Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: Benifitsiy -imperator 
tomonidan Cherkovga in'om etiladigan yer.Arxiyepiskop-monastr 
boshlig'i.Monastr-xristian Cherkovi talabigaj avob beradigan kuchli 
tashkilot. 
XII-XII asrlarda Germaniya taraqqiyotining iqtisodiy va siyosiy 
xususiyatlari. XI asrdan boshlab Yevropada ro'y bergan iqtisodiy, 
siyosiy o'zgarishlar Germaniya, Italiya taraqqiyotiga ham ta'sir qildi. 
XII-XIII asrlarda Germaniyada ham ishlab chiqarish kuchlari ko'zga 
ko'rinarli darajada rivojlandi. Qishloq xo'jaligi va cherkovlik rivojlanib, 
nafaqat aholini ehtiyojini balki, qisman hunarmandchilik va sexlarni 
ham xom ashyo bilan ta'minlaydigan bo'ldi. 
Xuddi shu davrda Germaniyada shaharlar ham ancha rivoj topdi. 
Reyn va Dunay daryolari bo'ylaridagi eski va yangi shaharlar gavjum 
sanoat markazlariga aylandi.Fransiya, Niderlandiya, Italiya va Vengriya, 
Bolqon mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarini olib bordilar. 
Germaniya hunarmandchiligi, sexlarida movut, surp, metallsozlik 
mahsulotlari, mo'ynachilik, qurol-yarog' ishlab chiqarilardi. 
Keln, Vorms, Frankfurt, Ulm, Nuyurenberg, Augsburg shaharlari 
sanoati rivojlangan, savdo markazlari edi. Germaniyaning taraqqiy 
qilishiga qaramay, mamalakat hali feodal tarqoqlikni o'z boshidan 
kechirayotgan edi. Gersogliklar va boshqa dunyoviy va ruhoniy knyazlar 
ancha ko'p bo'lib ,ular o'zlarini erkin his qilardi. Imperator bular orasida 
ancha ta'sirli bo'lib, senorlikni o'z qo'liga olgan edi. Ammo, markaziy 
korollik-imperatorlik hokimiyati esa shaharlar bilan bo'sh bog’langan 


36 
edi. Germaniyada xuddi Fransiya, Angliyada bo'lgani singari 
imperatorlikning shaharlar bilan aloqasi mustahkam emas edi. 
shaharliklar feodallarga qarshi kurash olib borganlarida korol hokimiyati 
betaraflik siyosatini tutdi. Chunki bu davrda Germaniya ichki 
shaharlarning rivojlanishiga emas,tashqi shaharlarning savdo-sotiq 
ishlariga e'tibor bergan edi. Germaniya imperatorlari agressiv tashqi 
siyosat olib borishgan edi. Italiyadagi urushlar ,boy italyan shaharlarning
eksplutatsiya qilinishi, dunyoga hokim bo'lish planlari, Sharqiy 
yevropadagi va Yaqin Sharqdagi bosqinchiliklar- mana bularning 
hammasi 
korollar-imperatorlarni 
Germaniyadagi 
ichki 
siyosat 
vazifalaridan chetga chalg'itib, ularni nemis shaharlari taqdiriga befarq 
qaraydigan qilib qo'yardi. Shtaufenlar uchinchi german dinastiyasining 
tarixi (l138-1254 yillar) german imperatorlari yurgizgan tashqi 
bosqinchilik siyosati Germaniyaning ichki siyosati bobida naqadar 
halokatli oqibatlarga olib kelganligini ayniqsa yaqqol ko'rsatib beradi. 
Shtaufenlarning idora qila boshlashi. Lotar Saksoniyskiy (1125-
1137y) boshqargan, kuchsiz imperator edi. Shu bois Shtaufenlar 
xonadoni bilan Velflar xonadoni o’rtasida hiyla ishlatishga majbur 
bo'ldi, chunki Shtaufenlar Shvabya gersoglari bo'lish bilan birga, 
Fransiyada ham kuchli ta'sirga ega edilar va Bavariya Gersoglari esa 
Velflar xonadoniga mansub kishilar edilar. Litar Bovariya gersogi 
Genrix Mag'rur bilan yaqinlashib unga o'z qizini nikohlab berdi. 
Velflarning kuchayib ketishidan qo'rqqan knyazlar Konrad 
Shtaufenni imperator qilib sayladilar. Konrad III (1138-1152) ikkinchi 
salib yurishda qatnashgan edi. U Velflarga qarshi kurash olib bordi. 
konrad Velflardan Bovariyani tortib olib, ularga faqat Saksoniyani 
qoldirdi.Konradning taxt vorisi Fredrix I Barbarossa davrida Shtaufenlar 
dinastiyasi eng zo'r qudratga ega bo'ldi. 
Fredrix I Barbarossa va uning Italiyaga qilgan yurishlari. 
Fredrix I Barbarossa (sariq soqol) 38 yil imperatorlik qildi (1152-1190). 
U shavqatsiz tajovuzlar, g'oyat shuhratsiz va makkor siyosatchi edi. 
Fredrix Bovariyani Velflarga qaytarib berib, ularni tinchitgach, salib 
yurishlari natijasida boyigan Italiya o'zining diqqat-e'tiborini qaratdi. 


37 
Fredrix Rimda toj kiyish paytidayoq (1154-1155) Italyan 
shaharlarning boyib ketganligiga va ayni zamonda Italyaning siyosiy 
jihatdan zaiflanib feodal territorial knyazlar, Shahar -Pespublikalar bir-
biroviga dushmanlik munosabatida edilar. Fredrix I Rim papasi bilan 
yaxshi munosabatlar o'rnatib, Rim pespublikasiga asos solishga harakat 
qilgan (1143yilda) Arnold Berishianskiyni papa zindoniga tashlandi, 
uning jasadi esa Gulxanda kuydirildi (l155y). Rim Respublikasi 
tugatildi. Ammo oradan ko'p o'tmay imperatorlarining papa bilan 
munosabatlari yomonlashdi. Papa kuriyasida, Rim imperator papa 
boshidan "benifitsiy" tarzida toj kiydi va shu sababdan u papa 
aytganlariga quloq solmog'i lozim, deb bayon qilingan edi. 
1157-yili Bezansondagi reyxstagda papa vakili (legati) ana shu 
haqda ochiqdan-ochiq gapirgan edi. Ikkinchi tomondan, Fredrix I 
Barbarossaning o'zida Italiyani batamom tobe qilish va uni quloq 
qoqmay bo'ysunadigan viloyatga aylantirish plani vujudga keldi. 
1158-yilda Fredrix I Barbarossa Italiyaga bostirib kirdi. Taxminan 
100 ming qo'shin bilan 1158-yilning noyabrida Rankal vodiysida 
(Pechensa shahriga yaqin joyda) katta seym chaqirib, unga Italiyaning 
barcha eng yirik feodallarini va Italiya shaharlarining vakillarini taklif 
etdi. Ana shu Rankal qarorlarida, imperatorning Italiyadagi hokimiyatini 
cheklanmagan hokimiyatiga aylantirdi. Jinoiy ishlar sudi, tanga-chaqa 
zarb etish huquqi, yer-mulklarni taqsimlash, shahar podestalarini 
(imperator noibi) tayinlash va hokazolar tamomila Fredrix I Barbarossa 
qo'liga o'tdi. Imperator xizmatiga o'tgan yuristlar uning hokimiyati 
mutlaq hokimiyat deb topdilar traitatlarda imperatorni "yerdagi jonli 
qonundir" deb yozdilar. 
O'zini doimiy mustaqil deb his qilgan Lambardiya shaharlari 
Fredrix I Barbarossaga qarshi bosh ko'tardilar. Milan shahri bu 
harakatlarda gegemonlik rolini o'ynadi. 1162-yilda Fredrix I Barbarossa 
bu qo'zg'olonni shavqatsizlarcha bostirdi. Milan shahri yer bilan yakson 
qilindi. Shahar aholisiga sakkiz kun mobaynida shaharni tashlab chiqib, 
qishloqlarga ko'chib borib joylashish taklif qilindi. Shahar markazi qo'sh 
bilan haydalib, so'ngra uning pushtalariga tuz sepildi. Nemis ritsarlari 


38 
Milan yonidagi o'z lagerlarida qatl etilgan lambardiyalarning kesilgan 
kallalarini koptok qilib o'ynadilar. 
Albatta, bu ishlar lambardiyaliklarning qaddini bukadi. Ular tez 
orada Lambardiya ligasi nomi ostida nemislarga qarshi Lambardiya 
shaharlarining ittifoqini tashkil etdilar. Bu ittifoqga 15 ta shahar kirdi. 
60-yillardan boshlab bu ittifoq Milan shahri yana asosiy rol o'ynadi. 
Shtaufenlarning yutuqlaridan qo'rqqan papa Aleksandr III (1159-1181) 
ham ligaga a'zo bo'lib kirdi. 
1167-yilda Fredrix I Barbarossa Italiyaga yana katta qo'shin bilan 
hujum qilib, Rimni egalladi. Papa Aleksandr III qochib ketishga majbur 
bo'ldi. O'lat kasali oqibatida (25 ming kishi o'ldi)imperator Germaniyaga 
qaytishga majbur bo'ldi. 
1174-1176 yillarda Fredrix I Barbarossa yana Italiyaga yurish 
boshladi, lekin bu gal uning yurishi foydasiz bo'ldi. 1176-yilda bahorida 
Lenyano degan joyda (Milandan sal uzoqroqda) u liga qo'shinlari 
tomonidan batamom mag'lubiyatga uchratildi. Bu harakatda shaharliklar, 
hunarmandlar, xalfalar va boshqalar ishtirok etgan edilar. Lenyano 
yonidagi mag'lubiyat Fredrix I Barbarossani Lambardiya shaharlariga 
yon berishga majbur etdi.Shaharlar erkin kommuna huquqini oldilar. 
Ayni vaqtda Fredrix I Barbarossa papa davlatining ishlariga har 
qanaqangi aralashuvidan voz kechib, papaga hamyon berishga majbur 
bo'ldi. 
Fredrix I Barbarossa va Velflar. Fredrix I Barbarossa 
mag'lubiyatining asosiy sabablaridan biri 1176-yili imperatorning eng 
yirik vassali Genrix Sher Velflarning Italiyaga yordam qo'shin olib 
borishi haqidagi iltimosni qondirmagani bo'ldi .Bu ishi uchun Genrix 
Velfl feodal sudiga tortilgan edi. Ammo Genrix Velf o'z fikriga qolib, 
imperatorga 
bosh 
eggan 
knyazlarga 
qarshi 
kurash 
boshladi. 
Knyazlarning o'zaro urushi ikki yil (1178-1180) davom qilib Velflarning 
yengilishi bilan tamom bo'ldi. Knyazlar sudi Genrix Sherni 
Germaniyadan haydab yuborishi va uni barcha tanho yerlardan mahrum 
qilish haqida hukm chiqardi. Keyinchalik imperator uni kechirib Genrix 
Sher Germaniyaga qatib keldi va imperator unga Saksoniya yerlarining 
bir qismi (Braunvey Gersogligi) qaytarib berildi. Shunday qilib, Fredrix 


39 
I Barbarossaning Velflar ustidan g'alaba qozonishi uning katta yutug'i 
edi. 
Bu narsa feodallarning imperatorga 
yanada 
qarshiligini 
kuchaytirdi.Barbarossa bu siyosati bilan shaharlarni birlashtirish va 
mustahkamlash emas, balki feodal tarqoqlik tarafdorlari bo'lib chiqdi. 
Bu holatni Saksoniyani taqsimlash va uni bir nechta yirik feodallarga 
o'tkazishida ifodalash mumkin.
Fredrix I Barbarossaning Sitsiliyaga nisbatan to’tgan siyosati.
Fredrix I Barbarossa Italiya masalasida bu gal boshqacha siyosat tutdi. 
1186-yili o'z o'gli Genrix VI ni Sitsiliya taxtinning voris malikasi
Konstantinga uylantirdi.Shuning o'zi bilan Shtaufenlar Sitsiliya 
orollaridan tashqari Italiyaning butun Janubiy qismini ham o'z ichiga 
olgan kuchli korollikni qo'lga kiritdilar. Barbarossa buni diplomatik 
faoliyatidagi eng yirik yutuq deb bildi. Bu ish Lambardiyaliklarga va 
papaliklarga ma'qul bo'lmadi, aksincha ularni g'azablantirdi. Mahalliy 
aholi Genrix VI va uning odamlariga bosqinchi zolimlar sifatida qaradi. 
Fredrix I Barbarossa 1190-yilda o'zi qatnashgan uchinchi Salib 
yurishi vaqtida vafot etdi.Keyinchalik Fredrix I Barbarossa nemis 
millatchilik adabiyotlarida o'ta darajada ideallashtirdi (1940 18-dekabrda 
Fredrix I Barbarossa plani tasdiqlandi). 
Innokentiy III davrida papalik Papa Innokentiy III davrida (1198-
1216) papa hokimiyati zo'r qudratga ega bo'ldi. Uning davrida "Yerdagi 
hokimiyat-xoqonlariga, samodagi hokimiyat-ruhoniylarga berilgan va 
tanalar ustidan korollar, jon ustidan ruhoniylar qo'shilgan", Oy 
quyoshdan yorug'lik olganidek, imperatorlar ham o'z hokimiyatlari 
papadan oladilar degan teokratiya hukumronlik qilar edi. 
Papa sudi katta tribunalga aylangan edi, hamma masalalarni ko'rib 
chiqish va hal etish huquqlari berilgan edi. Shu va boshqa yo'llar bilan 
papa xazinasi istagan korol xazinasidan boyroq edi. Ko'pgina korollar 
papaning vassali deb tan olgan edilar. Shular orasida Angliya, Aragaon, 
Portugalya, Balgariya, Shvesiya, Daniya, Polsha, Armaniston korollari 
bor edi. 
Innokentiy III ixtiyorida monaxlarning urushqoq ordenlari bor edi, 
va’zxonlik ishlariga ixtisoslashgan orraniiskanlar va universitetlarga 
kirib, ularda inkvizitsiya ishlarini olib borgan dominikanlar ordenlarga 


40 
endigina asos solinayotgan edi. Innokentiy davrida bunday invizitsiyalar 
Fransiyaning Janubida keng tarqalgan edi, keyinchalik Yevropaning 
boshqa mamlakatlariga ham tarqaldi. 
Fredrix II Shtaufen. Fredrix II Shtaufen ( 1212-1250) Shtaufenlar 
xonadoning ikkinchi eng ko'zga ko'ringan vakili edi. Yarim nemis, 
yarim italyan bo'lgan Fredrix II Shtaufen turli-tuman madaniy ta'sirlarga 
berilgan edi. Arab-Vizantiya ta'siri unda ayniqsa kuchli edi. U arab va 
yunon tillarini yaxshi bilar edi, saroyda arab-yahudiy,Vizantiyalik 
olimlar doimo to'planishar edi. Uning Palermodagi saroyi sharqona 
uslubda qurilgan bo'lib u sharq musiqasi va raqslari, Sharq adabiyoti va 
poeziyasi, Sharq arxitekturasini har taraflama rag'batlantirib turardi. 
Fredrix II Sharq arab-turk hokimlari bilan do'stlik munosabatlarini 
yaxshi yo'lga qo’ydi. 
Fredrix II Shtaufenning siyosati avvalo Sitsiliya korolligini 
markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirishdan iborat edi. Bu 
sohada o'ziga qarshi chiqqan feodallar harakatini bostirdi. Uning harbiy 
qo'shinlari musulmonlardan tuzilgan yollanma otryadlar edi. 
1231-yilda 
Fredrix 
II 
Shtaufen 
Sitsiliya 
korolligining 
konistitutsiyasini 
e'lon 
qildi. 
Bu 
konistitutsiyaga: 
Mahaliy 
feodallarning.huquqlari; Janubiy Italiya shaharlarining erkinligi yanada 
ko'proq qirildi. Qirollik bir nechta ma'muriy oqruglarga bo'linib, uni 
gubernatorlar boshqarardi. 
Yer solig'i Innokentiy III va boshqa xil soliqlar ko'paytirildi. Fredrix 
II Germaniyadan uzoqda bo'lganligi sababli u German feodallarning 
ko’pchilik 
shartlariga 
ko'nishga 
majbur 
bo'lardi 

Masalan: 
Germaniyadagi dunyoviy va ruhoniy knyazlarning ma'muriy sud 
bobidagi huquqlarini kengaytirish to'g’risida Fredrix II Shtaufen rozilik 
berdi. Fredrix II shaharlarga nisbatdan feodal knyazlarni qo'llab 
quvvatladi. 1232-yilda xuddi shunday bo'ldi. 
Italiyada Fredrix II Shtaufen Lambardiya Shaharlariga qarshi 
dushmanlik harakatlarini boshlab yubordi, ammo Lambardiyalilar bu 
safar ham papalik bilan birlashdilar. Fredrix II zamonida imperatorlik 
bilan papalik o’rtasidagi kurash nihoyatda qattiq bo'ldi. 


41 
Papalik bilan kurashning yangidan boshlanib ketishi. XIII 
asrning 20 yillaridan ayniqsa papa Grigoriy IX davrida (1227-124l) 
imperator bilan papa o’rtasidagi munosabatlar ancha keskinlashdi. Papa 
imperatorlardan Salib yurishiga chiqishni talab qilgan edi. Fridrix II 
1228 -1229 yillarda shunday yurishlarni (oltinchi Salib yurish) tashkil 
qilgan edi. Lekin Fredrix II Shtaufenning Turk-Misr sultonlari bilan 
yaxshi munosabatda bo'lishi papa kuriyasini ranjitib qo'ygan edi. XIII 
asrning 30-yillarining yarmidan e'tiboran imperatorning papalar va ayni 
zamonda Lambardiya shaharlari bilan o'n besh yillik shiddatli urush 
boshlandi. 
1332-yilidayoq papa ishtirokida Lambardiya megasi yana ishga 
tushdi. 30- yillar o’rtasida Fredrix II Shtaufen Lambardiyaga hujum 
boshladi, Rimga kirdi, Genrix IX u yerdan qochib ketishga majbur 
bo'ldi.Bunga javoban Genrix IX Fredrix II Shtaufenni dinsizlikda ayblab 
barcha knyazlarga yangi imperator saylashni taklif etdi. 
Papa Innokentiy IV (1243-1254) davrida bu kurash keskin tus oldi. 
Innokentiy IV Rimda istiqomat qilishdan xavfsirab, Genuyaga ko'chib 
ketdi. Papa Genuyadan turib fransuz va ingliz korollarini imperatorga 
qarshi kurashga davat etdi. 1245- yilda Lionda cherkov yig'ilishida 
imperator "kofirlik” va "shakkoklikda" ayblandi. Ammo, fransuz va 
ingliz korollari bu janjallarga aralashishni istamadilar. Germaniyada 
Fredrix II Shtaufenning Genrix Sher Konrad IV german feodallarining 
bir qismini o'ziga og'dirishga erishdi. Ikki to'da ,ya'ni papa tarafdorlari 
bo'lgan gvelflar bilan imperator tarafdorlari bo'lgan gibellinlar 
o’rtasidagi shiddatli kurash Italiyaning ko'p shaharlarini qamrab oldi. 
Shtaufenlar dinastiyasining tugashi. Germaniyada imperator 
hokimiyatining tushkunlikka ketishi. Fredrix II Shtaufen vafotidan 
keyin uning o'gli Konrad IV imperator qilib saylandi. Ammo oradan 
ko'p o'tmay 1254-yilda Konrad IV vafot etadi. German knyazlari uning 
go'dak o'gli Konradinni imperator qilib saylashga rozilik bermadilar. 
Konradin amakisi Fredrix II Shtaufenning ikkinchi o'gli Manfred 
huzuriga ketib qoldi. Sitsilya korolligi Monfred qo'liga o'tgan edi. Biroq 
papalar Shtaufenlarning Janubiy Italiyaga ham hukmronlik qilishni 


42 
istamadilar. Papalar Karya Anjuysqiy (fransuz koroli Lyudovik IX ning 
ukasi) boshliq fransuz feodallarini Italiyaga taklif qildilar. 
1266-yili Benevent shahari yonida fransuzlar Manfred qo'shinlarini 
yengdilar. Bu jangda Manfred o'ldirildi. 1268 yili Konradin o'z 
tarafdorlari bilan fransuzlarni Janubiy Italiyadan siqib chiqarmoqchi 
bo'ldi, ammo udallay olmadi.Asir olingan Konradin Neapol shahrida 
boshi tanasidan judo qilindi (1268 y). Shunday qilib, Germaniyada 
Shtaufenlar dinastiyasi tugatildi. 
1254-1273 yillar davomida Germaniyada butunlay imperator 
bo'lmadi. Feodallarning o'zaro urushlari mamlakat taraqqiyotiga kuchli 
zarba bo'lib tushdi, uni xarob qildi. Mamlakat uzoq yillar davomida 
tanazzulga yuz tutdi. 
 
Nazorat topshiriqlari: 
1. XII-XIII asrlarda Germaniya taraqqiyotining asosiy xususiyati
nimada? 
2. F.Barbarossa tashqi siyosatining asosiy yo'nalishi qanday 
maqsadga qaratilgan
3. Imperator va Papalik o’rtasidagi ziddiyatning sabablari nimada ? 


43 
4-MAVZU: X1-XV ASRLARDA CHEXIYA 
REJA: 
1. XII-XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. 
2. Chexiyada nemislar mustamlakasi.
3. Chexiya qirollari va imperiyasi. 
4. Lyuksemburglar sulolasining hokimiyatga kelishi. 
5.Ijtimoiy va milliy ziddiyatlarining keskinlashishi. 
6.Yan Gus va uning ta’limoti. Guschilar urushi ahamiyati.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling