Keyingi o’rta asrlar davri
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi(Orta Asrlar tarixi) 2 kitob
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:1) “Nayazdu”
nazariyasi; 2) Vikinglar bosqinchiligi; 3) Pyasitlar sulolasi; 4) Feodal tarqoqlik; 5) Nemis kolonizatsiyasi; 6) “Krevo uniyasi”; 7) Gryunvald jangi; 8) Torun sulhi; 9) Rech Pospolitaya; 10) Seym; 11) Lyublin uniyasi; 12) Shlyaxta; 13) neshav statutlari; 14) Koshina imtiyozlari; 15) Tenrix artikullari; 16) Rodom konistitutsiyasi; 17) “Liberum veto”; 18) “Shlyaxtaning oltin sari”; 19) Rakosh; 20) Dissidantlar masalasi; 21) Dars maqsadi: Tarixiy adabiyotlarda Polsha davlatining paydo bo’lishi masalalarinig o’rganilishi. Polsh feodal davlatining shakillanishi to’g’risida tarixiy adabiyotlarda turli qarashlar mavjuddir. Bu qarashlarning hozirga qadar keng tarqalagan tuelaridan biri bu Polsha davlatining Skandinaviya tomonidan bosqinchilik bilan kirib kelgan Vikinglarning yurishi natijasida Polsha feodal davlati paydo bo’ldi degan qarashlar. Bu qarashning tarafdorlar Polyak tarixchilaridan Lennik Narushevich, Moteyavskiy, Shaynoxa, Pekosenskiy va boshqalardir. Polyak tarixshunosligida bu nazariy “Nayazudu” yoki “bosqinchilik” nazariyasi deb ataladi. Bu nazariya tarafdorlari Polyaklarning o’zlari, o’z feodal davlatlariga asos solgan emaslar deb hisoblaydilar. Qadimgi Polsha shaxar davlatinig paydo bo’lishidagi ikkinchi nazarya bu 183 evalyutsion nazariya bo’lib, unig tarafdorlari Polyak tarixchilaridan Shuyiski, Bogjansqiy, Smolka va boshqalardir. Ularning fikricha qadimgi Polsha davlati chet el bosqinchiligi natijasida emas, balki shu xalqning evalutsiyasi natijasida paydo bo’lgandir. Rus tarixshunosligida qadimgi Polsha davlatining paydo bo’lishi masalalarini tarixchilardan Pechita, Kerelyukya va boshqalar o’z ilmiy izlanishlarining obyekti qilib olganlar. Rus tarixshunoslaridagi deyarli ko’pchilik adabiyotlarida qadimgi polsha davlatining paydo bo’lishi masalasida evalyutsion yo’l tan olinadi. Tarixchilar o’rtasida Polshadagi birinchi hukmron dinastiya Pepelinlar dinastiyasi bo’lgan degan fikr mavjuddir. Ammo tarixiy jihatan hukumronlik yillari aniq bo’lgan. Polshaning birinchi hukumdori Meshko I, Mechislov uning hukmronlik qilgan yillari 960- 992. MeshkoI Pyastlar dinastiyasidan bo’lgani uchun ham bu dunastiyaning hukmronlik qilgan davri Pyastlar Polshasi / Piastowska Polska deb atalgan edi. Meshko hukumronligi ostidagi yerlar Kuyaviya, Mozaviya, Legnisa, seroz yerlari, Siliziya va Boltiq dengizi bo’yi yerlaridan iborat edi. Pyastlar davridagi Polshaning birinchi poytaxti Gnezno shaxri bo’lgan. Meshko I davrida Polsha bilan Chexiya o’rtasida yaqinlashish bo’ldi. Bu yaqinlashish keyinchalik 966- yilda Meshko I ning Chexiyada qirol Boleslav I ning qizi bo’lgan Dubrovkaga uylanish bilan yana yaqinlanashi. 966-yilda Meshko I va uning yaqinlari xristian dinini qabul qiladilar. Xristian dini Chexiyadan qabul qilinganligi uchun polyaklar ham xristian dinini katolog masxabini qabul qiladilar. Keyinchalik katolik masxabida qabul qilgan Polshaning madaniyati Sharqiy slavyanlaga nisbatan uzoqlashib, g’arbdagi katoloklar bilan yaqinlashib boraveradi. IX-X asrlada Polshaning ichki taraqqiyotiga kelganimizda esa bu yerda feodallashish jarayonining davom etayotganligi, ammo G’arbiy yevropadagi Italya, Fransiya mamlakatlariga nisbatan ancha sekinlik bilan borayotganini ko’ramiz. Garchi xristian didnini qabul qilgan bo’lsada dastlabki polyak hukmronlarining xristian diniga to’liq amal qiladigan kishilar deb bo’lmas edilar. Buni Meshko I ning manastirdagi Odis ismli qizni o’ziga xotin qilib olganligidan ko’rish 184 mumkin. Meshko I vafotidan keyin hokimiyatga o’g’li Boleslav Jasur o’tirdi. 992-1025- yillar Boleslav Jasur davrida Polsha yerlarini yagona davlat atrofida birlashtirish jarayoni tugallanadi. 999-yilda Boleslav I Krakov va uning atrofidagi yerlarni hukumronligi ostiga birlashtirdiki u feodal mustahkam davlat tashkil etishda juda katta ahamiyatga ega bo’ldi Boleslav I Jasur Polsha tarixidagi xizmatlari faqatgina Polsha hududlarini kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan balki o’sha vaqtda boshlanagn nemis agressiyasiga qarshi muvaffaqiyat bilan olib borgan kurashi hamdir. Boleslav I Jasurning nemislar uchun ko’ngilsiz bo’lganligi o’sha davrda yaratilgan barcha nemis yilnomachilarining asarlarida ko’rish mumkin. Titmar Mazburskiy Boleslav I Jasur qo’pol beso’naqay va ayyor davlat arbobi sifatida ko’rsatishga harakat qildi. Umuman mustaqil feodal davlatining paydo bo’lganidan boshlab unga nisbatan nemis bosqinchilari siyosati hamisha uyushtirilib turilgan. Boleslav I Jasur Polsha tarixidagi eng buyuk xizmatlaridan yana biri bu uning doimiy armiyaga asos solishi bo’ldi. Uning davrida 20 ming kishidan iborat durjinasi deb atalgan otaliq armiya tashkil etiladi Boleslav I Jasur yana bir xizmatlaridan biri markaziy va ma’muriy boshqarish tizimining joriy etilishi bo’ldi. Uning davrida davlatni boshqarish bilan mashg’ul bo’lgan mansabdorlik vazifalari joriy etiladi hayotining oxirgi yillarida Boleslav I Jasur qirol degan unvonga bo’ldikim, undan keyin Polsha davlati, Polsha qirollgi nomi bilan tilga olina boshladi. Polyak hukmdorlarining qirollik unvoniga ega bo’lishi bu davlatning xalqaro obro’si kuchayganligidan dalolat beradi. Polsha feodal tarqoqlik davrida. Boleslav vafotidan keyin uning vorislari Polsha davlatining qudratini saqlab qola olmadilar. Mamlakatda feodal tarqoqlik davri boshlanadikim bu davr Polsha tarixida rasmiy ravishda 1138-yilda Boleslav III og’ziqiyshiqning Polshani o’z vorislari o’rtasida bo’lib berish aktiga qo’l qo’yib bergandan 1295-yiliga qadar ya’ni Peshemaslov II tomonidan Polsha yerlarining birlashtirilishi davom etadi. Polshadagi feodal tarqoqlik davrida quydagi muhim tarixiy o’zgarishlar va voqealar sodir bo’ladi. Nemis kolonizatsiyasi boshlanadi. Nemis kolonizatsiyasi XII asrda boshlangan bo’lib, uning asosiy tashabbuskorligi polyak feodallarning 185 o’zi edi. Ular mehnat intizomi yuqori bo’lgan va qishloq xo’jaligi texnikasi rivojlangan nemislarni katta foyda olish maqsadida polshaning g’arbiy hududlariga, xuxusan Selezyaga taklif qildilar. Kelgan nemis feodallari va dehqonlarning “Nemiskoy pravo” ya’ni nemislar huquqi degan imtiyozni beradi. Nemislar huquqiga ko’ra ularning axvoli polyak dexqonlariga nisbatan yengil bo’ladi va ularning to’laydigan majburyati ancha kam bo’ladi. Keyinchalik nemislarning ommaviy ravishda Polshanin g’arbiy qismiga ko’chib kelishi amalda Polshaning g’arbiy yerlarini tinchlik yo’li bilan nemislar kolonizatsiasiga olib keldi. Bundan tashqari Shimoliy Polsha knyazlari tomonidan Polshaning shimoliy hududlarida va Boltiq bo’yi yerlarida xristian dinini tarqatish uchun chaqirilgan diniy ritserlik ordeni faoliyati polyak va nemis munosabatlarinig borishida va Polyak feodal davlatining xavfsizligini ta’minlashda ko’ngilsiz oqibatlarga olib keldi. II Feodal tarqoqlik davridagi Polsha tarixidagi eng muhum va yirik voqealardan bniri bu G’arbiy Yevroppa mamlakatlarida ta’qib qilingan yaxudiylarning ommaviy ravishda Polsha xudidiga ko’chib kelishi bo’ldi. Polshaga Ko’chib kelgan yaxudiylar keyinchalik Polshaning iqtisodiy hayotida sezilarli rol o’ynaydilar. Ular yaxudiylar uchun an’anaviy bo’lgan mashg’ulotlar bilan ya’ni savdo bilan, nodir metallardan taqinchoqlar yasash bilan, sudxo’rlik bilan, kishilarni davolash bilan, turli o’simliklardan dorilar tayorlash bilan shug’ulanadilar, eslatib o’tish lozimki boshqa Yevropa mamlakatlarida bo’lgani singari Polshada ham yaxudiylar qirol yoki knyazlar tomonidan hech qanday himoyaga ega bo’lmaydi. Polsha hududida yaxudiylarning xuquqi bilan tanishtirish haqidagi farmon XIV asrning ikkinchi yarniga kelibgina paydo bo’ladi. III Feodal tarqoqlik davridagi Polshada Cherkovning kuchayishi holati kuzatiladi. XII asirning 80-yillaridan boshlab to XIII asirning 70- yillariga qadar Cherkov hokimyatining mustahkamlashga qaratilgan qonunlar paydo bo’lishi va tadbirlar o’tkazilishi natijasida Cherkov ruhoniylari va hodimlari uchun o’zini sudiga ega bo’ldi. Bu davr ichida Cherkov mulki dunyoviy hokimyat tomonidan soliqlardan ozod etiladi. IV Feodal tarqoqlik davridagi Polsha uchun eng tashvishli voqea yoki 186 holat bu Mo’g’il tatarlarining Yevropaga shu jumladan Polsha hududiga yurishi bo’ldi polyaklarning birlashgan harbiy kuchlari bilan Mo’gil tatarlarining harbiy kuchlari o’rtasidagi eng yirik harbiy to’qnashuv 1241-yilda Degnissa yonida bo’lib, bu yerda polyaklarning 40 ming kishilik qo’shini mag’lubiyatga uchradilar va mo’g’ullar 20 ming kishini asirga oldilar. Bir necha o’n yillar davomida Polshaning ko’p yerlari Mo’g’ul tatarlarining vassaliga aylanadi. Tashqi dushmanlar xujumining kuchayishi Polsha yerlarining ko’p qismining bir tomonidan Germaniya ta’siriga, ikkinchi tomondan Chexiya va Rossiya ta’siriga o’tib qolishi mamlakatni mustaqil davlat sifatida yashashini xavf ostiga qo’ydi. Shunday holatning yuzaga kelishi Polsha yerlarini yagona markaz osiga birlashtirish zaruruyatini tug’dirdi. Polsha yerlarini birlashtirishning tashabbuskori bo’lib Pshemislav II chiqadi. Pishemislav II 1295yilda Polsha hukumdorlariga qaytadan qirollik unvonini qaytardi. Polsha yana qaytadan qirollik deb atala boshladi. Polsha yerlarini siyosiy islohotda birlashtirish sohasida ayniqsa Vladeslov Lakotek 91306-1333) xizmatlari kattadir. O’zining mamalakatini birlashtiruvchilik siyosati bilan butun polyak xalqining muhabbatiga sazovor bo’lgan. Vladeslov Lakotek Polsha davlatining Yevropadagi chegarasi Boltiq dengizidan Qora dengizga qadar cho’zilgan hududini o’z ichiga oladigan yirik feodal davlatiga aylantiradi. Yilnomachilarning yozishicha Vladeslov Lakotekning xurmati shunchalik baland bo’lganki uning o’limi Polshaning har bir oilasida shaxsiy fojea sifatida qabul qilingan. Vladeslov Lakotek vafotidan keyin 1333-yildan 1370-yilda qadar Polsha davlatini Kazemir Buyuk boshqardi. Kazemir Buyuk hukumronlik qilgan yillarda feodal munosabatlar taraqiyotida jiddiy o’zgarishlar yuz berib dexqonlarni asoratga solish yanada tezlashdi dexqonning shaxs erkinligi cheklanadi va 1 yil davomida feodalning xo’jalikdan faqat 1 yoki 3 kishigina shaxsiy erkinlika chiqish imkonyatiga ega bo’ladi xolos Kazemir buyuk davridagi eng yirik o’zgarishlardan biri shunda bo’ladiki bu davirda harbiy reforma o’tkaziladi reformaga o’tkaziladi reformaga muvofiq harbiy xizmatni faqatgina otliq risarlar yani shilyaxda o’taydigan bo’ldi 187 Polsha qurollanish soxasiga xam bir hecha yutuqlarga erishdi Krakof shaxrida to’plar va zambaraklar qo’yiladi XIV asr oxirlarida polyaklar armiyasida artilerya paydo bo’ladi. Shuningdek kazemir buyuk davrida polshaning barcha xududlari uchun yagona bo’lgan pul birligi joriy yilda Kazimir buyukning o’tkazgan reformalari ichida mamlakatning barcha xududlari uchun yagona qonunlarning joriy etilishi yirik voqelik bo’ladi Kazimir buyuk maxsus qonun bo’ladi mamlakatdagi barcha aholining qaysi xalqida tegishli bo’lishida qa’tiy nazar bir xilda qonun ximoyasiga olinganligini e’lon qiladi Kazemir mamlakatning ichki va tashqi siyosatini davlat nuqtayi nazarida emas balki jamiyatning bir tabaqasining manvati nuqtai nazarida qarashiga olib keladi liberum beto huquqining joriy etilishi polsha davlatini boshqarishda anarxiyaga olib keldi so’zsiz shlyaxtaga ega bo’lgan huquqqa ega bo’lmaslik jamiyatning o’sishiga turtki bo’ladi va kelgusida ijtimoiy guuhlar o’rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirar va polsha mamalakati fuqarolarining ko’tarilishiga olib keladi. 1496 yilda qabul qilingan qonun (statut) tirikchilik uchun pul topish maqsadida bir dehqon oilasidan faqat bir kishinigng chetga ketib ishlashi mumkin deb, dehqonlarning chetga chiqib ketishlarini cheklab kuygan edi. 1520 yilda qabul qilingan qonun ilgari barshchina bilan sira aloqasi bo`lmagan dexqonlarni ham xaftada bir kun barshchina ishlab berishga majbur etar edi. 1543 yilda qabul qilingan qonunda pomeshchik yerlarida yashagan dexqonlar uchun («Papani xoxish-irodasi bilan) cheksiz barshchina o’rnatildi. Sigizmund II Avgust vaqtida (1548-1572) Polsha o’z yerlarini ancha kengaytirdi. 1561 yilda Ivan Grozniyga qarshi olib borilgan Livoniya urushi davomida Liflantiya Polshaga qo’shib olindi. Shundan bir necha yil keyin o’sha Livoniya urushi tufayli Polsha Litva bilan Yangi ittifoq tuzdi. 1569 yilda polyak va litva feodallarining Lyublinda bo`lib o`tgan qo’shma seymida umumiy polyak-litva seymiga ega bo`lgan va umumiy tashqi siyosat olib boradigan birlashgan Litva – Polsha davlati tuzilganligi e’lon qilindi. Keng litva – rus yerlarining qo’shib olinishiga va kolonizatsiya qilishiga keng imkon berdi. 188 Rech Pospalitiyaning tashqi yuritgan siyosati masalasini o’rganish uning Rossiyaga nisbatan va umuman Sharqiy slavyanlarga nisbatan harbiy yurishlar uyushtirish yo’li bilan munosabatlarni aiqlash yo’liga o’tganligini ko’rsatadi. 1572 yilda Yagellolar sulolsi tugadi. Bu sulolaning so’nggi namoyandasi bo`lgan Sigizmund II Avgustdan farzand qolmadi. Saylovlarda (yeleksiyada) panlar Polshaning toji-taxtini fransuz shaxzodasi va keyinchalik Genrix III nomi bilan Fransiyaning qiroli bo`lgan Genrix Valuaga taklif qildilar. Genrix atigi bir necha oygina Polshaning qiroli bo`lib turdi. U akasi Karl IX o’lganligi to`g`risidagi xabarni eshitishi bilanoq Polshadan jo’nab ketdi. Ammo uning nomi Polsha qirollarining huquqini yana ham cheklab qo’yish bilan mashxurdir. 1573 yilda Genrix «artiqo’llar» (moddalar) ni imzolashi kerak edi; bu «arti qo’llar» qirolga taxt vorisi belgilashni man qilgan, seymlar chiqargan qarorlarni tasdiqlash yoki rad qilish, sulx tuzish va lashkar to’plash (pospolit qulashi) huquqlaridan qirolni mahrum qilar edi. XVI asrda Polsha katta davlat edi. Buyuk Polsha, Moraviya, Kichik Polsha, Litva, Galisiya, Janubi-G’arbiy Rus, G’arbiy va Sharqiy Prussiya (bu o’lka qaram, vassal mamlakat sifatida), Livoniyaning bir qismi (Liflandiya) Polsha davlati sostaviga kirgan edi. XVI asr boshlarida Polshaning besh millionga yaqin axolisi bor edi (o’sha davrdagi angliya yoki Niderlandiyadagiga qaraganda ancha ortiq edi). Stefan Batoriyning vorislari bo`lgan va shved qiroli Vaza xonadonidan chiqqan qirol Sigizmund III (1587-1632) hamda uning o’gli Vladislav IV (1632-1648) zamonida qirol hokimiyatining obro’si birmuncha ko’tarildi. Shu bilan birga yangi sulolaning qo’shni xalqlarga nisbatan tutgan agressiv, bosqinchilik siyosati oqibatida Polsha davlatiningn mustaxkamlanishiga emas, balki aksincha, uning ochiqdan- ochiq zaiflashishiga olib keldi. Polsha XVII asrning birinchi yarmida o’zining tashqi siyosatida bir necha marta jiddiy muvaffaqiyasizlikka uchradi. Sigizmund III shved yerlarini o’z hukmronligi ostida birlashtirish uchun juda ko`p kuch sarf etdi. Ammo u buning uddasidan chiqa olmadi. Shvetsiyada Vaza sulolasining boshqa bir protestant nasl- 189 nasabi (butog’i) mustaxkamlanib olgan edi. Sigizmund III va Vladislav IV ning Moskva davlatiga nisbatan olib borgan agressiv siyosati ham muvaffaqiyatsiz bo`lib chiqdi. 1609-yilda Polyak qo’shinlari hatto Maskvani ham bosib olishga muvaffaq bo’ladi. Minin va Pojariski boshliq xalq lashkarlarining to’planishi rus davlatini muqarrar halokatidan qutqarib qoladi. XVII asirning 50-yillari boshida Ukraina yerlarining polyaklar qo’liga taslim bo’lishini B. Xmilensqiy boshchiligidagi ukrainlarning polyaklarga qarshi kurash emas balki Ukrainanaing Rossiya bilan qayta qo’shilishi natijasida Rossiyaning yordami asrab qoldi afsuski mamlakatning ichki taraqqiyotini rivojlantirishga kam e’tibor berib tashqi siyosatdagi aktivlik yo’li bilan davlatni kuchaytirish siyosatini tutgan polyak hukumdorining tutgan siyosiy yo’li xato bo’lib chiqdi. To’xtovsiz harbiy yurishlarning tashkil etish mamlakatning iqtisodini yemirdi, odam resursini kamaytirdi va natijada XVIII asr boshiga kelib Rech Pospolitaya G’arbiy Yevroppaning iqtisodiy taraqqiyotida orqaga qolgan eng zaif malakatlardan biriga aylanib qoldi. Bu esa Rech Pospolitayaning tarixda o’zining turli davlatlarda zarba yegani uchun unga vassalik holatida bo’lgan davlatlar tomonidan agressiya obyektiga aylanib qolishiga olib keladi. Rech Pospolitayaning inqirozi. Rech pospolitayaning inqirozi XVIII asr boshlaridagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy holati jamiyati so’g’lomlashtirish yo’lida radikal reformatsiyalar o’tkazish talab qilar edi. Bu reforma talabgorlari bo’lib birinchi navbatda chet el hayoti yuzasidan safarlar yuzasidan tez-tez tanishib turgan polyak magnatlari vakillari bo’ladilar. Ular o’zlarining safarlaridan G’arbiy Yevropa mamlakatlari hayoti bilan tanishar ekanlar, siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti jihatidan Polshaning orqada qolganini anglab yetadilar. Tug’ulib kelayotgan Yangi burjua vakillari suhbatlarida ular mansub bo’lgan toifadagi adabiyotchilar va industriya valillarining asarlarida XVIII asrning boshlaridayoq Polshaning reforma qilishning turli loyihalari to’g’risida avval ehtiyotkorona so’ngra esa ochiq Yangi fkirlar tashlana boshladi. Polshani reforma qilish masalasi hamisha “Liberum veto” huquqi va bu huquqga ega bo’lgan shlyaxtaning qarshiligiga duch 190 kelib uncha rivojlanmay qolgan edi. Ana shunday bir Polsha davlatinig zayiflashgan ayni vaqtda uni kuchaytirishga qaratilgan reformalarining davrida uning qo’shinlari tomonidan Polshaning bo’lib olishni turli xil masalalari muhokama etila boshladi. Polshaning bo’lib olishning asosiy davogarlari Avstriya-Vengriya, Prussiya va Rossiya edilar. Aytish lozimki Rossiya dastlab Avstriya-Vengriya va Prusiya tomonidan oldinga surilga Polshani bosib olish g’oyasiga qarshi chiqadi. Rossiya o’zining chegarasigda kuchli va xavf solib turadigan Avstriya-Vengriya va Prussiyani qo’shib turadigan Polshaga o’xshagan zaif mamlakat bilan qo’shnichilik qilishni afzal ko’rar edi. Ammo Rus Turk urushidan zaiflashib chiqqan Rossiyaning ishtirokisiz ham Avstra-Vengrya va Prussiya tomonidan Polshaning bo’lib olinish xavfini mavjudligi kelgusida Yevropadagi Rossiyaning birdan qulay strategik maydondan mahrum qilar edi. Ikkinchida, esa Rossiya bir vaqtlar Polsha tarkibiga o’tib kelgan o’zining g’arbiy hududlaridan voz kecha olmas edi. Ya’ni bu yerda Rech Pospolitayani taqsimlab olishida qatnashish jarayoninig Rossiyaning ham bosqinchilik, ham Buyuk davlatchilik, strategik manfatlari uyg’unlashib ketdi. Yuqoridagi davlatlar o’z bosqinchilik rejalarini amalgam oshirish maqsadida va unga qonuniy tus berish maqsadida Polshaning ichki ishlariga aralasha boshladilar. Desedentlar masalasi Rossiya tomonidan Polsha va Rossiya o’rtasidagi munosabatlarni ataylab yomonlashtirish va Polshaning ichki ishlariga aralashib uni Rossiya, Avstriya-Vengriya, Prussiya bilan konfedratsiyaga borishga majbur qilish edi. Yangi desidentlar masalasi katolik bo’lmaganganlarni katoliklar bilan huquqini tenglashtirish masalasi edi. Bu masalaning ko’rsatilishiga sabab shundan iborat ediki XVIII asirning 60-yillariga kelganda Rech Pospolitayada Polshaning qirol faqat katolik bo’lishi mumkin degan qoida bor edi. Katolik bo’lmaganlar saylash va saylanish borasida teng huquqga ega emas edilar. Katolik bo’lganlar bilan katoliklar o’rtasida nikoh mumkin emas edi. Bu masalaning ijobiy hal qilinishi “Libirum veto” huquqi amalda bo’lgan vaqtda deyarli mumkin emas edi. Katolik bo’lmaganlarning katoliklar bilan huquqini tenglashtirilishi bir tomondan qirol hokimyatini shlyaxta bilan to’qnashtiradigan bo’lsa, 191 ikkinchi tomondan katolik bo’lmaganlarning katoliklar bilan nikohdan o’tishiga qarshi bo’lgan katolik Cherkovining qarshiligiga duch kelishi muqarrar edi. Bu masalaning hal qilinmasligi esa Rossiya hukumatining Polsha ichki ishlariga aralashish sohasida keng yo’l ochib bergan bo’lar edi. Demak Rossiya tomonidan bajarilishi qiyin talablarning Rech Pospolitaya oldiga qo’yilishi, u bilan ataylab to’qnashish yo’lini axtarish edi deb baholash mumkin. Bu masala ya’ni desedensiya masalasi ijobiy hal qilingan taqdirda Rossiya Polsha kordinal huquqlar deb atalgan Polsha davlatining chegaralarining dahlsizligini ta’minlaydigan kafolat va’da qiladi. 1764-yilda taxtga o’tirgan va Polsha tarixida “Refarmator qirol” nom olgan. Stanislav Avgust Ponyatovsqiy Polshani Rossiya bilan to’qnashuvidan saqlab qolish uchun Rossiya beradigan “kordinal huquqlari” ning qabul qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Xristian bo’lmaganlarning xristianlar bilan tenglashishi Polshaning deyarli barcha tabaqalari o’rtasida katta norozichilikning ko’tarilishiga sababchi bo’ldi. Bunda norozi kuchlar shlyaxta vakillari boshchiligida 1768-yilda Bar shaxrida “Bar konfrensiyasi” tashkil etdilar aytish mimkinki “Bar konfrensiyasi”ning Rossiyaga qarshi keyin Stanislov Avgust Ponyatoviskiyning taslimchilik yo’liga kirishi olib brogan borgan faoliyati 1772-yilda Rech Pospolitayaning bir bo’linishiga olib keldi. Rech Pospolitaya 1-avgust Vengriya Rossiya o’rtasida bo’lidi. Rech Pospolitayani bo’lish to’g’risidagi akt Peterburgda imzolandi. Rech Pospolitayaning bo’linishi to’g’risidagi aktning Peterburgda imzolanishi Rossiya deplomatiyasining eng katta xatosi edi. Sababi Polyaklarda Rossiya Polsha davlatini yo’qotishning tashabbuskori va aktiv ishtirokchisi degan tushuncha qoldi. Ikkinchidan ular Rossiya agar Rech Pospolitayaning bo’lib yuborish to’g’risidagi hujjatiga imzo chekmaganida, Avsto-Vengrya va Rossiya Rech Pospolitayani bo’li olmasdilar degan fikrini aytdilar. Rech Pospolitayaning birinchi bo’linishi natijasida ya’ni tarixiy polyaklar yerlari asosan Avstrya- Vengrya va Rossiya qo’li ostiga o’tadi. Rossiya esa tarixiy hujjatdan Rossiya davo qilib kelgan yerlar o’tadi. Rech Pospolitaya hududlarining tarixiy jihatdan kimga tegishli yoki tegishli emasligidan qatiy nazar Avstya-Vengraya, Prussiya va Rossiya 192 tomonidan zo’rlik yo’li bilan bo’linishi bu bosqinchilik siyosatning natijasi bo’lib kelgusida Polsha davlatining navbatdagi bo’linishlariga keng yo’l ochib beradi. Rech Pospolitaya birinchi bo’linishdan keyin Polsha davlati mamalakatning qolgan hududlarini mustaqil saqlash maqsadida mustahkamlash maqsadida ilojo bo’lsa Polshaning oldingi qudratini tiklash maqsadida reformalar o’tkazishga kirishdi. Bu reformalar birinchilar qatoridan davlatni boshqarish siyosatdagi reforma hisoblanadi. Bunga muvofiq davlat ishlari bilab shug’ullanadigan “doimiy kengash” tashkil etildi. Bu kengash ministrlar sovetini eslatar edi. Ikkinchi pul reformasi bo’lib unung o’tkazilishi mamalakatning moliyaviy hayotini yaxshilashga qaratildi, uchinchi ma’orif sohasidagi reformadir: uni amalga oshirishda Edugatsiya komissiyasi deb atalgan. Komissiyaning tuzilishi bo’ldi, bu termin “tarbiyalamoq va o’qttirmoq” degan ma’noni anglatadi. Edukatsiya komisyasining asosiy faoliyati maktablardagi ta’lim tizimi diniy fanlar o’rniga matematika, kimyo, fizika kabi fanlar kiritishga qaratiladi. Rech Pospolitaya Tarixidagi reformatsiyalar o’ttkazish borasida eng maqsuldor davr 1788 va 1791- yillarda faoliyat ko’rsatgan “4 yillik seym” yopiladi deb atalad. 4 yillik Seym faoliyatida ayniqsa Gukko Kolyontay, Stashin, Fransiyalik Ezerskiy faoliyatiga alohida etibor berishimiz zarur. Ular o’zlarining seym yig’ilishlarida, chiqishlarida e’lon qilgan sublisistik maqolalarida Polshani halokatga olib kelgan sabablariga to’xtab o’tadilar. Uning orqasiga qolib ketish sabablarini izlaydilar va uning qanday tadbirlarini o’tkazish orqali yaxshi bilish choralarini axtaradilar. Garbiy Yevropa boshqa mamlakatlar bilan Rech Pospolitayaning tarixiy rivojlanishining jarayonini solishtirar ekan F. Ezerski boshqa mamlakatlar taraqqiyoti XVIII asrda bo’lsa, Polsha XVI asrda deb ko’rsatadi. Ular o’zlarining chiqishlarida va asarlarida Polshaning kasalligini hamma biladi, lekin hech kim uni davolashga urinmayotgan organizm deb ko’rsatadilar. Polsha davlatining oldingi qudratini saqlashning asosiy yo’li deb hisoblaydi. Seym deputatlari bu qirol hokimyatining merosiy ko’rinishini tiklashda, shlyaxta ega bo’lgan “Liberum veto” huquqini bekor qilish va dehqonlarni krepastnoylikdan ozod qilishdan iborat. 193 4-yillik seymning faolyati 1791-yilda 3- may Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan yakunlanadi. 3-may 1791-yil qabul qilingan Konstitutsiyaga muvofiq Rech Pospolitayaning ichki va tashqi hayotiga doir bo’lgan quyidagi muhim o’zgarishlar amalgam oshirildi: a) Monarx hokimyati avloddan-avlodga o’tadigan bo’ldi, ya’ni merosiy tus oldi. b) “Liberum veto” huquqi bekor qilindi. v) Rossiya maslahati bilan joriy etilgan “Doimiy kengash” deb atalgan kengash tarqatib yuborildi. Afsuski, Konistitutsiyada dehqonlar to’g’risida “g’amxo’rlik qilish kerak” degan umumiy so’zlar o’rin olgan bo’lsada, ammo ularning krepastnoylikdan ozod qilish to’g’risida hech narsa deyilmadi. 4 yillik seym tomonidan shunday konistitutsiyaning qabul qilinishi Rossiya tomonidan juda katta norozilik bilan qabul qilindi. Torgovitsey degan joyda “Torgovitsey konfederatsiyasi” ni 1792-yilda Rossiya tarafdorlari tuzdilar. Bu konfederatsiyani Rossiya tomonidan mablag’ bilan taminlab turilgan Braniskiy, Potoskiy va boshqalar boshqardilar. Konfederatsiya faoliyati boshlanishi bilan bir vaqtda Rus armiyasi Polsha hududiga yurish boshladi. Rossiyaning bu harakatlari Prisiya tomonidan quvvatlanadi. Natijada 1793-yilda Gradno shaxrida Rech Pospolitaya ikki marotaba bo’lindi. Polshaning ikki marotaba bo’linisha Avstrya-Vengrya qatnashmasdan Prusiya va Rossiya qatnashdilar. Polshani ikki marotaba taqsimlash to’g’risidagi akt tarixda “Indamaslar seymi” akti deb ham yuritiladi. Sababi Gradnoda bo’lgan va Rech Pospolitayaning ikki marotaba taqsimlash haqidagi masalada birorta seym deputati kim rozi yoki norozi degan savolga javob bermadilar. Polsha ikki marotaba taqsimlangandan keyin Rossiya hukumati Polsha erkinligini big’ish va unung Rossiya irodasiga bo’ysundirishning to’liq ta’minlash maqsadida bir qancha radikal o’zgarishlar o’tkazildi. Ulardan biri 1793-yil oktabr oyida Grednoda imzolangan “Polsha- Rossiya munosabatlari traktati” dir. Bu xujjatlarga ko’ra belgilanib qo’yildiki, bundan keyin agar Polsha boshqa davlatlar bilan agar shartnomalar tuzadigan bo’lsa, Rossiyaning roziligiga ega bo’lishi kerak, bundan tashqari agarda Polshaga birorta davlat hujum 194 qiladigan bolsa Rossiya va Polsha harbiylari birgalikda hujumni qaytarishi kerak, lekin qo’mondonlik qaysi tomon ko’proq kishini beradigan bo’lsa o’sha tomondan qo’yiladi. Bundan tashqari bu traktatga ko’ra Polyaklar armiyasi 100 ming kishidan to 15 ming kishigacha qisqartiladi. So’zsiz bunday hisobda harbiy to’qnashuvlarda kim ko’proq qo’shin berishi va qo’mondonlik kimning qo’lida bo’lishi ayondir. Rech Pospolitaya ikki marotaba bo’lingandan keyin rus hukumati tomonidan o’tkazilgan ayrim tadbirlar polyaklarning milliy g’ururini toptadi va ularning milliy ozolik xarakatiga ko’tarilib chiqishiga turtki bo’ldi. Bu so’zsiz 3-may 1791-yil Konistitutsiyasining bekor qilinishi edi. Bu so’zsiz Polsha bilan Litvya o’rtasidagi “Lyublin uniyasi” bekor qilinishi ham edi. Rossiyaning mana shunday shovinistik va buyuk davlatchilik ruhidagi siyosati 1794-yil mart oyida polyak xalqining milliy ozodlik kurashiga otlanib chiqishga va qurolliy qo’zg’alon boshlanishiga olib keldi. 1794-yil mart oyida qo’zg’alon tarixiy adabiyotlarda “Tadeshu kastyushko qo’zg’aloni ham deb yuritiladi. Qo’zg’alon raxbari bo’lgan T. Kastuyushko polyaklardan chiqqan eng talantli generalaridan bo’lib, u Yevropa mamlakatlarining qator harbiy maktablarida ta’lim olgan va AQSH dagi fuqarolar urushida qatnashib jangavor shuhratga sazovor bo’lgan kishi edi. Hozirgi kunda uni ikki xalqning ham, polyak, ham amerika xalqining milliy qahramoni deb tilga oladilar. T. Kostyushko boshchiligidagi qo’zg’alonda asosiy rolni polyak shlyaxtasi o’ynadi. Shu yerda shuni aytish joizki, Rech Pospolitaya qulagandan boshlab to 1863- yildagi Polsha qo’zg’alonida ham polyak xalqining milliy ozodlik harakatidagi asosiy rolni shlyaxta o’ynagan. Bu davrdagi milliy ozodlik harakatlarida Polshadagi boshqa ijtimoiy tabaqalarning vakillari ishtirok etsada, lekin ularning ulushi unchalik ham sezilarli bo’lgani emas. Ko’pchilik hollarda milliy ozodlik harakatlari kuchaygan davrda ya’ni qurolli chiqishlar kuchaygan davrda polyak dehqonlarining va yirik yer egalarining asosiy vazifasi qo’zg’alonlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash belgilangan. T. Kostiyushkoning dunyoqarashi va jamiyating turli tabaqalariga qo’zg’alon jarayonida ajratgan roli shlyaxtaning bu sohadagi qarashlaridan bir muncha farq qilar edi. Ya’ni Kostyushko 195 dehqonlarni qo’zg’alonlar orasiga jalb qilish maqsadida ularga beriladigan shaxsiy erkinlikni kengaytirish fikrini bildirdi. Qo’zg’alon davomida Kostiyushko tomonidan qabul qilingan “Polonse unversallari” deb atagan hujjatda dehqonlarga shaxsiy erkinlik ya’ni ularni krepastnoy qaramlikdan ozod etilishi to’g’risida so’z yuritilgan edi. Afsuski shlyaxta tomonidan bu rejalarning amalga oshirishiga yo’l berilmasligi T. Kostiyushkoning o’zi tomonidan esa shlyaxta fikri bilan hisoblashmaslik imkoni yo’qligi natijasida dehqonlarning siyosiy va huquqiy aholida yangilik bo’lmadi. Natijada ko’p sonli dehqonlar 1794- yilgdagi milliy ozodlik harakatida aktiv qatnashmadilar. T. Kostiyushko boshchiligidagi qo’zg’alonni bo’stirishga yuborilgan qo’shinlar ichida ayniqsa, Suvorov boshchiligidagi qo’shinlarng qo’zg’aloni bostirishdagi o’ta qonxo’rlik va qattiq qo’llikni ko’rsatib o’tish zarurdir. Qo’zg’alonchilarga dars berib qo’yish maqsadida Suvorov Varshava yonidagi Praga shahrini deyarli vayron qildi. Qo’zg’alon bostirligandan keyin qo’zg’alon raxbarlari va uning aktiv qatnashchilarini, ya’ni harbiylarni shu jumladan Tadeush Kostiyushkoni ham Rossiyaga olib ketishib, Petsopavlovsk qal’asidagi turmaga tashladilar. T. Kostiyushko boshchiligidagi polyaklarning milliy-ozodlik harakati qonga botirilgandan keyin Avstra-Vengrya, Prussya va Rossiya ishtirokida Polsha davlati 3 marotaba taqsimlandi. Bu 1795-yilda yuz berildi. Shunday qilib Posha o’zining milliy mustaqqilligini yo’qotadi va haqiqiy 150 yil mobaynida o’zining milliy taraqqiyotini, ma’daniyatini va davlatini rivojlanish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Polsha uchun bu tarixiy halokatning eng og’ir tomoni shundan iborat ediki, Rech Pospolitayani bo’lib olgan davlatlar bir vaqtlar unga yo vassallik holatida bo’lgan yoki u tomonidan bo’ysundirilgan davlatlar edi. 1795-1815-yillarda Polsha yerlari. Milliy mustaqilligini yo’qotgan Rech Pospolitaya yerlari 1795-yillardan 1815-yillargacha qadar Yevropa tarixidagi yirik va keskin tarixiy voqealarining girdobida bo’ldi. Eng avvalo shuni aytib o’tish zarurki, milliy mustaqilligini yo’qotgan Polsha yerlarini unu bo’lib olishiga ishtirok etgan davlatlar o’z siyosatini izchillik bilan amalgam oshira boshladilar va birinchi navbatda polyak 196 xalqlarining milliy g’ururini toptagan holda buyuk davlatchilik va millatchilik siyostini yuritdi. Nazorat topshiriqlari: 1. Ilk feodal Polsha davlati qachon tashkil topgan? 2. Polsha Feodal davlatining birinchi hukumdorlari qaysi dinastiya vakillari edi? 3. Vladislav Lakodsning Polsha tarixidagi xizmati nimadan iborat? 4. Krevo uniyasi qachon imzolangan? 5. Yuplik uniyasi qachon imzolandi? Rech Pospolitaya- qanday ma’noni anglatadi? 6. Koshisa, Neshol intiyozlari kimlarning manfaatiga xizmat qilgan edi? 7. “Rodom konistututsiyasi” qachon qabul qilingan va unda shlyaxtaga qanday imtiyozlar berilgan? 197 18- MAVZU: X1-XV ASRLARDA VENGRIYA. REJA: 1. Vengriya davlatining tashkil topishi va feodallashish jarayoni 2. 1222 yilgi Oltin bulla hamda mo`g`ul-tatarlar bosqini oqibatlari 3. XIV-XV asrlarda Vengriya ijtimoiy-siyosiy ahvoli. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling