Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: Kalmar, uniya,
Stoqkolm fojeasi, Sture, milliy shved sulolasi, shved dvoryanlari ruxoniylari, graf, baron, nerke qo’zgoloni, reduksiya. Shvetsiyaning Daniya hukmronligidan ozod bo`lishi. Shvetsiyada Kalmar uniyasidan norozilik XVI asr boshlarida Daniya oldi. Bu hukmronligiga qarshi keng milliy harakat tusini oldi. Bu hukmronlikka qarshi dushmanlik ruxi Shvetsiyada tobora kuchaymoqda edi. Shimoliy va Baltika dengizlarida daniyaliklarning savdo-sotiq ishlari kengaya borgani sari Daniya hukumati Baltikabo’yida yanada ko`proq mustaxkamlanib olishga harakat qilar va Shvetsiya hududini Daniyaning Shimoliy-Sharqidagi ta’sirini kuchaytirish uchun zarur baza deb bilar edi. Daniya qiroli Kritian II (1513-1523y) bu masalada ayniqsa katta planlar tuzdi, u zaiflashib qolgan ganzaning o`rnini Daniya bosadi va Baltika dengizida savdo-sotiq ishlarini tamomila o’z qo`liga kiritib oladi, deb xayol qilgan edi. Daniya qo’shinlari 1520 yilda Stokgolmni bosib oldilar, Sture xonadoni regentligi tugatildi, shved dvoryanlari, ruhoniylari va Shaharliklarining ko`pgina nomoyandalari o’ldirildi, daniya hokimiyatiga oppozision kayfiyatda bo`lganlardan jami 100 dan ko`proq kishi kirib tashlandi. Daniya feodallarining shved milliy oppozitsiyasiga nisbatan qilgan bu qirg’ini Shvetsiya tarixida "Stokgolm fojiasi" (1520 yil noyabr) deb ataladi. Ammo daniyaliklarning bu terrori milliy harakatning yanada kuchayishiga sabab bo’ldi, xolos. 209 Mamlakatning turli joylarda dexqonlar, shaharliklar, o’rta va mayda dvoryanlar Daniya xukmdorlariga qarshi bosh ko’tardilar. Shvetsiyaning tog’li rayoni bo`lgan Delekarliyada milliy harakat ayniqsa keng va qat’iy tus oldi, bu yerda dexqonlar otryadlar tuzdilar va bu otryadlar daniyaliklarning qo’shinlarini muvaffaqiyatli ravishda surib chiqardilar. O’rta dvoryanlardan chiqqan Gustav Vaza butun milliy harakatga boshchilik qilib, mamlakatdagi barcha kuchlarni: dvoryanlar, shaharliklar va dexqonlarni bir qancha vaqtgacha umumiy bir milliy front qilib birlashtirib turishga muvaffaq bo’ldi. Milliy harakat g’alaba bilan tugadi. Shvedlar Skandinaviyasining eng janubiy qismidagina daniyaliklar bir necha viloyatni o’z qo’llarida saqlab qoldilar. 1523 yilda Gustav Vaza Stokgolm shahriga tantanali suratda kirib borib, Kalmar uniyasini bekor qildi va Shvetsiyani mustaqil deb e’lon qildi. Uning o’zi Shvetsiyaning qiroli qilib saylandi (u 1523-1560 yillarda hukmronlik qildi); Gustav Vaza asos solgan "milliy" shved sulolasi bundan keyingi asrlarda Shvetsiyanigina emas, balki XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrda kuщni Polshani ham idora qildi. Avvalboshda Yangi shved xukumatining ahvoli juda og`ir edi. Mamlakat daniyalik zulmi va uzoqqa cho’zilgan ozodlik urushi tufayli xonavayron bo’ldi. Sanoat va savdo-sotiq ishlari kasod bo’ldi. Xazinada pul qolmadi. Maxkamaning 1527 yilda qirolga yozgan dokladida bunday deyilgan edi; "Sizning qasr va qal’alaringiz vayron bo`lib yotibdi. Qirolning daromadlari tamoman sarf bo`lib ketgan. Reformatsiya va sekulyarizatsiya qilish yo’li bilan bu mushkul ahvoldan qutilish chorasi topildi. Shvetsiyadagi katolik cherkovi boyliklarning xatto dvoryanlar orasida ham allaqachon burdi ketgan edi, chunki eng ko’zga ko`ringan yepiskoplar shved milliy doiralari bilan emas, ko`proq Daniya qiroli bilan aloqada edilar. Germaniyada o’tkazilgan reformasiya bu yerda ham alaqachonlar xavas qo’zg’atib qo’ygan edilar. Shuning uchun 1527 yildayoq Shvetsiyaning Vestorosdagi seymida Shvetsiyada ham reformasiya qilingan injilchilar cherkovi o’rnatish, Cherkov yerlari sekulyarizatsiya qilish masalasi asosan hal qilingan edi. Shvetsiyada uzul-kesil islox 1536-1539 yillarda o’tkazildi. Angliyadagi kabi Shvetsiyada ham sekulyarizatsiya qilish 210 natijasida qirol va ayniqsa dvoryanlar boyib ketishdi, chunki sekulyarizatsiya qilingan mulklarning ko`p qismi dvoryanlar qo`liga o’tdi. O’zining moliyaviy ahvolini mustaxkamlash uchun Gustav Vaza yana bir qancha boshqa tadbirlarni ham ko’rdi. U 1542 yilda maxsus farmon chiqarib, qirollikdagi ishlanmay bo’sh yotgan barcha jamoa yerlarini o’z mulki deb e’lon qildi. 1551 yilda chiqarilgan farmonda barcha yer osti boyliklari, ya’ni Shvetsiyada juda ko`p bo`lgan har xil konlar qirol mulki deb e’lon qilingan edi. Dvoryanlar xukumatining yer masalasidagi siyosati dexqonlarning ahvolini yomonlashtirib qo’ydi. Ilgari cherkovga qarashli bo`lgan yerlarni o’z qo’llariga kiritib olgan Yangi yer egalari barshchina va obrokni ko`paytirdilar, hamda erkin va yarim qaram bo`lgan dexqonlarni mumkin qadar krepostnoy qilishga harakat qildilar. Bu xol, shuningdek dexqonlar ixtiyoridagi yerlarning tortib olinishi ham dexqonlarda qattiq norozilik tugilishiga sabab bo’ldi. Bir vaqtlar daniyaliklarga qarshi kurashda qaror topgan milliy fronti tarqalib ketib, uning o`rniga mahalliy (shved) feodallariga qarshi va qirol xukumatiga qarshi dexqonlar kurashi boshlanib ketdi. 30 va 40-yillarda Shvetsiyada dexqonlarning bir necha marta katta qo’zgolonlari bo’ldi. Bu qo’zgolonlardan eng mashxurlari: Dalekarliyada bo`lgan 1526-1533 yillardagi qo’zgolon: Ost-Gollanddagi 1538 yilgi qo’zgolon va dexqonlarning 1536-1543 yillarda bo`lib o`tgan janubiy shved harakatidir. Janubiy, shved harakati vaqtida o’rmonlarda juda ko`p "o’rmon axli" dan otryadlar uyushtirilib, bu otryadlarga qo’shilgan kishilarning soni mingga etgan edi. Pirovard natijada bu qo’zgolonlarning hammasi bostirildi. Qirolning moliyaviy ishlari yaxshilangandan keyin hukumat katta yollanma armiya saqlash imkoniyatiga ega bo’ldi va bu armiyadan dehqonlar harakatini bostirish uchun foydalandi. Asosan dexqonlardan tashkil topgan qirol armiyasiga sekin-asta dexqonlarning eng aktiv elementlari qo’shila bordi va shunday qilib, dexqonlardan oppozisiyasiga raxna solingan edi. XVI-XVII asrlarda Shvetsiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. XVI asrda Shvetsiya ekanomikasi bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Qishloq xo`jalikining (asosan janubiy va janubi-Sharqiy tumanlarida) 211 tovar maxsuldorligi ortishi bilan birga, mamlakat sanoati - temir, mis, kumush, qalayi qazib chiqarish, qurolsozlik, yogoch tilish va qog’oz sanoati, mo’yna ishlash, kemasozlik ham taraqqiy qilmoqda edi. Gustav Vaza Germaniyadan juda ko`p konchilar va metallsozlar chaqirib keltirib. Yogoch tilish korxonalari va shaxtalarda XVI asrning ikkinchi yarmidayoq tog’dagi daryolar, soylar va shalolalarning quvvatidan keng foydalanardilar. XVII asrda Shvetsiyada har xil qurol-yaroglar ishlab chiqarilardi. Ishlanmagan temir va undan tayyorlangan har-xil buyumlar shvedlarning chetga chiqaradigan mollari ichida asosiy o`rin tutardi. Shunisi harakterliki, XVI-XVII asrlarda Shvetsiyada manufaktura tipidagi sanoat korxonalarining ko`pincha dvoryanlarning o’zlari tashkil qilar edilar. Bu esa qisman o’sha davrda Angliyadagi mayda dvoryanlarning korxona egalari bo`lishini eslatardi. Shvetsiya, Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Germaniya, Daniya, Polsha va Rossiya bilan qizg`in savdo-sotiq ishlari olib borardi. Ko`pgina Shaharlar - Stokgolm, Kalmar, Upsala, Abo, Xelsinki va boshqalar muhim savdo markazlari bo`lib qolgan edi. Okean naryog’idagi mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini olib borish uchun Shvetsiyada 1627 yilda "Janubiy kompaniya" tashkil qilingan edi. 1668 yilda Shvetsiyada davlat banki tashkil qilindi, bu Yevropada eng ilk ochilgan banklardan biri edi. Lekin Shvetsiya sanoati juda ham bir yoqlama taraqqiy etgan edi. Asosan qazib chiqaruvchi sanoat tarqqiy topgan bo`lib, metallsozlik sanoati qisman rivojlangan edi. Shvetsiyaning XVII asrdagi eksporti asosan xom ashyodan va yarim xom ashyodan iborat edi, ya’ni chet ellarga temir, mis, har xil turdagi yogoch, yog’, baliq, mo’yna va shu kabi narsalar chiqarilar edi. Gazmol (movut, polotno va x.k.), yuqori nav metall buyumlar va shu qabilarni Shvetsiyaning o’zi chet ellardan sotib olar edi. Shvetsiya XVI asrda juda ko`p gallani, XVII asrda undan ham ko`progi chet llardan - Rossiyadan va Baltika bo’yi mamlakatlaridan sotib olardi. Mahalliy sanoat xom ashyo (jun, kanop va shu qabilar)ning yetishmaganligi Shvetsiya sanoatining rivojlanishiga halakit berardi. Shvetsiyaning to’qimachilik sanoati XVII asrda ham endi vujudga kelayotgan xolatda edi. 212 XVI-XVII asrlarda Shvetsiyaning tashqi siyosati.Daniya hukmronligidan qutilib olganidan keyin Shvetsiyaning o’zi qo’shnilariga nisbatan keng miqyosda agressiv siyosat yurgiza boshladi. Baltika masalasi Shvetsiyaning tashqi siyosatida asosiy o`rin tutadi. XVI asrda ham, XVII asrda ham qirollik qilgan shved qirollarining tashqi siyosati Baltika dengizi orqali butunlay o’z qo’llariga kiritishga intilishdan iborat edi. Shu maqsadga yerishish uchun Shvetsiya bu davr ichida o’z qo’shnilari bilan juda ko`p urushlar qildi. Shvetsiya Livoniya urushida ishtroq yetib, natijada Estoniyani va Liflyandiyaning bir qismini bosib oldi. XVII asrda Rossiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, Shvetsiya 1617 yilgi Stolbovo sulxiga muvofik Ingermanlandiya va Kareliyani bosib oldi, shunday qilib, Moskva davlatini Baltika dengizi kirgoqlaridan tamomila ajratib qo’ydi.G’arbiy Yevropa bozorlariga yuboriladigan rus mollarini Narvaga, Abo, Viborg va Revelga olib borish lozim bo`lib qoldi. Chet el savdogarlari rus savdogarlari bilan bevosita savdo-sotiq qila olmay qoldilar. Rus savdogarlari o’zlarining tashqi savdo ishlarini Arxangelskka ko’chirishga majbur bo’ldilar, chunki bu yerga shvedlar kirib bora olmas edilar. 1629 yilda Altmark sulxiga muvofik Shvetsiya Riga shaxrini, Kurlyandiyani, Sharqiy Prussiya bilan Litvaning bir qismini olib, Liflyandiyadagi yerlarini kengaytirdi. Qirol Gustav II Adolfning (1611- 1632) keng ko’lamdagi istilochilik planlari haqida yuqorida aytib o’tilgan edi, u baltika dengizining janubiy (nemis) kirgoqlarini bosib olishni aniq niyat qilib, O’ttiz yillik urushda qatnashgan edi. Darhakikat, Baltika dengizi "shvedlar dengizi"ga aylanganidek bo`lib ko`ringan edi. 1648 yilgi Vestfaliya sulxiga muvofik , Shvetsiya Germaniyaning Shimolidagi g`oyat muhim viloyatlarini, ya’ni Germaniyaning eng katta daryolaridan uchtasi - Elba, Vezer va Oder daryolarning dengizga qo`yadigan joylarini egallagan edi. Bundan tashqari, Shvetsiya Daniyaning Gotland orolini (1645 yilda) bosib olgan va Zund orqali shved kemalarining bemalol (boj to`lamay) o’tib yurish huquqiga ega bo`lgan edi. XVII asr o’rtalarida Shvetsiya daniyaliklarni Janubiy Skandinaviyadan butunlay surib chiqargan edi (1658 yilda Blikeng, Skoniya va Gollad viloyatlarining ko’lga kiritilishi ko’zda tutiladi). 213 XVII asrning ikkinchi yarmida Shvetsiya uch million axolisi bo`lgan mamlakatga aylandi. Ammo bunda shvedlarning o’zi esa bir milliondan ortiq emas edi. Qolgan ikki millioni boshqa xalqlar: finlar, karellar, ruslar, yestonlar, latishlar, polyaklar, litvaliklar, nemislar va daniyaliklar edi. Bunday xolda Shvetsiyaning davlat tuzumi mustaxkam bo`lib qola olmas edi. Bo’ysundirilgan va ezilayotgan millatlar ertami-kech Shvetsiyadan ajralib chiqib, etnik chiqishlari jixatidan yaqin bo`lgan, tili bir xil bo`lgan, shuningdek, iqtisodiy va madaniy manfaatlari yaqin bo`lgan qo’shni mamalkatlarga qo`shilib ketishga intilmay iloji yuk edi. Bunday tashqari, Shvetsiyaning yo’z yellik yildan ortiqroq davr mobaynida Vaza sulolasidang bo`lgan shved qirollari amalga oshirib kelgan agressivlik, urushqoqlik va ulug’ davlatchilik siyosatiga javoban qo’shni mamlakatlarning shvedlar agressiyaga qarshi kurashini o’zgartiradi. Shvedar baltika dengiziga tanxo o’zlari xokim bo`lishga intilib, Rossiya, Polsha, Germaniya, Daniyaning va Baltikaning hayotiy manfaatlariga qo`pol ravishda putur yetkazardilar. Shvedlarning bosqinchiligiga xalaqit berish maqsadida harakat boshlagan Yevropa davlatlarining ittifoqi XVII asr o’rtalaridayoq tuzilgan edi, unda Polsha, Daniya, Avstriya, Brandenburg va Moskva davlati ayni bir vaqtda Shved qiroli Karl X ga qarshi otlangan edilar. XVII asr oxirlarida shvedlarga qarshi (Rossiya, Polsha va Daniyadan iborat) ittifoq qat’iy rasmiylashdi. 1700-1721 yillarda davom etgan Shimoliy urush Shvetsiyaning tamomila maglubiyati bilan tugadi va natijada u Yevropaning ikkinchi darajali davlatlari qatoriga tushib qoldi. Shvetsiyada sosial ziddiyatlarning keskinlashuvi. Shvetsiyaning XVI-XVII asrlardagi taraqqiyotida yuz bergan ziddiyatlar yolg’iz tashqi ziddiyatlardangina iborat bo`lib qolmadi. Mamlakat ichida sosial va siyosiy ziddiyatlar yetilib qolmoqda va tobora keskinlashmoqda edi. Shvetsiya sanoat va savdoni rivojlantirish soxasida bir qancha muvaffaqiyatlarga erishgan bo`lsa-da, ammo shunga qaramay, bu davrda u sanoat mamlakatiga aylana olmadi. Shved shaharlari taraqqiy etgan bo`lishiga qaramay, G’arbiy Yevropaning eng taraqqiy etgan boshqa mamlakatlarining Shaharlari kabi mamlakatda katta ta’sirga ega bo’la 214 olmadilar. Shvetsiyaning sosial tuzumi uchun oqsuyak dvoryanlarning g`oyat katta e`tiborga ega bo`lganliklari harakterlidir. Ular ishlanadigan yerlarning ko`p qismini, ko`pgina o’rmonlar, konlar, qo’llar va boshqa xududlarni egallab olgan edilar. Harbiy, ma’muriy va diplomatiya soxasidagi raxbarlik o`rinlarda ham oqsuyaklar turardi. Senat, XVII asrda Shvesariyaning muntazam ishlab turadigan oliy xukumat organiga aylantirilgan ilgarigi davlat kengashi - riksrad ham o’sha aristokratlar qo’lida edi. Aristokratlarning ta’siri Gustav Adolf davaridayoq o’sgan va uning qizi (avval yosh bo`lib, so’ngra ulg’aygandan keyin ham xech qanday mustaqillik ko’rsatmagan) qirolicha Kristiana vaqtida unvonli dvoryanlar juda ham ko`payib ketgan edi. Quyida keltirilgan raqamlar buni yaqqol ko`rsatadi: 1654 yilda esa graflar 22 taga, 1632 yilda Shvetsiyada 4 ta graf, ( ta baron, 321 dvoryan bo`lgan. XVII asr o’rtalarida dvoryanlar qirollikka qarashli yerlarning hammasini deyarli talon-taroj qilishgan va o’zaro bo`lishib olishgan edilar. XVII asrning o’rtalariga kelib, Shvetsiyada qirolikka qarashli hamma qulay xaydalgan o’tloq yerlarning kamida 70 foizi dvoryanlar qo’lida edi. Dvoryanlar o’z yerlarida yashayotgan dexqonlardan davlat soliqlarini o’z foydalariga to’plash, mahalliy qishloq cherkovlariga pasportlar tayinlash, bir necha nojo’ya ishlar uchun dexqonlarni o’zlari sud qilish huquqini oldilar. Pomeshchiqlar XVI vaXVII asrlarda ham iqtisodiy va yuridik jixatdan o’zlariga qaram bo`lib qolgan dexqonlarni har qanday yo’llar bilan krepostnoylarga aylantirishga harakat qilar edilar. Shu tarzda Shvetsiyada XVI-XVII asrlarda ro’y bergan feodal jarayonlar o’z harakteri jixatidan "ikkinchi marta asoratga solish" deb ataladigan hamda Elbaning sharqidagi mamlakatlarda ro’y bergan jarayonlarga yaqinlashib qolgan edi. Oqibat natijada mahalliy sharoitlar tufayli, avvalo mamlakatda yetarli darajada qulay va keng xaydaladigan yerlar yo’qligi tufayli, shuningdek, tarixiy iqtisodiy va siyosiy harakterdagi boshqa sabablar tufayli Shvetsiyada XVI asrda ham krepostnoylik sistemasi qaror topmadi. Shunga qaramay asoratga solish soxasidagi tendensiyalar ancha real bo`lib, buning natijasida Shvetsiya dexqonlarining ahvoli ancha yomonlashgan edi. 215 Bularning hammasi o’tkir sosial ziddiyatlarni keltirib chiqardi. XVII asrning o’rtalarida Shvetsiyaning turli rayonlarida dexqonlarning jiddiy harakatlari ro’y berdi. 1653 yilda o’rta Shvetsiyadagi (Nerke viloyati) qo’zgolon ayniqsa kuchli bo’ldi. Bu qo’zgolonda dexqonlar mamlakatdagi barcha dvoryanlarni yakson qilish shiorini tashladilar. Taxminan shu paytlarda qaram viloyatlarda - Finlandiya, kareliyada, Baltika bo’yi viloyatlarida, shuningdek ilgari Daniyaga tegishli bo`lgan va yaqinda kayta kushib olingan janubiy Shvetsiya viloyatlarida dexqonlarning g’alayonlari bo`lib o’tdi. Mayda dvoryanlar va burjuaziya o’z navbatida arstokratiyaning zo’ravonligidan g’azablanar, hamda riksdagi (Shvetsiya seymining quyi palatasi) aristokratiya tomonidan talon-taroj qilingan qirollik yerlarining xazinaga qaytarilishini talab qilardilar. Shvetsiyada XVII asrning ikkinchi yarmidagi qirollar - Karl X va Karl X1 davrida qisman reduksiya o’tkazildi. Biroq aristokratiya doiralari shundan keyin ham o’z siyosiy ta’sirlarini yo’qotmadilar. Shvetsiya XVIII asrning boshlarida ham umuman tipik feodal sosloviyali aristokratik monarxiyaligicha kolaverdi. Nazorat topshiriqlari: 1. XVI asrlarda boshlangan milliy harakat kimdan norozi edi? 2. Milliy harakatga kim boshchilik qildi? 216 20-MAVZU: XVI-XVII ASR BIRINCHI YARMIDA HINDISTON. Reja: 1. Mo’gullar davrida Hindistonning iqtisodiy taraqqiyoti 2. XVII asrda Mo’g’ullar imperiyasi. 3. Maratxlar harakati. 4. XVI—XVII asrlarda Hindiston madaniyati Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling