Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch tushunchalar: ritsarlar va jentriylar, Movut sanoati,
Norich, Boston, Preston,Vigan, Nyu Beri, Ekzeter, Brabant, Buxoro, Eron, Kavkazorti, Richard Chenslerning, Genrix VIII, «g`ov tutish» , «Yetti sirning himoyanomasi». XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishi. XVI asrda Angliya territoriya jixatidan kichik bir mamlakat edi. Shotlandiya hali Britaniya qirolligi tarkibiga qo’shilmagan edi. Angliya va Irlandiyaning XVII asrning so’nggi o’n yillariga qadar uncha ko’p emas edi. Irlandiyadagi jamoa yo’lboshchilarining ko’pchiligi ingliz qirolining xokimiyatini nomigagina tan olardi, xolos. Angliya axolisining soni Fransiya, Germaniya yoki Ispaniya axolisining sonidan bir necha marta kam edi. Fransiyaning 15 million, Germaniyaning 20 million, Ispaniyaning esa 10 million aholisi bo’lgani xolda, Aigliyaning axolisi salkam 3 million edi. XVII asrning boshlarida Angliya axolisi 1603 yilda Angliya bilan birlashgan Shotlandiyani hisobga olmaganda, 4 million kishiga yetdi. XVI asrda Angliyani shaharlar mamlakati deb bo’lmas edi, undagi aholining ko’pchiligi qishloqlarda yashardi, hatto XVI asrning oxirida shaharlarda aholining ko’pi bilan beshdan bir qismigina yashardi (XVI asrning boshida esa shahar aholisi mamlakat butun aholisining faqat 10 protsentini tashkil qilardi. Bu jixatdan Angliya Niderlandiyaning tamomila aksi edi, chunki Niderlandiya asosan shaharlar mamlakati bo’lib, Unda qishloq aholisi ozchilikni tashkil qilardi. 130 Ammo Yevropaning bir chekkasidagi orolda joylashgan bu mamlakatda XVI asrda xo’jalikning kapitalistik formalari g’oyat jadal rivojlanib bormoqda edi. XVI asr Angliyasida kapitalizm ayni bir vaqtda xalq xo’jaligining xamma tarmoqlarida — sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, dengiz kemachiligida ham katta muvaffaqiyatlar qozonmoqda edi. XVI asr Angliya uchun kapitalistik manufakturaning gullab- yashnagan, agrar o’zgarish boshlangan, ingliz savdogarlari okeanlarni keza boshlagan, dastlabki ingliz mustamlakalariga asos solingan davr edi. Angliya xalq xo’jaligining yuksalishiga va uning kapitalistik asosda qayta qurilishiga umuman olganda ikkita tarixiy faktor yordam bergan edi: 1) Buyuk geografik kashfiyotlar bu kashfiyotlar natijasida Angliya Eski Dunyo bilan Yangi Dunyo o’rtasidagi yangi jahon yo’llarining markazi bo’lib qolgan xamda o’zining dengiz mamlakati sifatidagi afzalliklaridan foydalanish imkoniga faqat endi ega bo’la boshlagan edi va 2) keyivgi o’rta asr oldidagi davrda Angliyada feodalizmnivg juda buzulib ketganligi — krepostnoy huquqining ilk bor tugatilganligi, movut sanoatining rivojlana boshlashi, mamlakatning siyosiy jixatdan juda tez markazlashishi va quyi feodal tabaqalari (ritsarlar va jentriylar)ning tashkil topayotgan burjuaziya bilan XIII asrdayoq yaqinlasha boshlaganligidir. Kapitalistik manufakturaning rivojlanishi. Movut sanoati XVI asrga kelib Angliyaning «milliy sanoatiga» aylandi. Axolining yarmidan ko’prog’i shu sanoatda band edi desa bo’ladi. Movut to’kish bilan shaharlardagina emas, qishloqlarda ham ko’p shug’ulanardilar. Angliya qirolligining hamma burchaklarida har xil, jumladan, a’lo sifatli mayin movut ishlab chiqaradigan mahalliy sanoat markazlari paydo bo’ldi. Chunonchi, Sharqiy Angliyada Norich shahri, yorkshirda Boston shahri, g’arbda Preston va Lankashnrdagi Vigan, Urta Angliyada NyuBeri, g’arbi-janubda Ekzeter shahri va boshqalar shunday markazlar edi. Bu shaharlarda XI—XII asrlardayoq vujudga kelgan qadimgi hunarmandchilik, garchi sanoat bilan sex sanoati muvaffaqiyatli raqobat qilayotgan bo’lsa-da, sex hunarmandchiligi shaklida rivojlanishda davom etaverdi. Movut maxsulotining faqat bir qismigina, unda ham ozgina qismi, shahar hunarmandchilik sexlari tomonidan ishlab 131 chiqarilardi. Movut sanoatining ko’proq tarqalgan tashkiliy formasi esa manufaktura edi. XVI asrdagi manbalarda markazlashgan yirik manufaktura korxonalarining xarakteri juda ravshan tasvir qilib berilgan, u vaqtda bir korxonada kapitalist uchun necha yuzlab ishchi ishlagan. XVI asrning 90-yillarida yozilgan bir balladada bunday deyilgan: «Keng va uzun bir xonada 200 ta to’quv dastgoxi turibdi. dastgoxlarda qator bo’lib 200 kishi ishlamoqda... boshqa bir xonada 100 ayol jun titmoqdaq… ikkinchi xonada boshqa 100 qiz jun qirquvchi movut qirqmokda, ularning mokda...». Qishloqlarda tuqilgan movut odatda jadal oxarlanmagan va bo’yalmagan bo’lardi. Keyin ularning bir qismi Angliya shaharlariga olib kelinib ishlov berilar, bir qismi esa yarim fabrika holida Niderlandiyaga jo’natilib, Flandriya va Brabantda tayyor holga keltirilar edi. Chet ellarga chiqarilgan oliy nav va dag’al movut XVI asrning 60-yillarida butun ingliz eksportining 80 protsentdan ko’prog’ini tashkil qilardi. XVI asrdagi Angliyada sanoatning boshqa tarmoqlarida konchilik — temir, qalayi, qo’rgoshin, mis qazib chiqarish xiyla rivojlangan edi. Ruda quyish ishlari xamisha oshib borganligi tufayli, o’rmonlar kesila berib yo’q bo’lib ketayotganligidan zamondoshlar noliy boshlagan edilar. O’sib borayotgan kemasozlik sanoati xam juda ko’p yog’och iste’mol qilardi. Nihoyat, XVI asrdagi Angliyada ishlab chiqarishning o’rta asrlarda bo’lmagan, asosan, manufaktura tipidagi yangi turlar: shisha sanoati, sovun pishirish, porox yasash, qog’oz ishlab chiqarish, bosmaxona ishi va boshqalar tez rivojlanib bormoqda edi. XVI asrda Angliyada ko’plab toshko’mir qazib chiqarila boshladi, Biroq bu ko’mirdan uy-joy binolarini isitish uchungina foydalanilardi mineral yoqilg’i yordamida ruda eritishni hali bilishmasdi. Tashqi savdoning rivojlanishi. Angliya o’z sanoatining taraqqiyoti natijasida juda ko’p tovarga ega bo’lib, XVI asr davomida tashqi savdo- sotiq ishlarini keng ko’lamda rivojlantirb yubordi. Yevropaning turli bozorlarini, shuningdek, mustamlakalarni ham movut bilan ta’minlashni ingliz savdogarlari o’z qo’llariga oldilar (xolbuki bu vaqtgacha qit’a bilan bo’ladigan savdo-sotiq ishlarida nemis savdogarlari va Venetsiya savdogarlari vositachilik qilar edilar). 132 «Dengizning narigi yog’ida» inglizlar olib borgan savdo-sotiq ishlarining kengayishini va asosan qaysi tomonlarda rivojlanganligini XVI asr davomida birin-ketin paydo bo’lgan ingliz savdo kompaniyalarining tarixi yaqqol ko’rsatib turibdi, avantyurist savdogarlarning XV asrning 70-yillaridayoq vujudga kelgan eski kompaniyasiga kapitalistik aksiyachi kompaniyalar tipida tashkil etilgan yangi kompaniyalar qo’shildi. Bular orasida Moskva kompaniyasi katta rol o’ynadi bu kompaniya 1553 yilda Richard Chenslerning Moskva davlatiga qilgan sayoxati natijasida tashkil etilgan edi. Bu kompaniyaga kirgan ingliz savdogarlari Rossiya bilangina emas, balki O’rta Osiyo Mamlakatlari — Buxoro, Eron xamda Kavkazorti Mamlakatlari — Armaniston, Ozarbayjon va boshqalar bilan xam savdo-sotiq ishlari olib borardi. XVI asrning 70 va 80-yillarida Baltika dengizida savdo sotiq ishlarini olib borish uchun Shotlandiya (yoki Ostzey) kompaniyasi, O’rta dengizda savdo-sotiq olib borish uchun Turk (yokp Levant) kompaniyasi tashkil topdi. Taxminan shu vaqtlarda Gvineya kompaniyasi tuzilib, keyinchalik uning savdo maqsadi bilan qilgan sayohatlari natijasida mashxur Ost-Indiya kompaniyasi vujudga keldi, bu kompaniya 1599—1601 yillarda tashkil topdi. Markaziy (Vest- Indiya) va Shimoliy Amerika bilan savdo-sotiq ishlari olib borish uchun bir necha savdo kompaniyasi bor edi. Dastlabki ingliz koloniyalari XVI asr oxirlarida barpo qilingandir. Shimoliy Amerikada Virginiya koloniyasi barpo qilindi. Vest-Indiyadagi Baobados orolini va Ost- Indiyadagi Surat shahrini Apgliya XVII asrning boshlarida bosib olgan edi. Agrar o’zgarishlarning boshlanishi. Yov tutishlar. XVI asrga kelib Angliyada krepostnoy huquq batamom yo’qoldi. Bir zamonlar krepostnoy bo’lgan dehqonlar «odatdagi huquq bo’yicha» yoki o’sha payt Angliyadagi ibora bilan aytganda, «manor odati bo’yicha» voris bo’lib yerga egalik qiluvchi dehqonlarga aylandilar. Dehqonlar oddiy yer egalari yoki kopigolder deb atalardilar, chunki ular ularga berilgan yer uchun kopiyani o’z qo’llarida saqlardilar. Kopigolderlar bir vaqtlar bitimda ko’rsatilgan va qat’iy bo’lib qolgan odatga muvofik lordlarga muayyan miqdorda yer rentasi to’lashlari lozim edi. qishloqda tovar-pul 133 munosabatlari o’sib borayotgan bir sharoitda bunday «aniq» va muayyan miqdorda renta to’lash hiyla badavlat dexqonlar uchun juda foydali edi. Ko’pgina tarixchilarning XV asrni Angliya tarixida ingliz dehqonlari uchun eng omadli davr, ularning o’ziga xos bir «oltin davr» deb ataganliklari bejiz emasdir. Ammo XV asr oxirlaridan boshlab ingliz dehqonlari uchun katta xavf, o’zlariga tegishli haydaladigan yerlardan, shuningdek jamoat yaylovlaridan ajrash xavfi tug’ila boshladi. Niderlandiyaga chiqariladigan yoki Angliyaning o’zida sanoat ishlab chiqarishiga ketadigan yung narxlarining oshib borishi katta yer egalarini shx'mayda bo’laklarga bo’linib ketgan yerlarni o’z qo’llariga kiritib olishlariga va bu yerlarni ilgarigidek feodal mulki tipida emas, balki burjua tipidagi O’z mulklariga aylantirishlariga undadi. Shu maqsadda lordlar dastavval Angliya sharoitida jamoalarga qarashli ko’pgina yerlarni, ya’ni har xil o’rmonlar orasidagi yalangliklar, laxkash yerlar va xokazolarii o’z qo’llariga kiritib oldilar, U yerlar shu paytgacha lordlar bilan dehqonlarning qaramog’ida edi. Yer egalari o’zlari bosib olgan bu yerlarni qoziqlar qokib, handaklar kovlab, daraxtlar o’tkazib va boshqa xar xil g’ovlar tutib to’sib olardilar. Shuning uchun lordlarning ingliz dexqonlarini yerdan maxrum etish protsessi «g’ov tutish» deb ataldi. G’ov tutish aslida sotsial-iqtisodiy voqea edi. g’ov tutish — mexnatkash dexqonlar ommasining yirik yer egalari — lordlar tomonidan ekspropriatsiya qilinishi, dexqonlarni ularnnng asosiy ishlab chiqarish quroli — yerdan maxrum qilishi edi. Dexqonlarning jamoa yaylovlaridan maxrum qilinishi ularning xo’jaligiga qattiq zarba bergan hamda dexqonlarning dexqonchiligi va chorvachiligi uchun zarur shart bo’lgan jamoa yaylovlarini o’z ichiga oluvchi butun qishloq jamoa tuzumini yemirgan edi. Ammo lordlar jamoalarga qarashli yerlarni bosib olish bilangina kifoyalanmadilar. Ular dexqonlarning ekin yerlarini xam tortib ola boshladilar. Yer egalari birinchi navbatda qisqa muddat bilan ijaraga berilgan yer uchastkalarini, ya’ni pomeshchiklarning xo’jayinlar domenidan eng mayda dehqonlarga — lizgolderlarga ijaraga berilgan yerlarni tortib oldilar. Nihoyat lordlar dehqonlarni ularga meros qolgan chek yerlardan ham haydab chiqara boshladilar. Lordlar tortib olgan 134 dalalarni odatda qo’y boqish uchun yaylovlarga aylantirardilar va katta- katta narx qo’yib , yirik ijarador-fermerlarga ijaraga berardilar. Ba’zan esa xo’jalik ishlarida omilkor lordlarning o’zlari yilqichi-soxibkorlarga aylanardilar, ular o’z yerlarida bir necha o’n minglab qo’ylarni boqardilar. G’ov tutishlar natijasida butun-butun qishloqlar tamomila yo’q bo’lib ketardi. Bir necha o’n minglab dehqon oilalari tirikchilik vositalaridan maxrum bo’lib, o’z joylarini tashlab, daydi va gadoy bo’lib ketishga majbur bo’lar edilar. 1489-yildayoq chiqqan parlament statutlaridan birida bunday deyilgan edi: «Bizning qirolligimizda dehqonlarning uylari va butun- butun qishloqlarning bo’m-bo’sh bo’lib qolishni, vayron qilinishi va butunlay buzib yuborilishi tufayli nihoyatda zo’r kulfat kundan-kunga ortib bormoqda. Azaldan dehqonchilik uchun foydalanib kelingan ekinzorlar endi yaylovlarga aylantirilmoqda. Bir vaqtlar 200 lab kishi g’alla ekib, dehqonchilik qilib yurgan yerlarda endi 2—3 ta podachi qolgan. Tomas Mor o’zining 1516 yilda bosilib chiqqan «Utopiya» degan asarida istehzo bilan: «Sizning odatda juda yuvvosh bo’lgan qo’ylaringiz... xozir shu qadar yeb to’ymas va sarkash bo’lib ketishibtiki hatto odamlarni ham yeb qo’ymokdalar», degan edi. G’ov tutishlarga qarshi Tyudorlar qonuni. Tyudorlar hukumati (1485—1603) G’ov tutishlar oqibatidan qo’rqib qoldi. Ommaviy faqirlik (pauperizm), qashshoqlik, daydilik mulkdor sinflarning xotirjamligini xavf ostida qoldirdi. Mamakatda xususiy mulkka qarshi jinoyatlar ko’paydi. Dehqonlarning lendlordlarga qarshi g’azab va nafrati oshmoqda edi. G’ov tutuvchilarga qarshi turli grafiklarda tez-tez mahalliy qo’zg’olonlar bo’la boshladi. Hukumat G’ov tutishlarning yoyilib ketishi davlat xazinasiga va harbiy ishlarga ham katta zarar keltirishidan xavotir bo’lib qoldi. Xonavayron bo’lgan dehqonlar soliq to’lay olmas edilar. Dexqonlar sonining kamayishi mamlakatning lashkar to’plash ishiga ham putur yetkazardi. Hukumat yuz ellik yildan ortiqroq davr ichida (XV asr oxiridan deyarli XVII asr o’rtalarigacha) G’ov tutishlarga qarshi juda ko’p statut va ordonanslar chiqardi. 1516 yilda Genrix VIII chiqargan farmonda konversiya, ya’ni ekinzorlarni 135 yaylovga aylantirish man qilingan edi. Genrix VIII ning 1533 yilgi qonuni esa, bir mulkdorning asraydigan qo’yi 2 ming boshdan ortmasin deb chegaralab qo’ygan edi. 1597 yilda qirolicha Yelizaveta hukumati dexqonlarning buzib yuborilgan usadbalarini tiklash va barcha G’ov tutishlarni to’xtatish haqidagi talablarni takrorlagan edi. Hukumat G’ov tutishlarni tekshirish uchun bir necha marta: 1517, 1548 va 1607 yillarda reviziya tayinlagan edi. Statutlarni buzgan aybdorlarga jarimalar solindi. Lekin chiqarilgan shu qonunlarning hammasi natijasiz qoldi. Tyudorlarning dvoryanlar monarxiyasi dehqonlarni yerdan maxrum etishlarga qarshi izchillik bilan kurasha olmas edi. G’ov tutishlarga qarshi chiqarilgan statutlarni amalga oshirishda ham yetarli darajada g’ayrat bilan ish ko’rilmas edi. Statutlarni amalga oshirishlari lozim bo’lgan sheriflar shu ishlar bilan shug’ullanuvchi sudyalar va boshqa hamma mansabdorlar deyarli o’zlari yer egalari bo’lib, G’ov tutishlarni tekshirish ishlariga har qanday yo’llar bilan tosqinlik qilardilar. Yirik lordlar o’z pomestyelarida G’ov tutish uchun saroydan maxsus ijozat olar va ayrim grafliklardagi G’ov tutishlarni tekshirish topshirilgan maydaroq amaldorlarni nazarlariga ham ilmas edilar..ning holatida quruqchilikdagi kuchlarning Angliyaga hujum qilishi juda qiyin vazifa hisoblanardi. Ammo XVI asrdagi ingliz qirollari katta muntazam armiya tuzmasalar ham, parlament bilan birgalikda harbiy flotni muttasil mustahkamlab bordilar. Buning oqibatida harbiy flot dushmanning dengizdan xujum qilishidan mamlakatping xavfsizligini to’la ta’minlabgina qolmay, ingliz mustamlaka va savdo ekspansiyasi uchun qudratli vosita ham bo’lib xizmat qilardi. Ingliz reformatsiyasi. Ingliz hukumati reformatsiyaga avvaliga salbiy qaragan edi. Yoshligida yaxshigina maxsus dinny ta’lim ko’rgan Genrix VIII Lyuterga qarshi munozarada ham shaxsan ishtirok qilgan edi. U 1521 yil noyabrida yozgan«Yetti sirning himoyanomasi» degan pamfletni Rimga papa nomiga yuborgan edi. Genrix VIII Yekaterina Aragonskayaga uylangach, Karl V bilan dinastik bog’lanish tufayli, avval boshda Fransiyaga qarshi uyushtirilgan koalitsiyada ham qatnashgan edi. Biroq ingliz dvoryanlari cherkovga qarashli yerlarni bosib olishdan juda manfaatdor bo’lganligi, ingliz burjuaziyasining reformatsiyaga 136 xayrixohlik bilan qaraganligi va «oddiy», «arzon» cherkov bo’lishini jon deb istaganligi, 20-yillar oxiridan Angliyaning tashqi siyosatida o’zgarish paydo bo’la boshlaganligi (Gabsburglar juda kuchayib ketganligi tufayli Fransiya bilan yaqinlashganligi) «taqvodor qirol»ni cherkov masalasida tutgan o’z siyosatini o’zgartirishga majbur etdi. Genrix VIII ning xotinini qo’yishi bu o’zgarishga rasmiy bahona bo’ldi. Genrnx VIII Yekaterina Aragonskayani (yoshi o’zidan katta bo’lganligi va o’gil tug’maganligi uchun) qo’yib yubormoqchi bo’lib, Rimga murojaat qildi, chunki katolik qonunlariga muvofiq ajralishni papa rasmiylashtirishi kerak edi. Yekaterina Karl V ga xola bo’lganligi uchun, asosan shu vaj bilan papa bu ajralishga ruxsat berishdan bosh tortdi. Chunki Karl V 1527 yildan. keyin Rimga xo’jayin bo’lib qolgan, papa esa tamomila uning ixtiyorida edi. Nihoyat qirolning xotinidan ajralishi Rim papasining ruxsatisiz Angliyada rasmiylashtirildi (1533 yil). Shundan keyin Genrix VIII avval qirolichaning freylinasi bo’lgan Anna Boleynga uylandi. siyosatidan g’azabga kelgan Genrix VIII 30-yil o’rtalarida Rim bilan aloqasini butunlay uzdi. 1534 yilda tuzilgan «Supremchiya to’g’risidagi akt» bu jihatdan muxim qadam edi, bu aktga binoan qirol ingliz cherkovining bosh raxbari, deb e’lon qilindi. Ammo shunisi xarakterliki, aktda hamma eski katolik aqida va rasm-odatlar daxlsizdir, deyilgan edi. Cherkovni idora qilishgina o’zgartirilgan, shunda ham uning yuqori instansiyasidagi idorasigina uzgartirilgan edi. Papa o’rniga qirol o’tib, yepiskopat avvalgi holicha qolaverdi. Genrix VIII Rimni ham, Vittenbergni ham istamasligini bir necha marta aytdi. Shunday qilib, ingliz cherkovi (yoki latincha aytganda — anglikan cherkovi) katolitsizm bilan protestantlik o’rtasidagi bir vaziyatni egallagan edi. Genrix VIII reformatsiya masalalarida konservativlik ko’rsatgan bo’lsada, iqtisodiy sohada muhim bir tadbirni ko’rdi. 1536 va 1539 yillarda u monastirlarni (avvalo maydalarini, so’ngra kattalarini ham) bekitdi va monastirlarning mulki, binolari, har qanday ziynat buyumlari, oltin va kumush boyliklarini, eng muxim monastirlarga qarashli juda katta yerlarni musodara qildi. Cherkov yerlarining musodara qilinishi g’oyat katta sotsial oqibatlarni keltirib chiqardi. Musodara qilingan 137 yerlar qirol xazinasi ixtiyorida uzoq saqlanib qolmadi. Bu yerlar sotildi va bir qismi qirol arzandalariga hadya qilib berildi. O’rta darajadagi harbiy va puldor dvoryanlardan va qisman burjualardan iborat yangi mulkdorlar sekulyarlashtirilgan mulklardan juda boyib ketdi. Genrix VIII zamonida o’tkazilgan reformatsiya natijasida yangi dvoryanlar sinfi tashkil topdi va keyinchalik bu sinf XVII asr o’rtalarida bo’lgan ingliz revolyutsiyasida burjuaziyaning ittifoqchisi bo’ldi. Monastirlarning yerlarini egallab olgan yangi mulkdorlarning bu yerlarda yashab kelgan dexqonlar bilan xech qanday traditsion aloqasi yo’q edi. Faqat boyish payidan bo’lgan ochkuz yangi xo’jayinlar dexqonlarnn sira ayamay, chek yerlaridan xaydab yuborar, yerlarga g’ov tutar, azaldan odat bo’lib qolgan renta urniga yangisini, undan ko’ra qiymatroq turadigan va uni to’lashga o’rtaxol dexqonlarning mutlaqo qurbi yetmaydigai bozor rentasini belgilardilar. «Reformatsiya tufayli va bu bilan birga cherkov imeniyelarnning nihoyat darajada talon-toroj qilinganligi tufayli XVI asrda xalq ommasini zo’rlik bilan ekspropriatsiya qilish yangidan juda dahshatli tus oldi» Anglikanizmda, jumladan, kalvinizm ta’siri (taqdir haqidagi dogmat, marosimlarning kamayishi va xokazo) aniq ko’rinardi. Ammo Eduard VI o’lgandan keyin uning o’rniga Genrix VIII ning Yekaterina Aragonskayadan tug’ilgan qizi Mariya Tyudor taxtga o’tirdi. Genrix VIII saroyiga nisbatan ispan katoliklari oppozitsiyasi muxitida tarbiyalangan Mariya Tyudor ko’proq g’arb bilan shimolning xiyla qoloq okruglaridagi ingliz dvoryanlarining ba’zi bir qismidan madad topgan katoliklar partiyasiga boshchilik qildi. Bundan tashqari, qirolicha ona tomon qarindoshi, ispan qiroli Filipp II ga erga tegdi. Yuqorida aytib o’tilganidek, Filipp II—XVI asrning ikkinchi yarmidagi katolik reaksiyasining eng fanatik arboblaridan biri edi. Mariya ispanlar madadiga tayanib, Angliyada katolizmni tikladi va protestantlarni qattiq ta’qib ostiga oldi. Bir zamonlar o’rta asr yeretiklarini gulxanga tashlab qanday kuydirgan bo’lsalar, Angliyada protestantlarni xam shunday tiriklayin kuydirardilar. Protestantlar Mariyani shafqatsizligi uchun «qonxo’r» deb atadilar.50-yillar boshida mamlakatda bir necha marta katta-katta fitnalar uyushtirildi, bundan maqsad Mariyani taxtdan ag’darib tashlash va chet el ispan ta’sirini 138 yo’qotish edi. Bu fitnalar bostirildi. Ingliz parlamentining uzi biror darajada jiddiy oppozitsiya uyushtirishga jur’at etolmay, katolik hukumatiga nisbatan o’zini tobe tutardi. Ammo Mariya Tyudor uzoq vaqt qirollik qilmadi. U 1558-yilda o’ldi. Ingliz zadoganlari orasidagi protestantlar ustun chiqib, Genrix VIII ning Anna Boleyndan bo’lgan qizi Yelizaveta I ni qiroleva qilib qo’ydilar, u XVI asrning butun ikkinchi yarmida podsholik qildi(1558—1603). Yelizaveta I mo’tadil anglikan formasidagi protestantizmni uzil- kesil tikladi. 1559-yilda parlament taxt egasining cherkov ishlariga boshchilik (suprematiya) qilish huquqnni yana tasdiqladi. Qirolichaga yepiskoplarni tayinlash huquqi berildi. Yepiskoplar esa isloh qilingan cherkovda ham qolib, o’z yepiskoplik yerlarini xamda lordlar palatasida majlis o’tkazish huquqini saqlab qoldilar. Anglikan cherkovining boshqa nomi — yepiskopal cherkov degan nomi shundan kelib chiqqandir. 1571-yilda anglikan din simvoli ishlab chiqildi, u 39 a’zo (bob)dan iborat bo’lib, unda ba’zi bir katolitsizm aqidalari bilan bir qatorda protestantizm, kalvinizm ta’siri xam sezilib turardi. Ibodat qilishda bir xillik (Sop1ogshIu) joriy etildi. Ibodat hukumat tomonidan tasdiqlangan alohida qo’llanmaga binoan ingliz tilida amalga oshirilishi kerak edi. Qirolichaning cherkovga boshchilik qilishni tan olishdan bosh tortgan katolik-rekuzantlarga qarshi qattiq qonunlar chiqarildi. Iyezuitlarning Angliyaga kirishi qat’iy man etildi. Katoliklar yana qo’shimcha katta- katta soliqlar to’lashga majbur edilar. Protestantizmdan katolitsizmga o’tish davlatga xiyonat qilish bilan bir katordagi jinoyat hisoblanardi. XVI asrning ikkinchi yarmida Angliyaning umumiy ichki va tashqi siyosati. Yelizaveta I Tyudorning uzoqq muddat (kirk besh yil) qirollik qilgan davri — Angliya iqtisodiy jihatdan ayniqsa taraqqiy etgan davr edi. Boshqa mamlakatlar bilan, jumladan, Hindiston va Amerika bilan savdo-sotiq ishlarini olib borish uchun juda ko’p savdo kompaniyalari tuzildi, dengizning narigi tomonida inglizlar kolonizatsiyasi boshlandi, ingliz savdo floti juda o’sib ketdi, movut manufakturasida muvaffaqiyatlarga erishildi, kapitalistik fermerlik tobora keng yoyila boshladi, ana shu hodisalarning hammasi «Yelizaveta asri» deb atalgan davrning eng yorqin xususiyatlaridir. 139 Yelizaveta protestantizmni tiklash bilan avvallari monastrlarga qarashli yerlarga egalik qiluvchi mulkdorlarning huquqlarini mustahkamlab berdi hamda yangi dvoryanlar va burjuaziyaning manfaatlarini ta’minladi. 1569-yilda graflardan Nortumberlendskiy va Vestmorlendskiy boshchiligida shimoldagi lordlar «eski» va «haqiqiy» katolik dinini himoya qilish bayrog’i ostida markaziy hokimiyatga qarshi isyon ko’targanlarida, bu isyon tezda bostirildi. Hukumat janubiy va janubi-sharqiy grafliklarning jentriylari va frigolderlaridan katta qo’shni to’plab, muayyan vaqt davomida butun Shimolni aslida okkopatsiya qilib turdi, bu o’lkani shafqatsiz ravishda taladi. Hukumatning terrori 1569-yilda o’zlariga xos bahonalarga ko’ra (Shimoldagi yerlarni qo’lga kiritib olgani, yer rentasini oshirgan va bu yerga ham g’ov tutish siyosatini olib kelgan «Londonlik» eski lordlarga nafrat yuzasidan) xarakatida ishtirok etgan shimoliy dehqonlarning bir qismiga ham yoyildi. Genrix VIII vaqtida parlament qirolichaga uning feudal katolik guruhlariga qarshi olib borgan kurashida har tomonlama yordam berdi. Katoliklar tomonidan ingliz toj-u taxtiga da’vogar qilib qo’yilgan Shotlandiya korslevasi Mariya Styuart (u ham onasi tomondan Tyudorlar dinastiyasiga mansub edi) Yelizaveta agentlarining yordami bilan Shotlandiyadan haydab yuborildi. Angliyaga ko’chgan Mariya Styuart o’z «egachisi» bo’lgan ingliz qirolevasi kuliga asir tushib qoldi. Mariya Styuart turli qal’alarda ko’p yillar qamalib yotib, bir necha marta muvaffaqiyatsiz ko’chishga urinib ko’rganidan so’ng 1587-yilda qatl qilindi. Mariya Styuart ishida ispan qiroli Filipp II ning agentlari katta rol o’ynadi. Mamlakat ichidagi feodal-kataloglar reaksiyasi ham, chetdagi ispanlarning aralashuvi ham Yelizaveta hukumatini bir xilda tashvishga solib qo’ydi. Ispaniya yanada muhimroq boshqa bir sababga ko’ra uzoq vaqtgacha Angliyaning milliy dushmani bo’lib qoldi. Inglizlarning dengiz savdosi rivojlanib va mustahkamlanib borgan sari, ingliz burjua doiralarining ko’pgina ispan-portugal mustamlakalariga kirib borishi uchun Ispaniya tobora katta to’siq bo’lib qolmoqda edi. 140 Irlandiyaning bosib olinishi va talanishi. XVI asrning ikkinchi yarmida Angliya qo’shni Irlandiyaga o’z tazyiqini keskin kuchaytirdi. Irlandiyaning Dublin shahri bilan sharqiy sohillari XII asrning ikkinchi yarmidayoq birinchi marta zabt qilingan edi. Shundan keyingi asrlarda orolning boshqa tumanlariga ham ingliz hukumatining ta’siri kengaydi. Ammo umuman olganda inglizlarning Irlandiyaga kirib borishi uzoq vaqtgacha yetarli darajada chuqur bo’lmagan edi. Qabilalarning mahalliy yo’lboshchilari ingliz qirollariga nomigagina bo’ysunardilar. Inglizlarning Irlandiyaga ko’chib borishi nisbatan uncha ko’p emasdi. Ko’chib borgan inglizlarning, shu jumladan, bu yerga ko’chib kelgan ingliz feodallarining irlandlashuvi xarakterlidir. Ko’chib kelgan inglizlarning ikkinchi-uchinchi kuniyoq irland urf-odatlari va tilini to’la o’zlashtirib olib, shu tarzda mahalliy aholi bilan ko’shilib ketardi. Chegaralari mustahkamlangan va ko’plab ingliz garnizonlari joylashgan torgina sharqiy polosada (Iel deb ataladigan joyda) ingliz feodallari va savdogarlari o’zlarini birmuncha mustahkam tutib, mahalliy irland aholisidan alohida ekanliklarini saqlab qoldilar va hatto buni ta’kidlab ko’rsatardilar. Ingliz sanoati va savdosining rivojlanishi, yangi yerlarda jun, g’alla va boshqa mahsulotlarga talabning oshishi munosabati bilan ingliz feodallari ehtiyojining keskinlashuvi natijasida Irlandiya ingliz hukmron sinflarini ko’proq qiziqtira boshladi. Irlandiyaning ajoyib yaylovlari unda qimmatli qazilmalarning mavjudligi, ko’plab dengiz buhtalari, orolning qulay strategik mavqeyi — bularning hammasi ingliz dvoryanlarini va ularni qo’llab-quvvatlovchi burjuaziya doiralarini Irlandiyaga nisbatan ekspansiya va agressiyani kuchaytirishga undar edi. Dastlabki Tyudorlar, Genrix VII va Genrix VIII davridayoq Irlandiyada ingliz hukumatining ta’siri kuchaya boshlagan edi. Xususan,Genrix VIII birinchi marta Irlandiya qiroli titulini qabul qildi (bu paytgacha ingliz qirollari Irlandiya senori tituli bilangina kifoyalanib kelardilar). Irlandiya zodagonlari ingliz qiroliga qasamyod qilishlari, undan titul olishlari hamda ular qabilalardan tortib olgan yerlarga egalik qilish huquqini olishlari kerak edi. Irlandiyada ingliz hukmronligini yanada mustahkamlashda reformatsiya katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu yerda reformatsiya ayniqsa zo’ravonlik usullari bilan xamda Irlandiya 141 cherkov-monastir yerlarini temmaviy tarzda sekulyarizatsiya qilish bilan o’tkazilgan edi. Irlandiyaning feodal-qabila tarqoqligidan foydalanib, bir qabila yo’lboshchisini ikkinchisiga qarshi gij-gijlash, orolning ayrim tumanlarida ig’vogarlik maqsadida g’alayonlar uyushtirish va ularni shafqatsizlik bilan bostirish yo’li bilan ingliz xukumati Mariya davridayok, so’ngra esa Yelizaveta davrida xam O’rta va Shimoliy Irlandiyadagi yerlarni sistematik tarzda musodara qila boshladi. Odatda, musodara qilingan yerlar ingliz dvoryanlariga va qisman Angliyadan ko’chib kelgan dehqonlar kolonistlarga berilardi. Yelizaveta xukmronlik qilgan davrning ayniqsa ikkinchi yarmida va oxirida yerlar juda ko’plab miqdorda shu tarzda musodara qilindi, Olsterda Shan O' Iyeyl(1559— 1567), Mensterda Desmond (1579—1583) xamda yana Olsterda graflardan Tiron bilan Tirkonel (1595—1603) raxbarligida ro’y bergan Irlandiya qo’zg’olonlari bostirilgani natijasida ana shunday ishlar qilindi. Yelizaveta xukmronlik qilgan davrda ingliz xukumati Irlandiyada jami 1300000 akr xajmdagi juda katta yer maydoni musodara qilindi. Irlandiyaning bo’ysundirilishi va talanishi Angliyaning shundan keyingi tarixi uchun g’oyat katta sotsial-iqtisodiy oqibatlarga ega bo’ldi. Irlandiya Angliyaning mustamlakasiga aylanib, u yerga ingliz movuti va boshqa sanoat maxsulotlari olib borilar xamda u yerdan Angliyaga galla, chorva mollari, jun va boshqa qishloq xo’jalik maxsulotlari keltirilar edi. Angliya lendlordizmi o’sha. paytda ingliz dvoryanlarn xar qanday usullar bilan (g’ov tutish, sekulyarizatsiya va shu singari qo’llar bilan) kengaytirgan va Angliyaning o’zida to’la aylantirgan yerlarga qo’shimcha tarzda Irlandiyani o’zining iqtisodiy bazasiga aylantirdi. XVI asr — XVII asrning boshlarida Angliya-Rossiya munosabatlari. XVI asrda Angliyada Rus davlati bilan anchagina jonli iqtisodiy munosabatlar o’rnatilgan edi. 1554 yilda Angliya-moskva kompaniyasining tuzilishi Angliya bilan Rossiya o’rtasida muntazam savdo aloqalari o’rnatilishiga olib keldi. Rossiyadan inglizlar juda ko’p miqdorda zigir poyasi, kanop tolasi, mol yog’i, mum, mis, muyna, yogoch va shu singarilarni olib ketar edilar. Qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligining ana shu maxsulotlari evaziga inglizlar Rossiyaga movut, 142 galantereya tovarlari, dori-darmon, qurol-yarok, oltingugurt, selitra, qo’rg’oshin olib kelardilar. Rossiyaning juda ko’plab arkonlari kompaniyalar vositachiligida ingliz flotini ta’minlash uchun yuborib turilardi. Ingliz savdogarlari Moskvadagina emas, balki Yaroslavl, Volgada, Velikiy Ustyug va boshqa bazi shaharlarda xam yashardilar. Ana shu shaharlarning ayrimlarida ular xom ashyoni qayta ishlash va bu maxsulotni (arkon, ' parusina va shu singarilar) Angliyaga jo’natish uchun sanoat korxonalarini tashkil qilishardi. Angliya negosiantlari Sharqiy O’rta Osiyo bozorlariga borish uchun Rossiya davlati orqali Volga bo’ylab va undan keyin Kaspiy dengizi bo’ylab uzoq sayoxat qilardilar. Biroq ingliz savdogarlari xamda ularni qo’llab-quvvatlovchi Angliya xukumati Rossiya davlatini o’ziga xos savdo koloniyasi xisoblashga moyil bo’lib, bu yerda ularga Rossiyaning butun eksporti va importi ustidan to’la monopoliya o’rnatishlari ta’minlanishini xohlardilar. Kompaniyalarning bunday siyosati Rossiya xukumatining keskin qarshiligiga duch keldi. Rossiya savdogarlari bu masala xususida Rossiya xukumatiga bir necha marta qattiq shikoyat bilan murojaat qilishgan edi. 70-yillarning boshlaridayoq Ivan Grozniy inglizlarning imtiyozlarini ancha qirqib qo’ydi. XVI asrning oxirlarida va XVII asrning boshlarida Boris Godunov davrida ular yanada ko’proq cheklab quyildi. Moskva davlatining markazlashgan xarakteri, rus savdogarlarining iqtisodiy jixatdan ancha o’sganligi va ularning aloxida posadskoye sosloviyega g’arbdagi uchinchi sosloviyening tashkil topishini eslatuvchi) sosloviyega uyushuvi Rossiyaning xalqaro savdo va siyosiy munosabatlarda yetarli darajada mustaqil milliy siyosat o’tkazishini ta’minladi. Burjua oppozitsiyasining boshlanishi. Yelizaveta I ning ichki va tashqi siyosat soxasida erishgan yutuqlari tufayli o’sib kelayotgan ingliz burjua sinfi nazarida uning obro’si g’oyat ko’tarildi. Parlament Yelizaveta xukumatidan subsidiyani sira ayamadi. Ammo Yelizaveta qirollik qilgan davrdayoq absolyutizm rejimidan burjuaziyaning norozi ekanligini ko’rsatadigan ba’zi alomatlar paydo bo’lib qoldi. Xususan, bu oppozitsiya parlament a’zolarining parlamentdagn tankidiy nutqlarida 143 aks etdi. 70-va 80-yillardayoq parlament hukumatdan feudal katolik reaksiyasiga qarshi qat’iyroq kurashsin va Yelizaveta o’ziga protestantlardan voris belgilasin, deb talab qildi. Parlament deputatlar uchun shaxs daxlsizligi va so’z erkinligi bo’lishini, shuningdek, parlament saylovlariga xukumat tamomila aralashmasligini talab qildi. 1601 yilda parlament har xil tovarlar ishlab chiqarishni ayrim shaxslar yoki kompaniyalarning monopoliya qilib olishi uchun qirolicha tomonidan joriy etilgan patent sotilishiga qat’iy qarshi chiqdi. G’azabga kelgan parlamentni tinchitish uchun Yelizavetaning o’zi aralashishi va bundan keyin bunday ishni qilmasligi to’g’risida va’da berishi lozim bo’lib qoldi. Parlament qirolichaning cherkov siyosatidan ham norozi edi. Anglikanizmni uning katolitsizmga yaqinligi uchun tanqid qilib chiqishlar Yelizaveta I ning deyarli hamma parlamentlarida 60-yillardan boshlaboq eshitila boshlagan edi. Burjuaziya va yangi dvoryanlarning bir qismi ingliz cherkovini kalvinizm ruida chuqurroq reformatsiya qilishga moyil edi. Ammo Yelizaveta yepiskoplar anglikan tuzumidan ajralgisi kelmasdi, chunki bu tuzum sharoitida yepiskoplar absolyutizmning eng itoatli quroli bo’lib xizmat qilar edilar. Puritanlar harakati. Diniy-siyosiy tus olgan oppozitsion kayfiyatlar tobora kuchayib bordi. O’sib mustaxkamlangan burjua sinfining absolyutizm siyosatidan norozoligini aks ettiruvchi qulayroq forma puritanizm deb nom olgan yangi diniy-cherkov hokimi edi. Dastavval puritanlar deb anglikan cherkovining tarafdorlarini, ya’ni ularning bu cherkovni katolitsizm sarkitlaridan «tozalash» uchun ko’proq kurashib kelgan qismini atardilar (puritanlar so’zining o’zi lotincha «rigiz», ya’ni «toza» degan so’zdan kelib chiqqan). «Puritan» nomi Angliyada dastlab XVI asrning 60-yillarida paydo bo’ldi. 70-va 80-yillarda puritanlarning soni juda ko’payib «ketdi. Puritanlarga kalvinizm ideologiyasi tobora ko’proq Vaqt o’tishi bilan puritanlar hukmron anglikan cherkovidan tamomila ajralib chiqib, boshida saylanib qo’yilgan starshina (presviter)lari bo’lgan alohida cherkov jamoalarini tuza boshladilar. Puritan cherkov jamoalari cherkov ishlarida yangi mulkdor sinflarga to’la mustaqillik berdilar. Shunday qilib. ingliz burjuaziyasi va yangi ingliz dvoryanlari din sohasida o’zlarini ozod qilishga kirishdilar va shu 144 bilan keyinchalik umuman butun feodal-absolyut tuzumiga qarshi kurashga o’tish nazarda tutdilar. XVI asrning oxirlaridayoq ingliz puritanlari orasida aniq ko’rinib turgan ikki oqim paydo bo’ldi, uning biri — eng yirik burjuaziya va yirik dvoryanlar vakillarini o’z ichiga olgan ancha o’ng yo’l tutgan presviterian oqimi, va ikkinchisi — asosan mayda burjuaziya, jentri va dexqonlar orasida o’ziga tarafdorlar topgan, ancha so’l yo’l tutgan independent oqim edi. Yelizaveta xukumati puritanlarga g’oyat dushmanlik nazari bilan qarardi. Puritanlar xam katoliklar singari ta’qib qilinardi. Katoliklar singari ularni xam turmalarga qamar, mamlakatdan xaydab chiqarar Ba ularga turli jarimalar solar edilar. Ammo, puritanlarning soni ortib boraverdi, bu esa burjua sinflarining absolyutizm bilan aloqani uzishga tobora jiddiyroq tayyorlanayotganligidan dalolat berardi. Yelizaveta I podsholik qilishining tugashi. Styuartlar sulolasi xukmronligining boshlanishi. Yelizaveta I Tyudor qariyb 45 yil podsholik qilib, 1603 yil 24 martda vafot etdi. U Tyudorlar dinastiyasining oxirgi vakilasi edi. Bu dinastiya davrida inglizlarning kapitalistik taraqqiyoti juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Yelizaveta vafotidan sal ilgari Shotlandiya qiroli Yakov VI ni (u qatl etilgan Mariya Styuartning o’gli edi) o’z vorisi qilib tayinladi. Yakov uchun bu — kutilmagan voqea emasdi, Yelizavetaning ministrlari allaqachondan beriyoq Shotlandiya qiroli bilan maxfiy xat yozishib, uning ingliz taxtiga huquqini tasdiqlashar xamda «ikki millatni birlashtirish» — Angliya bilan Shotlandiyani umumiy bir qirollikka birlashtirishning konkret shartlarini ishlab chiqishgan edi. Ammo yangn dinastiyaga o’z podsholigini murakkab sharoitlarda boshlashga to’gri keldi. Angliyada burjuaziya revolyutsiyasi uchun shart-sharoit vujudga kela boshlagan edi. Mustaxkamlanib va sinfga aylanib olgan ingliz burjuaziyasi xamda uning ittifoqchisi bo’lmish yangi dvoryanlar xokimiyatni o’z qo’llariga olib, ular uchun ortiqcha va zararli bo’lgan monarxiya formasiga barxam berishga intilayotgan edilar. Tyudorlar davridayoq shakllana boshlagan parlament oppozitsiyasi Styuartlar davrida ayniqsa zo’r g’ayrat bilan xarakat qildi . 145 XVI asrda ingliz madaniyati. XVI asr Angliya tarixida kapitalizmning tug’ilish asri bo’lish bilan birga, ayni vaqtda ingliz millati shakllanishining davom etishi va ingliz madaniyatining g’oyat gullagan davri xam edi. XVI asrda ingliz adabiyoti bilan ingliz teatri g’oyat gullab yashnadi. Ilk ingliz gumanizmi adabiyotining eng yorqin namoyandasi mashxur Tomas Mordir (1478 —1535). Mor o’zining «Utopiya» nomli (1.516 yil) klassik asarida avvalo Angliyadagi dastlabki jamg’arilish davrining sotsial ziddiyatlarini analiz qilib berdi, bu bilan g’arbiy Yevropa utopik sotsializmi oqimiga asos soldi va bu oqim bundan keyingi asrlarda rivojlana borib. ilmiy sotsializm elementlarini tayyorlab berdi. Erazm Rotterdamskiyning «Betamizlik maddiyasi» degan asari kabi Morning «Utopiya»si dam gumanistik adabiyotning eng mashhur va eng ko’p tarqalgan yodgorliklaridandir. «Utopiya» dam asli lotin tilida yozilgan bo’lib keyinchalik Yevropaning damma tillariga tarjima qilingan va dunyo adabiyotining damma bahramand bo’lgan asarlaridandir. XVI asrning ikkinchi yarmida, Yelizaveta davrida qirolicha va saroydagi bir qancha katta dvoryanlar domiy homiylik qilgan ingliz teatri katta rivoj topdi. Shu bilan birga teatr Londondagi keng xalq ommasining sevikli tomoshasi edi. Xalqning teatrga munosabati dramaturg va aktyorlarni o’z badiiy obrazlarini muayyan xalq- demokratik ruhidagi uslubda yaratish uchun harakat qilishga majbur etdi. Vilyam Shekspir (1564—1616) jadonda shuhrat qozongan buyuk ingliz dramaturgi edi. Qisman tarixiy va qisman o’z zamonasing maishiy temalarida yozilgan o’nlarcha Drama, tragediya va komediyalarning avtori bo’lgan Shekspir o’z asarlarida feodalizmdan kapitalizmga o’tish davridagi Apgliyani xiyla to’la tasvir etib berdi. Shekspirning pyesalaridagi kaxramonlar — UyGonish davrining qahramonlik xarakteriga ega bo’lgan Foyat extirosli kishilardir. Shu bilan birga ular juda realistik ruhda talqin etilgan bo’lib, oddiy kishilar taqdiriga xayrixoxlik bildiriladi. Shoir oddiy kishilarning donoligini ko’pincha saroydagi oliftalarning yengiltakligiga va bema’niligiga qarama-qarshi qilib qo’yadi. Shekspirning eng yaxshi pyesalari: «Gamlet», «Otello», «Romeo va Julyetta», «qirol Lir» va boshqalar butun dunyodagi 146 teatrlarning repertuarida maxkam o’rin olgan.. Shekspirning adabiy merosida tarixiy xarakterdagi dramalar («Tarixiy xronikalar») alohida ahamiyatga ega. «Richard II», «Genrix IV», «Genrix V», «Genrix VI» va «Richard III» deb ataluvchi bu dramalarning syujeti asosan Oq atir gul va qizil atir gul urushlari tarixidan olingan. Shekspir bu dramalarda markaziy hokimiyatning feodal anarxiyasiga qarshi shiddatli ko’rashi damda chetdan bo’ladigan hujum xavfi sharoitida utgan Angliyaning siyosiy birlashuvi protsessini aks ettirgan. XVI asrning oxirgi o’n yilliklari va XVII asrning birinchi yarmida mashxur ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561 — 1626) o’z asarlarini yaratdi. U «Yangi organon» (1620 yil) degan ajoyib falsafiy asarning avtoridir. Bekon bu asarda fanlarni yangidan klassifikatsiya qilib, og’irlik markazini tibbiyot fanlariga yo’naltirgan edi. Bekon o’rta asr sxolastikasining e’tiqodli dushmani edi. U targ’ib qilgan induktiv bilish metodi faktlarni umumlashtirgan xolda o’rganishga asoslangan bo’lib, Yevropada shu davrgacha fan rivojlanishining bevosita natijasi edi va o’z tomonidan tabiiyotning yanada yuksalishiga, xamda yangi dunyoqarashning shakllanishiga yordam berdi. Bekon Tomas Morning «Utopiya»sidan keyingi utopik asar «Yangi Atlantida»ning xam avtoridir. Bu asar avtor umrining oxirida yozilgan va uning vafotidan keyin e’lon qilingan. «Atlantida» asarida Bekon fan bilan ishlab chiqarishning aloqasi haqida o’zining ezgu g’oyasini namoyish qildi. «Atlantida»ning yuksak sanoat texnika darajasi Bekon utopiyasining asosiy xususiyatini tashkil qiladi. Nazorat savollari: 1. XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishi omillari nimalardan iborat? 2. Tashqi savdoning rivojlanishiga nimalar turtki bo’ldi? 3. G’ov tutishlarga qarshi Tyudorlar qonunining maqsadi nima edi? 4. XVI asrning ikkinchi yarmida Angliyaning umumiy ichki va tashqi siyosatida ko’zga tashlanadigan asosiy jihatlar qaysilar? 5. Yelizaveta I podsholigi qanday yakunlandi? 147 6. Styuartlar sulolasi xukmronligining boshlanishi qanday omillarga asoslandi?. 7. XVI asrda ingliz madaniyati yutuqlari haqida so’zlab bering 148 14-MAVZU: XVI-XVII ASR BIRINCHI YARMIDA FRANSIYA REJA: 1. XVI asrdagi fransuz tuzumi 2. Italyan urushlari 3. Fransiyadagi Uyg’onish 4. Gugenotlar urushi 5. Germaniyaning vayron bulishi Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling