Mundarija: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari


Tegirmonning don tozalash bo’limi tavsifi


Download 182.73 Kb.
bet6/10
Sana31.01.2024
Hajmi182.73 Kb.
#1818665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati hisobot

Tegirmonning don tozalash bo’limi tavsifi
Qisman tozalangan don elevatordan 22-noriya (II-50) ga berilib, undan buratlarda yirik aralashmalardan tozalanadi, so’ng, U1-BMP (4 ta) magnit separatorida metallomagnit aralashmalardan tozalanadi va 27-noriyaga kelib tushadi. Undan A1-BLS-16 separatoriga (2 ta) kelib don yirik, mayda va yengil aralashmalardan tozalanadi. Separatordan R3-BKT tosh ajratgich (1 ta) uskunalarida mineral aralashmalardan tozalanadi. Undan A9-UTO-6 (4 ta) uskunasida yovvoyi o’simlik urug’laridan tozalanadi. Ovsyug ajratgichlardan o’tgan don 29-noriyaga kelib tushadi, undan R3-BAB havo separatori (3 ta) ga beriladi, bu uskunada aerodinamik xususiyatlari bilan farq qiluvchi aralashmalardan tozalanib, tosh ajratgich uskunalariga kelib, undan 13-noriyaga beriladi. 13-noriyadan don massasi J9-BMA (4 ta) don yuvish uskunalarida yuvilib, iflos, chang va mikroorganizmlardan tozalanadi. Siqish kolonkalarida don kuldorligi pasayadi. Yuvishdan so’ng don massasi A1-BShU namlovchi shneklariga kelib, u yerda ikkinchi marta namlanadi. Shneklardan o’tib, I dimlash bunkeriga uzatiladi. Bu dimlash bunkeri ikkita hajmli bo’lib, har biri 80 tonnaga mo’ljallangan. I dimlash jarayonidan so’ng 85-shnek orqali 10-noriyaga beriladi, 2-liniyadan 83-shnek orqali 11-noriyaga beriladi.
10 – 11-noriyalar donni parli shneklarga uzatadi (2 ta), so’ng II dimlash bunkeriga beriladi. Dimlashdan so’ng 84-shnekga, undan 15-noriyaga, so’ng magnit separatorlarga beriladi. Magnit separatoridan o’tgan don massasi R3-BGO-8 (2 ta) oqlash uskunasiga don ustini chang, murtak, popugidan tozalanadi. Undan 14-noriyaga tushib, ZSSh-20 separatorida fraksiyaga ajratiladi. 
Mayda fraksiya nazorat buratiga kelib tushadi. Separatordan ST-125 rusumli duaspiratoriga kelib, yengil aralashmalaridan tozalanadi. Duaspiratorlar donni 30 va 32-noriyalarga uzatib beradi. 30-noriya 7A shnekka donni berib, undan 26-shnekka, so’ng I maydalash sistemaning II sektsiyasi uchun mo’ljallangan bunkerga tushadi. 32-noriya donni 28-shnekka berib, undan 203-noriyaga, undan esa I maydalash sistemasining III sektsiyasi uchun mo’ljallangan bunkerga tushadi. Uskunalarda hosil bo’layotgan chiqindilar 25-noriyaga, undan D-100 rusumli tarozilarga, undan 42-shnek orqali 21-noriyaga va chiqindilar uchun mo’ljallangan bunkerga beriladi.

Download 182.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling