Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:Mojorlar, Arpadlar 
urug’i, feodallashish jarayoni, Vengriya mulklari, Oltin bulla, mo`g`ul-
tatarlar hujumi, Anjuy sulolasi, «Ulug Vengriya», Yagellolar sulolasi, 
Kuruslar qo’zgoloni. 
Vengriya davlatining tashkil topishi va feodallashish jarayoni. 
Vengriya davlati IX asr oxirida Janubi-Sharqiy Yevropada tashkil topdi. 
Vengrlar yoki mojorlar, fin-ugor til guruhiga mansub xalq bo`lib, ular 
Sharqdan, Azov dengizi bo’yi – Don dashtlaridan Dunay daryosi 
bo’yiga kelganlar (ilgari ular undan ham nariroqda, janubiy ural tog’ 
etaklarida yashaganlar). O’sha vaqtda Vengrlar hali ko’chmanchi 
chorvadorlar bo`lib, urug’-qabilachilik hayotining xususiyatlarini juda 
ravshan saqlab qolganlar. Vengrlar yetti qabilaga (yoki o’rdaga) 
bo’linganlar, qabilalari esa urug’larga taqsimlangan (jami bo`lib 108 
urug’ mavjud bo`lgan). Vengrlarning hayot obrozi ko`proq Osiyolik 
ko’chmanchilarning hayotini eslatib turadi. Go’sht bilan sut ularning 
asosiy ovqati bo`lgan. Erkaklar ko`pchilik o’z o`rnini chavondozlikda 
o’tkazgan. Turli qabilalarning boshliqlari orasida Almosh va Arpad 
ayniqsa ajralib turganlar, ular rahbarligida vengrlar o’rta Dunay 
teritoriyasini, ya’ni qadimiy Pannoniya bilan Tissa daryosi rayonini 
istilo qilganlar. Vengrlar turli qabilalardan tashkil topgan mahaliy 
ahvolini siqib chiqarganlar yoki o’zlariga qaram qilib olganlar, bu aholi 
esa germanlashgan keltlar, romanlashgan daklar, turli slavyan qabilalari 
va boshqalardan iborat bo`lgan. 
Vengrlar X asr mobaynida garchi dehqonchilik qilishga ko’chgan 
bo`lsalar-da, 
lekin 
chorvachilik 
bilan 
ham 
keng 
miqyosda 
shugullanganlar. Ularning harbiy tuzumi hamon rivojlanib borgan. 
Venger otliqlari o’zlarining hujumlari bilan G’arbiy Yevropada 


198 
barchaga daxshat solganlar. Vengrlar Shimoliy Italiyani, Provansni, 
Sharqiy Fransiyani, Janubiy va G’arbiy Germaniyani payxon qilganlar 
va talaganlar. Saksoniya dinastiyasiga mansub nemis qirollari – Genrix I 
Kushvoz va Otton I gina vengrlarni yanchishga muyassar bo`lganlar ( bu 
janglar 933- 955 yillarda Merzuburg shahri yonida va lex daryosi 
bo’yida bo`lgan). Shundan so’ng vengrlar G’arbda hujumlar qilishni 
to’xtatib, o’troqlikka o`tganlar va ular orasiga xristianlik kira boshlagan.
Vengrlar 
mahalliy slavyanlardan dexqonchilik texnikasini, uy 
xayvonlari urchitishni, dexqon qo’ralari qurishni va donli ekinlar ekishni 
o`rganib 
olib, 
zo’r 
berib 
dexqonchilik 
qiladigan 
bo`lganlar. 
Slavyanlarlarning uy hayotiga, dexqonchilikka, bog’dorchilikka, 
polizchilikka, xunarmandchilikka, oilaviy hayotga va jamoat tartiblariga 
oid ko`pgina so’zlari vengr tiliga kelib kirgan. XI-XII asrlarda vengrlar 
feodal munosabatlar rivojlangan, qisman bunga sabab vengrlar bilan 
asta-sekin qo’shilishib ketgan mahalliy slavyanlar ijtimoiy tuzumining 
bevosita ta’siri bo`lsa, ikkinchi tomondan, G’arbiy Yevropa 
feodalazimnning, xususan german feodallarining ham qisman ta’sir 
ko`rsatilganligidir. 
Vengriyaning Arpadlar urug’idan chiqqan bosh knyazi Stefan I 
(vengrcha Ishtvan 997-1038) qariyb 1000-yilda papdan qirollik titulini 
oldi. Stefan davrida xristianlik uzil-kesil davlat dini deb e’lon qilindi. 
Mamlakat ma’muriy okruglarga (komitetlarga, ya’ni grafliklarga) 
bo’linib, bu okruglar tepasida ishpanlar (slavyancha «jupan» so’zining 
o’zgargani) turardilar. Ishpan lashkar chaqirar, qirollik foydasiga 
soliqlar to`lar va sud ishlarini bajarardi. Butun Vengriya bo’ylab 
ko`pdan-ko`p qasrlar qurildi; odatda eng yirik qasrlar ishpanining 
rezindensiyasi bo`lib ham xizmat qilardi. Bunday qasrlarning bir qismi 
tez orada shaharlarga aylandi. 
XII-XIII asrlarda Vengriya batamom feodal davlatga aylandi. 
Shunisi xarakterliki, faqat quyi xalq ommasigina emas, balki eski 
patriarxal-urug’chilik an’analaridan hali qutilib yetmay, ular bilan darxol 
aloqasini uzmagan vengr aristokratiyasining bir qismi ham feodalizmga 
nisbatan uzoq vaqtgacha keskin oppozitsiyada bo’ldi. Feodalizmga 
qarshi bo`lgan norozilik bir qancha qo’zgolonlar va o’zaro urushlarda 


199 
yaqqol ifodalandi, XI asr mobaynida vengriyada Yangi, xristian diniga 
qarshi eski, majusiylik dinini quvvatlash uchun kurash bayrog’i o`tgan 
edi. Faqat XI asr oxiriga kelib katolik Cherkovi, G’arbiy Yevropaga 
nisbatan chekka o’lka hisoblangan va etnik sostavi jixatidan unga yot 
bo`lgan bu qirollikda nihoyat, o’z mavkeini mustaxkamlab oldi. 
Yevropa feodallarining siyosiy ko’magi muxtoj bo`lgan vengr 
qirollari faqat nemis ruxoniylarigina emas, balki nemis risarlarini ham 
xizmatga tortib, ularning har ikkalasiga katta-katta yerlar in’om qildi. 
XII-XIII asrlarda Dunay va Tissa daryolarining eng numdor 
tekisliklarida 
vengr 
zodagonlari, 
ya’ni 
vengr 
baronlari 
va 
yepiskoplarining ko`pdan-ko`p yirik pomestelari, shuningdek, mayda 
risarlarning juda ko`p mulklari vujudga keltirildi. Franklarda bir vaqtlar 
graf mansabi bo`lganidek, vengrlarda ishpan mansabi ham feodallasha 
bordi. Bu mansab vorisdan – vorisga o’tadigan bo’ldi. Bu mansab bilan 
aloqador yerlar feodal-magnatdlarning meros yerlariga aylandi. 
Vengrlarning ko`p sonli urushlari mahalida boshqa yurtlardan xaydab 
olib kelingan deyarli qullardan tashkil topgan krepostnoy dexqonlar safi, 
endilikda, xonavayron bo`lgan erkin vengr jamoatchi dexqonlar 
hisobidan tobora ko`proq to’ldirila bordi. Feodallar o’zlariga qarashli 
unumdor yerlardan mumkin qadar qulayroq foydalanishga intilishlari 
munosabatlari bilan Vengriya krepostnoy huquq ayniqsa shavqatsizlik 
bilan ekspluatasiya qiladigan bir mamlakatga aylandi.
Yevropadagi juda ko`p salib yurishlarida qatnashgan, Sharqqa 
Vengriya orqali o`tgan salibchilar o’z tomonlaridan Vengriyaning 
iqtisodiy jixatdan jonlanishiga yordam qildilar. Vengriyada Shaharlar va 
xunarmandlik rivojlandi. Vengr bug’doyi, chorvasi, go’shti va boshqa 
qishloq xo’jalik maxsulotlari ko`plab va foydali narxlarda sotiladigan 
bo’ldi.. Bularning hammasi krepostnoy zulmini kuchaytirishga va 
krepostnoylarning sonini ko`paytirishga olib keldi. Bu davr ichida 
Vengriya o’z mulklarini ancha kengaytirdi. Vengriyaning o’ziga qarashli 
asosiy mulklar yonida Sharqda -–Transilvaniya va Zakarpatiya Rusi, 
janubda – Xorvatiya va Dalmasiya, so’ngra Bosniya ham qo’shib olindi. 
Vengriya Adriatika dengiziga chiqish imkoniyatiga ega bo’ldi. Vengriya 
qirollari Bolqon yarim oroli ishlariga aralashadigan bo`lib qoldilar. 


200 
Venetsiya va Vizantiya bilan olib borilgan davomli urushlar 
Vengriyaning deyarli butun ana shu davrdagi tashqi siyosatini 
xarakterlab beradi. XIII asrda Vengriya Sharqqa qilingan salib 
yurishlarida (beshinchi salib yurishida) aktiv qatnashdi.
Ayni zamonda vengr qirollari qo’shni Galich-Volin knyazligini 
egallashga harakat qildilar (vengr yilnomalarida – Lodomeriya deyiladi, 
bu rus Shahari Vladimir Volinskiy degan nomdan kelib chiqqan). 
1222 yilgi Oltin bulla hamda mo`g`ul-tatarlar bosqini 
oqibatlari. Vengr qirollarining harbiy soxada erishgan yutuqlarga 
qaramay (shu bilan birga, bir qancha katta-katta muvaffaqiyasizliklar 
ham bo`lgan edi.), feodal tuzum mustaxkamlana borishi va yirik yer 
egaligi tantana qilishi bilan ularning mamlakat ichqarisidagi hokimyati 
juda zaiflashib qilgan edi. Qirol Andrey II ning Sharqqa qilgan 
muvaffaqiyasiz yurishlari (beshinchi salib yurishi paytida) va Galich 
Volin knyazligi bilan bo`lgan kurashda yengilgan ritsarlarning va yirik 
feodal baronlarining katta bir qismining korolga qarshi qo’zgolon 
ko’tarishiga olib keldi. Qo’zgolon ko’targan feodallarga taslim 
bo`lishiga majbur bo`lgan Andrey II (bu vaqtda mamlakatning bir 
qancha joylarida dexqon ham bosh ko’tarib chiqqan edilar) 1222 yilgi 
muhim bir siyosiy hujjatga imzo chekdi. Bu siyosiy hujjat – Oltin Bulla 
nomi bilan mashxur bo`lgan hujjat edi.
Angliyada Buyuk erkinliklar hartiyasi chiqarilgandan keyin, oradan 
ozgina vaqt o’tgach, paydo bo`lgan Oltin Bulla umuman feodallarning 
o’sha avvalgi tendensiyasini aks etirdi, ya’ni unda; feodallarning 
toifaviy huquq va imtiyozlarini yuridik tomondan mustahkamlash, qirol 
hokimyati ustidan doimiy nazoratni ta’minlagan, agar qirol bergan 
va’dalariga rioya qilmaguday bo`lsa, unga qarshi feodal urushi 
boshlashgacha bo`lgan huquq ko`rsatilgan edi. 1215 yilgi ingliz 
boronlariga va 1454 yilgi polyak panlariga o’xshash vengr magnatlari 
ba’zi bir bandlarda ritsarlarga ancha muncha yon bergan edilar. Ritsarlar 
mahhaliy o’zini – o’zi idora qilish boshqarmasida («komintat jamoasi» 
da) ancha ta’sirga ega bo’ldilar; ritsarlarning bevosita boshliqlari 
bo’lmish ishpanlarning huquqlari cheklab qo’yildi, risarlar soliqlardan 
ozod kilindilar, ularning yerlari etsa meros yerlar deb tan olinadigan 


201 
bo’ldi. Har yilgi yig’ilish lozim bo`lgan Vengriya seymida risarlar ham 
katnashadigan bo’ldilar, qatnashganda ham cheklanmagan miqdorda 
vakillar yubora olardilar. 
Biroq zodogonlar mayda feodallarga bunchalik yon bersalarda, 
lekin ular qirollikning siyosiy ishlarida o’zlarining asosiy rahbarlik 
ta’sirlarini aslo qo’ldan chiqarib yubormadilar. Bu vaqtda kelib 
komitetlarda harbiy xizmat o’tovchi Vengriyaning qolgan-qutgan erkin 
dexqonlari harakati Oltin Bullada bir qator o’z ifodasini topgan edi. 
Bular axolining bu kotegoriyasiga shaxsiy erkinlikni saqlab qolishga va 
ishpanlar zulmidan ularni ximoya qilishga va’da bergan edi. Ammo 
mamlakat asosiy ahvoli ommasining, ya’ni krepastnoy dehqonlarning 
ahvoli masalasida bullada lom-mim deyilmagan edi. Shu bilan bir 
vaqtda Oltin bulla xuddi shu vaqtda hali zaif rivojlangan va axolisining 
ko`prog’i ajnabiylardan – nemislardan, qisman italyanlardan iborat 
axolisi bo`lgan Shaharlarga xech qanaqa yon bermagan edi. Uning bu 
masaladagi tor dvoryanlik harakteri polyaklarning Neshava statutlari 
mazmuniga bus-butun to`g`ri keladi. Polshada bo`lgani singari, 
Vengriya seymi dexqonlar ham, shuninngdek, Shaharliklar ham 
qatnashmaydigan feodallarning tor doiradagi toifaviy bir yig’ini bo`lib 
qolaveradi. 1240-1241 yillarda Vengriya katta ofatni boshidan kechirdi. 
Kiyevni istilo etgandan keyin Botu 1240 yil oxirida juda katta lashkar 
bilan Vengriyaga bosib kirdi. Sayo daryosi bo’yida (uning tissaga 
quyiladigan joyida ) Botu vengrlarning ancha katta qo’shinini tor-mor 
qildi. Shundan keyin o’sha mahalda Vengriyaning eng yirik Shaharlari 
hisoblangan Pesht bilan Gran mo`g`ullar tomonidan talandi va Shaharga 
o’t qo’yib yuborildi. Qirol Bela IV saroy a’yonlari va qolgan kutgan 
kushini bilan Dalmatsiyada yashirindi. Ammo Botu Vengriyada uzoq 
vaqt qololmadi. Ruslarning tatarlar hukmronligiga qarshilik ko`rsatishi 
uni kuchlarni bo`lib tashlamay, balki ularni rus yerlariga qarshi faqat 
Sharqiy Yevropada bir joyga yigishga majbur etdi. 
Mo`g`ul – tatarlar hujumi qisqa vaqt davom etgan bo`lishiga 
qaramay; Vengriyaga katta ziyon zaxmat yetkazdi. Tatarlar ketgandan 
keyin mamlakatning katta qismi batamom cho’lu biyoboga aylandi. 
«Sayyox otda ikki xafta yo’l yursa ham, biror – bir qimirlagan jonni 


202 
uchrata olmasdi», - deb yozgan edi o’sha zamondagi voqeanavislardan 
biri. Vengriyada mo`g`ul-tatarlar ijtimoiy oqibatlari, bir tomondan, 
vengr dexqonlarining yana ko`proq xonavayron bo`lishi va qullik 
asoratiga 
tushirilishi 
bo`lsa, 
ikkinchi 
tomondan, 
nemis 
kolonizatsiyasining kuchayishi bo’ldi (bu xol bungacha davom qilgan 
bo`lsada, lekin endilikda u yanada ildiz otadi). Ko`proq Bovariyadan, 
qisman Saksoniyadan ko’chib kelgan nemis muxojirlari Vengriyada 
bo’sh yotgan katta-katta yerlarni egallaydilar. Nemis kolonistlarining 
ko`plari Transilvaniya tog’ yetaklariga ko’chib kelib o’rnashib, u yerda 
turli xil rudalar (ayniqsa kumush) kazib chiqarish ishlariga ishlariga 
yordam berdilar. Biz Chexiyada va Polshada ko`rganimizdek, 
Vengriyadagi nemis kolonizasiyasi ham o’zi bilan birga xuddi 
o’shanday xatarli oqibatlarga olib keldi. Vengriya yosh nemis yoki 
yarim nemis axolisi istiqomat qilinadigan Shaharga ega bo’ldi. Vengriya 
axolisi etnik jixatdan ancha quroqlashdi, xususan, Transilvaniyada 
to’plangan nemis kolonistlari konchilik, xunarmandchilik va savdo – 
sotiq ishlarini o’z qo’llariga kiritib oldilar. Bu xol Vengriyada uchinchi 
(Shahar) toifasining shakllanish jarayonini yana ko`proq to’xtatib 
qo’ydi, Venger feodallarining siyosiy zo’ravonligini abadiylashtirdi. 
XIV-XV asrlarda Vengriya ijtimoiy-siyosiy ahvoli.Vengriyada
Arpadlarning mahhaliy dinastiyasi 1301 yilga kelib Italiya – Vijuy
dinastiyasiga mansub Karl Robertning taxt vorisi Lyudovik Anjuyskiy 
(vengrcha Layosh) davrida (1342-1382) Yangi dinastiya ayniqsa 
qudratli bo`lib ketdi, Lyudovik bir qancha vaqt Polsha taxtini (1370 
yildan) ham egallab turdi. Anjuy dinastiyasi zamonida Vengriya xo’jalik 
sohasida bir qancha yutuqlarga erishdi. Qimmatbaxo metallar – kumush 
va oltin kazib chiqarish ko`paydi, avvalgi shaharlar o’sdi va ko`pgina 
Shaharlar bunyodga keltirildi, bu Shaharlarning bir qismi keyinchalik 
ancha katta sanoat va savdo markazlariga aylandi. Dunay daryosining 
har ikkala qirg’og’ida yirik shahar – Pesht va Buda – o’zining kattaligi 
va axolisining gavjumligi bilan o’sha mahalalardayoq bu yerga kelgan 
sayyoxlarni xayratda qoldirgan edi transilvaniya shaharlari (Semigrade) 
kon sanoatining muhim markazlari edi. mamlakatni Markaziy, Sharqiy 
va Janubiy Yevropa bilan bog’laydigan keng tranzit savdosi Vengriya 


203 
orqali o’tar edi. Qimmatbaxo metallar qazib olish, shaharlarning o’sishi 
va shu munosabat bilan davlat moliya ishlarining mustaxkamlanishi 
Anjuy dinastiyasi koroliga o’z xokimyatlarini kuchaytirish imkoniyatini 
berdi. Qirollar seymlarni chiqarmay qo’ydilar va o’z amaldorlarining 
xokimyatini kuchaytirdi. Biroq 1351 yili Lyudovik Oltin bullaning 
dvoryanlarining seymlarini chaqirish haqidagi moddasini tasdiqlashi 
lozim bo’ldi. Vengriyadagi yerlarning egalari birgina dvoryanlarning 
o’zlari bo`lishlari mumkin, degan dekret chiqardi. Dvoryanlarning 
yerlari davlat qaramogiga olinmasin, deb e’lon kilindi. Dexqonlarga yer 
egalarining ruxsatisiz bir joydan ikkinchi joyga ko’chib o`tish man 
etildi. Anjuy dinastiyasi davrida Vengriya qo’shni mamlakatlarga o’z 
ta’sirini kuchaytirdi. Lyudovik zamonida Vengriya bilan dinastik 
uniyada bo`lgan Polshaga ta’sir qilishdan tashqari, Vengriya XIV asrda 
Serbiyaning bir qismini (Dunay bo’yini yoqi Quyi Serbiyaning) o’ziga 
qaram qilib oldi. Shuningdek Moldaviya va Volaxiyani protektorat 
huquqlarida egalladi, (keyinchalik ya’ni XIX asrda, bu ikki knyazlikdan 
xozirgi Ruminiya tashkil topdi). Lyudovik 
Italiya 
mulklarini 
ham 
Vengriyaga qo’shib olishni xayol qilar edi. Italiya mulklarini o’sha 
Anjuy dinastiyasi vakillari idora qilar edilar. Shu maqsadda u Italiyaga 
ikki marta yurish qildi, lekin har ikkala yurish ham yaxshi chiqmadi. 
«Ulug Vengriya»haqidagi xayol amalga oshmasdan qoldi. Aksincha, 
Lyudovik vafot etgandan keyin uning mulklari tez tarqalib keta boshladi. 
Vengrlarning o’zlari ozchilik bo`lgan turli qabila xalqlaridan tashkil 
topgan, Shahar savdosi va sanoati ba’zi bir yutuqlarga erishgan 
bo`lishiga qaramay, umuman tipik dexqonchilik mamlakati holatida 
qolib kelgan (sanoat umuman zaif rivojlangan edi), lekin hokimyatni 
feodallar monopoliya qilib olgan Vengriya uzoq vaqtgacha katta va 
siyosiy jixatdan kuchli davlat bo`lib qola olmadi. Uning yuksalishi 
muvaqqat harakterga ega edi. Xalqaro vaziyat yomonlashishi bilan 
(Polshaning Vengriyadan ajralib chiqishi, turklarning Bolqon yarim 
orolidagi muvaffaqiyatlari, butun Adriatika dengizi soxilini egallashga 
va jumladan, Delmasiya Shaharlarini bosib olishga harakat qilgan 
Venetsiya respublikasi bilan munosabatlarning keskinlashishi) Vengriya 
ahvolini shu qadar xavf-xatarga solib qo’ydiki, u asl Venger yerlarini 


204 
ajnabiylar hujumidan mudofaa qilishi lozim edi. Vengriyaga turklar 
daxshati xavf-xatar solib turardilar, pirovardida vengrlar bu xavf-xatarni 
bartaraf qila olmadilar.Vengr feodallari turklar bilan to’qnashish 
muqarrarligiga ko’zlari yetib, ular 1382 yili Karl IV ning kenja o’gli 
Sigizmundni Vengriya Koroli deb tan oldilar (Sigizmund Lyudovikning 
qizi Mariyaga uylangan edi.). Keyinchalik Germaniya imperatori qilib 
saylangan, shuningdek Chexiya toj-taxtiga ko’z olaytirgan Sigizmund 
o’z qo’lida juda ko`p moddiy resurslarni birlashtirdi. U turklarga zarba 
bera oladiganday bo`lib ko`rindi. Biroq 1396 yili turklarga qarshi yurish 
bo`lib chiqdi. Birlashgan nemis, venger, chex va fransuz qo’shinlari 
Nikopol yonida tor mor yetildi. Sigizmundning o’zi arang qutildi, u 
Italiya orqali aylanma yo’llar bilan uyiga qaytdi. XV asr mobaynida 
veng zadogonlari dinastiyani bir necha marta almashtirdilar. Toju-taxt 
gox nemis Gabsburglariga, gox polyak Yagollolariga o’tdi. Masalan: 
1443 yilda vengr taxtiga polyak koroli Vladislav III taklif yetildi, u 
birlashgan polyak-vengr qo’shini bilan 1444 yilda turklarga qarshi 
yurish qildi. XV asrning ikkinchi yarmida Yanosh Xuniadaning o’g’li 
mahalliy feodal Matvey (Matyash) Korvin (1458-1490) korol qilib 
saylandi. Yanosh Xuniada esa turklar ustidan qilgan galabalari bilan 
shuxrat qozongan edi. Matvey korvin bir oz vaqt qirol xokimyatining 
obro’-etiborini kuchaytirdi. O’rta va mayda risarlarga tayangan va 
Shaharlarni qo’llab quvvatlagan (uning davrida Shaharlarning seym 
sostaviga kiritilgan edi) Matvey zodogonlarining bexuda harakatlarini 
bir qadar cheklab qo’ygan edi. U nemis Gabsburglari bilan 
muvafaqqiyatli urushlar olib bordi va janubiy chegaralarni turklardan 
puxta mudofaa qildi. Matvey Korvin davrida vengrlarda gusarlardan 
iborat yengil qurollangan muxsus otliq qo’shin tashkil etildi, gusarlar 
koroldan muntazam ravishda maosh olib turardilar. Guschilar jangda 
chaqqon harakatlari va mardona hujum qilishlari bilan boshqalardan farq 
qilardilar. Ammo qrol xokimiyati vaqtincha mustaxkamlangan edi. 
Yagellolar dinastiyasiga munsub bo`lgan bundan keyingi qirollar, ya’ni 
Vladislav va Lyudovik II zamonlarida zadogonlar xokimyatni yana o’z 
qo’llariga kiritib oldilar va ular Vengriya davlati uchun tamomila 
halokatli siyosat olib bordilar hamda bu siyosat tezda Vengriya 


205 
mustaqiligini yo’qotishga olib keldi. XV asr oxiri – XVI asr boshlarida 
venger dvoryanlari juda ko`p yer - suvga, ko`pdan ko`p qasr va 
shaharlarga ega edilar. 46 ta qo’mitatda 469 shaxsiy qasr, 16056 
pomestelar bor edi. Ba’zi magnatlarning har biri yuzlab pomestega 
xo’jayinlik qilar edi. Masalan; Papollar xonadoning 25 ta okrug 
qo’mitada pomestesi bor edi. bu xonadonga 12308 dexkov xovlisi 
qarardi. Ikkinchi bir feodalning 28 ta qasri, 57 ta shaxri va 1000 ta 
pomestesi bo’lardi (bularning bir qismi Zakarpateda edi). Krepastnoy 
dexqonlar 
g`oyat 
raxmsizlik 
bilan 
ekspuluatasiya 
qilinardilar. 
Krepastnoy dexqonlar 3-4 kunlik barshchinadan tashqari, ikki desatinya 
– biri cherkov foydasiga, ikkinchi yer egasi feodal foydasiga to`lashlari 
lozim edi. Bundan tashqari, dexqonlar davlat soliqlari to`lardilar. Veng 
dexqonlarining o’z xo’jayinlariga g`oyat nafrat bilan qarashlari bejiz 
emas, albatta. Dehqonlarning mamlakat chekkalariga ko’chib ketishi 
atmosferani bir oz yumshatdi. Ammo turklarning siqib kelishi 
dexqonlarni bu imkoniyatdan ham mahrum qildi. 1514 yilda Vengriyada 
dexqonlar urushi boshlanib ketdi, bu urush Vengriyada sotsial 
ziddiyatlar naqadar keskinlashib ketganligini hamma tomonlama 
nomoyon qildi.
1514 yilning baxorida papa Lev X turklarga qarshi navbatdagi salib 
yurishini e’lon qildi. Papa legati salibchilarni to’plashga kirishdi. 
Vengriyadagi magnatlar bu yurishga qarshi bo’ldilar, ammo boshda 
pana bullasiga qarshi chiqa olmadilar. Chunki Rim kuriyasining fikricha, 
yurish umum harakterga ega bo`lib, salibchilar lashkarlariga dexqonlarni 
ham jalb qila boshladilar. Bu yurishda qatnashmoq uchun 40 mingga 
yaqin dexqon to’plandi (ba’zi bir tarixiy ma’lumotlarda – 60 mingga 
yaqin edi, deyiladi.) Dexqonlarga sekler Georg (Derd) Doja boshchilik 
qildi. Salibchi dexqonlar ( kuruslar ) qurollangan bo`lib ular o’z harbiy 
tashkilotlariga ega edilar. Krepastnoy turklarga qarshi yurishga jo’nar 
ekanlar, ular o’zlarining shaxsan ozod bo`lishlariga qattiq umid 
bog’langan edilar. Feodallar etsa bunga norozi bo’ldilar. Feodallar ichki 
qo’li yetishmasligini payqaganlaridan keyin, ular tez orada korol 
Vladislavning krepastnoylarning yurishda qatnashishi man etish va 
harbiy otryadlarga kirgan krepastnoylarni pomestelarga qaytarish haqida 


206 
farmon chiqarishga erishdilar. Bunga javoban kuruslar magnatlarning 
pomestelarini yakson qila boshladilar. Shuningdek, Budda va Peshtdagi 
Shahar boyliklarining kuralari ham vayron qilib tashlandi. Qo’zgolon 
1514 yil 14 mayda boshlandi. Tez orada bu qo’zgolon feodallarga qarshi 
qarshi muntazam dexqonlar urushlarga aylandi. Doja turli yoqlarga 
alohida komandirlar boshchiligida dexqonlarning beshta kolonasini 
yubordi. Dojaning o’zi boshda Budapeshtga yaqin Rakosha maydoniga 
lager qurib joylashdi, keyin Vengriyaning janubidagi Segedin qal’asiga 
jo’nab ketdi. Ammo Segedin qal’asi juda mustaxkamlangani sababli, u 
bu qal’ani ololmadi. Buning o`rniga Doja Chandu (Chan) shaxrini bosib 
olishga muvaffaq bo’ldi. Bu yerda Doja Vengriyani respublika deb e’lon 
qildi, dvoryanlar toifasi bekor qilinganligini va yalpi tenglik barpo 
etilganini e’lon qildi. Biroq Doja boshqa bir qal’ani, ya’ni feodallar 
armiyasining bosh qo’mondoni Stefan Batori turgan Temeshvarni qamal 
qilishga kirishgan paytida qo’zgolonchilar yana muvaffaqiyatsizlikka 
uchradilar. Qo’zgolonchilar deyarli ikki oygacha qal’ani kamal qilib 
tursalarda, lekin uni qo’lga ololmadilar. Dexqonlar armiyasining bu 
harbiy – texnikaviy nuqsonidan, tabiiy, feodallar o’z manfaatlari yo’lida 
foydalanishga harakat qildilar. Temeshvarga yordamga yetib kelgan 
Yanosh Zapoli nomli ikkinchi bir voyevoda 15 iyulda dexqonlarga 
hujum qilib,ularni tor – mor etdi va tarqatib yubordi. Doja asir qilib, 
olinib, qattiq azoblab o’ldirildi: u qizitilgan taxtda tiriklayin jizganak 
kilindi. Kapalagi uchgan feodallar xalq raxbaridan ana shu tariqa o’ch 
oldilar. Shundan keyin qonli terror butun mamalakatni qamrab oldi. 
Minglab dexqonlar raxmsizlik bilan jazolandilar va o’ldirildilar. 
Zamondoshlar, qo’zgolon mahalida halok bo`lgan dexqonlar soni 60 
ming kishiga yetdi, deydilar.
1514 yilning oktabrida tuplangan dvoryanlarning «yovvoyi» seymi 
dexqonlar masalasida eng reaksion qarorlar qabul qildi: seym 
cheklanmagan 
barshchina 
joriy 
qildi, 
dexqonlarni 
tamomila 
pomeshchiqlar sudi ixtiyoriga topshirdi, dvoryanlar mamlakatda birdan-
bir «siyosiy», ya’ni hukmronlik kiluvchi toifa, deb ye’lon kilindi. 
Dexqonlar ulim jazosi bilan qo’rqitilib, ularga qurol-yarog’ man yetildi. 


207 
1514 yilgi voqealardan keyin oshkora e’lon qilingan feodallar 
diktaturasi Vengriya davlatining halokatini tezlashtirdi. Vengr feodallari 
endilikda turklar bilan Yangi urush qilish uchun o’z dexqonlarini 
qurollantirishdan qo’rqib qoldilar. To`g`ri, yozilgan dexqonlarda o’z 
mamlakatlarini tashqi dushmandan himoya qilish uchun kuch ham, 
xohish ham yo’q edi. Ammo turklarning tajovuzkorligi davom yetaverdi. 
XVI asrning 20 yillarida Turklar o’z qo’shinlari uchun Turklar 
Vengriyaga asosiy hujumni boshlab, vengr risarlarini Moxach Shahari 
yonida tor-mor qilib tashladilar. Shundan keyin vengriya davlati 
mustaqilligini uzoq vaqtgacha yo`qotdi. Qirolliklarning uchinchi, 
nisbatan kichik qismi, ya’ni g’arbiy Vengriya turklar tomnidan istilo 
qilinmasdan qoldi ammo Vengriya qirolligining bu qolgan bir parcha 
joyi shu qadar kichik ediki, vengr feodallari tez orada Avstriya 
Gabsburglariga itoat etishga majbur bo’ldilar. Feodallarning o’z xalqini 
bu qadar ayovsiz jazolashi oqibatida Vengriya o’z mustaqilligini 
yo`qotdi.
Nazorat topshiriqlari: 
1. Vengriya davlati qachon va qayerda tashkil topdi? 
2. Vengrlarning Arpadlar urug’idan kelib chiqqan bosh knyazi 
Ishtvan I qachon papadan qirollik titulini oldi? 
3. Vengriya qiroli Stefan I davrida qaysi din davlat dini deb ye’lon 
kilindi? 
4. Saksoniya dinastiyasiga mansub nemis qirollaridan qaysilari 
vengrlarni yanchishga muyassar bo`lganligini aniqlang va nechanchi 
yillarda. 
5. Qirol Andrey II feodallarga taslim bo`lishga majbur bo`lgandan 
keyin nechanchi yili muhim siyosiy xujjatga imzo chekishga majbur 
bo’ldi? 
6. Oltin bullaning e`tiborli bo`lishligi uchun unga qanday muxr 
bosilgan? 
7. Transilvaniya tog’ etaklarida ayniqsa qaysi rudalar qazib 
chiqariladi? 
8. 1240-1241 Vengriyaning ijtimoiy hayotini yoritib bering?. 


208 
19 – MAVZU: SKANDINAVIYA DAVLATLARI. SHVETSIYA 
XVI-XVII ASRLARDA. 
R E J A: 
1. Shvetsiyaning Daniya hukmronligidan ozod bo`lishi. Shvedlar
reformasiyasi 
2. XVI-XVIIasrlarda Shvetsiyaning iqtisodiy taraqqiyoti 
3. XVI-XVII asrlarda Shvetsiyaning tashqi siyosati. 
4. Shvetsiyada sosial ziddiyatlarning keskinlashuvi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling