Keyingi o’rta asrlar davri


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1524165
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob

Tayanch tushunchalar: Qobil, Peshavor, Dekan davlati, jagirdor, 
Patriarxal, 
Bengalnya, Orissa, Gujarat, Guberpator, Jahongir, Shohjaxon, 
Ramacharitamanasa. 
Mo’g’ullar davrida Hindistonning iqtisodiy taraqqiyoti. 1526 yilda 
tashkil topgan Hindiston Mug’ul yoki Mug’ullar imperiyasi qisman . 
XVI asrda va ayniqsa XVII asrda juda katta davlatga aylandi. Shimolda 
uning chegarasi Ximolay tog’igacha yetar va Afg’onistonning katta 
qismini (Qobil va Peshavor shaharlari bilan) o’z ichiga olar edi. Yarim 
orolning o’rtasida Mo’g’ullar imperiyasi Dekan davlatining katta 
qismini nazorat qilar, hamda janubiy Hind davlatlari — Bidar, Golkondu 
va Bijapurga bir qadar ta’sir ko’rsatib turardi. Ammo Mo’g’ullar 
imperiyasining asosiy territoriyasi ilgarigidek uning shimoliy viloyatlari 
— hind va Gang daryolari oralig’idan iborat bo’lib qolaverdi. 
Mo’g’ullar imperiyasining asosiy diniy belgi jihatidan ilgarigiga 
qaraganda yanam yanada ko’proq keskinlik bilan ikki guruhga — 
musulmonlar (Mug’ullarning o’zlari dam shu guruhga mansub edilar) 
hamda hindlar, ya’ni mahalliy hind dinining izdoshlariga bo’linardilar. 
Agrar munosabatlar ilgari Dehli sultonligida qanday rivojlangan 
bo’lsa, Mug’ullar davrida dam xuddi shu yo’nalishda rivojlanaverdi, 
ammo Hindistonning yangi yerlarni bosib olishi natijasida yerga 
davlatning feodalu sulida egalik qilishi yanada kuchaydi. Imperator yoki 
Buyuk Mo’g’ul hamma yerlarning oliy egasi deb hisoblanardi. Aslida 
buyuk Mo’g’ul yerlarning bir qismigagina egalik qilardi. Ammo bu qism 
ancha katta yerlarni tashkil qilardi. Rim iperatorga tegishli yerlar 
mamlakatdagi ekin ekiladigan hamma yerlarning taxminan sakkizdan bir 
qismiga teng edi. Ana shu yerlardan olinadigan daromad shoh saroyi va 


217 
shoh qo’shinlari xarajatlari uchun asosiy manba bo’lib xizmat qilardi. 
Qolgan yerlari Buyuk Mo’g’ul asosan feodal zodagonlariga, ko’proq 
musulmonlarga jogirl a r sifatida bo’lib berar edi. Jagirning ma’nosi 
harbiy xizmat o’talayotgan muddatga beriladigan va meros bo’lib 
qoladigan yer demakdir. Jagir egasi — j a g i r d o r rasman o’ziga 
qarashli yerlarda yashovchi aholidan feodal rentasi yig’ish huquqinigina 
olardi. Amalda esa jagirdor mehnatkash aholi ustidan muvaqqat bo’lsa 
dam cheksiz hokimiyatga ega bo’lar, aholiga o’zi xohlagancha turli 
soliqlar solar va har xil ishlarni bajarishga majbur qilardilar. Jagirlarning 
hajmi dar xil bo’lardi ularning ko’pchilik qismi juda katta bo’lib, bir 
yo’la 
o’n 
minglarcha 
dehqonlar 
jagirdorga 
qaram 
bo’lib 
qolardilar.Feodal yer egaligining asosiy formasi bo’lgan jagir bilan bir 
qatorda mamlakatda yerga egalik qilishning ilgarq tarkib topgan va 
yangidan rivojlanayotgan boshqa formalari ham bor edi. Jumladan, 
Mug’ullar davlatida hind feodallaribosib oluvchilarga bo’ysunish va 
ularga muntazam boj to’lash sharti bilan yerga egalik kishni saqlab 
kolgap edilar. Mahalliy beklar va qabilalarning rahbarlari — 
zamindorlar kelgindi zabtchilar uchun aholidan soliq to’plash huquqini 
olgan edilar. Zamindorlar vazifasi meros bo’lib o’tadi deb e’lon 
qilinganligi sababli, zamindorlar vaqt o’tishi bilan soliq yig’iladigan ana 
shu yerlarni xam o’z yer mulklarining bir turi deb xisoblay boshladilar. 
Yer mulki. asosan, musulmonlar qo’liga o’tgan bo’lsa, savdo, sudxo’rlik 
operatsiyalari va ayniqsa xunarmandchilik maxalliy xind axolisi qo’lida 
qoldi. Musulmon savdogarlari qadimdan beri O’rta Osiyo va Yaqin 
Sharq bilan savdo aloqalari qilib kelayotganliklari sababli quruqlikda va 
qisman dengiz orqali tashqi savdodagina xindlardan ustun turardilar. 
Axolining asosiy qismini dexqonlar ommasi tashkil qilib, Mug’ullar 
davrida kuchaygan feodal zulmning butun og’irligi shular zimmasiga 
tushardi. qisman natura tarzida, qisman pul rentasi tarzida soliq 
to’laydigan jamoachi dexqonlarning axvoli asosan ilgarigi asrlardagidek 
qolavergan bo’lsa xam, Mug’ullar davrida xar xolda Hindistonda muxim 
iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berib, bu o’zgarishlar eski jamoa 
sistemasining buzila boshlaganidan dalolat berar edi. Buning asosiy 
sababi mamlakatda tovar-pul munosabatlarining rivojlainishi bo’ldi. 


218 
Mug’ullar davrida Hindistonning ayrim viloyatlari bir-birlari bilan 
muntazamroq aloqalar bog’ladilar. Ho’kiz qo’shilgan aravalarning juda 
katta karvonlari ko’plab tovarlarni janubdan shimolga tashib berar edi. 
Tovarlar ortilgan juda ko’plab sollar daryo orqali G’ARBiy va sharqiy 
tomonlarga yuborilardi. Mug’ullarning juda katta imperiyasi vujudga 
kelishi natijasida mamlakatda qaror topgan nisbatan tinch vaziyat o’z 
tabiati va xo’jaligi jixatdan xilma-xil bo’lgan Foyat katta mamlakat 
ichidagi iqtisodiy aloqalarning mustaxkamlanishiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatdi. Ayni vaqtda Hindistonda shaharlar rivojlandi, sanoat ishlab 
chiqarishi 
o’sdi. 
rivojlanayotgan 
shaharlar 
qishloq 
xo’jalik 
maxsulotlariga tobora ko’proq extiyoj sezardilar. Bularning xammasi 
mayda qishloqlarning biqiqligini ko’p jixatdan yo’qotgani edi. Dexqon 
jamoalari tobora ko’proq bozor munosabatlariga jalb qilindilar. Shuning 
natijasida jamoalar ichida dexqonlarning turli guruxlari o’rtasida 
tengsizlik kelib chiqdi. Jamoa zodagonlari (oqsoqol, mirza, maxalliy 
do’konchi va boshqalar) jamoaning chek yerlarga ega bo’lgan a’zolari 
bilan birgalikda dexqon kambag’allariga qarama-qarshi turardilar. 
Kambag’allarining katta qismi «moxov» kastalari deb ataladigan past 
tabaqa vakillaridan iborat edi. Bu kambag’allar batraklar sifatida eks-
pluatatsiya qilinardilar. Kambag’al dexqonlar, shuningdek, odatda ip 
yigirish va gazlama to’qish bilan shug’ullanardilar. Ularning maxsuloti 
keng bozorga odatda olib sotarlar orqali chiqar edi. Patriarxal-jamoa 
tartiblarining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va 
feodal ekspluatatsiyasining o’sishi sharoitida xind kishlog’ining 
qashshoqlashuvi keyinchalik ko’plab keng xalq xaraqatlarini keltirib 
chikardiki, bu xaraqatlar Akbarning idora qilishi. Mug’ullar davlati shod 
Akbar (1556—1605) hukmronlik qilgan davrda juda ravnad topgan edi. 
Shoh Akbar Bobirning nevarasi edi. Akbar idora qilgan davrda 
mamlakatning Sharq va janub tomonidagi bir qancha viloyatlar: 
Bengaliya, Orissa, Gujarat va Kashmir v'iloyatlari damda Xandeshi va 
Admadnagar sultonliklari qo’shib olinib, Mug’ullar davlatining 
chegaralari xiyla kengaytirilgan edi. Shimolda Eronga qarashli muhim 
karvon savdosi punkti bo’lgan Qandahor shahri bosib olinib, 
Hindistonga qo’shilgan edi. Akbar o’zidan oldin o’tgan shodlardan 


219 
boshqacha yo’l tutib, hind feodallarini o’z xizmatiga tortishga harakat 
qilgan edi. Shuningdek, u hind savdogarlariga doim domiylik qilib 
kelgan edi. Induizmga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan diniy ta’qiblar dam 
Akbar davrida to’xtatildi. Hind aholisi jiz’yadan, ya’ni hindlarni 
kamsituvchi, jon boshiga solinadigan og’ir soliqdan ozod qilingan edi, 
bundan oldin esa bu soliqdan faqat musulmonlargina ozod edi. 1593 
yilda (Fransiyada Nant edikti qabul qilinishidan besh yil avval) Akbar 
din erkinligi to’g’risida farmon chiqarib , avvallari majburiy ravishda 
islom diniga kiritilgan hindlarga o’zlarining ilgarigi dinlariga bemalol 
qaytishga ruxsat etgan edi. 
Akbar podsholigi davrida Mug’ullarning juda katta imperiyasi 15 
viloyatga bulinib, har bir viloyatga shoh noibi — gubernator hokim qilib 
qo’yilgan edi. Akbar ko’pgina yangi kanallar qazitib, eskilarini tiklab, 
Hindistonning irrigatsiya sistemasini ancha kengaytirgan edi. Akbar 
davrida Mug’ullar poytaxti bo’lgan Dehli shahrida katta-katta saroylar 
va har xil hukumat binolari qurilib, uning zamonida bu shahar «o’sha 
davrda jadondagi barcha shaharlarning eng kattasi va gullab 
yashnayotgan»shahariga aylangan edi. Mug’ullar davrida Akbar va 
uning vorislarining sobiq bosh rezidensiyasi bo’lgan Agra Akbar 
podsholigi davrida Mug’ullarning juda katta imperiyasi 15 viloyatga 
bo’linib, har bir viloyatga shoh noibi — gubernator hokim qilib 
qo’yilgan edi. Akbar ko’pgina yangi kanallar qazitib, eskilarini tiklab, 
Hindistonning irrigatsiya sistemasini ancha kengaytirgan edi. Akbar 
davrida Mug’ullar poytaxti bo’lgan Dehli shahrida katta-katta saroylar 
va dar xil hukumat binolari qurilib, uning zamonida bu shahar «o’sha 
davrda jadondagi barcha shaharlarning eng kattasi va gullab 
yashnayotgan»shahariga aylangan edi. Mug’ullar davrida Akbar va 
uning vorislarining sobiq bosh rezidensiyasi bo’lgan Agra shahri 
(Dehlidan keyin) Hindistonning ikkinchi poytaxti edi. 
XVII asrda Mug’ullar imperiyasi. Akbar podsholik qilgan davr dar 
ikkala lager — musulmon va hind feodallari muayyan darajada 
jipslashgan davr bo’ldi. Ayni vaqtda Akbarning bir qancha sotsial-
iqtisodiy tadbirlari ochiqdan-ochiq xalq dehqonlar ommasi noroziligini 
bosib turish damda Mug’ullarga qarshi xalq harakatlari vujudga kelishi 


220 
xavfining oldini olishni ko’zda tutar edi. Akbarning bu yo’ldagi 
siyosatini uning vorislari — o’g’li Jahongir (1605—1627) va nabirasi 
ShohJaxon (1627—1658) davom ettirishga harakat qilishdi. ShohJaxon 
Hindiston janubidagi yerlarni ancha kengaytirishga muvaffak bo’ldi. 
1632 yilda u Admadnagarni bosib oldi, 1636 yilda Golkonda va Bijapur 
Mug’ul imperiyasiga qaram ekanliklarini tan olishdi. Maratxlar o’lkasi 
— Maxarashtra muayyan davr ichida buyuk Mug’ullarga tegishli yerlar 
tarkibiga tamomila kirgan edi. Tashqaridan qaraganda ShohJaxon 
davrida Mug’ullar imperiyasi eng gullab yashnagan darajaga yetgandek 
tuyulardi. Ammo Mug’ullar imperiyasining ichki zaifligi uning davrida 
tobora ravshan bo’la boshladi. Feodallarning tez-tez bo’lib turgan 
g’alayonlari davlat markazlashuviga putur yetkazar edi. Eng yirik 
jagirdorlar mustaqil davlat bo’lishga intilardilar. Dekanni egallash uchun 
olib borilgan og’ir janglar davlatdan juda katta kuch sarflashni talab 
qilardi, damda dushman qo’shinlari o’tgan tumanlarda qishloq 
xo’jaligiga putur yetkazardi. Akbar vorislari pulga tobora ko’proq 
muhtojlik sezib otko’p sistemasiga qaytdilar. Vaholanki, bu sistemaning 
yaramasligi hukumatning uziga yaxshi ma’lum edi. Ko’pincha 
jagirdorlarning o’zlari haq to’lab, soliq yig’uvchi bo’lib olardilar. Bu esa 
amalda shunga olib kelardiki, jagirdorlar tobora boyib, ularning mahalliy 
aholi ustidan hukmronligi tobora tularok va mutlaqo nazoratsiz bo’lib 
qolardi. 
Buyuk Mug’ullarning, ularning saroydagi kanizaklarining, eng yirik 
musulmon jagirdorlar va mahalliy hind knyaz-feodallarining zebi-ziynati 
va isrofgarchiligi cheksiz bo’lib, ayni vaqtda butun XVII asr davomida 
mamlakatda umuman xo’jalik jonlanganiga qaramay, xalq ommasi 
qashshoqlashib borardi. Birmuncha uddaburronlik bilan Mug’ullar 
Hindistoniga hukmronlik qilgan imperatorlardan so’nggisi Avrangzeb 
(1658—1707) edi. U imperiya chegarasini janub tomonga qarab 
kengaytirishga ham muvaffaq bo’lgan edi. (Bijapur va Golkondani uzil-
kesil bosib oldi). Shuningdek, u inglizlar Ost Indiya kompaniyasining 
1688—1689 yillardagi hujumiga qarshi zarba bera olgan edi. 
Kompaniya unga juda katta tovon to’lashga majbur bo’lgan edi. Ammo 
Avrangzebning olib borgan siyosati tor kastachilikka asoslangan bo’lib, 


221 
Akbar 
siyosatidan 
butunlay 
boshqacha 
edi. 
Yevropa 
mustamlakachilarining ochiqdan-ochiq tahdid qilib turgan xavfiga qarshi 
X,Hindistonning milliy kuchlarini birlashtirish o’rniga Avrangzeb 
buning aksini qilib, bu kuchlarni parchalab yubordi. U hindlarni yana 
diniy ta’qib ostiga oldi, juzya solig’ini qaytadan tikladi, hindlarning 
ibodatxonalarini doim talab turdi, musulmon feodallarga hindlardan 
olgan qarzlarini to’lamaslikka yo’l qo’yib berdi. Avrangzeb 
Hindistonning janubidagi istilolarini dam musulmon feodallarning 
manfaatlarini ko’zlab qilgan edi. Bu urushlar esa mamlakatdan ko’p 
kuch va mablag’ talab qilar edi. Urush xarajatlari ko’payib ketib, 
davlatning irrigatsiya ishlariga qilinadigan sarflari kamaytirildi. 
Avrangzeb davrida ayniqsa ko’p va og’ir soliqlar to’lashga majbur 
etilgan adoli ommasi xonavayron bo’lib qashshoqlasha bordi. 
Viloyatlardagi noiblar va istilo qilingan viloyatlarning rojalari 
mustaqil bo’lib olishga harakat qila boshladilar. Avrangzeb hukmronlik 
qilgan davrda feodallar isyoni va dehqonlar qo’zg’oloni juda ko’p 
bo’lgan edi. 
Maratxlar harakati. Yearbiy Dekan toglarida yashovchi maratx 
qabilalaridan bo’lgan dehqonlarning harakati ayniqsa zo’r bo’lgan edi. 
Maratx hindlarining musulmon Buyuk Mug’ulga qarshi olib borgan 
urushi g’azovot tusini olgan edi. Qo’zg’olon ko’targan qabilalarga 
xalqqa tanilgan jasur yo’lboshchi Sh iv a j i (1627—1680) rahbarlik 
qilgan edi. Shivaji 20 yil davomida, 60 va 70 yillarda Mugullarga qarshi 
kurashda xalq partizanlar urushi usulini keng qo’llanib, muvaffaqiyat 
qozongan edi. Shivaji vaqtida Maxarashtra (maratxlar mamlakati 
shunday deb atalgan edi) Mug’ullardan ozod bo’lgan mustaqil davlat 
bo’lib qolgan edi. 
ga surilib, qisman ssktadan chiqib ketishdi. Yangi sikxchilik 
musulmon va xind feodallariga qarshi qurolli kurash programmasini 
maydonga tashladi. Sikxlar yer yuzida ekspluatatsiya bo’lmaydigan 
ideal, «chinakam podsholik» o’rnatishni istardilar. XVII asrning oxiri va 
XVIII asrning boshlarida — 1669 yilda va so’ngra 1671 — 1672, 1686 
va 1705 yillarda poytaxt tumanida (Agra-Dexli) jat-sikxlarning eng 
qudratli harakatlari ro’y berdi. 


222 
1671 —1672 yillarda jatlar Dexliga yurish tashkil qildilar va 
Mug’ullar poytaxtini egallashlariga sal qoldi. Buyuk Mug’ullar bu xalq 
qo’zg’olonlarini bostirish uchun qo’zg’olonchilarga qarshi butun-butun 
armiyalarni yuborishga majbur bo’ldilar. 
Shu tarzda juda katta va ko’p millionli Hindiston o’zining feodal 
tarqoqligi, xukmron sinf bo’lgan feodallar o’rtasidagi tinimsiz nizolar, 
xamda ularning mexnatkash axoli ommasini shafkatsiz ezishi tufayli, 
nixoyat juda jiddiy milliy, diniy va kasta tafovutlari tufayli o’z 
mustaqilligini yo’qotdi va ancha vaqtgacha ingliz mustamlakasiga 
aylanib qoldi. Shundan boshlab u Yevropadagi ,eng rivojlangan 
kapitalistik mamlakat tomonidan juda qattiq mustamlaka zulmiga 
duchor qilindi. 
XVI—XVII asrlarda Hindiston madaniyati. Hindiston madaniyati 
Mug’ullar davlati davrida rivojlanishda davom etib, o’zining turli 
sohalarida ancha yuksak ko’rsatkichlarga erishdi. G’oyat rivojlangan 
adabiyot va arxitekturaning ravnaq topishi XVI—XVII asrlardagi 
Hindiston madaniyati uchun ayniqsa xarakterlidir. Shoh Akbar va 
ShohJaxon singari Buyuk Mug’ullar tomonidan yozuvchilarga va san’at 
vakillariga domiylik qilish siyosati bunda kattagina rol o’ynadi. 
Akbar davridagi eng atoqli yozuvchi Abul Fazl hisoblanadi. U fors 
tilida yozar edi. Abul Fazl Akbarning saroyidagi o’ziga xos tarixnavisi 
bo’lgan edi. U bir necha kitoblarda yozgan Akbar podsholigining ichki 
va darbiy tarixi dabdabali uslubda yozilgan bo’lib. Akbar ko’klarga 
ko’tarib maqtaladi. Ammo shunga qaramay bu tarix katta dujjatli 
materiallar asosida yozilgan bo’lib, umuman Mug’ullar tarixining ana 
shu katta va muhim davridagi voqealarni ishonchli tarzda bayon qilib 
beradi. Akbar zamonida fors tilida yozgan shoirlardan eng mashhuri Fay 
z l edi. Abul Fazlning ukasi bulgap Fayzl Hindistonda forscha she’r 
tuzilish uslubini targ’ib qildi. 
Ayni vaqtda Mug’ullar davrida Hindistonda hind tilida dam 
adabiyot rivojlandi. Bu tilda yozgan buyuk hind shoiri banoraslik Tulsi 
Das (1532—1623) bo’lgan edi. Das «Ramacharitamanasa» degan 
umumiy sarlavda ostida undan ortiq kitob yozdi. Bu kitoblar eski xalq 
qahramonlik va mifologik ertaklarini erkin tarzda qayta bayon qilishdan 


223 
iborat edi. Das asarlari yuqori va o’rta sinflar orasidagina emas, balki 
xalq ommasi orasida dam keng mashhur bo’lib ketdi. 
Akbar va uning vorislari davrida Hindistonda muhtasham va juda 
katta monumental inshootlar: masjidlar, saroylar, makbaralar, shahar 
darvozalari va shu sipgarilar kurildi. Dehlidagi Akbar qal’a saroyi o’ziga 
xos juda katta muhtasham inshoot ediq qal’a devorlarining balandligi 20 
metrga yetardi. Bu esa arxitektorlar uchun yo’nilgan toshdan katta 
hajmdagi inshoot qurishdan iborat katta va murakkab vazifa bo’lgan edi. 
Akbarning yana bir qal’a saroyi Agra shahriga yaqin joyda edi. Deyarli 
sadro joyda nihoyatda qisqa muddatda ko’rilgan bu saroy bir qancha 
binolar, parklar, dovuzlar, nafis qilib yasalgan yo’llar va yo’lkalardan 
iborat butun bir shaharni tashkil qilar edi. 
Shoh Jahonning buyrug’iga binoan, uning marhuma rafiqasi 
xotirasiga qurilgan Agradagi Tojmahal deb ataladigan mashhur masjid-
makbara musulmon-Mug’ul arxitektura uslubining durdonasidir. Masjid 
ajoyib oq marmardan qurilgan bo’lib, uning oq gumbazlari va minoralari 
shu yerdagi marmar dovuzda aks etib turadi. ShohJaxon davrida oq 
marmardan ishlangan, minoralari qizil marmarlar bilan qoplangan yana 
bir muxtasham masjid — Dexlidagi Jome masjidi bo’lib, o’zining badiiy 
arxitektura formasi va boy bezaklari bilangina emas, balki o’zining juda 
katta xajmi bilan ajralib turadi. Jome masjidga unga tutash binolarni 
qo’shib xisoblaganda bir vaqtda yuz ming kishi sig’adi. 
Shox Jaxon podsholik qilgan davrda, shuningdek, maxsus xukumat 
binolari, ma’muriy-sud, moliyaviy va xarbiy binolar xam ko’plab 
qurilgan bo’lib, ular o’z xajmi bilan va ayni vaqtda nafisligi va bezaklari 
bilan xamda qimmatbaxo binokorlik materiallari bilan ajralib turadi.
Nazorat savollari: 
1. 
Mugullar davrida Hindistonning iqtisodiy taraqqiyoti 
omillarini sanab bering
2. 
XVII asrda Mo’g’ullar imperiyasi ijtimoiy va siyosiy tuzumi 
haqida nimalarni bilasiz? 
3. 
Maratxlar harakati maqsad va vazifalari qanday edi? 
4. 
XVI—XVII 
asrlarda 
Hindiston 
madaniyatida 
me’morchilikning o’ziga hosliklari nimalardan iborat edi? 


224 
21.-MAVZU: XVI-XVII ASR BIRINCHI YARMIDA XITOY. 
Reja : 
1. 
Min sulolasining zaiflashuvi 
2. 
XVII asrning 30—40yillarida Xitoydagi dexqonlar urushi 
3. 
Manchjuriya dinastiyasining xokimiyat tepasiga kelishi. Xi-
toy xalqining manchjur bosqinchilariga qarshi kurashi. 
4. 
Xitoyga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi va Sin 
dinastiyasining ularga qarshi kurashi 
Tayanch tushunchalar: Min sulolasi, Lyaodun , Mukden, Xenan, 
Xubey, Anxoy, Shandun, Sichuan, Li Szi-chen, Chjen Chen-gun, 
Makao. 
Min sulolasining zaiflashuvi. XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida 
Min sulolasi to’la tushkunlikka yuz tutgan edi. Bu dexqonlar 
sulolasining dastlabki davrlarida sal-pal mavjud bo’lgan ba’zi 
demokratik tendensiyalari endi allaqachonlar tugab ketgan edi. Min 
monarxiyasi aynib, o’zidan oldingi sulolalar singari oddiy byurokratik 
despotiyaga aylangan edi. XVI asr boshlaridan e’tiboran davlatni idora 
qilish ishlari tepasida davlat xazinasini uyalmay-netmay talagan va shu 
tariqa juda katta boylik orttirgan imperator xaramiping xodimlari 
bo’lgan maxramlar turar edi. Xaddan tashqari o’sib ketgan byurokratik 
davlat apparati, dabdabali imperator saroyining nixoyatda katta 
chiqimlari va Yaponiya bilan bo’layotgan urush yangidan-yangi soliq 
daromadlarini talab qilardi. Birgina XVII asrning ikkinchi o’n yilligida 
barcha davlat soliqlarining xajmi shundan oldiigi o’n yilliklardagiga 
nisbatan 50 protsent ko’paydi. Davlat soliqlari va buning ustiga maxalliy 
feodallar, sudxo’rlar va amaldorlar foydasiga olinadigan xar xil og’ir 
to’lovlar tufayli dexqonlar va shahar xuparmandlarining tinkasi qurigan 
edi. 
Xalq ommasi tabiiy ofatdan: suv toshkinidan, takrorlanib turadigan 
qaxatchilikdan, ocharchilikdan, epidemiyadan azob chekar edi. XVII 
asrning birinchi yarmida Xitoy xalq ommasining xayoti doimo to’yib 
ovkat yemaslik, odamxo’rlikkacha borib yetgan ochlik, axoli o’limining 
avj olishi bilan xarakterlanar edi. Shu bilan birga XVII asr boshlarida 


225 
Xitoyning xalqaro axvoli juda yomonlashdi. Shimolda, Sungari daryosi 
xavzasida yashovchi manchjur qabilalari taxminan 1606 yilda birlashdi. 
1625 yilda manchjurlar Mukdenni va deyarli butun Lyaodun yarim 
orolini bosib oldilar. 30 yillarda Koreya manchjurlarga vassal qaram 
bo’lib qoldi. Manchjurlarning Xitoydagi shimoliy viloyatlarga hujum 
qilishlari odat bo’lib qoldi. Min hukumati varvarlarga zarba berishga 
qodir emasligini ko’rsatdi. Bu esa xalq ommasining boshiga yangi 
kulfatlar keltirar va ularning dayotini chidab bo’lmaydigan darajada juda 
tang qilib qo’ygan edi. Ommaning mavjud rejimdan noroziligi kuchaya 
borib, oqibat natijada dehqonlarning juda katta urushiga aylandi va bu 
urush Min sulolasini halokatga olib keldi. 
XVII asrning 30—40yillarida Xitoydagi dexqonlar urushi. 
Dehqonlar harakatining boshlanishiga 1628 yildagi ochlik turtki 
bo’ldi. Shensi bilan Shansi viloyatlarida bu ochlik ayniqsa kuchli bo’ldi. 
Bu viloyatlarda boshlangan harakat 1632 yilda Markaziy Xitoyning 
boshqa viloyatlariga tarqaldi. Qo’zg’olon Xuanxe bilan Yanszi daryolari 
oraligidagi damma yerlarga yoyilgan edi. Xenan, Xubey, Anxoy, 
Shandun, Sichuan viloyatlarida bu qo’zg’olon ayniqsa kuchli bo’ldi. 
Dehqonlarning qurolli otryadlarida bir necha o’n minglab qo’zg’olonchi 
bor edi.Yangi hukumat dehqonlardan soliq olmadi, armiyani va davlat 
boshqaruv apparatini saqlash uchun zarur mablag’lar, asosan feodal yer 
egalariga damda eng badavlat shaharlilar — savdogarlar va sudxo’rlarga 
ko’plab soliq solish orqali undirib olindi. Biroq, Li Szi-chen Pekinda 
faqat 42 kun turdi. Shundan keyin u poytaxtni tark etishga majbur 
bo’ldi. Xitoy feodallari, Min dinastiyasining ochiqdan-ochiq tarafdorlari, 
qisman esa Min dinastiyasiga oppozitsiyada feodallar dexqonlar 
xarakatining avj olishidan xamda revolyutsion xukumat tadbirlaridan 
qo’rqib ketib, tashqi dushmanlar — manchjurlar bilan til biriktirdilar va 
ulardan qo’zg’olon tartan xalqqa qarshi yordamlashdilar. Manchjurlar 
bilan muzokaralarda xoin — Min generallaridan biri U San-guy ayniqsa 
faol rol o’ynadi. Shadzoda Durgan (Manchjuriyaning yoshi yetmagan 
imperator 
duzurida 
shadzodalik 
vazifasini 
bajarib 
turgan) 
boshchiligidagi manchjurlarning juda katta armiyasi Xitoy yerlariga 
bostirib kirdi. Li Szi-chen dam 200 mingga yaqin kishidan iborat katta 


226 
armiyasi bilan Manchjurlarning damda ularga qo’shilgan U San-guyning 
qo’shinlariga qarshi otlandi. 
Biroq, Li Szi-chen qo’shinlari Pekin yaqinida mag’lubiyatga 
uchradi. Li Szi-chen janubga ko’chishga majbur bo’ldi. Bu yerda u 
Shensi viloyatida bir oz vaqt ko’rashni davom ettirdi, ammo u 1645 
yilda mahalliy feodallar tomonidan dehqonlar harakatini bostirish uchun 
tuzilgan otryadlarnikg biri tomonidan o’ldirildi. 
1644 yil 6 iyunda manchjur qo’shinlari U San-guy qo’shinlari bilan 
birgalikda Pekinga kirib bordi. Shu tarzda Xitoyda yangi ajnabiy 
dinastiya hukmronlik qila boshladi. Sin deb atalgan bu dinastiya Xitoyda 
1911 yilgacha hukmronlik qildi. 
Manchjuriya dinastiyasining xokimiyat tepasiga kelishi. Xitoy 
xalqining manchjur bosqinchilariga qarshi ko’rashi. Manchjurlya 
dinastiyasi Xitoyda darhol mustahkamlana olmadi. 1645 yilda 
manchjurlar shiddatli janglardan keyin Yanjou va Nankinni olib, janubiy 
viloyatlarga qarab yo’lga chiqishganida ularning front orqasida 
manchjurlarga qarshi qo’zg’olon yangi kuch bilan ko’tarildi. Xunan, 
Sichuan va Guansi, Chjetszyan, Funzyan, Shenyesi va Gansu 
viloyatlarida manchjurlarga qarshi harakat avj olib, bu harakat XVIII asr 
40-yillarining oxirigacha davom etdi. Manchjurlar shu paytga kelibgina 
qo’zg’olonni bostira oldilar. Sharqiy viloyatlarda keng ko’lamdagi 
haraqatlar bo’lib o’tdi, bu yerda manchjurlarga qarshi kurashda dengiz 
sohilidagi ana shu viloyatlarning savdo floti katta rol o’ynadi. Dengiz 
sohilida joylashgan sharqiy viloyatlardagi manchjurlarga qarshi harakat 
1662 yildagina uzil-kesil bostirildi. 
Janubiy viloyatlarda manchjurlarga qarshi harakat yanada uzoq 
davom etdi. Tayvan orolida va Janubi-Sharqiy Xitoyning dengiz 
sohilidagi viloyatlarda manchjurlardan mustaqil bo’lgan Chjen Chen-
gun va uning o’g’li Chjen Szin boshchiligida mustaqil davlat tashkil 
topdi. Janubiy Xitoy portlaridagi savdogarlar orasida sotsial tayanch 
topgan bu janubiy davlat 30 yildan ko’proq (1650—1683) yashadi. 
Chjen Chen-gun floti 50-yillarda Nankin shahrini ikki marta qamal qildi. 
Oqibat natijada manchjurlar Chjen Chen-gun vorislarini Gollandiya floti 
yordamida tor-mor keltirishga muvaffaq bo’ldilar. Ana shu davlat 


227 
mustaqilligi tugatilganidan ksyingina Sin davlati uzini butun Xitoyning 
xo’jayini deb hisoblay oldi. Ana shunday benihoya og’ir sharoitlarda, 
feodallar o’z vatanlariga xiyonat qilgan vaziyatda Xitoy xalqi bir necha 
o’n 
yilliklar 
mobaynida 
manchjuriya 
bosqinchilariga 
qarshi 
qahramonona kurash olib bordi. 
Manchjurlar zulmi Xitoy xalq ommasi yelkasiga og’ir yuk bo’lib 
tushdi. Yangi hokimiyatning tobora dadshat bilan o’tkazgan muttasil 
jazo operatsiyalari natijasida mamlakat xonavayron bo’ldi. Manchjurlar 
xitoylarning milliy tuyg’ularini tahqirlandi, jumladan, barcha erkak 
xitoylarning bo’ysunganligining ramzi sifatida uzun soch qo’yib, o’rib 
yurishga 
majbur 
qildilar. 
Manchjurlar 
feodal-dehqonchilik 
munosabatlarini mustahkamladilar va saqlab qoldilar. O’zlari bosib 
olgan tumanlarda dehqonlar harakatining qoldiqlarini shafqatsizlik bilan 
bostirdilar. Manchjuriyaning yangi zodagonlari hamda mamlakatda 
imtiyozli mavqeni egallagan va jandarmalarning o’ziga xos juda katta 
korpusi rolini o’ynagan manchjur qo’shinlari juda katta yerlarni bosib 
oldiq ularning vazifasi xalqning yangi harakati yo’lidagi dar qanday 
urinishlarni doimo bostirib turishdan iborat edi. Ayni vaqtda man-
chjurlar qo’shni xalqlarga nisbatan dushmanlik va ishonchsizlik 
siyosatlari bilan Xitoyni atayin yakkalab qo’ydilar, bu jihatdan uning 
muvaffaqiyatli sotsial-iqtisodiy rivojlanishiga xalaqit berdilar. 
Xitoyga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi va Sin 
dinastiyasining ularga qarshi kurashi. XVII asrda yevropalik savdogarlar 
va missionerlar Xitoy ichkarisiga kirishga harakat qildilar. Katolik 
(asosan Portugaliya va qisman Franniya) missionerlari bir vaqtlari 
manchjurlar ishonchini qozonib, ularga, jumladan, to’pchi instruktorlar 
va qurol-yarog’ ishining ustalari sifatida xizmat ko’rsatdilar. 
Ayni vaqtda XVII asrning ikkinchi yarmida Xitoyga ingliz, golland 
va fransuz Ost-Indiya kompaniyalarining vakillari kirib kelishga astoydil 
harakat qilib, Xitoy hukumatidan turli yengilliklar va imtiyozlar olishga 
muvaffaq bo’ldilar. Biroq, Yevropa mustamlakachilarining bu siyosati 
muvaffaqiyatli chiqmadi. 
Yangi 
Sin 
dinastiyasi 
mustahkamlanib 
olgach, 
Yevropa 
missionerlarining xizmatiga muhtoj bo’lmay qoldi va ular XVII asrning 


228 
60 yillarida mamlakatdan quvib chiqarildi. XVII asrning oxirlarida ular 
Xitoyda o’z faoliyatlari uchun yana imkoniyat oldilar. Biroq, XVIII 
asrning boshlarida ular yana bir marta haydab chiqarildi va bu gal quvib 
chiqarish uzil-kesil bo’ldi. Ular janubiy Xitoy sohilida joylashgan 
Makao orolidagi Portugaliya mustamlakasidagina yashay olardilar. 
XVIII asrda, 1757 yilda Xitoy hukumati birgina Kanton natijasida Xitoy 
chet el kapitalistik ekspluatatsiyasidan bir oz vaqt xoli bo’lib turdi. 
Ammo bu siyosatning ikkinchi salbiy tomoni xam bor edi. Xitoy ana 
shunday siyosat natijasida tashqi dunyodan tamomila ajralib qoldi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar shu yo’l bilan qo’pol va sun’iy tarzda 
to’xtatildi va cheklandi. Bu esa Xitoy xunarmandchiligi va Xitoy 
manufakturasining, Xitoy shahri va Xitoy ichki savdosining 
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Umuman olganda bu tadbirlarning 
xammasi Xitoyning orqada qolishiga hamda uning iqtisodiy va ijtimoiy 
tuzumi rivojlanmay qolishiga olib keldi, oqibat natijada xalq 
ommasining axvoli yomonlashib, ularning iqtisodiy va sotsial 
taraqqiyoti to’xtatib qo’yildi. 
Nazorat savollari: 
1. 
Min sulolasining zaiflashuvi sabablari haqida gapirib bering! 
2. 
Xitoydagi dexqonlar urushi oqibatlari? 
3. 
Manjurlarning denastiyasi o’rnatilishi va xitoy xalqining 
ularga qarshi ko’rashi haqida nimalarni bilasiz? 
4. 
Sin dinastiyasining Yevropa mustamlakachilariga qarshi 
kurashi haqida gapirib bering. 


229 
22-MAVZU:XVI-XVII ASRLARNING BIRINSHI YARMIDA 
ITALIYA SHAHAR –DAVLATLARI. 
R E J A: 
1. Italiyada iqtisodiy tushkunlikning boshlanishi. 
2. Savonarolaning chiqishi.Rimning talanishi. 
3. Keyingi uyg`onish .XVI asr Iitalyan madaniyati. 
4. Neapolda Mazanello qo’zgoloni 
Italiyada iqtisodiy tushkunlikning boshlanishi. Tayanch iboralar: 
Iqtisodiy tushkunlik, savdo va sanoat, siyosiy tarqoqlik, Savonarola 
chiqishi, «talon-taroj kuni», buyuk gumanistik madaniyat markazi, 
keyingi italyan Uyg`onish davri namoyandalari, italyan fani, Mazanello 
qo’zgoloni, Sisiliyadagi harakat. 
XVI asrda Italiyada iqtisodiy tushkunlik boshlandi. XV asr 
oxirlaridayoq italyan sanoatining tushkunlikka uchraganligi sezila 
boshladi. Xatto Italiyada Florensiya movuti o`rnini ingliz movuti qisman 
egallay boshladi. Yevropaning o’z sanoati rivojlanib borganligidan 
italyan movuti u yerda kamroq sotiladigan bo`lib qoldi. Angliyadan 
tashqari, Fransiya bilan Germaniyada ham sanoat yuksalib bordi. 
Niderlandiya butun XVI asr davomida savdo va kema qatnovi 
soxasidagina emas, sanoat soxasida ham tez taraqqiy qildi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar Italiyaning Sharq bilan olib 
borayotgan savdosiga qattiq zarba berdi. To`g`ri, Italiyaning savdo 
oboroti birdaniga kamayib ketmadi. Venesiya XVI asrdagina emas, xatto 
XVIII asrda ham juda boy savdogarlar respublikasi bo`lib kola berdi. 
Biroq, uning jahon savdosidagi salmogi ancha pasaydi. U endi faqat 
Yaqin Sharq mamlakatlari bilangina savdo – sotiq ishlari olib boradigan 
bo`lib qoldi. Rivojlanib borayotgan okean mustamlaka savdosidan 
Venetsiya butunlay chetda qoldi. 
Savdo va sanoat soxasidan siqib chiqarilayotgan italyan burjuaziyasi 
bank – sudxo’rlik operatsiyalariga tobora ko`proq murojaat qila 
boshladi. Kapital qo’yishning ikkinchi formasi – yer sotib olish bo’ldi. 
Burjuaziya yer sotib olib, dvoryanlarga aylandi. Sanoat tushkunligi 
manufaktura ishchilariga ham ta’sir qildi. Ko`p ishchilar shaharlardan 


230 
yana qishloqqa ko’chib ketib, unda ko`pincha ijaraga olingan bir parcha 
yerda 
dehqonchilik 
qildilar, 
bogdorchilik, 
uzumchilik 
bilan 
shugullanadilar. Italiya burjuaziyasi katta yer egalariga aylangan bo`lsa 
ham, ishlab chiqarishni revolyusionerlashtirish maqsadini ko’zlamadi. 
Dvoryanlar singari burjuaziya ham yerlarning teng sheriklik sharti bilan 
mayda dexqonlarga ijaraga berdi. Mamlakatda sanoat va savdo 
tushkunligi sharoitida feodal reaksiyasi tusiga kirib borayotgan feodal 
munosabatlar uzoq vaqt vaqtlargacha mustaxkamlanib qoldi. 
Italiya XVI asrda siyosiy jixatdan ilgarigidek tarqoq mamlakat 
bo`lib qolaverdi. Davlatlardan kattaroqlari: Shimolda – Venesiya, 
Genuya, Milan hamda Savoyya va Pemont gersogliklari, o’rta 
Italiyada – (1531-yilda Taskaniya gersogligiga aylantirilgan) 
Florensiya va papa davlati; janubida – Sisiliyani ham o’z ichiga olgan 
Neapol qirolligi bo`lgan. Bundan tashqari, o’nlab mayda «mustaqil» 
yerlar bo`lgan. 
Respublika tuzumi deyarli hamma yerda monarxiya tuzumi bilan
almashtirildi. Milanda kondoter Sfors oilasi gersog unvonini oldi. 
Florensiyada Medichilar avlodi. Toskaniya gersoglari unvoniga ega 
bo’ldi. Papa oblastida papalar mutlaq monarxga aylanib, ular o’z
chegaralarini kengaytirish uchun mumkin bo`lgan hamma vositalarni 
ishga soldilar. Aleksandr VI Borjia (1492 – 1503), Yuliy II (1503 – 
1513) va Lev X Medichi (1513 – 1521) degan papalar o’zlarining 
dabdabali hayotlari, harbiy va diplomatiya soxasida yurgizgan murakkab 
siyosatlari, italyan dinastiyalari bilan shaxsiy va nasabiy aloqalariga 
qaraganda yepiskoplardan ko’ra ko`proq dunyoviy xokim edilar. 
Mayda bulaklarga ajralib ketgan tarqoq Italiya muttasil fitnalar, 
yashirin diplomatik makrlar, o’zaro mayda adovat, janjal va urushlar 
maydonidan iborat edi. Bularning hammasi boshqa yirik chet 
mamlakatlarning Italiya ishlariga aralashuviga sabab bo’lardi. 1494 
yildan ortiqroq davom eetdi va faqat 1559 yilda to’xtadi. Fransuzlardan 
tashqari XVI asrda gabsburglar dinastiyasining vakili bo`lgan imperator 
Karl V hukmronligi ostida qolgan ispan va german feodallari ham 
Italiyaga bosib kirdilar.. Fransuz, Ispan va German qo’shinlari Italiyani 
taladilar va xonavayron qildilar. XVI asrning birinchi yarmida hali ham 


231 
qudratli bo`lgan Turkiya imperiyasiga qarshi kurashda Venesiya katta 
kuch sarflashga to`g`ri keldi. 
Noqulay xalqaro vaziyat va chet davlatlarning to`g`ridan-to`g`ri 
intervensiyasi Italiyani yanada kuchliroq iqtisodiy va siyosiy 
tushkunlikka olib keldi.
Savonarolaning chiqishi.Rimning talanishi. Italiyada fransuz 
urushlari boshlangani munosabati bilan Florensiyada davlat to’ntarishi 
yuz berdi. Fransuzlar bostirib keladi, degan ovozalar tarqalishi bilan, 
xalq ommasi Medichilarning zulmiga qarshi qo’zgolon ko’tardi. 
Florensiyada birmuncha vaqtgacha (1494 y) respublika qaytadan 
tiklanib turdi. Dominakanlik monax Savonarola (1452-1498) respublika 
ishlariga g`oyat katta ta’sir ko’rsatdi. Florensiyadagi o’rta va 
xonavayron bo`lgan mayda xunarmandlar kayfiyatini aks ettirib, 
Savonarola 
o’z 
va’zlarida 
boylarning 
dabdabali 
va 
turmush 
bekorchiligidan kelib chiqayotgan be’manigarchiliklarini qattiq qoraladi 
va bir qancha mo’tadil sotsial isloxatlar – daromad soligining progressiv 
formasini joriy qilish, kambagallarning qarzlarini bekor qilish, 
sudxurlarni xaydab yuborish, Shaharlarda karz beruvchi kassalar tashkil 
yetish va xakozolarni talab qildi. Savonarola Rim papasini ham qattiq 
qoralab, papa saroyiga, undagi dabdaba va boylikka la’nat o’qidi. 
Savonarola fransuzlarni «gunoxga botgan Italiyaga» qarshi « xudo 
yog’dirgan qaxr-g’azab» oqibati deb xisoblaydi. 
Fransuz bosqinchilari o’zlarining talonchiligi va jabr-zulmlari bilan 
tezda italyan jamiyatining hamma sinflarini o’zlariga qarshi 
ko’zgatdilar. Florensiyadan tashqari yana Neopolni ham bosib olgan 
fransuz qiroli Karl VIII ning dastlabki muvaffaqiyatlari italyan 
davlatlarining unga qarshi birlashuviga olib keldi. Fransuzlar shoshilinch 
ravishda Italiyadan chiqib ketishga majbur bo’ldilar. Fransuzlarning 
chiqib ketishi bilan Savonarolaning mavqei ham bo’shashdi. U 1498 
yilda papaning amri bilan kamoqka olindi va sud kilinib, gulxanda 
kuydirildi. Ko’chib ketgan Medichilar 1512 yilda ispanlar yordami bilan 
qaytadan hokimiyat tepasiga chiqib oldilar. 
XVI asr boshida Italiya urushkoq qirol Fransisk I Valua 
boshchiligidagi Fransuz feodallari bilan nomi tilga olingan imperator 


232 
Karl V Gabsburg raxbarligida ispan-german feodallari O’rtasida 
shiddatli urush maydoniga aylandi. 1525 yilda Paviya shaxri yonida bu 
ikki dushman O’rtasida qattiq jang bo’ldi. Bu jangda Fransisk I 
batamom engilib, Karl V uni asir oldi. Papa Kliment VII 
Gabsburglarning juda kuchayib ketishidan qo’rqib, imperatorga qarshi 
Fransiya bilan Angliya ishtrokida Italiya davlatlarining koalisiyasini 
uyushtirishga harakat qildi. Karl V buni bilib qolib, 1527 yilda o’z 
kushinlarini Rimga yubordi. Papa asir olindi, Rim etsa yanada shavkasiz 
tarzda talandi. O’n minglarcha Rim axolisi va shu jumladan, juda ko`p 
xotin-qizlar va bolalar o’ldirildi. Landsknextlar papa saroyi – Vatikanga 
kirib, uni ham taladilar va ko`p joylarni vayron qildilar. 1527 yil 6 
maydagi «talon-toroj kuni» Italyanlar xotirasida uzoq vaqtlargacha 
daxshat va benixoya katta milliy baxtsizlik kuni bo`lib qoldi. 
Keyingiuyg`onish 
.XVIasr 
Iitalyanmadaniyati.Mamlakatda 
iqtisodiy tushkunlik boshlanganiga va siyosiy vaziyatning og`ir 
bo`lishiga qaramasdan, Italiya XVI asrning birinchi yarmida hali buyuk 
gumanistik madaniyat markazi bo`lib qolaverdi. O`tmishda to’plangan 
moddiy boyliklar hamda XVI-XV asrlarda yetishib chiqqan olimlar, 
yozuvchilar, rassomlar, xaykaltoroshlar, arxitektorlar va Uyg`onishg 
madaniyatining boshqa nomoyandalari xuddi mana shu vaqtda eng yetuk 
samaralarini berdi. Florensyaning eng mashxur siyosiy arbobi Nikkolo
Maiavyelli (1469-1527) o’lkan mo’tafakkir, tarixchi, huquqshunos va 
faylasuf bo`lgan. Makiavelli «Florensiya tarixi»ning avtori hamda 
qadimgi Rim tarixchisi Tit Liviy va antik davrdagi boshqa avtorlar 
yozgan asarlarning sharxlovchisidir. Ammo u ayniqsa o’zining 
«Podshox» degan (taxminan 1512 yilda yozgan) kitobi bilan shuxrat 
kozongan. Makiavelli bu kitobida Italiyaning o’sha davrdagi ilgor 
sinflarining milliy birlik yulidagi intilishlarini yakkol ifodalab bergan.
Makiavelli bu kitobida Italiyaning o’sha davrdagi ilgor sinflarining 
milliy birlik yo’lidagi intilishlarini yakkol ifodalab bergan. Makchiavelli 
o’z zamonasidagi italyan Shahar respublikalari siyosiy tuzumining 
krizisini aks yettirsa ham, respublikachilik qarashlardan voz kechadi. U 
butun umidini monarxiyaga bog’laydi va monarxiya Italiyaning 
tarqoqligiga barham berib, uni Ispaniya va fransiyaga uxshash 


233 
markazlashgan yagona davlatga aylantrishi kerak, deb umid qiladi. 
Makiavelli «Podshox asarida» katta tarixiy tajribani umumlashtirdi.
Makiavelli 
XV-XVI 
asrlardagi 
g’arbiy 
yevropa 
qirollari 
va 
hukmronlarining (ayniqsa Fransiyadagi Lyudovik XI va Italiyadagi 
Sezar Borjianing) amaliy ishlarini o`rganib, yevropa olimlari orasida 
birinchi o`laroq o’z kitobida absolyo’tizmni shunday bir davlat deb 
qaraydiki, unda huquqning negizi zurlikdir, unda monarxlar xech qanday 
prinsiplarga yoqi axloq koidalariga amal kilmaydilar, balki faqat o’z 
manfaatlari 
nuqtai 
nazaridangina 
ish 
qiladilar. 
Keyinchalik 
Makivellining «Podshox» asari Yevropadagi va xatto Sharqdagi 
ko`pgina monarhalr uchun uzoq vaqtgacha dasturamal bo`lib qoldi, 
monarxlar o’z absolyut va mustabid siyosatida Makiavellining 
maslaxatlarini amalda qo’llanib keldilar. 
Keyingi Italyan uyg`onish davrida tibbiyot va matematika fanlari 
soxasida katta muvaffaqiyatlarga yerishildi. Mashxur Leonardo da 
Vinchi (1452-1519) eng ajoyib olim – injener, fizik, anatom, matematik, 
astronom va geolog bo`lish bilan birga g`oyat ulug rassom ham bo`lgan. 
Leonardo da Vinchi yaratgan «Pinxoniy tanavvul», «Madonna 
Litta», «Joqonda» singari kartinalar Uyg`onish davridagi italyan san’ati 
dunyoga mashxurdir. Leonardo da Vinchidan boshqa yana Miqelanjelo 
Buonarotti (1475-1564), Rafayel Santi (1483-1520) va Vechelo Tisian 
(1477-1576) kabi genial rassosmlar va xaykaltaroshar Uyg`onish 
davrining buyuk san’atkorlari bo`lishgan. 
Miqelanjelo buyuk xaykaltarosh va rassom bo`lib, tavrot va antik 
syujetlarda juda ko`p asarlar yaratgan, u o’zining asarlarida zavq, kuch 
va gayrat barq urib turgan azamat figuralarni tasvir yetadi. Rafayel 
onalik go’zalligini g`oyat yorkin «Sikstin madonnasi» (Drezden 
gallereyasida saqlanadi) ayniqsa mashxurdir. Bu asar rasmning alohida 
nafisligi va nozikligi bilan ajralib turadi. 
Tisian portretlari san’atkorlaridir. Fransisk I va Karl V ning ham 
ko`pgina portretlarini Tisian chizgan, bu asarlar g`oyat chuqur realistik 
uslubda ishlangan. 
Rimdagi avliyo Pyotr sobori keyingi Uyg`onish davridagi Italiya 
arxitektura san’atining g`oyat buyuk yodgorligidir. Bu sobor butun asr 


234 
davomida qurilgandir (1506 yilda boshlab, 1590 yilda qurilib bo`lgan). 
Uning balandligi 132 metr bo`lib, 15 ming kv.metr maydonni egallaydi 
(ayo Sofiya etsa 6800 kv. metr maydonni egallaydi) Sobor Uyg`onish 
davrining arxitektura uslubida boshlanib, shundan ancha keyingi 
barokko uslubi elementlari bilan chatishib ketgan. 
XVI asrning ikkinchi yarmida ham Italiyaning iqtisodiy tushkunligi 
davom yetdi. Italiya Yangi jahon savdo markazlaridan tobora chetlasha 
bordi. Gabsburglarning Valua bilan bitim tuzishi natijasida Italiya 1559-
yilgi Kato-Kambreziya sulxiga muvofik o’zil-kesil Ispaniya hukmronligi 
ostiga o’tadi (Neapol, Milan va boshqalar). Xorijiylarning og`ir milliy 
zulmi hukmronlik qilgan uzoq davr boshlanadi. Mamlakatning ichki 
savdo va sanoati yana pasayadit. Ayrim shaharlarning axolisi bar necha 
baravar kamayib ketdi. Feodal dvoryanlar va klerikal elementlarining 
ahamiyati kuchaydi. O’z pomeshchiqlariga to`laydigan soliqlar dastidan 
yozilgan dexqonlar yana buning ustiga juda ko`p va og`ir davlat soliqlari 
ham to`lashga majbur bo`ladilar, bu soliqlardan keladigan daromad 
Italiyadagi mayda va juda mayda davlatlarning harajatlariga, qisman 
chet yel feodallari foydasiga sarf kilinadi. Mamlakatda banditizm avj 
olib, kundalik xodsaga aylanib qolgan edi. Bu sharoitda italyan 
madaniyati pastlab ketadi. Mashxur italyan shoiri Torkvato Tasso (1544-
1595) salib yurishlari syujetini o’z ijodining mavzusi qilib oladi.
XVI asrning oxirlari va XVII asrning boshalrida yashagan 
Dominakanlik monax Tomazo Kampanello (1568-1639) Italiyaning 
atoqli moutafakkirlaridan biri edi kampanenella 1600 yilda ispan 
Gabsburglarining zulmiga qarshi Kalabriyada ko’tarilgan qo’zgolonda 
qatnashdi. Kampanello qo’zgolon vaqtida qamoqqa olinib, salkam 25 yil 
umrini har xil turmalarda o’tkazdi. U turmada yakanida utopik 
harakterdagi «Kuyosh shaxri» degan asarini yozdi. Kampanenalla bu 
asarida fan negizida va mehnatni rejali tashkil yetish asosida qurilgan 
ideal kommunistik jamiyat tuzumini tasvirlaydi, u tasvirlagan jamiyatda 
xususiy mulk, tekinxurlik bo`lmaydi, ortikcha mehnat bilan band 
bo`lmagan kishi o’z jismoniy va ma’naviy kuchlarini garmonik tarzda 
kamol topdirdi. Kampanellaning «Quyosh shaxri» asari morning 


235 
«Utopiya»si bilan birgalikda Yevropada sosialistik fikrning ilk 
rivojlanishini aks ettirgan eng ajoyib asar bo`lgan edi. 
Neapolda Mazanello qo’zgoloni. Ispaniyaga qaram bo`lgan 
Neapol qirolligi Italiyaning boshqa mamlakatlari ichida eng og`ir 
ahvolda qolgan mamlakat edi. Bu mamlakkat iqtisodiy jixatdan 
nihoyatda zaif edi. Shaharlari va sanoati tanazzo’lga uchrab, qishloq 
tobora kashshoqlashib bordi. Ispan xukumati etsa soliqlarni xadeb 
oshira berdi. 1558 yilda 1 million 770 ming dukat barobarida soliqlar 
solingan bo`lsa, 1620 yilda keng istemol mollariga (kambagallarning 
asosiy ovkati bo`lgan meva va sabzavotga) Yangi soliq joriy qilinishiga 
javoban, 
Neapolda 
qo’zgolon 
ko’tarildi. 
Bu 
qo’zgolongda 
xunarmandlar, mayda savdogarlar va ishchilar katnashdi. 1647 yil 7 
iyuldagi qo’zgolon natijasida Neapol xalq ommasi qo`liga utdi. 
Mazane’llon laqabi bilan mashxur bo`lgan Tomazo Anello boshchiligida 
demoqratik xukumat to’zildi. Shahar rasmiy jixatdan ispan qiroliga 
sodiq bo`lib qoldi. Faqat uning amaldorlariga qarshi hujum kilindi, 
xolos. Neapolni o’zining qarorgoxi qilib o’tirgan qirol noibi 
qo’zgolonchilarga bir muncha yon berishga majbur bo’ldi. Jumladan, 
xalqlning ayniqsa gzabini ko’zgatuvchi soliqlar bekor kilindi. Mazanello 
Shahar lashkar boshligi, general-kapitan sifatida tanildi. Ammo, oradan 
ko`p utmay , ispan xokimlari tomonidan yollangan kishilar xalq 
yo’lboshchisi Mazanelloni o’ldirdilar. 
Biroq Mazanelloning ulimidan keyin ham harakat to’xtamadi. 
Butun viloyat Neaopol respublika deb ye’lon qiladi. Miltik ishlab 
chiqaruvchi manufaktura bosh bo’ldi. Neapol dvoryanlari ispanlar 
tomonida edi. Harakat raxbarlari bu vaqtda Ispaniya bilan urush xolatida 
bo`lgan Fransiyaga tayanib ish kurmoqchi bo’ldilar. Ular Lotaringiya 
gersogi Genrix Gizni korollikka taklif qildilar va u Neapolga kekldi. 
Lekin Fransiyaning kardinal mazarini xukumat Neapoldagi ishlar uchun 
yetarli darajada harbiy kuch ajrata olmadi. 1648 yili baxorida ispan 
ma’murlari kushin bilan Neapolga qaytib keldilar va harakatning 
demoqratik katnashchilarini shavkasiz jazoladilar. Anezzi osib o’ldirildi. 
Gersog Gizni etsa turmaga kamadilar, ammo oradan ko`p vaqt utmay, 
fransuz xukumatining talabiga muvofik uturmadan ozod kilindi. Yangi 


236 
to’z soligi joriy qilinishi munosabati bilan 1647 yilda sisiliyada ham 
xukumatga qarshi xuddi shunday harakat boshlandi. Ammo bu 
harakatning har ikkalasi ham Italiya xalq ommasining chet yel zulmiga 
qarshi nafratini ifoda qilganligi jixatidan juda muhimdir. Bu harakatning 
har ikkalasi keyinchalik XVIIIasda va XIX asrning birinchi yarmida 
butun Italiyani kamrab olgan keng milliy harakatning uzoq o`tmishidagi 
kO’rtagi xisoblanadi. 
Nazorat topshiriqlari: 
Neapoldagi XV1 asrdagi vaziyatni ta’riflab bering. 
1. Mazanello laqabi ostida kim bo`lganligini ko`rsating 
2. Mazanello qo’zgoloni sabablarini ko`rsating. 
3. Qo’zgolon oqibatlariga baxo bering. 
4. Italyan sanoatida tushkunlik qachon boshlanganini toping. 


237 
23-MAVZU: XVI-XVII ASRLARDA YEVROPADA ILMIY 
BILIMLARNING RIVOJLANISHI. 
Reja: 
1. 
XVI—XVII Asrlarda G’ARBii Yevropada texnika 
taraqqiyoti 
2. 
Kon ishi va metallurgiya 
3. 
Harbiy texnikaning usishi va artilleriyaning rivojlanishi 
4. 
Kemasozlikdagi va kemalar katnovidagi muvaffaqiyatlar 
5. 
Tukimachilik sanoati. 
6. 
Yangi tabiiyotshunoslik 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling