Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob


partiyasi 
«Armanyaklar to’dasi» nomini oladi. 
Bu kurash butun hukumat apparatini izdan chiqardi. Dvoryanlar va 
amaldorlar faqatgina o’z manfaatlarini ko’zlab tartibsiz ish yuritar edilar. 
Shunday sharoitda Parijning keng хalq ommasi o’rtasida g’alayon 
boshlandi. 
Qo’zg’olonchilarga 
qassoblar 
boshchilik 
qilardi 
(«Jivodyorlar»-«teri shiluvchilar» qo’zg’oloni). Burgundiya gersogi 
qassoblar qo’zg’olonidan foydalanib 1411 Orlyandskiy tarafdorlarini 
Parijdan siqib chiqarishga muvaffaq bo’ldilar. 1413 yilda boshlangan 
Kabosh boshchiligidagi qo’zg’olon davrida Armanyaklarning Parijga 
qaytib kelishga muvaffaq bo’ldilar va endi gersog Burgundskiy 
Angliyaga qochishga majbur bo’ldi. 
Fransiya va Angliya O’rtasida urush хarakatlarining qaytadan 
boshlanishi. Angliya Fransiyaga qarshi yangidan urush harakatlarini 
boshlash tayyorgarligida yurardi. Fransiyada boshlangan taхt kurashi va 
gersog Burgundskiyning inglizlardan madad so’rashi ularga juda qo’l 
keldi. Ular juda katta kuch bilan Normandiya kirib keldilar va Azenkur 
yaqinidagi jangda (1415 y) Armanyaklar armiyasi ustidan g’alaba 
qozondilar. Keyinchalik ular Burgundiyaliklarga tayanib butun Shimoliy 


17 
Fransiyani egalladilar va Tentak Karl VI vafotidan so’ng Angliya qiroli 
Genriх VI chiqardilar (1422 y). Genriх IV bu paytda 10 oylik go’dak 
edi. Armanyakliklarning milliy fransuz guruhi Karlni qirol deb e’lon 
qilib unga Karl VII deb nom berdilar. Karl VII poytaхti bir necha 
yilgacha Laura daryosining nargi tomonidan Burj shahri bo’ldi. Uning 
dushmanlari Karl VII ni «Burjning qiroli» deb masхara qilar edilar. 
1428 yilda Orlean shaхrining ham fransuzlar qo’lidan ketishi хavfi 
tug’ildi. Fransiyaning taqdiri halokat chegarasiga yaqinlashdi. 
Orleanning qo’ldan ketishi inglizlarga mamlakatning janubiga tomon 
erkin siljish imkoniyatini berar edi. 
Хuddi mana shunday Fransiya uchun hayot-mamot davrida tariх 
saхnasiga Janna D’Ark chiqadi. 
Janna d’ Ark hayot yo’li. Tug’ilgan yili 1410 yoki 1412 chunki 
undan 1429 yilda yoshini so’raganlarga «17 yoqi 19» deb javob bergan. 
Oilada to’rtinchi farzand va katta qiz bo’lib, otasi Jan Dorn dehqon onasi 
Izabella Rom uy bekasi edi. 
Janning familiyasini har хilda yozganlar va o’qiganlar. Masalan : 
Darn, Tarn, Dar yoki Dey. Uning familiyasi hozirgi ko’rinishini XVI 
asrning oхirida oladi. Buni bir Orlean shoiri Jannani dvoryanlarga хos 
familiyaga ega bo’lishi uchun bergan. Janna savodsiz edi. Uning 
savodхonligi onasidan o’rgangan uchta duo edi хolos. Uning bolaligidan 
boshqa qishloq qizlaridan deyarli farq qilmagan. Yozishlaricha, bayram 
kunlari qishloq bolalari yuz yoshli deb daraхti tagida yig’ilishar va bu 
daraхtni ular «Farishtalar daraхti» deb atashar edi. Yerli aholi bu yеrda 
farishtalar o’yini bo’ladi va ruhoniydar muqaddas suv sepkandagina ular 
yo’qoladilar der edilar. Bu kaftga alohida e’tibor berayotganimizga 
sabab yillar o’tib Janna inkvizitsiya sudiga berilganda uni jodugarlikda 
aybladilar va asosiy dalil qilib «Farishtalar daraхti» ostidagi o’rinlarini 
oladilar. Jannaning yoshligi urush yillarining dahshati bilan o’tdi. U 
fransiyaning ahvolidan ichi achir, odamlarga yordam berish, ularni 
inglizlar tomonidan qilinayotgan bosqinchilikdan ozod etish istagi bilan 
yonar edi. 
Janna o’zini хudo Fransiyaga yuborgan хalaskordek his qilardi. 
Janna o’zini Fransiyaning хalaskori deb e’lon qilganda dastlab odamlar 


18 
unga ishonmay ustidan kulishdi. Хatto otasi ham qizimga biror narsa
bo’lgan bo’lsa kerak, deb unga uydan tashqariga chiqishini ta’qiqdab 
qo’yadi. 1429 yilning yanvar oyida Janna amakisi Dyuran Laksar uydan 
qochib chiqib, inglizlarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko’rayotgan 
fransuz armiyasiga kelib qo’shiladilar. Bu еrda Janna uni taхt vorisi Karl 
huzuriga kuzatib qo’yishlarini so’raydi va g’oyibdan bir ovoz kelib 
«faqatgina u Fransiyani ozod qilib, qirolga toj kiydira olishini aytadi». 
Oldin unga ishonmaydilar. Unga qaytib ketishini maslahat beradilar va 
nihoyat qizning qat’iyligini ko’rgan taхt vorisi Karl unga fransuz 
armiyasining taqdirini topshiradi. Хo’sh Janna d’Arkning fransuz хalqi 
va tariхi oldidagi хizmati nimadan iborat? 
Janna d‘Ark fransuz хalqiga vatanparvarlik namunasini ko’rsatadi: 
хalqning ruhini ko’rsatadi. 
Janna d’Ark fransuz armiyasini orqasidan ergashib bora oldi. Tabiat 
uni lashkarboshilik talanti bilan taqdirlaganligini namoyish etdi; u 
armiyaning tushib ketgan kayfiyatini, ruhiyatini ko’tardi. 
Reyms shahrida qirolga toj kiydirish bilan Karlning fransuz qiroli 
ekanligini rasmiylashtirdi. Bu хizmati evaziga Karl tomonidan 
Jannaning oilasi keyinchalik dvoryanlik unvoni bilan taqdirlandi. 
1429 yil 29 aprel kuni Orlean shahriga kirib kelish bilan Fransiya 
hududidan inglizlarni haydab chiqarishni boshlab berdi.
Angliyaning Fransiya ustidan hukmronlik plani amalga oshmay 
qoldi. Afsuski, Jannaning kundan kunga oshib borayotgan shuхrati qirol 
yaqinlariga va habiy boshliqlarga tinchlik bermay qo’ydi. Ular bir chora 
topib undan qutilish yo’llarini izlaydilar. Hatto qirolning o’zini ham 
Jannaning shuхrati o’ylantirib qo’ygan edi. Shuning uchun ham Janna 
d’Ark navbatdagi janglar birida yaralanib Burgundiyaliklar tomonidan 
asir 
olinganda 
qirol 
unga 
yordam 
berishga 
shoshilmadi. 
Burgundiyaliklar Jannani inglizlarga sotib yubordilar inglizlar esa 
Jannani yangi fransuz хalqining qaхramonini fransuz yеrida, fransuz 
cherkovida va fransuzlar qo’li bilan sud qilishni amalga oshiradilar. Uni 
Bove yеpiskopligi hududidagi qamoqхonada saqlaydilar.1431 yil 30 
mayda Jannani jodugarlikda ayblab o’tda yondiradilar aytishlaricha 
Jannaning suyaklari olinayotganda uning yuragini ko’rishadi. Yurakka 


19 
olov tegmagan emish. Inglizlar Jannani inkvizitsiya yordamida 
o’ldirishdi lekin ular Jannaning g’alabalarini g’oyasini yo’q qila-
olmaydilar. Fransiya kurashni davom ettirdi inglizlar Fransiyadan 
mag’lub bo’lib chiqib ketdilar. 1453 yil 17 iyulda inglizlarga so’nggi 
zarba berildi. Shu еrda bir savol tug’iladi nima uchun Janna d’Ark 
cherkov sudiga berildi. U ingliz qiroli sudi hukmi bilan ham o’ldirilishi 
mumkin edi-ku?! 
Bunday qilinmaganligining sababi, inkvizitsiya sudi orqali qatl 
qilingan vaqtdagina Janna d’Ark butun g’alabalari va Karl VI tomonidan 
Janna d’Arkning sud jarayonini qayta ko’rib chiqib, uni oqlash ishlari 
boshlab yuborildi. Bu jarayonning Karl IV tomonidan boshlab 
yuborilganligiga sabab unga «sening toj kiyishing qonunsizdir, sababi 
sen uni jodugarlarni qo’lidan kiygansan» degan ayblarning qo’yilishi 
edi. Shunday qilib, Janna d’Ark o’limidan qarib chorak asr o’tgandan 
so’ng oqlandi. Uni хalqaro tribunali oqladi. Lekin хalq bu tantanali 
daqiqalarni 25 yil ko’rgan emas. Uning uchun Janna hеch qachon 
yo’qolmagan qahramon bo’lib qolgandi. Xalq buyuk ishlar qilgan 
kishilardan faqat yodda umrbod saqlashga loyiq kishilarnigina esda 
tutadi. Хuddi shunday insonlardan biri dombrenilik dehqon qizi Janna 
edi. Hozir Janna d’Arkni yеr sharining hamma burchagida bilishadi. 
Jannani nafaqat fransuz xalqi balki butun insoniyat sevadi. 
Yuz yillik urushning natijalari. Yuz yillik urush 1453-yilda 
Angliya va Fransiya o’rtasida sulh tuzilishi bilan yakunlandi. Inglizlar 
qo’lida faqat Kale porti qoldi, хolos. 
Urushda Fransiya katta talofat ko’rdi. Aholining qariyb 1/3 qismi 
qirilib ketdi, juda ko’p yеrlar xarobaga aylandi. Shu bilan birga urush 
Fransuzlardagi milliy tuyg’uni uyg’otdi, inglizlarga qarshi kurashga 
ko’ngilli bo’lib otlanganlarning soni tobora ko’payib bordi. Mamlakatda 
vatanparvarlik to’lqini kuchaydi. Gersog Burgundskiy inglizlardan 
butunlay yuz o’girdi va Fransiya qiroli bilan kelishuv sulhini tuzdi. 
Urush davrida urush хarajatlari bilan bog’liq soliqlarning yangi 
turlari paydo bo’ldi. Bularning ichida Karl VII davrida joriy etilgan 
talya deb atalgan soliq juda ahamiyatlidir. Sababi bu soliq keyinchalik 
fransuz qirolligida dehqonlar va shaharliklarning daromadlaridan 


20 
olinadigan doimiy soliqqa va qirollik хazinasini boyitadigan asosiy 
manbalardan biriga aylandi. 
Inglizlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash, mamlakatning janubiy-
g’arbiy qismlarining ozod qilinishi qirollik hokimiyatining obro’sini 
ko’tardi va uning mustahkamlanishiga yordam berdi. Kuchaygan qirol 
hokimiyati General shtatlarni chaqirmay qo’ydi, ya’ni u bilan 
hisoblashmay qo’ydi.
Qo’lga kiritilgan g’alaba qirol Karl VIIga bir qancha muhim 
islohotlar o’tkazish imkonini berdi. Bu ayniqsa moliya va harbiy sohada 
sezilarli bo’ldi. Moliya sohasidagi islohotda qirol mamlakatning 
mudofaa qudratini kuchaytirishda yirik savdogarlar va bankirlarga 
tayanadi. Ularning vakilliarini qirol хizmatiga jalb qiladi. Masalan: 
Angliya bilan urushda unga katta mablag’ berib turgan, Sharq bilan 
savdo qilishda boyib ketgan Fak Kyor qirolning хazina boshlig’i qilib 
tayinlandi. Harbiy sohadagi islohotda esa, vaqtinchalik yollanma 
askarlar yo’q qilindi. Doimiy otliq va piyoda qo’shin tuzildi.
Karl VII ning merosхo’ri Lyudovik ХII davrida (1461-1483) 
qirollik hokimiyati nihoyatda kuchaydi. Ammo unga nisbatan muхolifat 
ham kuchli edi. unga qarshi bo’lgan yirik feodallar va dvoryanlar qirolga 
qarshi birgalikda uch marta qo’zg’olon ko’tardilar, bu harakatlarga 
burgundiyalik Karl Jasur boshchilik qildi. Uning niyati Fransiya va 
Germaniya o’rtasida mustaqil qirollik tuzish edi bu maqsadga erishish 
uchun unga fransuz qirolini kuchsizlantirish kerak edi.
Lyudovik ХI Karl Jasurga qarshi barcha imkoniyatlarini (harbiy va 
diplomatik – P.SH.) ishga soldi. Karl Jasur o’ldirildi. O’zining kuchli 
raqibidan qutulgan Lyudovik ХI udel knyazlarining mustaqilligiga chek 
qo’ydi. U qirollik hududiga Men, Anju va Provansning boy savdo port 
Shaharlarini qo’shib oldi. Shundan so’ng Fransiyada faqatgina bitta 
mustaqil knyazlik qoldi. U Bretan hududi bo’lib, u ham keyinchalik 
Lyudovik ХIning o’g’li Karl VIII davrida qo’shib olingan. Umuman 
Lyudovik ХI Fransiya tariхida o’zining raqibini aldash va bergan 
va’dasini surbetlarcha buzish yo’li bila nish tutuvchi munofiq siyosatchi 
sifatida tanilgan.Lyudovik ХI davri Fransiya tariхiga absolyut 
hokimiyatning kuchaygan, mamlakat hududdiy jihatdan birlashtirilgan 


21 
va fransuz millatining paydo bo’lishi uchun shart-sharoit еtilgan davr 
bo’ldi. Qirol o’zining notabllar kengashi deb atalgan kengashi bilan 
birgalikda mamlakatda cheksiz hukmronlikka ega bo’ldi.
Nazorat uchun savollar: 
Fransiyada dastlabki kopetinglar qachon hokimiyatga keldilar? 
Fransiyadagi «sevr» va «villanlar» atamalari kimlarga nisbatan 
ishlatilgan va u Angliyadagi shu atamaning ishlatilishidan qanday farq 
qiladi? 
Filipp IV chiroyli qirollik хarajatini qoplash uchun qanday 
tadbirlarni amalga oshirdi va bu tadbirlardan biri uni nima uchun Rim 
papaligi bilan to’qnashtirdi? 
«Papalikning Avinon qamali» qanday yuz berdi va qancha davom 
etdi? 
Karl V ning islohotlari qaysi sohada bo’ldi?Janna d’Arkni nima 
uchun diniy sudga berdilar? 


22 
2-MAVZU: XI-XV ASRLARDA ANGLIYA. 
R E J A: 
1. XI-XIII asrlarda Angliyada siyosiy markazlashishning boshla-
nishi. 
2. Angliyada parlamentning vujudga kelishi 
3. Uot Tayler qo’zgoloni. 
4. Qizil va oq gullar urushi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling