Mundarija: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari
Un tortish bo’limining texnologik tavsifi
Download 182.73 Kb.
|
“Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati hisobot
Un tortish bo’limining texnologik tavsifi.
Maydalash jarayoni Un tortish bo’limining asosiy texnologik jarayonlaridan bo’lgan maydalash jarayonining maqsadi birinchi (dastlabki) maydalash sistemalarida endospermdan ko’p miqdorda yorma-dunstlarni past kuldorlik bo’yicha va ozgina miqdorda un olish, oxirgi sistemalarda don qobig’ida qolgan endospermni ajratishdan iborat. Maydalash jarayoni 2 bosqichdan: ― yorma-dunstlarni ajratish; ― “vymol” dan iborat. Dastlabki maydalash jarayoni BV rusumli valli dastgohlardan iborat 5 ta maydalash sistemasidan iborat. “Vymol” jarayoni MBO rusumli uskunalarda amalga oshirilib, ZRSh-4M rassevlarida saralanadi. Sistemalar bir-biri bilan shunday bog’langanki, unda dastlabki sistema elaklarining yuqorigi sxodi, keyingi sistemaning valli dastgohga kelib tushadi. Maydalash sistemalarida hosil bo’layotgan un sifatiga ko’ra III maydalash (yirik) 1 sort, 2 sort oqimlariga kelib tushadi. Qolgan yorma-dunstlar oraliq mahsulotlar hisoblanib, ularni boyitish va un tortishga yuboriladi. Maydalash jarayoni 5 ta maydalash sistemasidan tashkil topgan: ― tez aylanuvchi valning aylanish tezligi – 6 m/s; ― tez va sekin aylanuvchi vallarning aylanish tezligi nisbati – 2,5 (4 ta maydalash sistemalarida). V maydalash jarayoni sayqalash, un tortishda – 1.5, qolgan 2 ta sxod dastlabki uskuna elashdan keyingi uskunaning valli dastgohining mayda sistemasiga kelib tushadi. I, II maydalash sistemalarining proxodi boyitish va saralash uchun yuboriladi. III maydalash sistemasi sxodi keyingi maydalashga, IV maydalash jarayoni 6-un tortishga, proxodlari III – IV maydalash sistemasining 3-saralash jarayoniga, 2-proxod IV maydalash sistemasining 2-saralash jarayoniga yuboriladi. Ikkinchi bosqichda qolgan mahsulotlar, aralashmalar 1,2,3 saralash sistemalariga, elangan yorma-dunstlar boyitish, un tortish va nazorat elaklariga yuboriladi. Yorma-dunstlar aslligi bo’yicha sovurish-elash uskunalarida yirik yormalar I maydalash sistemasining N1 veykaga, o’rta yormalar (sayqallash jarayoni) N2, maydalari va dunstlar saralash uskunalaridan N3,4 veykalarga kelib tushadi. Makaron unini N3,4 veykalardan olinadi. Sxod bo’lgan mahsulotlar qayta stanoklarga (III maydalash jarayonining sayqallash sistemasi), oxirgilari 1-un tortishga beriladi. Download 182.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling