Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch tushunchalar: «etak yerlar», Antverpen sanoati, Utrext,
Leyden, Lyuksemburg, Lyej, Namyur, Gennegau, Leyden, Artua , Brabant, Lyudovik XI, Karl V, yeretiklar, Yeres, Filipp II, “Savdogarlar bitimi”. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Niderlandiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. O’rta asrlarda Niderlandiya to’g’risida gapirilganda Reyn, Maas va Shelda daryolarining quyi oqimidagi va Shimoliy dengiz bo’ylaridagi «etak yerlar» (Niderlandiya so’zining asl tarjimasi shundaydir) nazarda tutilar edi. Bundan ilgariroq bu yerlar (Yuqori Lotaringiyadan va uning Mets, Giul, Verden va shuning singari boshqa shaharlaridan farq qilib) Quyi Lotaringiya deb ham atalar edi. Bu o’lkaning sanoat jihatidan oldinroq taraqqiy qilishi uning xarakterli xususiyati edi. Friz movutlari Karl Buyuk zamonidayoq dong chiqargan edi. XIII—XIV asrlarda Flandriya (Flamand) movut sanoati bilan faqat Florensiya movut sanoati raqobat qilar edi, xolos. «Flandriyaning eski obod shaharlari» bo’lmish Bryugge, Ipr, Gent shaharlariga ingliz, fransuz va nemis shaharlari ning uzoq vaqtgacha havasi kelib yurdi, chunki ular yuqori sifatli movut ishlab chiqarolmas edi. XV asrda Flandriyada Antverpen degan yangi sanoat va savdo markazi o’sib chiqdi, bu shahar Shelda daryosining dengizga quyiladigan joyidan sal nariroqda edi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Angverpen Hindiston va Amerikadagi mustamlakalar bilan bog’langan jahon portiga aylandi. Ammo Antverpen sanoat markazi sifatida ham taraqqiy 118 qildi, shu bilan birga, Flandriyaning eski shaharlaridan farq qilib, Antverpenda ishlab chiqarishning sex formasi emas, balki manufaktura formasi rivojlandi, manufaktura formasi esa qishloqdagi xonaki, kapitalistik kustar sanoatiga asoslangan edi. Flandriya bilan qo’shni bo’lgan Brabantda XV—XVI asrlarda Bryussel kattagina sanoat markazi hisoblanar edi, bunda ham movut ishlab chiqarish sanoatining bir qismi sex sanoati xarakterida, bir qismi manufaktura sanoati xarakterida edi. Flandriya bilan Brabant Janubiy Niderlandiyaning asosiy viloyatlari bo’lib, ular iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy qilgan edi. Niderlandiyaning janubida — Namyur, Lyej, Lyuksemburgda boy temir konlari bo’lib, bu yerda metallurgiya sanoati keng ko‘lamda rivojlangan edi. Niderlandiyaning janubidagi Fransiyaga yondosh bo’lgan janubi-g’arbiy viloyatlar — Gennegau, Artua aksincha, asosan dehqonchilik viloyatlari edi. Niderlandiyaning shimolida eng taraqqiy qilgan viloyatlar Zelandiya, Gollandiya va Utrext edi. Bu yerda (Leyden va Utrext shaharlarida) ham movut sanoati rivojlanayotgan edi. Bu viloyatlarda movut sanoatidan tashqari, zig’ir tolasidan gazlama to‘qish, surp va shoyi to‘qish sanoati ancha taraqqiy qildi. Ko’proq savdo viloyati bo’lgan Gollandiya kemasozlik, paroxodchilik va baliq ovlashning markazi edi. XVI asrda tez rivojlangan Amsterdam shahri okean orqali savdo, kredit operatsiyalari va birja bitimlari jihatidan Antverpenning jiddiy raqobatchisi bo’lib qoldi. Niderlandiyaning chekka shimoli- sharqiy viloyatlari Geldern, Ovyorissel chekka janubi-g’arbiy viloyatlar singari sof dehqonchilik tumanlari edi. XVI asrda Niderlandiyada shaxsiy krepostnoy huquq hamma joyda yo‘qotilgan edi desa bo‘ladi. (Asosan sharqiy viloyatlar — Gelzern va Overissel bundan mustasnodir). Dvoryanlarning burjualashgan qismining vakillari botqoq yerlarni quritish uchun ancha mablag’ sarf qilardilar, dengiz bo‘yidagi yerlarni quritib qo’lga kiritish maqsadida to‘g’onlar qurishda qatnashardilar, bozorga chiqarib sotish uchun chorvani (qoramol, qo‘y- echki va boshqalarni) ko’paytirardilar va shunday qilib, yollanma mehnatdan foydalanuvchi sohibkorlar tipidagi qishloq xo‘jayinlariga aylanardilar. 119 Flandriya, Brabant, Gollandiya dehqonlari orasidan mahalliy bozor bilan boglangan va kambag’al dehqonlar orasidagi batraklar mehnatini ekspluatatsiya qiluvchi badavlat elementlar ajralib chiqardi ko’pincha dehqonlarning yuqori tabaqalari jamoa chek yerlarining va yaylovlarning katta qismini o‘z qo’llariga to‘plab olardilar. Fransiya bilan chegaradosh bo’lgan janubi-g‘arbiy viloyatlardagi pomeshchiklar juda orqada qolgan bo’lib, ular faqat feodal rentasi hisobidan tushgan daromad hisobiga kun kechirar edilar. Germaniya bilan chegaradosh bo’lgan shimoli-sharqiy viloyatlar haqida ham shuni aytish mumkin. Niderlandiya viloyatlarining iqtisodiy jihatdan ko’proq rivojlangan shaharlarida plebey elementlar ko’p edi. Xonavayron bo’lgan hunarmandlar, xalfalar, manufaktura va port ishchilari har bir yirik shahar aholisining yarmini, ba’zan esa uning ko’pchiligini tashkil qilar edi. Shunday qilib, XVI asrda Niderlandiyaning ijtimoiy strukturasi feodalizmga xos bo’lgan xususiyatlarni ancha yo’qotdi va maydonga kelayotgan kapitalistik jamiyatda burjuaziya faqat iqtisodiy sohasidagina emas balki ijtimoiy-siyosiy hayotda ham yetakchi rol o‘ynadi. Niderlandiyaning siyosiy tuzumi. O‘rta asrlar davrida Niderlandiya bir necha o’nlab mayda feodal davlatlardan — gersogliklar, grafliklar, yepiskopliklardan va boshqa shuning singarilardan iborat edi. Ularning bir qismi fransuz feodal monarxiyasi sistemasiga kirgan edi (Flandriya, Artua va boshqa G’ARBiy viloyatlar), bir qismi (Brabant, Gollandiya va boshqa sharqiy tumanlar) Germaniya imperiyasi tarkibida hisoblanar edi. XIV—XV asrlar davomida Burgundiya gersoglari Niderlandiyaning turli yerlarini o‘z qo’l ostlarida birlashtira oldilar. 1477 yilda Burgundiya gersogligining o‘zi fransuz qiroli Lyudovik XI ning qo‘liga o‘tgandan keyin Niderlandiya yerlari Mariya Burgundskayaning (Karl Jasurning kizi) eri bo’lmish Maksimilian Gabsburgga tegdi. XVI asr boshlarida boshqa bir dinastiyaning nikoxi natijasida, yani filipp I ning Xuanaga uylanishi Ferdinand Aragonskiy bilan Izabella edi. 120 Niderlandiya Isianiyaga utdi. Filipp I bilan Xuananing o’g’li Karl I (V) Gent shahrida tugildi. Glamand tili uning ona tili edi. Karl V zamonida Niderlandiyaning siyosiy tuzumi o’ziga xos bir o’tkinchi xarakterda edi. Gabsburglar xonadonidan chiqqan qirol- imperatorning oliy hokimiyati ostidagi Niderlandiya xali uz-uzini idora qilish elementlarini saqlab qolgan edi. Niderlandiyadagi o’n yetti viloyatning xar birida o’z provinsial shtatlari, aloxida sudlari, mahalliy sosloviyechilik imtiyozlari, qisman shaharlarning o’ziga xos ko’pdan- ko’p yengilliklari bor edi. 1464 yildan, ya’ni Burgundiya gersoglari zamonidayok Bosh shtatlar majlis ko’ra boshlagan edi. Bosh shtatlar viloyat shtatlarining vakillaridan iborat bo’lar edi. Burgundiya ger soglari davrida bo’lgani kabi, Gabsburglar davrida ham soliqlar joriy qilish masalalarini Bosh shtatlar hal qilardi. Bu vaqtga kelib har qanday ahamiyatini yo’qotgan fransuz Bosh. shtatlarining aksicha, Niderlandiyaning Bosh shtatlari sosloviyeli vakillar majlisi sifatida muntazam suratda chaqirilib turar edi, lekin shuni aytish kerakki. Bosh shtatlarni chaqirish endi qirol ixtiyorida edi. Ikkinchi tomondan, mustabidlik bilan ish ko’ruvchi Karl V ayrim viloyat va shaharlarning imtiyozlarini doim buzib kelardi. 1539-yilda xalqqa soliqlar solish bilan uni qo’rqitmoqchi bo’lganda qirol tug’ilib o’sgan Gent shahrida qo’zg’olon chiqdi, imperator buning uchun jazo tariqasida shaharni hamma eski xartiyalardan maxrum qildi va undan katta jarima to’latirdi. Niderlandiyada Karl V undirgan jami soliqlar 2 million oltin pulga yetdi, xolbuki, Karl V ning o’ziga qarashli barcha yerlaridan uning xazinasiga tushadigan daromad 5 million oltinga baravar edi. Durust, Niderlandiyani idora qilishni markazlashtirish masalasida Karl V ba’zi bir ishlar qildi. U Niderlandiyaning chegarasini kengaytirdi, barcha viloyatlar uchun umumiy bir hukumat va ikkita markaziy kengash — sud va moliya kengashlari (Bryusselda) tashkil qildi. Karlning homiyligida yirik burjuaziya, ayniqsa Antverpen shahridagi yirik burjuaziya Ispaniya va Germaniya bilan olib borilgan savdo-sotiqdan katta foyda olar edi. Ammo Niderlandiya yerlarining Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kirganligidan keladigan bu va shunga o’xshash ba’zi bir boshqa foydalardan ko’ra Gabsburglar davlat 121 xazinasini behad talashi natijasida kelgan zarar ancha ortib ketar edi. Karl V qirollik qilgan zamonda Niderlandiya amalda Ispaniyaning bir viloyatiga aylana bordi va agar Niderlandiya gullab-yashnagan ekan, bundan faqat Ispaniya baxramand bular edi. Karl V ning Niderlandiyadan undirgan katta-katta soliqlari qirol tomonidan olib borilgan, ammo Niderlandiyaning umumiy manfaatlariga mutlaqo aloqasi bo’lmagan urushlarga sarf qilinar edi. Niderlandiya jamiyatining burjuaziyasi va boshqa sinflari bilan absolyutizm o’rtasidagi ziddiyat tez orada yangi formada ham namoyon bo’ldi. Boy va strategik jihatdan juda muhim bo’lgan mamlakat ustidan o’z nazoratlarini kuchaytirishga harakat qilgan Karl shu maqsadni ko’zda tutib, absolyutizmning eng muhim qurollaridan biri bo’lgan katolik cherkoviga murojaat qildi. Ammo iqtisodiy jihatdan taraqqiy qilgan ilgor Niderlandiyada axoli protestantizmning juda xilma-xil formalariga oldinroq e’tiqod qo’ygan edi. Yirik dvoryanlar mu’tadil lyuteranlikni afzal ko’rardilar, o’rta va mayda dvoryanlar va ayniqsa shaharliklar kalvinizmni afzal ko’rardilar, boy dehqonlar ham kalvinizmga moyil edilar. Shaharlardagi plebey elementlar orasida hammadan ko’ra anabaptizm shuxrat qozondi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, XVI asrning 30-yillarida gollandiyalik anabaptistlar hatto anabaptizmning vatani bo’lgan Germaniyada ham yetakchilik rolini o’ynadilar. Niderlandiyadagi protestantizmning xamma oqimlarini Karl V vaxshiyona suratda bostirdi. «Yeres»larni qidirib topish va yo’qotish uchun niderlandiyalik yepiskoplarga inkvizitorlik huquqlari berildi. Imperator «yeretiklar»ga qarshi bir qancha maxsus farmon (plakat)lar chikardi. 1550-yilgi plakat ayniqsa daxshatli edi, bu plakatda aytilishicha, faqat «yeretiklar»gina emas, balki ularga biror xil yordam ko’rsatgan ularning yotar-turari uchun o’z uyidan joy bergan yoki ular bilan do’stlarcha gaplashgan xar bir erkakning boshi qilich bilan kesilar, ayol kishi bo’lsa, tiriklayin yerga ko’milar va ularning mol-mulki musodara qilinar edi. Filipp II davrida absolyutizmga qarshi oppozitsiyaning o’sib borishi. Karl V ning vorisi bo’lgan Filipp II zamonida Niderlandiya burjuaziyasi bilan (shuningdek unga yaqin turgan boshqa sinflar bilan 122 ham) absolyutizm o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Filipp II o’z hukmronligining dastlabki yillarida Bryusselda yashadi. Filipp II bilan birga Niderlandiyada Ispaniya ning ko’p sonli qo’shini ham turar edi. Ispan qo’shinlari Niderlandiyadan turib Fransiyaga hujum qilardi. Ispan qo’shinlari amalda Niderlandiyani okkupatsiya qilib, uning butun janubiy viloyatlariga tig’iz joylashib olgan edi. Ispan qo’shinlarini boqish bu viloyatlardagi aholi zimmasiga og’ir yo’q bo’lib tushardi. Filipp II protestantlarga qarshi chiqarilgan farmonlarni Karl V ga qaraganda raxmsizlik bilan turmushga oshirdi. Uning davrida Niderlandiyadagi katolik cherkovi qo’shimcha yana bir qancha yepiskoplarni olib keldi, ilgari vaqtlarda Niderlandiyaning mahalliy dvoryanlari qisman foydalanib kelgan monastir yerlari endilikda yepiskoplarni boqish uchun ajratib berildi. 1559 yilda Filipp II Ispaniyaga ketib, o’z singlisi Margarita Parmskayani Niderlandiyaning noibi, gabsburglik chinovnik (asli esa Fransh-Kontedan chiqqan burgundiyalik) kardinal Granvellani Margarita huzurida birinchi ministr qilib qoldirdi. Ispan qo’shinlari faqat 1561 yilda Niderlandiyadan olib ketildi. Filipp II «yereslik kasaliga mubtalo bo’lgan» bu mamlakatga, uning siyosiy imtiyozlariga, Niderlandiya shaharlaridagi plebeylarning shovqin-suronlariga u juda qattiq nafrat ko’zi bilan qarar edi. Filipp II Niderlandiyaga soliqlar undirish mumkin bo’lgan rezervuar deb qarardi va bu masalada o’z otasidan ham o’tib tushgan edi. Karl V tashqi savdo masalasida Niderlandiya burjuaziyasiga har holda bir qadar yordam ko’rsatgan edi. Ammo Filipp II buni ham qilmadi. Germaniyani u endi idora qilmas edi. Ispaniyada u ispan savdogarlariga katta yo’l ochib berib, Niderlandiya savdogarlarining Sevilyaga va Pireneyadagi boshqa portlarga kirishlarini cheklab qo’ydi. Niderlandiyaga ko’plab miqdorda olib chiqiladigan ispan juniga 1560 yilda poshlina keskin oshirildi. Bu esa Niderlandiya sanoati uchun ayniqsa zarur bo’lgan ana shu hom ashyoning Niderlandiyaga import qilinishining ancha kamayishiga olib keldi. Filipp II ning Angliya bilan munosabatlarining keskinlashuvi Niderlandiya savdosiga g’oyat yomon ta’sir ko’rsatdi. Angliya- Niderlandiya savdosining qisqarishi natijasida Niderlandiya savdogarlari 123 va manufakturachilari ko’plab bankrot bo’ldilar, eksport uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi mehnatkashlar ommasi orasida ishsizlik avj oldi. Issan absolyutizmidan Niderlandiya burjuaziyasininggina emas, balki keng aholining ham noroziligi tobora keskin va yaqqol milliy tus ola boshladi. Niderlandiya revolyutsiyasining boshlanishi. Ispan hukmronligidan norozilikning tobora chuqurlashib borishi tez kunda ispan absolyutizmiga qarshi oppozitsion chiqishlarda o’z ifodasini topdi. Hukmdor Margarita huzuridagi davlat kengashining a’zolari bo’lgan va Niderlandiyaning eng yirik aristokratlaridan Vilgelm Oranskiy, graf E g m o n t va admi« ral G o o r n Filipp II hukumatiga birinchi bo’lib qarshi chiqdilar. Aristokratik oppozitsiyaning chiqishi batamom loyyal xarakterdagi chiqish edi. Ispaniyadan ajralib chiqish yoki Filipp II ga qarshi bosh ko’tarish aristokratlarning hayoliga ham kelgani yo’q. Shunday bo’lsa xam, 60-yillarning boshlarida aristokratlarning hukmdor Margarntaga qo’ygan talablarida qisman Umum milliy talablar ham yo’q emas edi. Shu sababli Niderlandiya burjuaziyasi orasida bu talablar keng ko’lamda qo’llab quvvatlandi. Oranskiy va uning do’stlari Niderlandiyada yepiskoplar sonining oshirilishiga va ularning inkvizitorlik hokimiyatiga qarshi norozilik bildirdilar. Granvellani ishdan bo’shatishni, «yeretiklar»ga qarshi qaratilgan «plakatlarni» yumshatishni, Bosh shtatlarning chaqirilishini talab qildilar. Aristokratlardan iborat olib, dvoryanlarning keng doiralari absolyutizmga qarshi harakat boshladilar. 1565 yilda “Dvornlar bitimi» degan nom ostida dvoryanlar ittifoqi tashkil bo’ldi.” Vilgelm Oranskiy bu ittifoqni tashkil etishda bevosita ishtirok qildi. Ittifoqka dvoryanlardan 2 mingga yaqin kishi a’zo bo’lib kirdi, ularning bir qismi kalvinistlardan bir qismi esa kalvinizm bilan kelishishga moyil bo’lgan katoliklardan iborat edi. Birlashgan dvoryanlar delegatsiyasi 1566-yil 5-aprelda hukmdor Margarita Parmskayaga petitsiya topshirdi, bu petitsiyada bir tomondan, «Ispaniyaning hazrati oliy qiroliga» bo’lgan sadoqat izxor qilingan bulsa, ikkinchi tomondan, inkvizitsiyani bekor qilish va darxol Bosh shtatlarni chaqirish talab qilingan edi. 124 Delegatsiyaning ko’pchilik bo’lib kelishidan hukmdor qo’rqib qolgan edi, ammo Margarita atrofidagi ispan va italyan amaldorlar niderlandiyalik oliy dvoryanlarga nafrat bilan qaradilar. Saroy axllaridan biri xatto ularni «gadoylar» (fransuzcha — «gyozlar») deb atashdan ham tortinmadi. Hukmdor petitsiya egalarining istaklarini qirolga ma’lum qilishga va’da berdi. Oradan bir necha kun o’tgandan keyin hukmdor farmon chiqarib, 1550 yilgi plakatni bir qadar yengillashtirdi. Ammo Filipp II ning talabiga ko’ra hukmdor bergan farmonni tezda bekor qildi. Dvoryanlar ittifoqining a’zolari o’z muzokaralarining natijasidan juda norozi bo’ldilar. Ular o’z partiyalarini «gyozlar» degan laqab bilan atay boshladilar. Dvoryanlar 5 apreldagi muvaffaqiyatsiz chiqqan iltimosni eslatib va shu bilan birga ularning mamlakatini ispanlar talayotganligini ko’rsatish uchun ular atayin o’z kostyumlariga gadoylik to’rvasining tasvirini tiktirib yuradigan bo’ldilar. Shu orada, absolyutizmga qarshi harakat tobora kengayib bordi. Dvoryanlardan ibrat olgan kalvinchi burjuaziya «Savdogarlar bitimi» degan nom ostida o’z ittifoqini tuzdi. Kalvinizm tez yoyila boshladi. Amalda esa, hukumat kalvinistlarni ta’qib qilishga endi botinolmay qoldi. Mamlakatda revolyusiya boshlandi. Ispan absolyutizmiga va katolik cherkoviga qarshi harakatga shahar va qishloqlarning keng xalq ommasi qo’shildi. Niderlandiyaning siyosiy poytaxti — Bryusselda qo’zg’olon kutarildi. Bu yerda 1576 yil 4 sentyabrda oranskiychilar boshchiligidagi mahalliy shahar militsiyasi davlat kengashi a’zolarini qamoqqa oldi, Davlat kengashi esa Rekezans vafotidan keyin mamlakatda oliy hokimiyat hisoblanardi. Endi bu hokimiyat tezda shu Bryusselda to’plangan Bosh shtatlar qo’liga o’tdi. Ammo Bosh shtatlar keskin choralar ko’rmadi. Uning shimoldagi revolyutsion hukumat bilan muzokaralari cho’zilib ketdi. Shu paytda ispan armiyasida tamomila anarxiya boshlandi. Ispaniyadan pul o’z vaqtida kelib turmas edi. (Niderlandiyaning o’zidan keladigan daromadlar «isyonchilarga» qarshi urush xarajatlarini allaqachonoq qoplay olmay qolgan edi.) Armiyada intizom butunlay bo’shashib ketdi. Ispan soldatlari tinch axolini talash 125 va zo’rlash yo’li bilangina o’zlariga mablag’ topadigan bo’lib qoldilar. Ayrim talon-tarojlar asta-sekin butun-butun shaxarlarni pogrom qilishga aylanib ketdi. Niderlandiyaning iqtisodiy poytaxti bo’lgan Antverpen shahriga 1576 yil 4 noyabrda ispanlar tomonidan ana shu tariqada o’t qo’yilib, bu shahar talangan edi. Yong’in va qirg’in vaqtida shahar xalqidan 8 mingga yaqin kishi halok bo’ldi. Ispanlar behisob xazinalarni taladilar. Endi Antverpen savdo-sanoat markazi bo’lmay qoldi. Bundan keyin chet el kontoralari boshqa joylarga — London, Amsterdam, Gamburgga kuchirildi. «Ispanlar vaxshati» (Niderlandiyada 1576 yil 4 noyabr voqeasi shunday deb atalgan edi) natijasida janubiy viloyatlar Shimoliy Niderlandiya tomoniga o’tdilar. Bryussel Bosh shtatlarning shimoliy viloyatlar bilan muzokaralari Antverpenning halok qilinishi bilan tezlashib ketdi. 1576 yil 8 noyabrda Gent shahrida «Gent yarashi» axdnomasiga ko’l qo’yildi. Bu axdnomaga muvofik, Gollandiya va Zelandiya shtatlari bilan janubiy viloyatlarning Bosh shtatlari ispanlarga qarshi birlikda kurash olib borish to’g’risida kelishdilar. Axdnoma janubda katolitsizmni saqlashni ko’zda tutgan, ammo shu bilan birga kalvinizmning erkinligini va shimolda cherkov mulklarining davlat ixtiyoriga olinganligi faktini (sekulyarizatsiyani) tan olgan edi. Bu axdnoma aslida sulh tuzish haqida gap shunchaki shartnoma emas, balki butun mamlakatni ispanlar zulmidan ozod qilish uchun Niderlandiyaning shimoliy va janubiy viloyatlarning uniyasi yoki ittifoqi haqidagi shartnoma edi. Shimoliy va janubiy viloyatlar o’z kuchlarini birlashtirdilar, bu hol bir qancha vaqt davom etdi. Ispaniya butun Niderlandiya ustidan nazoratlik yurgizolmay qoldi. Filipp II ning ukasi, Lepanto yonidagi jangda turklar ustidan galaba qozonib dong chiqargan Don-Xuan Avstriyskiyni 1576-yil oxirida Niderlandiyaning yangi hokimi qilib tayinladi, ammo u Niderlandiyada o’zini xuddi dushman mamlakatdagidek his qilar edi Bosh shtatlar Don-Xuan «Gent yarashi» dagi moddalarni qabul qilgan takdirdagina, uni Niderlandiyaning hokimi deb tanishga rozi bo’ldi. Don-Xuan «Gent-yarashi»ni yolg’ondan maqullab, go’yo buning 126 dalili uchun (1577 yil 12 fevralda) «abadiy edikt» deb atalgan xujjatga ko’l qo’ydi. Don-Xuan Bryusselga kirdi, ispan qo’shinlarini Niderlandiyadan olib ketish to’g’risida buyruq berdi, ammo oradan bir oz vaqt q’tgandan keyin shtatlar bilan aloqasini uzdi va Bryusselni tashlab chiqib ketdi. Niderlandiyaga qarshi yana urush boshlash niyati borligini deyarli yashirmadi. Namyur qal’asini qo’lga olgandan keyin Don-Xuan Bosh shtatlarga qarshi hujum boshlash uchun yangi qo’shin tayyorlay boshladi. 1578 yil yanvarida Bosh shtatlarning qo’shinlariga zarba berishga muvaffaq bo’ldi. Ammo shu yilning oktyabrida Don- Xuan o’zidan avvalgi hokim Rekenzensga o’xshab to’satdan vafot etdi. Niderlandiyaliklarning ispan absolyutizmiga qarshi kurashi endi katta muvaffaqiyat bilan avj olib ketishi mumkinday bo’lib ko’rinardi. 1577—1578 yillarda janubda sinfiy kurashning keskinlashuvi. Biroq janubiy viloyatlarning shimoliy viloyatlar bilan olib borgan munosabatida ko’pgina ziddiyatlar bor edi. Artua va Gennegau degan janubi-g’arbiy viloyatlarda katolizmga ixlos qo’ygan va ispan qiroli hokimiyatini qayta tiklash tarafdori bo’lgan kuchli feodal dvoryanlar bor edi. Bu dvoryanlar Bryussel Bosh shtatlarining shimoldagi «isyonchilar» bilan bitishuvidan avval boshdanoq norozi edilar. Bir qancha shaharlarda yuqori tabaqa patritsiylarni (savdogarlarni) hokimiyatdan siqib chiqargan demokratik elementlar Flandriya, Brabant va Artuaning o’zida kuchaygandan keyin dvoryanlarning revolyutsiyaga dushmanligi yana ham kuchaydi. 1577 yil kuzda Bryusselda tashkil topgan demokratik «18 lar komiteti» Gent, Ipr, Bryugge, Arras va boshqa shaharlarda xuddi shunga o’xshash komitetlarning maydonga kelishi uchun o’rnak bo’ldi. Rasmiy jixatdan bu komitetlar ispanlarning xujum qilish extimoliga qarshi shahar istexkomlari ko’rish ishlari ustidan nazorat qilish uchun deb ta’sis etilgan edi. Amalda esa komitetlar shahar boshqarmalarnning ishlariga aralashardilar, kambag’allarning manfaatlarini ko’zda tutib, soliq siyosatini o’zgartirishga majbur edilar, kontrrevolyutsiya homiylarini tutib qamardilar va xokazo. Komitetlar xoin Don-Xuanga qarshi qat’iy kurash olib borishni talab qildilar, xalqni yoppasiga qurollantirishni taklif etdilar, hamda ispanlar bilan har qanday kelishuvga qarshi qat’iy norozilik bildirdilar. 127 Gent shahrining komiteti ayniqsa g’ayrat bilan harakat qildi. Bu yerda 1577 yil oktyabrda shahar plebey elementlarining maxalliy dvoryan kontrrevolyutsionerlarga qarshi qo’zg’oloni ro’y berdi. Demokratiyaning faol xarakatlariga javoban Gennegau. lRtua, shuningdek Flandriya va Brabant dvoryanlari 1577 yil Genrix IV Burbon qirol bo’lib olgan edi) diplomatik yordam»Ga tayanib, Bosh shtatlar 1609 yilda Ispaniya bilan 12 yil muddatga yarash shartnomasi tuzdi. Bu shartnomaga muvofik Ispaniya Shimoliy Niderlandiyaning mustaqilligini amalda tan olib, faqat Janubiy Niderlandiyani (yoki ispan Niderlandiyasini)gina o’zida qoldirdi. Shu bilan birga Gollandiyaning qattiq qistashiga ko’ra Shelda daryosining dengizga qo’shiladigan joyi tashqi savdo kemalari uchun yopib qo’yildi, bu bilan Amsterdamning eski raqibi bo’lgan Antverpen shahriga so’nggi zarba berildi. 1621 yilda Ispaniya Gollandiya bilan urushni yana boshlab yubordi. Ammo bu urush XVII asr boshlarida yuz bergan axvolni o’zgartirmadi. 1648 yilgi Vestfal kongressida Ispaniya shimoliy Birlashgan viloyatlarning mustaqilligini batamom e’tirof qildi. Niderlandiya revolyutsiyasining tarixiy axamiyati va xarakteri. XVI asrdagi Niderlandiya revolyutsiyasi katta tarixiy axamiyatga ega bo’ldi. Bu revolyutsiya milliy-ozodlik kurashi bayrog’i ostida nisbatan kichik bir territoriyada avj olgan bo’lsa-da, lekin u Yevropa miqyosida birinchi marta g’alaba qilgan burjua revolyutsiyasi edi. Revolyutsiya natijasida yangi burjua davlati — Birlashgan viloyatlar respublikasi yoki Gollandiya respublikasi tashkil topdi, ammo bu respublika monarxiyaning ba’zi bir atributlaridan xoli emas edi, biz buni xali quyida ko’ramiz. Revolyutsiya anjumanida unda keng axoli ommasi—dehqonlar va ayniqsa shaharlarning plebey elementlari faol qatnashdilar. Biroq absolyutizm va feodalizm bilan ko’rashda rahbarlik roli xamma vaqt burjuaziya qo’lida bo’lib keldi, burjuaziya esa bu kurashda burjualashgan dvoryan vakillari bilan 'birgalikda harakat qildi. Xalq ommasining — o’zlarining tor sinfiy manfaatlariga putur yetkazishi mumkin bo’lgan mayda shaharliklar va dexqonlarning faollashib ketishidan qo’rqqan burjuaziya va dvoryanlar shu xalq ommasining 128 revolyutsion g’ayratidan yetarlicha foydalanmadilar. Shu sababdan burjua revolyutsiyasining natijalari juda ham cheklangan bo’lib chiqdi. Niderlandiya revolyutsiyasi hokimiyatni burjuaziya qo’liga topshirib, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida uning to’la xukmronlik qilishini ta’min etdi. Niderlandiya revolyusiyasi Niderlandiya burjua jamiyatining taraqqiyotini bo’gib turgan feudal absolyut kishanlaridan uni ozod qildi, katolik reaksiyasiga zarba berdi, cherkov mulklarini sekulyarizatsiya qildi va mamlakatda diniy erkinlik o’rnatdi. Revolyutsiya natijasida Niderlandiya milliy mustaqillik oldi. Biroq Shimolning bir o’zigina ozod qilindi. janub esa Ispaniya hukmronligi ostida qoldi. Niderlandiyaning siyosiy tuzumi hatto burjua ma’nodagi demokratlashgan mamlakat xam bo’lmay qoldi.Gollandiyaning bosh va provinsiya shtatlari xam, va boshqa birlashgan provinsiyalar shtatlari xam bir hovuch boylarning manfaatlarini — savdol manufaktura burjuaziyasi, moliya sudxo’r burju aziyaning va u bilan bog’langan yuqori tabaqa dvoryanlarning manfaatlarini aks ettirar edi. Yangi burjua- dvoryanlar davlatida mehnatkash xalq ommasi idora organlariga kirib ishlay olmaganidek, vakillik muassasalariga xam ularning kirishi uchun yo’l batamom berk edi. Niderlandiya revolyutsiyasi pomeshchiklarning senorlik huquqlarini bekor qilmadi. Burjua-demokratik revolyutsiyasining asosiy vazifasini bajarmadi, ya’ni feodalizmni oxirigacha tozalamadi. Nazorat savollari: 1. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Niderlandiyaning iqtisodiy taraqqiyoti nimalarga asoslangan edi? 2. Niderlandiyada siyosiy tuzumi qanday edi?. 3. Niderlandiya revolyutsiyasining boshlanishiga qanday omillar xizmat qildi? 4. Niderlandiya revolyutsiyasining tarixiy ahamiyati nimadan iborat? 129 13-MAVZU: XVI-XVII ASR BOSHLARIDA ANGLIYA. REJA: 1. XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishi omillari 2. Tashqi savdoning rivojlanishi 3. G’ov tutishlarga qarshi Tyudorlar qonuni 4. XVI asrning ikkinchi yarmida Angliyaning umumiy ichki va tashsi siyosati 5. Yelizaveta I podsholik qilishining tugashi. Styuartlar sulolasi hukmronligining boshlanishi. 6. XVI asrda ingliz madaniyati. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling