Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch tushunchalar: vladikalar, “villanlar”, Dedich huquqi
“faterlandi”, indulgensiya, Pshemislar dinastiyasi ,Lyuksemburglar 
dinastiyasi ,Karl I, Pshemisl II, Kenigsberg (“Qirol togi”). 
XII-XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. X-XI 
asrlarda uzil-kesil rasmiylashgan Chexiya davlati, XII-XIII asrlarga 
kelib, Yevropaning boshqa Mamlakatlariga o’xshash feodal mamlakatga 
aylandi. Qirol drujinachilari lexlar va vladiklarning eski zodagon 
sulolalari bilan birlashib, feodal tipidagi katta va ancha mayda yer 
egalariga aylandilar. Ular mamlakatdagi yerlarning katta bir qismini 
bosib oldilar. Ularning yer-mulklarida krepostnoylar birinchi navbatda 
qo’liga yer berilgan qullardan tashkil topgan krepostnoylar (otroklar 
yoki erksiz dehqonlar) ishlardilar. Feodallar dehqonlar aholisini sud 
qilish muddaosida qiroldan juda katta jinoyatlardan tashqari jinoyat 
uchun immunitet huquqlar olardilar. Chexiyada oliy tabaqa feodallar, 
panlar (jupanlar, ya’ni qabila boshliqlari nomidan kelib chiqqan so’z) 
quyi tabaqa feodallar vladikalar (dastlabki paytlarda vladika deb, katta 
patriarxal oilalarni aytilardi) deb atalardi. Umuman olganda, panlar-
baronlar va vladikalar-ritsarlar imtiyozli toifa-shlyaxtani tashkil 
qilardilar (shlyaxta “lexi” – ”zodagon urug`lar” so’zidan kelib 
chiqqan). 
Sobiq erkin jamoachi dehqonlardan chiqqan qaram dehqonlar 
qullardan tashkil topgan krepostnoylarga asta-sekin kelib qo’shildilar. 
Bunday qaram dehqonlar boshqacha nom syedlyaklar degan nom bilan 
atalardi, bu nom esa fransuzcha “villanlar” degan so’zga to’g’ri keladi. 
Vaqt o’tishi bilan sedlyaklar pomestyeni tashlab ketish huquqidan 


44 
mahrum edilar. Ular muayyan (kesib qo’yilgan) barshchinani ado etib, 
oldindan belgilab qo’yilgan obrok haqi to’lardilar. Ammo XIII asrning 
to oxirigacha va qisman hatto XIV asrda ham Chexiyada erkin 
dehqonlar dyedichlar tabaqasi hali ancha-muncha saqlanib qolgan edi. 
Dedichlar eski vorislik (dedich) huquqiga ko’ra, o’zlarining jamoachilik 
tartib qoidalarini tamomila saqlab qolgan va asosan sud bo’yicha 
feodallarga qaram edilar (lekin bu sudga ularning qilgan barcha ikir-
chikir gunohlari va ayb ishlari kirmasdi, albatta). Dehqonlar o’zlariga 
qarashli yer uchastkalarining merosxo’rlar hisoblanardilar. Feodal 
muayyan miqdorda haq to’lamay turib, ularni o’tirgan yerlaridan haydab 
yubora olmasdi. Bu kategoriyadagi dehqonlarning majburiyatlari muhim 
bo’lib, ular urf-odat bo’yicha belgilanib berilardi, hamda chinakam 
krepostnoylar dehqonlar o’taydigan majburiyatlarga nisbatan ancha-
muncha yengil edi. Biroq XIII-XIV asrlarda dedichlar soni tezda 
kamaydi. Yirik dunyoviy va ruhoniy yer egalari dedichlarning jamoa 
yerlarini ham tortib olib qo’ydilar. Nemis kolonizatsiyasi. O’rta asr 
Chexiyasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida nemis kolonizatsiyasi 
juda katta rol o’ynadi. XII va ayniqsa XIII asrda Chexiya qirollari va 
chex panlari o’z daromadlarini ko’tarish maqsadida german 
kolonistlarini, ya’ni nemis dehqonlari bilan hunarmandlarini o’z 
mulklariga keng jalb etdilar. Ayni vaqtda Chexiya qirollari xizmatga 
taklif etgan va ulardan yirik yer-mulklari olgan ko’pgina german 
feodallar ham Chexiyaga kirib kelaverdilar. Nemis monastirlarida 
Chexiyada 
katta 
kolonizatorlik 
faoliyatini 
olib 
bordilar. 
Chexiyadagi nemis kolonizatsiyasi, o’z harakteri jihatdan boshqa 
slavyan yerlaridagi nemis kolonizatsiyasidan ancha farq qilardi. 
Chexlarning rivojlangan feodal davlatiga to’qnash kelgan nemislar bu 
yerga asta-sekin, “tinch” yo’l bilan kirdilar va, 
asosan, 
shaharlarga 
suqilib kirdilar. Ammo ko’p nemis dehqonlari Chexiya qishloqlariga 
ham qo’shib kelib joylashdi. Nemis kolonizatsiyasi natijasida chex 
panlarning daromadlari ancha oshdi. Chexiyadagi nemis kolonistlarining 
o’zlari bir qancha joylarga eng yaxshi yerlarni olib, katta boylikka ega 
bo’ldilar. Qisman kolonistlar o’zlari bilan birga ma’lum xo’jalik 
tajribaga ega bo’lgan va takkomillashgan texnikani olib keldilar, bu 


45 
texnikani kelajakda mahalliy aholi ham o’rganib oldi. Nemis 
hunarmandlari va konchilari, Chexiyaga qo’shib kelib, mamlakatda 
ishlab chiqarish kuchlarini o’stirishga, jumladan konchilik ishni 
rivojlantirishga ham yordam berdilar. Ammo, xullas qilib aytganda, 
nemis kolonizatsiyasi iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarida chex 
xalqi boshiga katta mushkullik keltirdi. Ajnabiy kolonizatsiya oqibatida 
Chexiyada milliy zulm avj oldiki, bundan chex aholi ommasi 
(shaharliklar va dehqonlar) azob-uqubat chekdi. Kolonizatsiya 
mamlakatda kelgindi, begona va hatto o’z “faterlandi” Germaniyaga 
ko’ngil qo’ygan dushman aholi istiqomat qiluvchi shaharni vujudga 
keltirdi. Shaharlardagi kelgindi nemis savdogarlari va hunarmandlari 
mahalliy chex aholisiga, ya’ni chex hunarmandlari va mayda 
savdogarlariga qaraganda imtiyozliroq holatda kun kechirardilar.Nemis 
kolonistlarining qishloqlarga quyundek oqib kelishi kam yerli chex 
dehqonlari sonining o’sishiga va pomeshchiklarga to’lanadigan feodal 
to’lovlarning ko’payishiga sababchi bo’ldi. Pomeshchiklar krepostnoylar 
tasarruf 
qiladigan 
yerlaridan 
undiriladigan 
daromadlarini 
kolonnistlarning yerlaridan unadigan daromadlar darajasiga yetkizishga 
intilardilar. Tili va urf-odatlari jihatidan yerli aholiga begona bo’lgan 
kelgindi nemis feodallarning mahalliy pomeshchiklar bilan qo’shilishi, 
chex dehqoni uchun feodal-krepostnoylik og’ir zulmini yanada 
kuchaytirib yubordi.
Chexiyadagi kolonizatsiya jatumani natijasida ikki xalq vujudga 
keldi, bular orasida kelgindi nemis xalqi maxalliy chexlarga qaraganda 
ancha imtiyozli ahvolda 
kun kechirardi. Ravshanki, bunday ziddiyatli 
ahvol chexlar noroziligini og’dirmay iloji 
yo’q 
edi. 
Mamlakatda 
feodalizm yanada rivojlanishi va tovar-pul munosabatlari o’sishi bilan, 
Chexiya shaharlarida milliy chex elementlari tarkib topishi va 
Chexiya 
qishloqlarida ijtimoiy munosabatlari keskinlashishibilan 
bu norozilik tobora ortdi. 
Chexiya qirollari va imperiya. Germaniya imperiyasi sistemasidagi 
Chexiya (Bogemiya) qirolligi ham ziddiyatli bir ahvolni boshidan 
kechirardi. Chexiya qirollari imperatorning vassallari edilar. Durust, 
Germaniyada imperatorlik hokimiyati tushkunlikka 
uchrashi 
bilan 


46 
Chexiya qirollari imperiyaning boshqa yirik knyazlariga o’xshash, aslida 
mustaqil hokimlarga aylandilar. Fridrix II Shtaufen zamonida va XIII 
asrning ikkinchi yarmidagi hokimiyatsizlik davrida Bogemiya 
qirollarining ahvoli ayniqsa qulay bo’ldi. Bu vaqtda Chexiya qiroli 
knyaz kurfyurst huquqini oldi. Uning o’zi chex panlari seymi tomonidan 
saylanib, ichki idora ishlarida to’la mustaqillikka ega bo’ldi. Ammo, 
ikkinchi tomondan, Chexiya qirolining imperiya bilan aloqasi 
ham, 
german kolonizatsiyasining Chexiya milliy manfaatlari uchun, 
axir 
pirovardi, g’oyat darajada zararli bo’lib chiqishiga sabab bo’ldi. Chexiya 
qiroli saroyining o’zida va chex panlarining saroylarida ochiqdan-ochiq 
germanlashish alomatlari ko’rildi. Chex feodallari va saroy a’yonlari 
nemis tilini o’rganib oldilar, nemis kiyimini kiyib yuradigan bo’ldilar va 
hokazo, chex feodallari va saroy a’yonlari chex xalqidan shu qadar 
begonalashdilarki, XIII asrda Chexiyaga kelib ketgan anjabiylar Chexiya 
to’g’risida u ikki millatli mamlakatlar, deb yozdilar. Zodagonlar saroy 
a’yonlari va feodallar nemis tilida so’zlashib, hamma narsada 
nemislarga taqlid qilardilar shaharliklar-meshchanlar va dehqonlardan 
iborat oddiy xalq chex tilida gaplashib, o’zining eski urf-odatlari va 
milliy qiyofasini saqlab qoldi. Ammo Chexiya bilan Germaniya ittifoqi 
(uniyasi)ning yana bir salbiy tomoni ham bor edi. Chexiya qirollari ichki 
german o’zoro urushlari va fitnalarga tortilgan edilar. Chexiya 
qirollarining o’zlari imperatorlik toj-taxtiga da’vogarlik qilardilar, 
ba’zan ular boshqa german feodallari bilan birgalikda slavyan xalqlariga 
qarshi uyushtirilgan yurishlarda shaxsan qatnashardilar. O’rta asr 
Chexiyasining eng yirik qirollaridan biri bo’lgan Pshemisl II (1253-
1278) ning hukmronlik qilishi bu jihatdan harakterli misoldir. Pshemisl 
II Chexya qirolligini ko’p qabilali juda keng davlatga aylantirdi. U 
Chexiyaning o’zidan tashqari, yana Avstriya, Shtiriya, Karintiya va 
Kraynani egallab, to Adriyatika dengizining janubigacha siljib borgan 
edi. Bu yerlarning bir qismi slavyanlarga, bir qismi nemislarga qarashli 
edi. U boshqa german feodallari bilan birgalikda 1254 yilda prusslar 
bilan litvaliklarga qarshi salib yurishida qatnashdi. Shu sababli 
keyinchalik Prussiya poytaxti bo’lib qolgan Kenigsberg (“Qirol togi”) 
shahri qirol Pshemisl II sharafiga ana shunday deb atalgan edi. Pshemisl 


47 
II german imperatorligiga o’z nomzodini qo’ygan edi. Imperiya 
knyazlari boshqa nomzodi – Rudolf Gabsburgni imperator qilib 
saylaganlaridan keyin Pshemisl II imperatorga len kasami berishdan 
bosh tortdi. Bu esa uni gabsburglar va boshqa german knyazlari bilan 
urush qilishga olib keldi. Urush natijasida Pshemisl II Chexiyadan 
tashqaridagi barcha mulklarini qo’ldan boy berdi, ana shu vaqtdan 
boshlab bu mulklar Gabsburglar qo’liga tushdi va bu hol Chexiyaning 
o’zidagi qirol hokimiyatining obro-e’tiborini zaiflashtirib qo’ydi. 
Lyuksemburglar dinastiyasining idora qilishi. Karl I (IY). 1306-yilda 
Pshemislar dinastiyasi barham topdi. Uch yil davom etgan to’s-
to’polondan keyin panlar nemis knyazi Ioann (chexcha-Yan) 
Lyuksmnburgskiyni qirol qilib sayladilar.
Yangi qirol panlarga ularning toifaviy imtiyozlarini garantiyalovchi 
yorliq berdi.1310-yildan e’tiboran Chexiyada yepiskoplar, panlar va 
ritsarlar shlyaxtasidan iborat seym (chexcha snem) muntazam suratda 
chaqirilib turiladigan bo’ldi. Shaharliklar (meshchan)larning vakillari 
s’yezdlarga har doim ham taklif qilinavermasdi.
Shaharliklarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama 
qilingandagina 
shaharliklar 
(meshchanlar)ning 
vakillari 
seymga 
qo’yilardi. Qirol Yan Lyuksemburgskiy Chexiyada ham yashaydi. Yan 
Lyuksenburgskiy Fransiya manfaatlarini ko’zlab (o’zining Lyuksenburg 
knyazligi bo’yicha albatta), fransuz feodallari bilan birgalikda 
inglizlarga qarshi Kresi shahri yonida jang qilgan paytida 1346 yilda 
halok bo’ldi. Shunday qilib, yangi ajnabiy dinastiya qirolining idorasi 
Chexiyaning siyosiy jihatdan markazlashuvini mustahkamlashda hech 
narsa bermadi. Aksincha, panlar oligarxiyasi kuchaydi, g’arbiy german 
knyazning chex xalqi manfaatlariga tamomila yot bo’lgan siyosati uchun 
ana shu xalqqa esa qon yutishga to’g’ri keldi. Yan Lyuksenburgskiyning 
o’g’li va ayni zamonida german imperatori Karl I (1346-1378) 
Chexiyada qirol hokimiyatining obro-e’tiborini ko’tara bildi. Imperator 
sifatida german knyazlariga qaram bo’lgan Karl Chexiyada o’zining 
vorislik mulklarini mumkin qadar kengaytirishga harakat qildi. Karl 
davrida Chexiya tarkibiga, Chexiya (yoki Bogemiya) ning o’zidan 
tashqari, Sileziya, Brandenburg, Saksoniyaning bir qismi (Lujitsiya) va 


48 
ba’zi bir qo’shni yerlar kirar edi.Karl Chexiyada toj-taxtning vorisi 
sifatida yashagan chog’idayoq, u chex feodallari va chex shaharliklari
ko’proq Praga shahari bilan yaqinlashdi. Karl qirol bo’lib olgandan 
so’ng o’sib borayotgan chex sanoati va savdosini rag’batlantirib, ilgari 
faqat nemislar foydalanib kelgan imtiyozlarni chexlarga ham tadbiq 
qildi. Uning davrida Praga juda o’sdi, asosan Pragaga ko’chib kelib 
joylashgan chex hunarmandlari hisobiga Praga atrofida Novaya Mesto 
degan yangi joy o’sdi. Pragaga o’zini-o’zi idora qilish huquqi berildi. 
Poytaxt ko’pgina hashamatli binolar bilan boyidi, Karl I qurdirgan 
binolardan ba’zilari Karl shteyn qasri, Yeltava daryosi chetiga solingan 
katta tosh ko’prik (Karlov most) va boshqalar hanuzgacha saqlanib 
kelmokda. 1348 yilda Karl I Praga universitetini ta’sis etdi, bu 
universitet Yevropadagi eng qadimiy universitetlarning biri hisoblanadi. 
Sotsial va milliy ziddiyatlarning keskinlashishi. Chexiyada XIV asr 
o’rtasidan boshlangan siyosiy yuqsalish mamlakatning iqtisodiy 
yutiqlarni aks ettirardi. Bu vaqtga kelib Chexiya iqtisodiy jihatdan 
g’oyat darajada rivojlangan mamlakat hisoblanardi. Chexlarning 
kumush 
konlari, 
movut 
to’kishi, 
surp 
sanoatining 
rivojlanganligi, 
qishloq 
xo’jaligidagi 
yutuqlar 
Chexiyada 
dehqonchilikdan 
tashqari, 
bog’dorchilik, 
baliqchilik 
xo’jaligi, 
uzumchilik, zig’irkorlik, va h.k. mana shularning hammasi Chexiyada 
Yevropadagi eng boy Mamlakatlaridan biridir degan shon-shuhrat 
keltirdi. Chexiya qiroli olgan behisob daromadlarni Germaniyaning 
birorta ham badavlat knyazi ololmasdi. Praga yirik savdo markaziga 
aylandi. Chexiyaning ko’pdan-ko’p boshqa shaharlari u bilan juda 
yaqindan aloqa qilardilar. Bu shaharlar orasida Brno, Plven, Xeb, 
Kutnagora, Lolomouts alohida ajralib turardi.
XIV asrda Chexiya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Quyi Dunay 
bo’yi Mamlakatlari, Janubiy-G’arbiy Rus bilan keng xalqaro savdosi 
olib borardi. Mamlakatda tovar-pul xo’jaligi tobora o’sib, u qishloqni 
ham qamrab olgan edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va tovar 
aloqalarining kengayishi Chexiya jamiyatida eski feodal xo’jalik 
formalarini yemirib, o’tkir ijtimoiy ziddiyatlarining avj olishiga olib 
keldi. Chex feodallari o’z ixtiyorlaridagi krepostnoy sedlyaklarni nemis 


49 
huquqi deb ataluvchi huquqqa ko’chirdilar. Nemis huquqiga ko’ra, 
dehqonlar oshirilgan pul rentasi to’lashlari lozim edi, chunki dehqon 
rentani ozgina kechikib to’laydigan bo’lsa, katta yer egasi feodal uni har 
doim aldab yubora olardi. Panlarning siquvi ostida dehqon-dedichlar 
ham nemis huquqiga ko’chirildi. Dehqon-dedichlarning chex huquqi 
o’rniga nemis huquqiga ko’chirilishi ularning ahvolini battar 
yomonlashtirdi, chunki ular voris yer egalaridan (deyarli xususiy yer 
egalaridan) “ozod etiluvchi” sedlyaklarga o’xshash, darxol huquqsiz 
arendatorlarga aylanib qoldilar. O’sha vaqtda pul xo’jaligi sharoitlarida
XIV asrdagi Chexiya kishlog’i endi juda tabaqalashgan qishloq edi. 
Qishloqni kam yerli dehqonlarning ko’pchiligi (ya’ni podsosyedka deb 
ataluvchi dehqonlar) to’ldirib yuborgan edi, ularning ba’zilaridan 
qisman batraklar sifatida foydalanilardi, boshqalari hech qanaqa ish 
topolmay, qashshoqlikda kun kechirardilar ba’zi bir kambag’allargina 
shaharlarda ishga joylashishga muyassar bo’ldilar. Shunday qilib, chex 
dehqonlarning ahvoli, ayniqsa XIV asrning ikkinchi yarmida va XV asr 
boshlarida tobora og’irlashdi. Krepostniklik, sudxo’rlik, og’ir arenda, 
dehqonlarning qisman yersizligi bularning hammasi umuman chatishib 
ketib, chex dehqon ommasini g’oyatda mushkul ahvolga solib qo’ydi. 
Ammo shaharda ham ijtimoiy ziddiyatlar tobora keskinlashdi. 
Ko’proq nemislardan iborat bo’lgan shahar patritsiati sanoatning asosiy 
tarmoqlarini va savdoni, shuningdek shahar idorasini (Chexiya poytaxti 
Pragani ham) o’z qo’liga kiritib oldi. Sexlarga qismangina birlashgan, 
qisman yolg’iz o’zi kosiblik qiluvchi o’rta darajadagi hunarmand-
chexning mustahkam oyoqqa boskan nemis masteri yoki 
boy nemis 
savdogari bilan ana shunday sharoitda raqobat qilishi juda qiyin edi. 
Chex qishloqlaridagi singari Chexiya shaharlarida ham eng 
kambag’al hunarmandlar, qora ishchilar, qishloqlradan kelgan turli-
tuman kelgindilar va hokazolardan iborat juda ko’p faqir-fuqaro to’da-
to’da bo’lib daydib yurardi. Bu odamlar o’z xo’jayinlari bo’lgan 
ekspluatatorlardan 
nafratlanib, 
dahshatli 
muhtojlik 
va 
och-
yalong’ochlikda hamon kun kechirardilar. Chexiyada g’oyat darajada 
keskinlashib ketgan ijtimoiy ziddiyatlar ochiqdan ochiq milliy tusga kira 
bordi. Chexiya dehqonlari, o’rta va mayda darajadagi shaharliklar, 


50 
shuningdek, quyi ritsarlar (zemanlar) asosan badavlat nemis sinflarni 
o’zlarining sinfiy dushmanlari deb bilardilar, chunki Chexiyadagi 
nemislar bu vaqtga 
kelib juda katta boylik orttirdi, bu mamlakatda 
katta siyosiy rol o’ynar edilar.
Chexiya va papalik. Ammo bu davrda Chexiyada yana bir ziddiyat 
keskin sezilib turardi, bu ziddiyat katolik cherkovining o’sib borishi 
zulmi va ekspluatatsiyasi edi.
Yuz yillik urush mahalida papalik o’z yig’imlarining asosiy 
og’irligini Sharqiy Yevropaga, Germaniya, Chexiya, Polsha va 
Vengriyaga o’tkazgan edi. Papa saroyiga turli formalardagi to’lovlarni 
Chexiya ayniqsa ko’p miqdorda to’lashi lozim edi. Papaning 
indulgensiya sotib yuruvchi odamlari Chexiyada to’lib ketgan edi, oliy 
tabaqa chex ruhoniy shaxslarini tayinlab qo’yganligi uchun papa juda 
ko’p 
miqdorda 
pul 
olardi. 
Chexiyadan 
yig’ilgan 
cherkov 
desyatinalarining katta qismini papa xazinasiga kelib tushardi. Ayni 
zamonda Chexiyadagi ruhoniylarning anchagina qismini chexlardan 
chiqqan odamlar emas, balki Chexiyada yer mulklarga egalik qiluvchi 
kelgindi nemis rouhoniylari va monaxlari tashkil qilardi. XIV asr oxiri 
va XV asrda chexlar tomonidan olib borilgan navbatdagi revolyutsion 
kurashning o’ziga hos va murakkab harakteri ana shundan kelib chiqqan 
edi. 
Eng demokratik chex ijtimoiy kuchlarining, ya’ni shaharliklar, 
dehqonlar va qisman ritsarlarning nafrati ayni vaqtda ham chex feodal-
krepostnoylik tuzumiga qarshi qaratilgan edi. G’oyaviy jihatdan bu 
ziddiyatlar keng reformatsion harakatda o’z ifodasini topdi. Bu 
reformatsion harakat Chexiyada anjabiy 
zulmning 
ko’p 
darajada 
mujassam timsoli bo’lgan o’rta asr katolik cherkoviga ham qarshi 
qaratilgan edi. Yan Gus. Ruhoniy va Praga universitetining professori 
Yan Gus milliy va diniy-reformatorlik kayfiyatidagi chex jamiyati ilg’or 
tabaqalarining ifodachisi bo’ldi. Dehqon oilasidan kelib chiqqan Yan 
Gus, 1369 yilda Gusinets degan joyda dunyoga kelgan edi. Praga 
universitetning shogirdi bo’lgan Yan Gus 1398-yilda univesitet 
professori, 1402-yilda esa uning rektori bo’ldi. Yan Gusning g’ayrati 
tufayli Chexiya qiroli Vatslav 1409 yilda Praga univesitetining ustavini 


51 
o’zgartib, professor chexlarga universitetni idora qilishda rahbarlik rolini 
topshirdi. Yan Gusning zamandoshi ingliz reformatori Jon Viklefning 
ta’siri ostida Gusning diniy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari ancha rivoj 
topdi. Ammo bir qancha masalalarda Gus Viklefdan o’tib ketdi va 
dadilroq harakat qildi. Gusning papalik bilan munosabatlari 
keskinlashib, murosasiz tus oldi. Indulgensiyalar bilan savdo qilishga 
qarshi, cherkov yer egaligining gocht darajada tomir yoyishiga qarshi, 
ruhoniylarning turli-tuman xurofiy urf-odatlari ijro etganliklari uchun 
tobora ko’proq pul undirilishlariga qarshi Gus keskin tanqid bilan 
maydonga chiqadigan bo’ldi. Gus toat-ibodatni ona tilida, chex tilida 
odat etishini talab qildi. Eng yaqin vaqt ichidagi reforma sifatida Gus 
cherkov yerlarini tortib olib, ulardan davlat ehtiyojlari uchun 
foydalanishni hukumatga tavsiya etdi. Gus ruhoniylarni alohida, 
imtiyozli toifaga (dinga ishonuvchi oddiy odamlarga nisbatan) 
aylantirishga qarshi norozilik bildirib, ruhoniylarni ham, shuningdek, 
shahar xalqini xam “har ikkala noz-ne’mat bilan” (non va vino bilan) 
dilini poklashni (cho’qintirishni) qattiq turib talab qildiki keyinchalik bu 
Gus muxlislarining shiorlaridan biri bo’lib qoldi. Qisman Gus ijtimoiy 
masalalarga ham tegib o’tdi. Biroq Gus revolyutsioner emas edi va shu 
vajdan u mavjud feudal tuzumini yemirib tashlashga da’vat etmadi, 
asosan krepostnoylikning eng og’ir formalarini yumshatishga chaqirish 
bilangina cheklandi. Shu tariqa, Gus panlari o’z hukmronliklarini 
suiste’mol qilmay, “kambag’allarga mehr-shafqatli bo’lish va ularni 
adolat bilan idora qilishga da’vat etdi”. U qirollik sudlarida beva-
bechoralarga zulm qilishga va ularning ko’ngillarining vayron qilishga 
narozilik bildirdi. Gus o’zining bir qancha og’zaki gaplari va yozma 
nutqlarida panlar tomoniga o’tib ketgan dehqonlarning molu- mulkini 
bosib olish (o’lgandan keying yig’im) hodisalarini qoralagan edi. 
“Haqqoniyat yengadi!”,degan iborani Gus juda yaxshi ko’rardi. Bu 
so’zlar bilan Gus mehnatkashlar ommasining porloq kelajagiga bo’lgan 
o’z ishonchini ifodalardi. Dehqonlar hayotini yaxshi bilgan, o’zi shu 
dehqonlar orasidan kelib chiqqan Gus o’z umrining to oxirigacha deyarli 
qishloq bilan shaxsan bog’langan edi. Gusning chex tilida qiladigan 
va’zxonligida eng sodda, xatto xat-savodsiz erkak va ayol dehqonlarning 


52 
kundalik hayotidan olingan va ular bemalol tushunadigan misollar juda 
ko’p bo’lardi. Erkak va ayol dehqonlar “mister Gus”ning gaplarini zavq-
shavq bilan inglardilar.Gusning faoliyati Praga arxiyepiskopni, so’ngra 
esa papa kuriyasini ham unga qarshi ogohlantirdi. Gusga toat-ibodat 
qilish man etildi. U professorlik va rektorlik lavozimlaridan mahrum 
etilib, 1412-yilda poytaxtni tashlab ketishga majbur bo’ldi. Gus yereslik 
(shakkoklik) da ayblanib, 1414-yilda Konstans sobori sudiga chaqirildi. 
Imperator Sigizmund Gusning shaxsini muhofaza qilib, unga qo’riqlov 
yorlig’i berdi. Gus o’zi aytganidek, “haloyiq oldida haqiqatni ochib 
bermoq uchun”, ya’ni cherkov sobori oldida o’z ta’limotining haq 
ta’limot ekanligini himoya qilmoq uchun Konstatsga jo’nadi. Bu vaqtda 
Gusning obro-e’tibori papanikidan balandroq edi. Ammo Konstansiga 
kelishi bilanoq Gus tez orada qamoqqa olindi. Yepiskoplar sobori 
ayblanuvchining xatto gapini ham eshitishni xohlamay, uni yeretik 
sifatida o’tda kuydirish to’g’risida hukm chiqardi. Sigizmund o’z 
so’zidan xoinona qaytib Gusga yordam berishni istamadi. 1415-yilning 
6-iyulida Yan Gus Konstans maydonlaridan birida olovda kuydirildi. 
Guschilarning urushlari. Yan Gusning o’limi Chexiyada chuqur 
g’azab uyg’otdi. Gusning o’limi to’g’risida Chexiya va Moraviya 
ruhoniylari yozma norozilik bildirdilar. Shaharliklar va dehqonlar Gus 
behuda jafo chekdi va azoblandi, dedilar. Chexiyada katolitsizmdan 
ommaviy ravishda qaytish hodisalari yuz berdi. Vujudga kelgan 
“yeretiklar jamoatlari” Gusning cherkov va jamiyatni reforma qilish 
haqidagi g’oyalarini amalga oshirishga da’vat etib, shu bilan Gus 
ta’limotini chukurlashtira va revolyutsionlashtira bordilar.
Guschilarga qarshi hukumat tomonidan jazo choralari qo’llanila 
boshlashi munosabati bilan 1419-yil 30-iyulda Pragada shaharliklarning 
qo’zg’oloni bo’ldi. Praga va uning atrofidagi shaharlarning plebeylar 
ommasi 1419-yilga Praga qo’zg’olonining eng faol kuchi bo’ldi, bu 
qo’zg’olonga kambag’allar orasida nom chiqargan 
Praga ruhoniysi 
Yan jelivskiy boshchilik qildi. Qo’zg’olon natijasida qirol Vatslav 
amalda taxtdan agdarib tashlandi. Vatslav Pragadan qochib ketdi va tez 
orada, o’sha yiliyoq vafot etdi. Vatslav o’rniga uning ukasi imperator 
Sigizmund Chexiya taxtiga vorislik qilishi lozim edi. Gusning 


53 
o’ldirilishida Sigizmundning qabix yo’l tutganligi va Gusni ochiqdan-
ochiq yomon ko’rganligi hamda Sigizmundning nemis feodallari bilan 
aloqa qilganligi tufayli chexlar hatto uning nomini ham eshitgilari 
kelmadi. Na panlar, na shlyaxta, na shaharliklar Sigizmundka itoat 
etishni istamasdilar. Qishloqlarda cherkov va dunyoviy (nemis) katta yer 
egalariga qarshi harakat boshlanib ketdi. Chexiya 1419-yilning 
avgustidan e’tiboran haqiqatda Germaniya bilan aloqasini uzib, mustaqil 
davlat bo’lib oldi. Odatda guschilarning urushlari degan nom bilan 
atalgan Buyuk Chexiya dehqonlar urushining harakatga keltiruvchi 
kuchlari juda keng va turli-tuman edi. Eng boshidan boshlab guschilar 
harakatida bir-birovga ochiqdan-ochiq qarama-qarshi ikki qanot paydo 
bo’ldi: 1) chashniklar yoki podoboylarning mo’tadil partiyasi 
(guschilarning shiorlaridan biri har ikkala noz-ne’mat, ya’ni non va vino 
bilan dilni poklash) bo’lib, bunga panlarning, yirik ritsarlarning va 
shaharliklarning (asosan Praga shaharining) vakillari kirgan edi va 2) 
taboriylarning (ularning Tabor yoki Favoradagi harbiy lageri nomidan 
olingan) radikal demokratik partiyasi bo’lib, uni xonavayron bo’lgan 
ritsarlar, eng kambag’al hunarmandlar va dehqonalar tashkil qilardilar. 
Chashliklarning “to’rtta modda” deb atalgan programmasi Chexiyada 
toat-ibodat chex tilida ado etiladigan milliy guschilar cherkovini qaror 
toptirishni va cherkov molu-mulkini tortib olish va hukumat ixtiyoriga 
berilishini talab qilardi. Chashniklar boshqa hech qanaqa ijtimoiy va 
siyosiy reforma qilishini ilgari surmadilar. Siyosiy jihatdan olganda 
chashniklar monarxiyani saqlab kolish tarafdorlari edilar. Chashniklar 
Lyuksenburglar dinastiyasi bilan aloqani uzib, ular Polsha Litva valiahdi 
Sigizmund (yoki Jigimont)ni Chexiya qirolligining regenta sifatida 
Pragaga taklif etdilar. Keyinroq chashniklarning eng yirik rahbarlaridan 
biri bo’lgan boy pan Yuriy (chexcha Yirji) Podebrad qirol regenta bo’lib 
oldi. XV asrning 20-yillari boshlarida chashniklar Praga plebeylari 
oppozitsiyasi bilan qattiq janjallashib qolishdi. Poytaxtda oppozitsion 
demokratik harakatning o’sib borishidan cho’chigan chashniklar Praga 
demokratiyasining rahbari Yan Jelivskiy halok etishga shoshildilar, 
1422-yilning 9-mart kuni Jelivskiyni aldab ratushaga chaqirib, so’ng uni 
qamoqqa oldilar va o’sha yerning o’zidayoq o’limga hukm qildilar 


54 
hamda ratusha binosida qatl etildilar. Aslida bu chinakam siyosiy 
qotillik edi, shahar 
kengashining 
a’zolari 
(konshelashlar) 
xalq 
ommasidan qo’rqqanlari vajidan bu qotillikni zimdan va juda tez amalga 
oshirgan edilar. Guschilarning boshqa lagerlari, ya’ni taboriylar 
Sigizmund bilan, nemis feodallari, eng yirik papalik va katolik cherkovi 
bilan olib borgan kurashlaridan ancha revolyutsion, eng qat’iy va izchil 
edilar. Taboriylar ham o’z programmalarida “Praganing to’rtta 
moddasi”ni tan olib, bu moddalarning mazmunini kengroq talqin etdilar 
va ularga o’zlarining antifeodal talablarini kiritdilar. Diniy sohada 
taboriylar hech qanaqa oliy cherkov iyerarxiyasiz cherkov jamoalarini 
bemalol barpo etish va tamomila erkin targ’ibot olib borishga erishish 
talabini yoqlab chiqdilar. Siyosiy sohada taboriylar “qirolsiz davlat 
ko’rish”, ya’ni respublika tarafdori edilar. Taboriylarning asosiy ijtimoiy 
talabi – krepostnoy huquqni bekor qilish va yerni jamoa mulkiga 
aylantirish, ya’ni uni mehnatkash dehqonlarga berishdan iborat edi. 
Feodal-pomeshchiklarning krepostnoylik zulmiga taboriylar katta 
gunohlardan (“o’lim darajasidagi gunohlar”dan) biri deb qarardilar. 
1410-yilgi Gryunvald jangining qatnashchisi, g’oyat zo’r sarkardalik 
qobiliyatiga ega bo’lgan ritsar Yan Jijka (1360-1424) taboriylarning 
rahbari edi. 1424- yilda Jijka vafot etgandan keyin sobik ruhoniy Prokop 
(Velikiy) (katta) uning vorisi bo’lib qoldi. Boshqa Prokop yoki Prokop 
(Maliy) (Kichkina) uning yordamchisi edi. 
O’ta taboriylar yoki pikartlar to’liq molu-mulk tengligiga va 
davlatni 
yo’qotishga da’vat etardilar, ularning ba’zilari hatto ateizmga 
yaqinlashib qolgan edilar. O’ta taboriylar Isoni oddiy odam deb 
hisoblardilar, xudoi taolo haqida ular, xudo aql-idrok va vijdon singari 
kishilarning dilidagina mavjuddir, deb ta’lim berardilar. O’ta 
taboriylarga va’zxon Martin Guska boshchilik qilardi. Biroq Jijka o’ta 
siktantlarning faoliyati umumiy ishga zarar beradi deb hisoblab, ularni 
1421-yildayoq Tabordan uzoqlashtirgan edi. Jijkaning bu tadbiri albatta, 
revolyutsion lager kuchlarini zaiflashtirib qo’ygan edi. Dastlabki paytda 
chashniklar bilan taboriylar Sigizmund va nemis feodallariga qarshi 
birgalashib harakat qilgan edilar. Yan Jijka rahbarligida ozgina qismi 


55 
ritsarlardan, ko’pchilik qismi esa dehqonlardan (piyoda) tashkil etilgan 
guschilarning doimiy qo’shini xalq qo’shini hisoblanardi. Bu doimiy 
qo’shin dushmanga nafrat ko’zi bilan qarardi va u yuksak intizomli 
qo’shin edi. Jijka harbiy ishda yangi usullar qo’lladi. U aravalarda 
bemalol ortib olib uriladigan yengil zambaraklarni ishga soldi. Uning 
piyoda askarlari g’oyat chaqqan va tez harakat qilardi. Piyoda askarlarni 
odatda (urush paytlarida) aravalarda ortib yurilardi, aravalar esa o’ziga 
xos istehkom xizmatni ham o’tardi. Buning uchun yo’lda ma’lum joyga 
kelib to’xtalgan mahalda 
shu 
yo’qli 
aravalarni 
zanjir 
bilan 
mustahkamlanardi, ular o’rtasidagi bo’sh joylar esa taxtalar bilan 
to’silardi, shunday qilib, dushman otliq askarlari hujum qila olmaydigan 
mustahkam lager paydo bo’lardiki, uni bunyodga keltirish va buzib 
tashlash asosan edi.
Guschilar nemis ritsarlariga to’satdan bir qancha qaqshatqich 
zarbalar bera oldilar. 1420-1431-yillar davrida imperator bilan papa 
guschilarga qarshi besh marta salib yurishi uyushtirgan bo’lsa-da, lekin 
bu yurishlarning hammasi muvaffaqiyatsiz bo’lib chiqdi. 1420-yilning 
14-iyulida Yan Jijka Praganing yonginasidagi Vitkova (hozirgi 
Jijka) 
tog’i etagidagi jangda salib yurishi qo’shinlar tor-mor keltirdi. Jijkaning 
Praga yonidagi g’alabasi butun mamlakatni qoplagan 
revolyutsion 
harakatning yanada yuksalishiga sababchi bo’ldi. 1421-yilda Chexiya 
seymi Sigizmund Chexiya toj-taxtidan mahrum qilinadi, deb e’lon qildi. 
Guschilar 1422 yil boshida Nemis kechuvi yonidagi jangda salibchilar 
ustidan ayniqsa katta g’alaba qozondilar (bu salibchilarning ikkinchi 
yurishi edi). 1424 yil yozida Jijka Malishova shahri yonida salibchilarni 
yengib, muhim punkti Kutenburg (chexcha Kutnagora) shahrini 
bosib 
oldi. Kutenburg shahri Chexiyadagi nemis kolonizatsiyaning asosiy 
markazi hisoblanardi. Bu jangda Yan Jijka kuzi ko’r holda qo’shinlarga 
qo’mondonlik qildi va shunga qaramay, ajoyib g’alabaga erishdi. 
Salibchilarning uchinchi yurishi daf etilgandan keyin, tez orada Jijka 
Moraviyaga ketib qoldi va shu yerda o’lat kassaligidan vafot etdi. Uning 
vorisi Prokop Katta kurashni muvaffaqiyat bilan davom qildirib, 1426 
yilda Ust-Laba shahari yonidagi nemis ritsar qo’shini yakson qildi (bu 
salibchilarning guschilarga qarshi olib borgan to’rtinchi yurishi edi). 


56 
Ana shu jangda nemis ritsarlaridan 15 mingga yaqin kishi o’ldirildi. 
Taboriylar qo’shinining yutuqlari nemis feodallariga dahshat solardi. 
Guschilar qo’shini ko’chib yuradigan harbiy aravalarning taqir-tuqurini 
nemis ritsarlarning tumtaraqay qochishlari uchun kifoya etdi. Masalan, 
Texov shahri yonida hatto dushmanning aft-angorini ko’rmasdan ham 
salibchilar 1427 yilda yoppasiga qochdilar.
Taboriylarning o’zlari nemis feodallarining hujumini daf etib, 
ularga qarshi hujumga o’tdilar va Saksoniya, Brandenburgga va hatto 
Boltiq bo’yi Prussiyasiga (1427 y.) kirib bordilar. 1431-yili Damojlits 
shahri yonidagi (Plzen shahrining janubiy-g’arbida) jangda salibchilar 
beshinchi brishining daf etilishi guschilarning nemis feodallar ustidan 
qozongan oxirgi g’alabasi edi. Papa Yevgeniy IV bilan imperator 
Sigizmund guschilarga qarshi ro’para qilinadigan yangi ataka 
planidan voz kechib, taktikani o’zgartirishga qaror qildilar. Ular 
guschilar orasiga nizo solib, chashniklarni o’z tamonlariga qaratib 
olishni maqsad qilib qo’ygan edilar. Ular bu maqsadlariga erishdilar. 
Chashniklar taboriylarning erishgan yutuqlariga havas bilan qarasalar-
da, lekin revolyutsiyaning bundan buyon chuqurlasha borishidan 
xavfsirardilar. Tabor shahri o’sib, qochoq dehqonlar bilan shahar 
kambag’allarining ko’plab bu yerga oqib kelishi, demokratik reformalar 
o’tkazish kerakligi haqidagi talabalar panlarni va boyib ketgan pragalik 
meshchanlarni qo’rqitib qo’ydi. Bazeldagi cherkov sobori cherkov 
yerlarini qisman sekulyarizatsiya qilish (davlat ixtiyoriga olish) ga va 
diniy urf-odatlarga ba’zi bir o’zgarishlar kiritishga rozilik berib, 
chashniklarga bir oz yon bergandan keyin chashniklar bu takliflarga 
qattiq yopishib oldilar. 1433 yilda Pragada Praga kompaktatlari nomi 
ostida alohida kelishuv bitimi tuzildi. Shundan keyin chashniklar nemis 
feodallariga qarshi kurashni to’xtatib, taboriylarga qarshi kurashish 
uchun nemis feodallari bilan birlashdilar. 1434 yili Lipani (bu joyning 
boshqa nomi – Chexiya kechuvi) yonidagi jangda chashniklar endi 
nemislar bilan birgalikda taboriylarga qarshi urushdilar. Taboriylar 
yengildilar. Har ikkala Prokop o’ldirildi. Oddiy taboriylarning ko’pi 
halok bo’ldi. Taboriylar Janubiy Chexiyada bir qancha tayanch 
punktlarga suyanib turib, shundan keyin ham kurashni davom ettirdilar. 


57 
Tabor shahari to 1452 yilgacha qattiq turib berdi, shundan keyin u oxiri 
chashniklar tomonidan qo’lga olindi va vayron qilib tashlandi. 
Chashniklar imperatorlar Sigizmundni qirol deb tan oldilar. 
Sigizmund vafot etgach (1446 y.) Chexiya taxti Gabsburglardan birining 
o’g’liga erga tekkan qizining o’g’li (Sigizmundning nevarasi) qo’liga 
o’tdi. Bu yosh qirol bo’lganligi uchun butun hokimiyat panlar qo’lida 
edi. Keyinroq 1458-1471 yillar davrida, Chexiya taxtni chashniklar 
to’dasining liderlaridan biri bo’lgan Yuriy (yirji) Podebrad egalladi. 
Podebrad 
o’lgandan 
keyin 
chexlarni 
Yagellanlarning 
polyak 
dinastiyasiga mansub odamlar bir oz vaqt idora qilib turdi. Bu 
dinastiyaning so’ngi vakili 1526 yilda qazo qildi. Bu vaqtda g’oyat katta 
kuch-qudratga ega bo’lgan turklar Chexiyaga xavf-hatar solayotganligi 
uchun chex panlari toj-taxtni yana Gabsburglar qo’liga topshirishga 
qaror berdilar. Shunday qilib, Chexiya va Germaniya imperyasi 
tarkibiga kirdi. 
Guschilar olib borgan urushlarning tarixiy ahamiyati. Guschilar 
mag’lubiyatga uchrashlariga qaramay, guschilarning urushlari Chexiya 
tarixida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. O’rta asrlar oxiridagi eng yirik 
dehqonlar harakati, ajnabiy nemis hukmronligiga qarshi keng avj olgan 
milliy harakat va nihoyat,ilk cherkov reformatsiyasi o’rta asr katolik 
cherkoviga qarshi qaratilgan qo’zg’olon guschilarning urushlarida bir 
butun bo’lib chirmashib ketdi. Guschilarning urushlari Chexiyada 
nemislar zo’ravonligiga zarba berib, ularning bundan keyin mamlakatga 
kirib chiqishlarini to’xtatdi. Bu urushlar Chexiyaning Germaniya 
imperiyasidan uzoq muddatgacha (100 yildan ortiq) tamomila mustaqil 
siyosiy ahvolga erishuvini ta’minladi. 
Durust, 
Chexiya 
keyin 
imperiyaga qaytadan kirdi. XVII asrning birinchi yarmida O’ttiz yillik 
urushgina Chexiyani uzoq vaqtgacha istilo etilgan viloyatga aylantirib 
qo’ydi. 
Guschilarning bo’lib o’tgan urushlari davri, shu tariqa Chexiyaning 
milliy ozodlik davri bo’ldi, shuning uchun u chex madaniyatining 
yuksalish zamoni ham edi.XV va XVI asrlarda chex tili hamda chex 
adabiyoti katta yutuqlarga erishdi. Yan Gus chex grammatikasini yozdi 
va chex tili orfografiyasini yaratdi, chex xalqi hozirgacha shu 


58 
grammatika va orfografiyadan foydalanib kelmoqda. Gusning chex tilida 
bosilib chiqqan asarlari hozirgi zamon chex adabiy tiliga asos qilib 
olindi. 
Guschilarning 
urushlari 
davri 
ko’pgina 
adabiy-siyosiy 
yodgorliklar: 
pamfletlar, 
satiralar,harbiy-revolyutsion 
gimnlar, 
qo’shiqlar va boshqalar qoldirgan. XV va XVI asrlarda Chexiyada 
tarixiy xronikalar tuzish borasidagi ishlar yaxshi avj olib, davrning ulkan 
voqealari ana shunday tarixiy xronikalar tuzish uchun boy va drammatik 
materiallar bergan edi. 
XV asrning 50 yillarida, revolyutsion to’lqin pasaygandan keyin 
guschilar orasida “chex birodorlari”, deb atalgan xiyla osoyishta bir 
oqim paydo bo’ldi. “Chex birodorlari” oqimining ideologi yirik 
yozuvchi Pyotr Xyelchiskiy (1339- 1460) edi. Xelchitskiyning yozgan 
asarlarida katolik Cherkovi va butun feudal krepostnoylik tuzumi chuqur 
tanqid qilinsa-da, lekin avtor endi revolyutsion kurashdan voz kechgan 
edi. Xelchitskiy har qanday davlatni “gunoh”deb hisoblab, zo’rlikni rad 
etgan, urushni, sudda qatnashishni, soliqlar to’lashi qoralagan edi. Ayni 
zamonda Xelchitskiy va uning muxlislari xalq orasida maorifni taraqqiy 
qildirishga ko’p e’tibor berar edilar. “Chex birodorlari”ning bu 
oqartiruvchilik an’analari bundan keyin ham saqlanib qolgan edi. Ular 
maktablar tashkil ettilar, pedagogika masalalari bilan shugullandilar. 
Shular 
orasidan 
keyinchalik 
mashxur 
chex 
pedagogi, 
yangi 
pedogogikaning yaratuvchisi Yan Amos Komyenskiy (1592-1670) 
yetishib chiqqan edi. Milliy harakat sifatida muvaffaqiyat qozongan 
guschilar harakati dehqonlar qo’zg’oloni sifatida mag’lubiyatga uchradi. 
Dehqonlar bilan boshqa demokratik tabaqalarning manfaatlarni 
ifodalagan taboriylar yer bilan yakson qilindi. Shuning natijasida 
Chexiyada feudal krepostnoylik rejimi tugatish masalasi ham hal etilmay 
qolib ketdi. Chex panlar siyosiy hokimiyatdan o’zlarining sinfiy 
manfaatlari yo’lida foydalanib, XV asrning ikkinchi yarmida xatto 
krepostnoy huquqni kuchaytirib yubordilar. 1474 va 1487 yillardagi 
seymlar panlarning roziligini olmay turib, dehqonlarning pomestelardan 
“chiqib ketishi”ni man qiluvchi qonunlar qabul qildi. Qochib ketgan 
krepostnoylarga va ularni yangi joylarda qabul qilganlarga eng qattiq 
jazo choralari belgilandi. Panlar shaharliklarga nisbatan ham tor 


59 
ma’nodagi toifaviy siyosat yurgizildi. 1497 yilgi seymda Chexiyadagi 
oliy davlat mansablarini faqat dvoryanlar toifasiga mansub shaxslargina 
egallashlari mumkin degan qaror qabul qilindi. XV asr oxiridan boshlab 
meshchanlarning seymdagi vakillari kamaytirildi va 
birgina 
Praga 
shahari deputatlarigina kiradigan bo’lib qoldi. 
Nazorat savollari: 
1. XII-XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 
nimalarda aks etar edi? 
2. Chexiyada nemislar mustamlakasi qanday oqibatlarga olib keldi?
3. Chexiya qirollari va imperiyasi 
4. Lyuksemburglar sulolasining hokimiyatga kelishi tarixiy jihatlari 
qanday edi? 
5.Ijtimoiy va milliy ziddiyatlarining keskinlashishi qanday 
oqibatlarga olib keldi?
6.Yan Gus va uning ta’limotining asosiy jihatlari 
7. Guschilar urushi ahamiyati nimalardan iborat edi?


60 
5-MAVZU: XI-XV ASRLARDA ISPANIYA VA 
PORTUGALIYA 
Reja: 
1. 
Ispaniya rekonkistasining mohiyati. Arablar Ispaniyada. 
2. 
XIII—XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlar. Na-
varra va Portugaliya. 
3. 
Kastiliya qirolligi. Aragon federatsiyasi.
4. 
Kataloniyada dehqonlar qo’zg’olonlari. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling