Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:Feodal tarqoqlik, Kiyev 
Rusi, knyazliklar, Buyuk Novgorod, Vladimir-Suzdal knyazligi,mo`g`ul-
tatarlar,nemis va shved risarlari, dvoryan va Cherkov yer 
egaligi,Moskvani yuksalishi,Kulikovo jangi, markazlashgan davlat, Rus 
madaniyati. 
Rusda feodal tarqoqlik. 1.X asrning O’rtalarida vujudga kelgan 
qadimgi Rus davlati poytaxti Kiyev shahri bo`lgan. Slavyan qabilalari 
feodal jamiyatga urug’chilik jamoasining yemirilishi natijasida o’tdilar. 
Kiyev Rusining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida Vizantiyaning roli 
nihoyatda katta bo`lgan. 
Rus yerlarida X1 asr oxiri-XII asrboshlarida feodalizm uzil-kesil 
o’rnatildi. Mamlakatda bo’lingan iqtisodiy taraqqiyot, uning turli 
qismlarida yirik yer egalari, knyaz va boyarlarning kuchayishiga olib 
keldi. Kiyevdan uzoqdagi va endilikda yetarlicha rivojlangan Novgorod, 
Polosk, Smolensk, Rostov, So’zdal, Ryazan kabi yirik shaharlar o’z 
viloyatlarining mustaqil markazlari bo`lishga intilishar edi. 
Vladimir Monomax va uning o’g’li Mstislavning qipchoqlarga 
qarshi harbiy yurishlari, ularning xavfini vaqtinchalik bo`lsada bartaraf 
etdi va markaziy harbiy birlikka birmuncha zaruriyat bo’lmay qoldi. 
Yirik shaharlarning boyarlari bundan foydalanib, Kiyevga qaram 
bo`lmagan mustaqil knyazliklar barpo qilishga ko’maklashib, ayrim 
knyazlarni o’zlariga hukmdorlikka taklif qila boshladilar. Knyazlarning 
1097 yili Lyubechda bo`lgan sezdi: «har kim o’z yurtiga ega bo’lsin» 
deb qaror chiqardi. Bu esa feodal tarqoqligi boshlanishini tantanali 
ravishda e’lon qilinishi edi. Solnomachi 1132 yili «butun Rus yeri 
bo’linib ketdi» deb yozgan edi. Rusda feodal tarqoqlik davri boshlandi.


77 
Kiyev Rusi buyuk knyazlari hokimiyatining zaiflashuviga janubiy 
viloyatlardagi tushkunlik ham sabab bo’ldi. Kiyev va uning atrofidagi 
yerlarga turli knyazliklarning tahdidi, shuningdek ko’chmanchi 
poloveslar hujumlari to’xtovsiz davom etardi. Natijada XI asrdan 
boshlab ko`plab dehqonlar va shahar aholisi tinchroq joylarni axtarib, 
janubi-g’arbiy va ayniqsa Shimoli-Sharqiy, Volga-Oka daryolari 
havzasiga ko’cha boshladi. Yangi yerlarda tez orada Shahar va 
qishloqlar barpo yetilib, ulardagi aholi soni ko`payib bordi. 
Kiyev 
Rusidan 
mustaqil 
knyazliklar: 
Chernigov, 
Polosk, 
Pereyaslav, Galisk, Volinsk, Smolensk, Ryazan, Rostov-Suzdal, 
Novgorod yeri, Kiyev knyazligi va bir qator mayda knyazliklar tashkil 
topdi. Har bir knyazlik butunlay mustaqil bo`lib, o’zining ichki 
tartiblarinigina emas, balki tashqi siyosat olib borishi, urush va tinchlik 
muammolarini hal yetish huquqlariga ham ega edi. 
Rusdagi feodal tarqoqlikning to`rtta salbiy xususiyatini alohida 
ko`rsatish lozim: 1) o’zaro feodal urushlarining to’xtovsiz bo`lishi; 2) 
mamlakat mudofaa qobiliyatini zaiflashuvi; 3) knyazliklarning vorislar 
orasida taqsimlanib yanada maydalasha borishi; 4) knyazlar va mahalliy 
boyarlar orasida nizolarning kuchayishi hollari ro’y berdi. 
Novgorod yeri Kiyev bilan ochiqdan-ochiq aloqasini o’zgan birinchi 
mustaqil knyazlik bo’ldi. Kichkina qal’a sifatida paydo bo`lgan 
Novgorod X1 asrga kelib faqat Rus yerlarining emas, balki Yevropaning 
hunarmandchiligi va savdosi yuksak rivojlangan shaharlaridan biriga 
aylandi. Shahar muynalarga boy Shimoliy-Sharqiy rayonlarga 
hukmronlik qilardi. Novgorod bir necha savdo yo’llarining kesishgan 
yerlarida joylashgani, uning Boltiq dengizi orqali Yevropa, Volga 
daryosi va Kaspiy dengizi orqali esa Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro 
savdo aloqalarini olib borishi imkoniyatini yaratdi. Shu sababdan 
novgorodda yaratilgan xalq og’zaki ijodi asarlari qahramonlari kemasoz-
dengiz sayyohlari Sadko va Vasiliy Buslayevlar bo`lgan. 
X1 asrda Novgorodda an’anaga ko’ra knyaz-noib Kiyev Buyuk 
knyazining katta o’gli bo`lgan. Lekin bora-bora boyarlarning mavqei 
oshib, ular knyaz hokimiyatini cheklab qo’yganlar va Novgorod 
boyarlar respublikasiga aylangan. Novgorodliklar vechesi 1136-yili 


78 
Monomaxning nevarasi – Vsevolod Mstislavichni knyazlikdan chetlatib 
qamoqqa olishga qaror qilgan. Shu vaqtdan boshlab Shahar butunlay 
feodal respublikasiga aylanadi. Novgorodning siyosiy hayotida, xalq 
vechesida zodagon boyarlar ichidan saylanadigan shahar hokimi va 
«Shahar kengashi» va saylab qo’yiladigan yepiskop bosh rolni o’ynardi. 
Moskva, Rus yerlaridagi Kiyev, Galich-Volin, Vladimir – Suzdal 
knyazliklarida ham XII –XIII asrlar boyarlarning knyazlarga qarshi 
kurashi ostida o’tdi. Jumladan, Vladimir Monomaxning o’gli Yuriy 
Dolgorukiy XII asrda Rusning Shimoliy-Sharqida Volga va Oqa 
daryolari orasiga ko’chib kelib joylashgan hamda mahalliy tub fin-ugor 
qabilalari bilan yaqinlashayotgan aholiga knyazlik qilardi. Vladimir-
Suzdal yerlarida XI-XII asrlar davomida: Rostov, Suzdal, Yaroslavl, 
Vladimir, Yurev, Dmitrov kabi shaharlarga asos solindi. Knyazlik 
yerlaridagi Kuchkova kishlog’ida 1147 yilning bahorida Yuriy 
Dolgorukiy Kiyev ustidan erishilgan g’alabalardan birini nishonlagan. 
Moskva deb atala boshlagan bu joyda 1156-yili yog’ochdan birinchi 
qal’a qurildi. 
Yuriy Dolgorukiyning avlodlari Vladimir yerlarida va Moskvada 
Ivan I. U Grozniyga (1584 y) qadar hukmronlik qildilar. Vladimir –
Suzdal knyazligi kelajakda rus yerlarining birlashishiga asos bo’ldi. 
Moskva XIV asrda ana shu birlashish jarayonining markaziga aylandi. 
Kiyev Rusidan mustaqil knyazliklar. O’rta Osiyo va Kavkaz orti 
yerlarini bosib olgan Chingizxon Rus yerlariga 1223 yili bostirib keldi. 
Qipchoq xonlarining yerdam so’rab qilgan murojaatlariga javoban 
janubiy rus knyazlarining drujinalari Kalka daryosi bo’yida dushmanga 
ro’para bo’ldi. 
Mo`g`ul-tatarlar go’yo chekingan bo`lib, rus drujinachilarini 
chalg’itib, o’z otliq askarlari uchun qulay maydonga chiqib olib, ularni 
to`la mag’lubiyatga uchratdilar. Asir olingan knyaz va drujinachilar 
ustiga taxta bostirgan goliblar, uning ustida o’tirib bazm qurdilar. 
Shunday keyin mo`g`ullar Volga orti dashtlariga yo’l olib u yerda bir 
necha yil davomida Sharqiy yevropaga yangi yurishlarga tayyorgarlik
ko’rdilar. 


79 
Mo`g`ul-tatarlarning Rusga qarshi keng ko’lamdagi hujumlari 1237 
yilning 
oxirida 
boshlandi. 
Ularning 
140 
ming 
qo’shiniga 
Chingizxonning nevarasi Botu boshchilik qildi. Rus yerlarida davom 
etayotgan feodal tarqoqlik mo`g`ul-tatarlarga qo’l keldi. Dastlab qamal 
qilingan Ryazan shahri aholisining mardonavor qarshiligi kuchlar teng 
emasligidan natija bermadi. Vladimir knyazi o’ziga raqib hisoblangan 
Ryazanga 
yordamga 
kelmadi. 
Mudofaachilarning 
qat’iyatidan 
g’azablangan Botu shaharni butunlay vayron qilishni buyurdi.
Shimoliy-Sharqiy Rusning ichkarisiga siljiy boshlagan dushman 
lashkarlari Kolomna ostonalaridagi jangda rus drujinachilarini engib, 
Moskvani egalladilar. Botu qo’shini 1238 yilining fevral oyi davomida 
Volga va Oqa daryolari havzasidagi 14ta rus shaxrini, jumladan 
Vladimirni vayronaga aylantirdi. Vladimir knyazi Yuriy Vsevolodovich 
qo’shini mart oyida Siti daryosi yaqinidagi jangda tor-mor kilindi, 
knyazning o’zi halok bo’ldi. Butunlay vayron qilingan Vladimir-Suzdal 
knyazligi shahar va qishloqlarida ming-minglab axoli halok bo’ldi, 
ko`plab qo’lyozmalar, moddiy madaniyat durdonalari yondirib 
yuborildi. 
Yangi yurishlar 1239 yilda boshlanib, Botuxonning asosiy 
qo’shinlari Rus yerlarining janubiy qismiga zarba berdi. 1240 yili Kiyev 
qamal va shiddatli janglardan keyin taslim bo’ldi. Janubiy Rus 
knyazliklari yerlari ham xarobazorga aylanti rildi. 
Bosib olingan yerlarda Chingizxon tuzgan saltanatning bo’linib 
ketgan qismlaridan biri, yangi davlat – Oltin O’rda qaror topdi. Hozirgi 
Astraxan shahri yaqinidagi Saroy shahri uning poytaxti edi. XIII asrning 
o’rtalaridan Rus knyazliklari Oltin O’rda xonligiga qaram yerlar sifatida, 
ularga katta o’lpon to`lay boshladi. Endi knyazlar mo`g`ul xonlaridan 
olingan yerlikka binoan o’z yerlarini boshqarar, xalqga zulm o’tkazib, 
ulardan og`ir soliqlar yigib olardilar. Knyazlarning o’zaro urushlarida 
Oltin O’rda xonlari o’z manfaatlarini ko’zlab goh birlariga, goh 
boshqalariga homiylik qilar, natijada yana oddiy xalqning qoni to’kilar, 
shahar va qishloqlar yonardi. 
Mo`g`ullar istilosi rus yerlaridagi iqtisodiy taraqqiyotga katta salbiy 
ta’sir ko’rsatdi. Mamlakatda iqtisodiy rivojlanish sekinlashdi. 


80 
XIII asrning boshlarida Boltiq dengizi kirg’oqlarida yashaydigan 
est, lit qabilalariga qarshi nemis feodallarining urushlarini Rim papalari 
Salib yurishlari deb e’lon qildi. Bu urushlar mahalliy aholini xristian 
katolik diniga o’tkazish bayrog’i ostida olib borildi. Urushlar natijasida 
nemislarning Livoniya ordeni risarlari yestlar yerlarini bosib olib 
Novgorod-Pskov 
knyazligi 
chegaralariga 
yaqinlashib 
qoldilar. 
Boltiqbo’yi nemis risarlari bilan hamkorlikda harakat qilgan shved 
feodallarining katta qo’shini 1240 yilning yozida Neva daryosi bo’ylab 
Novgorod yerlariga bostirib kirdi. 
Novgorod knyazi 18 yoshli Aleksandr Yaroslavich 1240 yil 15 
yulda o’zining unchalik katta bo`lmagan drujinasi bilan shvedlar 
qarorgohiga qo’qqisdan hujum qildi. Yosh knyaz va uning dovyurak 
drujinachilari ko’rsatgan jasorat tufayli Aleksandrga Nevsqiy degan 
faxrli nom berildi. Bu nom tarixda asrlar bo’yi saqlanib kelmoqda. 
Mo`g`ul-tatar bosqinidan chetda bo`lgan Novgorod-Pskovning boy 
yerlari nemis risarlarini o’ziga tortardi. Bu borada ularni hatto 
shvedlarning muvaffaqiyasizliklari ham to’xtata olmadi. Pskov
yaqinidagi Izborsk qal’asini 1240 yili olgan risarlar, Pskov noibi 
Tverdila va boyarlar xoinligidan foydalanib Shaharni egallashdi. Nemis 
feodallari o’sha yili qishdayoq novgorodning chegara rayonlariga ham 
bostirib kirishdi. Novgorodning dushmanga qarshi kurashini yana Knyaz 
Aleksandr Nevskiy boshqardi. Knyaz Suzdal qo’shini yordamida Pskov 
va unga qarashli yerlarni ozod qildi. 
Aleksandr Nevskiyning nemis risarlariga qarshi hal qiluvchi jangi 
1242 yili 5 aprelda Chud ko’li ustida bo`lib o’tdi. Uning og`ir 
qurollangan otliq nemis risarlari bilan muz ustida jang qilishi oson 
bo`lishi haqidagi mo’ljali to`g`ri chiqdi. Jang boshlanishi bilan 
ritsarlarning pona shaklidagi asosiy kuchlari rus qo’shinining markaziga 
hujum qilib, uni yorib o’tmoqchi bo’ldi. Buni oldindan sezgan Nevskiy 
asosiy kuchlarni qanotda to’pladi. 
Markazni osonlikcha yorib o`tgan nemislar uchun kutilmagan voqea 
– yon tomondan kuchli hujum boshlanib, jang taqdirini hal qildi. Bu 
jangda nemis ritsarlaridan 500 kishi halok bo’ldi. Ko`p o’tmay Livoniya 


81 
ordenining Novgorodga kelgan elchisi rus yerlariga da’vo qilishdan voz 
kechganliklarini ma’lum qildi. 
Mo`g`ul -tatar istilosi hamda nemis va shved bosqinchilariga 
qarshi kurash.Oltin O’rda xavfi sharoitida Volga daryolari havzasidagi 
o’rmonzor viloyatlarga aholining ko’chib kelishi kuchaydi. Bu 
viloyatlardagi mavjud bo’sh unumli maydonlardan tashqari, ko`plab 
o’rmonlar ham daraxtlari kesilib, ekinzorlarga aylantirildi. Mazkur 
rayonlarda 
dehqonchilik 
va 
chorvachilik 
bilan 
bir 
qatorda 
hunarmandchilik ham rivojlangan. Bo’sh yerlarning yetishmasligi yangi 
qochoqlarni Volga orti rayonlariga o`tishga undadi. Aholi kelib 
joylashgan yerlar feodallarning e`tiborini tortib, ular knyazlardan 
olingan yerliklarga binoan ushbu yerlarning ham xo’jayiniga aylandilar. 
Yangi yerlarda ayniqsa Cherkov yer egaligi tez rivojlangan. Xuddi 
shu joylarda XIV-XV asrlar davomida hozirgi kunga qadar mashxur 
Troise-Sergiyev, Kirilo-Belozersqiy, Solovesqiy monastirlari tashkil 
topgan edi. 
Rusda ham yirik yer egalari o’zining harbiy xizmatkorlariga 
yerlarning bir qismini vaqtinchalik foydalanishga bo`lib bera 
boshladilar. Natijada feodal yer egaligining Yangi shakli – yerni shartli 
ravishda saqlash tartibi va feodallarning Yangi toifasi – dvoryanlar 
paydo bo’ldi. Yer egalari dehqonlarni krepostnoy qaramlikka tushirishga 
intildilar. Knyazlar farmoniga binoan XV asrning o’rtalaridan, 
dehqonlarni feodallardan ketish vaqtini yiliga bir muddat –Yuriy kuni 
(26 noyabr) bilan belgilab qo’yildi. 
Mo`g`ul-tatarlar istilosi natijasida rus shaharlari og`ir tatafotlar 
ko`rgan bo`lsada, ularning taraqqiyoti butunlay to’xtab qolmadi. 
Jumladan XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab hunarmandchilikning 
turli sohalarida yuksalish boshlandi. Harbiy extiyojlarning o’sishi, 
ayniqsa qurilish va metallsozlik sohalarining taraqqiyotini tezlashtirdi. 
Asr oxiriga kelib o’q otadigan qurollar yasash markazlari paydo bo’ldi. 
Shu paytdan Moskva shahri hunarmandchilik markaziga aylandi. 
Novgorod, Pskov, Kolomna, Kostroma, Nijniy novgorod kabi Shaharlar 
iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli siljishlar bo’ldi. Rus shaharlarining sharq 
va g’arb mamlakatlari bilan savdo-sotiq aloqalari jonlandi. 


82 
Mamlakatda 
iqtisodiy 
yuksalishning 
boshlanishi, 
qishloq 
xo`jalikining taraqqiyoti, Shaharlarda hunarmandchilik va savdo-
sotiqning jonlanishi turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi – 
rus yerlarining birlashishiga yerdam berdi. Mamlakatning birlashishiga 
tashqi dushmanlarga qarshi, avvalo Oltin O’rda xonlari zulmiga qarshi 
kurash zaruriyati ko`p jihatdan katta ta’sir qildi. Rus yerlarini 
birlashtirgan “Rossiya” tushunchasi XV asrning oxirida, shu 
jarayonlarning natijasi sifatida vujudga keldi. 
Rusning turli knyazlari XIII asrning oxiridan rus yerlariga 
hukmronlik imkoniyatini beradigan Oltin O’rda yorlig’ini olish uchun 
kurash olib bordilar. Dastlab bu yerlikni Tver knyazlari qo’lga kiritdilar. 
Lekin XIV asrning boshidan yuksala boshlagan Moskva knyazlari ham 
yerlikka ega bo`lish uchun kurashga kirishdilar. Bu boradagi o’zaro 
kurash 1327 yili, Tverdagi xalq qo’zgolonini bostirishda O’daga yerdam 
bergan Moskva knyazi Ivan Kalitaning (1325-1340) g’alabasi bilan 
tugadi. Oltin O’rda Moskva knyaziga boshqa rus yerlaridan soliq 
yig’ish huquqini berdi. XIV asr 2-yarmida rus knyazlari orasidagi kurash 
yana keskin tus olib, Oltin O’rdaning rus yerlariga yangi hujumlari 
boshlandi. Kalitaning nevarasi Dmitriy Ivanovichning 1359 yili knyaz 
bo`lishi rus knyazlarining o’zaro urushlarida Moskvaning g’alabasi bilan 
tugashiga imkon berdi. 
Ruslarning mo`g`ul-tatarlarga qarshi urushlaridagi birinchi va 
muhim g’alabaga ham knyaz Dmitriy erishdi. Dastlab 1378-yili Ryazan 
yerlaridagi voqsa daryosi bo’yida Moskva qo’shini mo`g`ullar ustidan 
galaba qildi. Lekin hal qiluvchi jang 1380-yili 8-sentyabrda Dmitriy 
boshchiligidagi rus qo’shinlari bilan Oltin O’rda xoni Mamay qo’shini 
o’rtasida Don daryosi sohilidagi Kulikovo maydonida bo’ldi. Jangni 
Mamayning otliq askarlari boshlab berdi. Ular ruslarning oldingi 
saflariga hujum qildilar va uni qattiq jangda yanchib tashladi. Bir necha 
soat davom etgan jangda o’rdaliklar knyazning markazdagi katta polkini 
va qo’shinning chap qanotini siqib qo’yishdi. Jangning hal qiluvchi 
paytida Serpuxov knyazi Vladimir Andreyevich va Voyevoda Dmitriy 
Bobroqlarning pistirmadagi polki jangga kiradi. Rus otliqlari 
dushmanning orqa tomonidan zarba beradi. Natijada mo`g`ullar qo’shini 


83 
vahimaga tushib chekina boshlaydi. Knyaz Dmitriy Ivanovichga bu 
jangdagi g’alabadan so’ng Donskoy nomi berildi. 
Mo`g`ul-tatarlarning rus yerlaridagi hukmronligi Kulikovo jangidan 
keyin ham davom yetdi. Oradan ko`p o’tmay Oltin O’rda xoni 
To’xtamish 1382 yili qo’qqisdan Moskvaga hujum qildi. Bir qancha 
vaqt davom etgan mudofaani shahar aholisining o’zi tashkil qildi. 
Nijegorodlik rus knyazlari vositachiligida shaharga, avf va’da qilib 
kirgan mo`g`ullar o’z so’zlaridan qaytib katta qirg’in uyushtirdilar. 
Dushman ketganidan keyin Moskvadan 24 ming kishining o’ligi topildi. 
Shahar deyarli yonib kul bo’ldi. Qo’shni yerlardan lashkar to’plab 
kelgan knyaz Dmitriy Donskoyning yaqinlashuvi mo`g`ullarni Moskva 
yerlaridan ketishga majbur qildi. 
Bu borada bir tarixiy voqeaga alohida to’xtalish lozim. Rus 
yerlariga katta talafot keltirgan To’xtamishxon 1389-1391 va 1394-1395 
yillardagi Temur qo’shinlarining hujumlariga bardosh bera olmadi. 
To’xtamish qo’shinlarini tor-mor qilgan Temur Oltin O’rdani vayronaga 
aylantirdi. Rus yerlarining mo`g`ul-tatar istibdodidan xalos bo`lishida 
Amir Temurning xizmatlari katta bo`lgan. 
Ivan III 1462-1505 yy va Vasiliy III 1505-1533 yy ning knyazligi 
davrida rus yerlarining Moskva atrofida birlashuvi tez sur’atlar bilan 
bordi. Ivan III davrida Yaroslavl va Rostov knyazliklari yerlari qo’shib 
olindi. Moskva knyazligiga 1471-1478 yillardagi urushlar natijasida 
Novgorod respublikasi ham qo’shib olindi. Nihoyat Ivan III davrida 
1480 yili Moskva Oltin O’rdaga soliq to`lashdan bosh tortdi va shu 
tariqa mo`g`ul-tatarlarning rus yerlarida ikki yarim asrlik hukmronlikka 
chek qo’yildi. 
Rus yerlarining birlashishi davom yetib 1485 yili Tver knyazligi 
tugatildi. Pskov respublikasi yerlari 1501 yili, Litva bilan urush 
natijasida Smolensk yerlari 1514 yilda Moskvaga bo’ysundirildi. 
Nihoyat 1521 yili Moskvaga doim qaram bo’lib kelgan Ryazanda 
knyazlik hokimiyati tugatildi. Rus yerlarining Moskva atrofida 
birlashuvi mamlakatning kelajakdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyotiga zamin tayyorladi. 


84 
O’rta asrlarda vujudga kelgan shaharlar boshqa mamlakatlardagi 
kabi Rusda ham madaniyat o’choqlariga aylandi. Hunarmanldchilik va 
savdo-sotiqning rivojlanishi bilimli kishilarga bo`lgan talabni oshirdi. 
Yirik shaharlarda maktablar ochildi. Jumladan Kiyevda X asrdayoq 
o’smirlar uchun, X1 asr oxirida esa qizlar maktabi ochildi. 
Arxeologiyaga oid qazilmalar X1-X111 asrlarda novgorodliklarda kayin 
po’stlog’iga yozilgan yorliklari yozuvning keng qo’llanilganidan darak 
beradi. 
Shikoyatnomalar, 
taklifnomalar, 
xo’jalik 
ishlaridagi 
farmoyishlar, savdo-sotiq va narx-navolar to`g`risidagi yozuvlar bitilgan 
kayin po’stloqlari topilishi fikrimiz dalilidir. 
Rusdagi 
me’morchilik 
san’atining 
yutuqlari 
ham 
moddiy 
madaniyatning yuksalib borganidan darak beradi. Kiyevdagi sofiya 
sobori (1037 y), Novgorod shaxridagi Sofiya ibodatxonasi (1052 y), 
Vladimirdagi Dmitrov sobori (1194-1197) kabi go’zal va muhtasham 
diniy inshootlar jahon madaniyati durdonalari qatoriga kiradi. 
XV asrda Moskva sobori qurilishiga chaqirilgan mashxur italyan 
me’mori Fioravantiga knyaz Ivan 111 Vladimir shahridagi XI asr 
oxirida qurilgan Uspenskiy soborini ko’rsatib kelishlarini buyurgan. 
Aytishlaricha, italyan me’mori rus ustalarining ijodiga yuksak baho 
berib, ibodatxonaning chiroyini yuksak baholagan. 
She’riyat soxasida qadimgi Rusning salmoqli asarlariga alohida 
to’xtalish lozim. Birinchi she’riy asar “Igor polki jangnomasi” 1185 yili 
Kiyevda qipchoq xoni Konchakning hujumi munosabati bilan yozilgan. 
Noma’lum muallif tomonidan bitilgan “Jangnoma” shaklan teran
vatanparvarlik ruxidagi va xavf-xatarlar paytida rus knyazlariga qarata 
qilingan donolarcha murojaatdir. 
Rus tarixida “Igor polki jangnomasi” boqiylik imtixonidan o’tdi. 
XIV asrda Kulikovo maydonidagi Rus g’alabasini tarannum etgan 
“Zadonshchina” dostonining muallifi unga ochiqdan-ochiq taqlid qilib 
yozgan. 
Nazorat topshiriqlari: 
1. Rus yerlarining mo`g`ul tatarlardan xalos bo`lishida Amir Temur 
rolini ochib bering. 


85 
2. Rusda feodal tarqoqlik sabablari. 
3. Kiyev Rusidagi mustaqil knyazliklar nomini sanab bering. 
4. Kiyev Rusida Kiyev bilan aloqasini o’zgan birinchi mustaqil 
knyazlik nomini toping: 
5. Moskva shahriga kim va qachon asos solganligini ko`rsating. 


86 
8- MAVZU: Х1-ХV ACRLARDA BURJUA 
MAFKURASINING SHAKLLANISHI. UYG`ONISH 
(RENESSANS) DAVRI 
R E J A: 
1. G’arbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlar tarixida 
renessansning yuzaga kelish muammolari. 
2. Uyg`onish davrining boshlanishiga asosan turtki bo`lgan shart- 
sharoitlar. Ilk italyan Uyg`onishi. 
3. Uyg`onish davrida inson shaxsining o`rni va ilk uyg`onish davri 
san’ati. 
4. Sharqda Uyg`onish davrining o’ziga xosligi, Yevropada 
gumanizmning yoyilishi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling