Mundarija: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari
I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari
Download 182.73 Kb.
|
“Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vyboy” bo’limi
I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari
1.1 “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyatining tuzilishi, ijroiya organi va raxbariyat “G’alla-Alteg” OAJ korxonasi tarixi 1909-yildan boshlanadi. U davrda ushbu korxona butun O’rta Osiyodagi mexanizatsiyalashtirilgan, aka-uka Krichiginlar tomonidan asos solingan yagona tegirmon edi. Tegirmonning dastlabki ishlab chiqarish va yordamchi quvvati 60 tonna donni sutkasiga qayta ishlardi. Bu paytda asosan qo’l mehnati orqali (un tashish, qoplarni tikish) ishlar amalga oshirilgan. Tegirmonda qo’shimcha va yordamchi xizmatlar yo’lga qo’yilmagan, tayyor mahsulotlar ko’chalarda saqlanar, qoplar ishchi kuchi va aravalar yordamida tashilardi. Keyinchalik Oktabr revolyutsiyasidan keyin tegirmon davlat korxonasiga aylantirilib, ishchilar qo’liga o’tdi. 1925-yilda tegirmon qayta ta’mirlanib, ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 220 tonnagacha yetdi. 1937-yilda tegirmonda tayyor mahsulot ombori qurildi, yangi texnologik uskunalar o’rnatilib, ishlab chiqarish quvvati 324 tonnagacha yetdi. 1941-yilgacha don tegirmonga (гужевой) transport orqali ortilardi, shu yili hajmi 600 tonnali don ombori qurib bitkazildi. 1959-yilda don tozalash bo’limi qayta ta’mirlanib, pnevmotransportga o’tkazildi. 1967-yilda Respublikada birinchi bo’lib unni qopsiz saqlash va chiqarish yo’lga qo’yilgan. Hajmi 12.0 ming tonnali 6 qavatli unni qopsiz saqlash sexi qurildi. Tegirmonda unni sexga tashish havo transport (волокуша) orqali yo’lga qo’yildi. 1972-yilda hajmi 27.0 ming tonna bo’lgan elevator qurilib, ishchi bino 7 qavatdan iborat bo’lib, temir betondan ishlangan, avtomatizatsiyalangan, 3 korpusdan tashkil topgan. Aholining unga bo’lgan talabi oshganligi sababli tegirmon 1976 – 1977-yillarda qayta ta’mirlandi. 1980-yilga kelib un tortish bo’limiga ishlab chiqarish quvvati 150 tonna bo’lgan 3 sektsiya ishga tushirildi. Shuningdek, korxona qayta ta’mirlandi. 1 -rasm 1984-yilda tegirmondagi ZRM rusumli elaklar ZRSh ga, sovurish-elash uskunalari BSO ga almashtirildi. 1982-yildan boshlab makaron unini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, shuningdek hajmi 460 tonnaga teng bo’lgan metall bunkerlar qurib bitkazildi. 1989-yilda mahsulotlarni qadoqlash sexi qayta ta’mirlanib, A5-AFL, A5-BUA rusumli avtomatlashtirilgan qadoqlash uskunalari o’rnatildi. 1995-yil oktabr oyidan boshlab korxona “Odil – Don” deb nomlandi. 1998-yil yanvar oyidan esa “G’alla – Alteg” OAJ ga o’zgartirildi. 2002-yil noyabr oyida omixta-yem sexi ishga tushirildi. Sobiq Vorovskiy nomidagi 1909-yil Toshkentda qurilgan kunlik quvvati 150 tonnali tegirmon. 1920-yil elektrlashtrilgan (“G‘alla-alteg” AJ ni 110 yilligi. Oldingi koʻrinishi). “Vyboy” bo’limi “Vyboy” bo’limida DVM-50P rusumli avtomat tarozilar o’rnatilgan bo’lib, un tarozidan o’tib qoplarga 50 kg dan solinadi. So’ngra, qoplar tikilib, tayyor mahsulot omboriga lentali transportyor yordamida uzatiladi. Download 182.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling