Mundarija: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari


Download 182.73 Kb.
bet3/10
Sana31.01.2024
Hajmi182.73 Kb.
#1818665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati hisobot

Unni qopsiz saqlash bo’limi
Unni qopsiz saqlash bo’limi 1967-yilda qurilgan bo’lib, 6 qavatli g’ishtdan qurilgan binodan iborat, hajmi 1100 tonnaga mo’ljallangan. U yerda oliy, I va II navli unlar saqlanib, qoplashga va qopsiz un tashuvchi mashinalar (mukavoz) ga beriladi. Sexdan un tegirmon galereyasidagi volokushalar ( 5 ta) orqali noriyalar yordamida 6-qavatga uzatiladi, u yerdagi shneklar yordamida navlariga qarab siloslarga joylashtiriladi. 3, 4 va 5- qavatlarda unni saqlash uchun siloslar o’rnatilgan.
2-qavatda D-3 dozatorlari o’rnatilgan bo’lib, zanjirli transportyorlar yordamida un noriyalar orqali qoplash va avtomukavozlarga beriladi. 1-qavat avtomukavozlar uchun mo’ljallangan bo’lib, tarozilar va pult boshqaruvi mavjud. Un mexanik transport (noriya) lar bilan tashiladi.
Bulardan tashqari un hajmi 420 tonna bo’lgan metall bunkerlarda ham saqlanib, mukavozlarga beriladi. Manniy yormasi DVM-50P rusumli uskuna yordamida 70 kg dan qilib qoplanadi, qolgan qismi DRK-I uskunalari yordamida 0,5-1 kg dan qadoqlanadi. Hosil bo’lgan kepaklar lentali transportyor yordamida temir yo’lga, siloslarga uzatiladi.
G’alla-Alteg” OAJ ning energiya ta’minoti
Korxonaning energiya ta’minoti ikkita kabel liniyalari – 6 kV li “Восточная” va “Машзал” podstansiyalari orqali amalga oshiriladi. Yuqori kuchlanishli tok (6 kV) past kuchlanishliga (0,4 kV) transformatorlar orqali amalga oshiriladi.
Asosan elektr energiya asinxron dvigatellarni ishlashiga sarflanadi (55 kVt – 0,4 kVt). Elevator va tegirmondagi elektr energiya sarf quvvati quyidagicha:
RP-I ― 970 kVt
RP-II ― 324,5 kVt
RP-III ― 95,5 kVt
RP-IV ― 48,0 kVt
RP-V ― 112 kVt
RP-I ― 33,5 kVt
RP-II ― 69,5 kVt
RP-III ― 72,0 kVt
RP-IV ― 50,0 kVt
RP-V ― 109,2 kVt
RP-I ― 252,3 kVt
RP-II ― 38,8 kVt
RP-III ― 117,6 kVt
RP-IVa ― 194,6 kVt
Vodoprovod va kanalizatsiya
Korxonada chuqurligi 27,25 m bo’lgan 2 ta quduq bo’lib, 500 m3 hajmli rezervuar o’rnatilgan. Vodoprovod tarmog’i Ø100-150 mm dan iborat.
Omixta-yem sexi
Korxonada 2002-yilda omixta-yem ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, quvvati sutkasiga 30 tonnani tashkil etadi.
U korxonada hosil bo’lgan 1 – 2- kategoriyali chiqindilardan va qo’shimcha xom-ashyolardan foydalanib, hayvonlar uchun ozuqa tayyorlanadi. 
Transport sexi
Korxonaning alohida avtoparki bo’lib, yuk tashish mashinalarini ta’mirlash ishlari, avtobuslar, avtomashinalar, teplovozlar yordamida donli, kepakli, chiqindili vagonlar joylashtiriladi.
Mexanik sex
Bu sexda hamma texnologik uskunalar joriy va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Sexda tokarlik, shlifovka, frezer, svarka-payvandlash uskunalari bilan ta’minlangan.
Qozonxona
Qozonxona g’ishtdan qurilgan bino bo’lib, 2 ta DKVR 4/13 qozonlari ishlab turadi va ishlab chiqarish hamda turar joy binolarini isitish uchun suv va bug’ bilan ta’minlaydi. Qozonxona avtomatik nazorat sistemasi bilan jihozlangan.

Download 182.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling