Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch 
tushunchalar: 
rekonkista, 
Kordova 
xalifaligi, 
Rekonkistaning asosiy bosqichlari, Alfons VI, Kastiliya, Navarra, 
Aragon, Sant-Yago, Alkantara va Kalatrava ordenlari, «muqaddas 
ermandada». 
Ispaniya rekonkistasining mohiyati. Ispan xalqining arablar bilan 
uzoq davom etgan, ko’p asrlik kurashi Ispaniya davlatining tashkil 
topishida juda katta rol o’ynadi. Pireneya yarim orolining arablardan 
qaytarib olinishi tarixiy adabiyotda rekonkista deb nom olgan. Ispan 
xalqlarining arab mavrlarga qarshi olib borgan ozodlik kurashi bo’lgan 
keng ma’nodagi rekonkista VIII asrdan boshlab, arablar yarim orolni 
istilo qilganlaridan keyinoq, ya’ni VIII asrdan, to XV asr oxirigacha 
davom qildi. XV asr oxirida arablarning Ispaniyadagi so’nggi yirik 
mulki hisoblangan Granada qo’ldan boy berildi. Eng tor ma’noda 
rekonkista so’zidan odatda, XI—XIII asrlar davri tushuniladi. XI—XIII 
asrlar davrida ispan xalqlari zo’r berib yarim orolning janubiga tomon 
siljib borgan edilar. 
Arablar Ispaniyada. X asr boshlarida Ispaniyada arablar 
hukmronligi eng kuchli edi, bu vaqtda Kordova amirligi Kordova 
xalifaligiga aylangan edi. Ispan arablariga — mavrlariga Pireneya yarim 
orolidan tashqari, yana qo’shni Shimoliy Afrikadagi ko’p sonli varvar 
qabilalari ham bo’ysunar edilar. Arablar davrida Pireneya yarim orolida 
ishlab chiqaruvchi kuchlar zo’r berib rivojlangan edi. Sharqning yuksak 
madaniyati bilan bog’langan arablar Ispaniyada sun’iy sug’orish 
sistemasini keng qo’lladilar. Ular Pireneya yarim orolida bir qancha 


61 
yangi va qimmatli qishloq xo’jalik ekinlarini joriy qildilar, ular orasida 
sholi, shakar qamishi, tut daraxti, apelsin, limon va boshqalar bor edi. 
Arablar davrida turli hunarmandchilik juda ham yuksalgan edi. Metall, 
charm, jun, ipak, oyna va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yuksak 
darajada takomillashgan edi. Kordova xalifaligi Shimoliy Afrika orqali 
Sharqdagi butun musulmonlar mamlakati bilan savdo-aloqalari 
bog’lagan edi. Ispan arablari Yevropaping Mamlakatlari bilan, ayniqsa 
qo’shni Fransiya va uning turli xil sinflari: feodallar ham, shaharliklar 
ham, dehqonlar ham qatnashdilar. Rekonkista ispan xalqlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot shart-sharoitlari taqozosi bilan kelib 
chiqqan zaruriy qonuniy jihati edi. Tog’-toshlarga surib chiqarilgan, 
dehqonchilik uchun zarur bo’lgan yer maydonlardan mahrum etilgan, 
O’rta dengizdan kesib qo’yilgan ispanlar bir zamonlar o’z ota-bobolari 
istiqomat qilib, keyin arablar tomonidan istilo etilgan va siqib 
chiqarilgan janubga tomon siljib borishlari kerak edi yoki bo’lmasa, o’z 
ishlab chiqaruvchi kuchlarining bundan buyog’i o’sishidan va o’z 
millatlarining ravnaq topishidan voz kechishlari lozim edi. 
Rekonkistaning asosiy bosqichlari. Rekonkistaning asosiy 
bosqichlari quyidagichadir. Asturiya qirolligi VIII—IX asrlarda yarim 
orolning butun shimoliga va shimoli-g’arbiga o’z ta’sirini yoydi. X asr 
boshlarida asturiyaliklar janubga ham siljib bordilar, Leon shahri esa 
ularning asosiy markazi bo’lib qoldi va butun Asturiya qirolligi Leon 
nomi bilan Leon qirolligi deb atala boshladi. X asrning ikkinchi yarmi— 
XI asr boshlarida Leon janubgacha kengayib, Duero daryosi 
havzasigacha cho’zilib ketadi. Bu yerda juda ko’p qasrlar qal’alar — 
burglari bo’lgan chegara viloyat tashkil topadi. Ana shu qasrlar nomidan 
olinib, yangi mamlakat Kastiliya deb ataldi. Burgos shahri 
Kastiliyaning asosiy shahri hisoblanardi. 
1037 yilda Leon qiroli Kastiliyaning ham qiroli deb atala boshladi. 
XI asrning ikkinchi yarmida Kastiliyaliklar Taxo daryosi havzasini bosib 
oldilar. 1085 yili qirol Alfons VI Toledo shahrini istilo qildi. Bu 
yangidan istilo qilingan hudud, ya’ni Taxo havzasi Yangi Kastiliya deb 
atala boshladi. Biroq XI asrda Yangi Kastiliyaning ahvoli hali ancha 
nomustahkam edi. 1086 yili, ya’ni Toledo istilo qilingandan keyingi yili 


62 
Alfons VI ning o’zi Zallak shahriga yaqin joyda arablardan qattiq zarba 
yedi. 
Shimoli-sharqda joylashgan Navarra qirolligi IX asrda juda katta 
ahamiyatga ega edi. Bundan keyingi asrlarda u uncha kengaymadi. 
Ammo uning janubida ancha-muncha siyosiy o’zgarishlar bo’lib o’tdi. 
IX asr oxirida Ispaniya markasidan yangi mustaqil mulk, Aragon grafligi 
ajralib chiqib, so’ng XI asrda qirollikka aylandi. 1118-yili aragonliklar 
arablardan Saragosa shahrini tortib olib, uni Aragonning poytaxti 
qildilar. 1137 yili Aragon Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispaniya 
markasi bu vaqtda Kataloniya yoki Barselona grafligi degan yangi nom 
bilan yurardi. 
Portugaliya janubga tomon cho’zilib ketgan edi. Dastlab bu ham 
graflik edi (taxminan 1095 yillarda tashkil topgan edi), 1116-yilga kelib 
u ham qirollik bo’lib oldi. Portugaliyaning poytaxti boshda Duero 
daryosining Oporto shahri edi, keyin 1147 yildan — Taxo daryosining 
mansafadagi Lissabon shahri poytaxt bo’lib qoldi. Leon qiroli 
hokimiyatidan xalos bo’lgan Portugaliya qiroli Rim papasiga qaram 
bo’lib qoldi. Ammo bu qaramlik nomigagina bo’lib, aslida boshqacha 
edi. 
Shunday qilib, XII asr boshlariga kelganda Pireneya yarim orolida 
uning taxminan yarmisini egallagan to’rtta xristian davlati: Kastiliya, 
Navarra, Aragon va Portugaliya bor edi. XI asrning oxiri va XII asrning 
hammasi rekonkistaning eng avjga chiqqan davri edi. Kastiliya xalq 
eposida xuddi ana shu davr o’z aksini topgan, xalq eposining qahramoni 
mashxur Sid Kampeador edi. Sharqdagi salib yurishlari singari, Pireneya 
yarim orolida mavrlar bilan olib borilgan kurashga ham muqaddas urush 
tusi berilgan edi. Xristianlar bilan musulmonlar ilgarigi paytlarda diniy 
masalada ba’zan bir-birlari bilan ishlari bo’lmasdi, rekonkista 
jatumanida ular bir-birovlariga nafrat ko’zi bilan qaraydigan bo’ldilar. 
Mavrlar Shimoliy afrikaliklarni, varvarlarni va boshqa musulmon 
qabilalarni o’zlariga yordamga chaqirdilar. 1086 yili Ispaniyaga G’arbiy 
Saxroyi Kabirdan almuraviylar, 1125 yili Atlas tog’laridan (Sharqiy 
Morokkoda) almugalar keldilar. Ispaniyaliklarga yordam berish uchun 
Fransiya, Angliya, Germaniya va Italiyadan ritsarlar kelishdi. Sharqdagi 


63 
singari, Ispaniyada ham mavrlar bilan kurashish uchun bir qancha 
maxsus diniy-ritsarlik ordenlari Sant-Yago, Alkantara va Kalatrava 
ordenlari barpo etildi. 
XII asr mobaynida kastiliyaliklar arablar Andaluziyasiga bir necha 
marta bostirib kirib, uni payhon qildilar. 1212 yili Las Navas de Tolos 
yonida har ikkala tomon o’rtasida eng katta hal qiluvchi jang bo’ldi. Bu 
jangda Kastiliya (Alfons VIII), Navarra va Aragon qirollari ittifoqchilar 
sifatida birgalikda urush qildilar. varvarlar, negrlar va Shimoli-g’arbiy 
Afrikaning boshqa ko’pgina qabilalari mavrlar tomonidan turib 
janglarda qatnashdilar, Arablar qattiq mag’lubiyatga uchrab, o’zlarining 
barcha boy lagerlarini g’oliblarga o’lja qilib qoldirib chiqib ketdilar. 
Shundan keyin Kastiliya tez orada Andaluziya bilan Mursiyani 
egalladi. 1236-yili u Kordovani, 1248 yili — Sevilyani qo’lga kiritdi. 30 
va 40-yillarda Aragon Valensiyani va Balear orollarini bosib oldi. 
Portugaliya janubga tomon tog’ va Sidning tarixiy timsoli chinakam 
shaxs — Kastiliya qiroliga xizmat etgan yirik ritsar Rodrigo Dias 
bo’lgan (1106-yilda vafot etgan). Sid arablardan katta shahar 
Valensiyani vaqtincha bosib olishga muyassar bo’ladi. Mavrlar 
ixtiyorida birgina janubi Granada qirolligi (yoki Granada amirligi) 
saqlanib qolgan edi. Granada qirolligi mustaqil davlat sifatida uzoq vaqt, 
ya’ni 1492 yilgacha yashab keldi. 
XIII—XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlar. Navarra va 
Portugaliya. Yarim oroldagi to’rtta xristian davlatlaridan Navarra va 
Portugaliya alohida-alohida rivojlandilar. Navarrada fransuzlar ta’siri 
juda kuchli edi. Atrofni tog’lar o’rab olgan bu kichik mamlakatning 
iqtisodiy rivojlanishi sekinlik bilan bordi. Shu sababli XIII-XV asrlar 
davrida Navarra, umuman, katta rol o’ynagani yo’q. 
Atlantika okeani sohili bo’ylab uzun tor bo’lib joylashgan 
Portugaliya jadalroq rivojlandi. XV asrga kelganda Portugaliya katta 
Dengiz flotiga ega bo’lgan savdo-sotiq qiladigan mamlakatga aylandi. 
Yarim oroldagi mavrlar bilan olib borilgan kurash uni Shimoliy 
Afrikadagi 
arablar 
bilan 
urushlar 
qilishga 
ham 
tortdi. 
Portugaliyaliklarning Shimoliy Afrikadagi mulki bo’lmish Seuta, keyin 
portugaliyaliklarning lV asrdagi geografik kashfiyotlarida katta rol 


64 
o’ynadi. Ammo o’rta dengiz sohilidagi Mamlakatlar bilan, Angliya, 
Niderlandiya va boshqa Mamlakatlar bilan zo’r berib olib borilgan 
tashqi savdo-sotiq aloqalari Portugaliyani Pireneya yarim orolidagi 
boshqa davlatlardan ajratib qo’ydi. Rekonkista Portugaliyani qo’shni 
Kastiliya bilan bog’lashi lozimdek ko’rinsada, lekin Portugaliya o’zining 
mustaqilligini rashk bilan saqlab keldi. 
Kastiliya qirolligi. Kastiliya va Aragon Pireneya yarim orolining 
ikkita asosiy davlati bo’lib, pirovardida ular yagona qirollikka 
birlashdilar. Bu birlashgan davlatlarning o’rta asrlar davridagi tarix 
o’zining bir qancha xususiyatlariga egadir. Kastiliya qirolligi yarim 
orolda eng katta hududni egallagan edi. Yarim oroldagi hududning 
deyarli beshdan uch qismi uning hissasiga tushar edi. Rekonkistada ham 
Kastiliya eng faol qatnashgan edi. Kastiliya tili keyinchalik ispan milliy 
adabiy tiliga asos bo’ldi. 
O’rta asr davridagi Kastiliyaning ijtimoiy tuzumi o’ziga xos 
ko’pgina xususiyatlarga ega edi. Kastiliyaning urushqoq dvoryanlari 
mamlakatda katta ta’sirga ega edilar. Arablar bilan kurashda qatnashish 
dvoryanlarning ertaroq toifa bo’lib tarkib topishiga va dvoryanlar 
ko’pchiligining bevosita qirol bilan aloqa o’rnatishiga yordam berdi. 
Kastiliyada katolik cherkovi ham juda katta ta’sirga ega edi, rekonkista 
natijasida katolik cherkovi ko’p yer oldi. Kastiliyada rekonkistaning 
butun og’irligini o’z zimmasiga olgan o’nlab erkin shahar-kommunalar 
bor edi. Hunarmandlar va mayda savdogarlardan iborat bo’lgan 
shaharliklar butun asrlar davomida muntazam harbiy xizmat utadilar. 
Kastiliya shaharlari shaharlarning alohida harbiy ittifoqlariga — 
ervdandilarga birlashdilar. Kastiliya dehqonlari ham rekonkistada juda 
faol qatnashganliklari dehqonlari ham rekonkistada juda faol 
qatnashganliklari sababli krepostnoy qaramlikdan ertaroq xalos 
bo’ldilar. Kastiliya feodallari dehqonlar bilan hisoblashishga va ularga 
jiddiy yon berishga majbur bo’ldilar. Eski va yangi Kastiliyaiing 
ko’pchilik dehqonlari erkin jamoatchilardan iborat (byegetriyalar) 
bo’lib, feodallar homiyligida kun ko’rardilar va ularga odat bo’yicha 
bitim bilan belgilangan kichik miqdorda obrok tulardilar. 


65 
Kastiliya shahar va qishloq jamoalarining siyosiy ahamiyati 
Kastiliyada umumtoifa vakilligi, ya’ni korteslarning ertaroq vujudga 
kelishida ochiq-oydin namoyon bo’ldi. Korteslar o’z faoliyatini 1188 
yildayoq (ingliz parlamenti va fransuz General shtatlaridan ancha oldin) 
boshlagan edi, shu bilan birga uchinchi toifa vakillari tarkibiga 
shaharliklar bilan birgalikda dehqonlarning ham ba’zi bir vakillari 
kirgan edi. Kastiliyadagi qirol hokimiyati shaharlarga tayanib turib,obro-
e’tiborini kuchaytirishga harakat qildi va yirik feodallar bilan qattiq 
kurash olib bordi. 
XIII asrning ikkinchi yarmida qirol Alfons X (1252— 1284) 
qonunlar to’plami («Yetti qism» deb ataladigan) qonunlar to’plami 
(chiqardi), bu qonunlar to’plami Rim huquqi g’oyalari bilan sug’orilgan 
bo’lib, o’rta asr Yevropasidagi qonunlarning birinchi umumlashtiruvchi 
to’plami edi. Alfons X o’zidan sal oldin Salamanka shahrida ta’sis 
etilgan universitetga homiylik qilib, davlat mablag’lari hisobiga shu 
shaharda observatoriya (rasadxona) qurdirdi. Uning davrida qirol 
hokimiyatining obrosi ancha ortdi. Ammo feodallar hali tinib-
tinchimagan va o’zlarining imtiyozlariga qattiq yopishib olgan edilar. 
Yuz yillik urushda inglizlarning ittifoqchisi bo’lgan qirol Pedro I 
Zolim (1350—1369) XIV asrda feodallar bilan qattiq kurash olib borib, 
ko’pdan-ko’p feodallarni qatl ettirdi va ularning molu-mulklarini 
musodara qildirdi. Kastiliya grandalari fransuz feodallarining ko’magiga 
tayanib, Pedroni yengdilar va taxtga uning raqibi Genrix II Trastamarani 
o’tkazdilar. Genrix II Trastamara 1369-yildan boshlab yangi dinastiyaga 
asos soldi. 
XV asr o’rtalariga kelganda Kastiliyadagi qirol hokimiyati erishgan 
yutuqlar, umuman olganda, hali u qadar katta emas edi. Korteslarning 
qo’llab-quvvatlashiga qaramay, qirollar qudratli grandalarning kuch-
qudratiga shikast yetkaza olmadilar. 
XV asrlarda korteslarning o’zi onda-sonda yig’iladigan bo’lib qoldi. 
Kastiliya qirollari ko’pincha feodallarning dushman guruhlarini shu 
feodallarning saroy bilan aloqador boshqa qismi yordamida, shuningdek, 
katolik cherkovi ko’magida yengishga umid boglab, shaharlar bilan har 
doim ittifoq bo’lishni izchil amalga oshiravermasdilar. Buning natijasida 


66 
qirol hokimiyatining o’zi turli feodal to’dalarining kurash quroliga 
aylanib qolardi. XV asrning ikkinchi yarmida Kastiliyadagi qirol
hokimiyatining nochor ahvoliga yaqqol misol qilib qirol Genrix IV 
(1454—1474) ni ko’rsatish mumkin. Genrix IV ning butun hukmronligi 
davri feodal o’zaro urush-janjallari bilan to’lib-toshgan edi. Zodagonlar 
qirolning qizi Xuananing taxt vorisligi huquqini tan olmay, qirolning 
singlisi — malika Izobellaning nomzodini qo’ydilar. Zodagonlar 
kelajakda Izobellani o’zlariga rom qilib olib, undan itoatli qurol sifatida 
foydalanmoqchi edilar. 
Aragon federatsiyasi. Aragon, oz-o’zicha Pireneya yarim orolida 
(agar hatto Aragonning Kataloniya bilan birlashganligini qo’shib 
hisoblaganda ham) kichik bir hududni egallar edi. Ammo O’rta dengizda 
uning ko’pdan-ko’p mulklari: Sitsiliya,. Sardiniya, Neapol qirolligi, 
Balear orollari va boshqalar bor edi. Kastiliyaning aksicha, Aragon katta 
dengiz davlati edi. Lekin bu yerda qirol hokimiyati zaif edi. 
Shaharlarning zaif o’sganligidan (Aragonda), dvoryanlar butun 
hokimiyatni o’z qo’llarida saqlab qolgan edilar. Aragon dehqonlari eng 
og’ir krepostnoy qaramlikda yashardilar. Aragon feodallari o’z 
krepostnoylariga hatto o’lim jazosi berish huquqiga ham ega edilar. 
Ko’proq feodallardan iborat bo’lgan Aragon korteslari qirolni to’la 
nazorat qilardi, korteslar dam olgan paytlarida qirolning ishlarini kuzatib 
borish uchun «deputatsiya» nomi ostida alohida komissiya belgilab 
qo’yilardi. Aragon dvoryanlarini maxsus saylab qo’yiladigan sudya, 
ya’ni Buyuk yustitsiya sud qilardi. Uni o’rnidan bekor qilishga qirolning 
haqqi yo’q edi. Dvoryanlar qirolga qarshi urush e’lon qilib, u bilan urush 
olib borar va chet el fuqaroligiga o’tib keta olardilar va h. k. Aragon 
zodagonlarining erkinligi «Uniya imtiyozlari» (1287 y.) degan alohida 
muboraknomada yozib qo’yilgan edi. 
Kataloniyada 
dehqonlarning 
qo’zg’olonlari. 
Aragondagi 
dehqonlardan tashqari, Kataloniyadagi dehqonlar ham ayniqsa og’ir 
ahvolda kun kechirardilar. Kataloniyada ham, «yaramas odatlar» deb 
atalgan narsa mavjud bo’lib, krepostnoylarni mutlaqo chidab 
bo’lmaydigan ahvolga solib qo’yar edi. Farzandsiz dehqon vafot 
qilguday bo’lsa, pomeshchiklar uning barcha molu mulkini tortib olar va 


67 
bordiyu, vafot etgan dehqonning bolasi bo’lsa, unga qarashli molu 
mulkning anchagina qismini bosib olardilar. Birinchi kecha huquqi 
hukm surardi. Dehqonlarni yersiz qul qilib sotib yuborardilar. Biroq 
Aragonning aksi o’laroq Kataloniya shahar mamlakati edi. Dehqonlar bu 
yerda ko’proq bozor bilan aloqador edilar. Bu dehqonlarning ko’pi 
krepostnoy chiriklikdan Barselonaga va boshqa shaharlarga qochib 
ketgan edi. Pirovardida Kataloniya dehqonlari birlashib, feodallarga 
qarshi qattiq kurash boshlaganlar va bu kurash uzoq davom etgan 
dehqonlar urushi harakterini olgan. 
Kataloniya dehqonlarining qo’zg’olonlari o’n yilga cho’zilgan ya’ni 
1462- yildan 1472-yilgacha davom etgan. qo’zg’olonlar Shimoliy 
Kataloniya tumanini (Barselonaning shimolidan to Pireneyagacha 
bo’lgan joylarni) o’z ichiga olgan edi. Dehqonlar qo’zg’oloniga mayda 
dvoryan (idalgo) Verntalyat boshchilik qildi. Feodallar qo’zg’olonni 
bostira olmadilar. Dehqonlarning feodallar bilan olib borgan kurashiga 
Aragon qiroli Xuan II aralashdi. Qirol Xuan II bu mahalda Aragon va 
Kataloniya feodallari bilan hamda mustaqil bo’lib ajralib chiqqan 
Barselona bilan jang qilayotgan edi. Xuan II Verntalyat bilan 
muzokaraga kirishdi va qo’zg’olonchilarga yordam beraman, deb katta 
va’dalar qildi. Isyonchi feodallarga qarshi dehqonlarning kuchlaridan 
foydalangan va Barselonani o’ziga tobe qilib olgan Xuan II 1472 yilda 
krepostnoy huquqni qisman yengillashtirish yo’li bilan dehqonlarni 
feodallar bilan «yarashtirmoqchi» bo’ldi. Shunda Verntalyat Xuandan 
vikont unvoni va ko’pdan-ko’p yer-mulklar oldi. Ammo Kataloniya 
dehqonlari Verntalyatning qirol bilan qilgan bitimidan qanoatlanmay, 
1484-yilda ikkinchi marta qo’zg’olon qildilar. 
Bu safar qo’zg’olonchilarga dehqon Pedro XuanSala boshchilik 
qildi. Dehqonlarning ikkinchi qo’zg’oloni g’oyat darajada shiddatli 
qo’zg’olon bo’ldi. Feodallar Salani asir qilib olib, uni qatl etdilar, lekin 
dehqonlar Salaning vafotidan keyin ham partizan urushini davom 
qildirdilar. Nihoyat, 1486-yili Aragonning yangi qiroli Ferdinand 
farmon chiqarib, haq to’lab qutulish sharti bilan barcha «yaramas 
odatlar»ni bekor qildi. Dehqonlar o’zlariga qarashli uchastkalarning 
merosxo’r ijarachilariga aylandilar. Krepostnoy huquqni bekor qilish 


68 
haqidagi farmonni qirol tez orada Aragonga ham yoydi, Kataloniya 
dehqonlarn singari Aragon dehqonlari ham qo’zg’olon ko’tarish xavfini 
solmoqda edilar. 
Kastiliyada va Aragonda keskinlashgan sinfiy kurash, shuningdek, 
rekonkistaning tamom bo’lmaganligi (yarim orol janubidagi Granada 
qirolligi) har ikkala mamlakat feodallarini ikki qirollikni yagona 
Ispaniya davlatiga birlashtirish to’g’risida bir bitimga kelishga majbur 
etdi. Ikkala qo’shni davlat o’rtasidagi uniya (ittifoq) dinastiya nikoh 
qilish yo’li bilan amalga oshirildi. Malika Izabella Kastilskaya 1469-yili 
shaxzoda Ferdinand Aragonskiyga turmushga chiqdi. 1474- yili Izabella 
Kastiliya qirolichasi bo’lib oldi, 1479-yili Ferdinand Aragon taxtiga 
o’tirdi. Birlashgan ikkala mamlakatning har biri o’zining qonunlari, urf-
odatlari va alohida-alohida korteslarini saqlab qoldi. Shunday qilib, 
mamlakatni boshqarish hali ikki tusdaligicha qolaverdi. Shunday bo’lsa 
ham, yagona Ispaniyani vujudga keltirish uchun asos solingan edi. 
Kastiliyada ham, Aragonda ham qirol hokimiyati mustahkamlana 
boshladi. Birlashish Ferdinand bilan Izabellaning ichki va tashqi 
siyosatlarida ijobiy aks etdi. 
Shahar kommunalarining ko’magiga tayanib ish ko’rgan Izabella 
Kastiliya feodallari oppozitsiyasini tinchitdi. Izabella yordamida 
«muqaddas ermandada» nomi ostida tashkil etilgan shahar ittifoqchi 
militsiyasi talonchilik qilib yuruvchi ritsarlarga qaqshatgich zarbalar 
berdi. Katolik cherkovi Ferdinand bilan Izabellaga katta yordam 
ko’rsatdi. Katolik qirollar (papa Ferdinand bilan Izabellaga ana shunday 
unvon bergan edi) o’zlariga qarashli dahshatli inkvizitsiyani katolik 
cherkovi manfaatlariga xizmat qildirar edi. Cho’qintirilgan mavrlar 
(motiskalar)ning ishlarini nazorat qilish maqsadida 1477-yil Ispaniyada 
vujudga keltirilgan inkvizitsiya amalda, oliy siyosiy sudga aylangan edi. 
Kastiliya yoki Aragondagi birorta feodalning davlatga xiyonat qilganligi 
gumon qilingan taqdirda, u inkvizitsiyaning qahr-g’azabidan hech 
qayoqqa qochib qutula olmasdi, albatta. 
Izabella Kastiliyadagi savdo-sotiq va sanoatni jonlantirib yuborgan 
bir qancha iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. Mamlakatdagi 
qimmatbaho metallarni saqlab qolish maqsadida hamda mamlakat 


69 
ichkarisida faol savdo balansini ta’minlashga (ya’ni tashqaridan mol 
keltirishga qaraganda mol chiqarishni ko’paytirishga) intilib, qirolicha 
merkantilizm g’oyalarini amalga oshira boshladi. Izabella chet ellarga 
oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyo (galla, jun va boshqalar) 
chiqarishni man qildi, jun Ispaniyaning o’zida qayta ishlanmog’i kerak, 
deb buyruq qildi. Izabella mashxur Xristofor Kolumbga homiylik 
ko’rsatdi, Xristofor Kolumb Hindistonga boriladigan «g’arbiy yo’l»ni 
axtarib, Ispaniya kemalarida sayohatga jo’nab ketdi. 
Ferdinand va Izabella Ispaniyasi tez orada buyuk davlatga aylandi. 
1492-yili ular Granadani istilo qildilar. 1512-yili Ispapiya Navarrani 
o’ziga qo’shib oldi. Shunday qilib, Portugaliyadan tashqari, barcha 
Pireneya yarim oroli Ispaniyaga birlashtirildi. Kolumbniig sayohatlari 
Ispaniya uchun yangi Dunyodagi juda ko’p mustamlaka mulklarni bosib 
olish imkonini yaratib berdi. Ferdinand va Izabella Ispaniyani 
Yevropaning eng yirik davlatlari bilan siyosiy ittifoqlar bog’lashiga 
sababchi bo’lgan muhim dinastiya nikohlarini amalga oshirdilar. 
Ularning to’ng’ich qizi Yekaterina Tyudorlar xonadoniga mansub ingliz 
shaxzodasiga turmushga chiqdi. Kichik malika Xuana Gabsburglarning 
astrogerman xonadoniga mansub shaxzodalarning biriga xotin bo’ldi. 
Ispaniya Yevropa xalqaro siyosatining muhim omili bo’la bordi. 
Nazorat savollari: 
1. 
Ispaniya rekonkistasining mohiyati nimalardan iborat? 
2. 
XIII—XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlarda 
ijtimoiy-siyosiy ahvol qanday edi? 
3. 
Kastiliya qirolligi qanday tashkil topdi?
4. 
Kataloniyada dehqonlar qo’zgolonlari qanday sabablarga 
ko’ra boshlandi va qanday trugadi? 


70 
6-MAVZU: XI-XV ASRLARDA VIZANTIYA 
Reja 
1. 
1261-yildan keyin Vizantiyaning sotsial iqtisodiy va siyosiy 
taraqqiyoti. 
2. 
XV asr boshlarida Turkiya davlatining inqirozi. 
3. 
Florensiya (uniyasi) ittifoqi. 
4. 
Konstantinopolning qulashi. 
5. 
Konstantinopolni istilo qilishning iqtisodiy va siyosiy 
oqibatlari. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling