Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch tushunchalar: ritsarlar va jentriylar, Movut sanoati, 
Norich, Boston, Preston,Vigan, Nyu Beri, Ekzeter, Brabant, Buxoro, 
Eron, Kavkazorti, Richard Chenslerning, Genrix VIII, «g`ov tutish» , 
«Yetti sirning himoyanomasi». 
XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishi. XVI asrda Angliya 
territoriya jixatidan kichik bir mamlakat edi. Shotlandiya hali Britaniya 
qirolligi tarkibiga qo’shilmagan edi. Angliya va Irlandiyaning XVII 
asrning so’nggi o’n yillariga qadar uncha ko’p emas edi. Irlandiyadagi 
jamoa yo’lboshchilarining ko’pchiligi ingliz qirolining xokimiyatini 
nomigagina tan olardi, xolos. Angliya axolisining soni Fransiya, 
Germaniya yoki Ispaniya axolisining sonidan bir necha marta kam edi. 
Fransiyaning 15 million, Germaniyaning 20 million, Ispaniyaning esa 10 
million aholisi bo’lgani xolda, Aigliyaning axolisi salkam 3 million edi. 
XVII asrning boshlarida Angliya axolisi 1603 yilda Angliya bilan 
birlashgan Shotlandiyani hisobga olmaganda, 4 million kishiga yetdi. 
XVI asrda Angliyani shaharlar mamlakati deb bo’lmas edi, undagi 
aholining ko’pchiligi qishloqlarda yashardi, hatto XVI asrning oxirida 
shaharlarda aholining ko’pi bilan beshdan bir qismigina yashardi (XVI 
asrning boshida esa shahar aholisi mamlakat butun aholisining faqat 10 
protsentini tashkil qilardi. Bu jixatdan Angliya Niderlandiyaning 
tamomila aksi edi, chunki Niderlandiya asosan shaharlar mamlakati 
bo’lib, Unda qishloq aholisi ozchilikni tashkil qilardi. 


130 
Ammo Yevropaning bir chekkasidagi orolda joylashgan bu 
mamlakatda XVI asrda xo’jalikning kapitalistik formalari g’oyat jadal 
rivojlanib bormoqda edi. XVI asr Angliyasida kapitalizm ayni bir vaqtda 
xalq xo’jaligining xamma tarmoqlarida — sanoat, qishloq xo’jaligi, 
savdo, dengiz kemachiligida ham katta muvaffaqiyatlar qozonmoqda 
edi. XVI asr Angliya uchun kapitalistik manufakturaning gullab-
yashnagan, agrar o’zgarish boshlangan, ingliz savdogarlari okeanlarni 
keza boshlagan, dastlabki ingliz mustamlakalariga asos solingan davr 
edi. Angliya xalq xo’jaligining yuksalishiga va uning kapitalistik asosda 
qayta qurilishiga umuman olganda ikkita tarixiy faktor yordam bergan 
edi: 1) Buyuk geografik kashfiyotlar bu kashfiyotlar natijasida Angliya 
Eski Dunyo bilan Yangi Dunyo o’rtasidagi yangi jahon yo’llarining 
markazi bo’lib qolgan xamda o’zining dengiz mamlakati sifatidagi 
afzalliklaridan foydalanish imkoniga faqat endi ega bo’la boshlagan edi 
va 2) keyivgi o’rta asr oldidagi davrda Angliyada feodalizmnivg juda 
buzulib ketganligi — krepostnoy huquqining ilk bor tugatilganligi, 
movut sanoatining rivojlana boshlashi, mamlakatning siyosiy jixatdan 
juda tez markazlashishi va quyi feodal tabaqalari (ritsarlar va 
jentriylar)ning tashkil topayotgan burjuaziya bilan XIII asrdayoq 
yaqinlasha boshlaganligidir. 
Kapitalistik manufakturaning rivojlanishi. Movut sanoati XVI asrga 
kelib Angliyaning «milliy sanoatiga» aylandi. Axolining yarmidan 
ko’prog’i shu sanoatda band edi desa bo’ladi. Movut to’kish bilan 
shaharlardagina emas, qishloqlarda ham ko’p shug’ulanardilar. Angliya 
qirolligining hamma burchaklarida har xil, jumladan, a’lo sifatli mayin 
movut ishlab chiqaradigan mahalliy sanoat markazlari paydo bo’ldi. 
Chunonchi, Sharqiy Angliyada Norich shahri, yorkshirda Boston shahri, 
g’arbda Preston va Lankashnrdagi Vigan, Urta Angliyada NyuBeri, 
g’arbi-janubda Ekzeter shahri va boshqalar shunday markazlar edi. Bu 
shaharlarda 
XI—XII 
asrlardayoq 
vujudga 
kelgan 
qadimgi 
hunarmandchilik, garchi sanoat bilan sex sanoati muvaffaqiyatli raqobat 
qilayotgan bo’lsa-da, sex hunarmandchiligi shaklida rivojlanishda 
davom etaverdi. Movut maxsulotining faqat bir qismigina, unda ham 
ozgina qismi, shahar hunarmandchilik sexlari tomonidan ishlab 


131 
chiqarilardi. Movut sanoatining ko’proq tarqalgan tashkiliy formasi esa 
manufaktura edi. XVI asrdagi manbalarda markazlashgan yirik 
manufaktura korxonalarining xarakteri juda ravshan tasvir qilib berilgan, 
u vaqtda bir korxonada kapitalist uchun necha yuzlab ishchi ishlagan. 
XVI asrning 90-yillarida yozilgan bir balladada bunday deyilgan: «Keng 
va uzun bir xonada 200 ta to’quv dastgoxi turibdi. dastgoxlarda qator 
bo’lib 200 kishi ishlamoqda... boshqa bir xonada 100 ayol jun 
titmoqdaq… ikkinchi xonada boshqa 100 qiz jun qirquvchi movut 
qirqmokda, ularning mokda...». Qishloqlarda tuqilgan movut odatda 
jadal oxarlanmagan va bo’yalmagan bo’lardi. Keyin ularning bir qismi 
Angliya shaharlariga olib kelinib ishlov berilar, bir qismi esa yarim 
fabrika holida Niderlandiyaga jo’natilib, Flandriya va Brabantda tayyor 
holga keltirilar edi. Chet ellarga chiqarilgan oliy nav va dag’al movut 
XVI asrning 60-yillarida butun ingliz eksportining 80 protsentdan 
ko’prog’ini tashkil qilardi. 
XVI asrdagi Angliyada sanoatning boshqa tarmoqlarida konchilik 
— temir, qalayi, qo’rgoshin, mis qazib chiqarish xiyla rivojlangan edi. 
Ruda quyish ishlari xamisha oshib borganligi tufayli, o’rmonlar kesila 
berib yo’q bo’lib ketayotganligidan zamondoshlar noliy boshlagan 
edilar. O’sib borayotgan kemasozlik sanoati xam juda ko’p yog’och 
iste’mol qilardi. Nihoyat, XVI asrdagi Angliyada ishlab chiqarishning 
o’rta asrlarda bo’lmagan, asosan, manufaktura tipidagi yangi turlar: 
shisha sanoati, sovun pishirish, porox yasash, qog’oz ishlab chiqarish, 
bosmaxona ishi va boshqalar tez rivojlanib bormoqda edi. XVI asrda 
Angliyada ko’plab toshko’mir qazib chiqarila boshladi, Biroq bu 
ko’mirdan uy-joy binolarini isitish uchungina foydalanilardi mineral 
yoqilg’i yordamida ruda eritishni hali bilishmasdi. 
Tashqi savdoning rivojlanishi. Angliya o’z sanoatining taraqqiyoti 
natijasida juda ko’p tovarga ega bo’lib, XVI asr davomida tashqi savdo-
sotiq ishlarini keng ko’lamda rivojlantirb yubordi. Yevropaning turli 
bozorlarini, shuningdek, mustamlakalarni ham movut bilan ta’minlashni 
ingliz savdogarlari o’z qo’llariga oldilar (xolbuki bu vaqtgacha qit’a 
bilan bo’ladigan savdo-sotiq ishlarida nemis savdogarlari va Venetsiya 
savdogarlari vositachilik qilar edilar). 


132 
«Dengizning narigi yog’ida» inglizlar olib borgan savdo-sotiq 
ishlarining kengayishini va asosan qaysi tomonlarda rivojlanganligini 
XVI asr davomida birin-ketin paydo bo’lgan ingliz savdo 
kompaniyalarining 
tarixi 
yaqqol 
ko’rsatib 
turibdi, 
avantyurist 
savdogarlarning XV asrning 70-yillaridayoq vujudga kelgan eski 
kompaniyasiga kapitalistik aksiyachi kompaniyalar tipida tashkil etilgan 
yangi kompaniyalar qo’shildi. Bular orasida Moskva kompaniyasi katta 
rol o’ynadi bu kompaniya 1553 yilda Richard Chenslerning Moskva 
davlatiga qilgan sayoxati natijasida tashkil etilgan edi. Bu kompaniyaga 
kirgan ingliz savdogarlari Rossiya bilangina emas, balki O’rta Osiyo 
Mamlakatlari — Buxoro, Eron xamda Kavkazorti Mamlakatlari — 
Armaniston, Ozarbayjon va boshqalar bilan xam savdo-sotiq ishlari olib 
borardi. XVI asrning 70 va 80-yillarida Baltika dengizida savdo sotiq 
ishlarini olib borish uchun Shotlandiya (yoki Ostzey) kompaniyasi, 
O’rta dengizda savdo-sotiq olib borish uchun Turk (yokp Levant) 
kompaniyasi tashkil topdi. Taxminan shu vaqtlarda Gvineya 
kompaniyasi tuzilib, keyinchalik uning savdo maqsadi bilan qilgan 
sayohatlari natijasida mashxur Ost-Indiya kompaniyasi vujudga keldi, 
bu kompaniya 1599—1601 yillarda tashkil topdi. Markaziy (Vest-
Indiya) va Shimoliy Amerika bilan savdo-sotiq ishlari olib borish uchun 
bir necha savdo kompaniyasi bor edi. Dastlabki ingliz koloniyalari XVI 
asr oxirlarida barpo qilingandir. Shimoliy Amerikada Virginiya 
koloniyasi barpo qilindi. Vest-Indiyadagi Baobados orolini va Ost-
Indiyadagi Surat shahrini Apgliya XVII asrning boshlarida bosib olgan 
edi. 
Agrar o’zgarishlarning boshlanishi. Yov tutishlar. XVI asrga kelib 
Angliyada krepostnoy huquq batamom yo’qoldi. Bir zamonlar 
krepostnoy bo’lgan dehqonlar «odatdagi huquq bo’yicha» yoki o’sha 
payt Angliyadagi ibora bilan aytganda, «manor odati bo’yicha» voris 
bo’lib yerga egalik qiluvchi dehqonlarga aylandilar. Dehqonlar oddiy 
yer egalari yoki kopigolder deb atalardilar, chunki ular ularga berilgan 
yer uchun kopiyani o’z qo’llarida saqlardilar. Kopigolderlar bir vaqtlar 
bitimda ko’rsatilgan va qat’iy bo’lib qolgan odatga muvofik lordlarga 
muayyan miqdorda yer rentasi to’lashlari lozim edi. qishloqda tovar-pul 


133 
munosabatlari o’sib borayotgan bir sharoitda bunday «aniq» va muayyan 
miqdorda renta to’lash hiyla badavlat dexqonlar uchun juda foydali edi. 
Ko’pgina tarixchilarning XV asrni Angliya tarixida ingliz dehqonlari 
uchun eng omadli davr, ularning o’ziga xos bir «oltin davr» deb 
ataganliklari bejiz emasdir. 
Ammo XV asr oxirlaridan boshlab ingliz dehqonlari uchun katta 
xavf, o’zlariga tegishli haydaladigan yerlardan, shuningdek jamoat 
yaylovlaridan 
ajrash 
xavfi 
tug’ila 
boshladi. 
Niderlandiyaga 
chiqariladigan yoki Angliyaning o’zida sanoat ishlab chiqarishiga 
ketadigan yung narxlarining oshib borishi katta yer egalarini shx'mayda 
bo’laklarga bo’linib ketgan yerlarni o’z qo’llariga kiritib olishlariga va 
bu yerlarni ilgarigidek feodal mulki tipida emas, balki burjua tipidagi 
O’z mulklariga aylantirishlariga undadi. Shu maqsadda lordlar dastavval 
Angliya sharoitida jamoalarga qarashli ko’pgina yerlarni, ya’ni har xil 
o’rmonlar orasidagi yalangliklar, laxkash yerlar va xokazolarii o’z 
qo’llariga kiritib oldilar, U yerlar shu paytgacha lordlar bilan 
dehqonlarning qaramog’ida edi. Yer egalari o’zlari bosib olgan bu 
yerlarni qoziqlar qokib, handaklar kovlab, daraxtlar o’tkazib va boshqa 
xar xil g’ovlar tutib to’sib olardilar. Shuning uchun lordlarning ingliz 
dexqonlarini yerdan maxrum etish protsessi «g’ov tutish» deb ataldi. 
G’ov tutish aslida sotsial-iqtisodiy voqea edi. g’ov tutish — mexnatkash 
dexqonlar ommasining yirik yer egalari — lordlar tomonidan 
ekspropriatsiya qilinishi, dexqonlarni ularnnng asosiy ishlab chiqarish 
quroli — yerdan maxrum qilishi edi. Dexqonlarning jamoa 
yaylovlaridan maxrum qilinishi ularning xo’jaligiga qattiq zarba bergan 
hamda dexqonlarning dexqonchiligi va chorvachiligi uchun zarur shart 
bo’lgan jamoa yaylovlarini o’z ichiga oluvchi butun qishloq jamoa 
tuzumini yemirgan edi. Ammo lordlar jamoalarga qarashli yerlarni bosib 
olish bilangina kifoyalanmadilar. Ular dexqonlarning ekin yerlarini xam 
tortib ola boshladilar. Yer egalari birinchi navbatda qisqa muddat bilan 
ijaraga berilgan yer uchastkalarini, ya’ni pomeshchiklarning xo’jayinlar 
domenidan eng mayda dehqonlarga — lizgolderlarga ijaraga berilgan 
yerlarni tortib oldilar. Nihoyat lordlar dehqonlarni ularga meros qolgan 
chek yerlardan ham haydab chiqara boshladilar. Lordlar tortib olgan 


134 
dalalarni odatda qo’y boqish uchun yaylovlarga aylantirardilar va katta-
katta narx qo’yib , yirik ijarador-fermerlarga ijaraga berardilar. Ba’zan 
esa xo’jalik ishlarida omilkor lordlarning o’zlari yilqichi-soxibkorlarga 
aylanardilar, ular o’z yerlarida bir necha o’n minglab qo’ylarni 
boqardilar. 
G’ov tutishlar natijasida butun-butun qishloqlar tamomila yo’q 
bo’lib ketardi. Bir necha o’n minglab dehqon oilalari tirikchilik 
vositalaridan maxrum bo’lib, o’z joylarini tashlab, daydi va gadoy bo’lib 
ketishga majbur bo’lar edilar. 
1489-yildayoq chiqqan parlament statutlaridan birida bunday 
deyilgan edi: «Bizning qirolligimizda dehqonlarning uylari va butun-
butun qishloqlarning bo’m-bo’sh bo’lib qolishni, vayron qilinishi va 
butunlay buzib yuborilishi tufayli nihoyatda zo’r kulfat kundan-kunga 
ortib bormoqda. Azaldan dehqonchilik uchun foydalanib kelingan 
ekinzorlar endi yaylovlarga aylantirilmoqda. Bir vaqtlar 200 lab kishi 
g’alla ekib, dehqonchilik qilib yurgan yerlarda endi 2—3 ta podachi 
qolgan. Tomas Mor o’zining 1516 yilda bosilib chiqqan «Utopiya» 
degan asarida istehzo bilan: «Sizning odatda juda yuvvosh bo’lgan 
qo’ylaringiz... xozir shu qadar yeb to’ymas va sarkash bo’lib ketishibtiki 
hatto odamlarni ham yeb qo’ymokdalar», degan edi. 
G’ov tutishlarga qarshi Tyudorlar qonuni. Tyudorlar hukumati 
(1485—1603) G’ov tutishlar oqibatidan qo’rqib qoldi. Ommaviy 
faqirlik (pauperizm), qashshoqlik, daydilik mulkdor sinflarning 
xotirjamligini xavf ostida qoldirdi. Mamakatda xususiy mulkka qarshi 
jinoyatlar ko’paydi. Dehqonlarning lendlordlarga qarshi g’azab va 
nafrati oshmoqda edi. G’ov tutuvchilarga qarshi turli grafiklarda tez-tez 
mahalliy qo’zg’olonlar bo’la boshladi. Hukumat G’ov tutishlarning 
yoyilib ketishi davlat xazinasiga va harbiy ishlarga ham katta zarar 
keltirishidan xavotir bo’lib qoldi. Xonavayron bo’lgan dehqonlar soliq 
to’lay olmas edilar. Dexqonlar sonining kamayishi mamlakatning 
lashkar to’plash ishiga ham putur yetkazardi. Hukumat yuz ellik yildan 
ortiqroq davr ichida (XV asr oxiridan deyarli XVII asr o’rtalarigacha) 
G’ov tutishlarga qarshi juda ko’p statut va ordonanslar chiqardi. 1516 
yilda Genrix VIII chiqargan farmonda konversiya, ya’ni ekinzorlarni 


135 
yaylovga aylantirish man qilingan edi. Genrix VIII ning 1533 yilgi 
qonuni esa, bir mulkdorning asraydigan qo’yi 2 ming boshdan ortmasin 
deb chegaralab qo’ygan edi. 1597 yilda qirolicha Yelizaveta hukumati 
dexqonlarning buzib yuborilgan usadbalarini tiklash va barcha G’ov 
tutishlarni to’xtatish haqidagi talablarni takrorlagan edi. Hukumat G’ov 
tutishlarni tekshirish uchun bir necha marta: 1517, 1548 va 1607 yillarda 
reviziya tayinlagan edi. Statutlarni buzgan aybdorlarga jarimalar solindi. 
Lekin chiqarilgan shu qonunlarning hammasi natijasiz qoldi. 
Tyudorlarning dvoryanlar monarxiyasi dehqonlarni yerdan maxrum 
etishlarga qarshi izchillik bilan kurasha olmas edi. G’ov tutishlarga 
qarshi chiqarilgan statutlarni amalga oshirishda ham yetarli darajada 
g’ayrat bilan ish ko’rilmas edi. Statutlarni amalga oshirishlari lozim 
bo’lgan sheriflar shu ishlar bilan shug’ullanuvchi sudyalar va boshqa 
hamma mansabdorlar deyarli o’zlari yer egalari bo’lib, G’ov tutishlarni 
tekshirish ishlariga har qanday yo’llar bilan tosqinlik qilardilar. Yirik 
lordlar o’z pomestyelarida G’ov tutish uchun saroydan maxsus ijozat 
olar va ayrim grafliklardagi G’ov tutishlarni tekshirish topshirilgan 
maydaroq amaldorlarni nazarlariga ham ilmas edilar..ning holatida 
quruqchilikdagi kuchlarning Angliyaga hujum qilishi juda qiyin vazifa 
hisoblanardi. Ammo XVI asrdagi ingliz qirollari katta muntazam armiya 
tuzmasalar ham, parlament bilan birgalikda harbiy flotni muttasil 
mustahkamlab bordilar. Buning oqibatida harbiy flot dushmanning 
dengizdan 
xujum 
qilishidan 
mamlakatping 
xavfsizligini 
to’la 
ta’minlabgina qolmay, ingliz mustamlaka va savdo ekspansiyasi uchun 
qudratli vosita ham bo’lib xizmat qilardi. Ingliz reformatsiyasi. Ingliz 
hukumati reformatsiyaga avvaliga salbiy qaragan edi. Yoshligida 
yaxshigina maxsus dinny ta’lim ko’rgan Genrix VIII Lyuterga qarshi 
munozarada ham shaxsan ishtirok qilgan edi. U 1521 yil noyabrida 
yozgan«Yetti sirning himoyanomasi» degan pamfletni Rimga papa 
nomiga yuborgan edi. Genrix VIII Yekaterina Aragonskayaga 
uylangach, Karl V bilan dinastik bog’lanish tufayli, avval boshda 
Fransiyaga qarshi uyushtirilgan koalitsiyada ham qatnashgan edi. 
Biroq ingliz dvoryanlari cherkovga qarashli yerlarni bosib olishdan 
juda manfaatdor bo’lganligi, ingliz burjuaziyasining reformatsiyaga 


136 
xayrixohlik bilan qaraganligi va «oddiy», «arzon» cherkov bo’lishini jon 
deb istaganligi, 20-yillar oxiridan Angliyaning tashqi siyosatida 
o’zgarish paydo bo’la boshlaganligi (Gabsburglar juda kuchayib 
ketganligi tufayli Fransiya bilan yaqinlashganligi) «taqvodor qirol»ni 
cherkov masalasida tutgan o’z siyosatini o’zgartirishga majbur etdi. 
Genrix VIII ning xotinini qo’yishi bu o’zgarishga rasmiy bahona bo’ldi. 
Genrnx VIII Yekaterina Aragonskayani (yoshi o’zidan katta bo’lganligi 
va o’gil tug’maganligi uchun) qo’yib yubormoqchi bo’lib, Rimga 
murojaat qildi, chunki katolik qonunlariga muvofiq ajralishni papa 
rasmiylashtirishi kerak edi. Yekaterina Karl V ga xola bo’lganligi 
uchun, asosan shu vaj bilan papa bu ajralishga ruxsat berishdan bosh 
tortdi. Chunki Karl V 1527 yildan. keyin Rimga xo’jayin bo’lib qolgan, 
papa esa tamomila uning ixtiyorida edi. Nihoyat qirolning xotinidan 
ajralishi Rim papasining ruxsatisiz Angliyada rasmiylashtirildi (1533 
yil). Shundan keyin Genrix VIII avval qirolichaning freylinasi bo’lgan 
Anna Boleynga uylandi. siyosatidan g’azabga kelgan Genrix VIII 30-yil 
o’rtalarida Rim bilan aloqasini butunlay uzdi. 1534 yilda tuzilgan 
«Supremchiya to’g’risidagi akt» bu jihatdan muxim qadam edi, bu aktga 
binoan qirol ingliz cherkovining bosh raxbari, deb e’lon qilindi. Ammo 
shunisi xarakterliki, aktda hamma eski katolik aqida va rasm-odatlar 
daxlsizdir, deyilgan edi. Cherkovni idora qilishgina o’zgartirilgan, 
shunda ham uning yuqori instansiyasidagi idorasigina uzgartirilgan edi. 
Papa o’rniga qirol o’tib, yepiskopat avvalgi holicha qolaverdi. Genrix 
VIII Rimni ham, Vittenbergni ham istamasligini bir necha marta aytdi. 
Shunday qilib, ingliz cherkovi (yoki latincha aytganda — anglikan 
cherkovi) katolitsizm bilan protestantlik o’rtasidagi bir vaziyatni 
egallagan edi. 
Genrix VIII reformatsiya masalalarida konservativlik ko’rsatgan 
bo’lsada, iqtisodiy sohada muhim bir tadbirni ko’rdi. 1536 va 1539 
yillarda u monastirlarni (avvalo maydalarini, so’ngra kattalarini ham) 
bekitdi va monastirlarning mulki, binolari, har qanday ziynat buyumlari, 
oltin va kumush boyliklarini, eng muxim monastirlarga qarashli juda 
katta yerlarni musodara qildi. Cherkov yerlarining musodara qilinishi 
g’oyat katta sotsial oqibatlarni keltirib chiqardi. Musodara qilingan 


137 
yerlar qirol xazinasi ixtiyorida uzoq saqlanib qolmadi. Bu yerlar sotildi 
va bir qismi qirol arzandalariga hadya qilib berildi. O’rta darajadagi 
harbiy va puldor dvoryanlardan va qisman burjualardan iborat yangi 
mulkdorlar sekulyarlashtirilgan mulklardan juda boyib ketdi. Genrix 
VIII zamonida o’tkazilgan reformatsiya natijasida yangi dvoryanlar sinfi 
tashkil topdi va keyinchalik bu sinf XVII asr o’rtalarida bo’lgan ingliz 
revolyutsiyasida burjuaziyaning ittifoqchisi bo’ldi. Monastirlarning 
yerlarini egallab olgan yangi mulkdorlarning bu yerlarda yashab kelgan 
dexqonlar bilan xech qanday traditsion aloqasi yo’q edi. Faqat boyish 
payidan bo’lgan ochkuz yangi xo’jayinlar dexqonlarnn sira ayamay, 
chek yerlaridan xaydab yuborar, yerlarga g’ov tutar, azaldan odat bo’lib 
qolgan renta urniga yangisini, undan ko’ra qiymatroq turadigan va uni 
to’lashga o’rtaxol dexqonlarning mutlaqo qurbi yetmaydigai bozor 
rentasini belgilardilar. «Reformatsiya tufayli va bu bilan birga cherkov 
imeniyelarnning nihoyat darajada talon-toroj qilinganligi tufayli XVI 
asrda xalq ommasini zo’rlik bilan ekspropriatsiya qilish yangidan juda 
dahshatli tus oldi» Anglikanizmda, jumladan, kalvinizm ta’siri (taqdir 
haqidagi dogmat, marosimlarning kamayishi va xokazo) aniq ko’rinardi. 
Ammo Eduard VI o’lgandan keyin uning o’rniga Genrix VIII ning 
Yekaterina Aragonskayadan tug’ilgan qizi Mariya Tyudor taxtga o’tirdi. 
Genrix VIII saroyiga nisbatan ispan katoliklari oppozitsiyasi muxitida 
tarbiyalangan Mariya Tyudor ko’proq g’arb bilan shimolning xiyla 
qoloq okruglaridagi ingliz dvoryanlarining ba’zi bir qismidan madad 
topgan katoliklar partiyasiga boshchilik qildi. Bundan tashqari, qirolicha 
ona tomon qarindoshi, ispan qiroli Filipp II ga erga tegdi. Yuqorida 
aytib o’tilganidek, Filipp II—XVI asrning ikkinchi yarmidagi katolik 
reaksiyasining eng fanatik arboblaridan biri edi. 
Mariya ispanlar madadiga tayanib, Angliyada katolizmni tikladi va 
protestantlarni qattiq ta’qib ostiga oldi. Bir zamonlar o’rta asr 
yeretiklarini gulxanga tashlab qanday kuydirgan bo’lsalar, Angliyada 
protestantlarni xam shunday tiriklayin kuydirardilar. Protestantlar 
Mariyani shafqatsizligi uchun «qonxo’r» deb atadilar.50-yillar boshida 
mamlakatda bir necha marta katta-katta fitnalar uyushtirildi, bundan 
maqsad Mariyani taxtdan ag’darib tashlash va chet el ispan ta’sirini 


138 
yo’qotish edi. Bu fitnalar bostirildi. Ingliz parlamentining uzi biror 
darajada jiddiy oppozitsiya uyushtirishga jur’at etolmay, katolik 
hukumatiga nisbatan o’zini tobe tutardi. Ammo Mariya Tyudor uzoq 
vaqt qirollik qilmadi. U 1558-yilda o’ldi. Ingliz zadoganlari orasidagi 
protestantlar ustun chiqib, Genrix VIII ning Anna Boleyndan bo’lgan 
qizi Yelizaveta I ni qiroleva qilib qo’ydilar, u XVI asrning butun 
ikkinchi yarmida podsholik qildi(1558—1603). 
Yelizaveta I mo’tadil anglikan formasidagi protestantizmni uzil-
kesil tikladi. 1559-yilda parlament taxt egasining cherkov ishlariga 
boshchilik (suprematiya) qilish huquqnni yana tasdiqladi. Qirolichaga 
yepiskoplarni tayinlash huquqi berildi. Yepiskoplar esa isloh qilingan 
cherkovda ham qolib, o’z yepiskoplik yerlarini xamda lordlar palatasida 
majlis o’tkazish huquqini saqlab qoldilar. Anglikan cherkovining boshqa 
nomi — yepiskopal cherkov degan nomi shundan kelib chiqqandir. 
1571-yilda anglikan din simvoli ishlab chiqildi, u 39 a’zo (bob)dan 
iborat bo’lib, unda ba’zi bir katolitsizm aqidalari bilan bir qatorda 
protestantizm, kalvinizm ta’siri xam sezilib turardi. Ibodat qilishda bir 
xillik (Sop1ogshIu) joriy etildi. Ibodat hukumat tomonidan tasdiqlangan 
alohida qo’llanmaga binoan ingliz tilida amalga oshirilishi kerak edi. 
Qirolichaning cherkovga boshchilik qilishni tan olishdan bosh tortgan 
katolik-rekuzantlarga qarshi qattiq qonunlar chiqarildi. Iyezuitlarning 
Angliyaga kirishi qat’iy man etildi. Katoliklar yana qo’shimcha katta-
katta soliqlar to’lashga majbur edilar. Protestantizmdan katolitsizmga 
o’tish davlatga xiyonat qilish bilan bir katordagi jinoyat hisoblanardi. 
XVI asrning ikkinchi yarmida Angliyaning umumiy ichki va tashqi 
siyosati. Yelizaveta I Tyudorning uzoqq muddat (kirk besh yil) qirollik 
qilgan davri — Angliya iqtisodiy jihatdan ayniqsa taraqqiy etgan davr 
edi. Boshqa mamlakatlar bilan, jumladan, Hindiston va Amerika bilan 
savdo-sotiq ishlarini olib borish uchun juda ko’p savdo kompaniyalari 
tuzildi, dengizning narigi tomonida inglizlar kolonizatsiyasi boshlandi, 
ingliz savdo floti juda o’sib ketdi, movut manufakturasida 
muvaffaqiyatlarga erishildi, kapitalistik fermerlik tobora keng yoyila 
boshladi, ana shu hodisalarning hammasi «Yelizaveta asri» deb atalgan 
davrning eng yorqin xususiyatlaridir. 


139 
Yelizaveta protestantizmni tiklash bilan avvallari monastrlarga 
qarashli 
yerlarga 
egalik 
qiluvchi 
mulkdorlarning 
huquqlarini 
mustahkamlab berdi hamda yangi dvoryanlar va burjuaziyaning 
manfaatlarini ta’minladi. 1569-yilda graflardan Nortumberlendskiy va 
Vestmorlendskiy boshchiligida shimoldagi lordlar «eski» va «haqiqiy» 
katolik dinini himoya qilish bayrog’i ostida markaziy hokimiyatga 
qarshi isyon ko’targanlarida, bu isyon tezda bostirildi. Hukumat janubiy 
va janubi-sharqiy grafliklarning jentriylari va frigolderlaridan katta 
qo’shni to’plab, muayyan vaqt davomida butun Shimolni aslida 
okkopatsiya qilib turdi, bu o’lkani shafqatsiz ravishda taladi. 
Hukumatning terrori 1569-yilda o’zlariga xos bahonalarga ko’ra 
(Shimoldagi yerlarni qo’lga kiritib olgani, yer rentasini oshirgan va bu 
yerga ham g’ov tutish siyosatini olib kelgan «Londonlik» eski lordlarga 
nafrat yuzasidan) xarakatida ishtirok etgan shimoliy dehqonlarning bir 
qismiga ham yoyildi. 
Genrix VIII vaqtida parlament qirolichaga uning feudal katolik 
guruhlariga qarshi olib borgan kurashida har tomonlama yordam berdi. 
Katoliklar tomonidan ingliz toj-u taxtiga da’vogar qilib qo’yilgan 
Shotlandiya korslevasi Mariya Styuart (u ham onasi tomondan 
Tyudorlar dinastiyasiga mansub edi) Yelizaveta agentlarining yordami 
bilan Shotlandiyadan haydab yuborildi. Angliyaga ko’chgan Mariya 
Styuart o’z «egachisi» bo’lgan ingliz qirolevasi kuliga asir tushib qoldi. 
Mariya Styuart turli qal’alarda ko’p yillar qamalib yotib, bir necha marta 
muvaffaqiyatsiz ko’chishga urinib ko’rganidan so’ng 1587-yilda qatl 
qilindi. 
Mariya Styuart ishida ispan qiroli Filipp II ning agentlari katta rol 
o’ynadi. Mamlakat ichidagi feodal-kataloglar reaksiyasi ham, chetdagi 
ispanlarning aralashuvi ham Yelizaveta hukumatini bir xilda tashvishga 
solib qo’ydi. Ispaniya yanada muhimroq boshqa bir sababga ko’ra uzoq 
vaqtgacha Angliyaning milliy dushmani bo’lib qoldi. Inglizlarning 
dengiz savdosi rivojlanib va mustahkamlanib borgan sari, ingliz burjua 
doiralarining ko’pgina ispan-portugal mustamlakalariga kirib borishi 
uchun Ispaniya tobora katta to’siq bo’lib qolmoqda edi. 


140 
Irlandiyaning bosib olinishi va talanishi. XVI asrning ikkinchi 
yarmida Angliya qo’shni Irlandiyaga o’z tazyiqini keskin kuchaytirdi. 
Irlandiyaning Dublin shahri bilan sharqiy sohillari XII asrning ikkinchi 
yarmidayoq birinchi marta zabt qilingan edi. Shundan keyingi asrlarda 
orolning boshqa tumanlariga ham ingliz hukumatining ta’siri kengaydi. 
Ammo umuman olganda inglizlarning Irlandiyaga kirib borishi uzoq 
vaqtgacha yetarli darajada chuqur bo’lmagan edi. Qabilalarning 
mahalliy yo’lboshchilari ingliz qirollariga nomigagina bo’ysunardilar. 
Inglizlarning Irlandiyaga ko’chib borishi nisbatan uncha ko’p emasdi. 
Ko’chib borgan inglizlarning, shu jumladan, bu yerga ko’chib kelgan 
ingliz feodallarining irlandlashuvi xarakterlidir. Ko’chib kelgan 
inglizlarning ikkinchi-uchinchi kuniyoq irland urf-odatlari va tilini to’la 
o’zlashtirib olib, shu tarzda mahalliy aholi bilan ko’shilib ketardi. 
Chegaralari mustahkamlangan va ko’plab ingliz garnizonlari joylashgan 
torgina sharqiy polosada (Iel deb ataladigan joyda) ingliz feodallari va 
savdogarlari o’zlarini birmuncha mustahkam tutib, mahalliy irland 
aholisidan alohida ekanliklarini saqlab qoldilar va hatto buni ta’kidlab 
ko’rsatardilar. Ingliz sanoati va savdosining rivojlanishi, yangi yerlarda 
jun, g’alla va boshqa mahsulotlarga talabning oshishi munosabati bilan 
ingliz feodallari ehtiyojining keskinlashuvi natijasida Irlandiya ingliz 
hukmron sinflarini ko’proq qiziqtira boshladi. Irlandiyaning ajoyib 
yaylovlari unda qimmatli qazilmalarning mavjudligi, ko’plab dengiz 
buhtalari, orolning qulay strategik mavqeyi — bularning hammasi ingliz 
dvoryanlarini va ularni qo’llab-quvvatlovchi burjuaziya doiralarini 
Irlandiyaga nisbatan ekspansiya va agressiyani kuchaytirishga undar edi. 
Dastlabki Tyudorlar, Genrix VII va Genrix VIII davridayoq 
Irlandiyada ingliz hukumatining ta’siri kuchaya boshlagan edi. 
Xususan,Genrix VIII birinchi marta Irlandiya qiroli titulini qabul qildi 
(bu paytgacha ingliz qirollari Irlandiya senori tituli bilangina kifoyalanib 
kelardilar). Irlandiya zodagonlari ingliz qiroliga qasamyod qilishlari, 
undan titul olishlari hamda ular qabilalardan tortib olgan yerlarga egalik 
qilish huquqini olishlari kerak edi. Irlandiyada ingliz hukmronligini 
yanada mustahkamlashda reformatsiya katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu 
yerda reformatsiya ayniqsa zo’ravonlik usullari bilan xamda Irlandiya 


141 
cherkov-monastir yerlarini temmaviy tarzda sekulyarizatsiya qilish bilan 
o’tkazilgan edi. Irlandiyaning feodal-qabila tarqoqligidan foydalanib, bir 
qabila yo’lboshchisini ikkinchisiga qarshi gij-gijlash, orolning ayrim 
tumanlarida ig’vogarlik maqsadida g’alayonlar uyushtirish va ularni 
shafqatsizlik bilan bostirish yo’li bilan ingliz xukumati Mariya 
davridayok, so’ngra esa Yelizaveta davrida xam O’rta va Shimoliy 
Irlandiyadagi yerlarni sistematik tarzda musodara qila boshladi. Odatda, 
musodara qilingan yerlar ingliz dvoryanlariga va qisman Angliyadan 
ko’chib kelgan dehqonlar kolonistlarga berilardi. Yelizaveta xukmronlik 
qilgan davrning ayniqsa ikkinchi yarmida va oxirida yerlar juda ko’plab 
miqdorda shu tarzda musodara qilindi, Olsterda Shan O' Iyeyl(1559—
1567), Mensterda Desmond (1579—1583) xamda yana Olsterda 
graflardan Tiron bilan Tirkonel (1595—1603) raxbarligida ro’y bergan 
Irlandiya qo’zg’olonlari bostirilgani natijasida ana shunday ishlar 
qilindi. Yelizaveta xukmronlik qilgan davrda ingliz xukumati 
Irlandiyada jami 1300000 akr xajmdagi juda katta yer maydoni 
musodara 
qilindi. 
Irlandiyaning 
bo’ysundirilishi 
va 
talanishi 
Angliyaning shundan keyingi tarixi uchun g’oyat katta sotsial-iqtisodiy 
oqibatlarga ega bo’ldi. Irlandiya Angliyaning mustamlakasiga aylanib, u 
yerga ingliz movuti va boshqa sanoat maxsulotlari olib borilar xamda u 
yerdan Angliyaga galla, chorva mollari, jun va boshqa qishloq xo’jalik 
maxsulotlari keltirilar edi. Angliya lendlordizmi o’sha. paytda ingliz 
dvoryanlarn xar qanday usullar bilan (g’ov tutish, sekulyarizatsiya va 
shu singari qo’llar bilan) kengaytirgan va Angliyaning o’zida to’la 
aylantirgan yerlarga qo’shimcha tarzda Irlandiyani o’zining iqtisodiy 
bazasiga aylantirdi. 
XVI 
asr 
— 
XVII 
asrning 
boshlarida 
Angliya-Rossiya 
munosabatlari. XVI asrda Angliyada Rus davlati bilan anchagina jonli 
iqtisodiy munosabatlar o’rnatilgan edi. 1554 yilda Angliya-moskva 
kompaniyasining tuzilishi Angliya bilan Rossiya o’rtasida muntazam 
savdo aloqalari o’rnatilishiga olib keldi. Rossiyadan inglizlar juda ko’p 
miqdorda zigir poyasi, kanop tolasi, mol yog’i, mum, mis, muyna, 
yogoch va shu singarilarni olib ketar edilar. Qishloq xo’jaligi va o’rmon 
xo’jaligining ana shu maxsulotlari evaziga inglizlar Rossiyaga movut, 


142 
galantereya tovarlari, dori-darmon, qurol-yarok, oltingugurt, selitra, 
qo’rg’oshin olib kelardilar. Rossiyaning juda ko’plab arkonlari 
kompaniyalar vositachiligida ingliz flotini ta’minlash uchun yuborib 
turilardi. Ingliz savdogarlari Moskvadagina emas, balki Yaroslavl, 
Volgada, Velikiy Ustyug va boshqa bazi shaharlarda xam yashardilar. 
Ana shu shaharlarning ayrimlarida ular xom ashyoni qayta ishlash va bu 
maxsulotni (arkon, ' parusina va shu singarilar) Angliyaga jo’natish 
uchun sanoat korxonalarini tashkil qilishardi. Angliya negosiantlari 
Sharqiy O’rta Osiyo bozorlariga borish uchun Rossiya davlati orqali 
Volga bo’ylab va undan keyin Kaspiy dengizi bo’ylab uzoq sayoxat 
qilardilar. Biroq ingliz savdogarlari xamda ularni qo’llab-quvvatlovchi 
Angliya xukumati Rossiya davlatini o’ziga xos savdo koloniyasi 
xisoblashga moyil bo’lib, bu yerda ularga Rossiyaning butun eksporti va 
importi 
ustidan 
to’la 
monopoliya 
o’rnatishlari 
ta’minlanishini 
xohlardilar. Kompaniyalarning bunday siyosati Rossiya xukumatining 
keskin qarshiligiga duch keldi. Rossiya savdogarlari bu masala xususida 
Rossiya xukumatiga bir necha marta qattiq shikoyat bilan murojaat 
qilishgan edi. 70-yillarning boshlaridayoq Ivan Grozniy inglizlarning 
imtiyozlarini ancha qirqib qo’ydi. XVI asrning oxirlarida va XVII 
asrning boshlarida Boris Godunov davrida ular yanada ko’proq cheklab 
quyildi. 
Moskva davlatining markazlashgan xarakteri, rus savdogarlarining 
iqtisodiy jixatdan ancha o’sganligi va ularning aloxida posadskoye 
sosloviyega g’arbdagi uchinchi sosloviyening tashkil topishini 
eslatuvchi) sosloviyega uyushuvi Rossiyaning xalqaro savdo va siyosiy 
munosabatlarda yetarli darajada mustaqil milliy siyosat o’tkazishini 
ta’minladi. 
Burjua oppozitsiyasining boshlanishi. Yelizaveta I ning ichki va 
tashqi siyosat soxasida erishgan yutuqlari tufayli o’sib kelayotgan ingliz 
burjua sinfi nazarida uning obro’si g’oyat ko’tarildi. Parlament 
Yelizaveta xukumatidan subsidiyani sira ayamadi. Ammo Yelizaveta 
qirollik qilgan davrdayoq absolyutizm rejimidan burjuaziyaning norozi 
ekanligini ko’rsatadigan ba’zi alomatlar paydo bo’lib qoldi. Xususan, bu 
oppozitsiya parlament a’zolarining parlamentdagn tankidiy nutqlarida 


143 
aks etdi. 70-va 80-yillardayoq parlament hukumatdan feudal katolik 
reaksiyasiga qarshi qat’iyroq kurashsin va Yelizaveta o’ziga 
protestantlardan voris belgilasin, deb talab qildi. Parlament deputatlar 
uchun shaxs daxlsizligi va so’z erkinligi bo’lishini, shuningdek, 
parlament saylovlariga xukumat tamomila aralashmasligini talab qildi. 
1601 yilda parlament har xil tovarlar ishlab chiqarishni ayrim shaxslar 
yoki kompaniyalarning monopoliya qilib olishi uchun qirolicha 
tomonidan joriy etilgan patent sotilishiga qat’iy qarshi chiqdi. G’azabga 
kelgan parlamentni tinchitish uchun Yelizavetaning o’zi aralashishi va 
bundan keyin bunday ishni qilmasligi to’g’risida va’da berishi lozim 
bo’lib qoldi. Parlament qirolichaning cherkov siyosatidan ham norozi 
edi. Anglikanizmni uning katolitsizmga yaqinligi uchun tanqid qilib 
chiqishlar Yelizaveta I ning deyarli hamma parlamentlarida 60-yillardan 
boshlaboq eshitila boshlagan edi. Burjuaziya va yangi dvoryanlarning 
bir qismi ingliz cherkovini kalvinizm ruida chuqurroq reformatsiya 
qilishga moyil edi. Ammo Yelizaveta yepiskoplar anglikan tuzumidan 
ajralgisi 
kelmasdi, 
chunki 
bu 
tuzum 
sharoitida 
yepiskoplar 
absolyutizmning eng itoatli quroli bo’lib xizmat qilar edilar. 
Puritanlar harakati. Diniy-siyosiy tus olgan oppozitsion kayfiyatlar 
tobora kuchayib bordi. O’sib mustaxkamlangan burjua sinfining 
absolyutizm siyosatidan norozoligini aks ettiruvchi qulayroq forma 
puritanizm deb nom olgan yangi diniy-cherkov hokimi edi. Dastavval 
puritanlar deb anglikan cherkovining tarafdorlarini, ya’ni ularning bu 
cherkovni katolitsizm sarkitlaridan «tozalash» uchun ko’proq kurashib 
kelgan qismini atardilar (puritanlar so’zining o’zi lotincha «rigiz», ya’ni 
«toza» degan so’zdan kelib chiqqan). «Puritan» nomi Angliyada dastlab 
XVI asrning 60-yillarida paydo bo’ldi. 70-va 80-yillarda puritanlarning 
soni juda ko’payib «ketdi. Puritanlarga kalvinizm ideologiyasi tobora 
ko’proq Vaqt o’tishi bilan puritanlar hukmron anglikan cherkovidan 
tamomila ajralib chiqib, boshida saylanib qo’yilgan starshina 
(presviter)lari bo’lgan alohida cherkov jamoalarini tuza boshladilar. 
Puritan cherkov jamoalari cherkov ishlarida yangi mulkdor sinflarga 
to’la mustaqillik berdilar. Shunday qilib. ingliz burjuaziyasi va yangi 
ingliz dvoryanlari din sohasida o’zlarini ozod qilishga kirishdilar va shu 


144 
bilan keyinchalik umuman butun feodal-absolyut tuzumiga qarshi 
kurashga o’tish nazarda tutdilar. XVI asrning oxirlaridayoq ingliz 
puritanlari orasida aniq ko’rinib turgan ikki oqim paydo bo’ldi, uning 
biri — eng yirik burjuaziya va yirik dvoryanlar vakillarini o’z ichiga 
olgan ancha o’ng yo’l tutgan presviterian oqimi, va ikkinchisi — asosan 
mayda burjuaziya, jentri va dexqonlar orasida o’ziga tarafdorlar topgan, 
ancha so’l yo’l tutgan independent oqim edi. Yelizaveta xukumati 
puritanlarga g’oyat dushmanlik nazari bilan qarardi. Puritanlar xam 
katoliklar singari ta’qib qilinardi. Katoliklar singari ularni xam 
turmalarga qamar, mamlakatdan xaydab chiqarar Ba ularga turli 
jarimalar solar edilar. Ammo, puritanlarning soni ortib boraverdi, bu esa 
burjua sinflarining absolyutizm bilan aloqani uzishga tobora jiddiyroq 
tayyorlanayotganligidan dalolat berardi. 
Yelizaveta I podsholik qilishining tugashi. Styuartlar sulolasi 
xukmronligining boshlanishi. Yelizaveta I Tyudor qariyb 45 yil 
podsholik qilib, 1603 yil 24 martda vafot etdi. U Tyudorlar 
dinastiyasining oxirgi vakilasi edi. Bu dinastiya davrida inglizlarning 
kapitalistik taraqqiyoti juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 
Yelizaveta vafotidan sal ilgari Shotlandiya qiroli Yakov VI ni (u 
qatl etilgan Mariya Styuartning o’gli edi) o’z vorisi qilib tayinladi. 
Yakov uchun bu — kutilmagan voqea emasdi, Yelizavetaning 
ministrlari allaqachondan beriyoq Shotlandiya qiroli bilan maxfiy xat 
yozishib, uning ingliz taxtiga huquqini tasdiqlashar xamda «ikki millatni 
birlashtirish» — Angliya bilan Shotlandiyani umumiy bir qirollikka 
birlashtirishning konkret shartlarini ishlab chiqishgan edi. Ammo yangn 
dinastiyaga o’z podsholigini murakkab sharoitlarda boshlashga to’gri 
keldi. Angliyada burjuaziya revolyutsiyasi uchun shart-sharoit vujudga 
kela boshlagan edi. Mustaxkamlanib va sinfga aylanib olgan ingliz 
burjuaziyasi xamda uning ittifoqchisi bo’lmish yangi dvoryanlar 
xokimiyatni o’z qo’llariga olib, ular uchun ortiqcha va zararli bo’lgan 
monarxiya formasiga barxam berishga intilayotgan edilar. Tyudorlar 
davridayoq shakllana boshlagan parlament oppozitsiyasi Styuartlar 
davrida ayniqsa zo’r g’ayrat bilan xarakat qildi . 


145 
XVI asrda ingliz madaniyati. XVI asr Angliya tarixida 
kapitalizmning tug’ilish asri bo’lish bilan birga, ayni vaqtda ingliz 
millati shakllanishining davom etishi va ingliz madaniyatining g’oyat 
gullagan davri xam edi. XVI asrda ingliz adabiyoti bilan ingliz teatri 
g’oyat gullab yashnadi. Ilk ingliz gumanizmi adabiyotining eng yorqin 
namoyandasi mashxur Tomas Mordir (1478 —1535). Mor o’zining 
«Utopiya» nomli (1.516 yil) klassik asarida avvalo Angliyadagi 
dastlabki jamg’arilish davrining sotsial ziddiyatlarini analiz qilib berdi, 
bu bilan g’arbiy Yevropa utopik sotsializmi oqimiga asos soldi va bu 
oqim bundan keyingi asrlarda rivojlana borib. ilmiy sotsializm 
elementlarini tayyorlab berdi. Erazm Rotterdamskiyning «Betamizlik 
maddiyasi» degan asari kabi Morning «Utopiya»si dam gumanistik 
adabiyotning eng mashhur va eng ko’p tarqalgan yodgorliklaridandir. 
«Utopiya» dam asli lotin tilida yozilgan bo’lib keyinchalik Yevropaning 
damma tillariga tarjima qilingan va dunyo adabiyotining damma 
bahramand bo’lgan asarlaridandir. 
XVI asrning ikkinchi yarmida, Yelizaveta davrida qirolicha va 
saroydagi bir qancha katta dvoryanlar domiy homiylik qilgan ingliz 
teatri katta rivoj topdi. Shu bilan birga teatr Londondagi keng xalq 
ommasining sevikli tomoshasi edi. Xalqning teatrga munosabati 
dramaturg va aktyorlarni o’z badiiy obrazlarini muayyan xalq-
demokratik ruhidagi uslubda yaratish uchun harakat qilishga majbur 
etdi. Vilyam Shekspir (1564—1616) jadonda shuhrat qozongan buyuk 
ingliz dramaturgi edi. Qisman tarixiy va qisman o’z zamonasing maishiy 
temalarida yozilgan o’nlarcha Drama, tragediya va komediyalarning 
avtori bo’lgan Shekspir o’z asarlarida feodalizmdan kapitalizmga o’tish 
davridagi Apgliyani xiyla to’la tasvir etib berdi. Shekspirning 
pyesalaridagi kaxramonlar — UyGonish davrining qahramonlik 
xarakteriga ega bo’lgan Foyat extirosli kishilardir. Shu bilan birga ular 
juda realistik ruhda talqin etilgan bo’lib, oddiy kishilar taqdiriga 
xayrixoxlik bildiriladi. Shoir oddiy kishilarning donoligini ko’pincha 
saroydagi oliftalarning yengiltakligiga va bema’niligiga qarama-qarshi 
qilib qo’yadi. Shekspirning eng yaxshi pyesalari: «Gamlet», «Otello», 
«Romeo va Julyetta», «qirol Lir» va boshqalar butun dunyodagi 


146 
teatrlarning repertuarida maxkam o’rin olgan.. Shekspirning adabiy 
merosida tarixiy xarakterdagi dramalar («Tarixiy xronikalar») alohida 
ahamiyatga ega. «Richard II», «Genrix IV», «Genrix V», «Genrix VI» 
va «Richard III» deb ataluvchi bu dramalarning syujeti asosan Oq atir 
gul va qizil atir gul urushlari tarixidan olingan. Shekspir bu dramalarda 
markaziy hokimiyatning feodal anarxiyasiga qarshi shiddatli ko’rashi 
damda chetdan bo’ladigan hujum xavfi sharoitida utgan Angliyaning 
siyosiy birlashuvi protsessini aks ettirgan. 
XVI asrning oxirgi o’n yilliklari va XVII asrning birinchi yarmida 
mashxur ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561 — 1626) o’z asarlarini 
yaratdi. U «Yangi organon» (1620 yil) degan ajoyib falsafiy asarning 
avtoridir. Bekon bu asarda fanlarni yangidan klassifikatsiya qilib, 
og’irlik markazini tibbiyot fanlariga yo’naltirgan edi. Bekon o’rta asr 
sxolastikasining e’tiqodli dushmani edi. U targ’ib qilgan induktiv bilish 
metodi faktlarni umumlashtirgan xolda o’rganishga asoslangan bo’lib, 
Yevropada shu davrgacha fan rivojlanishining bevosita natijasi edi va 
o’z tomonidan tabiiyotning yanada yuksalishiga, xamda yangi 
dunyoqarashning shakllanishiga yordam berdi. 
Bekon Tomas Morning «Utopiya»sidan keyingi utopik asar «Yangi 
Atlantida»ning xam avtoridir. Bu asar avtor umrining oxirida yozilgan 
va uning vafotidan keyin e’lon qilingan. «Atlantida» asarida Bekon fan 
bilan ishlab chiqarishning aloqasi haqida o’zining ezgu g’oyasini 
namoyish qildi. «Atlantida»ning yuksak sanoat texnika darajasi Bekon 
utopiyasining asosiy xususiyatini tashkil qiladi. 
Nazorat savollari: 
1. 
XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishi omillari 
nimalardan iborat? 
2. 
Tashqi savdoning rivojlanishiga nimalar turtki bo’ldi? 
3. 
G’ov tutishlarga qarshi Tyudorlar qonunining maqsadi nima 
edi? 
4. 
XVI asrning ikkinchi yarmida Angliyaning umumiy ichki va 
tashqi siyosatida ko’zga tashlanadigan asosiy jihatlar qaysilar? 
5. 
Yelizaveta I podsholigi qanday yakunlandi? 


147 
6. 
Styuartlar sulolasi xukmronligining boshlanishi qanday 
omillarga asoslandi?. 
7. 
XVI asrda ingliz madaniyati yutuqlari haqida so’zlab bering


148 
14-MAVZU: XVI-XVII ASR BIRINCHI YARMIDA FRANSIYA 
REJA: 
1. 
XVI asrdagi fransuz tuzumi 
2. 
Italyan urushlari 
3. 
Fransiyadagi Uyg’onish
4. 
Gugenotlar urushi
5. 
Germaniyaning vayron bulishi 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling