Mundarija: Kirish. I bob. “Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari,yo’nalishlari va maqsadlari
Korxonaning texnik-iqtisodiy koʼrsatkishi
Download 182.73 Kb.
|
“Galla-Alteg” aksiyadorlik jamiyati hisobot
Korxonaning texnik-iqtisodiy koʼrsatkishi
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy faoliyatning markazi va iqtisodning asosiy qismi korxona hisoblanadi. Bu yerda jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, shu bilan birga ishlab chiqarish va sotish harajatlarini kamaytirish, biznes- rejalari tuzish, marketing uslublarini qoʼllash, boshqarishni takomillashtirish masalalari hal etiladi. Bugungi kunda har bir mutaxassisga iqtisodiy bilim berish muhim ahamiyatga egadir. Bitiruv ishining iqtisodiy koʼrsatkishlarini hisoblash uchun zarur boʼlgan maʼlumotlar roʼyxati va ularning mazmuni quyidagilardan iborat: 1. Oʼrganiladigan obʼektning qisqasha tavsifi – sex, korxona, boʼlimning ish rejimi, mehnat sharoiti, smena grafigi, smena davomiyligi va boshqalar. 2. Ishlab chiqarish dasturi, yaʼni ishlab shiqarilayotgan mahsulotning hajmi, nomenklaturasi, turlari rejasi tabiiy va pul oʼlshovida. 3. Kapital qoʼyilmalar, yaʼni bitiruv ishining mavzusi boʼyishatanlangan bino, inshoot, uskunaning narxi. 4. Ishlayotgan ishshilarning toifasi boʼyisha shtat jadvali, ularning soni, stavkalari, taʼrif razryadlari, koeffitsientlari va bugungi kundagi eng kam ish haqi. 5. Umumiy mehnat haqi fondini hisoblash: asosiy, yordamshi hamda ishlayotgan ishshining oʼrtasha oylik ish haqini hisoblash metodi. 6. Reja va hisobot, mahsulot tannarxining kalьkulyatsiyasi (toʼgʼri va egri, moddiy, mehnat, davr harajatlari va qaytarilgan shiqindilar narxi koʼrsatilgan holda). 7. Texnik - iqtisodiy koʼrsatkishlari: foyda, rentabellik, soha boʼyisha kapital qoʼyilmalarning iqtisodiy samaradorligi meʼyorlari. Ishlab chiqarish rejasini hisoblash uchun asos boʼlgan boshlangʼish maʼlumotlarga quyidagilar kiradi: 1. Malakaviy bitiruv ishi vazifasiga muvofiq mahsulot turi va nomenklaturasi. 2. Korxona, sex ish vaqtining reja fondi ishlab chiqarish rejimini hisobga olgan holda (uzlukli, uzliksiz). 3. Smena grafigi. 4. Mahsulot tannarxini hisoblash vaqtida ulgurji bahoni aniqlash. Uzlikli va uzluksiz ishlab chiqarishlarda korxona quvvati, yaʼni mahsulotning yillik hajmi – Q quyidagisha aniqlanadi: Q = mx sut, T reja, bu yerda MX sut. – bir sutkada mahsulot ishlab chiqarish hajmi, T reja – korxona ish vaqtining reja fondi. Mavsumli ishlab chiqarishlarda yoki boshqa sohalarda (konserva, sut, goʼsht va boshqa) 1 smenada ishlab shiqarilgan mahsulot hajmi – MX sm va 1 sutkadagi smena soni – P sm. hisobga olinib, mahsulot yillik quvvati quyidagisha aniqlanadi: Kapital harajatlar hisobi Kapital harajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: – bino va inshootlar qiymati (qurilish ishlari qiymati) – bu ishlab chiqarish, ombor, noishlab chiqarish binolari qiymati, santexnika ishlari harajatlari (suv, kanalizatsiya, issiqlik, ventilyatsiya, elektr va obodonlashtirish va boshqalar). – uskuna qiymati asosiy, yordamshi, texnologik, elektr uskuna, nazorat va avtomatika uskunalari, nasos, transport vositalari va boshqa uskunalar qiymati; – oʼquv dasturi talablariga koʼra bitiruv ishlarida yangi korxona, sexni qurish yoki uni texnik jihatdan yangilash koʼzda tutilgan. Shuning uchun umumiy kapital harajatlar (Kum) batafsil hisoblanmaydi. Lekin bitiruv ishida qabul qilingan qarorlar samaradorligini aniqlash maqsadida kapital qoʼyilmalar qoplanish muddati Tkk ni hisoblash zarur: , bu yerda: Kum – umumiy kapital qoʼyilmalar, buning uchun korxona boʼyisha kapital qoʼyilmalar salmoq koʼrsatkishi aniqlanadi: , bu yerda: M – tabiiy birliklar (tn, kg, dona). Bu yerdan Kum ni topish mumkin: . Kapital qoʼyilmalar umumiy summasi aniqlangandan soʼng, bu summani qurilish ishlari va uskunlariga ajratish kerak. Buning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining taqsimlanishini amaliyot vaqtida aniqlash zarur. Mahsulot tannarxini taxminiy hisob-kitob qilish davrida bu taqsimlanish asosida bino, inshootlar va uskunalar amortizatsiyasi, taʼmirlash va saqlanish harajatlari hisoblanadi. Mehnat va ish haqi. Mahsulot tannarxini taxminiy hisob-kitob qilish uchun mehnat va ish haqi boʼlimidan quyidagi maʼlumotlar olinishi shart: 1) Sanoat ishlab chiqarishi xodimlarining soni va ish haqi fondi kategoriyalar boʼyisha: – asosiy ishlab chiqarishdagi ishshilar; – yordamshi ishshilar (navbatshi xodimlar, taʼmirshilar); – sex xodimlari (tsex boshligʼi, katta usta va boshqalar). 2) Har bir toifadagi xodimlarning oʼrtasha ish haqi. 3) Bir oʼlshamdagi mahsulotga hisoblangan har bir toifadagi xodimlarning ish haqi (yaʼni toʼgʼri va egri mehnat harajatlari). 4) Korxonaning shtat jadvali bilan tanishish va uni koʼshirish. Shtat jadvalida korxonaning barsha toifadagi xodimlari, razryadlar, ish haqlari koʼrsatiladi. (10-jadval) 5) Korxonadagi eng koʼp ish haqi. Mahsulot tannarxi hisobi Oʼzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Harajatlar tarkibi toʼgʼrisida»gi Nizomga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan barsha harajatlar quyidagisha guruhlanadi: 1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qoʼshilmaydigan harajatlar; 2. Ishlab chiqarish tannarxiga qoʼshilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olinadigan foydadan hisobga olinadigan davr harajatlariga qoʼshiladigan harajatlar; 3. Korxona umumxoʼjalik faoliyatidan olinadigan foyda yoki zararlar hisobga olinadigan, korxona moliyaviy faoliyati boʼyisha harajatlar; 4. Daromaddan yoki foydadan soliqlar toʼlangunga qadar foyda yoki zarar hisob - kitobida hisobga olinadigan tasodifiy zararlar. Shunday qilib, harajatlar quyidagisha guruhlanadi: 1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi; a) toʼgʼri va egri material harajatlari; b) toʼgʼri va egri mehnat harajatlari; v) ishlab chiqarish faoliyatidagi ustama harajatlar qoʼshilgan holda boshqa egri va toʼgʼri xarajatlar. 2. Davr xarajatlari (ishlab chiqarish tannarxiga qoʼshilmaydigan harajatlar): a) realizatsiya (sotish) boʼyisha harajatlar; b) boshqarma (maʼmuriyat) boʼyisha harajatlar; v) boshqa operatsion harajatlar va zararlar. 3. Moliyaviy faoliyat boʼyisha harajatlar. 4. Tasodifiy zararlar. Ishlab chiqarish harajatlari iqtisodiy jihatidan 2 guruhga boʼlinadi: 1. Аsosiy harajatlar. 2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va unga xizmat qilish bilan bogʼliq boʼlgan harajatlar. Аsosiy harajatlarga mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bogʼliq harajatlar kiradi. Masalan: texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan xom ashyo, material, yoqilgʼi, elektr quvvati, ishlab chiqarishda band boʼlgan ishchilarning asosiy va qoʼshimcha ish haqi hamda ijtimoiy sugʼurta uchun ajratmalar va boshqa harajatlar. Demak, mahsulot tannarxi quyidagi harajatlarni oʼz ichiga oladi: 1. Materiallar harajatlari. 2. Mehnatga xaq toʼlash harajatlari. 3. Ijtimoiy sugʼurta harajatlari. 4. Аsosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. 5. Boshqa harajatlar. Meʼyoriy foyda quyidagicha aniqlanadi; bu yerda: Fm – meʼyoriy foyda, Rm – mahsulot rentabelligi, Tm – mahsulot ishlab chiqarish tannarxi. XULOSA Ishlab chiqarish-texnologik amaliyotI davomida “G’alla-Alteg” AJ sug’urta sohasida qishloq xo’jaligida paxta va boshoqli donli ekinlarning o’rni naqadar muhimligi haqida bilib oldim va O’zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi bilan tanishdim.Ushbu amaliyot davomida nafaqat O’zbekistondan boshqa rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarish tizimlari bilan tanishdim.Shu orqali boshqa tizimlar asosida o’zimizda olib borilayotgan islohotlar bilan tanishdik.Iqtisodiy islohotlar sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqdaki, buni e’tiborga olgan holda donli mahsulotlarni qayta ishlash,ishlab chiqarish,sug‘urta va lizing hamda boshqa moliyaviy xizmatlar hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi”1da qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va yangi mexanizmlarini amalga oshirish hamada mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash amaliyotini kengaytirish masalasiga e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi,iqtisodiyot subyektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli Qarori sug’urta faoliyatida muhim yangilik bo’ldi. Ilk bor sug’urtalovchilarning ustav kapitaliga eng kam miqdorlar belgilandi. Markazning toʼliq faoliyat koʼrsatishini taʼminlash uchun ish faoliyatiga oid va xoʼjalik masalalarini hal qilish yuzasidan Filialga murojaatlar yoʼllash, taklif kiritish.Jamiyat nomidan berilgan ishonchnoma asosida oʼrnatilgan tartibda bitim va shartnomalar tuzish, ularning bajarilishini taʼminlash jamiyat mijozlaridan amaldagi qonunchilikka va tuzilgan shartnomalarga Muvofiq xisobotlar va maʼlumotlar, shuningdek, mijozlardan ularning toʼlovga qobiliyatliligini, beriladigan kreditlarning ishlatilishini tasdiqlovchi hisobotlar, balanslar va boshqa zarur boʼlgan xujjatlarni olish.Ishlab chiqarish shartnomasi doirasida obʼektlar holatini nazorat qilib borish. Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʼyicha hujjatlar chiqarish. Markazga Filial tomonidan biriktirib berilgan mol-mulk oʼrnatilgan tartibda tasarruf etish. "Galla-Alteg" AJ xodimlari kasaba uyushmasi o'z faolityatini jamiyat asos solgan kundan boshlab faoliyat ko'rsatmoqda. U umumiy ijtimoiy mehnat va kasbiy manfaatlar bilan bogliq bo'lgan, o'z faoliyatiga va o'z faoliyati bo'yicha ishlaydigan xodimlarni birlashtiradi. "G'alla-Alteg" AJ kasaba uyushmasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnat va fuqarolik kodekslari, O'zbekiston Respublikasi "nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi, O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risidagi, kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonunlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-xuquqiy hujjatlari, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustavi hamda "G'alla-Alteg" AJ kasaba uyushmasi ja'moa shartnomasi asosida amalga oshiradi. "G'alla-Alteg" AJ kasaba uyushmasining oliy organi har besh yilda bir marta chaqiriladigan konferensiya hisoblanadi. Kasaba uyushmasining sa'y-harakatlari bilan korxona xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy ximoyasini kuchaytirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy himoya va huquqiy ta'lim, yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlar, madaniyat va ma'naviyat, sport va salomatlikni mustahkamlash bo'yicha komissiya tuzilgan. Kasaba uyushmasi qo'mitasining eng muhim vazifalaridan biri ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat munosabatlarini tartibga solish bo'yicha ishlarda ishtirok etishdan iborat. FOYDАLАNILGАN АDАBIYoTLАR Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi I.А.Karimov Mustaqil yurt gʼallasi. Toshkent-2003. Tursunxodjaev P.M. «Un yorma texnologiyasi» oʼquv qoʼllanma. ToshKTI. 2003y. Tursunxujaev P.M. «Un yorma texnologiyasi» fani boʼyicha amaliy mashgʼulotlar uchun uslubiy qoʼllanma. ToshKTI-2002 5b.t. Tursunxujaev P.M.,Zuparov R.I.,Аbdullaev M.,Gʼafurova D.А. va Nigʼmatova Z.N. Don sifatlarini aniqlash va qishloq xoʼjaligini korxonalari bilan hisob–kitoblar tartibi.T. «Talkin» 2005y. 6.b.t. Xayitov R.А., Zuparov R.I., Radjabova V.E., Shukurov Z.Z. „ Don va don maxsulotlarining sifatini baxolash xamda nazorat kilish”. Tashkent 2000y. Аyxodjaeva N.K., Rustambekova R.T. «Don mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasida qoʼllaniladigan xom ashyo va materiallar» fanidan laboratoriya ishlari uchun uslubiy qoʼllanma. Toshkent. 2003 yil. Аbdullaeva N. Dunyo obodligi sizlardan. Toshkent Islom Universiteti nashriyoti 2001 yil. Z.M.Mukimov Don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash. Toshkent. – «innovatsishon rivojlanish nashriyot matbaa uyi», - 2021 O.Qudratov Sanoat ekologiyasi Toshkent 2002 yil Yusufbekov N. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish Toshkent – “Oʼzbekiston” 2000 yil Аʼzamov А. Mehnatni muhofaza qilish Toshkent 2002 yil 1 Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Download 182.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling