Mundarija: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari
Download 182.73 Kb.
|
“Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyatining kasaba uyushmalari tarixi,normativ hujjatlar va sertifikatlar II bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati texnologik tavsifi
- 2.2. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati mehnat muhofazasi,korxonaning texnik-iqtisodiy koʼrsatkishi Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar
MUNDARIJA: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari 1.1 “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyatining tuzilishi, ijroiya organi va raxbariyat 1.2. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyatining kasaba uyushmalari tarixi,normativ hujjatlar va sertifikatlar II bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati texnologik tavsifi 2.1. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati korxona elevatorining texnologik tavsifi,ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tavsifi 2.2. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati mehnat muhofazasi,korxonaning texnik-iqtisodiy koʼrsatkishi Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar Ilovalar KIRISH Bugun dunyodagi shiddatli globallashuv sharoitida, xalqaro maydonda turli manfaatlar to‘qnashuvi kuchayib borayotgan, jahon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi davom etayotgan keskin bir vaziyatda xususiy sektorni kengaytirish, tadbirkorlikni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, umuman biznes uchun qulay muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlash - muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bugungi kunga kelib o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi mavzuga oid quyidagi ma’lumotlar keltirilgan. “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” nomli uchinchi ustuvor yo‘nalishning quyidagi punktlariga to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildim2: Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish; Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan aktiv investitsiya siyosatini olib borish; Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish; Xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish; Yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyati — daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati koʻrsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yoʻli bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi koʻrinishlari bor: 1. Yopiq aksiyadorlar jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning oʻzi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning oʻrtasida tarqatiladi. 2. Ochiq aksiyadorlar jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi boʻla oladi. Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga toʻplab biznesga qoʻyish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar boʻlishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni toʻplab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital boʻla oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qoʻyishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi — aksiyadorlar majlisi, soʻngra — direktorlar kengashi va quyi boʻgʻini — boʻlinmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi oʻzgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo boʻlgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo boʻldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy oʻzgarishlarning yoʻnalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. Oʻzbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish koʻradi. Ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi. Respublikamiz Mustaqillikka erishgandan soʼng, mustaqil iqtisodiy siyosat asosida yosh suveren respublikaning mustahkam poydevorini qurish, bozor munosabatlariga oʼtish asosida xalq xoʼjaligining barcha tarmoqlarini oʼzining tabiiy resurslari hisobiga rivojlantirish zarurati paydo boʼldi. Buning uchun birinchi navbatda qishloq xoʼjaligi va u bilan bogʼliq xom-ashyolarga qayta ishlovchi sohalarga asosiy eʼtiborni qaratish nazarda tutildi. Chunki bu tarmoq yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydi. Respublikada un-yorma sanoatidagi 59 ta tegirmon va 15 ta yorma sexlari mavjud bu korxonalarda 17 xil asosiy va oraliq mahsulotlar tayyorlashda ilgʼor chet el texnologiyasi va fan-texnika yangiliklaridan unumli foydalanmoqda. Ularda respublikamizda etishtirilayotgan 20 ga yaqin bugʼdoy navlaridan yuqori sifatli un va don mahsulotlari tayyorlanmoqda. Mazkur sohani rivojlanishi birinshi galda aholini un va non mahsulotlariga boʼlgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov oʼz asarlarida bir nesha bor “... don mahsulotlari mustaqilligiga erishmay turib, umumiy mustaqillikka erishish mumkin emasligi” ni taʼkidlagan. Shu sababli “Oʼzdonmahsulot” Davlat Aksionerlik korporatsiyasi tomonidan soʼnggi yillar davomida mahalliy bugʼdoy (arpa, sholi va boshqa don mahsulotlari) va jaydari navlardan yuqori sifatli mahsulot ishlab shiqarishni koʼpaytirish rejalashtirilgan. “Oʼzdonmahsulot” Aksionerlik Kompaniyasi Oʼzbekiston non mahsulotlari tarmogʼining doimiy rivojlanib borayotgan bir qismi boʼlib uning tarkibiga quyidagilar kiradi: Davlatga zarur boʼladigan don va urugʼ zahiralarini korxonalardan sotib olish, joylashtirish va saqlash; Iqtisodiyotdning sanoat tarmoqlarini va respublika aholisini yuqori sifatli un, yorma, omuxta-em, shuningdek, non mahsulotlari, makaron va shirinlik mahsulotlari bilan taʼminlash; Don yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoni butun bir tarmoq tizimi sifatida 3 asr mobaynida davom rivojlanib kelmoqda. donchilik tarmogʼida XVIII XIX asrda qurilgan tegirmonlarni uchratish mumkin. Albatta ularning koʼrinishlari tanib boʼlmas darajada oʼzgargan. Suv va bugʼlar yordamida ishlaydigan tegirmonlar oʼrniga yuqori ishlab shiqarish quvvatiga ega boʼlgan zamonaviy tegirmonlardan foydalanila boshlandi. 1885- yili Toshkentda elektir quvvatida ishlaydigan birinchi tegirmon ishga tushirilgan.Ushbu tegirmon 25 yil (1910- yilgasha) davomida kuniga 30 tonna donni qayta ishlagan. Bu tegirmon texnik jihozlanishi boʼyisha Turkiston oʼlkasida eng mukammal hisoblangan. 1910- yil Oʼzbekistondagi ilk par bilan ishlaydigan tegirmon qurildi (hozirgi “Gʼalla-Alteg” A.J.). Don tayyorlash sistemasi tizimini boshqarishning oʼzi 1867- yili Toshkentda Nazorat idorasini tashkil etilishi bilan bogʼliq. Nazorat idorasi davlat ehtiyoji uchun non maxsulotlari zahirasini tayyorlash bilan shugʼullangan va huddi jismoniy shaxslar kabi erkin savdo shaklida non mahsulotlarini sotib olgan. Don zahirasini tayyorlash koʼp hollarda katta hajmlarda donni yigʼib, unga birlamshi qayta ishlov berish va saqlashni tashkillashtirgan vositashilar orqali amalga oshirilgan. 1918- yildan boshlab Turkiston oʼlkasida non monopoliyasi oʼrnatilib u sovet hukumati davrigasha davom etdi. Don zahiralarini tayyorlash maqsadida barsha viloyatlarda sotuv boʼlimlari oshildi. Ular don tayyorlash kompaniyasiga boshlanishidan toki yakunlanishigasha bevosita rahbarlik qildilar. Don tayyorlash natural soliq shaklida amalga oshirildi. Davlatga natural soliq koʼrinishidagi va qatʼiy narx asosida don topshirish maqsadida temir yoʼl stantsiyalari yaqiniga 127 ta toʼkish punktlari oshildi. Buning natijasida ushbu punktlarning bir neshtasi “Zagotzerno” tashkilotining tarqatuvshi va tayyorlov bazalari tarmoqlari uchun asos boʼlib xizmat qildi. 1924- yildan boshlab sotuvdan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qishloq xoʼjaligi maxsulotlari zahirasini tayyorlash 1924- yil hosilidan boshlab zahiralar Vazirligi tizimi tomonidan xarid qilish formasida amalga oshirilgan. Oʼzbekistonning Zahiralar Vazirligi oʼzining bir neshta izdoshlariga ega boʼlib ular “Turknarkomprod” va 1932- yilda mavjud boʼlgan “Aziaxleb”lardir. 1956- yil 20- iyuldan boshlab soyuz – respublikasi OʼzSSR Don mahsulotlari Vazirligi tashkil qilinib “Aziaxleb” “Uzzagotzerno” respublika kontorasiga va “Uzglavmuka” trestiga boʼlindi. Agar 1922- yilda sanoat boʼlimi 7 ta tegirmonga ega boʼlgan va Oʼzbekiston aholisi 4 million kishini tashkil qilgan boʼlsa, 1943- yilga kelib tegirmonlar soni 10 taga etdi va 300 tonnaga yaqin turli navdagi un va yorma mahsulotlari ishlab shiqarila boshlagan. 1956- yil non mahsulotlari Vazirliginig tashkil etilganda uning tarkibida 73 ta tayyorlov punktlari, 3 ta ombor bazalari, 3 ta urugʼ saqlash omborlari, 3 ta yorma zavodi 15 ta yuqori navli un va shiqindi shiqaradigan tegirmonlari mavjud edi. Navli un shiqaruvshi 3 ta tegirmon Toshkent, Quva, Fargʼona, Andijon va Samarqandda joylashgan edi. Buxoro, Jizzax, Qarshi, Kattaqoʼrgʼon, Samarqand, Urgansh, Termiz va Nukusda shiqindini qayta ishlovshi tegirmonlar oʼrnatildi. Gurush, javdari va bugʼdoy yormasini Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan yorma zavodlari ishlab shiqarishar edi. Aholining unga boʼlgan talabi 1 million 300 ming tonna boʼlganda tegirmonlar faqatgina 360 ming tonna yaʼni ehtiyojning 28 foizigina qondirilgan edi. 1958 – 1964- yillar davomida qoʼshimcha yana 10 ta navli un shiqaruvshi tegirmonlar ishga tushirildi. 1956- yilning ikkinshi yarmida sanoatning omuxta-em boʼlimi rivojlana boshlandi. 1960-1961- yillar oʼrtasida Fargʼona, Qoʼqon, Toshkent, Asaka, Quva (Fedshenko), Jizzax, Samarqand, Kattaqoʼrgʼon, Kogon, Buxoro, Qarshi, Urgansh, Nukus, Termiz va Qiziltepada 16 ta kishik hajmli omuxta-em zavodlari ishga tushdi. 1961- yil hukumat tomonidan “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini davlatga sotishni qayta shakllantirish va puxta tashkillashtirish toʼgʼrisida” gi muhim qarori qabul qilindi. Bu qarorga binoan don sotib olish faqatgina shartnoma tuzish orqali bajarildi va qolgan barsha usullar taʼqiqlandi. 1961- yil 24- martda Oʼzbekiston Non mahsulotlari Vazirligi faoliyati tugatilib, uning oʼrnida Zahiralar Vazirligi tashkil qilindi. Sotib olish va sifat boʼyisha davlat inspektsiyasini davlat bosh nazoratshisi boshqaradi. Qayta tuzilgan vazirlik sovet hukumati davrida faoliyat olib borgan eng katta zahira tayyorlovshi tashkilotlardan biri sanalgan. 1965- yil may oyida Oʼzbekiston non mahsulotlari va omuxta-em Vazirligi qayta tuzildi. Yangi tuzilgan vazirlik oʼzining asosiy eʼtiborini boshlangan ishlarni tugatishga, faoliyat olib borayotgan korxonalarni rekonstruktsiyalashga va ogʼir qoʼl mehnatini mexanizatsiyalashga qaratdi. Baʼzi zavodlarda unni qadoqsiz saqlash masalasi maxsus qurilgan idishlar yordamida muvaffaqiyatli hal etildi. Unni idishsiz saqlash, shiqarish va tashish ogʼir qoʼl mehnatini yengillashtirilgani va qoplarga sarf-harajatni kamaygani hisobiga yuqori samaraga erishildi.1965-69- yillar orasida omuxta-em sanoati keng rivojlandi. Ushbu yillarda ishlab shiqarilgan omuxta-em mahsulotlariga antibiotiklar, vitaminlar va mikroelementlar qoʼshib boyitildi. 1970- yili vazirlik faoliyati tugatilib, uning oʼrniga Zahiralar Vazirligi qayta tashkil etildi. Keyingi 10 yil mobaynida asosiy ishlab shiqarish fondlari keskin rivojlandi, ishlab shiqarishning texnologik darajasi yaxshilandi va ishlab shiqarilayotgan mahsulot hajmi oshdi. 1980- yilga kelib un ishlab shiqarish 1969- yilga nisbatan 3.3 marta, yorma 18.1 marta, omuxta-em 11.6 marta oʼsdi. Yuqori sifatli un ishlab shiqarishning umumiy hajmi 1970- yil 49.2% dan 1980- yil 83.7%ga oshdi. 1981-1985- yillar oʼrtasida Quva, Navoiy, Fargʼona va Ushqoʼrgʼonda umumiy hajmi kuniga 1300 tonna unni qayta ishlaydigan, 240.2 ming tonna sigʼimli elevatorga ega tegirmonlar ishga tushdi. Shu yillarning oʼzida 11 ta tegirmon qayta taʼmirlanib ularning maʼnaviy eskirgan qismlari yangilandi. Bundan tashqari boshqa un zavodlarida 13 ta un tegirmoni va 5 ta gurush tegirmoni qayta jihozlandi va ularning quvvati mos ravishda kuniga 300 va 230 tonna donni qayta ishlashga erishildi. 1986-90- yillarda agrosanoat majmuasida yangidan qayta tashkillashtirish amalga oshirildi. 1985- yil 14- oktabrda Zahiralar Vazirligi tugatilib, uning asosida soyuz – respublikasining Non mahsulotlari Vazirligi tashkil qilindi. Yarim yildan soʼng, yaʼni, 1986- yil mart oyida vazirlik yana qayta tuzilib, uning tarkibiga non yopadigan, makaron va shirinlik ishlab shiqarish sanoati (“Uzxlebprom”) va 22 ta unga qarashli non yopadigan boʼlimlar ish boshladi. Yangi vazirlik faoliyati tugatilgan vazirlik bajargan vazifalarni bajardi. 1987 yildan 1990 yilgasha ishlab shiqarish quvvatini oshirish davom ettdi. Quyidagilar amalda joriy qilindi: — Oqtosh, Oqoltin va Qoʼrgʼontepaning umumiy quvvati kuniga 1900 tonna boʼlgan 7 ta navli tegirmoni yuqori ishlab shiqarish qurilmalari bilan jihozlandi; — Nukus, Shovot, Sirdaryo va Urganshda umumiy quvvati kuniga 100 tonna boʼlgan yorma zavodi ishga tushdi; Umumiy quvvati kuniga 1910 tonna boʼlgan 7 ta tegirmon: — Oqoltin va Xonqada kuniga 630 tonna, Doʼstlik va Ushqoʼrgʼonda 250 tonnadan hamda Yakkabogʼda 100 va Muzrabod (Gagarin)da 50 tonna ozuqa yem ishlab chiqaradi. 12 ta tegirmonda eskirgan qurilmalarni yangi, yuqori ishlab shiqarish quvvatiga ega, umumiy quvvat kuniga 573 tonna donni qayta ishlay oladigan texnik qurilmalar bilan qayta jihozlash amalga oshirildi. Xuddi shunday ishlar 6 ta yorma sexlarida ham bajarildi. Shu yilning oʼzida 300 tonnadan ortiq quvvatga ega boʼlgan elevatorlar ishga tushirildi. 1987-1990- yillarda ishga tushirilgan un zavodlarining katta quvvatda ishlashi, aholining oʼsha davrdagi unga boʼlgan ehtiyojini toʼla qondirdi va non mahsulotlari tarmogʼining rivojlanishida yakuniy bosqish boʼlib xizmat qildi. Shu yillarning oʼzida non mahsulotlari vazirligi “Oʼzbeknonmahsulot” Davlat konserniga aylantirildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994- yil 22- aprel oyidagi buyrugʼiga asosan, “Oʼzbeknonmahsulot” Davlat konserni bir nomli davlat aksionerlik korporatsiyasiga oʼzgartirilishi tarmoq rivojlanishida muhim oʼriin tutdi. Qonun tarmoqda xususiylashtirish boʼyisha tashkiliy jarayonni boshlab berdi. 1995-1998 -yillar davomida 13 ta yorma sexlari, 30 ta ozuqa yem va 52 ta un zavodlari xususiylashtirildi. Bu korxonalar yiliga 300 ming tonnadan ortiq yorma, 3 million tonnadan ortiq ozuqa yem va un mahsulotlarini ishlab shiqarib, respublika aholisi ehtiyojini qondirdi. Zahira tayyorlash, donni saqlash va qayta ishlash, oʼrtadagi keraksiz tizimlardan xalos boʼlish, tarmoqning bozor munosabatlarini shuqurlashtirish, xususiylashtirish va shet el investitsiyasini jalb etish jarayonini jadallashtirish maqsadlarida, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 6- avgustdagi qaroriga muvofiq “Oʼzdonmahsulot” Davlat atktsionerlik korporatsiyasi oshiq turdagi “Oʼzdonmahsulot” aktsionerlik kompaniyasiga aylantirildi. Avvalgidek uning vazifasiga davlat ehtiyoji uchun don va urugʼliklarni sotib olish, joylashtirish va saqlashni taʼminlash hamda iqtisodiyotning tarmoqlari va respublika aholisining un va un mahsulotlariga boʼlgan ehtiyojini qondirish kiradi. Un — don mahsuloti boʼlib, donni maydalab olinadi. Unni tayyorlash uchun bugʼdoy, javdar va tritikal donlari ishlatiladi. Isteʼmolshilar talabiga koʼra suli, greshixa, makkajoʼxori va arpa donlaridan ham un tayyorlanadi. Yormabop donlarni ustki gul va urugʼ qobiqlaridan ajratib olinadi. Bu mahsulotlar oqsil va kimyoviy moddalarga boy boʼlib, isteʼmolda asosiy oʼrin egallaydi. Ular inson organizmi uchun foydali boʼlib, oqsil – vitaminlarga boy, tez hazm boʼladi. Download 182.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling