Keyslar to’plami 1-guruh uchun. Maqsad
Download 16.75 Kb.
|
Majburiyatlar hisobi 2- amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni Summasi, (ming so’m)
- 2-guruh uchun. Maqsad
- 3-guruh uchun. Maqsad
- 4-guruh uchun. Maqsad
- 5-guruh uchun. Maqsad
- 6-guruh uchun. Maqsad
KEYSLAR TO’PLAMI 1-guruh uchun. Maqsad – materiallar hisobini o’rganish. Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqaruvchidan 12 000 ming so’mlik materiallarni (QQS bilan birga) sotib oladi. Material uchun oldindan to’lov xarid qiymatining 50 %ini tashkil qildi. Korxona xarid qilingan materiallar bo’yicha QQSni materiallar QQS solinadigan aylanmalarda ishlatilishi sharti bilan mol etkazib beruvchining hisobvaraq-fakturasi asosida hisobga olish uchun qabul qiladi. Topshiriq: 1. Quyidagilarni amalga oshiring;
2-guruh uchun. Maqsad – materiallar hisobini o’rganish. Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona qiymati 1 200 ming so’m bo’lgan materiallarni sotib oladi, shu jumladan QQS 200 ming so’m. Mol etkazib beruvchi QQS hisobga olinmagan holda sotish narxidan 10 foiz miqdorida chegirma taqdim etadi. Topshiriq: 1. Olingan chegirma summasini aniqlang; 2. Quyidagilarni amalga oshiring;
3-guruh uchun. Maqsad – ko’rsatilgan xizmatlar hisobini o’rganish. Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxonaga qiymati AQSh dollarida belgilangan xizmatlar ko’rsatiladi. To’lov kundagi MB kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Xizmatlar qiymati 12 000 dollarni, shu jumladan QQS 2 000 dollarni tashkil qildi. AQSh dollari kursi quyidagicha bo’lgan: Xizmatlar ko’rsatilgan kunda – 1 AQSh dollari uchun 1 740 so’m: To’lov kunida – 1 AQSh dollari uchun 1 745 so’m. Topshiriq: Quyidagilarni amalga oshiring;
4-guruh uchun. Maqsad – muddati kechiktirilgan majburiyatlar hisobini o’rganish. Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona tomonidan nominal qiymati 1 200 ming so’m bo’lgan yillik obligatsiyalar chegirma bilan 1 140 ming so’mga sotib olindi. Obligatsiyalar bo’yicha foizli daromad yil oxirida bir marta hisoblab yoziladi. Topshiriq: Diskont chegirma summasini aniqlang; Quyidagilarni amalga oshiring;
5-guruh uchun. Maqsad – ijaralar hisobini o’rganish. Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Ishlab chiqarish korxonasi omborlarni 6 oy muddatga ijaraga beradi. Ijara haqi 6 oy uchun bo’nak tarzida kelib tushadi va 7 200 ming so’mni shu jumladan QQS 1 200 ming so’mni tashkil qiladi. Omborlarni ijaraga berish korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanmaydi. Shuning uchun hisobda mulkni ijara berishdan daromadlar 9350-“Qisqa muddatli ijaradan daromadlar”(boshqa operatsion daromadlar) hisob varag’i bo’yicha aks ettiriladi. Topshiriq: Diskont chegirma summasini aniqlang; Quyidagilarni amalga oshiring;
6-guruh uchun. Maqsad – materiallar hisobini o’rganish. Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Materiallarning narxi sezilarli darajada oshishi munosabati bilan korxona ombordagi materiallarni 1 200 ming so’mga qo’shicha baholadi. Qayta baholashdan keyin keladigan chorakda qo’shimcha baholangan materiallardan tayyorlangan tayyor mahsulot 21 600 ming so’mga sotildi shu jumladan QQS – 3 600 ming so’m. Tayyor mahsulotlarning tannarxi – 9200 ming so’m. Topshiriq: Quyidagilarni amalga oshiring;
Download 16.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling