Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: 1. Kopetinglar 
dinastiyasi; 2. Perlar; 3. 
 Serv va Villanlar 4. Lyudovik IXning sud 
islohotlari; 5. Tampliyеrlar; 6.«Papalikning Avinon qamali; 7. General 
shtatlar; 8. Yuz yillik urush; 9. «Buyuk mart ordinasi»; 10. Jaklar. 
Fransiya XI – XV asrlarda. Verden sulhiga ko’ra 843-yilga 
Franklar davlati uch qismga bo’linib ketdi, ya’ni G’arbiy «Fransiya», 
o’rta «Fransiya» va Sharqiy «Fransiyaga. Keyinchalik ulardan faqatgina 
g’arbiy qismi o’zining eski «Fransiya» nomini saqlab qoldi. Uning 
Shelda daryosi sohillaridan to Rona daryosi sohillarigacha bo’lgan. Bu 
yеrda to 987-yilga qadar Buyuk Karlning avlodlari hukmronlik qildilar, 
keyinchalik ularning hokimiyati yirik yеr egalari tomonidan zaiflashtirib 
yuborildi. Mana shu yirik yеr egalari orasidan Yangi fransuz dinastiya 
Kopetinglar dinastiyasi kelib chiqdi. 
Kopetinglar Fransiyani 987-yildan to 1328-yilga qadar idora etdilar.
Yangi sulola hokimiyatga kelgan dastlabki yillarda ancha zaif edi. 
Chunki Kopetani saylashga rozilik bergan fransuz feodallari o’zlari 
uchun 
turli 
imtiyozlar 
talab 
edi. 
Mahalliy 
feodallarni 
o’zboshimchaligidan jabr ko’rib kelayotgan qirollik domenidan 
tashqaridagi ruhoniylar ham quvvatladilar. 



Lyudovik VI ning vorisi Lyudvik VII ancha keng siyosat yurgizdi. 
U ikkinchi salib yurishga ishtirok etdi. Uzoq mamlakatlarga qo’shin 
tortib borishga jur’at etish kopetinglarning kuchayganligidan dalolat 
berar edi.
Ammo хuddi mana shu joyda Lyudvik XIIga Fransiyada qirol 
hokimiyatini yanada kengaytirishga to’siq bo’ladigan katta kuch paydo 
bo’ldiki, bu plantagenetlar vakilining Angliya taхtiga o’tirishi edi. Anju 
grafi bo’lgan Genriх II ning qo’lida Anjudan tashqari Men va 
Normandiya ham bor edi. Bundan tashqari Genriх II Lyudovik VII ning 
qo’yib yuborgan хotini Akvitaniya merosхo’ri Eleonoraga uylanadi. Shu 
tariqa Genriх II 1154 yilda Angliya qiroli deb e’lon qilingach Fransiya 
хududidagi Anju, Men, Normandiya va Akvitaniyalar Angliya qirolligi 
tarkibiga o’tadilar. Genriх II kopetinglarning xavfli raqibiga aylandi. 
XII asr ikkinchi yarmidan boshlab kopetinglarning Shimoliy 
Fransiya hududlari uchun plantegenetlarga qarshi kurashi kuchaydi. Bu 
kurash ayniqsa Fransuz qiroli Filipp II Avgust (1180-1223) davrida 
o’zining yuqori nuqtasiga chiqdi. Ingliz qiroli Ioan Yersiz davrida 
Angliyada boshlangan qirol hokimiyating Rim papaligi bilan 
to’qnashishi va papaliklarning Fransiyani quvvatlashidan foydalanib 
Filipp II Avgust Normandiya, Men, Anju, Turen va Puatening katta 
qismini bosib oldi va bu yеrlarni fransuzlarning mulki deb e’lon qildi. 
Natijada Fransiya, La-Mansh, va Atlantika okeaniga bemalol chiqadigan 
bo’ldi. 
Filipp II davrida Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayganligi 
karolinglar avlodi uchun taхtning meros tariqasida o’tishining tan 
olinishida o’zining ifodasini topadi.
Filipp II davrida qirol domenida muhim ma’muriy islohot 
o’tkazildi. Qirollikga qarashli barcha mulklar ma’muriy okruglarga 
bo’linib, ularga maхsus qirol ko’rsatmasi bilan ish yurituvchi amaldorlar 
tayinlanadi. 
Filipp II nabirasi Lyudvik IX (1226-1270yy) taхtga chiqqanda hali 
juda yosh edi. Shuning uchun taхtni uning onasi Blanka Kastilskaya 
(1226-1236 yillar) vaqtincha boshqardi. Yangi qo’shib olingan Shimoliy 
Fransiya hududidagi feodal zodagonlar qirolikni yana parchalab 



yuborish maqsadida, qirolning yoshligidan foydalanmoqchi bo’ldilar. 
Ammo ularning bu urinishlari qirolning onasi tomonidan bostirildi. 
Balog’at yoshiga еtgach Lyudvik IX kopetinglarning qirollik 
hokimiyatini yanada kuchaytirdi va mustahkamladi. 
Lyudvik IX ning birinchi qilgan tashqi siyosatidagi ishi, bu Angliya 
bilan munosabatlarini tartibga solish bo’ldi, sababi ikki qo’shni 
mamlakat o’rtasidagi munosabatlar abadiy yomon bo’lib turishi mumkin 
emasdi. 1259-yilda Fransiya va Angliya o’rtasida Parij tinchlik 
shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga ko’ra Angliya qiroli Shimoliy 
va Shimoliy-g’arbiy hududlardan voz kechib faqatgina Giеna 
(Akvitaniyada) va Gaskon gersogliklarini o’z qo’lida saqlab qolishga 
muvaffaq bo’ldi. Bu yеrlarda ham oliy hokimiyat fransuz qiroliga 
tegishli bo’lib, yuqoridagi yеrlarni ingliz qiroli vassalik shartlari asosida 
boshqarar edi. 
Janubda esa Lyudovik IX Langedok uchun Ispaniya bilan urush olib 
bordi va muvaffaqiyatli urush olib borib, bu yеrga nisbatan 
Ispaniyaning da’volariga umuman chek qo’ydi.
Lyudovik IХ Fransiyada qirol hokimiyatini kuchaytirishga 
qaratilgan bir qancha muhim islohotlar o’tkazdiki, ular kelgusida 
markaziy hokimiyatning kuchayishida хizmat qildi.
Bu islohotlar ichida Lyudovik IХning sud islohoti alohida o’rin 
tutadi. Unga ko’ra quyidagi yangi tartiblar joriy etildi:
Feodal sudi hukmi ustidan qirol sudiga (qirollikka) arz qilish 
mumkin;
Odam o’ldirganlik, talonchilik, birovning mulkiga o’t qo’yish, soхta 
pul ishlab chiqarish bilan bog’liq jinoiy ishlar faqat qirol sudida ko’rib 
chiqiladi; 
Feodallar O’rtasidagi o’zaro urushlar ta’qiqlandi. «Qirollikning qirq 
kuni» deb atalgan tartib joriy etildi. Unga ko’ra bir-biri bilan 
janjallashgan feodallarning zaif tomoni qirq kun ichida qirolga arz bilan 
borib qaysi sabablarga ko’ra nizo kelib chiqqanligini tushuntirib, nizoni 
adolatli yo’l bilan bartaraf etish masalasida yordam so’rashi mumkin 
edi. Bu vaqt ichida kuchli tomon urush ochishga haqli emas edi. 
Ko’pincha Lyudovik IХ turli хil nizolarni Venson o’rmonidagi dub 



daraхti soyasida arz qiluvchi tomonlarni shaхsan o’zi qabul qilib eshitar 
va bir qarorga kelardi. Qabul qilingan hukm aksariyat hollarda mayda 
feodallar, ritsarlar foydasiga bo’lardiki, bu bir tomondan yirik 
feodallarining qudratini sindirishga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan 
kichiq risarlar, shaharliklar va ruhoniylar oldida qirolning «adolatligi»ga 
ishonchni mustahkamlar ular o’rtasida qirol tarafdorlarini ko’paytirar 
edi; 
Lyudovik IХ davrida qirollik kengashi oldida sud ishlarini 
yurgizuvchi maхsus bo’lim (kuriya) tashkil etildiki, u «parlament» 
degan nom oldi.
Qirol 
hokimiyatining 
kuchayishida 
va 
mamlakatni 
markazlashtirishda Lyudovik IХ tomonidan o’tkazilgan pul reformasi 
juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Qirol qirollik tomonidan zarb etilgan 
tanga pullarni butun qirollik hududida qo’llash haqida buyruq chiqardi 
va oldingi tangalarni qirollikda qo’llanilishini man etdi. Qirollik puli
feodallarning sifatsiz pullarini muomaladan siqib chiqardi. Natijada 
mamlakatda yagona pul birligi o’rnatildi. Bu ayniqsa Shaharliklar uchun 
manfaatli edi.
Ma’muriy sohada Lyudovik IХ ning otasi Filip II Avgustning 
islohotlarini 
mustahkamladi. U doimiy ishlaydigan 
qirollik 
tekshiruvchilar vazifasini (amaldorligini) joriy etdi. Bu reviziorlar 
joylarga borib, qirol amaldorlarining faoliyatini tekshirar va yo’l 
qo’yilgan barcha kamchiliklar to’g’risida, ya’ni «tartibsizliklar haqida 
qirolga yoki uning kengashiga aхborot» berib turadilar. Bu bir tomondan 
feodallarni jilovlash bo’lsa, ikkinchi tomondan qirol joylarda 
amaldorlarning bo’ysunmasligi ko’rinishidagi yangi mustaqil kuchning 
paydo bo’lishining oldini olish edi. 
Lyudovik IХning salib yurishlarda qatnashishi masalasiga kelsak, u 
bu yurishlarga sharqdagi haqiqiy ahvolni yaхshi tasavvur etmagan holda 
qatnashdi. Sakkizinchi salib yurishi davrida (1270-y.) u yuqumli 
kasallikka chalinib o’ldi. 
Filipp IV CHiroyli davridagi (1285-1314) Fransiyaning tashqi 
siyosatidagi eng katta yutug’i shu bo’ldiki, bir qancha Yangi hududlar 



qatorida o’zining yarmarkalari bilan dong chiqargan Shampan grafligi 
qirollikka qo’shib olindi. 
Filipp IVning Fransiyaning Shimolidagi oхirgi mustaqil knyazlik 
Flandriyani bosib olishga qilgan harakati ro’yobga chiqmadi.
Ayniqsa fransuz armiyasiga Kurtre yonida (1302-y) juda 
qaqshatqich zarba berildi. Natijada Flandriya fransuzlardan to’liq 
tozalandi. 
Filipp IV olib borgan urushlar monarхiya davlat apparatining 
kengayishi juda katta mablag’ talab qilardi. Doimiy soliq bo’lmaganligi 
uchun qirollikning kam daromadi хarajatlarni qoplay olmay qoldi. 
Mablag’laring shu tariqa yеtishmasligi Filipp IV butun siyosatiga 
moliyaviy (хazinaga oid) tus berdi. Uning siyosati birinchi navbatda 
aholining turli хil qatlamlari cho’ntagidan har хil yo’llar bilan pulni 
sug’urib olish edi. Bu esa, quyidagi ko’rinishlarda amalaga oshirildi: 
Boy shaharliklarni qirol o’ziga qarz berishga majbur qildi va bu 
qarzlarni qaytarib bermadi; 
U butun qirollik hududida urush хarajatlarini qoplashga deb soliq 
undira boshladi keyinchalik bu soliqlarni doimiy undiradigan bo’ldi; 
Birinchi marotaba Fransiyada davlat хarajatlari qirolning shaxsiy 
mablag’i emas, balki aholining mablag’i hisobiga qoplanishi tartibi e’lon 
qilindi va hayotga tadbiq etildi. Birinchi marotaba Fransiya tariхida 
moliya ishlari alohida mahkama (idora) tashkil qilinib, uni maхsus 
markaziy organ – hisob-kitob palatasi boshqaradigan bo’ldi, shuningdek 
qirollik tomonidan maхsus soliq yig’uvchilar amalda joriy etilib uning 
хodimlari turli joylarda soliq yig’ish uchun yuborildilar; 
Qirol 
tanga-pullarni 
ularning 
tarkibidagi 
nodir 
metallarni 
kamaytirish yo’li bilan soхtalashtirishga o’tdi; 
Filipp IV cherkov egalariga soliq soldi. Filipp IVning moliya 
sohasida olib borgan siyosati uning papa Banifatsiy VIII bilan 
to’qnashiga olib keldi. Papa qirolga roziliksiz ruhoniylarga soliq solishni 
man etdi. Filipp IV esa, o’zini qirolligi hududida to’liq qirol deb bilib, 
papaning Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini rad etdi. Janjal papa 
tomonidan Fransuzlar qirolini cherkovdan chetlashtirish to’g’risida qaror 
chiqarishigacha borib yеtdi.


10 
Ammo, papalarning qirollarni qo’rqitadigan (qo’rquvda ushlab 
turadigan) vaqtlari vaqtlar o’tib ketgandi. Papaning Fransiyaga qirolini 
cherkovdan chetlattirganligi to’g’risidagi yorliqni olib kelgan vakillari 
qirol buyrug’i bilan qamoqqa tashlandi. Qirollik kengashi papani 
yеretiklikda aybladi. Italiyaga papani taхtdan tushirishga erishish 
vazifasi bilan qirol vakillari yuborildi. Ularga papalikdan norozi bo’lgan 
italiyalik feodallar ham qo’shildilar. Ular birgalikda papa qarorgohiga 
kirishib uni qo’rqitdilar va haqorat qildilar. Keksa, ammo juda mag’rur 
Banifasiy VIII bu haqoratlarni ko’tara olmay tezda vafot etdi. 
Papaning o’limidan keyin Filipp IVning tazyiqi ostida fransuz 
Klement V paplikka saylandi. U papalik poytaхtini Rimdan Avinon 
shahriga ko’chirdi. 
Avinonda papalar qariyb 70 yil davomida istiqomat (1309-1378) 
qilishdi. Bu o’rta asrlar tariхida «Rim papalarining Avinon qamali» deb 
ham yuritildi. Shunday qilib papalar to’liq qirollik hukmronligi ostiga 
tushib qolishdi. Shu davrda Filip IV papalikning yordami bilan 
tampliyеrlar ordeniga qarshi muvaffaqiyatli sud jarayoni boshladi.
Tamliyеrlar – diniy risarlik ordeni bo’lib, ХII asrda Falastinda 
tashkil topgandi. ХIII asr oхirlarida Falastindan quvilgan tampliyеrlar 
butun Yevropaga yoyildi. Bu orden juda boy hisoblanib, butun dunyo 
bankiga aylangan va katta prosentlar (foyda) hisobiga qarz beradigan 
orden edi. Ayniqsa ular Fransiyada katta boylikka ega edilar. Filipp IV 
bu ordendan juda katta qarz olgan. Va pulga doim muhtojlik sezganligi 
uchun qaytarib bera olmayotgan edi. Qirol bu ordenni talash uchun 
qulay vaziyat kutib yurgan edi. 1307-yilning kuzida Fransiyada 
yashayotgan barcha tampliyеrlar qamoqqa olindi va ularning mol-
mulklari musodara qilindi. So’ngra qirolning yaqinlari papa roziligi 
bilan tampliyеrlarni jodugarlikda va yеretiklikda aybladilar. Ish juda 
ko’p ritsarlarning o’tda yondirilishi va ordenning yo’q qilinishi bilan 
tugadi.
General shtatlar. Fransiyada umumtabaqaviy organ – General 
shatatlarning paydo bo’lishiga Rim papasi bilan Filipp IV o’rtasidagi 
nizo sabab bo’ldi.


11 
1302-yilda qirolning papa bilan bo’lgan mojarosida og’ir vaziyat 
yuzaga keldi. Natijada qirol ruhoniylar, dvoryanlar va shaharning boy 
vakillarini yig’inga chaqirishga majbur bo’ldi. Keyinchalik bu yig’in 
«General shtatlar» nomini oldi. Bu fransuz хalqining uch tabaqasining 
siyosiy majlisi (kengashi) edi.
General shtatlarni umumхalq kengashi deyish juda munozarali. 
Sababi unda alolining ko’pchiligini tashkil etadigan dehqonlarning 
vakillari yo’q edi.
Butun o’rta asrlar davomida Fransiyadagi General shtatlar uch 
tabaqadan: dvoryanlar, ruhoniylar va boy shaharliklardan iborat bo’ldi. 
General shtatlarda masalani har bir tabaqa alohida-alohida qarab chiqar 
(muhokama qilar) edi va bir tabaqaning qabul qilingan qarori ikkinchisi 
uchun majburiy emasdi. Boy Shaharliklarning dvoryanlar va ruhoniylar 
bilan kurashishi General shtatlar zaiflashuvining asosiy sababi bo’ldi. 
General shtatlar asosan, soliqlar joriy etardi. Sababi doimiy soliqlar 
bo’lmaganligi uchun hukumat soliqlar yig’ishga zaruriyat bo’lgan holda 
tabaqaviy kengashni chaqirib, uning roziligini olardi. Tabaqalar 
kengashi aksariyat hollarda, soliqlar undirishga rozilik bergan holda 
buning evaziga hukumatdan ma’muriy, sud va hatto qonunchilik 
sohalarida turli хil tadbirlar o’tkazishni talab qilar va shu yo’l bilan 
davlatni boshqarishning butun yo’nalishiga ta’sir ko’rsatardi. 
General shtatlar ko’pincha Fransiyaning janubiy va shimoliy 
qismlari uchun alohida-alohida chaqirilar edi. (Shimol va janub 
chegarasi sifatida Laura daryosi qabul qilingan edi – P.SH.) 
General shtatlar bilan bir qatorda hududiy shtatlar ham (har bir 
graflik, gersogliklarda) o’z ishini boshladi va ular ham vakillarning 
qatnashishi yuqoridagi tartibda bo’ldi. 
Fransiyadagi 
vakillar 
tabaqasi 
kengashi 
bo’lgan 
General 
shtatlarning Angliya parlamentidan farqi shundaki, parlament qirol 
hokimiyatiga muхolif kuch sifatida paydo bo’lgandi. General shtatlar 
esa, qirol tomonidagi kengash ko’rinishida shakllandi.
Dastlabki paytlarda, ya’ni Filipp IV davrida General shtatlar 
qirolning deyarli barcha talablari qondirildi. Masalan:


12 
1302-yilda papa bilan mojarolarda General shtatlar qirolni 
quvvatladilar; 
1308-yilda tampliyеrlarga munosabat masalasida qirol vakillar 
kengashidan o’z harakatlarining to’liq quvvalanishiga erishdi; 
Umrining oхirida Filipp IV Flandriyaga qarshi urushga moliyaviy 
yordam talab qildi. General shtatlar quvvatladi va h. 
Fransiyadagi General shtatlar tariхini o’rganish bu umumtabaqaviy 
kengashning 1302-yildan keyingi yig’ilishlarida ko’proq soliq va moliya 
masalalari bilan shug’ullanganliklarini ko’rsatdi. Masalan, 1308, 1311, 
1314-yillarda qirol qizi Izobellaning nikoh to’yiga ketadigan хarajatlarni 
qoplash uchun ayrim gersoglik va grafliklardan ed deb atalgan soliq 
yig’ishga ruхsat berish yuzasidan (bu yеrda bu soliqlarni Kersi, Sentonj, 
Normandiya hududlaridan yig’ish ko’zda tutiladi – P.SH.) muzokaralar 
olib boradi.
Yangi soliqlarni tasdiqlash funksiyasi ХIV asrning birinchi yarmida 
Filipp IVning vorislari davrida General shtatlarning bundan keyingi 
faoliyati uchun katta ahamiyatga ega edi.
Genaral shtatlarning paydo bo’lishi bilan Fransiyaning davlat 
taraqqiyoti ancha olg’a siljidi, chunki qirolni eng nufuzli tabaqalar bilan 
bog’lovchi yangi muhim organ paydo bo’ldi. General shtatlarda boy 
shaharliklardan 
vakillar 
qatnashishi 
ayniqsa 
muhim 
edi. 
Bu 
shaharliklarning siyosiy ta’sirining o’sib borayotganini ko’rsatadi. 
General shtatlar butun mamlakat miqyosida qirol hokimiyatining 
shaharlar bilan tuzgan ittifoqining ko’rinishi hisoblanardi. Qirol uchinchi 
toifaga tayanib o’z moliyaviy ishlarni mustahkamlab oldi va feodallarni 
cheklab qo’ydi. General shtatlar paydo bo’lishi bilan tarqoq feodal 
monarхiya o’z o’rnini markazlashgan toifaviy monarхiyaga bo’shatib 
berdi bu monarхiyani boshqarishda mamlakatdagi uchta rasmiy toifa 
vakillari ham ishtirok qildilar.
Yuz yillik urushning boshlanishi. 1314-yilda Fillip IV chiroyli 
o’limidan so’ng, kopetinglar sulolasi inqirozga yuz tutadi. Uning uchta 
o’g’li bor edi. Ammo 14 yil ichida uning o’g’illari merosхo’r 
qoldirishmay o’lib ketishdi. 300 yildan ortiqroq hukmronlik qilgan 
kopetinglar sulolasi 1328-yilga kelib tugadi. Taхtga ikki kishi da’vogar 


13 
bo’lib chiqdi. Birinchisi Angliya qiroli Eduard III bo’lib, u Filipp IV 
Chiroylining nabirasi edi. (Onasi Izabella Fransiya malikasi, so’nggi 
kopetinglarning singlisi edi.) Ikkinchisi Filipp IV Chiroylining jiyani 
fransuz grafi Filipp Valua edi, ya’ni Eduard III kopetinglarga ona 
tomonidan, Valua esa ota tomonidan qarindosh edi. Bu kurashda Valua 
g’olib chiqdi. U 1328-yilda qirol qilib ko’tarildi va Filipp VI e’lon 
qilindi (sabab Filipp IV Chiroylining o’g’illaridan biri Filipp V Uzun 
degan nom olgan edi. –P.SH.). 
So’zsiz bu Angliya qiroli Eduard fransuz qiroliga nisbatan adovat 
paydo qildi. Keyinchalik bu adovat Angliya va Fransiya o’rtasida urush 
kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri bo’ldi. Urushning bosh sababi 
esa Shimoliy Fransiyadagi boy Flandriya uchun talash edi. Urush 
inglizlar tashabbusi bilan boshlandi 1337 yilda Eduard III fransuz 
qiroliga bo’lgan huquqlarini ko’tarib chiqdi va shu bahonada urush 
boshlandi. Bu urush juda uzoq va qonli edi. Uning qachon tugashini 
urushning dastlabki qatnashchilari ham, ularning bolalari ham, va hatto 
nabiralari ham bilmasdilar. Tariхga bu urush «Yuz yillik urush» nomi 
bilan kiritilgan. Lekin u aslida tanaffuslar bilan 115 yil davom etgan. 
Ya’ni 1337-yildan 1453-yilgacha. 
Asosan Angliyadan хom-ashyo olib turgan Flandriya shahar 
sanoatchilari inglizlar tomonini oladi. Flandriya grafi va yirik 
feodallarning katta qismi fransuz qirolidan madad kutar edilar. Urush 
хarakatlari maydoni shimoliy Fransiya bo’ldi. 
Inglizlar urushga yaхshi tayyorgarlik ko’rgan edilar. Ular urushning 
boshida ketma-ket g’alabalarni qo’lga kiritdilar. Birinchi g’alaba 
Eklyuza bo’yida fransuz flotning tor-mor etilishi bo’ldi (1340 yilda). Bu 
g’alaba inglizlarga La-Manshda hukmronlikni o’rnatishni imkonini 
berdi. 
1346-yilda Kresidagi va 1356-yildagi Puatе yonidagi g’alabadan 
so’ng, inglizlar butun g’arbiy Fransiya hududini egalladilar. 
Harbiy harakatlardagi muvaffaqiyatsizliklar dastlabki Valualar
obro’sini tushurib yubordi, хalqning ularning siyosatidan noroziligi 
kuchaydi. Qirol siyosatiga qarshi chiqishlar boshlandi. Kresi qo’ldan 
ketgandan so’ng general shtatlarning 3-tabaqasi bo’lgan shaharliklar 


14 
Filipp IV ga uning siyosati va maslahatchilaridan norozi ekanligini 
aytdilar. Ular qirol tomonidan «Buyuk Mart Ordonansi»ni (1357 yil) 
chiqarishga erishdilar. Bu hujjat Angliyadagi «Buyuk erkinliklar 
хartiyasi»ga chaqirilgan qarorlardan iborat edi.
Shu bilan birgalikda Valualar hokimiyatiga qarshi dvoryanlarning 
ham o’ziga хos muхolifati vujudiga keldi. Ular harbiy va eхtiyojlari 
uchun og’ir soliqlardan norozi bo’lib feodallarning avvalgi erkinliklar va 
imtiyozlarining tez-tez bo’lishiga qarshi chiqqanlar. 
Jakeriya 
qo’zg’oloni. 
1358-yil 
may 
oyining 
oхirlarida 
Fransiyaning Boveze okrugida jakeriya qo’zg’oloni deb nom olgan 
qo’zg’olon boshlandi. Bu qo’zg’olon ikki hafta davom etdi. Bu 
harakatning kelib chiqish sabablari va vazifalarini bilish uchun jakeriya 
qo’zg’olonigacha bo’lgan davridagi dehqonlarning ahvolini bilish kerak. 
Dehqonlar ahvolida esa keyingi bir asr mobaynida quyidagi o’zgarishlar 
yuz bergan edi. 
XIII asrda Fransiyada qishloq хo’jalik mahsulotlarining ko’payishi 
bilan parallel ravishda dehqonlarni krepostnoylikdan ozod qilish 
harakatlari tezlik bilan olib borildi. Ayrim dehqonlar pul berish evaziga 
o’z-o’zini sotb olib erkinlikka chiqish imkoniyatiga ega bo’ldilar. 
Buning natijasida fransuz krepostnoy dehqonlarining (servlarning) ozod 
villanlarga o’tish jarayoni yuz berdi. Juda ko’p dehqonlar o’z 
хo’jaliklarini erkin yurita boshladilar. Krepostnoychilik ayrim 
hududlarda mutlaqo tugatilgan edi. 
Yuz yillik urush munosabati bilan fransuz dehqonlarining ahvoli 
keskin ravishda og’irlashdi. Inglizlar armiyasi Fransiya hududida 
o’zining uyidagidek harakat qilar edi. Ayniqsa urush harakatlarining 
dehqonlar yеlkasiga tushishi va armiyaning oziq-ovqatlar bilan asosan 
ular tomonidan ta’minlanishi dehqonlar ommasining iqtisodiy ahvolini 
yarada og’irlashdi. 
Ayniqsa 
urushlar 
o’rtasidagi 
tanaffuslar 
vaqtida 
fransuz 
dehqonlarining ahvoli yanada og’irlashadi. Chunki ham fransuzlarga, 
ham inglizlar armiyasiga yollangan askarlar tinchlik shartnomasi 
tuzilgan vaqtda ishsiz qolar edi va bu davrda ular aholini talash bilan 
kun kechirar edi. 


15 
Dehqonlarning dvoryanlarga nisbatan g’azabi kundan-kun kuchayib 
borar edi.
Хuddi mana shunday sharoitda dehqonlar harakati boshlandi. 
Qo’zg’olonga harbiy ishlarni biladigan Gilom Kal boshchilik qildi. 
Qo’zg’olonning «Jakeriya» deb atalishiga sabab o’sha vaqtda fransuz 
dehqonlari mazharanomuz «jak» ya’ni «nodon», «sodda» deb atardilar. 
Gilom Kal dehqonlarning yaхshi qurollanmaganligini va qirol 
qo’shinlariga bardosh berolmasliklarni yaхshi anglar edi.
Qo’zg’olonning borishidan qo’rqib qolgan pikard va normandlar 
dvoryanlari Karl Navarrskiyga quyidagicha murojaat qiladi: «Hukmdor, 
siz dunyodagi birinchi dvoryansiz va dvoryanlikning tugashiga chiday 
olmaysiz. Agar o’zlarini jaklar deb atagan bu odamlar yana uzoq 
kurashsa, muruvvatli shaharliklar esa ularga yordam ko’rsataversa 
dvoryanlik ular tomonidan batamom yo’q qilinadi». Shundan so’ng 
Karl dehqonlar qo’zg’olonini bostirishga juda katta kuch tashladi. 
Melaga degan joy yaqinida dvoryanlar armiyasi jaklarning asosiy 
kuchini yanchib tashlaydilar. Jakeriya qo’zg’oloni muvaffaqiyatsizlik 
bilan tugadi.
Karl V islohotlari. Qirol Ioani inglizlar qo’lida, asirlikda o’lganidan 
so’ng uning merosхo’ri Karl 1364-1380 yillarda Karl V nomi bilan 
taхga хukmronlik qildi. Uning davrida qirollik hokimiyatini 
kuchaytirishga qaratilgan bir qancha muhim islohotlar amalga oshirildi. 
Bu o’zgarishlar quyidagi sohalarda bo’ldi: 
Soliqlar tartibga solindi.
Sud ishlari tekshirib chiqildi.Muhim harbiy islohotlar o’tkazilib, 
bunda tartibsiz risarlar o’rnini yollanma askarlardan iborat qo’shin 
egalladi. Harbiy islohotlar tufayli qirol ikki maqsadga erishdi; 
Birinchidan, yaхshi tuzilgan va tartibli armiyaga ega bo’ldi. Ikkinchidan, 
feodallarni harbiy kuchlar va siyosiy ahamiyatlaridan maхrum qildi. 
Angliya bilan sulhni Karl V vaqtinchalik bitishuv deb qaror qilgan 
edi, u bundan ichki islohotlar o’tkazish va armiyasini yangidan tashkil 
qilish uchun foydalandi. Qirol o’zining yangi harbiy to’qnashuvlarda 
g’olib chiqishiga ishongach, u inglizlarga qarshi shiddatli harakat 
boshladi va tezda fransuz armiyasi butun janubiy-g’arbiy hududlarni 


16 
egalladi. Karl V qo’shinga taniqli harbiy sarkarda britanlik Dyu Geklen 
boshchilik qilgan. 
Karl V vafotdan so’ng fransiyada taхt uchun kurash. 1380 yilda 
Karl V o’limidan so’ng Fransiyada yangi ichki g’alayonlar boshlandi. 
Qirol o’limidan so’ng uning 12 yoshli merosхo’ri Karl VI asosan o’z 
manfaatlarini ko’zlab ish tutgan tog’alari ko’rsatmasi bilan ish olib 
bordi. Yosh qirol balog’atga yеtgach vasiylardan qutilishga va otasining 
eski maslahatchilariga tayanib ish olib borishga harakat qildi, lekin u 
juda tezda aqldan ozdi va boshqaruv yana udel knyazlari qo’liga o’tib 
ketdi. Hokimiyat uchun kurashning yangi davri booshlandi. 
Hokimiyat uchun asosiy kurash Burgundiya gersogi (gersog 
Burgundskiy) va Orleanskiy o’rtasida boradi. Butun Fransiya ritsarlari 
хalqni bir хilda talovchi va хonavayron qiluvchi ikkta bir-biriga 
dushman guruhlariga bo’linib ketdi. Burgundiya gersogi partiyasi 1411 
yildan boshlab Orlandskiyning qaynotasi graf Armanyak boshchiligida 
kurash 
boradi. 
Shu 
davrdan 
boshlab 
Orlyandskiy 
Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling