Ki fakulteti ax 12 20 guruh talabasining
Qidiruv tizimlar marketingi (SEM)
Download 271.34 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy media marketingi
- Kontent marketingi
Qidiruv tizimlar marketingi (SEM) SEM, shuningdek, PPC reklamasi sifatida tanilgan bo'lib, qidiruv natijalari sahifalari va veb-saytlari ustidagi taniqli, ko'rinadigan pozitsiyalarda reklama maydonini sotib olishni o'z ichiga oladi. Qidiruv reklamalar brendlarni tanib olish, xabardorlik va konversiyalarga ijobiy ta'sir ko'rsatishi ko'rsatilgan. Pulli reklamalarni bosgan qidiruvchilarning 33% buni o'zlarining qidiruv so'rovlariga bevosita javob berishlari sababli qilishadi. Ijtimoiy media marketingi 70% marketologlar tobora ortib borayotgan tovar xabardorligini ijtimoiy media platformalarida marketing uchun birinchi raqamli maqsad sifatida qayd etishadi. Facebook, Instagram, Twitter va YouTube ijtimoiy media marketing guruhlari hozirda foydalanadigan eng yaxshi platformalar ro'yxatiga kiritilgan. Kontent marketingi 56% sotuvchilarning fikriga ko'ra shaxsiylashtirilgan tarkib - brendga asoslangan bloglar, maqolalar, ijtimoiy yangilanishlar, videofilmlar, ochilish sahifalari brendni eslab qolish va jalb qilishni yaxshilaydi. Mentionlytics ma'lumotlariga ko'ra, interaktiv tarkib yaratish, ijtimoiy nashrlar va mehmonlarni bloglash elementlarini o'zida mujassam etgan faol va izchil kontent strategiyasi brendlarning xabardorligi va sodiqligini 88 foizga oshirishi mumkin BIZNESDA TAVAKKALCHILIK Tadbirkorlik muhiti va xo‘jalik tavakkalchiligi. Bozor munosabatlariga o‘tish kichik biznesdagi har qanday xo‘jalik subyekti uchun noaniqlik va tavakkalchilikning oshib borishi bilan bog‘liq. Tadbirkorlik muhitini doimiy ravishda kuzatish va nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bu esa xo‘jalik tavakkalchiligini boshqarish imkonini beradi va ishbilarmonlik faoliyatining samaradorligini oshiradi. Tadbirkorlik muhitiga siyosiy vaziyat, iqtisodiy axvol, qonunchilik asosi, halkning ijtimoiy-madaniy saviyasi tarmoqlarning ilmiy texnika taraqqiyoti darajasi, tabiiy- iqtisodiy sharoit va bozorning o‘ziga mos tarkibi, ya’ni konyunkturasi ta’sir ko‘rsatadi. Agar ko‘rsatilgan ishbilarmonlik muhitining har bir elementini tahlil qilsak, u holda ularning hozirgi kichik bazis darajasini qoniqarli deb hisoblash mumkin va u respublikada kichik biznesning taraqqiyotini ta’minlay oladi. Ammo, mulkni himoya qiluvchi va shartnomalarga amal qilishni kafolatlovchi, qonunchilik tizimining yo‘qligi, tovarlar harakatining qat’iy tartibga solinishi, eksport uchun maxsus ruxsatnoma litsenziya berish tizimining murakkabligi, eksport uchun boj to‘lovlarining mavjudligi kichik biznesda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tavakkalchiligini sezilarli darajada oshiradi. Tavakkalchilik — yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarga qaramay amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun, tavakkalchilik deganda bevosita u bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatar ham tushuniladi. Tavakkalchilik tushunchasi murakkab va ko‘p qirralidir va uni bir so‘z bilan ifodalash qiyin. Umumiy holda xo‘jalik tavakkalchiligi bu inson faoliyatidagi noaniqlik va ziddiyat holati o‘lchovidir, u xavf-xatar, omadsizlik va zarar ko‘rish bilan tavsiflanadi.Tadbirkor uchun xos bo‘lgan xususiyat, bu shartli tavakkalchilikga borish, ya’ni foyda ko‘rishni ko‘zlashdir. Xo‘jalik tavakkalchiligining quyidagi turlarini keltirish mumkin:ishlab chiqarish (ob-xavo, texnik, texnologik taqsimlash, tashkiliy, kutilmagandagi o‘lim xavfi, boshqaruv va boshqalar);• dallolchilik (daromadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotish xavfi, bilvosita pulni va mulkiy zarar ko‘rish xavfi, fuqarolik javobgarligining paydo bo‘lish xavfi va boshqalar); • tijorat (mahsulot yetkazib beraolmaslik xavfi, sota olmaslik xavfi, yo‘qotish xavfi va boshqalar); • moliyaviy (kredit, mulkiy, sug‘urta, valutaviy, bank, transaksion, tuzilmaviy, rasmiy, depozit, narxga bog‘liq bo‘lgan nolikvid, iqtisodiy, tavakkalchilik ustamasi va boshqalar); • innovatsion (ijtimoiy, ilmiy texnika taraqqiyoti natijalarini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik). Barcha tur va tur ichidagi guruhlarga kiruvchi xo‘jalik tavakkalchiliklarini noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishning darajasiga, tavakkalchilik holatining davriga, uning kelib chiqish manbaiga, tavakkalchilikning aniq sabablari va unga yo‘l qo‘yish darajasiga qarab alohida guruhlarga birlashtirish mumkin. Xo‘jalik tavakkalchiligining bir necha muhim belgilari bo‘lib, ular ichidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: qarama-qarshilik, muqobillik, noaniqlik. Tavakkalchilik holatining noaniqligi, uni bir xil ma’noda tushunish mumkin emasligidan kelib chiqadi. Unga sabab axborotning yetishmasligi, tasodifiy omillar ta’siri, raqobatdagi ishbilarmonlar manfaatlarining mos kelmasligi, sheriklarning bir-biriga qarshi harakati va boshqalardir. Xo‘jalik tavakkalchiligining yuqorida ko‘rsatilgan tomonlarini e’tiborga olish ishbilarmon uchun tavakkalchilik holatiga kirish naqadar maqsadga muvofiq ekani to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini yaratadi. Murakkab holatda qolganda u xo‘jalik faoliyatining ba’zi bir shart va omillarini o‘zgartirib kutilmagan xodisalar yoki ko‘riladigan zarar extimolini kamaytirishi mumkin. Download 271.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling