarga xalqqa tanilgan jasur yo’lboshchi Sh iv a j i (1627—1680) rahbarlik qilgan edi. Shivaji 20 yil davomida, 60 va 70 yillarda Mugullarga qarshi kurashda xalq partizanlar urushi usulini keng qo’llanib, muvaffaqiyat qozongan edi. Shivaji vaqtida Maxarashtra (maratxlar mamlakati shunday deb atalgan edi) Mug’ullardan ozod bo’lgan mustaqil davlat bo’lib qolgan edi. ga surilib, qisman ssktadan chiqib ketishdi. Yangi sikxchilik musulmon va xind feodallariga qarshi qurolli kurash programmasini maydonga tashladi. Sikxlar yer yuzida ekspluatatsiya bo’lmaydigan ideal, «chinakam podsholik» o’rnatishni istardilar. XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida — 1669 yilda va so’ngra 1671 — 1672, 1686 va 1705 yillarda poytaxt tumanida (Agra-Dexli) jat-sikxlarning eng qudratli harakatlari ro’y berdi. 222 1671 —1672 yillarda jatlar Dexliga yurish tashkil qildilar va Mug’ullar poytaxtini egallashlariga sal qoldi. Buyuk Mug’ullar bu xalq qo’zg’olonlarini bostirish uchun qo’zg’olonchilarga qarshi butun-butun armiyalarni yuborishga majbur bo’ldilar. Shu tarzda juda katta va ko’p millionli Hindiston o’zining feodal tarqoqligi, xukmron sinf bo’lgan feodallar o’rtasidagi tinimsiz nizolar, xamda ularning mexnatkash axoli ommasini shafkatsiz ezishi tufayli, nixoyat juda jiddiy milliy, diniy va kasta tafovutlari tufayli o’z mustaqilligini yo’qotdi va ancha vaqtgacha ingliz mustamlakasiga aylanib qoldi. Shundan boshlab u Yevropadagi ,eng rivojlangan kapitalistik mamlakat tomonidan juda qattiq mustamlaka zulmiga duchor qilindi. XVI—XVII asrlarda Hindiston madaniyati. Hindiston madaniyati Mug’ullar davlati davrida rivojlanishda davom etib, o’zining turli sohalarida ancha yuksak ko’rsatkichlarga erishdi. G’oyat rivojlangan adabiyot va arxitekturaning ravnaq topishi XVI—XVII asrlardagi Hindiston madaniyati uchun ayniqsa xarakterlidir. Shoh Akbar va ShohJaxon singari Buyuk Mug’ullar tomonidan yozuvchilarga va san’at vakillariga domiylik qilish siyosati bunda kattagina rol o’ynadi. Akbar davridagi eng atoqli yozuvchi Abul Fazl hisoblanadi. U fors tilida yozar edi. Abul Fazl Akbarning saroyidagi o’ziga xos tarixnavisi bo’lgan edi. U bir necha kitoblarda yozgan Akbar podsholigining ichki va darbiy tarixi dabdabali uslubda yozilgan bo’lib. Akbar ko’klarga ko’tarib maqtaladi. Ammo shunga qaramay bu tarix katta dujjatli materiallar asosida yozilgan bo’lib, umuman Mug’ullar tarixining ana shu katta va muhim davridagi voqealarni ishonchli tarzda bayon qilib beradi. Akbar zamonida fors tilida yozgan shoirlardan eng mashhuri Fay z l edi. Abul Fazlning ukasi bulgap Fayzl Hindistonda forscha she’r tuzilish uslubini targ’ib qildi. Ayni vaqtda Mug’ullar davrida Hindistonda hind tilida dam adabiyot rivojlandi. Bu tilda yozgan buyuk hind shoiri banoraslik Tulsi Das (1532—1623) bo’lgan edi. Das «Ramacharitamanasa» degan umumiy sarlavda ostida undan ortiq kitob yozdi. Bu kitoblar eski xalq qahramonlik va mifologik ertaklarini erkin tarzda qayta bayon qilishdan 223 iborat edi. Das asarlari yuqori va o’rta sinflar orasidagina emas, balki xalq ommasi orasida dam keng mashhur bo’lib ketdi. Akbar va uning vorislari davrida Hindistonda muhtasham va juda katta monumental inshootlar: masjidlar, saroylar, makbaralar, shahar darvozalari va shu sipgarilar kurildi. Dehlidagi Akbar qal’a saroyi o’ziga xos juda katta muhtasham inshoot ediq qal’a devorlarining balandligi 20 metrga yetardi. Bu esa arxitektorlar uchun yo’nilgan toshdan katta hajmdagi inshoot qurishdan iborat katta va murakkab vazifa bo’lgan edi. Akbarning yana bir qal’a saroyi Agra shahriga yaqin joyda edi. Deyarli sadro joyda nihoyatda qisqa muddatda ko’rilgan bu saroy bir qancha binolar, parklar, dovuzlar, nafis qilib yasalgan yo’llar va yo’lkalardan iborat butun bir shaharni tashkil qilar edi. Shoh Jahonning buyrug’iga binoan, uning marhuma rafiqasi xotirasiga qurilgan Agradagi Tojmahal deb ataladigan mashhur masjid- makbara musulmon-Mug’ul arxitektura uslubining durdonasidir. Masjid ajoyib oq marmardan qurilgan bo’lib, uning oq gumbazlari va minoralari shu yerdagi marmar dovuzda aks etib turadi. ShohJaxon davrida oq marmardan ishlangan, minoralari qizil marmarlar bilan qoplangan yana bir muxtasham masjid — Dexlidagi Jome masjidi bo’lib, o’zining badiiy arxitektura formasi va boy bezaklari bilangina emas, balki o’zining juda katta xajmi bilan ajralib turadi. Jome masjidga unga tutash binolarni qo’shib xisoblaganda bir vaqtda yuz ming kishi sig’adi. Shox Jaxon podsholik qilgan davrda, shuningdek, maxsus xukumat binolari, ma’muriy-sud, moliyaviy va xarbiy binolar xam ko’plab qurilgan bo’lib, ular o’z xajmi bilan va ayni vaqtda nafisligi va bezaklari bilan xamda qimmatbaxo binokorlik materiallari bilan ajralib turadi. Nazorat savollari: 1. Mugullar davrida Hindistonning iqtisodiy taraqqiyoti omillarini sanab bering 2. XVII asrda Mo’g’ullar imperiyasi ijtimoiy va siyosiy tuzumi haqida nimalarni bilasiz? 3. Maratxlar harakati maqsad va vazifalari qanday edi? 4. XVI—XVII asrlarda Hindiston madaniyatida me’morchilikning o’ziga hosliklari nimalardan iborat edi? 224 21.-MAVZU: XVI-XVII ASR BIRINCHI YARMIDA XITOY. Reja : 1. Min sulolasining zaiflashuvi 2. XVII asrning 30—40yillarida Xitoydagi dexqonlar urushi 3. Manchjuriya dinastiyasining xokimiyat tepasiga kelishi. Xi- toy xalqining manchjur bosqinchilariga qarshi kurashi. 4. Xitoyga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi va Sin dinastiyasining ularga qarshi kurashi Tayanch tushunchalar: Min sulolasi, Lyaodun , Mukden, Xenan, Xubey, Anxoy, Shandun, Sichuan, Li Szi-chen, Chjen Chen-gun, Makao. Min sulolasining zaiflashuvi. XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Min sulolasi to’la tushkunlikka yuz tutgan edi. Bu dexqonlar sulolasining dastlabki davrlarida sal-pal mavjud bo’lgan ba’zi demokratik tendensiyalari endi allaqachonlar tugab ketgan edi. Min monarxiyasi aynib, o’zidan oldingi sulolalar singari oddiy byurokratik despotiyaga aylangan edi. XVI asr boshlaridan e’tiboran davlatni idora qilish ishlari tepasida davlat xazinasini uyalmay-netmay talagan va shu tariqa juda katta boylik orttirgan imperator xaramiping xodimlari bo’lgan maxramlar turar edi. Xaddan tashqari o’sib ketgan byurokratik davlat apparati, dabdabali imperator saroyining nixoyatda katta chiqimlari va Yaponiya bilan bo’layotgan urush yangidan-yangi soliq daromadlarini talab qilardi. Birgina XVII asrning ikkinchi o’n yilligida barcha davlat soliqlarining xajmi shundan oldiigi o’n yilliklardagiga nisbatan 50 protsent ko’paydi. Davlat soliqlari va buning ustiga maxalliy feodallar, sudxo’rlar va amaldorlar foydasiga olinadigan xar xil og’ir to’lovlar tufayli dexqonlar va shahar xuparmandlarining tinkasi qurigan edi. Xalq ommasi tabiiy ofatdan: suv toshkinidan, takrorlanib turadigan qaxatchilikdan, ocharchilikdan, epidemiyadan azob chekar edi. XVII asrning birinchi yarmida Xitoy xalq ommasining xayoti doimo to’yib ovkat yemaslik, odamxo’rlikkacha borib yetgan ochlik, axoli o’limining avj olishi bilan xarakterlanar edi. Shu bilan birga XVII asr boshlarida 225 Xitoyning xalqaro axvoli juda yomonlashdi. Shimolda, Sungari daryosi xavzasida yashovchi manchjur qabilalari taxminan 1606 yilda birlashdi. 1625 yilda manchjurlar Mukdenni va deyarli butun Lyaodun yarim orolini bosib oldilar. 30 yillarda Koreya manchjurlarga vassal qaram bo’lib qoldi. Manchjurlarning Xitoydagi shimoliy viloyatlarga hujum qilishlari odat bo’lib qoldi. Min hukumati varvarlarga zarba berishga qodir emasligini ko’rsatdi. Bu esa xalq ommasining boshiga yangi kulfatlar keltirar va ularning dayotini chidab bo’lmaydigan darajada juda tang qilib qo’ygan edi. Ommaning mavjud rejimdan noroziligi kuchaya borib, oqibat natijada dehqonlarning juda katta urushiga aylandi va bu urush Min sulolasini halokatga olib keldi. XVII asrning 30—40yillarida Xitoydagi dexqonlar urushi. Dehqonlar harakatining boshlanishiga 1628 yildagi ochlik turtki bo’ldi. Shensi bilan Shansi viloyatlarida bu ochlik ayniqsa kuchli bo’ldi. Bu viloyatlarda boshlangan harakat 1632 yilda Markaziy Xitoyning boshqa viloyatlariga tarqaldi. Qo’zg’olon Xuanxe bilan Yanszi daryolari oraligidagi damma yerlarga yoyilgan edi. Xenan, Xubey, Anxoy, Shandun, Sichuan viloyatlarida bu qo’zg’olon ayniqsa kuchli bo’ldi. Dehqonlarning qurolli otryadlarida bir necha o’n minglab qo’zg’olonchi bor edi.Yangi hukumat dehqonlardan soliq olmadi, armiyani va davlat boshqaruv apparatini saqlash uchun zarur mablag’lar, asosan feodal yer egalariga damda eng badavlat shaharlilar — savdogarlar va sudxo’rlarga ko’plab soliq solish orqali undirib olindi. Biroq, Li Szi-chen Pekinda faqat 42 kun turdi. Shundan keyin u poytaxtni tark etishga majbur bo’ldi. Xitoy feodallari, Min dinastiyasining ochiqdan-ochiq tarafdorlari, qisman esa Min dinastiyasiga oppozitsiyada feodallar dexqonlar xarakatining avj olishidan xamda revolyutsion xukumat tadbirlaridan qo’rqib ketib, tashqi dushmanlar — manchjurlar bilan til biriktirdilar va ulardan qo’zg’olon tartan xalqqa qarshi yordamlashdilar. Manchjurlar bilan muzokaralarda xoin — Min generallaridan biri U San-guy ayniqsa faol rol o’ynadi. Shadzoda Durgan (Manchjuriyaning yoshi yetmagan imperator duzurida shadzodalik vazifasini bajarib turgan) boshchiligidagi manchjurlarning juda katta armiyasi Xitoy yerlariga bostirib kirdi. Li Szi-chen dam 200 mingga yaqin kishidan iborat katta 226 armiyasi bilan Manchjurlarning damda ularga qo’shilgan U San-guyning qo’shinlariga qarshi otlandi. Biroq, Li Szi-chen qo’shinlari Pekin yaqinida mag’lubiyatga uchradi. Li Szi-chen janubga ko’chishga majbur bo’ldi. Bu yerda u Shensi viloyatida bir oz vaqt ko’rashni davom ettirdi, ammo u 1645 yilda mahalliy feodallar tomonidan dehqonlar harakatini bostirish uchun tuzilgan otryadlarnikg biri tomonidan o’ldirildi. 1644 yil 6 iyunda manchjur qo’shinlari U San-guy qo’shinlari bilan birgalikda Pekinga kirib bordi. Shu tarzda Xitoyda yangi ajnabiy dinastiya hukmronlik qila boshladi. Sin deb atalgan bu dinastiya Xitoyda 1911 yilgacha hukmronlik qildi. Manchjuriya dinastiyasining xokimiyat tepasiga kelishi. Xitoy xalqining manchjur bosqinchilariga qarshi ko’rashi. Manchjurlya dinastiyasi Xitoyda darhol mustahkamlana olmadi. 1645 yilda manchjurlar shiddatli janglardan keyin Yanjou va Nankinni olib, janubiy viloyatlarga qarab yo’lga chiqishganida ularning front orqasida manchjurlarga qarshi qo’zg’olon yangi kuch bilan ko’tarildi. Xunan, Sichuan va Guansi, Chjetszyan, Funzyan, Shenyesi va Gansu viloyatlarida manchjurlarga qarshi harakat avj olib, bu harakat XVIII asr 40-yillarining oxirigacha davom etdi. Manchjurlar shu paytga kelibgina qo’zg’olonni bostira oldilar. Sharqiy viloyatlarda keng ko’lamdagi haraqatlar bo’lib o’tdi, bu yerda manchjurlarga qarshi kurashda dengiz sohilidagi ana shu viloyatlarning savdo floti katta rol o’ynadi. Dengiz sohilida joylashgan sharqiy viloyatlardagi manchjurlarga qarshi harakat 1662 yildagina uzil-kesil bostirildi. Janubiy viloyatlarda manchjurlarga qarshi harakat yanada uzoq davom etdi. Tayvan orolida va Janubi-Sharqiy Xitoyning dengiz sohilidagi viloyatlarda manchjurlardan mustaqil bo’lgan Chjen Chen- gun va uning o’g’li Chjen Szin boshchiligida mustaqil davlat tashkil topdi. Janubiy Xitoy portlaridagi savdogarlar orasida sotsial tayanch topgan bu janubiy davlat 30 yildan ko’proq (1650—1683) yashadi. Chjen Chen-gun floti 50-yillarda Nankin shahrini ikki marta qamal qildi. Oqibat natijada manchjurlar Chjen Chen-gun vorislarini Gollandiya floti yordamida tor-mor keltirishga muvaffaq bo’ldilar. Ana shu davlat 227 mustaqilligi tugatilganidan ksyingina Sin davlati uzini butun Xitoyning xo’jayini deb hisoblay oldi. Ana shunday benihoya og’ir sharoitlarda, feodallar o’z vatanlariga xiyonat qilgan vaziyatda Xitoy xalqi bir necha o’n yilliklar mobaynida manchjuriya bosqinchilariga qarshi qahramonona kurash olib bordi. Manchjurlar zulmi Xitoy xalq ommasi yelkasiga og’ir yuk bo’lib tushdi. Yangi hokimiyatning tobora dadshat bilan o’tkazgan muttasil jazo operatsiyalari natijasida mamlakat xonavayron bo’ldi. Manchjurlar xitoylarning milliy tuyg’ularini tahqirlandi, jumladan, barcha erkak xitoylarning bo’ysunganligining ramzi sifatida uzun soch qo’yib, o’rib yurishga majbur qildilar. Manchjurlar feodal-dehqonchilik munosabatlarini mustahkamladilar va saqlab qoldilar. O’zlari bosib olgan tumanlarda dehqonlar harakatining qoldiqlarini shafqatsizlik bilan bostirdilar. Manchjuriyaning yangi zodagonlari hamda mamlakatda imtiyozli mavqeni egallagan va jandarmalarning o’ziga xos juda katta korpusi rolini o’ynagan manchjur qo’shinlari juda katta yerlarni bosib oldiq ularning vazifasi xalqning yangi harakati yo’lidagi dar qanday urinishlarni doimo bostirib turishdan iborat edi. Ayni vaqtda man- chjurlar qo’shni xalqlarga nisbatan dushmanlik va ishonchsizlik siyosatlari bilan Xitoyni atayin yakkalab qo’ydilar, bu jihatdan uning muvaffaqiyatli sotsial-iqtisodiy rivojlanishiga xalaqit berdilar. Xitoyga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi va Sin dinastiyasining ularga qarshi kurashi. XVII asrda yevropalik savdogarlar va missionerlar Xitoy ichkarisiga kirishga harakat qildilar. Katolik (asosan Portugaliya va qisman Franniya) missionerlari bir vaqtlari manchjurlar ishonchini qozonib, ularga, jumladan, to’pchi instruktorlar va qurol-yarog’ ishining ustalari sifatida xizmat ko’rsatdilar. Ayni vaqtda XVII asrning ikkinchi yarmida Xitoyga ingliz, golland va fransuz Ost-Indiya kompaniyalarining vakillari kirib kelishga astoydil harakat qilib, Xitoy hukumatidan turli yengilliklar va imtiyozlar olishga muvaffaq bo’ldilar. Biroq, Yevropa mustamlakachilarining bu siyosati muvaffaqiyatli chiqmadi. Yangi Sin dinastiyasi mustahkamlanib olgach, Yevropa missionerlarining xizmatiga muhtoj bo’lmay qoldi va ular XVII asrning 228 60 yillarida mamlakatdan quvib chiqarildi. XVII asrning oxirlarida ular Xitoyda o’z faoliyatlari uchun yana imkoniyat oldilar. Biroq, XVIII asrning boshlarida ular yana bir marta haydab chiqarildi va bu gal quvib chiqarish uzil-kesil bo’ldi. Ular janubiy Xitoy sohilida joylashgan Makao orolidagi Portugaliya mustamlakasidagina yashay olardilar. XVIII asrda, 1757 yilda Xitoy hukumati birgina Kanton natijasida Xitoy chet el kapitalistik ekspluatatsiyasidan bir oz vaqt xoli bo’lib turdi. Ammo bu siyosatning ikkinchi salbiy tomoni xam bor edi. Xitoy ana shunday siyosat natijasida tashqi dunyodan tamomila ajralib qoldi. Tashqi iqtisodiy aloqalar shu yo’l bilan qo’pol va sun’iy tarzda to’xtatildi va cheklandi. Bu esa Xitoy xunarmandchiligi va Xitoy manufakturasining, Xitoy shahri va Xitoy ichki savdosining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Umuman olganda bu tadbirlarning xammasi Xitoyning orqada qolishiga hamda uning iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi rivojlanmay qolishiga olib keldi, oqibat natijada xalq ommasining axvoli yomonlashib, ularning iqtisodiy va sotsial taraqqiyoti to’xtatib qo’yildi. Nazorat savollari: 1. Min sulolasining zaiflashuvi sabablari haqida gapirib bering! 2. Xitoydagi dexqonlar urushi oqibatlari? 3. Manjurlarning denastiyasi o’rnatilishi va xitoy xalqining ularga qarshi ko’rashi haqida nimalarni bilasiz? 4. Sin dinastiyasining Yevropa mustamlakachilariga qarshi kurashi haqida gapirib bering. 229 22-MAVZU:XVI-XVII ASRLARNING BIRINSHI YARMIDA ITALIYA SHAHAR –DAVLATLARI. R E J A: 1. Italiyada iqtisodiy tushkunlikning boshlanishi. 2. Savonarolaning chiqishi.Rimning talanishi. 3. Keyingi uyg`onish .XVI asr Iitalyan madaniyati. 4. Neapolda Mazanello qo’zgoloni Italiyada iqtisodiy tushkunlikning boshlanishi. Tayanch iboralar: Iqtisodiy tushkunlik, savdo va sanoat, siyosiy tarqoqlik, Savonarola chiqishi, «talon-taroj kuni», buyuk gumanistik madaniyat markazi, keyingi italyan Uyg`onish davri namoyandalari, italyan fani, Mazanello qo’zgoloni, Sisiliyadagi harakat. XVI asrda Italiyada iqtisodiy tushkunlik boshlandi. XV asr oxirlaridayoq italyan sanoatining tushkunlikka uchraganligi sezila boshladi. Xatto Italiyada Florensiya movuti o`rnini ingliz movuti qisman egallay boshladi. Yevropaning o’z sanoati rivojlanib borganligidan italyan movuti u yerda kamroq sotiladigan bo`lib qoldi. Angliyadan tashqari, Fransiya bilan Germaniyada ham sanoat yuksalib bordi. Niderlandiya butun XVI asr davomida savdo va kema qatnovi soxasidagina emas, sanoat soxasida ham tez taraqqiy qildi. Buyuk geografik kashfiyotlar Italiyaning Sharq bilan olib borayotgan savdosiga qattiq zarba berdi. To`g`ri, Italiyaning savdo oboroti birdaniga kamayib ketmadi. Venesiya XVI asrdagina emas, xatto XVIII asrda ham juda boy savdogarlar respublikasi bo`lib kola berdi. Biroq, uning jahon savdosidagi salmogi ancha pasaydi. U endi faqat Yaqin Sharq mamlakatlari bilangina savdo – sotiq ishlari olib boradigan bo`lib qoldi. Rivojlanib borayotgan okean mustamlaka savdosidan Venetsiya butunlay chetda qoldi. Savdo va sanoat soxasidan siqib chiqarilayotgan italyan burjuaziyasi bank – sudxo’rlik operatsiyalariga tobora ko`proq murojaat qila boshladi. Kapital qo’yishning ikkinchi formasi – yer sotib olish bo’ldi. Burjuaziya yer sotib olib, dvoryanlarga aylandi. Sanoat tushkunligi manufaktura ishchilariga ham ta’sir qildi. Ko`p ishchilar shaharlardan 230 yana qishloqqa ko’chib ketib, unda ko`pincha ijaraga olingan bir parcha yerda dehqonchilik qildilar, bogdorchilik, uzumchilik bilan shugullanadilar. Italiya burjuaziyasi katta yer egalariga aylangan bo`lsa ham, ishlab chiqarishni revolyusionerlashtirish maqsadini ko’zlamadi. Dvoryanlar singari burjuaziya ham yerlarning teng sheriklik sharti bilan mayda dexqonlarga ijaraga berdi. Mamlakatda sanoat va savdo tushkunligi sharoitida feodal reaksiyasi tusiga kirib borayotgan feodal munosabatlar uzoq vaqt vaqtlargacha mustaxkamlanib qoldi. Italiya XVI asrda siyosiy jixatdan ilgarigidek tarqoq mamlakat bo`lib qolaverdi. Davlatlardan kattaroqlari: Shimolda – Venesiya, Genuya, Milan hamda Savoyya va Pemont gersogliklari, o’rta Italiyada – (1531-yilda Taskaniya gersogligiga aylantirilgan) Florensiya va papa davlati; janubida – Sisiliyani ham o’z ichiga olgan Neapol qirolligi bo`lgan. Bundan tashqari, o’nlab mayda «mustaqil» yerlar bo`lgan. Respublika tuzumi deyarli hamma yerda monarxiya tuzumi bilan almashtirildi. Milanda kondoter Sfors oilasi gersog unvonini oldi. Florensiyada Medichilar avlodi. Toskaniya gersoglari unvoniga ega bo’ldi. Papa oblastida papalar mutlaq monarxga aylanib, ular o’z chegaralarini kengaytirish uchun mumkin bo`lgan hamma vositalarni ishga soldilar. Aleksandr VI Borjia (1492 – 1503), Yuliy II (1503 – 1513) va Lev X Medichi (1513 – 1521) degan papalar o’zlarining dabdabali hayotlari, harbiy va diplomatiya soxasida yurgizgan murakkab siyosatlari, italyan dinastiyalari bilan shaxsiy va nasabiy aloqalariga qaraganda yepiskoplardan ko’ra ko`proq dunyoviy xokim edilar. Mayda bulaklarga ajralib ketgan tarqoq Italiya muttasil fitnalar, yashirin diplomatik makrlar, o’zaro mayda adovat, janjal va urushlar maydonidan iborat edi. Bularning hammasi boshqa yirik chet mamlakatlarning Italiya ishlariga aralashuviga sabab bo’lardi. 1494 yildan ortiqroq davom eetdi va faqat 1559 yilda to’xtadi. Fransuzlardan tashqari XVI asrda gabsburglar dinastiyasining vakili bo`lgan imperator Karl V hukmronligi ostida qolgan ispan va german feodallari ham Italiyaga bosib kirdilar.. Fransuz, Ispan va German qo’shinlari Italiyani taladilar va xonavayron qildilar. XVI asrning birinchi yarmida hali ham 231 qudratli bo`lgan Turkiya imperiyasiga qarshi kurashda Venesiya katta kuch sarflashga to`g`ri keldi. Noqulay xalqaro vaziyat va chet davlatlarning to`g`ridan-to`g`ri intervensiyasi Italiyani yanada kuchliroq iqtisodiy va siyosiy tushkunlikka olib keldi. Savonarolaning chiqishi.Rimning talanishi. Italiyada fransuz urushlari boshlangani munosabati bilan Florensiyada davlat to’ntarishi yuz berdi. Fransuzlar bostirib keladi, degan ovozalar tarqalishi bilan, xalq ommasi Medichilarning zulmiga qarshi qo’zgolon ko’tardi. Florensiyada birmuncha vaqtgacha (1494 y) respublika qaytadan tiklanib turdi. Dominakanlik monax Savonarola (1452-1498) respublika ishlariga g`oyat katta ta’sir ko’rsatdi. Florensiyadagi o’rta va xonavayron bo`lgan mayda xunarmandlar kayfiyatini aks ettirib, Savonarola o’z va’zlarida boylarning dabdabali va turmush bekorchiligidan kelib chiqayotgan be’manigarchiliklarini qattiq qoraladi va bir qancha mo’tadil sotsial isloxatlar – daromad soligining progressiv formasini joriy qilish, kambagallarning qarzlarini bekor qilish, sudxurlarni xaydab yuborish, Shaharlarda karz beruvchi kassalar tashkil yetish va xakozolarni talab qildi. Savonarola Rim papasini ham qattiq qoralab, papa saroyiga, undagi dabdaba va boylikka la’nat o’qidi. Savonarola fransuzlarni «gunoxga botgan Italiyaga» qarshi « xudo yog’dirgan qaxr-g’azab» oqibati deb xisoblaydi. Fransuz bosqinchilari o’zlarining talonchiligi va jabr-zulmlari bilan tezda italyan jamiyatining hamma sinflarini o’zlariga qarshi ko’zgatdilar. Florensiyadan tashqari yana Neopolni ham bosib olgan fransuz qiroli Karl VIII ning dastlabki muvaffaqiyatlari italyan davlatlarining unga qarshi birlashuviga olib keldi. Fransuzlar shoshilinch ravishda Italiyadan chiqib ketishga majbur bo’ldilar. Fransuzlarning chiqib ketishi bilan Savonarolaning mavqei ham bo’shashdi. U 1498 yilda papaning amri bilan kamoqka olindi va sud kilinib, gulxanda kuydirildi. Ko’chib ketgan Medichilar 1512 yilda ispanlar yordami bilan qaytadan hokimiyat tepasiga chiqib oldilar. XVI asr boshida Italiya urushkoq qirol Fransisk I Valua boshchiligidagi Fransuz feodallari bilan nomi tilga olingan imperator 232 Karl V Gabsburg raxbarligida ispan-german feodallari O’rtasida shiddatli urush maydoniga aylandi. 1525 yilda Paviya shaxri yonida bu ikki dushman O’rtasida qattiq jang bo’ldi. Bu jangda Fransisk I batamom engilib, Karl V uni asir oldi. Papa Kliment VII Gabsburglarning juda kuchayib ketishidan qo’rqib, imperatorga qarshi Fransiya bilan Angliya ishtrokida Italiya davlatlarining koalisiyasini uyushtirishga harakat qildi. Karl V buni bilib qolib, 1527 yilda o’z kushinlarini Rimga yubordi. Papa asir olindi, Rim etsa yanada shavkasiz tarzda talandi. O’n minglarcha Rim axolisi va shu jumladan, juda ko`p xotin-qizlar va bolalar o’ldirildi. Landsknextlar papa saroyi – Vatikanga kirib, uni ham taladilar va ko`p joylarni vayron qildilar. 1527 yil 6 maydagi «talon-toroj kuni» Italyanlar xotirasida uzoq vaqtlargacha daxshat va benixoya katta milliy baxtsizlik kuni bo`lib qoldi. Keyingiuyg`onish .XVIasr Iitalyanmadaniyati.Mamlakatda iqtisodiy tushkunlik boshlanganiga va siyosiy vaziyatning og`ir bo`lishiga qaramasdan, Italiya XVI asrning birinchi yarmida hali buyuk gumanistik madaniyat markazi bo`lib qolaverdi. O`tmishda to’plangan moddiy boyliklar hamda XVI-XV asrlarda yetishib chiqqan olimlar, yozuvchilar, rassomlar, xaykaltoroshlar, arxitektorlar va Uyg`onishg madaniyatining boshqa nomoyandalari xuddi mana shu vaqtda eng yetuk samaralarini berdi. Florensyaning eng mashxur siyosiy arbobi Nikkolo Maiavyelli (1469-1527) o’lkan mo’tafakkir, tarixchi, huquqshunos va faylasuf bo`lgan. Makiavelli «Florensiya tarixi»ning avtori hamda qadimgi Rim tarixchisi Tit Liviy va antik davrdagi boshqa avtorlar yozgan asarlarning sharxlovchisidir. Ammo u ayniqsa o’zining «Podshox» degan (taxminan 1512 yilda yozgan) kitobi bilan shuxrat kozongan. Makiavelli bu kitobida Italiyaning o’sha davrdagi ilgor sinflarining milliy birlik yulidagi intilishlarini yakkol ifodalab bergan. Makiavelli bu kitobida Italiyaning o’sha davrdagi ilgor sinflarining milliy birlik yo’lidagi intilishlarini yakkol ifodalab bergan. Makchiavelli o’z zamonasidagi italyan Shahar respublikalari siyosiy tuzumining krizisini aks yettirsa ham, respublikachilik qarashlardan voz kechadi. U butun umidini monarxiyaga bog’laydi va monarxiya Italiyaning tarqoqligiga barham berib, uni Ispaniya va fransiyaga uxshash 233 markazlashgan yagona davlatga aylantrishi kerak, deb umid qiladi. Makiavelli «Podshox asarida» katta tarixiy tajribani umumlashtirdi. Makiavelli XV-XVI asrlardagi g’arbiy yevropa qirollari va hukmronlarining (ayniqsa Fransiyadagi Lyudovik XI va Italiyadagi Sezar Borjianing) amaliy ishlarini o`rganib, yevropa olimlari orasida birinchi o`laroq o’z kitobida absolyo’tizmni shunday bir davlat deb qaraydiki, unda huquqning negizi zurlikdir, unda monarxlar xech qanday prinsiplarga yoqi axloq koidalariga amal kilmaydilar, balki faqat o’z manfaatlari nuqtai nazaridangina ish qiladilar. Keyinchalik Makivellining «Podshox» asari Yevropadagi va xatto Sharqdagi ko`pgina monarhalr uchun uzoq vaqtgacha dasturamal bo`lib qoldi, monarxlar o’z absolyut va mustabid siyosatida Makiavellining maslaxatlarini amalda qo’llanib keldilar. Keyingi Italyan uyg`onish davrida tibbiyot va matematika fanlari soxasida katta muvaffaqiyatlarga yerishildi. Mashxur Leonardo da Vinchi (1452-1519) eng ajoyib olim – injener, fizik, anatom, matematik, astronom va geolog bo`lish bilan birga g`oyat ulug rassom ham bo`lgan. Leonardo da Vinchi yaratgan «Pinxoniy tanavvul», «Madonna Litta», «Joqonda» singari kartinalar Uyg`onish davridagi italyan san’ati dunyoga mashxurdir. Leonardo da Vinchidan boshqa yana Miqelanjelo Buonarotti (1475-1564), Rafayel Santi (1483-1520) va Vechelo Tisian (1477-1576) kabi genial rassosmlar va xaykaltaroshar Uyg`onish davrining buyuk san’atkorlari bo`lishgan. Miqelanjelo buyuk xaykaltarosh va rassom bo`lib, tavrot va antik syujetlarda juda ko`p asarlar yaratgan, u o’zining asarlarida zavq, kuch va gayrat barq urib turgan azamat figuralarni tasvir yetadi. Rafayel onalik go’zalligini g`oyat yorkin «Sikstin madonnasi» (Drezden gallereyasida saqlanadi) ayniqsa mashxurdir. Bu asar rasmning alohida nafisligi va nozikligi bilan ajralib turadi. Tisian portretlari san’atkorlaridir. Fransisk I va Karl V ning ham ko`pgina portretlarini Tisian chizgan, bu asarlar g`oyat chuqur realistik uslubda ishlangan. Rimdagi avliyo Pyotr sobori keyingi Uyg`onish davridagi Italiya arxitektura san’atining g`oyat buyuk yodgorligidir. Bu sobor butun asr 234 davomida qurilgandir (1506 yilda boshlab, 1590 yilda qurilib bo`lgan). Uning balandligi 132 metr bo`lib, 15 ming kv.metr maydonni egallaydi (ayo Sofiya etsa 6800 kv. metr maydonni egallaydi) Sobor Uyg`onish davrining arxitektura uslubida boshlanib, shundan ancha keyingi barokko uslubi elementlari bilan chatishib ketgan. XVI asrning ikkinchi yarmida ham Italiyaning iqtisodiy tushkunligi davom yetdi. Italiya Yangi jahon savdo markazlaridan tobora chetlasha bordi. Gabsburglarning Valua bilan bitim tuzishi natijasida Italiya 1559- yilgi Kato-Kambreziya sulxiga muvofik o’zil-kesil Ispaniya hukmronligi ostiga o’tadi (Neapol, Milan va boshqalar). Xorijiylarning og`ir milliy zulmi hukmronlik qilgan uzoq davr boshlanadi. Mamlakatning ichki savdo va sanoati yana pasayadit. Ayrim shaharlarning axolisi bar necha baravar kamayib ketdi. Feodal dvoryanlar va klerikal elementlarining ahamiyati kuchaydi. O’z pomeshchiqlariga to`laydigan soliqlar dastidan yozilgan dexqonlar yana buning ustiga juda ko`p va og`ir davlat soliqlari ham to`lashga majbur bo`ladilar, bu soliqlardan keladigan daromad Italiyadagi mayda va juda mayda davlatlarning harajatlariga, qisman chet yel feodallari foydasiga sarf kilinadi. Mamlakatda banditizm avj olib, kundalik xodsaga aylanib qolgan edi. Bu sharoitda italyan madaniyati pastlab ketadi. Mashxur italyan shoiri Torkvato Tasso (1544- 1595) salib yurishlari syujetini o’z ijodining mavzusi qilib oladi. XVI asrning oxirlari va XVII asrning boshalrida yashagan Dominakanlik monax Tomazo Kampanello (1568-1639) Italiyaning atoqli moutafakkirlaridan biri edi kampanenella 1600 yilda ispan Gabsburglarining zulmiga qarshi Kalabriyada ko’tarilgan qo’zgolonda qatnashdi. Kampanello qo’zgolon vaqtida qamoqqa olinib, salkam 25 yil umrini har xil turmalarda o’tkazdi. U turmada yakanida utopik harakterdagi «Kuyosh shaxri» degan asarini yozdi. Kampanenalla bu asarida fan negizida va mehnatni rejali tashkil yetish asosida qurilgan ideal kommunistik jamiyat tuzumini tasvirlaydi, u tasvirlagan jamiyatda xususiy mulk, tekinxurlik bo`lmaydi, ortikcha mehnat bilan band bo`lmagan kishi o’z jismoniy va ma’naviy kuchlarini garmonik tarzda kamol topdirdi. Kampanellaning «Quyosh shaxri» asari morning 235 «Utopiya»si bilan birgalikda Yevropada sosialistik fikrning ilk rivojlanishini aks ettirgan eng ajoyib asar bo`lgan edi. Neapolda Mazanello qo’zgoloni. Ispaniyaga qaram bo`lgan Neapol qirolligi Italiyaning boshqa mamlakatlari ichida eng og`ir ahvolda qolgan mamlakat edi. Bu mamlakkat iqtisodiy jixatdan nihoyatda zaif edi. Shaharlari va sanoati tanazzo’lga uchrab, qishloq tobora kashshoqlashib bordi. Ispan xukumati etsa soliqlarni xadeb oshira berdi. 1558 yilda 1 million 770 ming dukat barobarida soliqlar solingan bo`lsa, 1620 yilda keng istemol mollariga (kambagallarning asosiy ovkati bo`lgan meva va sabzavotga) Yangi soliq joriy qilinishiga javoban, Neapolda qo’zgolon ko’tarildi. Bu qo’zgolongda xunarmandlar, mayda savdogarlar va ishchilar katnashdi. 1647 yil 7 iyuldagi qo’zgolon natijasida Neapol xalq ommasi qo`liga utdi. Mazane’llon laqabi bilan mashxur bo`lgan Tomazo Anello boshchiligida demoqratik xukumat to’zildi. Shahar rasmiy jixatdan ispan qiroliga sodiq bo`lib qoldi. Faqat uning amaldorlariga qarshi hujum kilindi, xolos. Neapolni o’zining qarorgoxi qilib o’tirgan qirol noibi qo’zgolonchilarga bir muncha yon berishga majbur bo’ldi. Jumladan, xalqlning ayniqsa gzabini ko’zgatuvchi soliqlar bekor kilindi. Mazanello Shahar lashkar boshligi, general-kapitan sifatida tanildi. Ammo, oradan ko`p utmay , ispan xokimlari tomonidan yollangan kishilar xalq yo’lboshchisi Mazanelloni o’ldirdilar. Biroq Mazanelloning ulimidan keyin ham harakat to’xtamadi. Butun viloyat Neaopol respublika deb ye’lon qiladi. Miltik ishlab chiqaruvchi manufaktura bosh bo’ldi. Neapol dvoryanlari ispanlar tomonida edi. Harakat raxbarlari bu vaqtda Ispaniya bilan urush xolatida bo`lgan Fransiyaga tayanib ish kurmoqchi bo’ldilar. Ular Lotaringiya gersogi Genrix Gizni korollikka taklif qildilar va u Neapolga kekldi. Lekin Fransiyaning kardinal mazarini xukumat Neapoldagi ishlar uchun yetarli darajada harbiy kuch ajrata olmadi. 1648 yili baxorida ispan ma’murlari kushin bilan Neapolga qaytib keldilar va harakatning demoqratik katnashchilarini shavkasiz jazoladilar. Anezzi osib o’ldirildi. Gersog Gizni etsa turmaga kamadilar, ammo oradan ko`p vaqt utmay, fransuz xukumatining talabiga muvofik uturmadan ozod kilindi. Yangi 236 to’z soligi joriy qilinishi munosabati bilan 1647 yilda sisiliyada ham xukumatga qarshi xuddi shunday harakat boshlandi. Ammo bu harakatning har ikkalasi ham Italiya xalq ommasining chet yel zulmiga qarshi nafratini ifoda qilganligi jixatidan juda muhimdir. Bu harakatning har ikkalasi keyinchalik XVIIIasda va XIX asrning birinchi yarmida butun Italiyani kamrab olgan keng milliy harakatning uzoq o`tmishidagi kO’rtagi xisoblanadi. Nazorat topshiriqlari: Neapoldagi XV1 asrdagi vaziyatni ta’riflab bering. 1. Mazanello laqabi ostida kim bo`lganligini ko`rsating 2. Mazanello qo’zgoloni sabablarini ko`rsating. 3. Qo’zgolon oqibatlariga baxo bering. 4. Italyan sanoatida tushkunlik qachon boshlanganini toping. 237 23-MAVZU: XVI-XVII ASRLARDA YEVROPADA ILMIY BILIMLARNING RIVOJLANISHI. Reja: 1. XVI—XVII Asrlarda G’ARBii Yevropada texnika taraqqiyoti 2. Kon ishi va metallurgiya 3. Harbiy texnikaning usishi va artilleriyaning rivojlanishi 4. Kemasozlikdagi va kemalar katnovidagi muvaffaqiyatlar 5. Tukimachilik sanoati. 6. Yangi tabiiyotshunoslik Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling