Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:Geografiya, Buyuk geografik kashfiyotlar, Erotosfen, O’rta Yer dengizi, Magellan, Kolumb, Vespuchchi, mustamlaka. Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari va boshlanishi. Insoniyat tarixida urug’chilik tuzumini so’nggi bosqichiga qadam qo’yishi ibtidoiy insonlar hayotida muhim o’zgarish davrini boshlab berdi. Tabiatdagi tayyor maxsulotlardan foydalanish endilikda insoniyat iqtisodiy extiyojini qoniqtirmay qo’ydi. Ibtidoiy hayotning neolit - «Yangi tosh» davriga kelib, ishlab chiqarish xo’jaliklari yuzaga keldi. Dehqonchilik va chorvachilikning yuzaga kelishi bilan sopol buyumlar yasash va ulardan foydalanish boshlandi. Ishlab chiqarish xo`jaligining yuzaga kelishi tufayli qadimgi Misr, Old Osiyo, Kichiq Osiyo, Markaziy Osiyo va Sharqda dehqonchilik bilan kun kurvchi o’troqlashgan qabilaviy uyushmalar tashkil topdi. Shimoliy o’lkalarda Afrikaning saxrolarida va Avstraliya dashtlarida ko’chmanchi badaviy qabilalari davom etdi. Dehqonchilik maqsadida insonlar o’zlari uchun qulay tabiiy sharoit izlab yangi yerlarni o’zlashtirishi uchun vohalar va daryo qirg’oqlariga borib o’rnasha boshladilar. Lekin, yer yuzasini o’rganish uchun emas, yaqin atroflardagi qulay o’lkalarni o’zlashtirish uchun urinish edi xolos. Uzoq o’lkalarga borish va o’zlashtirish eramizdan avvalgi 2 mingyilliklar oxirlarida Finikiyaliklar tomonidan boshlandi. Finikiyaliklar Afrikaning Shimoliy qirg’og’iga O’rta Yer dengizi orqali borib o’rnashganlar. Eramizdan oldingi VI-V asrlarda Sharqiy yunonlar Qora dengiz sohillarida 93 o’zlarini shaharlarini barpo etishgan. O’rta Yer dengiz sohillarida boshlangan dengizda yurishi Rim imperiyasi davrida yanada rivoj topa boshladi. Sayohatchilar va ular bilan bog’langan savdogarlar orasida asta- sekin yer yuzasini tasvirlaydigan olimlar aralashadigan bo`lishdi. Eramizdan avvalgi III asrda yashagan yunon geografi Erotosfen yer yuzini tasvirini chizishga urinib ko’rdi. Misrdagi Iskandariya shahrida Muston ilmiy muassasasi tashkil etilgan bo`lib, ptolomeylar hukmronligi davrida barcha turdagi fan olimlari to’plangan edi. U Yer shari aylanasini uzunligini ko`p darajada aniqlik bilan o’lchab chiqib, fizikaviy va matematik geografiyani asosini yaratdi. «Geografiya» yunoncha – «Geo» –yer, «grafa» - yozaman yoki yerni tasviri ma’nosidagi atamani fanga kiritdi. Yangi o’lkalarni izlash va o’zlashtirish qadimgi yunonlar tomonidan ham davom yetdi. Eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda O’rta yer dengizining ayrim orollari va Italiyaning janubiy qismida mustamlakalar ochdilar. IX-XVII asrlarda Sharq mamlakatlariga geografik sayohatlar.Dunyo xaritasini qiyofasini va har bir o’lkalarini qaysi iqlimda joylashganligini ko’rsatgan. Olimlardan yana biri Maxmud Qoshg’ariy edi. Maxmud Qoshg’ariy tuzgan xaritani V.V. Bortold ancha aniq va to’liq ma’lumotli deb ko’rsatgan. Biz sharq xalqlari tarixida ko`plab uchratamizki, XIII asrda Marko Polo tomonidan qoldirilgan ma’lumotlar bayonini asli Venetsiyalik bo`lgan sayyoh Marko Polo 1271-1295 yillar davomida Sharqiy o’lkalarga sayohat qilib hatto Xitoyda yirik lavozimida ishlagan. Uning sayohati Qoraqurum, Mo`g`uliston, Hindi-xitoy, Xitoy va Koreya qirgoqlari bo’ylab Indoneziya orqali Hindiston, Eron, Ikki daryo oralig’i O’rta Yer Dengizigacha bo`lgan o’lkalarni sayr qilish va o’zi bo`lgan joylarni ta’riflash bilan yakunlandi. XV asrning ikkinchi yarmida G’arbiy rus o’lkasidan Sharqiy Kavkaz orqali Eron va Hindistonga yo’l olgan Afanasiy Nikitin sayohati Janubiy Hindistonda bo`lib, dengiz yo’li orqali yana dengiz sohillarini sayohat qilgan. Sayyoh 1466 – 1472 yillar davomida ko`pgina ta’surotlar egasi xisoblangan. Ma’lumki XV asrning oxirgi yillarida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling