Keyingi o’rta asrlar davri


Partizanlar tog’lik joylar sharoitidan foydalanib va dexqon jamoalari


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob


Partizanlar tog’lik joylar sharoitidan foydalanib va dexqon jamoalari 
madadiga tayanib yarim orolda turk hukmronligining asoslariga putur 
yetkazdilar, zabtchi turklar obro’sini tushirdilar, hamda turk ma’muriyati 
va turk mahalliy feodallarining eng yozuv vakillariga qarshi xalq 
qasoschilari bo`lib chiqdilar. Partizanlar turli nomlarga ega edilar; 
bolgarlar va serblarda - gayduklar, Gresiyada - kleftlar, Dalmasiyada-
usqoqlar va hokazo deb atalardilar. Partizanlarning qaxramonona 
kurashi Bolqondagi barcha xalqlarning turklar hukmronligi davridagi 
xalq qo’shiqlarida yaqqol aks ettirildi. Ammo partizanlik har holda 
Turkiya hukmronligiga qarshi kurashning yetarli metodi emas edi, u
tarqoq, va parokanda edi. Turkiya ma’murlari partizanlarning 


178 
chiqishlariga qarshi kurashning o’zlariga xos terroristik metodlarini 
qidirib topdilar. Har holda partizanlar Bolqon yarim orolidagi turklar 
hokimiyatini o’z kuchlari bilan tugata olmadilar. 
Turklar zulmiga qarshi mazlum xalqlar tomonidan olib borilgan 
kurashning yana bir formasi – ayrim joylarda, ko`pincha eng yirik 
Shahar punktlarida tez-tez fitnalar va qo’zg’olon ko’tarishga bo`lgan 
urinishlardan iborat bo’ldi. Odatda bu fitnalar va qo’zgolonlar chetdan 
bo`ladigan madadga, ya’ni Yevropadagi biror davlatning madadiga umid 
bog’lar edi. Avstriya qo’shinlarining madadidan umidvor bo`lgan 1598-
yilda Ikkinchi Bolqon saltanatining poytaxti Tirnovoda mitropoliti 
Dionisiy qo’zgolon qo’shni Transilvaniya va Valaxiya feodallari 
tomonidan madad olishni mo’ljallab ko’tarilgan edi. Ammo 1594 yilgi 
Banata qo’zgoloni ham, 1598 yilgi Tirnovo qo’zgoloni ham yetarli 
tayyorlanmagan bo`lib, muvaffaqiyasiz tugadi. 
XVII asrning boshlarida ayrim turk qo’shinlariga talofat yetkazgan 
serblar va chernogoriyaliklar (1603 yildan Kris shaxri rayonidagi serblar 
qo’zgoloni, 
1604-yilgi 
chernogoriyaliklar 
harakati) 
ba’zi 
muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. 
Turklarga qarshi kurash jarayonida slavyan mamlakatlarining 
vatanparvarlari bir dindagi va qarindosh bo`lgan xalq-ruslar madadiga 
tobora ko`proq umid bog’lay boshladilar. XVI va XVII asrlarda rus 
davlati qudratining o’sishi bu umidni ayniqsa rag’batlantrirardi. 
Bolgarlarda va Bolqondagi boshqa xalqlarda ruslar ertami-kechmi jafo 
chekayotgan Bolqon xalqlariga madad ko`rsatadilar va ularni turk 
zulmidan ozod qiladilar, degan qat’iy ishonch oshib bordi. Bolqondagi 
mazlum xalqlar orasida «dyadyo Ivan» (ya’ni Ivan bobo) haqida afsona 
vujudga keldi. Bu obrazda ular o’zlarini turklarning og`ir zulmidan ozod 
qiladigan ulug’ rus xalqi va kuchli Rus davlatini mujassamlashtirgan 
edilar.
Turkiya imperiyasining tushkunlikka yuz tutishi. Milliy zulm, 
mazlum millatlarni doimo bostirib turish rejimi juda katta Turkiya 
imperiyasining aslida zaif ekanini va beqarorligini ko’rsatardi. Turkiya 
imperiyasining siyosiy tuzumi, idora qilish sistemasining o’zi ham uning 
ziddiyatlar va ichidan zaifligini XVIasrdayoq namoyon etgan edi. 


179 
Fuqarolarning butun hayot-momotini o’z qo’lida tutib turgan sulton 
mustabid hokimiyati Sulaymon 1 ning taxt vorislari vaqtida saroydagi 
har xil feudal partiya va guruhlarning fitnachilik quroliga aylandi. Yangi 
sulton taxtga o’tirar ekan, toji-taxtga davo qiluvchi raqiblari qolmasin 
uchun o’zining barcha aka-ukalarini qirib tashlardi. Saroy hayotida fitna 
ustiga fitna avjiga chiqib ketar va odatda bu fitnalarda yanicharlar ham 
ishtirok qilardi. 
Tinmay davom etgan urushlar juda katta harajatlarni talab etardi. 
Juda ko`p haramxonalari, maxramlari, bexisob xizmatkorlari, juda katta 
soqchi otryadlari va boshqalari bo`lgan sulton saroyiga ham ozmuncha 
mablag soliqlar hamisha oshib borar, ammo axolining ishlab chiqaruvchi 
kuchlari yetsa juda sekin taraqqiy etar edi. Shu narsa xarakterlidirki, 
Turkiyadagi savdo va sanoat ishlari bilan turklarning o’zlari emas, balki 
sultondan imtiyozli yorliqlar olgan g’arbiy ajnabiylar (asosan fransuz 
savdogarlari, XVI asr oxirlaridan boshlab ingliz savdogarlari ham) 
mashgul bular, yoqi turklar istilosigacha sanoat taraqqiy etgan va 
xalqaro savdo-sotiq ishlarida qatnashagan, savdo ishlariga moxir bo`lgan 
yaqin Osiyo xalqlari-greklar, armanlar va suriyaliklar mashgul bo’lardi. 
Ko`proq urushlar bilan, axolini siqib, undan soliq to`latish bilan 
band bo`lgan turk xukumati savdo va sanoatning rivojlanishiga hamda 
qishloq xo`jalikining yuksalishiga mutlaqo yordam bermas edi.. 
Turklarning hukmron sinfi urushni yuz bergan mushkul ahvoldan 
qutilishning birdan-bir yo’li deb bilardi. Bu sinf fikricha, Yangi urushlar 
Yangi xiroj va Yangi soliqlar olinadigan Yangi territoriyalarni 
ko`paytirib berishi lozim edi ammo Turkiyaning iqtisodiy qoloqligi, 
uning sosial va siyosiy tuzumidagi ziddiyatlar zamon o`tishi bilan 
urushlarni uning o’zi uchun xavfli va natijasiz bir narsa qilib qo’ydi. 
Turklar XV asrda va XVI asrning birinchi yarmida bir qancha 
g’alabalarga erishgandan keyin, XVI asrning oxirida boshlab, ayniqsa
XVII asrda o’zlari katta-katta mag’lubiyatlarga uchray boshladilar va 
bu mag’lubiyatlar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Turkiya 
imperiyasi territoriyasining anchagina torayib qolishiga sabab bo’ldi. 
Yevropaliklar bilan bo`lgan urushlarda turklar birinchi marta 1571 
yilda Lepanto yonida katta mag’lubiyatga uchradilar. Bu yerga 


180 
turklarning juda katta flotini Ispaniya, Venetsiya va Rim papasining 
birlashgan floti tor-mor qilgan edi (birlashgan flotning boshligi Filipp II 
ning ukasi shaxzoda Don-Xuan Avstriyskiy edi). Durust, bundan keyin 
Turkiya Venesiyaliklardan Kipr orolini tortib olgan edi. Ammo shunday
bo`lsa ham, bu mag’lubiyat malakatning ichki ahvoliga qattiq ta’sir 
qildi. XVI asrning 70, 80 va 90 yillarida Turkiya keskin ijtimoiy-siyosiy 
inqirozni boshidan kechirdi. Mamlakatda davlat soliqlarining ortishi va 
feodal to’lovlarining ko`paytirilishi munosabati bilan dehqonlarning bir 
necha qo’zgoloni bo`lib o’tdi. 1591 yil ayniqsa «olag’ovur» yil bo’ldi, 
bu yili ko`pchilik viloyatlar sulton Murod III ga (1574-1595) qarshi bosh 
ko’tardilar. Muhammad III podsholik qilgan davrda (1595-1603) doim 
xalq qo’zgolonlari, sipoxiylar va yanicharlarning g’alayonlari bo`lib 
turdi. Pirovard natijada saroyda bo`lib o`tgan to’ntarish oqibatida 
sultonning o’zi ham o’ldirildi. 
Turkiya Eronga qarshi kurashda bir qator talofatlar ko’rdi. Erron 
shoxi Abbos I Ozarboyjonni, Armanistonni, Sharqiy Gruziyani, 
Kurdistonni, shuningdek, Mosul va Bogdon Shaharlari bilan 
Mesopatamiyani bosib oldi. 1619 yilda Istanbul sulxiga binoan, turk 
sultoni Zakavkaze va Mesopatamiyadagi deyarli hamma yerlarining bir 
qismi 1639 yilda kaytarib olindi. Ammo bunga Turkiyaning o’zi 
kuchayganligi bilan emas, balki ko`proq Eronnning zaiflashganligi 
sabab bo’ldi. 
Rossiya bilan Turkiya O’rtasida birinchi marta to’qnashuv XVI 
asrning ikkinchi yarmidayoq bo`lgan edi. Sulton hukumati Tanu 
(Azov)ni bosib olganidan keyin Astraxanni ham bosib olmoqchi edi. 
Sulton hukmati bu yerdan Kaspiy dengizi bo’ylab Yeronga qarshi 
qo’shin tortib borishni mo’ljallagan edi. Ammo hujum qilib kelgan 
turklarning qamaliga Astraxan bardosh berdi (1568). Turklar katta 
talofatlar berib chekinishga majbur bo’ldi. 
Turklar bilan ruslar O’rtasida ikkinchi marta jiddiy to’nashuv XVII 
asrning 30-yillarida oxiri va 40 yillari boshida bo`lgan edi. Bu vaqtda 
Zaporoje kazaklari Azovni (1637 yil) olib, uni bir necha yilgacha o’z 
qo’llarida tutib turdilar. XVII asrning ikkinchi yarmida Turkiyaning 
Avstriyaga, Venesiyaga va Rossiyaga qarshi olib borgan urushlarida 


181 
mag’lubiyatga uchrashi Usmon imperiyasining ichidan zaifligi va harbiy 
jixatdan qoloqligini butun Yevropaga namoyon qildi. Yevropa davlatlari 
orasidagi raqobat, ularning sulton bilan separat bitim tuzishga intilishlari 
tufayligina Turkiya o’zining haqiqiy siyosiy qudratiga mutlaqo mos 
kelmaydigan keng territoriyada uzoq vaqtlargacha yashab turish 
imkoniyatiga ega bo’ldi. Yevropaning «buyuk davlatlari» (birinchi 
navbatda Angliya bilan Fransiya) Turkiya imperiyasining chirib ketgan 
rejimini tugatish va turklar zulmi ostida ezilib yotgan slavyan xalqlarini 
ozod qilish o`rniga, Turkiyani asoratga solishni, o’zlarining yarim 
mustamlakalariga va siyosatlarining quroliga aylantirishni nazarda tutib, 
iqtisodiy jixatdan qoloq, siyosiy jixatdan zaif Turkiya imperiyasini 
saqlab qolishni afzal ko’rdilar. 
Nazorat topshiriqlar: 
1. Turklar Yevropaliklar bilan bo`lgan to’qnashuv qayerda sodir 
bo’ldi.
2. Muhammad III podsholik qilgan yillarni aniqlang.A) 1595-15603 
yillarV) 1592-1600 yillar. S) 1591-1600 yillar.D) 1585-1590 yillar 
3. Rossiya bilan Turkiya O’rtasidagi to’qnashuv qachon bo’ldi. 
A) XV asrning boshida V) XVI asrning ikkinchi yarmida D) XIV 
asning oxiri,E) XVII asrda 
4. XV – XVI asrda Turklar Albaniyani necha marta istilo qildi? 
5.Sulaymoniy “Qonunnomai Sulaymoniy”qonunlar to’plamini 
qachon yozib tugatdi? 
6. XVI asr o’rtalarida Osiyo, Afrika va Yevropaning 
Usmoniylar saltanati tarkibiga kirgan hududlarni xaritadan toping 


182 
17- MAVZU: O’RTA ASRLARDA POLSHA. 
REJA: 
1. Tarixiy adabiyotlarda Polsha davlatining paydo bo’lishi 
masalalarinig o’rganilishi. 
2. Boleslav Jasur tomonidan Polsha yerlaning birlashtirilishi va 
qirollik deb e’lon qilinishi. 
3. Polsha feodal tarqoqlik davri. 
4. Pishemisliv II va Vladislav Lapotekning Polsha yerlarini 
birlashtirish siyosati.
5. Polsha Kazimir Buyuk davrida. 
6. Ko’p millatli Polsha davlatining paydo bo’lishi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling