Keyingi o’rta asrlar davri


Partugallar va Golandlar Afrikaning G’arbiy qirg’oqlarini asta-sekin


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob


Partugallar va Golandlar Afrikaning G’arbiy qirg’oqlarini asta-sekin 
o’zlashtira boshladilar. 
Afrika orqali Hindistonga borish uchun otlangan sayyox 
Bartolemeo Diash 1487-1488 yillarda Afrikaning G’arbiy qirgoqlari 
bo’ylab Xind okeanigacha bo`lgan yo’lni aniqlab bergan. 
Vasko da Gama (1469-1524) boshchiligida to`rtta kemadan iborat 
kichik bir flotiliya 1497 yil yozida Lissabondan chiqib, 1498 yil 
bahorida Hindistonning g’arbiy qirgoqlariga borib yetdi va Kalikutta 
shahriga tushdi. 1499 yilning avgustida sayyoxlar kemalarga oltin va 
hind ziravorlarini ortib qaytib keldilar. Ikki yil davom etgan mashaqqatli 
dengiz sayoxati vaqtida komandaning 168 a’zosidan faqat 55 kishi tirik 
qoldi. 
Vasko da Gama kashfiyoti Portugaliyada g`oyat katta ta’sir qoldirdi. 
Bu kashfiyot munosabati bilan Portugaliya qiroli Monoyelga (1495 - 
1521) «Baxtiyor» laqabi berildi va «Hindiston hokimi» degan unvon 
oldi. 
Portugaliyaliklar Hindistonga Afrikaning g’arbiy qirgoqlari bo’ylab
siljib borayotgan bir paytda, qo’shni Ispaniyada xuddi o’sha Hindistonga 
borish yo’lining boshqa bir varianti chiqib qoldi. Genuyalik Xristofor 
Kolumb (1451-1506) 1492 yilda Ispaniyaning Ferdinand va Izabella 
hukumatiga Xindistonga g’arb tomondan boradigan sayoxat loyixasini 
taklif qildi. Kolumb Yerning sharsimonligi haqidagi ta’limotiga 
asoslanib ish ko’rdi. 1492 yil 12 oktyabrda Kolumb Qarib dengizida 
Markaziy Amerikaga yaqin joydagi Bagama orollaridan birini topdi. 
Tezda u katta qo’shni orollar – Gaiti va Kuba orollarini kashf etdi. 
Shundan keyingi sayoxatlaridan birida Kolumb Janubiy Amerika 
(Orinoqo daryosining qo’yar joyi yaqinidagi) qirg’oqlarni topdi. 
Jahon 
ijtimoiy 
iqtisodiy 
taraqqiyotida 
jug’rofik 
kashfiyotlarning 
ahamiyati 
va 
oqibatlari. 
Buyuk 
geografik 
kashfiyotlar davrini jahon xalqlari tarixida XV-XVI asrlar va undan 
keyingi davrlarda ham davom etganini ko’ramiz. Yangi o’lkalarning 
topilishi jug’rofiy sayoxatlar tarixiga e`tibor bersak, insoniyat qadimdan 
yangi yerlarni o’zlashtirish uchun harakat qilishganlari ma’lum bo`ladi. 
Yangi o’lkalarni o’zlashtirish bilan bir qatorda Yer yuzasini turli 


95 
iqlimlarida yashagan yerli axolini yashash turmush, ularni rivojlanish 
bosqichlarini turlicha darajada ekanligini ko’ramiz. Insoniyat asosan 
davlatchilik sivilizasiyasiga qadam qo’yar ekan, yaqin atrofdagi 
davlatlar bilan qiziqa boshlaganlar. Ko`pchilik holatda har bir o’lkada 
ishlab chiqarish xo`jalikini turlicha bo`lishi iqtisodiy extiyoj 
ta’minotidagi tengsizlikka olib kelgan. 
Ayniqsa davlatlar o’rtasidagi bog’lanishlar, savdo aloqalari 
rivojlanishi, ularni o’zaro bog’lanishiga asos bo`lgan. Shu sababdan 
insoniyat dunyoning sirini Yer sharidagi o’zgarishlar, tabiat va iqlim 
o’zgarishlarini, tun va kun. Quyosh harakatini kuzatishga qiziqa 
boshlaganlar. 
Ularni quruqlikda va suvda yurishi. Bir joydan ikkinchi joyga 
borish muommolari orqasidan tabiat sirlarini ochishga urinish paydo 
bo’ldi. Yer kurrasini o’rganish., ya’ni xaritalar tuzish, bu maqsadda 
insonlarni o’zga yurtlarga borishga bo`lgan harakatlarini yuzaga 
kelishidan buyuk geografik kashfiyotlar davrigacha bo`lgan ilmiy 
izlanishlar bosqichini ko’rib chiqib, shundan xulosaga kelgan edik: 
Birinchidan, quldorlik davri tarixida yuz bergan kashfiyotlar davri. 
Bunga misol qilib, dastlabki Somiy qabilalarini Sharqqa yurish 
Misrliklarni Old Osiyo , Finikiyaliklarni O’rta Yer dengiziga 
uyushtitrgan sayohatlari. Yangi mustamlaka yerlarining yuzaga kelishi, 
qadimgi davrida yirik mustamlaka o’lkalari uchun qilingan harakatlar 
yunonlar va rimliklarda uchragan. 
Dunyoni yoki Yer yuzasini qiyofasini tasvirlash, antik davri 
sayohatchilari, savdogarlar va davlatlar uchun zaruriyat tugilgan. Antik 
dunyo kashfiyotchilari qatorida Ptolomey, Erotosfen "Geografiya" 
asarida yer tuzilishini tasavvur yetishni dastlabki xaritasi yuzaga keldi. 
"Geografiya" fanining rivojlanishi keyingi davri O’rta asrlardagi X-
XI asrlarga to`g`ri keladi. Bu davrda ilmiy markazlar, Sharqqa ko’chish 
munosabati bilan Bog’dod, Aleksandriya, Kudus,Damashk va O’rta 
Osiyoda , O`rganch va marvda olimlar to’planadigan Markazlar vujudga 
keldi.


96 
Nazorat topshiriqlari: 
1. Amerika kim tomonidan kashf yetildi? 
2. Xristofor Kolumb kashf etgan yerlar xaritada qanday nom bilan 
ko`rsatilgan? 
3. Tinch okeanidagi geografik kashfiyotlar haqida gapirib bering?. 
4. Hindistonga boradigan dengiz yo’llarini ochilishiga hissa 
qo`shgan sayyohlarni ayting?. 
5. Marko Poloning dunyo sayohati. Afanasiy Nikitin sayoxati. 
Vasko da Gama sayohati. 
6. Xristofor Kolumb dunyo sayohati. 


97 
10-MAVZU: YEVROPADA REFORMATSIYA. 
GERMANIYADA DEHQONLAR URUSHI.
REJA: 
1. XII-XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti va 
milliy ziddiyatlarning keskinlashishi. 
2. Guschilar olib borgan urushlarning tarixiy ahamiyati. 
3. Germaniyada reformatsiya va dehqonlar urushi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling