Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: Kalmar, uniya, 
Stoqkolm fojeasi, Sture, milliy shved sulolasi, shved dvoryanlari 
ruxoniylari, graf, baron, nerke qo’zgoloni, reduksiya. 
Shvetsiyaning Daniya hukmronligidan ozod bo`lishi. Shvetsiyada 
Kalmar uniyasidan norozilik XVI asr boshlarida Daniya oldi. Bu 
hukmronligiga qarshi keng milliy harakat tusini oldi. Bu hukmronlikka 
qarshi dushmanlik ruxi Shvetsiyada tobora kuchaymoqda edi. Shimoliy 
va Baltika dengizlarida daniyaliklarning savdo-sotiq ishlari kengaya 
borgani sari Daniya hukumati Baltikabo’yida yanada ko`proq 
mustaxkamlanib olishga harakat qilar va Shvetsiya hududini Daniyaning 
Shimoliy-Sharqidagi ta’sirini kuchaytirish uchun zarur baza deb bilar 
edi. 
Daniya qiroli Kritian II (1513-1523y) bu masalada ayniqsa katta 
planlar tuzdi, u zaiflashib qolgan ganzaning o`rnini Daniya bosadi va 
Baltika dengizida savdo-sotiq ishlarini tamomila o’z qo`liga kiritib 
oladi, deb xayol qilgan edi. Daniya qo’shinlari 1520 yilda Stokgolmni 
bosib oldilar, Sture xonadoni regentligi tugatildi, shved dvoryanlari, 
ruhoniylari va Shaharliklarining ko`pgina nomoyandalari o’ldirildi, 
daniya hokimiyatiga oppozision kayfiyatda bo`lganlardan jami 100 dan 
ko`proq kishi kirib tashlandi. Daniya feodallarining shved milliy 
oppozitsiyasiga nisbatan qilgan bu qirg’ini Shvetsiya tarixida "Stokgolm 
fojiasi" (1520 yil noyabr) deb ataladi. Ammo daniyaliklarning bu terrori 
milliy harakatning yanada kuchayishiga sabab bo’ldi, xolos. 


209 
Mamlakatning turli joylarda dexqonlar, shaharliklar, o’rta va mayda 
dvoryanlar Daniya xukmdorlariga qarshi bosh ko’tardilar. Shvetsiyaning 
tog’li rayoni bo`lgan Delekarliyada milliy harakat ayniqsa keng va 
qat’iy tus oldi, bu yerda dexqonlar otryadlar tuzdilar va bu otryadlar 
daniyaliklarning qo’shinlarini muvaffaqiyatli ravishda surib chiqardilar.
O’rta dvoryanlardan chiqqan Gustav Vaza butun milliy harakatga 
boshchilik 
qilib, 
mamlakatdagi 
barcha 
kuchlarni: 
dvoryanlar, 
shaharliklar va dexqonlarni bir qancha vaqtgacha umumiy bir milliy 
front qilib birlashtirib turishga muvaffaq bo’ldi. Milliy harakat g’alaba 
bilan tugadi. Shvedlar Skandinaviyasining eng janubiy qismidagina 
daniyaliklar bir necha viloyatni o’z qo’llarida saqlab qoldilar. 1523 yilda 
Gustav Vaza Stokgolm shahriga tantanali suratda kirib borib, Kalmar 
uniyasini bekor qildi va Shvetsiyani mustaqil deb e’lon qildi. Uning o’zi 
Shvetsiyaning qiroli qilib saylandi (u 1523-1560 yillarda hukmronlik 
qildi); Gustav Vaza asos solgan "milliy" shved sulolasi bundan keyingi 
asrlarda Shvetsiyanigina emas, balki XVI asrning ikkinchi yarmi va 
XVII asrda kuщni Polshani ham idora qildi. Avvalboshda Yangi shved
xukumatining ahvoli juda og`ir edi. Mamlakat daniyalik zulmi va 
uzoqqa cho’zilgan ozodlik urushi tufayli xonavayron bo’ldi. Sanoat va 
savdo-sotiq ishlari kasod bo’ldi. Xazinada pul qolmadi. Maxkamaning 
1527 yilda qirolga yozgan dokladida bunday deyilgan edi; "Sizning qasr 
va qal’alaringiz vayron bo`lib yotibdi. Qirolning daromadlari tamoman 
sarf bo`lib ketgan.
Reformatsiya va sekulyarizatsiya qilish yo’li bilan bu mushkul 
ahvoldan qutilish chorasi topildi. Shvetsiyadagi katolik cherkovi 
boyliklarning xatto dvoryanlar orasida ham allaqachon burdi ketgan edi, 
chunki eng ko’zga ko`ringan yepiskoplar shved milliy doiralari bilan 
emas, ko`proq Daniya qiroli bilan aloqada edilar. Germaniyada 
o’tkazilgan reformasiya bu yerda ham alaqachonlar xavas qo’zg’atib 
qo’ygan edilar. Shuning uchun 1527 yildayoq Shvetsiyaning 
Vestorosdagi seymida Shvetsiyada ham reformasiya qilingan injilchilar
cherkovi o’rnatish, Cherkov yerlari sekulyarizatsiya qilish masalasi 
asosan hal qilingan edi. Shvetsiyada uzul-kesil islox 1536-1539 yillarda
o’tkazildi. Angliyadagi kabi Shvetsiyada ham sekulyarizatsiya qilish 


210 
natijasida qirol va ayniqsa dvoryanlar boyib ketishdi, chunki 
sekulyarizatsiya qilingan mulklarning ko`p qismi dvoryanlar qo`liga 
o’tdi. 
O’zining moliyaviy ahvolini mustaxkamlash uchun Gustav Vaza 
yana bir qancha boshqa tadbirlarni ham ko’rdi. U 1542 yilda maxsus 
farmon chiqarib, qirollikdagi ishlanmay bo’sh yotgan barcha jamoa 
yerlarini o’z mulki deb e’lon qildi. 1551 yilda chiqarilgan farmonda 
barcha yer osti boyliklari, ya’ni Shvetsiyada juda ko`p bo`lgan har xil 
konlar qirol mulki deb e’lon qilingan edi. Dvoryanlar xukumatining yer 
masalasidagi siyosati dexqonlarning ahvolini yomonlashtirib qo’ydi. 
Ilgari cherkovga qarashli bo`lgan yerlarni o’z qo’llariga kiritib olgan 
Yangi yer egalari barshchina va obrokni ko`paytirdilar, hamda erkin va 
yarim qaram bo`lgan dexqonlarni mumkin qadar krepostnoy qilishga 
harakat qildilar. Bu xol, shuningdek dexqonlar ixtiyoridagi yerlarning 
tortib olinishi ham dexqonlarda qattiq norozilik tugilishiga sabab bo’ldi. 
Bir vaqtlar daniyaliklarga qarshi kurashda qaror topgan milliy fronti 
tarqalib ketib, uning o`rniga mahalliy (shved) feodallariga qarshi va 
qirol xukumatiga qarshi dexqonlar kurashi boshlanib ketdi.
30 va 40-yillarda Shvetsiyada dexqonlarning bir necha marta katta 
qo’zgolonlari 
bo’ldi. 
Bu 
qo’zgolonlardan 
eng 
mashxurlari: 
Dalekarliyada bo`lgan 1526-1533 yillardagi qo’zgolon: Ost-Gollanddagi 
1538 yilgi qo’zgolon va dexqonlarning 1536-1543 yillarda bo`lib o`tgan 
janubiy shved harakatidir. Janubiy, shved harakati vaqtida o’rmonlarda 
juda ko`p "o’rmon axli" dan otryadlar uyushtirilib, bu otryadlarga 
qo’shilgan kishilarning soni mingga etgan edi. Pirovard natijada bu 
qo’zgolonlarning hammasi bostirildi. Qirolning moliyaviy ishlari 
yaxshilangandan keyin hukumat katta yollanma armiya saqlash 
imkoniyatiga ega bo’ldi va bu armiyadan dehqonlar harakatini bostirish 
uchun foydalandi. Asosan dexqonlardan tashkil topgan qirol armiyasiga 
sekin-asta dexqonlarning eng aktiv elementlari qo’shila bordi va 
shunday qilib, dexqonlardan oppozisiyasiga raxna solingan edi. 
XVI-XVII asrlarda Shvetsiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. XVI 
asrda Shvetsiya ekanomikasi bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. 
Qishloq xo`jalikining (asosan janubiy va janubi-Sharqiy tumanlarida) 


211 
tovar maxsuldorligi ortishi bilan birga, mamlakat sanoati - temir, mis, 
kumush, qalayi qazib chiqarish, qurolsozlik, yogoch tilish va qog’oz 
sanoati, mo’yna ishlash, kemasozlik ham taraqqiy qilmoqda edi. Gustav 
Vaza Germaniyadan juda ko`p konchilar va metallsozlar chaqirib 
keltirib. Yogoch tilish korxonalari va shaxtalarda XVI asrning ikkinchi 
yarmidayoq tog’dagi daryolar, soylar va shalolalarning quvvatidan keng 
foydalanardilar. XVII asrda Shvetsiyada har xil qurol-yaroglar ishlab 
chiqarilardi. Ishlanmagan temir va undan tayyorlangan har-xil buyumlar 
shvedlarning chetga chiqaradigan mollari ichida asosiy o`rin tutardi. 
Shunisi harakterliki, XVI-XVII asrlarda Shvetsiyada manufaktura 
tipidagi sanoat korxonalarining ko`pincha dvoryanlarning o’zlari tashkil 
qilar edilar. Bu esa qisman o’sha davrda Angliyadagi mayda 
dvoryanlarning korxona egalari bo`lishini eslatardi. Shvetsiya, Angliya, 
Fransiya, Niderlandiya, Germaniya, Daniya, Polsha va Rossiya bilan 
qizg`in savdo-sotiq ishlari olib borardi. Ko`pgina Shaharlar - Stokgolm, 
Kalmar, Upsala, Abo, Xelsinki va boshqalar muhim savdo markazlari 
bo`lib qolgan edi. Okean naryog’idagi mamlakatlar bilan savdo-sotiq 
ishlarini olib borish uchun Shvetsiyada 1627 yilda "Janubiy kompaniya" 
tashkil qilingan edi. 1668 yilda Shvetsiyada davlat banki tashkil qilindi, 
bu Yevropada eng ilk ochilgan banklardan biri edi. Lekin Shvetsiya 
sanoati juda ham bir yoqlama taraqqiy etgan edi. Asosan qazib 
chiqaruvchi sanoat tarqqiy topgan bo`lib, metallsozlik sanoati qisman 
rivojlangan edi. 
Shvetsiyaning XVII asrdagi eksporti asosan xom ashyodan va yarim 
xom ashyodan iborat edi, ya’ni chet ellarga temir, mis, har xil turdagi 
yogoch, yog’, baliq, mo’yna va shu kabi narsalar chiqarilar edi. Gazmol 
(movut, polotno va x.k.), yuqori nav metall buyumlar va shu qabilarni 
Shvetsiyaning o’zi chet ellardan sotib olar edi. Shvetsiya XVI asrda
juda ko`p gallani, XVII asrda undan ham ko`progi chet llardan - 
Rossiyadan va Baltika bo’yi mamlakatlaridan sotib olardi. Mahalliy 
sanoat xom ashyo (jun, kanop va shu qabilar)ning yetishmaganligi 
Shvetsiya sanoatining rivojlanishiga halakit berardi. Shvetsiyaning 
to’qimachilik sanoati XVII asrda ham endi vujudga kelayotgan xolatda 
edi. 


212 
XVI-XVII asrlarda Shvetsiyaning tashqi siyosati.Daniya 
hukmronligidan qutilib olganidan keyin Shvetsiyaning o’zi qo’shnilariga 
nisbatan keng miqyosda agressiv siyosat yurgiza boshladi. Baltika 
masalasi Shvetsiyaning tashqi siyosatida asosiy o`rin tutadi. XVI asrda 
ham, XVII asrda ham qirollik qilgan shved qirollarining tashqi siyosati 
Baltika dengizi orqali butunlay o’z qo’llariga kiritishga intilishdan iborat 
edi. Shu maqsadga yerishish uchun Shvetsiya bu davr ichida o’z 
qo’shnilari bilan juda ko`p urushlar qildi. Shvetsiya Livoniya urushida 
ishtroq yetib, natijada Estoniyani va Liflyandiyaning bir qismini bosib 
oldi. XVII asrda Rossiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, 
Shvetsiya 1617 yilgi Stolbovo sulxiga muvofik Ingermanlandiya va 
Kareliyani bosib oldi, shunday qilib, Moskva davlatini Baltika dengizi 
kirgoqlaridan tamomila ajratib qo’ydi.G’arbiy Yevropa bozorlariga 
yuboriladigan rus mollarini Narvaga, Abo, Viborg va Revelga olib 
borish lozim bo`lib qoldi. Chet el savdogarlari rus savdogarlari bilan 
bevosita savdo-sotiq qila olmay qoldilar. Rus savdogarlari o’zlarining 
tashqi savdo ishlarini Arxangelskka ko’chirishga majbur bo’ldilar, 
chunki bu yerga shvedlar kirib bora olmas edilar. 
1629 yilda Altmark sulxiga muvofik Shvetsiya Riga shaxrini, 
Kurlyandiyani, Sharqiy Prussiya bilan Litvaning bir qismini olib, 
Liflyandiyadagi yerlarini kengaytirdi. Qirol Gustav II Adolfning (1611-
1632) keng ko’lamdagi istilochilik planlari haqida yuqorida aytib 
o’tilgan edi, u baltika dengizining janubiy (nemis) kirgoqlarini bosib 
olishni aniq niyat qilib, O’ttiz yillik urushda qatnashgan edi. Darhakikat, 
Baltika dengizi "shvedlar dengizi"ga aylanganidek bo`lib ko`ringan edi. 
1648 yilgi Vestfaliya sulxiga muvofik , Shvetsiya Germaniyaning 
Shimolidagi g`oyat muhim viloyatlarini, ya’ni Germaniyaning eng katta 
daryolaridan uchtasi - Elba, Vezer va Oder daryolarning dengizga 
qo`yadigan joylarini egallagan edi. Bundan tashqari, Shvetsiya 
Daniyaning Gotland orolini (1645 yilda) bosib olgan va Zund orqali 
shved kemalarining bemalol (boj to`lamay) o’tib yurish huquqiga ega 
bo`lgan edi. XVII asr o’rtalarida Shvetsiya daniyaliklarni Janubiy 
Skandinaviyadan butunlay surib chiqargan edi (1658 yilda Blikeng, 
Skoniya va Gollad viloyatlarining ko’lga kiritilishi ko’zda tutiladi). 


213 
XVII asrning ikkinchi yarmida Shvetsiya uch million axolisi 
bo`lgan mamlakatga aylandi. Ammo bunda shvedlarning o’zi esa bir 
milliondan ortiq emas edi. Qolgan ikki millioni boshqa xalqlar: finlar, 
karellar, ruslar, yestonlar, latishlar, polyaklar, litvaliklar, nemislar va 
daniyaliklar edi. Bunday xolda Shvetsiyaning davlat tuzumi mustaxkam 
bo`lib qola olmas edi. 
Bo’ysundirilgan va ezilayotgan millatlar ertami-kech Shvetsiyadan 
ajralib chiqib, etnik chiqishlari jixatidan yaqin bo`lgan, tili bir xil 
bo`lgan, shuningdek, iqtisodiy va madaniy manfaatlari yaqin bo`lgan 
qo’shni mamalkatlarga qo`shilib ketishga intilmay iloji yuk edi. Bunday 
tashqari, Shvetsiyaning yo’z yellik yildan ortiqroq davr mobaynida Vaza 
sulolasidang bo`lgan shved qirollari amalga oshirib kelgan agressivlik, 
urushqoqlik va ulug’ davlatchilik siyosatiga javoban qo’shni 
mamlakatlarning shvedlar agressiyaga qarshi kurashini o’zgartiradi. 
Shvedar baltika dengiziga tanxo o’zlari xokim bo`lishga intilib, 
Rossiya, Polsha, Germaniya, Daniyaning va Baltikaning hayotiy 
manfaatlariga qo`pol ravishda putur yetkazardilar. Shvedlarning 
bosqinchiligiga xalaqit berish maqsadida harakat boshlagan Yevropa 
davlatlarining ittifoqi XVII asr o’rtalaridayoq tuzilgan edi, unda Polsha, 
Daniya, Avstriya, Brandenburg va Moskva davlati ayni bir vaqtda
Shved qiroli Karl X ga qarshi otlangan edilar. XVII asr oxirlarida 
shvedlarga qarshi (Rossiya, Polsha va Daniyadan iborat) ittifoq qat’iy 
rasmiylashdi. 1700-1721 yillarda davom etgan Shimoliy urush 
Shvetsiyaning tamomila maglubiyati bilan tugadi va natijada u 
Yevropaning ikkinchi darajali davlatlari qatoriga tushib qoldi. 
Shvetsiyada sosial ziddiyatlarning keskinlashuvi. Shvetsiyaning 
XVI-XVII asrlardagi taraqqiyotida yuz bergan ziddiyatlar yolg’iz tashqi 
ziddiyatlardangina iborat bo`lib qolmadi. Mamlakat ichida sosial va 
siyosiy ziddiyatlar yetilib qolmoqda va tobora keskinlashmoqda edi. 
Shvetsiya sanoat va savdoni rivojlantirish soxasida bir qancha 
muvaffaqiyatlarga erishgan bo`lsa-da, ammo shunga qaramay, bu davrda 
u sanoat mamlakatiga aylana olmadi. Shved shaharlari taraqqiy etgan 
bo`lishiga qaramay, G’arbiy Yevropaning eng taraqqiy etgan boshqa 
mamlakatlarining Shaharlari kabi mamlakatda katta ta’sirga ega bo’la 


214 
olmadilar. Shvetsiyaning sosial tuzumi uchun oqsuyak dvoryanlarning 
g`oyat katta e`tiborga ega bo`lganliklari harakterlidir. 
Ular ishlanadigan yerlarning ko`p qismini, ko`pgina o’rmonlar, 
konlar, qo’llar va boshqa xududlarni egallab olgan edilar. Harbiy, 
ma’muriy va diplomatiya soxasidagi raxbarlik o`rinlarda ham 
oqsuyaklar turardi. Senat, XVII asrda Shvesariyaning muntazam ishlab 
turadigan oliy xukumat organiga aylantirilgan ilgarigi davlat kengashi - 
riksrad ham o’sha aristokratlar qo’lida edi.
Aristokratlarning ta’siri Gustav Adolf davaridayoq o’sgan va uning 
qizi (avval yosh bo`lib, so’ngra ulg’aygandan keyin ham xech qanday 
mustaqillik ko’rsatmagan) qirolicha Kristiana 
vaqtida unvonli 
dvoryanlar juda ham ko`payib ketgan edi. Quyida keltirilgan raqamlar 
buni yaqqol ko`rsatadi: 1654 yilda esa graflar 22 taga, 1632 yilda 
Shvetsiyada 4 ta graf, ( ta baron, 321 dvoryan bo`lgan. XVII asr 
o’rtalarida dvoryanlar qirollikka qarashli yerlarning hammasini deyarli 
talon-taroj qilishgan va o’zaro bo`lishib olishgan edilar. XVII asrning 
o’rtalariga kelib, Shvetsiyada qirolikka qarashli hamma qulay xaydalgan 
o’tloq yerlarning kamida 70 foizi dvoryanlar qo’lida edi. Dvoryanlar o’z 
yerlarida yashayotgan dexqonlardan davlat soliqlarini o’z foydalariga 
to’plash, mahalliy qishloq cherkovlariga pasportlar tayinlash, bir necha 
nojo’ya ishlar uchun dexqonlarni o’zlari sud qilish huquqini oldilar. 
Pomeshchiqlar XVI vaXVII asrlarda ham iqtisodiy va yuridik jixatdan 
o’zlariga qaram bo`lib qolgan dexqonlarni har qanday yo’llar bilan 
krepostnoylarga aylantirishga harakat qilar edilar. 
Shu tarzda Shvetsiyada XVI-XVII asrlarda ro’y bergan feodal 
jarayonlar o’z harakteri jixatidan "ikkinchi marta asoratga solish" deb 
ataladigan hamda Elbaning sharqidagi mamlakatlarda ro’y bergan 
jarayonlarga yaqinlashib qolgan edi. Oqibat natijada mahalliy sharoitlar
tufayli, avvalo mamlakatda yetarli darajada qulay va keng xaydaladigan 
yerlar yo’qligi tufayli, shuningdek, tarixiy iqtisodiy va siyosiy 
harakterdagi boshqa sabablar tufayli Shvetsiyada XVI asrda ham 
krepostnoylik sistemasi qaror topmadi. Shunga qaramay asoratga solish 
soxasidagi tendensiyalar ancha real bo`lib, buning natijasida Shvetsiya 
dexqonlarining ahvoli ancha yomonlashgan edi. 


215 
Bularning hammasi o’tkir sosial ziddiyatlarni keltirib chiqardi. XVII 
asrning o’rtalarida Shvetsiyaning turli rayonlarida dexqonlarning jiddiy 
harakatlari ro’y berdi. 1653 yilda o’rta Shvetsiyadagi (Nerke viloyati) 
qo’zgolon ayniqsa kuchli bo’ldi. Bu qo’zgolonda dexqonlar 
mamlakatdagi barcha dvoryanlarni yakson qilish shiorini tashladilar. 
Taxminan shu paytlarda qaram viloyatlarda - Finlandiya, kareliyada, 
Baltika bo’yi viloyatlarida, shuningdek ilgari Daniyaga tegishli bo`lgan 
va yaqinda kayta kushib olingan janubiy Shvetsiya viloyatlarida 
dexqonlarning g’alayonlari bo`lib o’tdi. Mayda dvoryanlar va burjuaziya 
o’z navbatida arstokratiyaning zo’ravonligidan g’azablanar, hamda 
riksdagi (Shvetsiya seymining quyi palatasi) aristokratiya tomonidan 
talon-taroj qilingan qirollik yerlarining xazinaga qaytarilishini talab 
qilardilar. 
Shvetsiyada XVII asrning ikkinchi yarmidagi qirollar - Karl X va 
Karl X1 davrida qisman reduksiya o’tkazildi. Biroq aristokratiya 
doiralari shundan keyin ham o’z siyosiy ta’sirlarini yo’qotmadilar. 
Shvetsiya XVIII asrning boshlarida ham umuman tipik feodal 
sosloviyali aristokratik monarxiyaligicha kolaverdi.
Nazorat topshiriqlari: 
1. XVI asrlarda boshlangan milliy harakat kimdan norozi edi? 
2. Milliy harakatga kim boshchilik qildi? 


216 
20-MAVZU: XVI-XVII ASR BIRINCHI YARMIDA HINDISTON. 
Reja: 
1. 
Mo’gullar davrida Hindistonning iqtisodiy taraqqiyoti 
2. 
XVII asrda Mo’g’ullar imperiyasi. 
3. 
Maratxlar harakati. 
4. 
XVI—XVII asrlarda Hindiston madaniyati 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling