Keys topshiriq №10 Bajardi: tl-75 guruh talabasi Nematov Javlonbek Zafar o’g’li Muammo
Download 19.02 Kb.
|
Keys question
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys yechimi
- Misol tariqasida ko’ramiz
- Jarayonga chuqurroq yondashamiz!
Keys topshiriq № 10 Bajardi: TL-75 guruh talabasi Nematov Javlonbek Zafar o’g’li Muammo. Mehmonlar plastik kartalarni yo'qotishadi yoki unutishadi, shuning uchun bonusni yig'ish yoki chegirmani hisoblash mumkin emas Restorator yechimi. Kelajak allaqachon keldi! Gadjetlar, mobil ilovalar, telefon orqali to'lovlar davrida, kimdir hanuzgacha chegirmalar va bonuslarni olish uchun o'zlari bilan kartalar to'plamini olib yurishiga chek qo`yish kerak Keys yechimi Ushbu muammoni bartaraf etish xitoyliklar tomonidan yangi texnologiyalar orqali sinov tariqasida yo’lga qo’yilgan. Yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak, Marriott International mehmonxonasi va Xitoyning dunyoga mashhur kompaniyasi Alibaba o’zlarining ilg’or g’oyalari bilan sinov tariqasida yangi avtomatlashtirilgan texnikani ishga tushurgan. Bu yuzni tanib oluvchi biometrik avtomatik qurilma. Yuzni tanib olish texnologiyasi. Bilamizki, hozirgi kunda yangi smartfonlarda face-ID qurilmalari ishlatilib kelinmoqda. Ko‘pgina iste'molchilar smartfon orqali yuzni aniqlash texnologiyasiga odatlanib qolishgan; hususan, smartfon xavfsizligi bilan bog‘liq. Ushbu texnologiyalarni kuchaytirgan holda ya’ni biometrik tarzda inson yuzini skaner qiladigan avtomat yuqorida aytib o’tilgan kompaniyalar tomonidan sinov tariqasida yaratilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, xuddi shu uslublar zamonaviy mehmonxonalar texnologiyasining yana bir muhim tomonini anglatadi. Yuzni tanib olish texnologiyasi mehmonxonalar va mijozlar uchun 2 ta afzalliklarni taqdim etadi:
mijozlarga xizmat ko‘rsatish - yuzni tanib olish texnologiyasi orqali hodimlar oldin tashrif buyurgan mijozining ma’lumotlarini olishi mumkin; to‘lovlar - bu to‘lovlarni avtorizatsiya qilishga yordam beradi. ID karta avtomatga ulanadi, Avtomat yoniga borganingizda u sizni yuzingiz orqali tanib oladi va sizga ekranda hisob-kitob qilishingizga zamin yaratadi; Misol tariqasida ko’ramiz: Men Nematov Javlonbek Xitoydagi Marriott International mehmonxonasidan xona bron qilmoqchiman. Alibaba online platformasi orqali Alipay account ochib, unga o’z deposit kartamni ulab qo’yaman. Band qilingan xona uchun mening deposit kartamga ulangan “Alipay account” imdan pul avtomatik tarzda yechib olinadi. Men ushbu mehmonxonaga kelganimda receptionga borib ovora bo’lib o’tirmayman. “Alibaba” tomonidan yaratilgan “yuzni ta’nib olish texnologiyasi” qurilmasi ya’ni kioskadan foydalanishim mumkin. Men o’zimning Alipay akkauntim nomerini ushbu avtomatga kirgizaman va u meni yuzimni ekranda skaner qilib oladi va yuzimning biometric ma’lumotlarini olgan holda ma’lumtlarni asosiy kompyuterga saqlab qo’yadi. Bir ozdan keyin avtomat menga o’z xonami kalitini chiqarib beradi (xona kalitlari ham kartochka ko’rinishada bo’ladi). Shunda menda receptionda navbatta kutish muammosi ham bo’lmaydi. Butun jarayon soniyalarda amalga oshadi. Butun ma’lumotlar mehmonxonaning ma’lumotlar omborida saqlanadi, agar men nimadir sotib olmoqchi bo’lsam, avtomat yoniga boraman, u meni yuzimdan tanib olib karta malumotlarimni chiqaradi. Huddi shu yo’l orqali narsalar buyurtma qilsam ham bo’ladi. Bunday avtomatlar na faqat kirishda receptionda ham kirganda burchaklarda ham, hatto mehmonxona restoranlarida ham mavjud bo’ladi. Shunda bitta yuzni ta’nib olish texnologiyasi orqali bizga hech qanday kartochkalarni ishlatish zarurati ham paydo bo’lmaydi. Yoqotib qo’yishdan ham qo’rqmaymiz. Boshida bir marotaba yuzni tanib olish texnologiyasidan registratsiya qilsak bo’ldi. Shu bilan bizni biometrik ma’lumotmiz butun mehmonxonadagi avtomatlarda mavjud bo’ladi. Ma’lumotlar esa big data (katta ma’lumotlar saqlanadigan ma’lumotlar ombori)da saqlanadi. Jarayonga chuqurroq yondashamiz! Men “Renessans” nomli restoranga birinchi bor bordim. Ovqatlari mazali edi. Restoran ichki muhiti va taomlari betakror edi. Qiziqarli tomoni restoran mijozlar uchun o’z imtiyoz kartasini yaratgan edi. Ushbu kartaga ega bo’lsam, har gal tashrif buyurganimda ma’lum imtiyoz va bonuslar menga berilib boriladi. Kartani registratsiya qilish esa ohirgi texnologiya “yuzni tanib oluvchi biometrik avtomat” orqali amalga oshiriladi. Avtomat yoniga boraman, kartani avtomatga tiqaman. Shu payt Avtomat ekranida “ekranga qarang degan yozuv chiqadi. Ekranga qarab turaman, u meni skaner qiladi va barcha biometrik ma’lumotlarimi o’zida saqlab qoladi va bu ma’lumotlarni kartaga joylashtiradi. Bu ish muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so’ng, men kartamga 5 ta raqamdan iborat bo’lgan parol belgilayman va deposit kartamni ushbu kartaga ulab qo’yaman. Shu bilan registratsiyadan o’taman. Karta avtomatdan chiqariladi va men uni olib restorandan chiqib ketaman. 2 kundan keyin men yana shu restoranga tashrif buyurdim, ovqatlanib bo’lganimdan so’ng kassaga imtiyoz kartochkamni berdim. Ushbu kartochka orqali ular menga 5%lik imtiyoz berdi. Men bu imtiyozdan foydalandim. 100 ming so’mlik schyot menga 95 ming so’mga tushdi. Imtiyozdan foydalanish ihtiyoriy. Foydalanmasdan turib, keyingi safar kelib ushbu imtiyozdan foydalansam ham bo’ladi. Imtiyoz kartada saqlanadi. Oradan 1 hafta o’tti. Men yana shu restoranga tashrif buyurdim. Ovqatlanib bo’lgandan so’ng imtiyoz kartamni unutib qoldirganligim ma’lum bo’ldi. Shunda men Avtomat oldiga bordim va “meni izla”(search me) tugmasini bosdim. U meni skaner qilib, barcha ma’lumotlarimni, karta ma’lumutlarimni ekranga chiqarib berdi. “Tolovni amalga oshirish”tugmasini bosdim. Ekranda “imtiyozdan foydalansizmi?” degan yozuv va pasidan “ha” va “yo’q” tasdiqlash so’zlari paydo bo’ldi. Men “ha” belgisini tanlab imtiyoz kartam parolini kirgazdim. Shu vaqt ekranda kartochkam nomeri chiqdi va men chekdagi summani va deposit kartochkam parolini kirgazdim. Shu orqali mening deposit kartochkamdan pul yechib olindi va chek chiqarildi. Bu balki so’zlarda qiyindak tuyular, jarayonda esa judda oddiy. Barchasi algoritm ketma ketlikda. Agar men kartochkamni yo’qotib qo’ysam, yana o’sha avtomatga boraman. Avtomat mani skaner qiladi, skanerdan so’ng ekranda meni va mening imtiyoz kartochkam haqida ma’lumotlar chiqadi, chiqqandan so’ng ekrandagi “kartochkani tiklash” tugmachasini bosaman va barcha parollarni kiritib, ushbu ma’lumutlarni boshqa kartochkaga o’tkazish haqidagi so’rovnomaga “ha” deb javob beraman. Avtomat barcha ma’lumotlarni boshqa kartaga ko’chirib beradi va avtomatdan yangi kartochka chiqarib beriladi. Agar mening yoqotib qo’ygan kartochkamni kimdir topib olib, uni avtomatga kirgazib imtiyozdan foydalanmoqchi bo’lsa, adashadi. Chunki kartochkani avtomatga kirgazgandan so’ng, u albatta Avtomat oldidagi insonni scanner qiladi. Agar ushbu inson karta egasi biometric ma’lumotlariga to’g’ri kelmasa, Avtomat “xatolik”deb kartani avtomatdan chiqazib yuboradi. Mana shunday zamonaviy qurilmalar orqali biz kartochkamizni unutib qo’yish yoki yo’qotib qo’yish orqali imtiyoz va bonusdan foydalana olmasligimiz muammosidan qutulamiz. Mana shunday qurilma nafaqat restoranga, hatto mehmonxonalarga ham qo’yish katta samar beradi(Yuqoridagi birinchi xatboshida bu haqida bilib o’ldik). Operatsiya huddi restorandagidak bo’ladi. Faqat xizmat ob’ekti ovqatlantirish emas, joylashtirish. Eslatma! Shu paytgacha 4 ta sanoat inqilobi ro’y bergan bo’lsa, 4-sanoat inqilob boshlanganini faqatgina Germaniya va Yaponiya o’zida rasman e’lon qildi. Ushbu keys yechimi ham aynan shunday davlatlarga hos. Ushbu yuqoridagi Nau Xao, smartfonlar, gatjetlar, big data, sun’iy intellect va internet, 5G, wi fi, robotlar, chatbotlar, avtomatlar kabilarning kuchayishi davomida mehmonxona va restoranlardagi yuzni tanib olish texnologiyasi ham tobora takomillashib boradi. Bu keys hozircha faqat kelajak uchun qilingan yechim, O’zbekiston uchun emas! Download 19.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling